Документы



Mirzo ulug’bek (1394 1449) icon

Mirzo ulug’bek (1394 1449)

НазваниеMirzo ulug’bek (1394 1449)
Дата20.09.2013
Размер9.68 Kb.
ТипДокументы
скачать

MIRZO ULUG’BEK
(1394 - 1449)


 

Ulug‘bek 1394 yil 22 martda Eronning g‘arbidagi Sultoniya shahrida A. Temurning harbiy yurishlari paytida tug‘ilgan. To‘rt yoshidan boshlab uning tarbiyasi bilan buvisi Saroymulk va bobosi Temur shug‘ullanadilar. Ulug‘bekka shoir Muhammad Solihning bobosi Amir Shoh Malik vasiylik va murabbiylik qiladi. Amir Temur sevimli nevarasini safarlarda, yurishlarda ham birga olib yurgan. Temur vafotidan so‘ng 15 yashar Ulug‘bek Samarqand hokimi bo‘ladi. Poytaxti Hirot bo‘lgan Xuroson davlatini o‘zi boshqaradi. 

Ulug‘bek o‘z atrofiga «o‘z davrining Aflotuni» deb nom oltan Qozizoda Rumiy (Ulug‘bek uni o‘ziga ustoz deb bilgan), «o‘z zamonasining Ptolomeyi» bo‘lgan Ali Qushchi, matemagik va astronomlar Mansur Koshiy, Birjandiy, Miram Chalabiy, G’iyosaddin Jamshid kabi olimlarni jamlagan. Samarqanddagi Obirahmat soyi yoqasida 3 qavatli, balandligi 50 metr bo‘lgan rasadxona qurdirib, unda 1018 ta yulduzning muvozanatini aniqlashgan. Ulug‘bek o‘g‘li Abdulatif roziligi bilan 1449 yshga yollangan qotil Abbos tomonidan o‘ldirilgan.

Asarlari: «Ziji jadidi Ko‘ragoniy», «Bir daraja sinusini aniqlash haqida risola», «Risolai Ulug‘bek», «To‘rt ulus tarixi».

O‘tmishda yurtimizda yashab, in- soniyatning ilmu fan, madaniyat, umuman tafakkur olamini beqiyos ilmiy-ma’naviy asarlari bilan boyitgan mutafakkirlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Ana shunday ulug‘ siymolardan biri davlat arbobi, mashhur falakshunos olim Mirzo Ulug‘bekdir.

Ul zot saltanat egasi bo‘lishi bilan bir qatorda astronomiya, matematika va yana boshqa ko‘plab tabiiy va gumanitar fanlar sohasida ham jahonshumul kashfiyotlar qilgan, Samarqandda o‘z davrining eng mashhur rasadxonasiga ham asos solgan edi. Ulug‘bek Samarqandda zamonasining mashhur allomalarini atrofiga to‘plab, ilm-fan ahliga homiylik qiladi. U tuzgan astronomik jadval — «Ziji Ko‘ragoniy» XIV asrdayoq klassik astronomiyaning yetuk kashfiyoti sifatida nafaqat Sharqda, balki butun Evropada ham katta shuhrat qozonadi.

1417 yilda Mirzo Ulug‘bek rahbarligida Samarqanddan uncha uzoq bo‘lmagan Ko‘hak tepaligida rasadxona qurilishi boshlangan va 1420 yilda qurib bitkazilgan. Ulug‘bek ilmi nujum borasidagi tadqiqotlarini shu rasadxonada olib bordi. Bu binoning diametri 46,4 metr, yer sathiga tik va meridianiga parallel joylashtirilgan. Burchakni o‘lchashga mo‘ljallangan ulkan sekstantning radiusi 401 metr, harakatlanadigan yoy uzunligi esa 60 metr bo‘lib, shu yoydagi 1 gradusga teng kelgan masofa 701,85 mm. va 1 minut burchakka teng kelgan masofa 12 mm. yaqindir. Mana shu mukammal qurilma tufayli Ulug‘bek va uning izdoshlari sayyoralar holatini aniqlashda o‘sha davrgacha erishilmagan aniqlik darajasini kashf etishgan.

Bu haqida Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zining «Boburnoma» asarida quyidagilarni bayon etgan: «Yana bir oliy imorati Pushtai Ko‘hak domanasida rasaddurkim zich bitmakning olatidur. Uch oshyonlikdur. Ulug‘bek Mirzo bu rasad bila Zichi Ko‘ragoniyni bitibturkim, olamda holo bu zich musta’maldur. O‘zga zich bila kam amal qilurlar».

Shu o‘rinda bir mulohaza. O‘sha qadim zamonda Ulug‘bek boshchiligida rasadxonada olib borilgan kuzatishlarning hisoblash natijalari hozirgi ilmiy tahlillardan uncha farq qilmaydi. Masalan, ekleptika tekisligining ekvatorga og‘maganligini Ulug‘bek 23h 30m 15s deb topgan bo‘lsa, hozirgi texnika rivojlangan davrdagi hisoblash ko‘rsatkichi 23h 30m 47sdir. O‘rtadagi tafovut 32 sekundni tashkil qiladi, xolos. O‘sha davrda yulduz yili 365 kun 6 soat 10 minut 8 sekund deb hisoblangan, bugunga kelib esa 365 kun 6 soat 9 minut 6 sekund ekanligi fanga ma’lum. O‘rtadagi farq 1 minutu 2 sekundni tashkil qiladi.

Shu o‘rinda Prezidentimizning «Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch» asarida keltirilgan quyidagi misolga e’tiborimizni qaratsak «...1996 yili Parijda YuNESKOning o‘sha paytdagi Bosh kotibi Federiko Mayor janoblari bilan bo‘lgan bir suhbat yodimga tushadi. O‘shanda janob Mayor Ulug‘bekning ilmiy merosini yuksak baholab, uning yulduzlar harakatiga oid hisob-kitoblari bugungi kunda kompyuter yordamida tekshirib ko‘rilganda atigi bir necha daqiqaga farq qilishi aniqlandi, degan gapni aytib qoldi. Shunda men unga javoban, yo‘q, janob Federiko Mayor, Ulug‘bek xato qilgan bo‘lishi mumkin emas, balki kompyuterlar xato qilgan bo‘lishi mumkin, degan edim. Garchi bu gap do‘stona lutf tariqasida aytilgan bo‘lsa-da, o‘ylaymanki, uning zamirida chuqur haqiqat mujassam». Mana shu misolning o‘zi ham har birimizga, butun xalqimizga faxr-iftixor bag‘ishlaydi.

Manbalarga qaraganda, Gipparxdan Ulug‘bekka qadar 50 ga yaqin yulduzlar jadvali tuzilgan. Ammo Ulug‘bek astronomik maktabida tuzilgan yulduzlar jadvali aniqligi va ishonchliligi bilan Gipparx va boshqa jadvallardan ustundir. Shu bois «Ziji jadidi Ko‘ragoniy» Ulug‘bek rahbarligidagi astronomik maktabning qo‘lga kiritgan eng muhim yutug‘i, jahon astronomiya fani tarixidagi bebaho ilmiy asardir.

Mazkur asar to‘rt kitobdan iborat bo‘lib, unda turli xalqlarda mavjud bo‘lgan taqvim, davriy-hayvonlar nomi bilan atalgan taqvim, kunlar, bayramlar, taqvim o‘lchovlarining handasaviy tahlili, sayyora va yulduzlar holati hamda harakatlari haqida so‘z boradi. Asarda 1018 yulduzning holati Samarqand kengligi asosida yoritiladi; shaharlarning koordinatlari, yilning uzunligi muddati aniqlanadi.



Похожие:

Mirzo ulug’bek (1394 1449) iconMirzo Ulug'bek

Mirzo ulug’bek (1394 1449) iconRossiyada xor madaniyatining rivojlanishi
«Ulug`bek», Vasil’enko va M. Ashrafiy «Maxmud Tarobiy», «Bo`ron», S. Yudakovning «Maysaraning ishi» va boshqa asarlarini shu davrda...
Mirzo ulug’bek (1394 1449) iconThe academic lyceum of s. H. Sirojiddinov under the national university of uzbekistan by named mirzo ulugbek

Mirzo ulug’bek (1394 1449) iconДокументы
1. /Alim Mirzo.doc
Mirzo ulug’bek (1394 1449) iconMavzu: Eng ulug’ maqsad. Dars maqsadi

Mirzo ulug’bek (1394 1449) iconTog'ay Murod asarlarida milliy qadriyatlarning ulug'lanishi

Mirzo ulug’bek (1394 1449) iconДокументы
1. /Zuluk (hajviya). Mirzo Ahad.doc
Mirzo ulug’bek (1394 1449) iconДокументы
1. /Muhammad ali ulug' saltanat.pdf
Mirzo ulug’bek (1394 1449) icon1441-yil 9-fevralda Amir Temurning o'gli Shohruh Mirzo shohligi davrida Hirotda tug'ildi. Zamondoshlari uning haqida ko'pincha "Nizomiddin Mir Alisher" deb yozadilar

Mirzo ulug’bek (1394 1449) iconZardushtiylik zardushtiylik dinining paydo bo’lishi
«Voxumana» kurinadi va uning sehrli nuriga yergasha-di. Nihoyat, u yezgu va ulug xudo Axuramazda huzuriga boradi
Разместите кнопку на своём сайте:
Документы


База данных защищена авторским правом ©uz.denemetr.com 2000-2015
При копировании материала укажите ссылку.
обратиться к администрации