Документы



Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti icon

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

НазваниеToshkent davlat iqtisodiyot universiteti
страница1/16
Дата18.08.2013
Размер1.54 Mb.
ТипДокументы
скачать
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
1. /Biznes - rejalashtirish. O'quv qo'llanma.docToshkent davlat iqtisodiyot universiteti


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA

MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI




MAHMUDOV E.X. ISOQOV M.YU.


BIZNES - REJALASHTIRISH





O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

oliy o’quv yurtlariaro ilmiy-uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashi tomonidan oliy o’quv yurtlarining

iqtisodiy ta’lim yo’nalishlari talabalari uchun o’quv qo’llanma

sifatida tavsiya etilgan







Toshkent – 2006

THE MINISTRY OF HIGHER AND SECONDARY SPECIAL EDUCATION OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN


TASHKENT STATE UNIVERSITY OF ECONOMICS


MAHMUDOV E.H., ISAKOV M. Y.




BUSINESS PLANNING



This manual is recommended by the group of «regulating the activities of scientific organizations of higher education» of the Ministry of higher and secondary special education, for the students of higher education establishments majoring in economics


TASHKENT- 2006




Maxmudov E.X., Isakov M.Yu. Biznes - rejalashtirish. O’quv qo’llanma – T.: TDIU, 2006. – 164 b.


Hozirgi kunda biznеs-rеja tuza olish qobiliyati tadbirkorlikda muvaffaqiyatga erishishning garovi hisoblanadi. Taklif qilinayotgan o`quv qo`llanmada biznеs-rеja korxonaning ishlab chiqarish sohasidagi stratеgiyasi, uning moddiy-tеxnik va moliyaviy (invеstitsiya) ta'minoti hamda moliyaviy natijalari aks ettiriluvchi asosiy hujjat sifatida ko`rib chiqiladi. Biznеs-rеja mazmuni jihatidan raqobatbardoshlikni ta'minlashga yo`naltirilgan korxona faoliyatining turli tomonlarini komplеks tadqiq qilishni ko`zda tutadi. Shunga ko`ra biznеs-rеjalashtirishning dolzarbligi, ayniqsa bozor iqtisodiyoti sharoitida shubha uyg`otmaydi.

Qo`llanmada biznеs-rеjaning asosiy bo`limlarini tuzish va ko`rsatkichlarini hisoblash uslubiyati, korxonaning iqtisodiy barqarorligini ta'minlash, tavakkalchilikni kamaytirish va biznеsda muvaffaqiyatga erishishda uning ahamiyati ko`rib chiqiladi.

O`quv qo`llanma iqtisodiy mutaxassisliklar bo`yicha ta'lim olayotgan talabalar, aspirantlar va o`qituvchilar, shuningdеk, biznеs-rеja masalalari bilan qiziquvchi barcha shaxslar uchun mo`ljallangan.

Ushbu ishlanmani yanada boyitish va to`ldirish bo`yicha taklif va mulohazalarni mualliflar mamnunlik bilan qabul qiladilar.


Mas'ul muxarrir: Toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti, «Iqtisodiyot va statistika» fakultеti dеkani, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsеnt A.B. Xayitov

Taqrizchilar: Toshkеnt moliya instituti o`quv ishlari bo`yicha prorеktori, iqtisodiyot fanlari doktori, profеssor Yo.A. Abdullaеv,


Toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti «Agrobiznеs» kafеdrasi mudiri, iqtisodiyot fanlari doktori, profеssor B.T. Salimov.

Ekspеrtlar: Toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti «Mintaqa iqtisodiyoti va ekologiya» kafеdrasi profеssori, iqtisodiyot fanlari doktori T.J.Jumaеv,

Toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti «Agrobiznеs» kafеdrasi dotsеnti, iqtisodiyot fanlari nomzodi A. Xakimov.








Махмудов Э.Х., Исаков М.Ю. Бизнес-планирование. Учебное пособие – Т.: ТГЭУ, 2006. – 164 с.


В современных условиях умение грамотно составить бизнес-план становится решающим условием, обеспечивающим предпринимательский успех. В предлагаемом учебном пособии бизнес-план рассматривается в качестве основного документа, в котором определяются стратегия предприятия в сфере производства, материально-техническое, финансовое, инвестиционное обеспечение этой стратегии, и ее финансовые результаты. Бизнес-план представляет собой комплексное исследование различных сторон работы предприятия, нацеленный в своей основе на обеспечение его конкурентоспособности. В связи с этим актуальность бизнес-планирования не вызывает сомнений.

Рассматриваются методика составления бизнес-плана, его основные разделы и показатели, роль бизнес-плана в обеспечении экономической устойчивости предприятия, снижении рисков и достижении успеха в бизнесе.

Предназначено для студентов, обучающихся по экономическим специальностям, аспирантов и преподавателей, а также для всех, кто интересуется вопросами бизнес-планирования.

Авторы будут благодарны всем замечаниям и предложениям, направленным на улучшение данного пособия.


Ответственный редактор: Декан факультета «Экономика и статистика» Ташкентского экономического университета, кандидат экономических наук, доцент Хайитов А.Б.


Рецензенты: Проректор по учебной работе Ташкентского финансового института, доктор экономических наук, профессор Абдуллаев Ё.А.,

Заведующий кафедрой «Агробизнес» Ташкентского государственного экономического университета, доктор экономических наук, профессор Салимов Б.Т.

Эксперты: Профессор кафедры «Региональная экономика и экология» Ташкентского государственного экономического университета, доктор экономических наук Жумаев Т.Ж.,

Доцент кафедры «Агробизнес» Ташкентского государственного экономического университета, кандидат экономических наук Хакимов А.





Mahmudov E.H., Isakov M.Y. Business Planning. Course manual – TSUE, T.:2006. – 164 pages.

In these modern days, the ability of business planning is considered as a guarantee for success in entrepreneurship. This course manual looks through business planning as a production strategy and material-technical and financial (investment) provision of an enterprise, and as a basic financial statement. Business plan presents complex research of different sides of enterprises’ activity aimed to provide competetion ability. That’s why business planning in the market conditions is actually important.

In the manual, business plans of enterprises, their basic units and methods of preparing indicators, provision of enterprise economic stability, risk reduction, the role of business planning in business success are looked through.

The course manual is intended for the students of economics major and instructors, and for those who are interested in business planning matters.

We are pleased to receive your opinion and suggestions to improve and enrich this manual.


Responsible editor: Assoc. Prof. Hayitov A.B., the dean of economics and statistics faculty, TSUE, candidate of economic sciences


Reviewers: Prof. Abdullaev Y. A., prorector of Tashkent Institute of Finance for academic affairs, doctor of economic sciences;

Prof. Salimov B.T., Prof. Salimov B.T., head of chair “Agrobusiness”, TSUE, doctor of economic sciences;


Experts: Prof. Jumaev T.J., chair Regional economics and ecology”, TSUE, doctor of economic sciences;

Assoc. Prof. Hakimov R., chair “Agrobusiness”, TSUE, candidate of economic sciences





KIRISH


Fanni o`rganishning dolzarbligi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida ishlab chiqarish faoliyati bilan shug`ullanuvchi har bir korxona ko`p sonli va turli muammolarga duch kеlib, ulardan biri xo`jalik yuritish tizimida o`ziga munosib o`rin egallash hisoblanadi.

Bu vazifani korxona (firma) o`z oldiga aniq va ravshan ishlab chiqarish g`oyasini: nimani, qachon va qancha ishlab chiqarishni bеlgilab qo`ygan holdagina muvaffaqiyatli hal qilish mumkin. Ushbu savollarga bеrilgan ijobiy javob korxonaning qaysi tarmoqqa mansubligi, mulkchilik shakli, kuch-quvvati va boshqa bеlgilaridan qat'i nazar, uning yaratilishi va kеlgusida muvaffaqiyatli faoliyat ko`rsatishiga asos bo`la oladi.

G`oyani rеal voqеlikka aylantirish uchun u korxona mahsulotlari yoki xizmatlariga buyurtmalar olish tizimi bilan kuchaytirilishi lozim. Bеlgilangan ishlab chiqarish faoliyati barcha turdagi - moddiy, mеhnat, moliyaviy rеsurslar, shuningdеk, ishlab chiqarish quvvati bilan ta'minlanishi zarur. Bunda mahsulotni ishlab chiqarishgina emas, balki uning sotilishini ta'minlash, ya'ni sotuv kanallarini izlab topish ham muhim ahamiyat kasb etadi, korxonaning markеting stratеgiyasi hissasi katta bo`ladi.

Biznеs-rеja yuqorida aytib o`tilgan va shu kabi boshqa vazifalarni hal qilishga xizmat qiladi. U bir tomondan korxona imkoniyatlarini aniq va to`g`ri baholashga imkon bеrsa, boshqa tomondan muvaffaqiyatga va rеjalashtirilgan ishning daromadliligiga umid qilishga imkon bеradi. Amaliyotning ko`rsatishicha, puxta ishlab chiqilgan biznеs-rеja raqobatbardoshlik sharoitlarida korxonalarning ishlab chiqarish va moliviy jihatdan barqarorligini ta'minlab, bozordan o`ziga munosib o`rin egallashiga imkon yaratadi.

Biznеs-rеja invеstitsiyalarni asoslab bеruvchi umumlashtiruvchi hujjatlardan dastlabkisi bo`lib, mahsulotlarning rеjalashtirilayotgan nomеnklaturasi va ishlab chiqarish hajmi, sotuv bozori va xom-ashyo bazasi tavsifnomasi, ishlab chiqarishning еr, enеrgеtika va mеhnat rеsurslariga ehtiyojlari kabi ko`rib chiqilayotgan loyihaning tijorat, byudjеt va iqtisodiy samaradorligiga doir tushuncha bеruvchi bir qator ko`rsatkichlar haqidagi yiriklashtirilgan ma'lumotlardan iborat bo`ladi. Ko`rsatkichlar hisob-kitobi mamlakatimiz va xorijiy invеstitsiyalash talablariga moslashtiriladi.

Biznеs-rеja intеlеktual mulk ob'еkti bo`lib, tijorat siri hisoblanadi va mos ravishda himoya qilinadi.

Mazkur qo`llanma O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Biznеs - rеjalashtirish» fan dasturi (1-ilova) va o`quv rеjasiga mos ravishda tayyorlangan. U asosan iqtisodiy yo`nalishda ta'lim oluvchi talabalar, shuningdеk, biznеsni rеjalashtirish bilan qiziquvchi barcha shaxslar uchun mo`ljallangan. Mazkur o`quv qo`llanmani tayyorlashda ko`plab xorijiy o`quv adabiyotlarini tahlil qilib chiqildi, milliy va xorijiy amaliyot matеriallaridan, shunindеk Toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеtida tayyorlangan «Biznеs - rеjalashtirish» fani bo`yicha ma'ruzalar matnidan va matbuotda nashr qilingan boshqa matеriallardan foydalanilgan.

Qo`llanmada kеltirilgan matеriallar mualliflarning mazkur fan muammolari bo`yicha nuqtai-nazarini aks ettirib, ushbu yo`nalishda yagona va uzil-kеsil xulosa chiqarishga da'vogarlik qilmaydi. Bundan tashqari, o`quv qo`llanma ta'lim jarayonida, ayniqsa, fanni chuqurlashgan tarzda o`rganishda boshqa ma'lumotlar bilan to`ldirilishi va boyitilishi mumkin.

Davr ta'lim sohasida yangi pеdagogik tеxnologiyalardan, o`qitishning faol va intеrfaol usullaridan kеng foydalanishni zarurat qilib qo`ymoqda. Ta'limning asosiy maqsadlaridan biri ham talabalarning haqiqatda chuqur nazariy va amaliy bilimlarni egallashlarini ta'minlashdir. Bu esa davlat ta'lim standartlarida bеlgilangan vazifalarni to`liq va sifatli bajarilishiga zamin yaratadi. Iqtisodiy fanlarni o`qitishda ham yangi pеdagogik tеxnologiyalarni qo`llash an'anaga aylanib bormoqda, ushbu fan doirasida yangi pеdagogik tеxnologiyalardan foydalanish bo`yicha ko`rsatma ham kеltirib o`tilgan (2-ilova). O`qitishning bunday intеrfaol usullari nafaqat o`qituvchidan, balki talabalardan ham bunday usullarni tushunishni va bu sohadagi adabiyotlarni o`rganishni talab qiladi.

Fan bo`yicha o`quv adabiyotlarining qiyosiy tahlili. Quyida mutaxassis va talabalar uchun ham nazariy, ham amaliy jihatdan eng qiziqarli hamda «Biznеs-rеjalashtirish» fani bo`yicha milliy o`quv rеjalari dasturlariga mos kеluvchi adabiyotlar to`g`risida ma'lumot bеrishni lozim topdik.

I.Yu.Brink va N.A. Savеlеvalar muallifligida tayyorlangan va 2003 yili Rostovda chop etilgan «Korxonaning biznеs-rеjasi. Nazariya va amaliyot» («Biznеs-plan prеdpriyatiya. Tеoriya i praktika.») dеb nomlangan o`quv-amaliy qo`llanma korxona mеnеjеrlari va iqtisodchilari, oliy o`quv yurtlari talabalari, kollеj o`quvchilari hamda biznеs maktablari tinglovchilariga mo`ljallangan.

Qo`llanmada biznеs-rеjani ishlab chiqishning zarurati va asoslari hamda uning asosiy bo`limlarini yoritishning mazmuni kеng bayon qilingan. Har bir bo`limni ishlab chiqishda bo`limning to`la rеjasi, zaruriy ma'lumotlarni to`plash va qayta ishlashga puxta yondashish va uni aks ettirishning maqsadga muvofiq shaklini tanlashga yordam bеradigan, muammoning nazariy jihatlarini o`z ichiga oluvchi sharhlar, aniq misollar kеltirilgan.

Qo`llanmada matеrial ko`plab jadvallar orqali yoritiladi, bu esa axborotni oson qabul qilishni, matnni sodda va lo`nda ifodalanishini ta'minlaydi. Ushbu qo`llanma o`z ichiga samarali stratеgiyani tanlash va moliyalashtirish manbalarini jalb qilish uchun zarur bo`lgan ma'lumotlarni oluvchi mukammal biznеs-rеjani ishlab chiqish imkoniyatini bеradi.

O`quv matеrialini o`zlashtirishning to`laligini baholash uchun qo`llanma bo`limlarining asosiy qismi nazorat savollari va masalalar bilan ta'minlangan.

V.A.Gorеmikin va N.V. Nеstеrеvalar muallifligida tayyorlangan va 2003 yili Moskvada chop etilgan «Biznеs-rеjalar entsiklopеdiyasi: Ishlab chiqish uslubi. 75 ta rеal biznеs-rеja na'munalari» (Entsiklopеdiya biznеs-planov: Mеtodika razrabotki. 75 rеalno`x obraztsov biznеs-planov.) nomli qo`llanma korxona rahbarlari va mutaxassislari, o`z ishini boshlovchi tadbirkorlar, oliy o`quv yurtlari iqtisodiy fakultеtlari talabalari va o`qituvchilari uchun mo`ljallangan.

Unda biznеs-rеjaning barcha bo`limlarini asoslashning uslubiyati va uslublari lo`nda va hammaga oson tushuniladigan shaklda yoritilgan. Sanoat va oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish, qurilish va tadbirkorlikning turli sohalarida xizmat ko`rsatish, bank ishi, mеditsina xizmati, savdo va multimеdia sohalari bo`yicha 75 ta rеal biznеs-rеja na'munalari kеltirilgan.

V.M.Popov taxriri ostida 2001 yili Moskvada chop etilgan «Biznеs-rеjalar to`plami sharh va tavsiyalar bilan» (Sbornik biznеs-planov s kommеntariyami i rеkomеndatsiyami) nomli qo`llanmada firmada biznеs-rеjalashtirish jarayoni qisqa va lo`nda bayon etilgan hamda biznеs-rеjani ishlab chiqish va monitoringi bo`yicha dasturiy vositalar tahlil qilinadi. Biznеs-rеjalarning rеal na'munalari kеltirilgan bo`lib, ularni amalga oshirish yuqori tijorat samarasini bеrishi mumkin. Qo`llanmada biznеs-rеjani amalga oshirish bo`yicha ishlarni tashkil etishning mazmuni va tartibi ko`rsatib bеriladi. Bundan tashqari halqaro biznеs talablariga javob bеruvchi na'munaviy xujjatlar kеltiriladi, biznеs-rеjani ishlab chiquvchilar tomonidan yo`l qo`yiladigan an'anaviy xatolar tahlil qilinadi.

K. Barrou, P. Barrou, R. Brounlar muallifligida 2003 yilda Moskvada chop etilgan «Biznеs-rеjalashtirish: to`la qo`llanma» (Biznеs-planirovaniе: polnoе rukovodstvo) nomli ingliz tilidan tarjima qilingan qo`llanma kеng qiziquvchilar uchun mo`ljallangan bo`lib, unda Buyuk Britaniyaning Krenfild mеnеjmеnt maktabi tomonidan ishlab chiqilgan biznеs-rеja tuzishning barcha amaliy jihatlari birlashtirilgan.

Qo`llanmada biznеs-rеjani ishlab chiqish Buyuk Britaniya tajribasiga asoslanadi. Kitobning afzalligi shundaki, unda tadbirkor uchun biznеs-rеja tuzishda zarur bo`lishi mumkin bo`lgan axborotlari qanday va qaеrdan olish mumkinligi haqida to`liq ma'lumotlar bеrilgan. Masalan, intеrnеtning ma'lum bir aniq saytlaridan, tеlеfon biznеs-kataloglaridan qanday ma'lumot olish mumkinligi va ularning ishonchlilik darajasi qandayligi yoritilgan.

K.V. Pivovarov muallifligida 2002 yili Moskvada chop etilgan «Biznеs-rеjalashtirish» (Biznеs-planirovaniе) nomli o`quv qo`llanma 4 ta bobdan iborat bo`lib, ularda biznеs rеjalashtirishning uslubiy asoslari, biznеs-rеjani ishlab chiqish tamoyillari, asosiy ko`rsatkichlarni ishlab chiqish uslubiyatini, turli korxonalar uchun biznеs-rеja ishlab chiqishning xususiyatlari yoritilgan. Bu kitob tabirkorlarni o`z ishini qanday tashkil etishga o`rgatadi va bunda asosiy maqsad va vazifalarni to`g`ri bеlgilab olish hamda amalga oshirish orqali ijobiy natija, ayniqsa foyda yoki daromadni ta'minlash yo`llarini ko`rsatib bеradi.


I BO’LIM. BOZOR, IQTISODIYOT VA BIZNES


I BOB. BOZOR IQTISODIYOTI VA BIZNES


1.1. Bozor iqtisodi, uning tamoyillari va o’ziga xos xususiyatlari


Inson, insoniy jamiyat va iqtisodiyot bir-biridan ajralmas tushunchalardir. Iqtisodiyot inson yordamida, uning manfaatlari yo’lida vujudga kelgan bo’lib, bir vaqtning o’zida ham ayrim insonlarning, ham butun jamiyatning rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatadi.

Zamonaviy iqtisodiyot fani iqtisodiyotni buyruqbozlik, bozor va aralash turlarga ajratadi. Buyruqbozlik iqtisodiyoti jamiyatdagi ishlab chiqarishda davlatning roli etakchi ekanligi bilan tavsiflanadi. Barcha mulk davlatga tegishli bo’lib, u tomonidan qabul qilinuvchi qarorlar iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlari uchun majburiy hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti – tadbirkorlik faoliyati, xo’jalik hisob-kitoblari, tovar va xizmatlarni ayirboshlashga, talab va taklif o’rtasida tartibga solinuvchi nisbatga asoslangan iqtisodiyotdir. Uni ba’zida erkin tadbirkorlik tizimi deb ham atashadi. Aralash iqtisodiyot – turli xil shakllarda bo’lib, bozor iqtisodiyoti va davlatning iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishdagi ishtirokining uyg’unlashuvi bilan tavsiflanadi.

O’tgan asrning 80-yillar oxirida buyruqbozlik iqtisodiyoti o’rniga bozor iqtisodiyoti kelib, u mos keluvchi bozor munosabatlari va mulkchilikning turli xil shakllarini olib keldi. Buyruqbozlik (markazlashgan) iqtisodiyotda boshqaruv «yuqoridan pastga» amal qilgan bo’lib, qabul qilinuvchi qarorlarning samarali va asoslanganligi ta’minlash uchun zarur bo’lgan teskari aloqa doim ham ko’zga tashlanmagan bo’lsa, bozor iqtisodiyoti va bozor munosabatlari faoliyat turini tanlashda erkinlikni, tadbirkorlik faolligi va raqobatni ko’zda tutadi. Bu erda moddiy baza bo’lib xususiy mulk xizmat qiladi, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni esa yuqori foyda olish rag’batlantiradi.

Bozor iqtisodiyoti qadimgi davrlarda vujudga kela boshlagan bo’lsada, uch yuz yildan beri amal qilib kelmoqda. Tovarlarni ayirboshlash zaruratidan kelib chiqqan bozor asta-sekinlik bilan jamiyatdagi iqtisodiy aloqalarning asosiy shakliga aylanib bordi. Bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan odamlar tovarlarni ayirboshlash qandaydir sirli aloqalarga egaligini tushuna boshlagan bo’lib, ularni Adam Smit o’z vaqtida «ko’rinmas qo’l» deb atagan.

Hozirgi kunda bozor Adam Smit davridagi yoki K.Marksning «Kapital» asarida tasvirlangan bozorga unchalik o’xshamaydi, albatta. Biroqning bozorning asosi sezilarli o’zgarmagan. Narx, qiymat, raqobat, talab va taklif – bularning barchasi bozor toifalaridir. Bozor mexanizmini to’g’ri tushunish uchun narx va qiymat o’rtasidagi farqni tasavvur qila olish, iste’mol va ayirboshlash qiymati nima ekanligini, raqobatning asosiy belgilarini bilish zarur.

Bu erda yana bir narsaning ahamiyati bundan kam emas: tovar ayirboshlash sohasi sifatida bozor dinamikasi yuqori bo’lib, barqarorlik darajasi past hamda o’z agentlariga talablari yuqoriligi bilan ajralib turadi. Bunday sharoitlarda korxonaning muaffaqiyatga erishuvi yuqorida aytib o’tilgan toifalardan tashqari bozor ehtiyojlari hamda tadbirkorlik tashabbusining mahsuldorligiga ham bog’liq bo’ladi. Ko’pchilikning hisoblashicha, iqtisodiyotga bozor tartiblarini kiritishning o’zi etarli, vaqtinchalik qiyinchiliklar o’tib ketishi bilan jadal suratlarda rivojlanish boshlanadi. Biroq amalda bunday bo’lishi mumkin emas.

Germaniya, Koreya va Xitoyni esga olaylik. Bu mamlakatlar ikki qismga bo’lib tashlangan hamda mamlakatning bir qismida bozor iqtisodiyoti, ikkinchi qismida esa rejali-taqsimot iqtisodiyoti amal qilgan edi. Bu mamlakatlarda yashagan odamlar millati, tili, dini va urf-odatlari bir xil bo’lsada, ular erishgan iqtisodiy rivojlanish natijalari bir xil bo’lmagan. Demak, har bir davlatning gullab-yashnashi uning tabiiy resurslari, jumladan, jamiyatda to’plangan boylikdan tashqari xo’jalik yuritish tizimi, iqtisodiyotni barcha miqyosda boshqarish usul va uslublariga bog’liq bo’ladi.

Rivojlangan mamlakatlar to’plagan tajribalar shundan dalolat beradiki, jamiyatning gullab-yashnashiga ko’proq bozor iqtisodiyoti mos keladi. Dunyoda bozor iqtisodiyoti amal qilmaydigan bironta rivojlangan davlat yo’q. Boshqacha qilib aytganda, jahonda bozorsiz boy mamlakatlar yo’q. Bozorda hamkorlar bir-birini erkin tanlaydilar, bu erda talab va taklif vujudga keladi hamda talab va taklif muvozanatidan kelib chiqqan holda narx belgilanadi. Bozorda nafaqat ishlab chiqaruvchi va iste’molchining, balki ishlab chiqaruvchilarning ham mafaatlari bir-biriga to’qnash keladi. Keyingi holatda ishlab chiqaruvchilar manfaatlarining to’qnashuvi raqobat ko’rinishida eks etadi.

Yuqorida aytib o’tilganlarning barchasi birinchi navbatda tovar bozoriga taalluqlidir. Biroq bozor iqtisodiyoti tarkibida bozorning boshqa turlari – tovar va xizmatlar bozori, kapital bozori va ishchi kuchi bozori ham mavjud. Ushbu bozor turlarining uchalasi bir-birini to’ldirib turadi va yagona bozor iqtisodiyoti mexanizmini tashkil qiladi. Bu mexanizm samarali faoliyat ko’rsatishi uchun kamida ikkita shart bajarilishi lozim – malakali, mehnatsevar aholi va mos keluvchi davlat boshqaruvining mavjudligi.

Shu bilan bir paytda odamlarning bozor iqtisodiyotiga o’tish uchun psixologik jihatdan tayyorligi ham muhim rol o’ynaydi. Odamlarda bozorga mos xulq-atvorni shakllantirish va bir vaqtning o’zida ularning ma’naviy qadriyatlarini saqlab qolish bozor munosabatlari sharoitlarida iqtisodiyot faoliyati uchun muhim zamin hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Uzbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida» asarida qayd etilganidek, «bozor iqtisodiyotini mustahkam ma’naviy, ma’rifiy va madaniy asosga tayangan holda yaratish lozim. Yoshlarda bozor munosabatlari, hayot qadriyatlari to’g’risida yuzaki tasavvur paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaslik kerak»1.

Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari quyidagilardan iborat:

  • tartibga solinmaydigan talab, ya’ni iste’molchilar (xaridorlar) o’z ehtiyojlari va to’lov layoqatlaridan kelib chiqqan holda nimani va qancha miqdorda sotib olishni o’zlari belgilaydilar;

  • tartibga solinmaydigan taklif, ya’ni korxonalar va ularga tenglashtirilgan boshqa xo’jalik subyektlari bozor talabi va resurslar imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda chiqariladigan mahsulot nomenklaturasini (assortimentni) o’zlari belgilaydilar;

  • talab va taklifni muvozanatlovchi erkin narx hosil bo’lishi;

  • mahsulot (tovar) ishlab chiqarish va sotishda raqobat.

Yuqorida sanab o’tilgan, bir-birini inkor etmaydigan asosiy belgilar mavjud bo’lganda bozor mexanizmi o’zini-o’zi tashqi muhitga moslashtirib, tartibga soladi va bu iqtisodiyotning samaradorligini belgilab beradi. O’tish davri sharoitlarida bozorning moslashuvi bilan birgalikda iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solinishi ham muhim ahamiyatga ega bo’lib, bu bevosita boshqaruv shaklida ham, bilvosita soliq va kreditlar yordamida ham amalga oshirilishi mumkin.

Bozor iqtisodiyotining o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:

  • uzoq muddatli, barqaror tarmoqlararo va mintaqalararo aloqalar asosida shakllangan hamda cheklanmagan diversifikatsiya jarayonlari bilan tavsiflanuvchi yagona bozor makonining paydo bo’lishi;

  • bir tomondan «ehtiyojlarning ortishi», ikkinchi tomondan esa taklifning kengayishi;

  • narxga oid bo’lmagan raqobat usullarining narxga oid bo’lgan usullardan ustun kelishi;

  • raqobatlashuvchi ijtimoiy guruhlar, birinchi navbatda tadbirkorlar va yollanma xodimlar o’rtasida ijtimoiy ziddiyatlarni bartaraf qilishga imkon beruvchi iqtisodiyotning ijtimoiy yo’naltirilgan regulyatorlari;

  • tovar bozorlarida raqobatli munosabatlarni g’irrom raqobat, iqtisodiyotning monopollashuvi va hokazolarga qarshi kurashga yo’naltirilgan holda qonuniy va iqtisodiy markazlashgan tarzda tartibga solish;

  • aktsiyadorlik va mulkchilikning boshqa jamoaviy shakllarini rivojlantirish vositasida har bir fuqaroni tovar bozorlarida raqobatli munosabatlarga jalb qilish uchun keng imkoniyatlar yaratish.

Bozor iqtisodiyotining yuqorida aytib o’tilgan va boshqa bir qator xususiyatlari iqtisodiy munosabatlar subyektlarining bir tomondan ijtimoiy-iqtisodiy mustaqilligiga, boshqa tomondan esa ularning manffatlarini muvofiqlashtirishga asoslanuvchi erkinlik darajasini aks ettiradi.

Biroq, bozor iqtisodiyotining eng muhim xususiyati shundaki, u jamiyatda ishlab chiqarish jarayonini demokratlashtirib, aholi bandligini oshirish va qonun doirasida «pul ishlab olishiga» xizmat qiladi hamda biznes va tadbirkorlik uchun keng yo’l ochib beradi.


1.2. Biznes – bozor iqtisodiyotining ustivor sohasi


Biznes («business») so’zi ingliz tilidan olingan bo’lib, ish degan ma’noni anglatadi. Biznes bilan mashg’ul bo’lgan odatda odamlar biznesmenlar, ya’ni ishbilarmonlar deb ataladi.

Li Yakokka XX asrdagi biznesning «eng buyuk qahramoni» hisoblanadi. U dastlab Genri Ford kompaniyasida ikkinchi rahbar bo’lib ishlagan, keyinchalik esa uning raqobatchisiga aylangan va «Kraysler» avtomobil korporatsiyasining prezidenti lavozimini egallagan. U shunday deb yozgan: «Butun hayot bu vaqt omilidir. O’z oldingga aniq maqsad qo’y. Qo’lingdan kelgancha ta’lim ol, so’ngra Xudo haqqi, biron narsa qil».

Agar biron-bir foydali ish qilinsa – bu biznesning albatta bajarilishi lozim bo’lgan shartidir, biznesning o’zi bozor iqtisodiyotining ishbilarmonlik asosidir. Biznes erkin shaxsning tashabbusi va ijodkorligi asosida yaratiladi. U yollanma xodimning ko’r-ko’rona buyruqni bajarishi, majburiy mehnat qilishiga qarshi qo’yiladi. Biznesni harakatlantiruvchi kuch bu faollik, majburiyat, batartiblik va insonning o’ta mehnatsevarligidir. Ushbu talablarga asoslanmas ekan, biznes yakka tarzda amalga oshiriladimi, jamoaviy tarzdami, baribir muvaffaqiyatsizlikka uchrashi shubhasiz.

Insonni biznesmen bo’lishga majbur qilish mumkin emas, uning uchun faqat tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish, o’z g’oya va ixtirolarini ishga solish uchun sharoit yaratib berish mumkin. Biznesni boshlashdan avval quyidagi asosiy tamoyillarga amal qilish lozim bo’ladi:

  1. Biznesning qonun va qoidalarini yaxshi bilish.

  2. Etarli miqdorda boshlang’ich kapitalga ega bo’lish.

  3. O’z zimmasiga olgan majburiyatlarni o’z vaqtida va to’liq bajarish.

Biznes bilan faqat qo’shnilar, do’stlar yoki tanish-bilishlar shug’ullanayotganligidan kelib chiqqan holda shug’ullanish mumkin emas. Gap shundaki, biznes bu doim ham muvaffaqiyat yoki foyda keltiradigan ish emas, u biznesmen uchun ham, uning hamkorlari uchun (jamoaviy biznes hollarida) ham ma’lum bir xavf-xatar va tavakkalchiliklar deganidir. Biznes jiddiy raqobat, o’zaro kurash, doimiy izlanish va qarama-qarshiliklarni anglatadi.

Ayrim iqtisodchilar biznes va tadbirkorlikni yanglish tarzda sinonim tushunchalar deb hisoblashadi. Boshqa iqtisodichilar esa ular o’rtasidagi farqni to’g’ri anglay oladilar. Garchi ular o’rtasida «Xitoy devori» bo’lmasada, biroq ayrim jihatlardagi farqlarni ajratib ko’rsatishimiz mumkin.


Biznes va tadbirkorlik o’rtasidagi farqlar


Biznes

Tadbirkorlik

1. Erishilgan muvaffaqiyatni mustahkamlashga intilish, faoliyatning reproduktiv xarakteri

1. Tashabbuskorlik, uddaburronlik, izlanuvchanlik, ijodkorlik, serg’ayratlik

2. Foyda (daromad) keltiradigan ishga ega bo’lgan shaxs

2. Ishga ega bo’lgan shaxs

3. Kapitalga ega

3. Boshlang’ich kapitalga ega bo’lmasligi mumkin

4. Menejerlik iqtidoriga ega, doimiylikka intiladi, fikran va hatti-harakatlarda konservator

4. Tavakkalchilikka moyillik, novatorlik, «ilohiy» iqtidorga egalik

5. Kapitaldan daromad olish

5. Tadbirkorlikdan foyda olish

6. Amaliyotda ko’proq uchraydi

6. Amaliyotda kamroq uchraydi


Biznes va tadbirkorlik sohalari ko’p hollarda «kichik» iqtisodiyot deb ataladi. Amaliyotning ko’rsatishicha, kichik biznes kelgusida yirik tadbirkorlikka, kichik tadbirkorlik esa yirik biznesga aylanishi mumkin. AQSH, Germaniya, Yaponiya va Koreyadagi ko’plab avtomobil firmalari aynan shu yo’lni bosib o’tgan. Rivojlangan mamlakatlarda, ayniqsa, AQSHda ishbilarmonlar va tadbirkorlar millatning «oltin fondi» hisoblanishi bejiz emas, bu mamlakatlarda xalq orasida tadbirkorlik ruhining so’nmasligiga alohida e’tibor qaratiladi.

B
iznes bu avvalo ish ekanligi sababli, u amal qiluvchi sohadan kelib chiqqan holda qishloq xo’jaligi, sanoat, savdo va bank biznesi kabi turlarga taqsimlanadi. Ishlab chiqarish miqyosiga bog’liq holda esa biznesni kichik, o’rta, yirik va xalqaro biznes turlarga ajratish mumkin. Biroq biznesning istalgan shakli va miqyosida ham uning pirovard maqsadi foyda yoki daromad olish hisoblanadi. Biznesning ushbu pirovard maqsadini quyidagi sxemadagi kabi aks ettirish mumkin.


Bugungi kunda biznes va tadbirkorlikning ahamiyatini ko’pchilik to’g’ri tushungan va anglagan, chunki ular asosida doim ham foyda keltiruvchi ishni yo’lga qo’yish, boshqacha qilib aytganda pul to’plash yotmaydi, balki o’ziga, oilasiga, butun jamiyatga foyda keltirish birinchi o’ringa qo’yiladi. Biznesmen, tadbirkor – biz ilgari o’ylaganday, bizga o’rgatishganday kapitalist emas, u tashabbuskor, o’z faoliyatida muvaffaqiyatga erishish istagiga ega bo’lgan shaxsdir. Bunda biznesmen (tadbirkor) yoki uning komandasidan (jamoaviy biznesda) boshqa biror kishi muvaffaqiyatni ta’minlashi ahamiyatga ega emas, tadbirkorlik ishi amaldagi qonunchilik qoida va normalariga mos kelsa bo’ldi. Bunday qonun-qoidalar doirasidan tashqarida tashkil etilgan tadbirkorlik faoliyatining «yashirin» va tabiiyki, noqonuniy, jamiyatga qarshi faoliyat deb atalishi bejiz emas.

Hozirgi sharoitda biznes va tadbirkorlikning tashkiliy shakllari kichik biznes korxonalari va mikrofirmalar, qishloq xo’jaligida esa fermer va dehqon xo’jaliklari hisoblanadi. 1999 yilda ularning umumiy soni respublika bo’yicha 150,8 mingta, 2000 yilda 175,6 mingta, 2003 yilda 240 mingta bo’lgan bo’lsa, 2005 yil boshida 280 mingtaga etdi.

Kichik biznes (KB) korxonalari eng arzon, oson boshqariluvchi bozor kon’yunkturasi o’zgarishlariga tez moslashuvchan subyektlar hisoblanadi. Ular yirik korxonalardan farqli o’laroq, atrof-muhitning yomonlashuviga kam ta’sir ko’rsatadi, jiddiy ekologik muammolarga olib kelmaydi. Kapital sig’imining kichikligi va moslashuvchanligi tufayli biznes va tadbirkorlik sohasi korxonalari ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va chiqarilayotgan mahsulot assortimentini yangilashda yirik korxonalarga nisbatan ko’proq muvaffaqiyatga erishadi va demak, bozor talabiga tezroq moslashib oladi.

Fan-texnika taraqqiyoti kuchayib, yuqori texnologiyalar, mehnat qurollari va asbob-uskunalar tez-tez o’zgarib turgan iqtisodiyot globallashuvi – hozirgi kunda biznes va tadbirkorlik korxonalari yaratilayotgan va faoliyat ko’rsatayotgan muhit aynan shundaydir. Boshqaruv xarajatlarining nisbatan kamligi, faoliyatning ko’p funktsionalligi iqtisodiy muvaffaqiyatga tez erishish imkoniyatlari KB va tadbirkorlik korxonalarini jamiyatning iqtisodiyot strukturasida ustivor bo’lishini belgilab beradi.

Kichik va o’rta biznes, xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotning nodavlat sektorida karvonboshi hisoblanishi shubhasiz, albatta. Bundan tashqari, muhim struktura yaratuvchi omil sifatida KB korxonalari iqtisodiyotning nodavlat sektori rivojlanishiga bevosita ta’sir ko’rsatadilar.

O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo’nalishlari qatoriga xususiy tarmoq va kichik tadbirkorlikni (biznesni) (KB) rivojlantirish kiradi. Shu nuqtai nazardan ham ularni rivojlantirishni jadallashtirish va YaIMdagi ulushini ko’paytirish, bozor iqtisodiyotiga mos tovar va xizmatlar bozorini shakllantirish hamda mahsulot eksportini oshirishda asosiy vazifalar quyidagilar hisoblanadi: davlat tashkilotlarini xususiy tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvini cheklash, xususiy tadbirkorlarni resurslar va sotish bozorlarida ishtirokini kengaytirish, moliyaviy qo’llab-quvvatlash va qo’shimcha soliq imtiyozlarini joriy etish.

Kichik tadbirkorlikni rag’batlantirish bo’yicha amalga oshirilgan keng qamrovli chora-tadbirlar, xususan, tadbirkorlikni erkin faoliyat yuritishi uchun kafolatlarning ta’minlanganligi, ularni davlat tomonidan ro’yxatga olishning ixcham mexanizmining joriy etilishi, kredit mablag’laridan foydalanish doirasining kengayishi, qulay makroiqtisodiy muhitning shakllanganligi, milliy valyuta kursi barqarorligi, KBning YaIMdagi ulushini o’sishini ta’minladi.

Bu sharoitlarda odamlar psixologiyasini o’zgartirish, tadbirkorlik motivatsiyasi tizimini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Gap shundaki, biznes va tadbirkorlik «yuqoridan» berilgan chaqiriq va tashabbus emas, balki insonning, butun jamiyatning hayotiy ehtiyoji bo’lishi lozim. Biznes va tadbirkorlikni moddiy ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda mavjud va ishlab chiqarishga jalb qilinayotgan resurslardan samarali foydalanishga yo’naltirish muhim. Jahon tajribasining ko’rsatishicha, aynan ishlab chiqarish yo’nalishidagi biznes tufayli ko’plab /arb mamlakatlari, hozirgi kunda esa Sharq mamlakatlari ham ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va iqtisodiyotning gullab-yashnashiga erishgan.

Shu sababli ishlab chiqarish yo’nalishidagi, ya’ni oldi-sotdiga emas, balki aholi va jamiyat uchun kerakli mahsulot chiqarishga asoslangan biznesni rivojlantirish iqtisodiyotning ustivor yo’nalishiga aylangan. Rivojlanishning aynan shu yo’li milliy boyliklarni ko’paytirishga xizmat qiladi.


Qisqa xulosalar


Bugungi kunda ko’plab mamlakatlar, xususan O’zbekiston ham rivojlanishning bozor yo’lidan ketmoqda. Bozor iqtisodiyotini olg’a tomon harakatlantiruvchi kuch bu raqobatdir. U ishlab chiqarishni kengaytirish, mahsulot sifatini oshirish va uning narxini pasaytirishni rag’batlantirib, ishlab chiqaruvchilarni fan-texnika taraqqiyoti bilan hamnafas qadam tashlashga, zamonaviy texnika va texnologiyalar, mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etishning progressiv usullaridan foydalanishga majbur qiladi.

Bozor iqtisodiyotining ustivor sohasi biznes va tadbirkorlik bo’lib, ularning tashkiliy shakllari kiichk va o’rta korxona hamda mikrofirmalar, qishloq xo’jaligida esa dehqon va fermer xo’jaliklari hisoblanadi. Kichik va o’rta biznes iqtisodiyotning nodavlat sektorida karvonboshi hisoblanadi.


Muhokama va nazorat savollari


  1. «Iqtisodiyot» tushunchasiga ta’rif bering va uning mazmunini fan va xo’jalik nuqtai nazaridan ochib bering.

  2. Biznes bu nima? Biznes va tadbirkorlikni bir-biridan ajratib turuvchi xususiyatlarni keltiring.

  3. Biznes va tadbirkorlikning qanday tashkiliy shakllarini bilasiz?

  4. Bozor iqtisodiyotining mohiyatini siz qanday tushunasiz? Nima sababli bozor iqtisodiyotiga o’tish obyektiv ahamiyat kasb etdi, buning asosiy sabablari nimada?

  5. Bozor iqtisodiyotining afzal tomonlarini sanab bering.

  6. Prezident I. Karimovning qaysi asarlarida bozor munosabatlariga o’tishning nazariy asoslari bayon qilingan?

  7. Biznesni tashkil etishdagi amal qilish lozim bo’lgan dastlabki tamoyillarni izohlang.

  8. Nima sababdan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish iqtisodiyotning ustivor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi va uning O’zbekiston aholisi bandlik strukturasi o’zgarishidagi roli qanday?

  9. Ishlab chiqarishdagi nodavlat sektorining ulushi qanday, uning o’zgarish dinamikasini izohlang.

  10. Kichik biznesning aholi bandligini ta’minlashdagi o’rni qanday?


Asosiy adabiyotlar ro’yxati



  1. Бозор ислощотларини чу=урлаштириш ва и=тисодиётни янада эркинлаштириш сощасидаги устувор йыналишлар амалга оширилишини жадаллаштириш чора-тадбирлари ты\рисида»ги Ызбекистон Республикаси Президентининг Фармони // Щал= сызи. – 2005. - 15 июнь.

  2. И.Каримов «Ызбекистон и=тисодий ислощотларни чу=урлаштириш йылида». Т., «Узбекистон», 1995.

  3. Махмудов Э.Х., Исо=ов М.Ю., Нажимадинов Р.Д. Бизнес - режалаштириш. Маърузалар матни. - Т.: ТДИУ, 2005.

  4. Махмудов Э.Х. Корхона и=тисодиёти: Ы=ув.=ылл. –Т.: Ызбекистон ёзувчилар уюшмаси Адабиёт жам\армаси нашриёти, 2004.

  5. «Ыз Ишингизни яратинг ёки тадбиркор нималарни билиши лозим» - Тошкент шащри, ЮНИДО, «Бизнес маслащат маркази» лойищаси, 2003.

  6. Махмудов Э.Х., Исаков М.Ю. Бизнес планирование. Учебное пособие. – Т.: Издательство Литературного фонда Союза писателей Узбекистана, 2004. Губарев В.Г. Основы экономики и предпринимательства: Учеб. пособ. –Ростовна-Дону: Феникс, 2003. –287 с.

  7. Бринк И.Ю., Савельева Н.А. Бизнес-план предприятия. Теория и практика / Серия «Учебники и учебные пособия» - Ростов н/Д. «Феникс», 2003.

  8. Э.Х. Махмудов С. Кабулов. Развивать потенциал экономики и бизнеса // Частная собственность. - 2005. - №31.

  9. Махмудов Э.Х. Малый бизнес: не только количество, но и качество // Народное слово. - 2005. - №30.

  10. Махмудов Э.Х. Рыночная экономика и концепция современного бизнеса // Экономика и класс собственников. - 2004. - №2.

  11. Махмудов Э.Х. Развитие малого бизнеса – уверенность в завтрашнем дне // Частная собственность. - 2004. - №19

  12. Обсудите вопросы бизнес планирования в разделе Конференций BPortal.ru. [Электронный документ]. - (www.bportal.ru/invest/). Murojaat qilingan sana 4.02.2006.

  13. Бизнес планирование: разработка и составление бизнес плана. [Электронный документ]. - (www.siora.ru/businessplan). Murojaat qilingan sana 4.02.2006.

  14. Обучение бизнес-планированию. [Электронный документ]. - (www.masterpm.ru), (subscribe.ru/catalog/economics.education.bplan). Murojaat qilingan sana 4.02.2006.

  15. Бизнес план: Здесь Вы можете посмотреть более 100 бизнес- планов бесплатно. [Электронный документ]. - (www.alti.ru/bizplanavto.html). Murojaat qilingan sana 4.02.2006.

  16. Авторские материалы подписчиков, выкладки из современной литературы по бизнес-планированию. [Электронный документ]. - (content.mail.ru/pages/p_20676.html). Murojaat qilingan sana 4.02.2006.

  17. Дистанционное обучение - Интерактивная Бизнес школа. [Электронный документ]. - (www.inter-mba.ru/course19.html). Murojaat qilingan sana 4.02.2006.

  18. Издательство Диалектика - Каталог книг - Темы - Бизнес-планирование. Russian computer and economic books, компьютерные книги и книги по экономике на русском языке. [Электронный документ]. - (www.dialektika.com/cgi-bin/list.cgi?id=12346). Murojaat qilingan sana 4.02.2006.


II BOB. BOZOR IQTISODI SHAROITIDA REJALASHTIRISH VA BASHORAT QILISH


2.1. Bozor sharoitlarida rejalashtirish va bashorat qilishning

obyektiv zarurati


Bozor munosabatlariga o’tish kadrlarga, ayniqsa, iqtisodiy yo’nalishdagi mutaxassislarga, ularni tayyorlash va ulardan amaliyotda foydalanishga bo’lgan talablarning o’zgarishiga olib keldi. Gap bu erda notanish atama, tushuncha va toifalarning paydo bo’lishida emas, balki iqtisodiyotni boshqarishning barcha miqyoslarida yangicha iqtisodiy fikrlash mafkurasini shakllantirish haqida ham boradi.

Biz istaymizmi, yo’qmi, lekin olgan bilimlarimiz (oliy o’quv yurtlari, texnikumlar, malaka oshirish tizimlarida) va amaliy faoliyatimiz bugungi kunda tubdan yangilashni talab qilishini tan olishga majburmiz. Bu birinchi navbatda texnika va texnologiyalarga emas, balki ishlab chiqarishning iqtisodiy asoslari, biznes va tadbirkorlik, ya’ni butun ishlab chiqarish munosabatlari majmuiga taalluqlidir.

Ko’pchilik bundan noto’g’ri xulosa chiqaradi, ya’ni ularning fikricha, bozor munosabatlariga faqat iqtisodchilar va moliyachilar hamda boshqa iqtisodiy soha mutaxassislarigina qayta o’rganishi va moslashishi zarur bo’ladi. Amalda esa mulkchilik shaklining o’zgarishi, bozor munosabatlari, raqobat, korxona va tashkilotlarning iqtisodiy mustaqilligi ko’p jihatdan barcha boshqaruv tuzilmalari va xizmatlarining (texnik, texnologik, tashkiliy va iqtisodiy) yangi iqtisodiy talablar va xo’jalik yuritish qoidalariga rioya qilishini talab qiladi. Shu sababli bozor munosabatlari sharoitlarida yaxshi muxandis, texnolog yoki energetik bo’lishning o’zigina etarli emas bo’lib, bu haqda avvalgi bobda ham to’xtalib o’tilgan.

/arb mamlakatlaridagi ko’plab firmalar «Firma unga foyda keltirmaydigan mutaxassislarni ushlab turmaydi» degan shiorga amal qiladi. Firmaga foyda keltirish uchun bozor kon’yunkturasida to’g’ri yo’nalishni tanlash, bozordagi o’z o’rnini to’g’ri va aniq belgilay olish, darhol olinadigan foydani emas, balki uzoq istiqboldagi rivojlanishni ko’ra bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu va shu kabi vazifalar zaminida bashorat qilish va uning yakunlovchi qismi bo’lgan rejalashtirish yotadi. U korxona maqsadlarini shakllantirish, unga erishishning vosita va usullarini aniqlash jarayonidan iboratdir. Rejalashtirishning natijasi - reja, hatti harakatlarning motivlashtirilgan modeli bo’lib, u iqtisodiy muhit va qo’yilgan maqsadlarni bashorat qilish asosida yaratiladi.

Bashorat qilish – korxona, tarmoq va sohalar miqyosida hamda butun mamlakat miqyosida iqtisodiyot holatini ilmiy asosagan holda oldindan ko’ra bilishdir. Bashorat qilish shuningdek, iqtisodiyotning u yoki bu holatiga erishishning muqobil yo’llari, usullari va muddatlarini tanlash yoki muhokama qilishni ham anglatadi.

Bozor munosabatlariga o’tishda rejalashtirish deyarli esdan chiqib qolay dedi. Ayrim olim va mutaxassislar, ayniqsa, bozor va bozor munosabatlari tarafdorlari rejalashtirishni bozor mexanizmiga umuman to’g’ri kelmaydi va bozorning o’zi hamma narsani joy-joyiga qo’yadi deb hisoblaydilar. Yana boshqa bir motiv – iqtisodiyotni o’ta markazlashgan tarzda rejalashtirish va boshqarish natijasida sovet iqtisodiyotining yirik muammo va inqirozlaridir.

Darhaqiqat, sovet davridagi butun davlat va siyosat hukumatini o’z qo’liga olgan va qotib qolgan qoidalardan bir qadam ham chetga chiqmagan partiya hukumatining aqidaparastligini tan olish kerak. Aynan shu sababli bir paytlar ko’ngildagidek ishlagan rejali tizim chok-chokidan so’kildi va yaroqsiz holga kelib qoldi. Bundan tashqari, mintaqa va tarmoqlar, korxona va tashkilotlar, barcha xo’jalik subyektlarining erkinligini cheklab qo’yuvchi turli xil markazlashgan buyruq va ko’rsatmalar, nazorat raqamlari va limitlar ham xalaqit bergan.

Shu bilan bir paytda korxona uchun uning faoliyatini qaysi organ - reja bo’limi yoki boshqa iqtisodiy bo’lim va xizmatning rejalashtirishi va bashorat qilishining ahamiyati yo’q. Rejalashtirish sifati va mezonlar muhim bo’lib, ularga ko’ra korxona faoliyati baholanadi va bozor sharoitlarida uning barqarorligi ta’minlanadi. Shu sababli bozor rejalashtirishni umuman tan olmaydi deyish noto’g’ri bo’lar edi. Aksincha, raqobatli kurash sharoitlarida ishlab chiqaruvchilar va ta’minotchilar o’z faoliyatini sinchiklab rejalashtirishlari zarur. Bozor mexanizmi subyektiv omillar asosiy rolni o’ynovchi resurslarni markazlashgan tarzda taqsimlashga qaraganda qattiq va jiddiyroq hisoblanadi. Bozor sharoitlarida rejalashtirishga qarshi bo’lganlarni «tog’ora bilan birga chaqaloqni ham tashlab yuboradi» deyish mumkin.

Shu sababli avvalgi paytlarda turli xil buyruqlar, nazorat raqamlari va limitlarga asoslangan rejalashtirishni, samarali va oqilona faoliyat ko’rsatishning majburiy vositasi bo’lgan rejalashtirish bilan adashtirmaslik kerak. U xorijda ham to’liq bekor qilinmagan. Masalan, Italiyaning «Fiat» kontserni 1970 yildan boshlab tasdiqlangan 3 yillik rejalar bo’yicha, 1988 yildan esa 5 yillik rejalar bo’yicha ishlamoqda. Kontsernning besh yillik rejalari joriy va tezkor-ishlab chiqarish rejalari bilan bog’liq bo’lib, besh yillik rejaning har bir yili yakunidan so’ng o’tgan yil davomida erishilgan amaliy natijalarni hisobga olgan holda unga o’zgartirishlar kiritiladi.

Chet el tajribalarining hammasidan ham mamlakatimizda foydalanish lozim bo’lmasada, biroq rejalashtirishning roli muhimligi aslohida isbot talab qilmaydi. Aynan rejalashtiirsh va bashorat qilish nimani, qancha, qachon va kim uchun ishlab chiqarish kerak degan savollarga javob topadi. Xususan, ko’plab korxona yaratilishi va faoliyati rejalashtirishdan boshlanadi. Rejalashtirish mavjud ishlab chiqarish quvvatlari, raqobatli afzalliklardan maksimal foydalanish, turli xato va kamchiliklarning oldini olish, iqtisodiyotdagi yangi tendentsiyalarni kuzatish va ulardan ishlab chiqarish faoliyatida foydalanish, korxona faoliyatining kuchsiz tomonlarini aniqlash va bartaraf qilish hamda asoslanmagan tavakkalchiliklarning oldini olishga imkon beradi.

Shunday qilib, bozor iqtisodiyoti rejalashtirishni ham bashorat qilishni ham inkor etmaydi. Ularning ikkalasi ham korxona, birlashma va boshqa ishlab chiqarish tuzilmalarining o’z kuchi bilan yoki buning uchun maxsus jalb qilingan ilmiy tashkilotlar, oliy o’quv yurti mutaxassislari hamda ayrim olim va mutaxassislar yordamida amalga oshirilishi mumkin. Bunda zamonaviy tendentsiyalarning kelgusida ekstrapolyatsiyasi (unchalik ishonchli bo’lmagan mexanik usul, noto’g’ri xulosalarga olib kelishi mumkin), mantiqiy tahlil, turli xildagi iqtisodiy-matematik usullar (masalan, ishlab chiqarish funktsiyalari usuli), ekspert baholash usuli va vaziyat tahlili kabi bir qator usullar qo’llanishi mumkin. U yoki bu usuldan foydalanish bashorat qilinayotgan obyektning o’ziga xosliklari, uning rivojlanishiga doir ishonchli ma’lumotlarning mavjudligi va tahlilchilarning malakasiga bog’liq bo’ladi.

Rejalashtirishda ham, bashorat qilishda ham iqtisodiy jarayon va vaziyatlarning o’zaro aloqalari korrelyatsiya usulida o’rganiladi. Korrelyatsiya tahlilining asosiy vazifalari bu natijaviy belgilarning omillar belgilariga tahliliy bog’liqlik shaklini aniqlash va aks ettirish hamda korrelyatsion aloqani o’lchash hisoblanadi. Aloqa qanchalik kuchli bo’lsa, bashoratning asoslanganligi va uning aniqligi shunchalik yuqori bo’ladi.

Hozirgi kunda bashorat hisob-kitoblari bir qator etakchi tarmoqlar tomonidan strategik dastur va rejalarni ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotlar o’tkazish, tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirishda foydalanilmoqda. Reja va bashoratlar iqtisodiyotning quyi bosqichlari – korxona, firma va ishlab chiqarish birlashmalarida ham menejmentning muhim elementi hisoblanadi.


2.2. Rejalashtirish va bashorat qilishning maqsad va vazifalari


Rejalashtirish va bashorat qilishning maqsadli funktsiyasi bu– zarur hisob-kitoblar, bashorat va dalillar asosida korxona faoliyatining qisqa va uzoq muddatli strategiyasini belgilashdir. To’g’ri, bu xodimlar soni 5-10 kishidan 100 kishigacha bo’lgan mikrofirma va kichik korxonalarga qaraganda ko’proq yirik korxonalar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq har bir holatda rejalashtirish belgilangan pirovard natijaga erishi uchun yo’naltirilgan resurslar (moddiy va moliyaviy) hamda odamlar mehnatini bosqichma-bosqich qamrab oladi.

Rejalashtirish odatda detalli hisob-kitoblar va ko’rsatmalarga asosan amalga oshiriladi. U bir tomondan barcha xodimlar uchun vazifalarni (har bir xodim qachon va nima qilishi kerak), ikkinchi tomondan rahbariyat uchun ko’rsatmalarni (korxona belgilangan maqsadga erishishi uchun qanday boshqaruv qarorlari qabul qilish lozim) belgilab beradi.

Ishlab chiqilgan reja birinchidan, ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan bog’langan bo’lsa, ikkinchidan, undagi xato va kamchiliklar minimal bo’lsa, uchinchidan esa, ishlab chiqarish rejalashtirilgan mahsulot iste’mol talabiga ega bo’lsa, bu holda rejalashtirishni samarali deb hisoblash mumkin bo’ladi. Korxona rahbariyati tasdiqlagan reja buyruq maqomiga ega bo’lib, barcha bajaruvchilar uchun majburiy xarakterga ega bo’ladi.

Korxona miqyosida rejalashtirishning maqsadli funktsiyalari va tarkibini quyidagi sxema yordamida aks ettirish mumkin (2.1-rasm).





2.1-rasm. Korxona miqyosida rejalashtirishning maqsadli funktsiyalari va tarkibi.


Biznes qanchalik yirik, ko’rsatilayotgan xizmatlar, bajarilayotgan ish va ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi qanchalik keng bo’lsa, korxona hajmi va yo’nalishiga mos ravishda rejalashtirish jarayonida hal qilinishi lozim bo’lgan vazifalar doirasi shunchalik kengayadi. Biroq har qanday holatda ham rejalashtirish quyidagi savollarga javob bera olishi lozim:

  • birinchidan, nimani, qachon va qancha miqdorda ishlab chiqarish;

  • ikkinchidan, tanlangan muqobillikni aniqlangan hisob-kitoblar asosida amalga oshirish lozim;

  • uchinchidan, mahsulot sifati, uning raqobatbardoshligi qanday va u iste’molchilik talabiga ega bo’ladimi;

  • to’rtinchidan, mahsulot chiqarish bilan bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish xarajatlari va boshqa sarf-xarajatlar qoplanadimi;

  • beshinchidan, kutilayotgan rentabellik darajasi, foyda hajmi va boshqa pul tushumlari ta’minlanadimi.

Ushbu savollarga javob topa olmasa rejalashtirish oddiy rasmiyatchilikka aylanib, asoslanmagan xarakterga ega bo’ladi, ishlab chiqarishning kelgusi rivojlanishi izdan chiqib, korxonaning o’zi moliyaviy qiyinchiliklarga duch keladi va iqtisodiy barqarorlikni yo’qotadi. Shuning uchun ham rejalashtirish yoki rejani ishlab chiqishga kirishishdan oldin iqtisodiy tahlil o’tkazish muhim bo’lib, uning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

  • rejani bajarish, ishlab chiqarish dinamikasi va mahsulotni sotish darajasi;

  • ushbu ko’rsatkichlar o’zgarishiga omillarning ta’sirini aniqlash;

  • mahsulot chiqarish va sotishni ko’paytirish uchun ichki ishlab chiqarish zaxiralarini aniqlash;

  • aniqlangan zaxiralardan foydalanish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.

Rejalashtirish va zaxiralar yoki foydalanilmagan imkoniyatlarni aniqlash bilan odatda korxonaning iqtisodiy xizmatlari (reja bo’limi, ishlab chiqarish bo’limi, mehnat bo’limi, ish haqi bo’limi va hokazo) shug’ullanadigan bo’lsa, ishlab chiqarish zaxiralaridan foydalanishga texnik, texnologik va boshqa bo’lim va xizmatlar jalb qilinishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda korxonaning samarali faoliyat ko’rsatishi va uning iqtisodiy barqarorligini ta’minlash butun korxona jamoasining vazifasidir.

Mazkur yondashuv ayniqsa hozirgi kunda, ko’plab korxonalar xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish natijasida aktsiyadorlik shakliga o’tayotgan sharoitlarda muhim ahamiyat kasb etadi. Afsuski, amaliyotda xodimlar orasida ko’pincha «rahbariyat hamma narsani ko’proq biladi» tamoyili keng tarqalgan bo’lib, buning natijasida korxona rivojlanishiga oid bir qator masalalar, xususan, ishlab chiqarish zahiralarini izlab topish va ulardan foydalanish vazifasi korxona rahbariyati zimmasiga yuklab qo’yiladi. Ishga bu qadar yondashiladigan bo’lsa, jiddiy va uzoq muddatli muvaffaqiyatdan umid qilish mumkin emas.

To’g’ri, jamoa korxona hayotida, xususan, ishlab chiqarish zahiralarini izlab topish va ulardan foydalanishda ishtirok etishi uchun korxona rahbarining o’zi va bo’lim boshliqlari demokratik bo’lishi, byurokratiya va avtoritarizm xislatlaridan xoli bo’lishi, qabul qilinayotgan qarorlarda oshkorlaikni namoyon qilishi hamda oddiy xodimlarning talab va takliflariga etarlicha e’tibor bilan qarashlari lozim. Boshqaruvning aynan shu usuli bugungi kunda xorijdagi ko’plab korxona va firmalarda keng qo’llanmoqda.

Rejalashtirish doimo kelajakka yo’naltirilgan bo’ladi. Bu holat uni ma’lum bir darajada bashorat qilishga o’xshash qilib qo’yadi. Biroq rejalashtirishdan farqli ravishda bashorat qilish jarayonida belgilangan maqsadlarga erishish imkoniyatlari aniqlanadi. Bashorat ehtimoliy xarakterga ega bo’ladi. Unda odatda kelgusida turli hatti-harakatlar va tashqi (tabiiy, iqlim, iqtisodiy, ilmiy-texnik va hokazo) omillar ta’siri ostida u yoki bu maqsadlardan chetga chiqish ehtimoli darajasi baholanadi.

Reja va bashorat korxona rivojlanishi istiqbollarini aniqlashga yo’naltirilgan ikkita muqobil yondashuv emas, balki xo’jalik strategiyasini ishlab chiqishning bir-birini to’ldirib turuvchi bosqichlari bo’lib, bunda reja korxona boshqaruvining asosiy vositasi hisoblanadi. Shu sababli har bir holatda bashorat qilingan ko’rsatkichlardan rejalashtirilgan ko’rsatkichlarga o’tish ta’minlanishi lozim bo’ladi.

Amaliyotda bashoratning ilmiy, texnik, iqtisodiy, ijtimoiy, demografik va boshqa turlari ajratib ko’rsatiladi. Ko’pincha kompleks bashorat – ilmiy-texnik, ijtimoiy-siyosiy, texnik-iqtisodiy va hokazolardan foydalaniladi. Bashorat har qanday holatda ham obyektiv jarayonlar talablariga maksimal darajada mos kelishi kerak.

Rejalashtirish tizimining dastlabki bo’g’ini sifatida bashorat qilish korxonaning ichki faoliyatidan tashqari keng masalalar doirasini qamrab olishi zarur. Masalan, unga hal qilib bo’lingan, biroq amaliyotda qo’llanilmagan texnik, iqtisodiy, investitsion muammolar; istiqbolda yangi mahsulot ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan materiallar, texnologik jarayonlar, asbob-uskuna va qurilmalar; ishlab chiqarish modernizatsiyasi tufayli kadrlarga bo’lgan ehtiyojni aniqlashni kiritish mumkin. Bashorat qilishda shuningdek, kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolar, o’tkazilayotgan tadqiqotlarni baholash ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Korxonaning kelajakda t - yildan so’nggi holatini bir maqsadli bashorat qilishni uning faoliyati o’zgaruvchi ko’rsatkichlarida yo’l qo’yish mumkin bo’lgan qiymatlar modelini navbatma-navbat ifodalash sifatida aks ettirish mumkin (V):


B = [F x(t), y(t), z(t), t],

Bunda:

x – bashorat qilinayotgan ko’rsatkich o’zgaruvchilari (investitsiyalar, korxona personali, taqsimlanmagan foyda va hokazo);

y – shart-sharoitlar sifatida ko’rib chiqiluvchi o’zgaruvchan ko’rsatkichlar (bozor holati, soliqlar, tabiiy-iqlim sharoitlari va hokazo);

z –asos qilib olingan korxona faoliyatining bashorat qilinayotgan ko’rsatkichlari boshlang’ich qiymati.

Korxonaning asosiy va aylanma kapital, ayrim mahsulot turlarini chiqarish va ularning tannarxi, foyda, mehnat mahsuldorligi kabi muhim ko’rsatkichlarini navbatma-navbat ifodalash natijasida bashorat qilinayotgan t - yildan so’ng yuzaga kelishi mumkin bo’lgan korxona holatining to’liq bashoratini olish mumkin.

Bashoratning ishonchliligini ko’p jihatdan korxonalar ma’lumotlar to’plamida saqlashi va sistemalashtirishi lozim bo’lgan axborotlarning to’liq va ishonchlilik darajasi belgilab beradi. noaniq yoki noto’g’ri axborot bashorat qilishda xatoliklarga olib kelishi mumkin.

2.3. Rejalashtirish va bashorat qilishning normativ asoslari


Erkin iqtisodiy faoliyat va tijorat rivojlanib borayotgan, biz avvalgi zavod va fabrikalarga qaraganda ko’proq zamonaviy biznes va tadbirkorlik haqida gapirayotgan bir sharoitlarda matematika tili bilan aytganda norma va normativlar (normativ asoslar) «bozor» tushunchasi bilan bog’lanishi qiyin bo’ladi. Bugungi kunda ularning roli va maqomi biroz susaygan, chunki ular tadbirkorlar fikriga ko’ra bozorga qaraganda ko’proq rejali iqtisodiyot tomon yaqinroq turganday bo’ladi.

Aslida esa bunday emas, albatta. Norma va normativlar doimo rejalashtirish va xo’jalik boshqaruvining muhim elementi bo’lib kelgan. Har bir biznesmen va tadbirkor, aytaylik, do’kon, restoran, mehmonxona yoki mebel ishlab chiqaruvchi tsex qurmoqchi bo’lsa, albatta qurilish xarajatlari va talab qilinuvchi resurslarni hisob-kitob qiladi. Ya’ni u rejalashtirish bilan, to’g’rirog’i xarajatlar va resurslar talabini ularning har bir turi bo’yicha normalashtirish bilan shug’ullanadi. Biznesmen ham, davlat korxonasi direktori ham xarajatlar minimal bo’lgan holda ko’proq foyda va daromad olishga intilishi tabiiy.

Xo’jalik amaliyotida normalashtirish bu mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonlarining normal kechishi uchun zarur bo’lgan ishlab chiqarish va boshqa resurslar zahiralari va sarflanishining eng yuqori va eng quyi normalarini ishlab chiqish va belgilash usulidir. Normalashtirish elementlari sifatida norma va normativlarni ko’rsatib o’tish mumkin.

Norma bu – belgilangan sifatli (masalan, standartli bir buxanka non chiqarish uchun sarflanuvchi un normasi, belgilangan hajmli metall konstruktsiyasini kavsharlash uchun sarflanuvchi elektrodlar soni va hokazolar) mahsulot (ish, xizmat) birligini tayorlash uchun xom-ashyo, material, yoqilg’i, energiya va hokazolarning mutlaq (absolyut) sarflash mumkin bo’lgan maksimal kattaligidir.

Shu tariqa natural, qiymat va mehnat o’lchamlari bilan belgilangan norma yordamida mahsulot, bizning holatda palto ishlab chiqarish bilan bog’liq barcha xarajatlar tartibga solib boriladi. Agar mahsulot birligiga to’g’ri keluvchi xarajatlarni jami chiqarilgan mahsulotlar soniga ko’paytirsak, korxonaning mazkur turdagi mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq umumiy xarajatlarini aniqlashimiz mumkin bo’ladi.

Normativ bu nisbiy ko’rsatkich bo’lib, mutlaq (absolyut) kattalikni emas, balki ishlab chiqarish resurslaridan foydalanishning belgilangan o’lchamini, mahsulot tavsifnomasi yoki tashkiliy-iqtisodiy hatti-harakatlarni aks ettiradi.

Normativlar odatda foiz yoki koeffitsientlarda belgilanadi va aks ettiriladi (masalan, asbob-uskunalarni yuklash koeffitsienti, avtomobil shinasi bosib o’tgan yo’l koeffitsienti, sutning yog’lilik foizi va hokazo). Normativlar shuningdek, zarur xom-ashyo va materiallar, aylanma mablag’lar hajmi, talab qilinuvchi xodimlar sonini aniqlashda ham qo’llanadi.

Xo’jalik boshqaruvi mexanizmida normativlarning o’rni va roli quyidagicha aks ettirilishi mumkin (2.2-rasm):





2.2-rasm. Xo’jalik boshqaruvi mexanizmida normativlarning o’rni va roli

Norma va normativlar o’lchash va limitlash funktsiyalaridan (xarajatlarning yuqori yoki quyi chegarasi, qo’llash, iste’mol) tashqari hisobga olish, nazorat qilish va rag’batlantirish funktsiyalarini ham bajaradi. Ular ishlab chiqarishni rejalashtirish va tartibga solish, xarajatlarni erishilgan natijalar bilan solishtirish, dastlabki mas’uliyat chegaralarini belgilash va uni faoliyat natijalar bo’yicha o’zgartirish, erishilgan natijalarni obyektiv baholash uchun asos hisoblanadi.

Norma va normativlar amaliyotda quyidagi asosiy guruhlar bo’yicha ishlab chiqiladi:

  • mehnat sarfi normasi;

  • moddiy xarajatlar normasi;

  • vaqt normasi (asosiy, qo’shimcha va hokazo);

  • mashina, asbob-uskuna va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish normasi;

  • ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish normativlari;

  • atrof-muhitni muhofaza qilish normativlari;

  • kapital qo’yilmalar (investitsiyalar) samaradorligi normasi;

  • loyihadagi quvvatlarni o’zlashtirish normasi;

  • aylanma vositalar (mablag’lar), ishlab chiqarish zahiralar normasi va hokazolar.

Norma va normativlar asosida odatda rejadagi davr uchun faoliyatning texnik-iqtisodiy va tashkiliy sharoitlari yotadi. Vaqt o’tishi yoki sharoitlarning o’zgarishi bilan, shuningdek, fan-texnika taraqiyoti ta’siri ostida mavjud norma va normativlar qayta ko’rib chiqilishi mumkin. Ularni qayta ko’rib chiqishda ilg’or ishlab chiqarish tajribalari va yutuqlar hisobga olinishi lozim.

Norma va normativlar qo’llanish miqyosi va normalashtirish obyektlariga ko’ra farqlanadi. Normativ asoslari qo’llanish miqyosiga ko’ra quyidagilarga taqsimlanadi:

  • davlat va tarmoq standartlari va talablari asosida belgilangan normativlar;

  • umumkorxona normativlari, ya’ni korxonaning o’zida ishlab chiqilgan va qo’llanuvchi normativlar;

  • tsex normativlari;

  • predmetli, detalli va operatsion normativlar.

Normalashtirish obyektlariga ko’ra normativ asoslari mehnat, moddiy, texnik va moliyaviy resurslarga taqsimlanadi.

Normativ asoslari ishlab chiqarishni rejalashtirish va bashorat qilish uchun boshlang’ich nuqta bo’lib xizmat qiladi. U ishlab chiqarish xarajatlarini va chiqarilayotgan har bir mahsulot tannarxini aniq va bexato belgilashga imkon beradi.

Umuman olganda norma va normativlar birinchidan, resurslarning ortiqcha sarflanishi oldini olish, ikkinchidan, korxonaning belgilangan ish tartibini ta’minlash, uchinchidan chiqarilayotgan mahsulotning belgilangan tavsifnomalardan chetga chiqishining oldini olish, to’rtinchidan atrof-muhitni muhofaza qilish va normal mehnat sharoitlariga rioya qilish, beshinchidan esa korxona faoliyatini rejalashtirish va bashorat qilish uchun ma’lumotlar to’plamini yaratish maqsadida ishlab chiqiladi va belgilanadi.

Normativ asoslarini yaratish bo’yicha ishlar uni ishlab chiqish joyi va qaysi idora yoki bo’lim tomonidan ishlab chiqilishidan qat’iy nazar, ishlab chiqarish iqtisodiyoti, texnika va texnologiyalaridan yaxshi xabardor bo’lgan mutaxassislar, professional (malakali) normativ guruhlari zimmasiga yuklatilishi lozim. Malakali va asoslangan tarzda ishlab chiqilgan norma va normativlar hayot davri uzoq bo’lib, ular o’zgarishlarga kamdan-kam uchraydi. Shunday bo’lsada, yuqorida aytib o’tilganidek, eng yaxshi norma va normativlar ham vaqt o’tishi bilan fan-texnika taraqqiyoti va ilg’or ishlab chiqarish tajribalari ta’siri ostida qayta ko’rib chiqiladi.

  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16



Похожие:

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti iconKengashda Toshkent Davlat pedagogika universiteti professori A. T. Gafurovning "Biologiya darsligiga kiritilgan yangi mavzularni o`qitish metodikasi" mavzusida, Toshkent Davlat pedagogika universiteti professori J. O

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti iconToshkent Davlat Texnika Universiteti Fan: Valilogiya asoslari

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti iconToshkent Xalqaro Vestminster Universiteti

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti iconO’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti iconДокументы
1. /Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzurida akademik litsey faoliyatini...
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti iconO`zbekiston respublikasi oliy va o`rta mahsus ta`lim vaziligi O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti Fransuz filologiyasi va fanologiyasi kafedrasi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti iconMavzu: Iqtisodiy tizimlar. O`zbekistonda bozor munosabarlariga o`tishning o`ziga xos yo`li. Davlat mulkini xususiylashtirish va ko`p ukladli iqtisodiyot. Jahon iqtisodiyoti

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti iconO’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi Namangan Davlat Universiteti
«Milliy istiqlol g’oyasi va huquq ma`naviyat asoslari» yo’nalishi zaruriy mazmuni va bakalavrlarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan...
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti iconIqtisodiyot asoslari fani predmeti vazifasi va ahamiyati
«iqtisodiyot-ekonomika» so‘zining ma’nosining sinonimi «xo‘jalik» tushunchasidir
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti iconIqtisodiyot asoslari fani predmeti vazifasi va ahamiyati
«iqtisodiyot-ekonomika» so‘zining ma’nosining sinonimi «xo‘jalik» tushunchasidir
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti iconM u s I q a p s I x o L o g I ya s I «Musiqa» nashriyoti toshkent 2005 Mazkur o‘quv qo‘llanma oliy musiqa ta’limi Davlat standartlari va «Musiqa psixologiyasi» kursining o‘quv dasturi asosida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi magistratura bosqichi uchun tayyorlangan.
...
Загрузка...
Разместите кнопку на своём сайте:
Документы


База данных защищена авторским правом ©uz.denemetr.com 2000-2015
При копировании материала укажите ссылку.
обратиться к администрации