O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
D.B.Gadoyeva
«O`ZBEK ADABIY TILI TARIXI» FANI BO`YICHA MA`RUZALAR MATNI
(filologiya ta`lim yo`nalishi uchun)
Navoiy – 2007
Mazkur ma`ruzalar matni O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan 2006 yil 26 iyulda tasdiqlangan namunaviy dastur asosida tuzilgan.
Taqrizchilar : Nigora MURODOVA filologiya fanlari doktori Ra`no Nuriddinova filologiya fanlari nomzodi
Mazkur ma`ruzalar matni Navoiy davlat pedagogika instituti o`zbek filologiyasi fakulteti o`quv-uslubi kengashining 29-avgust2007-yildagi yig`ilishida muhokama etilib, nashrga tavsiya qilingan.
Ushbu ma`ruzalar matni O`zbek filologiyasi fakulteti to`rtinchi bosqich bakalavr yo`nalishi talabalari uchun mo`ljallangan.
N A V O I Y – 2007
Mavzu: O`zbek adabiy tili tarixi fani va uning vazifalari.
R E J A:
Kirish. O`zbek adabiy tili tarixi fanini o`rganish manbalari. Adabiy til va jonli so`zlashuv tili.
O`zbek adabiy tili tarixi o`zbek adabiy tilining mohiyati va mundarijasi haqidagi, uning tashkil topishi va rivojlanish bosqichlari to`g`risidagi fan sifatida XX asr boshlarida yuzaga keldi. Shundan keyin o`zbek adabiy tili yangi tushunchalarni anglatuvchi so`z va iboralar bilan boyidi. Uning grammatik qurilishi yangi shakllar bilan to`ldirilib, ancha silliqlashdi. Bu fanning vujudga kelishida yirik rus olimlari V.V.Radlov, S.Y.Malov, A.K.Borovkov, A.N.Kanonov, N.A.Baskakov, A.M.Shcherbak kabilar bilan bir qatorda G.Abduraxmonov, U.Tursunov, S.Mutalibov, E.Fozilov, A.Rustamov, Sh.Shukurov, B.O`rinboev singari qator o`zbek tilshunoslari ham munosib hissa qo`shdilar. Bu fanning shakllanishi o`zbek filologiya fanining yutuqlaridan biri hisoblanadi. Bu til qonuniyatlarini, uning shakllanish va rivojlanish xususiyatlarini o`rganish imkoniyatlarini yaratib berdi. O`zbek adabiy tili tarixi fanining shakllanishi jamiyatning iqtisodiy va siyosiy rivojlanish omillari bilan yaqin aloqada bo`lgan ijtimoiy fikrlar tarixi, madaniyat va adabiyot tarixi bilan uzviy ravishda bog`langan. Ammo tilning barcha xususiyat va tomonlari hamma vaqt ham jamiyat hayotidagi iqtisodiy va siyosiy o`zgarishlarni bevosita, bir xilda aks ettiravermaydi. O`z navbatida, tarixiy taraqqiyotning turli davrlarida til qurilishida va uning xizmat qilish sohalarida yuz bergan o`zgarishlar ham jamiyatning rivojlanishi bilan bir xil darajada bog`langan emas. O`zbek adabiy tili tarixini o`rganadigan sohasi, uning tarixiy grammatika bilan bog`liqligi va undan farqlanadigan tomonlari quyidagilardan iborat: Tarixiy grammatika o`zbek tili hodisalarini, tildagi xilma-xil narsalar majmuini o`rganadi. O`zbek adabiy tili tarixi esa faqat o`zbek adabiy tiliga xos uslublarni, uslubiy hodisalarni o`rganadi. Tarixiy grammatika til hodisalari ma`lum bir tizimda olib qaraydi, ularni umumlashtirish, mavhumlashtirish (abstraksiya qilish) asosida o`rganadi. O`zbek adabiy tili tarixi esa yozma yodgorliklar tili tarixi bo`lganligidan o`zbek tili hodisalarini, undagi narsalarni matn ichida olib qaraydi. O`zbek adabiy tili tarixi bu matnlarni tili bo`yicha mavhumlashtirmaydi, balki ularni faqat jamlaydi, ma`lum guruhga kirgan matnlar tilining o`xshash xususiyatlarini umumlashtiradi, boshqa guruh matnlaridan farqini aniqlaydi, adabiy tilning turli uslublarini ularning vazifasi doirasini va rivojlanishini tekshiradi. Tarixiy grammatika til tuzilmasini, til qurilishini tekshiradi. O`zbek adabiy tili tarixi esa o`zbek tilining «adabiy bo`lmagan» forma va uslublar bilan o`zaro munosabatda bo`lish tarixini hamda adabiy tilning ijtimoiy vazifalari tarixini o`rganadi.
SShunday qilib, o`zbek adabiy tili tarixi mustaqil fan sifatida o`zaro bog`langan uch tomon: a) adabiy til tuzilishi tarixi yoki adabiy til uslublari tarixi tomoni; b) adabiy til bilan tilning «adabiy bo`lmagan» uslublarining o`zaro munosabati tarixi tomoni; v) adabiy tilning ijtimoiy vazifalari tarixi tomonining uzviy birligi asosida tashkil topadi. O`zaro bog`langan ana shu uch soha o`zbek adabiy tili tarixi fani o`rganadigan mavzuni tashkil etadi. O`zbek adabiy tili fani o`rganiladigan til hodisalarining turli tomonlarini qamrab olish jihatidan ko`p qirralidir. Bu ilmiy tekshirishning xilma-xil uslublaridan (an`anaviy, tarixiy-qiyosiy, tuzilmali) foydalanish imkonini beradi. Demak, o`zbek adabiy tili tarixi o`rganadigan soha bevosita o`zbek adabiy tilidir. Til taraqqiyotining yuqorida ko`rsatilgan uch tomoni va adabiy til tarixini o`rganishning uch jihati nuqtai nazaridan uning taraqqiyot davrlarini aniqlash imkoniyatini beruvchi til tizimining quyidagi asosiy belgilarini ko`rsatish mumkin. Bu belgilar esa til taraqqiyoti davrlarini, bosqichlarini aniqlash imkoniyatini beradi: Adabiy til uslublarining miqdori, ularning o`zaro munosabati va ijtimoiy vazifalari. Adabiy til uslublarining, uning turlarini aniqlashda asos bo`lgan tuzilma va funksional belgilar. Adabiy til tuzilmasi uning ko`lami va ijtimoiy vazifalari hamda u bilan jonli so`zlashuv nutqi ko`rinishlarining o`zaro bog`liqligi.
Har bir davr adabiy til tizimini bayon etish sinxron tarzdagina bo`lib qolmaydi. O`zbek adabiy tilining tarixiy rivojlanish davrlarini ancha uzoq muddatlarni o`z ichiga oladi. Adabiy til tuzilmalarini belgilovchi muhim o`zgarishlar uzoq davr mobaynida asta-sekin to`plana borib yuz beradi. Shunga ko`ra til qurilishi unsurlari faqat vazifadoshlik holatinigina emas, balki rivojlanish jarayonida vujudga keladi. SShuni ng uchun adabiy til tarixi taraqqiyotining ma`lum davrlarida tilning qanday holatda ekanligi, xususiyati bilan bir qatorda, tilda nimalar yuz berayotganligini, qaysi sohalar o`zgarganligini, qanday yangi formalar paydo bo`lganligini ham o`rganadi. Rivojlangan har qanday til, shu jumladan hozirgi o`zbek tili ikki asosiy vazifani bajaradi, ya`ni funksional turga: adabiy til va jonli so`zlashuv tiliga bo`linadi. Har bir muayyan tilning sohibi, tashuvchilari bo`lgan elat (xalq) yoki millatning vakillari tomonidan jonli so`zlashuv tili bolalikdan boshlab egallanadi. Adabiy til, uning me`yoriy va qonuniyatlari esa balog`atga yetgan, kamolotga erishgan shakllanishi jarayonida o`rganib, o`zlashtirib olinadi. Bunda ayniqsa, oila va maktab, oliy o`quv yurti, adabiy tilni egallagan shaxslar, olimlar bilan yaqin aloqada bo`lib turish va ular ko`magida turli janrdagi adabiyotlarni o`qish, o`rganish muhim ahamiyatga ega. Umumxalq tilining yuqori shakli hisoblangan adabiy til aniq va muayyan bir tizimda har bir davrning tilga xos me`yor, tartib qoidalarini ifodalaydi. Milliy adabiy tilni, uning og`zaki va yozma shakllarini aniqlashda eng muhim va asosiy belgi uning muayyan bir me`yorga, ya`ni aniq bir maromga, tartib-qoidalarga solinganligidir. Milliy tilgacha bo`lgan davrdagi adabiy til bilan milliy adabiy til orasida muhim tafovutlar bo`lishiga qaramay, normativlik adabiy til taraqqiyotining barcha davrlarida – milliy tillarning tashkil topish davrida ham, ayniqsa, milliy adabiy tillar to`la shakllangan davrlarda ham – asosiy belgi bo`lib qoladi. Adabiy til taraqqiyotining dastlabki davrlariga tegishli yodgorliklarni o`rganish unda bir qator me`yorlar mavjudligini eski me`yorlar yo`qolib yangi me`yorlar yuzaga kelishini, yangi va eski me`yorlarning muvoziy (parallel) holda qo`llanganligini ko`rsatadi. Demak, me`yor faqat tilning hozirgi holati sinxroniya uchungina xarakterli bo`lib qolmay, diaxroniyada ham vujudga keladi. Adabiy til leksikasida ham, fonetka va grammatik qurilish sohasida ham o`z me`yorlari, qoidalari bilan ajralib turadi. Bu me`yorlar grammatika darsliklari, qo`llanmalari va barcha xil lug`atlarda belgilab qo`yilgan bu me`yorlar grammatika darsliklari, qo`llanmalari va barcha xil lug`atlarda belgilab qo`yilgan. Bu me`yorlar grammatika darsliklari va qo`llanmalari. Bu me`yorlar shu tilda so`zlashuvchi barcha kishilar uchun umumiy va zaruriy hisoblanadi. Umumxalq tilining qayta ishlanishi negizida shakllanib, mahalliy dailektlarning umumiy zaruriy xususiyatlarini o`ziga singdira borgan. Adabiy til ayni zamonda umumxalq tilining turli ko`rinishlaridan – jonli so`zlashuv nutqidan ham, mahalliy shevalardan ham jargonlardan ham farq qiladi. Adabiy tilning muayyan me`yorga solinganligi shundan iboratki, lug`at tarkibi ma`lum tartibda keltirilgan bo`ladi. So`zlarning ma`nosi va ishlatilishi, talaffuzi va yozilishi hamda grammatik shakllari yasalishi yagona, mushtarak qoidaga bo`ysunadi. Adabiy me`yor tarixiy toifa (kategoriya) hisoblanadi. U tilning taraqqiyoti bilan bog`liq ravishda o`zgarib turadi, uning ichki qonuniyatlariga bo`ysungan holda kishilarning talab va ehtiyojlarini qondiradi. Shuni ng uchun adabiy til me`yorlari, tartib va qoidalari tilda doimo yuz berib turadigan o`zgarishlarni aks ettiruvchi ko`rinish (variant)larni inkor etmaydi. Adabiy tilning ikki turi – og`zaki va yozma turi mavjud. Bu shakllar idrok etishning ikki turi, ya`ni guruh va eshituv uchun mo`ljallanganligi sababli o`ziga xos bir qancha xususiyatlarga egadir. Adabiy tilda uning har ikkala shakli uchun xos bo`lgan betaraf va uslublararo ifoda vositalari ham bo`ladi. Umumumlubiy va uslubarlaro shakllarga birinchi navbatda tilning morfologik belgilariga qarab ikki turga – og`zaki va yozmaga ajratishda qat`iy chegara yo`q. hunga qaramay bu shakllarning o`ziga xos ayrim xususiyatlarini ko`rsatish mumkin. Jumladan, adabiy tilning og`zaki shaklida ot va sifat turkumlariga xos his-tuyg`u, ta`sirchanlikni ifodalovchi shakllar (bolakay, qizgina, erkatoy, kichkintoy, kichkina, kattakon); takror, davomiylik, kuchaytirish ma`nolarini ifodalovchi fe`lning tahliliy shakllar (sezgirlik bilan, telefon orqali, tezkorlik asosida, nihoyatda ko`rkam, g`oyat baland); -lik, -chilik, -lashtirish kab affikslar yordamida yasalgan so`zlar (o`qituvchilik, dehqonchilik, parrandachilik, radiolashtirish, avtomatlashtirish) va boshqalarni ko`rsatish mumkin. Adabiy tilda sintaktik qurilish jihatidan ham ikki shaklga xos xususiyatlarni ko`rish mumkin. Ko`pgina sodda gaplarni, ayniqsa to`liqsiz gaplarni qisman bog`langan qo`shma gaplarni ishlatish adabiy tilning og`zaki shakli uchun xos bo`ladi. Bu vaqtda ohang, to`xtam, imo-ishora, nutq vaziyati kabi vositalar muhim rol o`ynaydi. Yozma adabiy tilning sintaktik qurilishi esa o`zining ancha murakkabligi bilan ajralib turadi. Unda ergash gapli qo`shma gaplar kirish so`z va iboralar, murakkab qurilishli sodda gaplar, ajratilgan va uyushiq bo`laklar, murakkab qo`shma gaplar ancha keng ishlatiladi. Adabiy tilning har ikkalasi uchun xos alohida leksik va frazeologik til birliklari qo`llanadi, ya`ni hozirgi adabiy tilda betaraf va uslublararo qatlam bilan bir qatorda, nafaqat og`zaki yoki yozma adabiy til uchun xos so`z va iboralar qatlami ham mavjud. Masalan, «O`zbek tilining izohli lug`ati» (ikki tomlik, M.,1981) hamda «O`zbek tilining frazeologik izohli lug`ati» (T., 1978, h.Rahmatullaev) «salanglab yurmoq» suyunmoq (sevinmoq), qashlamoq (qashimoq), xayitlamoq, qoyilmaqom, qulaylamoq, qaydam, qanaqangi, shunchayiki, jon-poni chiqib ketdi, ko`zi tirik, ko`zlari qinidan chiqib ketdi, ko`zi tirik, ko`zlari qinidan chiqib ketdi kabi so`z va iboralar so`zlashuv nutqiga xos hamda boshqaruv, intilish, adabiyot, kamtarlik, ijtimoiy, ko`zi ochiq, g`olib kelmoq, joni xalqumiga kelmoq, ko`ngli toza kabilar esa yozma adabiy tilga xos so`z va iboralar deb qayd qilindi. Adabiy tilning og`zaki shakli ma`ruza va suhbatlarda, yozma shakli esa fan, texnika va adabiyot asarlarida, rasmiy ish hujjatlari, nashriyot va matbuot sohalarida ishlatiladi. Lekin bular o`zaro uzviy ravisha bog`langan bo`ladi. Ma`ruzalar, har xil chiqishlar o`z xususiyati bilan yozma adabiy tilga yaqin turadi. Shuningdek, yozma adabiy tilda ayniqsa, badiiy asarlarda so`zlashuv nutqiga xos so`z va iboralar ham qo`llanadi. Shuni qayd qilish kerakki, «og`zaki», «so`zlashuv» atamalari adabiy tilning shakllaridan birini (adabiy tilning og`zaki yoki yozma shakllarini) ifodalash uchun hamda milliy tilning funkcional turlaridan birini (adabiy til yoki jonli so`zlashuv tilini) ifodalashga xizmat qiladi. O`zbek adabiy tilining rivojlanish jarayonini tekshirishda, o`zbek adabiy tili taraqqiyotining turli davrlarga tegishli, shuni ngdek o`zbek milliy tilining tashkil topishi davriga oid yodgorliklarning til xususiyatlarini o`rganish vaqtida adabiy tilni farq qiluvchi asosiy vosita sifatida «og`zaki» atamasidan foydalanib bo`lmaydi. Chunki o`zbek adabiy tili tarixi ana shu yozma yodgorliklar tili tarixidan iborat. Shuni ng uchun o`zbek adabiy tili taraqqiyotining dastlabki bosqichlaridan boshlab kitobiy unsurlar yozma adabiy tilning vositalari sifatida bir-biriga qarama-qarshi qo`yilganligini ko`rish mumkin. Bu hodisa,ayniqsa qadimgi turkiy adabiy til va eski o`zbek adabiy tili,shuni ngdek,milliy adabiy til yodgorliklari uchun xarakterlidir. Yozma yodgorliklarda tashkil topib qat`iylashgan til me`yorlari, qoidalari asta-sekin so`zlashuv nutqiga ham o`ta boradi. Yozma nutq shaklli, og`zaki nutq shaklli,adabiy tilning yozma va og`zaki shakllari kabi tushunchalarning paydo bo`lishi asosan shu hodisa bilan bog`langan. Hozirgi yozma adabiy matnlarda (badiiy adabiyot, publistika, gazeta va jurnal maqolalarida) yozma va og`zaki til unsurlari bog`langandek, og`zaki nutqda ham so`zlashuv va yozma nutq unsurlari mavjud bo`ladi. Hozirgi o`zbek milliy tilining har xil shakllari va ko`rinishlarining o`zaro munosabatini quyidagi jadval orqali ko`rsatish mumkin:
O`zbek milliy tili Jonli xalq tili |