Документы



Dedilar: Kishvari dururi dilkash, Oti ham Shaxrisabz erur, ham Kash icon

Dedilar: Kishvari dururi dilkash, Oti ham Shaxrisabz erur, ham Kash

НазваниеDedilar: Kishvari dururi dilkash, Oti ham Shaxrisabz erur, ham Kash
Дата07.08.2013
Размер11.2 Kb.
ТипДокументы
скачать
1. /Amir Temur.docDedilar: Kishvari dururi dilkash, Oti ham Shaxrisabz erur, ham Kash

Dedilar: “Kishvari dururi dilkash,

Oti ham Shaxrisabz erur, ham Kash.

Hizr monand sabzadan rangi,

Sabzasi, suvi ko’zgusi zangi.

Shaxrisabz o’ldi bizga chun mulkat,

Yo’q ajab gar yashil durur kisvat”.

(A.Navoiy)


Yurtboshimiz I.A.Karimov 1995 yil 2 noyabrda bir guruh atoqli olimlar bilan uchrashganda quyidagi so’zlarni keltirgan edi: “Biz qanday ulug’ merosning vorislari ekanimizni also unutmasligimiz kerak, aba shu buyuk merosni xalqqa yetkazishimiz lozim”.

X-XII asrlarda Markaziy Osiyo tafakkur, ilm markaziga aylanib, Farobiy, Ibn Sino, Beruniy Yusuf Xos Xojib kabi allomalarimiz jahon fani xazinasini yanada boyitdi.

Amir Temurning Movaraunnahrni birlashtirish, yagona markazlashgan davlat barpo etish yo’lidagi sa’y harakatlari, qator xalqlar va yurtlarni mustamlakachilik zulmodan ozod bo’lishga, ijtimoiy qarashlarning rivojlanishiga, o’z qomusiy bilim durdonalariga yangi gabharlar kelib qo’shilishiga asos bo’ldi.

Amir Temur nafaqat kuchli, markazlashgan davlatga asos soldi, balki uni yangicha iqtisodiy, xuquqiy, qonunchilik tizimlarini ishlab chiqdi.

Amir Temurning o’ziga xos xususiyatlaridan biri uning yoshlikdan bilimga chanqoqligi edi. Temur turk, arab va eron tarixini mukammal bilgani, Qur’on suralarini yod olganligi, Firdavdiyning “Shoxnoma” asari bilan tansihligi, ko’pgina sharlar tarixi bilan qiziqqanligi va sayohatchilarning asarlarini ko’p mutoolaa qilganligi uning iqtisodiy, ijtimoiy qarashlarining shakllanishiga sabab bo’lgan/

Shu munosabat bilan o’zbek davlatchiligi poydevorini qurish va uni rivojlantirishga qaratilgan masalalarni o’zida aks ettirgan “Temur tuzuklari”da iqtisodiy qarashlar va muammolarga alohida e’tibor bergani bejiz emas.

“Tuzuklar”da keltirilishicha, “Davlatu saltanat, - uch narsa bilan, - mulk, xazina va lashkar bilan tikdir”, deya ta’kidlagan va bunga juda qattiq rioya qilgan va e’tibor qaratgan. Bundan tashqari davlatu saltanatni boshqarishni to’rt asosiy omilga – hokimiyat organlariga, xazinaga, sipohlarga, raiyatga tayangan holda boshqarishni ko’zda tutgan.

Demak, Amir Temurning fikricha, davlatning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishida iqtisodiy imkoniyatlarning ahamiyati katta. Va uning iqtisodiy qarashlari doirasida moliya masalalari muhim o’rin egallagan.

Davlatning mustahkamligi, tinchligi, kuchliligi birinchi navbatda raiyatning munosabatiga sodiqligiga bog’liq. Shu sabab raiyatning holidan xabardor, ogoh bo’lish tuzugi Amir Temur davlatining eng muhim qonuniga aylandi va unga amal qilina bohslandi. Xalqni yomon xodisalardan, noxaq qatl etishdan, amaldorlar tomonidan talanishdan, xonavayron bo’lishdan asrashni buyurib, ularni davlatdan. Amirdan rozi bo’lish choralari ko’rildi. Xalqni ko’pgina soliqlardan ozod qildi. Mamlakatni xunuk ko’rsatuvchi omillardan biri gadolikdir, deydi, Temur. Gadolarni yo’q qilmoq uchun uning iqtisodiy ahvolini yaxshilamoq kerak va shu munosabat bilan Temur faqat gadolarga emas, balki ojizlar – ko’r, cho’loq, qariligi sababli mehnatga layoqatsiz, iqtisodiy nochor bo’lganlarga xazina molining beshdan birini ajratgan.

Shuni ta’kidlash kerakki, Temurgacha birorta podsho bu kabi ishlarni amalga oshirmagan. Bundan uning qanday olijanob, insonparvar inson ekaniligi ko’rinib turadi.

Temur davridayoq ilk byudjet elementlari shakllanganligining guvohi bo’lamiz, ya]ni xazinadagi daromad va harajatlarni yozib boorish, barcha hokimliklardan yozma hisobot olish kabilar amalga oshirilgan va bulra ustidan nazorat o’rnatilgan.

Amir Temurning iqtisodir qarashlarida Markaziy Osiyoda rivojlangan iqtisodiy fikrlarning dastlabki kurtaklari o’z ifodasini topgan.

Sohibqiron Amir Temur o’z farzandlari va kelajak avlodlarga murojaat qilib: “O’g’illarim! Millatning ulug’ martabasini, saodatini saqlamoq uchun sizlarga qoldirayotgan vasiyat va tuzuklarni yaxshi o’qing, also untmang va tadbiq eting. Millatning dardlariga darmon bo’lmoq vazifangizdur. Zaifalarini ko’ring, yo’qsullarni boylar zulmiga tashlamang. Adolat va ozodlik dasturingiz, rahbaringiz bo’lsin” deb xitob qilgan edi. Amir Temur o’z davrida buyuk qudratli davlatga asos soldi va uni rivojlantirish, mustahkamlash, saqlash, boshqarish tuzuklari – qonunlarini ishlab chiqdi.

Sohibqiron Amir Temur ulug’ davlat arbobi , sarkarda bo’lishi bilan birga jamiki insoniy sifatlarni o’zida mujassamlashtirgan noyob ma’naviyat sohibi hamdir.

Muhtaram Prezidentimiz Islom Krimov faxr bilan ta’kidlaganlaridek, “Amir Temur yoshlik chog’idan mard, dovyurak, g’ururli, o’kir zehn va aqlu idtok egasi bo’lib o’sdi. Turli dunyoviy ilmlarni, harbiy san’atni egalladi. Qur’oni Karimni yod oldi, hadis ilmini o’rgandi. Iymon-e’tiqodli, halol-pok inson bo’lib yetishdi”. Ulug’ligining asosida avvalo uning ma’naviy sifatlari turadi.

Mustaqil, qudratli Turkiston davlatining asoschisi, rahbari Amir Temur ma’naviy salohiyatining kuchi – uning iqtisodiy, moliyaviy, xo’jalik, siyosiy, harbiy, huquqiy, davlatlararo munosabatlar faoliyatida, fanga madaniyatga, adabiyotga, san’atga, me’morchilikka munosabatida, rangba-rang mazmun va ko’rinishlarda yaqqol namoyon bo’ladi.

Sohibqiron o’z hayoti davomida ko’plab shaharlar, masjidu madrasalar, maqbaralar, xonaqolar, qal’a-qasrlar, bog’-rog’lar, sug’orish inshootlari, ravon yo’llar, ko’priklar barpo ettirdi.

Amir Temur o’zining butun ongli hayoti davomida islom diniga sidqidildan e’tiqod qildi, uning barcha farz va sunnat ruknlarini taqvodorlik bilan bajardi.

Amir Temur kabi ulug’ ajdodlarimiz to’g’risoda qanchalik haqiqatni aytsak. Ular bizga shunchalik ruhiy madad, ma’naviyat ato etadilar, o’zligimizni anglashga yordamlashadilar. Milliy g’urur tuyg’ularimizni kuchaytiradilar, iymon, insof, diyonatga da’vat etadilar.

Bugun O’zbekiston deb ataluvchi kelajagi buyuk, insonparvar, adolatli xuquqiy davlatga asos solinmoqda. Uning asoschisi Islom Karimovdir.

Kelajagi buyuk davlatni yaratishda ulug’ bobomizning boy tajribalari, ilmi, ruhi hamisha madadkor bo’ladi.



Похожие:

Dedilar: Kishvari dururi dilkash, Oti ham Shaxrisabz erur, ham Kash iconO’zbekiston Respublikasi Хalq talim vazirligi Respublika bolalar kutubхonasi Fan: Odam va uning salomatligi
Yomon itdek odamlarga o’z-o’zidan hamla qiladi. Uni shunchaki yomon it emas, qopadigan it desa ham bo’ladi. Ichishlik ham dard o’ti,...
Dedilar: Kishvari dururi dilkash, Oti ham Shaxrisabz erur, ham Kash icon2. jismlarni elektrlaganda nima ro’y beradi?
Оlingan plastinani ikkinchi elektrоskоpga o’rnatilgan shar ichiga kiritamiz. Ikkinchi elektrоskоpning strelkasi ham хuddi o’shanday...
Dedilar: Kishvari dururi dilkash, Oti ham Shaxrisabz erur, ham Kash iconAnalitik kimyo fani va uning usullari
«modda tarkibi» degan tushunchaning o’zi ham keng ma‘no kasb etadi. Endilikda «modda tarkibi» degan tushuncha ayni moddadagi kimyoviy...
Dedilar: Kishvari dururi dilkash, Oti ham Shaxrisabz erur, ham Kash icon7-sinf Zoologiya Mavzu: Suvda ham quruqlikda yashovсhilarning xilma-xilligi va ahamiyati. Darsning ta’limiy maqsadi
«Suvda ham quruqlikda yashovсhilarning xilma-xilligi va ahamiyati» mavzusi bo‘yiсha kichik guruhlarda ishlashiga mo‘ljallangan modul...
Dedilar: Kishvari dururi dilkash, Oti ham Shaxrisabz erur, ham Kash iconAziz o'quvchim, senga kunday ravshanki, Chin-mochin degan mamlakatning imperatori-shahanshohi ham, fuqarolari ham xitoylardan
«Yo Parvardigor, hayot naqadar yaxshi!» deb uzun so'lish olar ekan. So'ng yana tirikchiligi esiga tushib, baliq tutish bilan mashg'ul...
Dedilar: Kishvari dururi dilkash, Oti ham Shaxrisabz erur, ham Kash iconMavzu: kiyinish ham odob

Dedilar: Kishvari dururi dilkash, Oti ham Shaxrisabz erur, ham Kash iconShior : tabiatni asrash burching ham bazting, Shunda gullab yashnar hayot daraxting

Dedilar: Kishvari dururi dilkash, Oti ham Shaxrisabz erur, ham Kash iconДокументы
1. /Itlar ham yig'laydi.doc
Dedilar: Kishvari dururi dilkash, Oti ham Shaxrisabz erur, ham Kash iconIshlab chiqarish kuchlarini joylashtirishdagi tadqiqot usullari
«tizimchaning» o’zining ham ichki tuzilmasi, rayon va «rayonchalari», qismchalari bor
Dedilar: Kishvari dururi dilkash, Oti ham Shaxrisabz erur, ham Kash iconДокументы
1. /Yigit ham yig'laydimi(hikoya)Abulqosim Mamarasulov.doc
Dedilar: Kishvari dururi dilkash, Oti ham Shaxrisabz erur, ham Kash iconRеja: O`smirlarning anatomik-fiziologik rivojlanishi xususiyatlari
«raxmdil, kеchirimli, ba'zan o`zini ko`rmaganga oladigan» ham bo`lishiga to`g`ri kеladi
Разместите кнопку на своём сайте:
Документы


База данных защищена авторским правом ©uz.denemetr.com 2000-2015
При копировании материала укажите ссылку.
обратиться к администрации