Документы



Amir temur saltanati amir temurning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi icon

Amir temur saltanati amir temurning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi

НазваниеAmir temur saltanati amir temurning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi
Дата27.05.2013
Размер65.43 Kb.
ТипДокументы
скачать
1. /Amir Temur/AMIR TEMUR SALTANATI.doc
2. /Amir Temur/TEMURIYLAR DAVRIDA MAMLAKATNING UTIMOIY.doc
3. /Amir Temur/АМИР ТЕМУР.doc
4. /Amir Temur/Амир Темур Ва Ибн Халдун Сиёсий-?у?у?ий ?арашларида Вазирлик Институтининг Ёритилиши.doc
Amir temur saltanati amir temurning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi
Temuriylar davrida mamlakatning utimoiy-siyosiy, iqtisodiyva madaniy hayoti amir temur vorislari o`rtasida taxt uchun kurash va uning oqibatlari
Амир темур
Амир Темур Ва Ибн Халдун Сиёсий-Ҳуқуқий Қарашларида Вазирлик Институтининг Ёритилиши

AMIR TEMUR SALTANATI

AMIR TEMURNING SIYOSIY KURASH MAYDONIGA KIRIB KELISHI

Siyosiy tarqoqlik


XIV asrning 50-60-yillarida Movarounnahr 10 ga yaqin mustaqil bekliklarga bo`linib ketgan. Samarqand viloyatida Amir Bayon Sulduz, Keshda Amir Hoji Barlos, Xo`jandda Amir Boyazid Jaloir, Balxda O`ljaytu Sulduz, Hisori Shodmon chegarasida Amir Husayn va Amir Yasovuriylar o`zlarini hokimi mutlaq deb e'lon qiladilar.

Buning ustiga Sharqiy Turkiston va Yettisuvda tashkil topgan Mo`g`uliston xonlari bir necha bor Movarounnahr ustiga yurish qilib, uni talaydilar. Mo`g`uliston xonlarining vayronagarchilikka olib keluvchi yurishlari, istibdodi va zulmiga qarshi xalq harakati boshlanadi. Mana shunday o`zaro ichki urushlar qizigan, mo`g`ullar zulmiga qarshi mehnatkash xalq harakatlari boshlangan bir davrda mamlakatda yangi siyosiy kuch yetilmoqda edi.

Amir Temurning yoshlik davri


Amir Temur Kesh (Shahrisabz) shahri yaqinida Xojailg`or qishlog`i (Yakkabog` tumani)da 1336-yil, 9-aprel kuni tavallud topgan. Uning to`liq ismi Amir Temur ibn Amir Tarag`ay ibn Amir Barqul. Amir Temurning onasi Takina xotun Kesh yurtining obro`li beka (bek og`o)laridan hisoblangan. Uning otasi Amir Tarag`ay barlos urug`ining oqsoqollaridan bo`lib, ajdodlari Kesh va Nasaf viloyatida o`z mulklariga ega bo`lgan va bu yurtda hokimlik qilgan.

Amir Temurning yoshligi ona yurti Keshda kechdi. Yetti yoshga to`lgach, otasi uni o`qishga beradi. Shayx Shamsiddin Kulol Temurbekning piri bo`lgan. U yoshlik chog`laridanoq chavandozlik va ovga ishqiboz bo`lib, kamondan nishonga o`q uzish, ot choptirib turli mashq va harbiy o`yinlar bilan mashg`ul bo`lishni yoqtirar edi. Shu asnoda Amir Temur tulporlarni saralab ajrata oladigan mohir chavandoz va dovyurak bahodir sifatida voyaga yetadi. Uning atrofiga bolalikdagi do`stlari va maktabdoshlari to`planishib, birgalikda mashq qilar, musobaqalarda ishtirok etishar, asta-sekin navkar bo`lishib, harbiy guruhga birlashib shakllana borishardi. Bu guruh orasida Abbos Bahodir, Jahonshohbek, Qimori Inoq, Sulaymonshohbek, Sayfuddinbek va boshqalar bo`lgan. Keyinchalik ular Amir Temurning safdoshlariga aylanib, uning qo`shinida lashkarboshilik darajasigacha ko`tarilganlar.

O`zining ilk harbiy faoliyatini Amir Temur qo`l ostidagi navkarlari bilan ayrim viloyat amirlariga xizmat qilishdan boshlagan. Ularning o`zaro kurashlarida qatnashib, jasorat ko`rsatgan va janglarda chiniqqan. Harbiy mahorat va oliyhimmatlilik Amir Temurning shuhratini oshirib, uning dong`i butun Qashqadaryo vodiysi, xususan Kesh viloyatiga yoyilgan. Otasi Amir Temurni avval (1352) Amir Joku Barlosning qizi Turmush Og`oga uylantiradi. 1355-yilda Amir Temur Qazog`onning nabirasi, Amir Husaynning singlisi Uljoy Turkon Og`oni o`z nikohiga oladi. Keyingi nikoh tufayli Amir Temur bilan Balx hokimi Amir Husayn o`rtasida ittifoq yuzaga keladi.

Amir Temurning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi


XIV asrning 50-yillari oxirida Movarounnahrda amirlarning o`zaro kurashi kuchayib, mamlakatda siyosiy parbkandalik avjiga chiqadi. Mo`g`uliston xonlari Movarounnahrdagi og`ir siyosiy vaziyatdan foydalanib, bu o`lkada o`z hokimiyatini o`rnatishga harakat qiladilar. Tug`luq Temur 1360-1361-yillarda Movarounnahrga birin-ketin ikki marta bostirib kiradi. Movarolinnahr amirlari xalqqa bosh bo`lib mo`g`ul bosqinchilarga qarshi kurashga jur'at eta olmaydilar. Ularning bir qismi dushman tarafiga o`tadi, ikkinchi qismi esa el-yurtni tark etib, o`zga mamlakatlardan boshpana izlaydi. Amir Temurning amakisi Kesh viloyatining hukmdori Amir Hoji Barlos Xurosonga tomon qochadi.

24 yoshli Amir Temur boshqacha yo`l tutadi. U Tug`luq Temur tomonidan Keshga yuborilgan beklar bilan kelishib, xon xizmatiga kiradi. Natijada Tug`luq Temurning yorlig`i bilan o`z viloyatining dorug`asi etib tayinlanadi.

Shu tariqa Amir Temur Movarounnahrda siyosiy vaziyat keskinlashgan, uning mustaqilligini ta'minlash zaruriyati ko`ndalang bo`lib turgan tarixiy sharoitda siyosiy kurash maydoniga kirib keldi.

Tug`luq Temur o`g`li Ilyosxojani Movarounnahrning hukmdori etib tayinlab, Mo`g`ulistonga qaytib ketadi. Ilyosxoja bilan Amir Temurning murosasi to`g`ri kelmaydi, Shu sababli u Movarounnahrning nu/uzli amirlaridan biri, Balx hokimi Husayn bilan ittifoq tuzib, mo`g`ullarga qarshi kurash olib boradi. 1363-yilda Amudaryoning chap sohilida Qunduz shahri yonida umumiy dushman ustidan g`alaba qozonadilar. Keyingi ikki yil davomida ittifoqchilar Ilyosxoja boshliq jeta lashkarlari bilan bir necha marta jang qiladilar. Nihoyat 1364-yil oxirida ular mo`g`ullarni Movarounnahrdan quvib chiqaradilar.

Biroq, Movarounnahrni qo`ldan chiqarishni istamagan Ilyosxoja 1365-yilning bahorida yana Movarounnahr ustiga qo`shin tortadi. Ikki o`rtadagi jang 1365-yil, 22-may kuni Toshkent bilan Chinoz o`rtasidagi Chirchiq daryosi bo`yida sodir bo`ladi. Tarixda u "Loy jangi" nomi bilan shuhrat topadi. Chunki o`sha kuni kuchli jala quyib, jang maydoni botqoqlikka aylangan, hatto otlar loyga botib qolgan.

Jangda Amir Temur qo`shini g`olibona harakat qilib, dushman qo`shinining o`ng qanotiga qaqshatqich zarba berayotgan bir paytda Husayn o`z askarlarini raqibning so`l qanotiga tashlamay, jang maydonini tark etadi. Amir Temur chekinishga majbur bo`ladi.

Bu g`alabadan so`ng Ilyosxoja hech qanday qarshilikka uchramay, Xo`jand va Jizzax shaharlarini egallab, Samarqand ustiga yuradi. Samarqandda qurolli qo`shin bo`lmasa-da, xalq shahar mudofaasini o`z qo`liga oladi. Uzoq davom etgan mo`g`ullar hukmronligiga qarshi ko`tarilgan bu xalq harakati tarixda Sarbadorlar harakati nomi bilan shuhrat topadi.

Samarqand sarbadorlari


Sarbadorlar harakati XIV asrning 60- yillarida Movarounnahrda mo`g`ul xonlarining hujumi munosabati bilan vujudga keldi. Samarqand sarbadorlariga mudarris Mavlonozoda Samarqandiy, hunarmand Abu Bakr Kuluiy va shahar mahallalaridan binning oqsoqoli, mohir mergan Xurdaki Buxoriylar boshchilik qiladilar. Sarbadorlar mo`g`ullarga Samarqand shahrida qaqshatqich zarba beradilar. Buning ustiga Ilyosxojaning ot uyuri orasida o`lat tarqab, otlar qirila boshladi. Chorasiz qolgan Ilyosxoja avval Samarqand, so`ngra esa butun Movarounnahrni tashlab chiqib ketishga majbur bo`ladi. Shaharda xalq hokimiyati o`rnatiladi va ayrim islohotlar o`tkaziladi. Badavlat mulkdor shaxslarning mol-mulki musodara qilinib, ularga tazyiq o`tkazadilar. Tortib olingan mol va mulklar kambag`al- yo`qsillarga tarqatiladi. Jon boshidan olinadigan jiz'ya solig`i bekor qilinadi. Bu hukmdor tabaqalarning keskin noroziligiga sabab bo`ldi. Natijada Samarqandda beqarorlik vujudga keldi.

Sarbadorlar boshliq samarqandliklarning mo`g`ullar xoni Ilyosxoja ustidan g`alabasi va shahardagi beqarorlik to`g`risidagi xabar Amir Temur bilan Amir Husaynga ham borib yetadi. 1366-yilning bahorida ular Samarqandga yo`l oladilar va shahar yaqinidagi Konigil mavzeyiga kelib tushadilar. Beklar sarbadorlarning yetakchilari bilan muzokara olib boradilar. Uchrashuvning birinchi kunida beklar ularning sharafiga ziyofat berib, sha'niga hamd-u sanolar aytadilar. Biroq ertasi kuni Abu Bakr Kuluiy bilan Xurdakiy Buxoriylar dorga tortiladilar. Mavlonozodani esa Amir Temur o`rtaga tushib qutqarib qoladi. Shu tariqa sarbadorlar boshliqsiz qoldirilib, harakat bostiriladi. Movarounnahrda Amir

Husaynning hukmronligi o`rnatiladi. Ammo ko`p vaqt o`tmay Husayn bilan Amir Temur o`rtasida munosabat keskinlashib, ochiqdan- ochiq nizoga aylanadi. 1366—1370-yillar davomida ular o`rtasida bir necha bor o`zaro to`qnashuvlar ham bo`ladi.

  • Pir — oliy rahnamo.

  • Sarbadorlar — boshini dorga tikkanlar. Mo`g`ullar zulmiga qarshi xalq qo`zg`oloni qatnashchilari.

30-§. AMIR TEMUR - MARKAZLASHGAN DAVLAT ASOSCHISI

Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishi


Amir Temur 1370-yilda markazlashgan daviatga asos soladi.

XIV asrning 60-yillarida Movarounnahrda hukm surgan og`ir siyosiy va iqtisodiy vaziyat mamlakatni birlashtirib, kuchli bir davlat tashkil etishni talab qilmoqda edi. Amir Temur o`z zamonining bunday talabini boshqa amirlarga nisbatan yaxshiroq tushunardi. Shuning uchun ham u markazlashgan davlat tuzishga kirishdi. Bunday maqsadni amalga oshirishda u ruhoniylar, harbiylar, savdogarlar va shahar hunarmandlari tabaqalariga suyanadi. Amir Temur bu ulkan maqsadini ro`yobga chiqarish ishini avvalo ichki g`animlariga qarshi kurashdan boshlaydi.

1370-yilning bahorida Amir Temur butun qo`shinlari bilan kuchli raqib, Balx hukmdori Amir Husaynga qarshi yoiga chiqadi. Qo`shin Termiz yaqinidagi Biyo qishlog`iga yetganida uning huzuriga taniqli sayidlardan Sayyid Baraka tashrif buyuradi.. Sayyid Baraka Amir Temur faoliyatini qo`llab-quvvatlab, unga Oliy hokimiyat ramzi tabl bilan yalov-bayroq tortiq qilib, uning buyuk kelajagidan bashorat qiladi. Bu voqea, shubhasiz, siyosiy ahamiyatga ega edi. Chunki u saltanatlik ramzi edi. Amir Temur qo`shini to Balxga yetib borgunicha, yo`1-yo`lakay unga yangi-yangi kuchlar kelib qo`shiladi. Bu paytga kelib Amir Husaynning ko`pchilik amirlari uni tark etadilar. Jangda Amir Husayn qo`shinlari yengiladi, ikki kunlik qamaldan so`ng, 1370- yilning 10-aprelida Balx shahri Amir Temurga taslim bo`ladi. Amir Husayn asir olinib, qatl etiladi.

1370-yilning 11-aprelida Chig`atoy ulusining bek va amirlari, viloyat va tumanlarning dorug`alari, Amir Temurning yoshlikdan birga bo`lgan quroldosh do`stlari, shuningdek, Amir Temurning piri Sayyid Baraka ishtirokida qurultoy o`tkaziladi. Qurultoyda Amir Temurning hukmdorligi rasman tan olinib, u Movarounnahrning amiri deb e'lon qilinadi.

Markazlashgan davlatning tashkil etilishi


Amir Temur davlatni siyosiy va iqtisodiy jihatdan mustahkamlashga kirishadi. U 1370- yil, iyul oyida Samarqandda qurultoy chaqirdi. Qurultoyda Shibirg`on hokimi amir Zinda Chashmdan boshqa Movarounnahrning barcha amirlari va qabila boshliqlari to`plandilar. Ikki daryo oralig`ida yashovchi turk-mo`g`ul qabila boshliqlari, barcha amirlar Amir Temur hokimiyatini tan oldilar. Samarqand davlat poytaxti deb e'lon qilindi. Samarqandda mustahkam devorlar, qal'alar hamda saroylar barpo etiladi. Amir Temur mamlakatda qonun va tartib ishlarini joriy etadi. Maxsus qo`shin tuzib, unga katta imtiyozlar beradi. Amir Temur yirik harbiy bo`linmalarning boshliqlari etib Joku, Sayfuddin, Abbos, Iskandar, A'lam Shayx, Ardasher qavchin va boshqalarni tayinladi. Tajribali harbiylar sipohsolarlikka tayinlandi. 1370-yildayoq Shibirg`on bo`ysundirildi. Zinda Chashm Amir Temur xizmatiga o`tdi.

Amir Temur sharqiy hududlarni mo`g`ullar ta'siridan ozod etish uchun Sharqiy Turkiston tomon bir necha marta yurish qilib, Mo`g`uliston xonlariga zarba berib, Farg`ona vodiysi hududlarini, O`tror, Yassi (Turkiston) va Sayramni o`z tasarrufiga oldi. Hisor, Badaxshon, Qunduz kabi viloyat amirlari ham Amir Temur hokimiyatini tan olib, unga bo`ysundilar. 1381-yilda Hirot, Seiston, Mozandaron egallandi. Saraxs, Jom, Qavsiya, Sabzavor shaharlari ham jangsiz Amir Temurga bo`ysundi va lining tasarrufiga o`tdi. Shu tariqa butun Movarounnahr va Xuroson birlashtirildi.

Bibixonim masjidi. XlV-asr.

Amir Temur saltanati bilan Oltin O`rda xonligi oralig`ida bu davrga kelib mustaqil bo`lib olgan Xorazm davlati qaror topgan edi. Qadimdan iqtisodiy va madaniy jihatdan Movarounnahr bilan bevosita bog`liq bo`lgan Xorazm mo`g`ullar davrida ikki qismga ajralib, markazi Urganch shahri bo`lgan Shimoliy Xorazm Oltin O`rdaga, markazi Kat qal'asi bo`lgan Janubiy Xorazm esa Chig`atoy ulusiga bo`ysundirilgan. XIV asrning 60-yillari oxirida Oltin O`rdada yuz bergan g`alayonlar vaqtida Qo`ng`irot so`filari Shimoliy Xorazmda yangi sulolarring mustaqil hukmronligini tiklab oladilar. So`ngra Kat va Xiva shaharlarini fath etib, Shimoliy Xorazm bilan Janubiy Xorazm yerlarini birlashtiradilar. Amir Temur esa butun Xorazmni Chig`atoy ulusining ajralmas qismi deb hisoblar edi. Shuning uchun u Xorazmni o`z davlatiga qo`shib olish siyosatini tutdi.

Amir Temur 1372-yilda Xorazmga yurish qilib, uni egallaydi. Biroq tarixiy voqealarning taqozosi bilan Amir Temur Xorazmga besh marta harbiy yurish qildi, Xorazm 1388-yilda uzil-kesil bo`ysundirildi.

Shunday qilib, Amir Temur Movarounnahr, Xuroson va Xorazmni birlashtirib, yirik markazlashgan davlat tuzdi. Bu ulkan hududda yashovchi xalqlarning birlashuvi ular taqdirida ijobiy ahamiyatga ega bo`ldi.

  • Markazlashgan davlat - mamlakatnkig barcha hududida yagona hukmdor hokimiyati o`rnatilgan davlat.

  • Tabl - katta nog`ora.

AMIR TEMURNING HARBIY YURISHLARI

Mamlakat xavfsizligi yo`lida


Amir Temur saltanatiga xavf solib turuvchi kuchlar hali bartaraf etilmagan edi. Bir tomondan, Mo`g`uliston xonlari Chig`atoy ulusini birlashtirishga intilib tinchlik berrhas edi. Ikkinchi tomondan, Oltin O`rda va Oq O`rdaga bo`linib ketgan Jo`ji ulusi xonlari ham shimol va Xorazm tomondan xavf solib turardi. Biroq bu davrda Amir Temur davlati uchun eng kuchli xavf Oq O`rda va Oltin O`rda edi. Endilikda Amir Temur Oltin O`rdaga zarba berib, uni kuchsizlantirishga jiddiy harakat qiladi. Lekin u Jo`ji ulusini o`z davlatiga qo`shib olish niyatida emas edi. Amir Temur Oltin O`rdaning Movarounnahrga tutashgan sharqiy qismini o`z ta'siri ostiga olish hamda uning poytaxti Saroy Berka orqali o`tadigan karvon yo`lini Movarounnahr tomon burib yuborishni ko`zlaydi.

Amir Temur o`z maqsadini amalga oshirish uchun Jo`ji ulusidagi o`zaro ichki kurashdan uddaburonlik bilan foydalanadi. Oltin O`rdada toj-taxt uchun ayovsiz kurash boshlangan edi. Bunday sharoitda ba'zi chingiziylar turli tomonlarga qochib jon saqlaganlar. Ulardan biri To`xtamish Oq O`rdadan qochib Samarqandga keldi. Amir Temur unga izzat-hurmat ko`rsatdi, oxir-oqibatda u Amir Temur yordamida Oltin O`rda taxtini egalladi.

Amir Temur va To`xtamish


Keyinchalik To`xtamish xoinlik yo`liga kiradi. U Amir Temurga qarshi ochiqdan ochiq kurashga o`tadi. Natijada Amir Temur To`xtamishga qarshi uch marta^ao`shin tortishga majbur bo`ladi. \"

So`nggi shiddatli jang 1395-yilning 15-aprelida Shimoliy Kavkazda Tarak (Terek) daryosi bo`yida sodir bo`ldi. Shiddatli muhoraba uch kun davom etdi. Bu safar Amir Temur qo`shini dushmanga qarshi otdan tushib, uni kamondan o`qqa tutish usulini qo`lladi. O`q va qilich zarbiga chiday olmagan To`xtamish qo`shinining safi buzilib, orqaga chekindi va tarqalib ketdi. To`xtamishxon sanoqligina askari bilan qochib changalzorga kirdi va ta'qib etib kelayotgan g`oliblardan bekindi. Rossiya tarixchilari B. D. Grekov va A. Yu. Yakubovskiylarning ta'kidlashicha, Amir Temurning To`xtamish ustidan qozongan. g`alabasi faqat O`rta Osiyo uchun emas, balki butun Sharqiy Yevropa, shuningdek, Rus knyazliklarining birlashishlari uchun ham buyuk ahamiyat kasb etgan edi.

Eron, Iroq, Shorn, Hindistonga yurish


Amir Temur o`z saltanatining janubiy chegaralarini mustahkamlash va kengaytirish maqsadida Eron, Ozarbayjon, Iroq, Shorn (Suriya) ustiga uch marta askar tortadi. Bu yurishlar tarixda uch yillik, besh yillik va 'yetti yillik urushlar deb nom olgan.

Uch yillik (1386-1388) harbiy yurishlar natijasida Eron (Fors), Janubiy Ozarbayjon, Iroqning shimoliy qismi, Gurjiston va Armanistondagi (Van ko`li atrofidagi) yerlar egallanadi.

Amir Temur o`z ixtiyori bilan taslim bo`lib, moli omon to`lagan shaharlarga tegmagan, qo`shinlarni bunday shaharlarga kiritmagan.

Erondagi Muzaffariylar, Jaloyiriylar sulolasi vakillarining ayirmachilik harakatlari, Mozandaron, Janubiy Eronda ko`tarilgan qo`zg`olonlar Amir Temurning Eronga yana yurish qilishiga olib keldi. Bu besh yillik (1392-1396) urush davomida G`arbiy Eron, Iroqi Ajam va Kavkaz egallanadi.

1399-1404-yillarda Hindistonga bir necha yurish qilindi. Bu yurish tarixga yetti yillik urush nomi bilan kirgan.

Keng ko`lamli harbiy yurishlar natijasida sohibqiron Amir Temur saltanatining chegarasi Usmonli turklar davlati chegarasiga borib taqaldi. Amir Temur Usmonli turklar sultoni Boyazid Yildirim bilan munosabatni yaxshilash tarafdori bo`lgan. Ziddiyatlarni diplomatik yo`l bilan hal qilish maqsadida ikki tomon o`rtasida 4 marta xat almashish tashabbuskori bo`lgan. Sulton Boyazid esa har safar qaysarlik, manmanlik qilgani, hatto Amir Temur nomiga nomaqbul so`zlarni ham yozgmligi tarixiy manbalarda qayd etilgan. Boyazid qoraqo`yunlilar, muzaffariylar, jaloyiriylarning Amir Temurga qarshi harakatlarini qo`llab-quvvatlagan. Shu omillar tufayli bu ikki davlat o`rtasida to`qnashuv bo`lishi muqarrar bo`lib qoldi.

Anqara jangi


Amir Temur bilan Sulton Boyazid qo`shinlari o`rtasidagi hal qiluvchi jang 1402-yil, 20-iyulda Anqara yaqinida sodir bo`ladi. Bu jang tarixda "Anqara jangi" deb ataladi. Uch kun davom etgan bu jangda har ikki tomondan hammasi bo`lib 360 ming nafar, shu jumladan Sohibqiron Amir Temurning taxminan 200 ming, usmonlilar sultonining 160 ming askari qatnashadi.

Janggohning qulay qismiga joy lash tirilgan qo`shinning markaziy qismiga Amir Temurning o`zi qo`mondonlik qiladi.

Uzoq davom etgan shiddatli jangda Sohibqiron kuchlari turk qo`shinini tor-mor etadi. Sulton Boyazid asirga olinadi. Uning bilan birga o`g`li Muso Chalabiy ham asirga tushadi. Amir Temur rumlik askarlarni ta'qib etib Bursa va O`rta dengizning sharqiy sohilida joylashgan Izmir shahrini zabt etadi va salibchilarning Yaqin Sharqdagi oxirgi qarorgohiga barham beradi. Amir Temurga Misr ham p'z itoatkorligini izhor etadi. Vizantiya va boshqa xristian olamidan Boyazidga beriladigan bojlar endi Amir Temurga to`lanadigan bo`ldi.

Boyazid Yildirim qo`lga tushirilib, o`rdugohga olib kelinganda, Amir Temur o`z g`animiga shohona hurmat va ehtirom ko`rsatadi. Sohibqiron turk sultoni vafotidan so`ng (1403-y. 9-mart) uning vorislariga himmat ko`zi bilan boqadi va ularga beqiyos muruvvatlar qiladi. Uning o`g`illari Sulaymon, Iso va Musolarga otasining yerlarini suyurg`ol qilib beradi. Amir Temur Usmonli turklar davlatini butunlay bosib olish niyatida emas edi. Vaholanki, salib yurishlarining oqibatlari, Yevropa davlatlarining Yaqin Sharq mamlakatlaridagi umidlari hali musulmon olami yodidan ko`tarilmagan edi. Shuning uchun ham Amir Temur Usmonli turklar davlatini saqlab qoldi. Shunday bo`lsa- da, Boyazid ustidan qozonilgan buyuk g`alaba bilan Amir Temurni Fransiya qiroli Karl VI (1380-1422), Angliya qiroli Genrix IV (1399- 1413) hamda Kastiliya va Leon qiroli Genrix III (1390-1407) tabriklab, unga o`z muboraknomalarini yuboradilar. Chunki Sohibqiron endigina uyg`onayotgan Yevropaga ulkan xavf solib turgan Usmonli turklar davlatiga zarba berib, butun Yevropaning xaloskoriga aylangan edi.

Kichik Osiyodan Samarqandga qaytgan Amir Temur 1404-yilning 27-noyabrida 200 ming qo`shin bilan Samarqanddan Xitoy safariga chiqdi. Biroq Xitoy ustiga yurish Amir Temurning to`satdan vafot etib qolishi (1405-y. 18-fevral) tufayli amalga oshmay qoldi.

Amir Temurning Vatanimiz va jahon tarixida tutgan o`rni


Amir Temur 35 yil davomida mamlakatni boshqardi. Hindiston va Xitoydan Qora dengizga qadar va Orol dengizidan Fors qo`ltig`iga qadar bo`lgan g-'oyat katta hududni qamrab olgan ulkan saltanatni vujudga keltirdi. Bundan tashqari, Kichik Osiyo, Suriya, Misr va Quyi Volga, Don bo`ylari, Balxash ko`li va Ila daryosi, Shimoliy Hindistongacha bo`lgan mamlakatlarni o`ziga bo`ysundirdi.



U nafaqat Movarounnahr va Turkistonni obod qildi, balki bo`ysundirilgan mamlakatlarning shaharlarini ham qayta qurdirdi. Bag`dod, Darband va Baylakon shaharlari shular jumlasidandir. Karvon yo`llarida rabotlar, qal'alar, ko`priklar, shaharkrda masjid va madrasalar hamda bog`-u bo`stonlar barpo etdi. Eng muhimi Eron, Ozarbayjon va Iroqdagi tarqoqlik va boshboshdoqlikka barham berib, Sharq bilan G`arbni bog`lovchi qadimiy karvon yo`llarini tikladi. Bu bilan nafaqat Movarounnahr, balki Uzoq va Yaqin Sharq mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga, xalqlar va mamlakatlarni bir-biri bilan yaqinlashtirishga ulkan hissa qo`shdi. Amir Temur Yevropaning Fransiya, Angliya va Kastiliya kabi yirik qirolliklari bilan bevosita savdo va diplomatik aloqalar o`rnatdi.

Siyosiy tarqoqlik tugatilib, markazlashgan davlatning tashkil topishi katta ijobiy oqibatlarga olib keldi. Mamlakat ishlab chiqarish kuchlarini va mo`g`ullaraing bir yarim asrlik hukmronligi natijasida bo`hronga uchragan iqtisodni tiklash uchun qulay sharoit vujudga keldi. Ayni vaqtda xo`jalikning asosi bo`lgan sug`orma dehqonchilikda muayyan siljishlar ro`y berdi. Yangi-yangi kanallar qazilib, sug`orma dehqonchilik maydonlari kengaydi. Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo rivojlandi, fan va madaniyat ravnaq topib, shaharlar obodlashdi va gavjumlashdi. Amir Temur avvalo Osiyo sarkardasi edi. U o`zining g`olib askarlaridan o`z zamonasining taomili bo`yicha foydalandi. To`g`ri, jazo nihoyatda qattiq, ammo ko`pincha adolatli bo`lgan. Sohibqiron

Amir Temur mashhur davlat arbobi, mohir sarkarda sifatida O`zbekistonda davlatchilikning yuksalishida muhim o`rin tutadi. Tarixiy manbalarda Amir Temur Sohibqiron nomi bilan bir qatorda "Sohibi jahon" hamda "Sohibi adl" — Adolat sohibi nomlari bilan ulug`lanadi.

  • Yildirim - chaqmoq, yashin.

  • Moli omon - o`lpon.

  • Sohibqiron - jahongir, saodatli, zafarli, g`olib hukmdor.

AMIR TEMUR SALTANATINING MA'MURJY VA HARBIY TUZILISHI

Saltanat boshqaruvi


Sohibqiron Amir Temur davlat qurilishida O`zbekistonning o`tmishidagi davlatchilik tajribasidan, tartib-qoidalaridan keng foydalandi. O`z zamonasining talab, ehtiyojlaridan kelib chiqib davlat boshqaruvini takomillashtirdi, unga yangicha ruh va mazmun berdi. Davlatning tarkibiy tuzilishi harbiy- siyosiy tartiblarga asoslangan bo`lsa-da, jamiyat rivoji, barcha ijtimoiy tabaqalarning manfaatlarini ta'minlash nazarda tutilgan edi.

Amir Temur saltanatida davlat boshqaruvi ikki idoradan - dargoh va vazirlik (devon)dan iborat bo`lgan. Dargohni Oliy hukmdorning o`zi boshqargan. Ijroiya hokimiyat - devonni devonbegi (bosh vazir) boshqargan. Devonda harbiy vazir, mulkchilik va soliq ishlari vaziri, saroy xarajatlari - moliya vaziri faoliyat yuritgan. Bulardan tashqari sarhadlar va tobe mamlakatlarning boshqaruvi bilan shug`ullanuvchi yana uch vazir bo`lib, ular devonbegiga hisobot berib turgan.

Markaziy hokimiyat tizimida shayxulislom, qozikalon, sadri a'zam, dodxoh, yasovul, muhassil, tavochi, muhtasib va boshqa amaldorlar xizmat qilgan.

Dargohda bosh hojib, xazinabon, xonsolar, qo`shchi, bakovul, kotiblar, bitikchilar, tabiblar, sozandalar, dasturxonchilar xizmatda bo`lgan.

Suyurg`ol yerlar


Amir Temur ulkan saltanat tasarrufidagi o`lkalarni o`g`illari, nabiralari va xizmat ko`rsatgan amirlarga suyurg`ol tarzida in'om qilib, ular orqali boshqardi. Movarounnahrdan tashqari o`z tasarrufidagi barcha viloyat va mamlakatlarni Amir Temur o`limidan biroz avval o`g`il va nabiralari orasida bunday taqsimlaydi: Ozarbayjon, G`arbiy Eron, Iroq, Armaniston, Gurjistonni - Mirzo Umar ibn Mironshohga, Forsni - Pirmuhammad ibn Umar Shayxga, Xuroson, Mozandaron, Ray va Seistonni - Shohruh Mirzoga, Sulton Mahmud G`aznaviy mulkini Kobul va Qandahordan Shimoliy Hindistongacha Sind daryosi havzasi bilan birga — Pirmuhammad Jahongirga, Toshkent, Sayram, O`tror va Ashparadan td Xitoy chegarasigacha — Ulug`bekka, Farg`ona, Tarozdan to Xo`tangacha, ya'ni Sharqiy Turkistonning janubi-g`arbini Ibrohim Sultonga berdi.

Uluslar markaziy hukumatga itoat etsalar-da, ammo ular ma'lum mustaqillikka ega edilar. Ulus hukmdorlarining alohida davlat devonxonasi, qo`shini mavjud edi. Warning markaziy hukumatga tobeligi xirojning bir qismini Samarqandga yuborib turish va oliy hukmdor harbiy yurishlarida o`z qo`shini bilan qatnashish yoki talab qilingan askarni yuborib turishdan iborat edi.

Qo`shin tuzilishi


Amir Temur ichki va tashqi siyosatida asosan qo`shinga suyanar edi. Shuning uchun ham u qo`shin boshliqlarini tanlash va ularni tarbiyalash, harbiy qismlar va ularning joylashish tartibi, navkar va sarbozlarning qurollanishi hamda ichki intizom masalalariga nihoyatda katta ahamiyat berardi.

Amir Temur qo`shini o`ntalik askariy birikmalar asosida tuzilgan harbiy qismlardan iborat edi. Lashkar tuman - o`n minglik, hazora - minglik, qo`shun - yuzlik va ayl - o`nlik birikmalariga bo`lingan. Amir Temur o`n minglik askarni boshqarish uchun tuman og`asi, minglik bo`linmalar uchun mirihazora, yuzliklar uchun qo`shunboshi va o`nliklar uchun esa aylboshi kabi harbiy mansablarni ta'sis etadi. Ularning haq- huquqlari, oylik maoshini darajasiga mos ravishda belgilab beradi. Janglarda bahodirlik ko`rsatib, g`alaba qozongan amir uchun in'omlar ham belgilab qo`yilgan. Biron qo`shinni yenggan, biror mamlakat yoki viloyatni zabt etgan amir bahodirlik martabasi, davlat kengashlariga bemalol kirish huquqi hamda biron sarhadning noibligi bilan siylangan.

Askariy qismlarni viloyatlardan to`plash bilan tavochi mansabidagi amaldorlar shug`ullanar edi.

Amir Temur qo`shinda qattiq harbiy intizom o`rnatadi. Har bir zobit (bo`linmaning qo`shun yoki aylboshisi) jang qilish uslublarini yaxshi bilishi farz sanalgan. Oddiy navkar nizomni qat'iy bajarishga majbur bo`lib, jangda ayovsiz va dovyurak bo`lishi, omonlik istagan dushmanga yumshoq muomala qilishi va adolatli bo`lishi lozim hisoblangan.

Jangga kirish usuli


Harbiy yurish paytida oldinda xabarchilar, ular orasidan yasovul bo`linmasi, undan keyinroqda manglay - avangard qism borardi. Manglay bilan qo`shinning asosiy qismlari oralig`ida esa qo`mondonning qarorgohi va uning yon-atrofida zaxira (rezerv) qismlar joylashgan bo`lib, u "izofa" deb yuritilgan. Amir Temur qo`shinining asosiy jangovar qismlari markaz, o`ng - burong`or va so`l - juvong`or qanotlaridan iborat bo`lgan. Har bir qanotning oldida bittadan qo`shimcha qo`riqchi manglay - avangardi, yon tomonida esa bittadan qo`riqchi askariy qo`shilmalar - qanbullav bo`lar edi. Shu tariqa qo`shin yetti qism - qo`llardan iborat edi. Sharafiddin Ali Yazdiy qo`shinni yetti qo`lga - qismga bo`lib joylashtirish tartibini birinchi bo`lib Amir Temur joriy qilgan deb yozadi. Bu qo`llar janglarda mustaqil harakat qilib, faqat qo`shin qo`mondoniga bo`ysungan.

Amir Temur jang qilishning yangi harbiy uslublarini qo`llagan.

"Temur tuzuklari"


  • Dodxoh - shikoyatlarni ko`ruvchi.

  • Muhassil - soliq undiruvchi.

  • Muhtasib - shariat qoidalari ijrosi, bozordagi tartibni nazorat qiluvchi.

  • Sadri a'zam - vaqf mulklari boshqaruvchisi.

  • Suyurg`ol - oliy hukmdor tomonidan in'om tariqasida berilgan yer-mulk.

  • Tavochi - qo`shin to`plovchi.

  • Yasovul - hukmdorning shaxsiy topshirig`ini bajaruvchi.

Amir Temur hayotlik davridayoq uning harbiy san'ati va davlat boshqarish uslubiga bag`ishlangan maxsus asar yaratilib, u "Temur tuzuklari" nomi ostida shuhrat topadi. Unda davlatni boshqarishda kimlarga tayanish, toj-u taxt egalarining tutumi (yo`nalishi) va vazifalari, vazir va qo`shin boshliqlarini tayinlash tartiblari belgilab berilgan. Tuzuklarda mamlakatni idora etish tartibi, davlat arboblari va qo`shin boshliqlarining burchi va vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning toj-u taxt oldida ko`rsatgan alohida xizmatlarini taqdirlash tartibi va boshqalar xususida bayon etiladi. Amir Temur turk, arab va eronliklar tarixini chuqur bilgan. Amaliy jihatdan foyda keltira oladigan har qanaqa bilimni, davlat ahamiyatiga ega bo`lgan har bir masalani hal etishda Amir Temur shu sohaning bilimdonlari va ulamolar bilan maslahatlashardi. Amir Temurning "... davlat ishlarining to`qqiz ulushini kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushini qilich bilan amalga oshirdim", "Kuch - adolatdadur" degan so`zlari uning mamlakatni aql-zakovat va adolat bilan boshqarganligidan guvohlik beradi.

Shunday qilib, Sohibqiron Amir Temur davlatni boshqarish va harbiy sohada o`ziga xos usul yaratib, shu asosda barpo qilgan davlati bilan dunyoni lol qoldirdi.

33-§. MAMLAKAT OBODONCHILIGI YO`LIDA

Shahar obodonchiligi


Amir Temur o`z davlatining shon-shuhrati uchun uning markaziy qismi bo`lgan Movarounnahrning, ayniqsa, poytaxti Samarqandning obodonligiga alohida ahamiyat beradi. Uning har bir zafarli voqeani, sevinchli hodisani muhtasham me'morlik obidasini barpo etish bilan nishonlash odati bo`lgan. Shu maqsadda Hindistondan olib kelingan yuzlarcha mohir g`isht teruvchilar, Sheroz, Isfahon va Damashqning mashhur usta-hunarmandlari qatorida mahalliy ustalar mamlakatda go`zal imorat-u inshootlar bino qiladilar. Amir Temur Tabrizda masjid, Sherozda saroy, Bag`dodda madrasa, Turkistonda mashhur Ahmad Yassaviy qabri ustiga maqbara bino qildirdi.

Amir Temur o`zining saxovati va himmatini Shahrisabz va Samarqandda oliy imoratlar qurdirishda ko`rsatdi. O`zining ona-Vatani Shahrisabzda otasi va o`g`li Jahongirning qabri ustiga maqbara qurdirdi, katta jome masjidini bunyod etdi. Shahrisabzda dunyoga dong`i ketgan mashhur Oqsaroy qad ko`tardi. Bu muhtasham saroyning peshtoqi, toq-u ravoqlari va devorlari zangori va oltin rangdagi arabiy naqshli koshinlar, guldor o`ymakor parchinlar bilan ziynatlandi. Shahrisabzdagi mashhur Oqsaroyning koshinkor va parchinkor peshtoqining guldor naqshlari orasiga "Agar bizning quvvat va qudmtimizga ishonmasang, bizning imoratlarimizga boq" degan xitobnoma bitilgan. Turkiston shahrida Ahmad Yassaviy maqbarasini bino qilishda ham shunday maqsad nazarda tutilgan.

Samarqand davlat poytaxti


Mo`g`ullar bosqini davomida butunlay vayron etilgan Samarqand shahri Amir Temur davrida o`zining qadimgi o`rnidan birmuncha janubroqda boshdan oyoq yangitdan qayta quriladi. Shahar tevaragi Oxanin, Shayxzoda, Chorsu, Korizgoh, So`zangaron va Feruza kabi nomlar bilan yuritiluvchi oltita darvozali mustahkam yangi qal'a devor bilan o`rab chiqiladi. Shahar arkida Amir Temurning qarorgohi Ko`ksaroy va Bo`stonsaroylar bino qilindi. Ko`ksaroy to`rt qavatli bo`lib, gumbazlar va devorlari zangori koshinlar, naqshinkor va guldor parchinlar bilan qoplangani uchun u shunday nom bilan shuhrat topadi. Ko`ksaroyda xonlarni podsholik taxtiga o`tqizish marosimi vaqtida ularni oq kigiz ustiga olib o`tqizadigan toshdan taxt kursi - Ko`ktosh qo`yilgan edi. Bulardan tashqari, arkda davlat devonxonasi, qurol-yarog`lar yasaydigan ustaxona va aslahaxona, tangalar so`qiladigan zarbxona, qamoqxona kabi imoratlar joylashgan edi.

Oqsaroy. Shahrisabz. XlV-asr.

Samarqandda saroylar, masjidlar, madrasalar, maqbaralar quriladi. Shahar tashqarisida esa bog`-rog`lar barpo etiladi. 1403-1404-yillarda Samarqandda boigan Ispaniya elchisi Klavixo Amir Temurning olib borayotgan binokorlik ishlaridan hayratda qolgan edi. Xuddi shu davrda Shohizinda me'moriy yodgorliklari majmuasidagi ba'zi ajoyib maqbaralar, hozirgi vaqtda Bibixonim nomi bilan mashhur bo`lgan Jome masjidi va boshqalar bino qilinadi.

Hunarmandchilik


Bu davrda Samarqandda yangi, ko`rkam va muhtasham binolardan tashqari turli-tuman kasbdagi hunarmandlar mahallalari qad ko`taradi. Amir Temur bu mahallalardagi hunarmandlar uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib bergan edL

Amir Temur bog`Iari


Amir Temur Samarqand atrofida ko`pgina go`zal bog`lar qurdirdi. Mohir me'mor, tajribali sohibkorlarning aql-zakovati, mehnati-yu mahorati bilan barpo etilgan Bog`i Dilkusho, Bog`i Chinor, Bog`i Bihisht, Bog`i Baland, Davlatobod, Bog`i Nav, Bog`i Shamol, Bog`i Jahonnamo, Bog`i Maydon kabi chorbog`lar va ulardagi go`zal ko`shklar o`sha davr bog`dorchilik san'atining namunalaridandir. Tuzilishiga ko`ra bog`lar 2 turga boiingan. Birinchi turdagi bog`lar har tomoni taxminan 1 km masofaga cho`zilgan to`rtburchak shakldagi chorbog`lardir. Ikkinchi turdagi bog`lar geometrik shaklda bo`lmay, tabiiy daraxtzor va chakalakzorlar bag`rida barpo etilgan. Bunday bog`lar hukmdor shikor qilishi uchun mo`ljallangan. Bu turdagi bog`larning o`simlik va hayvonot dunyosi nihoyatda boy bo`lgan.

Shaharning sharq tomonida Bog`i Dilkusho joylashgan. Uning tashqi hovlisida hashamatli saroy bo`lib, unda qurollangan askarlar turgan, ichki hovlida esa tug`lar bilan bezatilgan olti fil haykallari safga terilgan. Uchinchi hovli Amir Temurning mehmonlarni qabul qiladigan oltin taxtli qarorgohi bo`lgan. Amir Temur Klavixoni ana shu bog`da qabul qilgan. Qolgan bog`lar ham o`ziga xos ajoyib usulda barpo etilgan edi.

Ichki va tashqi savdo


  • Jome masjidi - juma namozi o`qiladigan masjid.

  • Shikor - ov.

Bu davrda Movarounnahrning dehqonchilik vohalarida, xususan Zarafshon vodiysida o`nlab sug`orish tarmoqlari qurilib, dehqonchilik maydonlari kengaytiriladi. Yangi- yangi qishloqlar barpo etiladi. Amir Temur o`z davlati poytaxti Samarqand atrofida qad ko`targan bir qancha yangi qishloqlarni Sharqning mashhur shaharlari Dimishq (Damashq), Misr (Qohira), Bag`dod, Sultoniya va Sheroz nomlari bilan atadi. Chunki Samarqand kattaligi,go`zalligi hamda tevarak- atrofining obod etilganligi jihatidan dunyodagi eng yirik shaharlardan ham ustunroq turmog`i lozim edi.

Movarounnahr shaharlarida, ayniqsa uning poytaxtida savdo va hunarmandchilik g`oyatda rivojlanadi. Yangi bozorlar, savdo rastalari barpo qilinadi. Shahar bilan dehqonchilik vohalari va chorvador ko`chmanchi aholi o`rtasida savdo aloqalari kengayadi. Shaharlar mol ayirboshlash savdosida muhim rol o`ynaydi. Bu paytlarda Samarqandda savdo va hunarmandchilik juda ham rivoj topgan.

Go`ri Amir maqbarasi. XV asr.

Tashqi savdoda ham Samarqand katta o`rin tutgan. Samarqandda chet el mamlakatlaridan, xususan Xurosondanma'danlar, Hind va Sinddan yoqut, olmos, Xitoydan atlas, yashin toshi, mushk va boshqa mollar, o`zga mamlakatlardan oltin va kumush olib kelinardi. Klavixo Xitoy poytaxti Xonbaliqdan 800 tuyalik savdo karvoni kelganini o`z kundaligida qayd etgan.

Bu davrda Amir Temur va uning mahalliy noiblari Xitoy va Hindistondan O`rta Osiyo orqali Yaqin Sharq va Yevropa mamlakatlariga boradigan xalqaro savdo yo`li - Buyuk ipak yo`lida savdo karvonlari qatnovi xavfsizligini ta'minlash bo`yicha muhim chora-tadbirlar ko`rganlar. Sharq bilan G`arb o`rtasida savdo-sotiq va elchilik aloqalari kengaydi. Bu esa Amir Temur davlatining tashqi iqtisodiy va elchilik aloqalarining barqarorligiga olib keldi.

G`ARBIY YEVROPA DAVLATLARI BILAN ALOQALAR

Xalqaro-siyosiy vaziyat


Sohibqiron Amir Temur dunyoning zamondosh hukmdorlarining e'tiborini o`ziga jalb etibgina qolmay, balki jahon siyosiy hayotiga ham ta'sir ko`rsatdi. Ma'lumki, bu davrda, bir tomondan, sulton Boyazidning Bolqon yarim oroli davlatlariga nisbatan tazyiqi kuchayib, butun Yevropaga xavf solayotgan edi. Ikkinchi tomondan, Boyazidning o`zi G`arbga tomon shiddat bilan siljib borayotgan xavfli raqib - AmirTemurning kuchli tazyiqiga duchor bo`lgan edi. Bunday siyosiy vaziyatda Boyazidga qarshi kuchlarning ma'lum darajada birlashuvi tabiiy edi.

Avvalambor Boyaziddan yengilib, o`z yer va mulklaridan mahrum bo`lgan Kichik Osiyo mamlakatlarining hukmdorlari Amir Temurdan madad istab, uning Qorabog`dagi o`rdugohiga borib, qaror topadilar. Hatto Vizantiya va G`alatadagi Genuya hokimining noibi, Fransiya qiroli hamda Sultoniya shahrining katolik missionerlari yordam so`rab Amir Temurga murojaat qiladilar. Buning evaziga ular harbiy yurish vaqtida unga yordam berish hamda Konstantinopol va Peraning Boyazidga to`lab kelgan bojini bundan buyon Amir Temurga to`lashga va'da qiladilar. Bunday taklif Amir Temurga maqbul tushadi. Chunki Turkiyaning dengiz sohilidagi tayanchidan ajratish uchun unga dengizdan madad zarur edi. Shunday qilib, XIV asr oxiri va XV asr boshlarida sulton Boyazidga zarba berish uchun qulay siyosiy vaziyat vujudga keladi. Bu vaziyatdan Amir Temur ustalik bilan foydalanadi.

Davlatlararo yozishmalar


Bu davrda Amir Temur Boyazid bilan o`zaro diplomatik yozishmalar olib borish bilan bir qatorda, bo`lajak to`qnashuvda Trapezund va Konstantinopolning harbiy kemalaridan foydalanishga harakat qiladi. Shu maqsadda u Genuya va Venetsiyaga sovg`a-salomlar hamda maktublar bilan elchilar yuboradi.

O`zaro yordam masalasida Amir Temur Konstantinopol noibi Ioann VII Paleolog bilan ham yozishmalar olib boradi. Amir Temurning 1402-yil, 15-may kuni Ioann VII Paleolog nomiga yo`llagan xatining mazmuniga qaraganda, Konstantinopol noibi va Genuyaning Peradagi hokimi Boyazidga qarshi kurashda Amir Temurga xizmat qilish, hatto unga odamlar va har qaysisi 20 ta dan 40 ta harbiy kemalar bilan yordam berish majburiyatini o`z zimmalariga oladilar. Buni Ispaniya elchisi Klavixo ham o`z kundalik daftarida qayd qilib o`tadi.

Bu davrda Amir Temur Fransiya qiroli Karl VI (1380-1422), Angliya qiroli Genrix IV (1399-1413), Kastiliya va Leon qiroli Genrix III de Trastamara (1390-1407) lar bilan diplomatik aloqalar o`rnatib, yozishmalar olib boradi. Fransiya fuqarolari hisoblangan genuyaliklarning yer va mulklarini, ayniqsa G`alatadagi mustamlakalarini himoya qilish uchun Karl VI o`z navbatida Amir Temurdan madad kutar va u bilan diplomatik aloqalar o`rnatishga urinar edi. Amir Temur va Karl VI yozishmalarida qayd etilishicha, Sohibqiron qirolni jiddiy qo`llab- quvvatlaydi. Anqara yaqinida turklarning 160 ming kishilik qo`shini ustidan qozonilgan buyuk g`alabadan so`ng Amir Temurning G`arbiy Yevropa davlatlari bilan bo`lgan aloqalarining mazmuni tubdan o`zgaradi. Endilikda Amir Temur ular bilan do`stona munosabatlarni mustahkamlash va o`zaro savdo-sotiq aloqalarini yo`lga qo`yish kabi masalalarga ahamiyat beradi.

Elchilik aloqalar


Amir Temur 1402-yil yozida Fransiya va Angliyaga maxsus elchilar orqali Karl VI va Genrix IV nomlariga maktublar yo`llaydi. Elchilar Parijga 1403-yil may oyida yetib boradilar. Elchilar ikki mamlakatning savdogarlari uchun erkin savdo munosabatlari olib borilishini ta'minlash va agar qirol hamda gersoglar rozi bo`lsalar, bu erkin savdoni tegishli bitim yoki shartnoma bilan mustahkamlashni taklif etadi. Shuning uchun ham Sohibqiron Amir Temur Fransiya qiroli Karl VI ga yo`llagan maktubida bu haqda quyidagilarni al,ohida ta'kidlaydi: "Bundan keyin sizning (odamlaringiz) bizning yerlarimizga va bizning (kishilarimiz) sizning o`lkangizga o`tgan ajdodlarimiz davridagidek borib-kelib tursalar, sizning va bizning nomimizni hamma joyda olqishlab tursalar, mamlakatimiz savdogarlari uchun foyda keltirishsa, ko`p xursand bo`lar edik. Shuni aytish kerakki, endilikda bizning yurtimizda savdogarlaringizning xavfsizligi ta'minlanadi.

Fransiya qiroli Karl VI 1403-yil 15-iyunida Amir Temurga yo`llagan javob maktubidan ma'lum bo`lishicha, Amir Temur takliflari Fransiya tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilingan.

Xuddi shu davrda Amir Temurning Angliya qiroli Genrix IV bilan olib borilgan diplomatik munosabatlarida g`arbiy viloyatlar hokimi Mironshoh faol qatnashdi. Shimoliy Eron, Iroq, Tabriz va Sultoniyani o`z ichiga olgan mulklar hokimi Mironshoh Amir Temurning keksayib qolgan davrida G`arbiy Yevropa hukmdorlarining diqqat-e'tiborini o`ziga jalb etadi. Bu davrda u Yevropa davlatlari bilan o`zaro savdo aloqalarini jonlantirish maqsadida xristian ruhoniylariga xayrixohlik bildirib, savdogarlarning daxlsizligini ta'minlash borasida chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Shu sababli G`arbda Mironshoh tez or&da katolik dinining homiysi sifatida shuhrat qozondi.

Kastiliya (Ispaniya) qiroli Genrix III Sharq bilan juda qiziqib qolgan edi. 1402-yilning bahorida dastlab Ispaniya elchilari Amir Temurning Kichik Osiyodagi qarorgohiga yuboriladi. Elchilarga Amir Temur va Boyazidlarning kuch-qudrati, boyligi va qo`shinining sonini bilish hamda ular qo`l ostida yashayotgan xalqlarning urf-odatlari, dini va qonunlari haqida aniq ma'lumotlar to`plash topshiriladi. Sharq va G`arb davlatlarining elchilari qatorida Ispaniya elchilari ham Amir Temur tomonidan qabul qilinib, qirol nomiga yozilgan maxsus maktub va in'omlar bilan kuzatiladi. Ularga qo`shib Amir Temur Muhammadqozi ismli o`z vakilini Ispaniyaga elchi qilib yuboradi. Genrix III 1403-yilda Amir Temur huzuriga ikkinchi marta maxsus elchilarni yuboradi. Unga Klavixo boshliq qilib tayinlanadi. 1403-yil 21-mayda Ispaniyadan jo`nab ketgan elchilar Samarqandga keladilar. Ispaniya elchilari Samarqandda Amir Temur tomonidan tantanavor qabul qilinib, ularga katta e'tibor va zo`r hurmat ko`rsatadilar.

Doshqozon (1399-yil). Ahmad Yassaviy maqbarasi (Turkiston shahri).

Klavixo boshliq Ispaniya elchilari 1404- yilning sentabr-noyabr oylarida Samarqandda bo`ladilar. Amir Temurning Xitoyga tomon yurishi munosabati bilan boshqa ko`pgina davlatlarning elchilari bilan bir qatorda Ispaniya elchilari ham 1404-yilning 21-noyabrida Samarqanddan jo`natib yuboriladi. Klavixo Ispaniyaga 1406-yilning mart oyida qaytib keladi. Klavixoning safar taassurotlari "Buyuk Temur tarixi" va "Temur qarorgohi", "Samarqandga sayohat kundaligi" nomlari ostida ispan tilida bir necha bor nashr qilinadi.

  • Diplomatiya - davlatning tashqi siyosat sohasidagi vazifalarini amalga oshirish borasidagi faoliyat.

  • Katolik missionerlari - Katolik dinini boshqa xalqlar orasida yoyish maqsadida targ`ibot ishlari bilan shug`ullanuvchilar.



Похожие:

Amir temur saltanati amir temurning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi iconДокументы
1. /Amir Temur/AMIR TEMUR SALTANATI.doc
2. /Amir...

Amir temur saltanati amir temurning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi iconSohibqiron amir temur

Amir temur saltanati amir temurning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi iconMavzu: Amir Temur o’gitlaridan

Amir temur saltanati amir temurning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi iconAmir Temur Plan: Conquering the whole Central Asia

Amir temur saltanati amir temurning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi iconДокументы
1. /146_Amir Temur tuzuklari (Muqimov Z)/Amir Temur tuzuklari (Muqimov Z).doc
Amir temur saltanati amir temurning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi iconAsrlar sadosi. Buyuk bobomiz amir temur xotirasiga bag’ishlangan

Amir temur saltanati amir temurning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi icon1441-yil 9-fevralda Amir Temurning o'gli Shohruh Mirzo shohligi davrida Hirotda tug'ildi. Zamondoshlari uning haqida ko'pincha "Nizomiddin Mir Alisher" deb yozadilar

Amir temur saltanati amir temurning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi iconДокументы
1. /Amir Temur.doc
Amir temur saltanati amir temurning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi iconДокументы
1. /Amir Temur.doc
Amir temur saltanati amir temurning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi iconДокументы
1. /Amir Temur.doc
Разместите кнопку на своём сайте:
Документы


База данных защищена авторским правом ©uz.denemetr.com 2000-2015
При копировании материала укажите ссылку.
обратиться к администрации