Документы



Hazrat Amir Temur hayoti va faoliyati bilan yaqinroq va yaxshiroq tanisha boshlaganimizdan so\

Hazrat Amir Temur hayoti va faoliyati bilan yaqinroq va yaxshiroq tanisha boshlaganimizdan so'ng hazratning tavallud topgan manzili kindik qoni tomgan tuproq haqida ancha bahs yuritildi

НазваниеHazrat Amir Temur hayoti va faoliyati bilan yaqinroq va yaxshiroq tanisha boshlaganimizdan so'ng hazratning tavallud topgan manzili kindik qoni tomgan tuproq haqida ancha bahs yuritildi
Дата19.09.2013
Размер9.41 Kb.
ТипДокументы
скачать
1. /Sohibqiron Amir Temur hazratlari.docHazrat Amir Temur hayoti va faoliyati bilan yaqinroq va yaxshiroq tanisha boshlaganimizdan so'ng hazratning tavallud topgan manzili kindik qoni tomgan tuproq haqida ancha bahs yuritildi

AMIR TEMUR


Sohibqiron Amir Temur hazratlari nomi bilan hozirgi Shahrisabz va Yakkabog'ni bog'lab turuvchi bir muqaddas ko'prik borki, Sohibqiron hayotiga va faoliyatini darj etgan jahonning barcha qalam sohiblari shu ko'prikdan o'tib, Sohibqiron hayotiga safar qilganlar. Bu ko'prik Yakkabog'dagi Xo'ja Ilg'or qishlog'i va shu yerda abadiy uyquda yotgan Xo'ja Ilg'or ota - Muhammad ibn Abulqosim hazratlarining muborak ravzalaridir. Amir Temur shu qishloqda tavallud topgani, ravzai muborak atrofida o'ynab- o'sgani haqida tarix kitoblarida, mahalliy xalq og'zaki rivoyatlarida ba'zi ma'lumotlar saqlanib qolgan.

Hazrat Amir Temur hayoti va faoliyati bilan yaqinroq va yaxshiroq tanisha boshlaganimizdan so'ng hazratning tavallud topgan manzili - kindik qoni tomgan tuproq haqida ancha bahs yuritildi. Ilm-fanda allaqachon tasdiqlangan, ya'ni Ibn Arabshohning "Amir Temur Kesh (Shahrisabz) viloyatining Xo'ja Ilg'or qishlog'i (hozirgi Yakkabog' tumani hududi)da tug'ilgan" degan so'zlarga ishonqiramay, birovi Sohibqiron Shahrisabzning Niyozboshi (achchig'i), birovi Chiroqchining Tarag'ay qishlog'ida, yana birovi Muborak shahrining qadimiy o'rni Zanjirsoyda tavallud topgan, degan fikrlarni o'rtaga tashlashdi. Ammo to'grisi shuki, Sohibqiron Qashqadaryo zaminida tug'ildi, o'sdi, yashadi, bizga vatandosh, dindosh!..

Amir Temur hazratlari hayoti va faoliyati haqida hikoya qiluvchi asarlar shu qadar ko'p va har xil, rang-barangki, o'tgan olti yuz yil davomida yozilgan asarlarni, xalq to'qigan rivoyatlarni, yig'ish, ularni o'rganish va mulohaza bildirish uchun ancha vaqt ketadi.

Sohibqironning tavallud topgani haqida zamondoshlarimiz turli xil asarlar yozganlar, shulardan biri Ibn Arabshoh "Ajoyib-ul maqdur fi tarixi Taymur" ("Amir Temur tarixida taqdir ajoyibotlari") asarida shunday yozadi: "Temur ibn Tarag'ay ibn Abag'ay bo'lib, uning tug'ilgan joyi Xo'ja Ilg'or deb atajadigan qishloqdir. Xo'ja Ilg'or Keshga qarashli joylardandir - Alloh u yerdan har qanday yomonlikni daf etsin!

Kesh - Movaraunnahr shaharlaridan (biri) bo'lib, Samarqanddan taxminan o'n uch farsax (masofa)dadir. Hikoya qiladilarki, (Temur) tug'ilgan kechasi havoda qandaydir uchib yurgan temir qalpoqchaga o'xshash bir narsa paydo bo'lgan. Keyin u keng bo'shliqqa tarqalib, yer yuziga yoyilib ketgan emish. Undagi cho'g' va uchqunga o'xshash narsalar har tomonga sachragan va uyilib, hatto o'troq va badaviy joylarni ham to'ldirib yuborgan emish".

Arab tarixchisi Ibn Xajar al-Asqaloniy (1372-1449) "Zamonamizning mashhur o'g'lonlari haqida g'o'r kishilarga xabar", Ibn Tag'ribedi (1411-1469) "Misr va Qohira hokimlari tarixida porloq yulduzlar" degan asarida Ibn Arabshohni tasdiqlab Amir Temurni "Kash shahri yaqinidagi Xo'ja Ilg'or qishlog'i"da


tug'ilganligini tasdiqlagan XIX asrning 60-yillari boshida Buxoroga kelgan mojor olimi Xerman Vanberi "Buxoro yoxud Movaraunnahr tarixi" asarida shunday deb yozadi: "Bu shaxs ovro'poda Tamerlan yoxud Temurlang nomi ila mashhurdir. U hijriy 736 (melody 1333) yil shabonning boshida, seshanba kuni kechqurun Keshning yolg'iz ko'kalamzor joyi bo'lgani uchun "Shahrisabz" deb atalgan mahallasida dunyoga keldi. Keyin butun shahar shu nom bilan ataldi". Mojor muarrixining bu "Ma'lumotlari"da bir oz chalkashlik bor, Hijriy 736 yili 1336 yilga to'g'ri keladi. Qolaversa, Kesh shahri XV asr oxirlari - XVI asr boshlaridan Shahrisabz deb atala boshlagan. Vamberning "Shahrisabz mahallasi"degani bir oz tahrir talabdir.

Sohibqironning eng avvalgi tarixchilari Nizomiddin Shomiy, Sharafiddin Ali Yazdiy, Mui'niddun Natnazy, Hofizi Abro', Davlatshoh Samarqandiy Amir Temurning tavallud topgan sanalarini qayd qilgan bo'lsalar-da manzil haqida sukut qilganlar.V.V. Bartoldning yozishicha , Ibn Arabshoh asaridan boshqa hech bir manbada Amir Temur tug'ilgan joy nomi ko'satilmagan. U "Hech bir manba"deganda yuqoridagi muarrixlarni nazarda tutadi, shekilli.

Hozirgi zamon tarixchilari Poyan Ravshan va Juma Qurbon "Amir Temur tug'ilgan joy yoxud Zanjirsaroy qissasi"(1922) risolasida 1712 yil fors tilida yozilgan "Temurnoma"ga suyanib, Sohibqiron tug'ilgan joyni Zanjirsaroyga "ko'chirdilar" Bu fikr juda ko'p nizolarga olib kelgan.

1928 yili akademik V.V. Bartold bir muddat Shahrisabzda, Xo'ja Ilg'or ota qishlog'ida bo'lgan edi. Qariyalarning aytishlaricha, U Sohibqiron tug'ilishi, bolaligi va o'smirligi bilan bog'liq juda ko'p rivoyatlarni mahalliy aholidan yozib olgan. Bu sinchkov olim bilan suhbatlashgan keksalarning bolalari Xo'ja Ilg'or atrofidagi qishloqlarda hozir ham hayot kechiradilar. Sohibqiron tug'ilgan yurt chet ellik olimlarni ham qiziqtirib qolgan . 1985- yilda Yaponiyalik olimlar Amir Temur tug'ilgan qadimgi qishloq o`rnini belgilash maqsadida ish boshlashdi. Tokio universiteti professorlari qadimgi xarita bo`yicha qishloq o`rnini belgilashdi..

Qashqa vohasi o'z farzandlari bilan faxrlanishga haqlidir. Shularning eng buyugi Sohibqiron hazratlaridir. Bu yerda Amir Temur nomi bilan nimaiki bog'liq bo'lsa , ularni o'rganish , hatto naql va rivoyatlarni yig'ish , tahlil qilish , ko`z qorachig'iday asrash lozim bo`ladi. Qashqa vohasining , jumladan, Yakkabog'ning har bir qarich yeri - tog'- toshlari , dasht- yaylovlari , dara, g`or va qirlari, qishloq va guzarlari Sohibqiron abadiyatidan hikoya qiladi . Yakkabog`da Amir Temurning qadamjolari nihoyatda ko`p. Bu tabarruk joylarni o`rganish endi boshlandi.



Похожие:

Hazrat Amir Temur hayoti va faoliyati bilan yaqinroq va yaxshiroq tanisha boshlaganimizdan so\Документы
1. /Amir Temur/AMIR TEMUR SALTANATI.doc
2. /Amir...

Hazrat Amir Temur hayoti va faoliyati bilan yaqinroq va yaxshiroq tanisha boshlaganimizdan so\Документы
1. /Amir Temur/AMIR TEMUR SALTANATI.doc
2. /Amir...

Hazrat Amir Temur hayoti va faoliyati bilan yaqinroq va yaxshiroq tanisha boshlaganimizdan so\Документы
1. /Amir Temur o'g'lining o'limi haqida rivoyat (hikoya)Xurshod Davron.doc
Hazrat Amir Temur hayoti va faoliyati bilan yaqinroq va yaxshiroq tanisha boshlaganimizdan so\Документы
1. /Amir Temur o'g'lining o'limi haqida rivoyat (hikoya)Xurshod Davron.doc
Hazrat Amir Temur hayoti va faoliyati bilan yaqinroq va yaxshiroq tanisha boshlaganimizdan so\A. Navoiy tavallud topgan kuniga bag‘ishlangan tadbir ssenariysi

Hazrat Amir Temur hayoti va faoliyati bilan yaqinroq va yaxshiroq tanisha boshlaganimizdan so\Документы
1. /146_Amir Temur tuzuklari (Muqimov Z)/Amir Temur tuzuklari (Muqimov Z).doc
Hazrat Amir Temur hayoti va faoliyati bilan yaqinroq va yaxshiroq tanisha boshlaganimizdan so\Sohibqiron amir temur

Hazrat Amir Temur hayoti va faoliyati bilan yaqinroq va yaxshiroq tanisha boshlaganimizdan so\Mavzu: Amir Temur o’gitlaridan

Hazrat Amir Temur hayoti va faoliyati bilan yaqinroq va yaxshiroq tanisha boshlaganimizdan so\Amir Temur Plan: Conquering the whole Central Asia

Hazrat Amir Temur hayoti va faoliyati bilan yaqinroq va yaxshiroq tanisha boshlaganimizdan so\Документы
1. /Bobur Hayoti va ma'naviy-ma'rifiy faoliyati.doc
Hazrat Amir Temur hayoti va faoliyati bilan yaqinroq va yaxshiroq tanisha boshlaganimizdan so\Asrlar sadosi. Buyuk bobomiz amir temur xotirasiga bag’ishlangan

Разместите кнопку на своём сайте:
Документы


База данных защищена авторским правом ©uz.denemetr.com 2000-2015
При копировании материала укажите ссылку.
обратиться к администрации