Документы



Alisher navoiy 1441 1501 icon

Alisher navoiy 1441 1501

НазваниеAlisher navoiy 1441 1501
Дата19.09.2013
Размер24.23 Kb.
ТипДокументы
скачать

ALISHER NAVOIY

1441 – 1501

Alisher Navoiy turk dunyosi adabiyotining eng mashhur vakilidir. Chunki hech kim bu til va adabiyotning ravnaqi uchun uningdek xizmat qilolgan emas. Navoiy ijodi turkiy adabiyotning eng yuksak cho’qqisidir. Chunki hech kim unga qadar bu tilda bunchalik “ko’b va xo’b” (Bobur) yozmagan edi. Navoiy barcha turkiy xalqlarning eng buyuk shoiridir. Chunki u o’zini “Xito(y)dan to Xuroson” gacha yoyilgan turkiy “qavm”larning o’z shoiri, deb bildi. Ularni bir adabiy til bayrog’i ostida birlashtirdi, “yakqalam” qildi. Bu bilan millatning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy ravnaqiga buyuk ta’sir ko’rsatdi.

Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Amir Temurning o’g’li Shohruh Mirzo shohligi davrida Hirotda tug’ildi. Zamondoshlari uning haqida ko’pincha “Nizomiddin Mir Alisher” deb yozadilar. “Nizomiddin” – din-diyonat nizomi degani bo’lib, donishmand mansab egalariga beriladigan sifat, “mir” – amir demakdir. Uning otasi G’iyosiddin Muhammad (uni G’iyosiddin Kichkina ham der edilar) temuriylar saroyining amaldorlaridan, xonadonining ishonchli kishilaridan edi. Onasi amirzoda Shayx Abusaid Changning qizi bo’lgan, ismi ma’lum emas. Alisherning bobosi Temurning o’g’li Umarshayx bilan emikdosh (ko’kaldosh) bo’lgan ekan.

Alisher saroy muhitida yashaganligi uchun alohida tarbiya va nazoratda o’sdi. Kichiklik chog’idan she’r va musiqaga ishqi tushdi. Olimu fozillar davrasida bo’ldi. Uch-to’rt yoshlarida davrining mashhur shoiri Qosim Anvorning bir she’rini yod aytib, mehmonlarni hayratga soldi. Bir yildan so’ng esa uni maktabga berdilar. U bo’lajak sulton Husayn Boyqaro bilan birga o’qidi. Uning zehni va iqtidori haqidagi gaplar esa el orasida tarqalib bordi.

1447-yilda Shohruh Mirzo vafot etib, Temuriy shahzodalar orasida taxt uchun kurash boshlanadi. Hirot notinch bo’lib qoldi. Alisherlar oilasi Iroqqa yo’l oldi. Yo’lda, Taft shahrida Alisher zamonasining mashhur tarixchisi, “Zafarnoma”ning muallifi Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashadi…

1452-yilda Abulqosim Bobur Mirzo Xuroson taxtiga o’tiradi, notinchliklar bosiladi. G’iyosiddin Muhammad Sabzavorga hokim qilib tayinlanadi. Alisher esa o’qishni davom ettiradi. Maktab yosh Alisherni she’riyat, adabiyot olamiga olib kirdi. Bo’lajak shoir Sa’diy Sheroziyning “Guliston”, “Bo’ston” asarlarini, Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr” (Qush nutqi)ni so’ngsiz ishtiyoq bilan o’qidi. Ayniqsa, qushlar tilidan keltirilgan hikoyatlar va ularning chuqur mazmuni Alisherning o’y-xayolini tamom egallab oldi…

“Mantiq ut-tayr” xayoli Alisherga bir umr hamroh bo’ldi. Umrining so’ngida esa “Lison ut-tayr” (Qush tili) nomi bilan kitob yozdi.

She’rga mehr Alisherni ijodga undadi. U 7-8 yoshida she’r yozgani ma’lum. Bu she’rlar shoirning aytishicha, “turk alfozi bila”, ya’ni turkcha (o’zbekcha) bitilgan. U forscha she’rlar ham yozdi. O’zbekcha she’rlariga “Navoiy”, forschasiga “Foniy” taxallusini qo’ydi. “Navo”ning bir ma’nosi – kuy, ohang, yana biri – bahra. Dard, g’amni ham “navo” deganlar. “Foniy” esa o’tib ketuvchi, yo’q bo’luvchi, vaqtincha degani. Shoir taxalluslari shu barcha ma’nolarni qamrab olgan.

Alisher Navoiy 1469-1472-yillarda muhrdor, 1472-1476-yillarda vazir bo’lib ishladi, 1487-1488-yillarda Astrobodga hokimlik qildi. Husayn Boyqaro uni o’ziga g’oyat yaqin tutar, har bir narsada u bilan maslahatlashar va buni nihoyatda qadrlar edi. To’g’ri, Boyqaro va Navoiy o’rtasiga uchinchi kishi aralashgan, sovuqchilik tushgan paytlar ham bo’ldi. Lekin o’z davrining bu ikki atoqli arbobi hamkorligi juda ko’p sinovlardan muvaffaqiyat bilan o’tib, avlodlarga o’rnak bo’lib qoldi.

Muhrdorlik davlat idorasidagi eng mas’uliyatli lavozimlardan bo’lib, mamlakat miqyosidagi barcha hujjatlarni sinchiklab kuzatish va rasmiylashtirishni taqozo etardi. Navoiy xizmatga ixlos va mehr bilan kirishdi. U Husayn Boyqaroni yoshligidan bilar, uning shaxsiga, iste’dodiga, jasoratiga katta hurmat bilan qarar, samimiyatiga dil-dilidan ishonar edi.

Husayn Boyqaro hokimiyat ishlarida Navoiyning aql va sadoqatiga tayanib ish ko’rdi. Uni, qarshiligiga qaramasdan, yuqori martabalarga tayinladi, 1472-yilda esa “amir” (vazir)likka qo’ydi. Buyuk shoir “amiri kabir” (ulug’ amir), “amirul muqarrab” (podshohga eng yaqin amir) unvonlariga musharraf bo’ldi. Uning vazirlik yillari Hirotda obodonlik ishlari avj olgan, madaniyat gullab-yashnagan davr bo’ldi. Ulug’ amir o’zi bosh bo’lib, suvsiz yerlarga suv chiqardi, eski ariqlarni tozalattirdi, yangi kanallar qazdirdi. Eski binolarni ta’mir qildirib, yangilarini qurdirdi. Qanchadan-qancha madrasalar, xonaqohlar soldirdi.

Navoiy besh dostonni ikki yilda yozib tamomlaydi. 1483-yilda o’z “Xamsa”sini yoza boshlab, 1485-yilning boshida tugatadi. Shoir ishlagan kunlar hisobga olinsa, 54 ming misralik ulkan obida 6 oyda bitkaziladi. Turkiy tilda birinchi marotaba “Xamsa” yaratiladi. Olimu fuzalo – barcha bu hodisani zo’r olqish bilan kutib oldilar.

Buyuk shoir 1498-1499-yillarda xatlarini to’plab, “Munshaot” (Xatlar) tuzdi. Unda 88 ta xat jamlangan bo’lib, ularning aksariyati shoirning shoh va shahzodalarga yo’llagan, janriga ko’ra xilma-xil bo’lgan maktublar edi. Bular, shubhasiz, turkiy insho, epistolyar janr taraqqiyotida muhim ahamiyatga egadir.

1500-yilning oxirlarida yozib tugatgan “Mahbub ul-qulub” asari uning so’nggi asari bo’lib qoldi. “Mahbub ul-qulub” – qalblarning mahbubi, ko’ngillarning sevgani degani. Bu asar dunyoning achchiq-chuchugini ko’rgan, goho “ komronlig’ ”(baxtiyorlik) goho “notavonlik” (baxtsizlik) topgan buyuk shoir va mutafakkirning 60 yillik hayotiga yakun bo’ldi.

Alisher Navoiy 1501-yilning 3 yanvarida vafot etadi. Butun xalq – shohdan gadogacha, olimdan cho’pongacha, shoirdan dehqongacha ulug’ farzandining o’limiga qayg’u va iztirob bilan motam tutadi.

Siyosiy faoliyati. Madaniyati va obodonchilik sohasidagi xizmatlari

Navoiydek obro’li va tadbirli kishilarga muhtoj bo’lgan Husayn Boyqaro Navoiyning Hirotga kelishidan xursand bo’ldi. Shuning uchun Navoiyni saroyga chaqirib, unga muhrdorlik vazifasini topshirdi. Muhrdorlik mansabi eng katta mansablardan bo’lib, davlatning har qanday hujjati muhrdor orqali rasmiylashtiriladi, muhrdor hujjatlarga muhr bosar va imzo chekar edi.

Navoiy Husayn Boyqaro davlatini mustahkamlashda va mamlakatni mayday davlatlarga bo’lib yuborishga intilayotgan shahzoda va amir-amaldorlarga qarshi kurashda katta ish ko’rsatdi. Soliqlarni xalqdan orttirib olayotgan ba’zi bir amaldorlar Navoiyning talabi bilan ishdan chetlashtirildi. Bu esa Navoiyning xalq orasidagi obro’yini yanada oshirdi.

Navoiy ijodiy ish bilan ko’proq shug’ullanish uchun muhrdorlik vazifasidan iste’fo berdi. Lekin Husayn Boyqaro o’z davlat apparati uchun Navoiydek tadbirli va donishmand kishining bo’lishini zarur deb hisoblab, oradan bir oz vaqt o’tar-o’tmas (1472 - yilda) Navoiyni vazirlik vazifasiga tayinla-di. Navoiy vazirlik davrida, undan keyin ham mamlakatning tinchligi va osoyishtaligi uchun kurashdi. Husayn Boyqaro va uning o’gillari o’rtasidagi nizo-adovatlarni bartaraf etishga harakat qildi. Ayniqsa u obodonchilik va madaniy hayot sohasida katta xizmat qildi.

Alisher Navoiy o’z atrofiga olimlar, yozuvchilar va san’atning turli sohalaridagi kishilarni uyushtirdi. O’sha zamonning Jomiy, Sayid Hasan Ardasher kabi ilg’or kishilar Navoiyning tadbirlarini quvvatlab, unga ko’maklashdilar. Alisher Navoiy atrofiga uyushgan kishilar: tilshunos olimlardan Sayfiddin Ahmad, Shayx Husayn, adabiyotshunoslardan Davlatshoh, Sayf Buxoriy, Shamsiddin Muhammad Badaxshiy, Kamoliddin Husayn, meditsina olimi Darvesh Ali, mashhur tarixchilar Mirxond va Xondamir, kalligraflardan (chiroyli xat yozuvchilardan) Sulton Ali Mashhadiy va Abdujamil kotib, rassomlardan Bexzod va Shoh Muzaffar, kompozitorlardan G’ulom Shodiy, sozandalardan Xoja Abdulla Marvoriy, Qulmuhammad O’diy, Shayx Noyn, husayn Udiy, shoirlardan Shayxim Suhayliy, Gadoiy, Sho’rida va boshqalar XV asrda ilm-fani, san’ati va adabiyotining rivojlanishiga ma’lum darajada hissa qo’shgan shaxslardir. Alisher Navoiy bularga har tomonlama yordam berib, ijodiy ishlariga rahbarlik qildi. XV asr tarixchisi Mirxond shunday deydi:

“…Men umrimning birinchi yarmini tarix kitoblarini mutolaa qilishga sarf etdim. Ba’zi majlislarda tarixiy voqealarni hikoya qilganimda eshituvchilar qiziqib, diqqat bilan tinglardilar. Do’stlarim tarixiy voqealarni jamlab, kitob shaklida yozishimni iltimos qildilar…”

Mirxond moddiy imkoniyatga ega bo’lmagani sababli uzoq vaqt kitob yozishga kirisha olmagani, oxiri Navoiyga murojaat qilganini aytdi. Navoiy undan sodda, kitobxonga oson tushuniladigan kitob yozishni talab qilgan va zarur shart-sharoit tug’dirgan:

Shunday bir tarix kitobi tartib qilinsinki, uning iboralari majoz, istiora, kinoya va boshqa murakkabliklarga o’ralmagan bo’lsin, sodda, har kim ham tushuna oladigan, qisqa va mo’jaz bo’lsin. Kitob bir muqaddima, yeti qism va bir xotimani o’z ichiga olsin, har bir qism mustaqil bir kitob shaklida bo’lsin, o’quvchi u qismlardan birini o’qiganda boshqa qismlarni varaqlab ko’rishga majbur bo’lmasin…”

Men bu xizmat uchun lozim bo’lgan ish joyi, kitoblar va boshqa kerakli narsalar to’g’risida gap ochganimda, - deydi Mirxond, u o’zi bino qilgan “Xalosiya” xonaqohidagi o’z maxsus xonasini butun kitob va asboblari bilan menga topshirdi”.

Mirxondning bu so’zlari Navoiyning olimlarga qanchalik g’amxo’r bo’lganini ravshan ko’rsatadi. Mashhur rassom Behzod, xattot Sulton Ali kabi kishilar ham Navoiyning homiyligida yetishdi.

Navoiyning yaxshi rassom bo’lgani kabi muzika bilan ham shug’ullanib, kuylar yaratgan. U o’z she’rlaridan biriga “Isfahon” degan kuy ijod qilgan. Navoiyning muzika sohasida ustod Qulmuhammad kabi shogirdlar yetishtirgan. Uning iltimosi bilan Mirmumtoz va Abdurahmon Jomiy muzikaga doir kitoblar yozganlar.

Navoiy olim, san’atkor va yozuvchilardan unumli ishlashni, o’z qobiliyati va imkoniyatlaridan to’g’ri foydalanishni talab qilar edi. Navoiy ijodiy ishga beparvolik bilan qarovchi, shoshmashosharlik bilan yuzaki ish qiluvchi kishilarni yoqtirmas, ularni qattiq tanqid qilar edi.

Navoiyning talabchanligi va ishga nihoyatda mas’uliyati bilan qarashini ko’rsatuvchi bir fakt bilan tanishaylik:

Osafiy degan shoir o’z ijodiy mahoratini oshirishda ko’pincha yalqovlik qilar, o’z ishiga beparvolik bilan qarar edi. Navoiy uning bu kamchiliklarini qattiq tanqid qilib, uni unumli va yaxshi ishlashga undar edi. Bir kun Osafiy Navoiyning oldiga kelib aytgan:

Ustod, men endi siz aytgandek ijodga kirishdim. Mana, masalan, kecha bozordan ikki pulga sham olib, kechqurun ishga o’tirdim va shu sham yonib tugaguncha 200 misra she’r yozdim”.

^ Osafiy bu gapi Navoiyga yoqmagan. Chunki Osafiy shoshilib kuchsiz misralar yaratgan edi. Navoiy Osafiyga:

Demak, siz yozgan har yuz misra she’rning bahosi bir pul ekanda”, - degan.

Navoiy vazirlik vaqtida ham, undan keyin ham obodonchilikka katta ahamiyat berdi. Hirot va boshqa shaharlarda ko’p imoratlar qurildi. U bir qancha ravot, hovuz, hammom, ko’prik va madrasalar qurdirdi. Navoiy suvsiz yerlarga suv chiqarish ishiga ham ahamiyat berdi. U Tus viloyatining yuqorisidagi Chashmai Gulist bulog’idan Mashhadga suv keltirish uchun o’n tosh (tahminan 70 km) keladigan ariq qazdirishga kirishdi.

Navoiyning obodonchilik va madaniy hayot sohasidagi tadbirlari progressiv ahamiyatga ega edi. Lekin feodal jamiyati sharoitida mehnatkash omma maorif va madaniyatdan tamomila mahrum etilgan edi. Xalqning deyarli hammasi savodsiz edi. O’qish uchun davlatmand kishi bo’lishi lozim edi. Qattiq ekspluatatsiya ostida ezilgan, juda og’ir va xilma-xil soliqlar to’lashga, boshqalar uchun imoratlar qurish, ariq qazish kabi ishlarda haq olmay ishlashga majbur bo’lgan, och yoki yarim och yashagan qashshoq dehqon, albatta, o’z bolasini o’qitish imkoniyatiga ega emas edi.

Feodallar va ruhoniylar mehnatkash ommani qorong’ilikda saqlashdan manfaatdor edilar. Feodal sinfining reaktsion guruhlari, ayniqsa ruhoniylar maorif va madaniyatning rivojlanishiga g’ov bo’lgan ziyo dushmanlari edilar. Ular, umuman, har qanday taraqqiyotga tish-tirnoqlari bilan qarshi edilar. Ular ma’rifatparvar, taraqqiyparvar kishilarni ta’qib ostiga olar, yo’q qilib yuborish payiga tushar edilar.

Alisher Navoiyning madaniyat sohasidagi faoliyati reaktsion feodal guruhlar va ruhoniylarning kuchli noroziligiga sabab bo’ldi. Ular davlat xazinasining obodonchilik va madaniy ishlarga sarf qilinishini istamas edilar. Ular o’z shaxsiy manfaatlarini mamlakatning har qanday umumiy manfaatlaridan afzal ko’rar edilar. Reaktsion guruhlar Navoiyni saroy ishlaridan chetlashtirishga, Husayn Boyqaroning jilovini o’z qo’llariga olishga harakat qilar, Navoiyga qarshi bo’htonlar yog’dirar, ig’volar to’qir edilar.

Navoiy mamlakat va xalq uchun xizmat qilishning boshqa yo’llarini izlay boshladi. Uning vazirlik mansabida turishi uchun ortiq sharoit qolmagan edi. U 1476 – yilda vazirlik mansabidan iste’fo berdi. Lekin mamlakatning siyosiy ishlaridan tamom ila uzoqlashmad. U Husayn Boyqaroni marifatli podsho qilish niyatidan vos kechmadi; Husayn Boyqaroga umid va ishonch bilan qarar edi. U saroy doirasidagi nizolarning oldini olish, obodonchilik yo’lidagi tadbirlarini davom ettirishda yana ko’p xizmatlar qilidi. Shuning uchun reaktsion guruh Navoiyga qarshi fitna va ig’voni davom ettiraverdi. Husayn Boyqaro esa Navoiyning xattiharakatlarini kuzatib bordi, maxsus voqeanavislar qo’ydi.



Похожие:

Alisher navoiy 1441 1501 iconAlisher navoiy 1441 1501

Alisher navoiy 1441 1501 iconДокументы
1. /ALISHER NAVOIY/15423.doc
2. /ALISHER NAVOIY/ALISHER...

Alisher navoiy 1441 1501 iconДокументы
1. /ALISHER NAVOIY/15423.doc
2. /ALISHER NAVOIY/ALISHER...

Alisher navoiy 1441 1501 iconAlisher Navoiy hikmatlari

Alisher navoiy 1441 1501 icon1441-yil 9-fevralda Amir Temurning o'gli Shohruh Mirzo shohligi davrida Hirotda tug'ildi. Zamondoshlari uning haqida ko'pincha "Nizomiddin Mir Alisher" deb yozadilar

Alisher navoiy 1441 1501 icon90-maktab Alisher Navoiy va Z. M. Bobur

Alisher navoiy 1441 1501 iconAlisher Navoiy Prominent figures of Uzbekistan

Alisher navoiy 1441 1501 iconAlisher Navoiy bo’yicha test savollari

Alisher navoiy 1441 1501 iconO’zbekiston respublikasi fanlar akademiyasi alisher navoiy nomidagi til va adabiyot

Alisher navoiy 1441 1501 iconДокументы
1. /Alisher Navoiy (2).doc
Разместите кнопку на своём сайте:
Документы


База данных защищена авторским правом ©uz.denemetr.com 2000-2015
При копировании материала укажите ссылку.
обратиться к администрации