Документы



Mavzu: Amir Temur o’gitlaridan icon

Mavzu: Amir Temur o’gitlaridan

НазваниеMavzu: Amir Temur o’gitlaridan
Дата19.09.2013
Размер27.49 Kb.
ТипДокументы
скачать

TOSHKENT SHAHAR CHILONZOR TUMANI XALQ TA’LIM VAZIRLIGIGA QARASHLI 178-MAKTAB





Mavzu: Amir Temur o’gitlaridan.


Bajardi: Adhamova N.


Tekshirdi: _______________


Toshkent 2008

AMIR TEMURNING AHLOQ-ODOB HAQIDAGI

O’GITLARIDAN NAMUNALAR


Saltanat ishlarida to’rt narsaga amal qilgin, ya`ni:

  1. Kengash

  2. Mashvaratu – maslahat

  3. Qat`iy qaror; tadbirkorlik, hushyorlik

  4. Ehtiyotkorlik.


Chunki kengash va mashvaratsiz saltanatning barcha qilgan ishlari va aytgan gaplari noto’g’ri bo’lgan. Johil odamga qiyos qilish mumkin. Uning aytilgan so’zlari va qilgan ishlari boshga pushaymonlik va nadomat keltiradi. Shunday ekan saltanatni boshqarishda mashvaratu-maslahat va tadbirkorlik bilan ish yuritgin, toki oqibatda nadomat chekib pushaymon bo’lmaysan. Shuni ham bilishing kerakki, saltanat ishlarining bir qismi sabru-toqat bilan bo’lgay, yana bir qismi esa bilib-bilmaslikka, ko’rib ro’rmaslikka solish bilan bitur. Xullas, bajarilishi shart bo’lgan tadbirlarning tarifidan va zikrdan so’ng (shuni ta`kidlash lozimki), qatiylik, sabr chidamlik, sog’ligu-sergaklik, ehtiyotkorlik va shijoat bilan barcha ishlar amalga oshirilur.


Davlart ishlarining to’qqiz ulushi kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushi esa qilich bilan bajo keltirilur.

Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi azim qat`iy, tadbirkor va hushyor bir kishi ming minglab tartibsiz, loqayd kishilardan yaxshidir.

Garchi ishning qanday yakunlanishi taqdir pardasi ortida yashirin bo’lsa ham aqli raso va hushyor kishilardan kengashu tadbir istab, fikrlarini bilmoq lozimdir.

Bir ishga kirishmay turib, undan qutulib chiqish yo’llarini mo’ljallab qo’y.

Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni bir to’gri tadbir bilan amalga oshirish mumkin.

Erga etuk sabo, kim makr qilishdir mang’a

Qildi ersa kimga makrni, qaytardur bir kun onga.

Zolimlardan mazlumlar haqqini oldim. Zolimlar etkazgan ashyoviy va jismoniy zararlarni isbotlaganimdan keyin ularni shariatga muvofiq odamlar o’rtasida muhokama qildim.

Raiyat ahvolidan ogoh bo’ldim, ulug’larni og’a qatorida, kichiklarni farzand o’rnida ko’rdim.

Har bir o’lka va shahar aholisining ashraf ulug’lari va buzurklari bilan oshna tutindim. Ularning mijozlariga, tabiatdagi to’g’ri kelgan, o’zlari tilagan odamlarini ularga hokim qilib tayinladim.

Hokimlar sipoh va raiyatdan qaysi birining xalqqa jabr-zulm yetkazganini eshitsam, ularga nisbatan darhol adolatu insof yuzasidan chora ko’rdim.

Yaxshilarga yaxshilik qildim, yomonlarni o’z yomonlariga topshirdim. Kim menga do’stlik qilgan bo’lsa do’stligi qadrini unutmadim va unga muruvvat ehson, izzatu ikrom ko’rsatdim.

Farzandlar, qarindoshlar, oshna og’ayni, qo’shnilar va men bilan bir vaqtlar do’stlik qilgan barcha davlatu na`mat martabasiga erishganimda unutmadim haqlarini ado etdim.

Har bir shaharda masjidlar, madrasalar, xonaqohlar qurishni, musofir yo’lovchilar uchun yo’l ustida robotlar bino qilishni amalga oshirdim va bir gunohkorning o’rniga boshqasiga jabr-zulm o’tkazmadim.

Shijoatli kishilarni do’st tutdim, chunki Tangri taolo jasur kishilarni ardoqlaydi.

Ulamo bilan suhbatda bo’l va pok niyatli, toza qalbli kishilarga talpin. Bularning himmatlaridan ulush tilanib, muborak nafaslari bilan duo fotiha berishlarini iltimos qil.

Azmu-jazm bilan ish tutdim. Biron ishni qulishga kasd qilgan bo’lsam, butun zehrim, vujudim bilan bog’lanib bitirmagunimcha undan qo’limni tortmadim.

Hech kimga g’azab bilan qattiq muomala qilmadim, toki Tangri taoloning g’azabiga duchor bo’lmayin va ishimni buzib, holimni tang aylamasin deb.

Davlatlarning tanazzulga uchrashi sabablarini surishtirdim va davlatu-saltanat zavoliga sabab bo’luvchi ishlardan saqlandim. Naslni buzuvchi, ocharchilik va vabo kasalini keltiruvchi zulm va buzuqchilikdan saqlanishni o’zimga lozim bildim.

Musulmonlar diniy masalalardan ta`lim berib, shariat aqidalari va islom dini ilmlari: Tafsir, Hadis, Fiqhdan dars bersinlar deb har bir shaharga olimlar va mudarrislar tayin qildim.

Yaxshi odam yurt tuzar, yomon odam yurt buzar.

Yaxshuni yomon kunda sinar.

Qonni qon bilan emas, suv bilan yuvishni o’rgan.

El tupursa ko’l bulur

Qo’rqmasang – yov qochar.

Qo’liga qilich olgan bahona qidirmaydi.

Toy mingan ot ham minar.

Tuya mingan odam qo’y orasuga berkinmas.

Botirlik qal`a oladi.

Botir jangda bilinadi, dono mashvaratda.

Birliksiz kuch bo’lmas.

Bir qinga ikki qilish sig’mas.

Bir tayoqni sindirmoq mumkin, ko’p tayoqni bukib ham bo’lmas.

Bir kalima shirin so’z qilichni qinga kiritar.

Avval yo’ldosh – keyin yo’l.

Adovat emas – adolat yengadi.

Ajal – qorqoqlarga bahona.

Ulkan meros – doimo ulkan muxoliflik tug’diradi.

Qudratimizga shak-shubhangiz bo’lsa, biz qurdirgan binolarga boqing.

So’zlaguvchi gar nodon erur, tinglaguvchi dono o’lsin.

Qilich o’tkir bolsada, o’z sopini kesmagay.

Og’zingga qon to’lsa ham, dushman oldida tupirma.

Oq bo’lsang ont ichma.

Ot minggan otasin unutmaydi.

Oltmishga kirgan otasini unutadi.

Oltmishga kirgan otadan osh so’rama.

Ota bo’lmagan ota qadrini bilmas.

Yemsiz ot davon osholmaydi.

Do’stlik sinovda chiniqadi.

Dushmandan qo’rqma munofiqdan qo’rq.

Dushmanning kulgani – siringni bilgani.

Vahima dushmanning yo’ldoshi.

Vaqt o’tkandan keyin qilichingni toshga chop.

Yozilgan narsa avlodlar xotirasida qilingan ishdan ham uzoqroq yashaydi.

Davlat lashkarlar fuqarolarining sadoqati va fidoiyligida qudratlidir.

Lochinga ucharga madori kelmas, chumchuqqa masxara.

Aqlli inson bilan jahon gulshani obod bo’ladi.

Boshsiz mamlakat jonsiz tanaga o’xshaydi.

Ishon, ammo shubha qil.

Filning dumi bo’lguncha, chumolining boshi bo’l.

Bir kunlik adolat yuz kunlik toat-ibodatdan afzal.

Kuch – adolatdadir.

Chorasi bo’lmagan ishga kirishma, chunki undan qutilib bo’lmaydi.

Har mamlakatda adolat eshigini ochdim, zulmu sitam yo’lini to’sdim.

Zinodan tug’ilgan kishi o’ziga yaxshilik qilgan odamga yomonlik qilmaguncha dunyodan ketmaydi.

Chin do’st uldirki, do’stidan hech qacho ranjimaydi, agar ranjisa ham uzrini qabul qiladi.

Agar dushmaning bosh urib panohingga kelsa, rahm qilib yaxshilik va muruvvat ko’rsat.

Mamlakatni himoya qilib, dushmanni yo’latmagan navkarni yuqori martabaga ko’tarib, hurmatlasinlar.

O’ldirgan yirtqichga qarama, o’ldirish kerak bo’lgan yirtqichga qara.

Kimning aqli va shijoati sinov tarozusida tortib ko’rib, boshqalarnikidan ortiqroq ko’rsam, uni tarbiya qilib, amirlik darajasiga ko’tarar edim. So’ngra ko’rsatgan xizmatiga yarasha martabasini yanada oshirar edim.

Har kimning qadr-qimmati, tutgan mavqeyining va har narsaning o’lchovini belgilab olishing va shunga muvofiq ish yuritishing kerak.

Har kimning qadr-qimmati, tutgan mavqeyini.

Hech kimdan o’ch olish payida bo’lmadim, tuzimni totib menga yomonlik qilganlarni parvardigor olamga topshirdim. Sofdil kishilar, sayidlar, olimlar va fozillarga dargohim doim ochiq edi. Nafsi yomon himmatsizlarni, ko’ngli buzuq qo’rqoqlarni majlisimdan quvib yubordim.

Ochiq yuzlik, rahim-sharqat bilan xalqni o’zimga rom qildim. Adolat bilan ish yuritib, jabr-zulmdan uzoqda bo’lishga intildim.

Menda biron kimsaning haqi bo’lsa, haqini hech vaqt unutmadim. Biron kimsa bilan tanishgan bo’lsam, uni hech vaqt nazarimdan qoldirmadim.

Kengash ikki turli bo’lur:

Biri – til uchuda aytilgani, ikkinchisi – yurakdan chiqqan. Til uchida aytilganini (sunchaki) eshitardim, yurakdan aytilgan maslahatni esa qalbim qulog’iga quyardim va dilimga joylardim.

Chaqaloqlarni yig’latmangiz, bolalarga azob bermangiz – bu gunohi azim erur. Bunday gunohni Olloh xush ko’rmagay.

Kimki biron sahroni obod qilsa, yoki xoriz qursa yo biron bog’ ko’kartirsa, yohud biron xarob bo’lib yotgan yerni obod qilsa, birinchi yil undan hech narsa olmaganlar, uchinchi yili (oliq-soliq) qonun-qoidaga muvofiq xiroj yig’ilsin.

Maloxidlarga aytur edim: yolg’on so’zlar bilan g’azab o’tini alangalatmangiz. Sherik tuzib, navkar olmoqda uch qoidaga amal qildim: birinchidan yigitning kuch-quvvatiga; ikkinchidan qilichni o’ynata olishiga; uchinchidan aql-zakovvati-yu kamolatiga e`tibor qildim:

Shu uch fazilat jamul-jam bo’lsa, navkarlik hizmatiga oldim. Negaki, kuch-quvvatli yigit har qanday qiyinchilikarga azobu-uqubatlarga chidamli bo’ladi. Qilich o’ynata oladigan kishi raqibini mag’lub eta oladi. Oqil navkar har joyda aql-idrokini ishga solib, mushkilotni bartaraf etmog’i mumkin.

Piri komil Shayx Baxovuddin Naqshbandiyning “Kam yegin, kam uxla, kam gapir” degan pandu-nasihatlariga amal qildim. Arkonu davlatga barcha mulozimlarga ham aytar so’zim shu bo’ldi: “Kam yenglar – ocharchilik ko’rmasdan boy-badavlat yashaysizlar, kam uxlanglar – mukammalliklarga erishasizlar, kam-kam gapiringlar dono bo’lasizlar”.

O’g’illarim, nabiralarim va yaqinlarimni uylantirmoq tashvishida kelin izlamoqqa e`tibor berdim. Bu ishni davlat yumushlari bilan teng ko’rdim. Kelin bo’lmishning nasl-nasabini, etti pushtini surishtirdim. Xos odamlar orqali sog’liq, salomatligini, jismoniy kamolatini aniqladim. Kelin bo’lmish nasli-nasabi, odob-axloqi, sog’lom va baquvvatligi bilan barcha qusurlardan holi bo’lsagina el-yurtga katta to’y-tomosha berib, kelin tushirdim.

O’gillarim, nabiralarim va yaqinlarimga biron tomchi sharob ichib, xotinlariga yaqinlashishni man` etdim. Zero, sharobning ta`siridan dunyoga keladigan farzand nasl-nasabning buzilishiga ta`sir etgay, debon shu pokiza yo’lni tutdim.

Har kimdan kengash oldim. Har kimdan fikr o’rgandim, qaysi biri fiodaliriq bo’lsa, uni ko’ngil xazinasida saqlab ishlata bildim.

Ulamo bilan suhbatda bo’ldim va pok niyatli, toza qalbli kishilarga talpindim. Ularning xizmatlaridan ulush tilanib, muborak nafaslari bilan duo-fotiha berishlarini o’tindim. Muborak nafaslari bilan duo berishlari o’tindim. Darvesh, faqr miskinlarni o’zimga yaqin tutdim. Ularning kungillarini og’ritmadim va hech bir talablarini rad etmadim. Buzuq va og’zi shaloq, g’iybatchi odamlarni majlisimga yo’latmadim, so’zlariga amal qilmadim. Biron kimsaga tuhmatu-g’iybat qilsalar quloq solmadim.

Qilichim o’tkir bo’lsada, o’ylab qinidan chiqardim, shirin so’z aytib, g’animning iymon topmog’iga yo’l ochdim.

Sarmoyasi qo’lidan ketib qolgan savdogarlarga o’z sarmoyasini tiklab olishi uchun xazinadan yetarli miqdorda oltin berilsin. Dehqonlar va raiyatdan qaysi birining dehqonchilik qilishga qurbi yetmay qolgan bo’lsa, ekin-tekin uchun zarur urug’ va asbob tayyorlab berilsin. Agar fuqarodan birini uy-imorati buzilib, tuzatishga qurbi yetmasa, kerakli uskunalarni yetkazib berib, unga yordam bersin.



Похожие:

Mavzu: Amir Temur o’gitlaridan iconДокументы
1. /Amir Temur/AMIR TEMUR SALTANATI.doc
2. /Amir...

Mavzu: Amir Temur o’gitlaridan iconДокументы
1. /Amir Temur/AMIR TEMUR SALTANATI.doc
2. /Amir...

Mavzu: Amir Temur o’gitlaridan iconДокументы
1. /146_Amir Temur tuzuklari (Muqimov Z)/Amir Temur tuzuklari (Muqimov Z).doc
Mavzu: Amir Temur o’gitlaridan iconSohibqiron amir temur

Mavzu: Amir Temur o’gitlaridan iconAmir Temur Plan: Conquering the whole Central Asia

Mavzu: Amir Temur o’gitlaridan iconAsrlar sadosi. Buyuk bobomiz amir temur xotirasiga bag’ishlangan

Mavzu: Amir Temur o’gitlaridan iconДокументы
1. /Amir Temur.doc
Mavzu: Amir Temur o’gitlaridan iconДокументы
1. /Amir Temur.doc
Mavzu: Amir Temur o’gitlaridan iconДокументы
1. /Amir Temur.doc
Mavzu: Amir Temur o’gitlaridan iconДокументы
1. /Sohibqiron Amir Temur hazratlari.doc
Разместите кнопку на своём сайте:
Документы


База данных защищена авторским правом ©uz.denemetr.com 2000-2015
При копировании материала укажите ссылку.
обратиться к администрации