Документы



Bozor iqtisodi sharoitida rejalashtirish va bashorat qilish bozor sharoitlarida rejalashtirish va bashorat qilishning obyektiv zarurati icon

Bozor iqtisodi sharoitida rejalashtirish va bashorat qilish bozor sharoitlarida rejalashtirish va bashorat qilishning obyektiv zarurati

НазваниеBozor iqtisodi sharoitida rejalashtirish va bashorat qilish bozor sharoitlarida rejalashtirish va bashorat qilishning obyektiv zarurati
Дата24.06.2013
Размер47.77 Kb.
ТипДокументы
скачать

BOZOR IQTISODI SHAROITIDA REJALASHTIRISH VA BASHORAT QILISH


2.1. Bozor sharoitlarida rejalashtirish va bashorat qilishning

obyektiv zarurati


Bozor munosabatlariga o’tish kadrlarga, ayniqsa, iqtisodiy yo’nalishdagi mutaxassislarga, ularni tayyorlash va ulardan amaliyotda foydalanishga bo’lgan talablarning o’zgarishiga olib keldi. Gap bu erda notanish atama, tushuncha va toifalarning paydo bo’lishida emas, balki iqtisodiyotni boshqarishning barcha miqyoslarida yangicha iqtisodiy fikrlash mafkurasini shakllantirish haqida ham boradi.

Biz istaymizmi, yo’qmi, lekin olgan bilimlarimiz (oliy o’quv yurtlari, texnikumlar, malaka oshirish tizimlarida) va amaliy faoliyatimiz bugungi kunda tubdan yangilashni talab qilishini tan olishga majburmiz. Bu birinchi navbatda texnika va texnologiyalarga emas, balki ishlab chiqarishning iqtisodiy asoslari, biznes va tadbirkorlik, ya’ni butun ishlab chiqarish munosabatlari majmuiga taalluqlidir.

Ko’pchilik bundan noto’g’ri xulosa chiqaradi, ya’ni ularning fikricha, bozor munosabatlariga faqat iqtisodchilar va moliyachilar hamda boshqa iqtisodiy soha mutaxassislarigina qayta o’rganishi va moslashishi zarur bo’ladi. Amalda esa mulkchilik shaklining o’zgarishi, bozor munosabatlari, raqobat, korxona va tashkilotlarning iqtisodiy mustaqilligi ko’p jihatdan barcha boshqaruv tuzilmalari va xizmatlarining (texnik, texnologik, tashkiliy va iqtisodiy) yangi iqtisodiy talablar va xo’jalik yuritish qoidalariga rioya qilishini talab qiladi. Shu sababli bozor munosabatlari sharoitlarida yaxshi muxandis, texnolog yoki energetik bo’lishning o’zigina etarli emas bo’lib, bu haqda avvalgi bobda ham to’xtalib o’tilgan.

/arb mamlakatlaridagi ko’plab firmalar «Firma unga foyda keltirmaydigan mutaxassislarni ushlab turmaydi» degan shiorga amal qiladi. Firmaga foyda keltirish uchun bozor kon’yunkturasida to’g’ri yo’nalishni tanlash, bozordagi o’z o’rnini to’g’ri va aniq belgilay olish, darhol olinadigan foydani emas, balki uzoq istiqboldagi rivojlanishni ko’ra bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu va shu kabi vazifalar zaminida bashorat qilish va uning yakunlovchi qismi bo’lgan rejalashtirish yotadi. U korxona maqsadlarini shakllantirish, unga erishishning vosita va usullarini aniqlash jarayonidan iboratdir. Rejalashtirishning natijasi - reja, hatti harakatlarning motivlashtirilgan modeli bo’lib, u iqtisodiy muhit va qo’yilgan maqsadlarni bashorat qilish asosida yaratiladi.

^ Bashorat qilish – korxona, tarmoq va sohalar miqyosida hamda butun mamlakat miqyosida iqtisodiyot holatini ilmiy asosagan holda oldindan ko’ra bilishdir. Bashorat qilish shuningdek, iqtisodiyotning u yoki bu holatiga erishishning muqobil yo’llari, usullari va muddatlarini tanlash yoki muhokama qilishni ham anglatadi.

Bozor munosabatlariga o’tishda rejalashtirish deyarli esdan chiqib qolay dedi. Ayrim olim va mutaxassislar, ayniqsa, bozor va bozor munosabatlari tarafdorlari rejalashtirishni bozor mexanizmiga umuman to’g’ri kelmaydi va bozorning o’zi hamma narsani joy-joyiga qo’yadi deb hisoblaydilar. Yana boshqa bir motiv – iqtisodiyotni o’ta markazlashgan tarzda rejalashtirish va boshqarish natijasida sovet iqtisodiyotining yirik muammo va inqirozlaridir.

Darhaqiqat, sovet davridagi butun davlat va siyosat hukumatini o’z qo’liga olgan va qotib qolgan qoidalardan bir qadam ham chetga chiqmagan partiya hukumatining aqidaparastligini tan olish kerak. Aynan shu sababli bir paytlar ko’ngildagidek ishlagan rejali tizim chok-chokidan so’kildi va yaroqsiz holga kelib qoldi. Bundan tashqari, mintaqa va tarmoqlar, korxona va tashkilotlar, barcha xo’jalik subyektlarining erkinligini cheklab qo’yuvchi turli xil markazlashgan buyruq va ko’rsatmalar, nazorat raqamlari va limitlar ham xalaqit bergan.

Shu bilan bir paytda korxona uchun uning faoliyatini qaysi organ - reja bo’limi yoki boshqa iqtisodiy bo’lim va xizmatning rejalashtirishi va bashorat qilishining ahamiyati yo’q. Rejalashtirish sifati va mezonlar muhim bo’lib, ularga ko’ra korxona faoliyati baholanadi va bozor sharoitlarida uning barqarorligi ta’minlanadi. Shu sababli bozor rejalashtirishni umuman tan olmaydi deyish noto’g’ri bo’lar edi. Aksincha, raqobatli kurash sharoitlarida ishlab chiqaruvchilar va ta’minotchilar o’z faoliyatini sinchiklab rejalashtirishlari zarur. Bozor mexanizmi subyektiv omillar asosiy rolni o’ynovchi resurslarni markazlashgan tarzda taqsimlashga qaraganda qattiq va jiddiyroq hisoblanadi. Bozor sharoitlarida rejalashtirishga qarshi bo’lganlarni «tog’ora bilan birga chaqaloqni ham tashlab yuboradi» deyish mumkin.

Shu sababli avvalgi paytlarda turli xil buyruqlar, nazorat raqamlari va limitlarga asoslangan rejalashtirishni, samarali va oqilona faoliyat ko’rsatishning majburiy vositasi bo’lgan rejalashtirish bilan adashtirmaslik kerak. U xorijda ham to’liq bekor qilinmagan. Masalan, Italiyaning «Fiat» kontserni 1970 yildan boshlab tasdiqlangan 3 yillik rejalar bo’yicha, 1988 yildan esa 5 yillik rejalar bo’yicha ishlamoqda. Kontsernning besh yillik rejalari joriy va tezkor-ishlab chiqarish rejalari bilan bog’liq bo’lib, besh yillik rejaning har bir yili yakunidan so’ng o’tgan yil davomida erishilgan amaliy natijalarni hisobga olgan holda unga o’zgartirishlar kiritiladi.

Chet el tajribalarining hammasidan ham mamlakatimizda foydalanish lozim bo’lmasada, biroq rejalashtirishning roli muhimligi aslohida isbot talab qilmaydi. Aynan rejalashtiirsh va bashorat qilish nimani, qancha, qachon va kim uchun ishlab chiqarish kerak degan savollarga javob topadi. Xususan, ko’plab korxona yaratilishi va faoliyati rejalashtirishdan boshlanadi. Rejalashtirish mavjud ishlab chiqarish quvvatlari, raqobatli afzalliklardan maksimal foydalanish, turli xato va kamchiliklarning oldini olish, iqtisodiyotdagi yangi tendentsiyalarni kuzatish va ulardan ishlab chiqarish faoliyatida foydalanish, korxona faoliyatining kuchsiz tomonlarini aniqlash va bartaraf qilish hamda asoslanmagan tavakkalchiliklarning oldini olishga imkon beradi.

Shunday qilib, bozor iqtisodiyoti rejalashtirishni ham bashorat qilishni ham inkor etmaydi. Ularning ikkalasi ham korxona, birlashma va boshqa ishlab chiqarish tuzilmalarining o’z kuchi bilan yoki buning uchun maxsus jalb qilingan ilmiy tashkilotlar, oliy o’quv yurti mutaxassislari hamda ayrim olim va mutaxassislar yordamida amalga oshirilishi mumkin. Bunda zamonaviy tendentsiyalarning kelgusida ekstrapolyatsiyasi (unchalik ishonchli bo’lmagan mexanik usul, noto’g’ri xulosalarga olib kelishi mumkin), mantiqiy tahlil, turli xildagi iqtisodiy-matematik usullar (masalan, ishlab chiqarish funktsiyalari usuli), ekspert baholash usuli va vaziyat tahlili kabi bir qator usullar qo’llanishi mumkin. U yoki bu usuldan foydalanish bashorat qilinayotgan obyektning o’ziga xosliklari, uning rivojlanishiga doir ishonchli ma’lumotlarning mavjudligi va tahlilchilarning malakasiga bog’liq bo’ladi.

Rejalashtirishda ham, bashorat qilishda ham iqtisodiy jarayon va vaziyatlarning o’zaro aloqalari korrelyatsiya usulida o’rganiladi. Korrelyatsiya tahlilining asosiy vazifalari bu natijaviy belgilarning omillar belgilariga tahliliy bog’liqlik shaklini aniqlash va aks ettirish hamda korrelyatsion aloqani o’lchash hisoblanadi. Aloqa qanchalik kuchli bo’lsa, bashoratning asoslanganligi va uning aniqligi shunchalik yuqori bo’ladi.

Hozirgi kunda bashorat hisob-kitoblari bir qator etakchi tarmoqlar tomonidan strategik dastur va rejalarni ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotlar o’tkazish, tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirishda foydalanilmoqda. Reja va bashoratlar iqtisodiyotning quyi bosqichlari – korxona, firma va ishlab chiqarish birlashmalarida ham menejmentning muhim elementi hisoblanadi.


^ 2.2. Rejalashtirish va bashorat qilishning maqsad va vazifalari


Rejalashtirish va bashorat qilishning maqsadli funktsiyasi bu– zarur hisob-kitoblar, bashorat va dalillar asosida korxona faoliyatining qisqa va uzoq muddatli strategiyasini belgilashdir. To’g’ri, bu xodimlar soni 5-10 kishidan 100 kishigacha bo’lgan mikrofirma va kichik korxonalarga qaraganda ko’proq yirik korxonalar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq har bir holatda rejalashtirish belgilangan pirovard natijaga erishi uchun yo’naltirilgan resurslar (moddiy va moliyaviy) hamda odamlar mehnatini bosqichma-bosqich qamrab oladi.

Rejalashtirish odatda detalli hisob-kitoblar va ko’rsatmalarga asosan amalga oshiriladi. U bir tomondan barcha xodimlar uchun vazifalarni (har bir xodim qachon va nima qilishi kerak), ikkinchi tomondan rahbariyat uchun ko’rsatmalarni (korxona belgilangan maqsadga erishishi uchun qanday boshqaruv qarorlari qabul qilish lozim) belgilab beradi.

Ishlab chiqilgan reja birinchidan, ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan bog’langan bo’lsa, ikkinchidan, undagi xato va kamchiliklar minimal bo’lsa, uchinchidan esa, ishlab chiqarish rejalashtirilgan mahsulot iste’mol talabiga ega bo’lsa, bu holda rejalashtirishni samarali deb hisoblash mumkin bo’ladi. Korxona rahbariyati tasdiqlagan reja buyruq maqomiga ega bo’lib, barcha bajaruvchilar uchun majburiy xarakterga ega bo’ladi.

Korxona miqyosida rejalashtirishning maqsadli funktsiyalari va tarkibini quyidagi sxema yordamida aks ettirish mumkin (2.1-rasm).





2.1-rasm. Korxona miqyosida rejalashtirishning maqsadli funktsiyalari va tarkibi.


Biznes qanchalik yirik, ko’rsatilayotgan xizmatlar, bajarilayotgan ish va ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi qanchalik keng bo’lsa, korxona hajmi va yo’nalishiga mos ravishda rejalashtirish jarayonida hal qilinishi lozim bo’lgan vazifalar doirasi shunchalik kengayadi. Biroq har qanday holatda ham rejalashtirish quyidagi savollarga javob bera olishi lozim:

  • birinchidan, nimani, qachon va qancha miqdorda ishlab chiqarish;

  • ikkinchidan, tanlangan muqobillikni aniqlangan hisob-kitoblar asosida amalga oshirish lozim;

  • uchinchidan, mahsulot sifati, uning raqobatbardoshligi qanday va u iste’molchilik talabiga ega bo’ladimi;

  • to’rtinchidan, mahsulot chiqarish bilan bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish xarajatlari va boshqa sarf-xarajatlar qoplanadimi;

  • beshinchidan, kutilayotgan rentabellik darajasi, foyda hajmi va boshqa pul tushumlari ta’minlanadimi.

Ushbu savollarga javob topa olmasa rejalashtirish oddiy rasmiyatchilikka aylanib, asoslanmagan xarakterga ega bo’ladi, ishlab chiqarishning kelgusi rivojlanishi izdan chiqib, korxonaning o’zi moliyaviy qiyinchiliklarga duch keladi va iqtisodiy barqarorlikni yo’qotadi. Shuning uchun ham rejalashtirish yoki rejani ishlab chiqishga kirishishdan oldin iqtisodiy tahlil o’tkazish muhim bo’lib, uning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

  • rejani bajarish, ishlab chiqarish dinamikasi va mahsulotni sotish darajasi;

  • ushbu ko’rsatkichlar o’zgarishiga omillarning ta’sirini aniqlash;

  • mahsulot chiqarish va sotishni ko’paytirish uchun ichki ishlab chiqarish zaxiralarini aniqlash;

  • aniqlangan zaxiralardan foydalanish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.

Rejalashtirish va zaxiralar yoki foydalanilmagan imkoniyatlarni aniqlash bilan odatda korxonaning iqtisodiy xizmatlari (reja bo’limi, ishlab chiqarish bo’limi, mehnat bo’limi, ish haqi bo’limi va hokazo) shug’ullanadigan bo’lsa, ishlab chiqarish zaxiralaridan foydalanishga texnik, texnologik va boshqa bo’lim va xizmatlar jalb qilinishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda korxonaning samarali faoliyat ko’rsatishi va uning iqtisodiy barqarorligini ta’minlash butun korxona jamoasining vazifasidir.

Mazkur yondashuv ayniqsa hozirgi kunda, ko’plab korxonalar xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish natijasida aktsiyadorlik shakliga o’tayotgan sharoitlarda muhim ahamiyat kasb etadi. Afsuski, amaliyotda xodimlar orasida ko’pincha «rahbariyat hamma narsani ko’proq biladi» tamoyili keng tarqalgan bo’lib, buning natijasida korxona rivojlanishiga oid bir qator masalalar, xususan, ishlab chiqarish zahiralarini izlab topish va ulardan foydalanish vazifasi korxona rahbariyati zimmasiga yuklab qo’yiladi. Ishga bu qadar yondashiladigan bo’lsa, jiddiy va uzoq muddatli muvaffaqiyatdan umid qilish mumkin emas.

To’g’ri, jamoa korxona hayotida, xususan, ishlab chiqarish zahiralarini izlab topish va ulardan foydalanishda ishtirok etishi uchun korxona rahbarining o’zi va bo’lim boshliqlari demokratik bo’lishi, byurokratiya va avtoritarizm xislatlaridan xoli bo’lishi, qabul qilinayotgan qarorlarda oshkorlaikni namoyon qilishi hamda oddiy xodimlarning talab va takliflariga etarlicha e’tibor bilan qarashlari lozim. Boshqaruvning aynan shu usuli bugungi kunda xorijdagi ko’plab korxona va firmalarda keng qo’llanmoqda.

Rejalashtirish doimo kelajakka yo’naltirilgan bo’ladi. Bu holat uni ma’lum bir darajada bashorat qilishga o’xshash qilib qo’yadi. Biroq rejalashtirishdan farqli ravishda bashorat qilish jarayonida belgilangan maqsadlarga erishish imkoniyatlari aniqlanadi. Bashorat ehtimoliy xarakterga ega bo’ladi. Unda odatda kelgusida turli hatti-harakatlar va tashqi (tabiiy, iqlim, iqtisodiy, ilmiy-texnik va hokazo) omillar ta’siri ostida u yoki bu maqsadlardan chetga chiqish ehtimoli darajasi baholanadi.

Reja va bashorat korxona rivojlanishi istiqbollarini aniqlashga yo’naltirilgan ikkita muqobil yondashuv emas, balki xo’jalik strategiyasini ishlab chiqishning bir-birini to’ldirib turuvchi bosqichlari bo’lib, bunda reja korxona boshqaruvining asosiy vositasi hisoblanadi. Shu sababli har bir holatda bashorat qilingan ko’rsatkichlardan rejalashtirilgan ko’rsatkichlarga o’tish ta’minlanishi lozim bo’ladi.

Amaliyotda bashoratning ilmiy, texnik, iqtisodiy, ijtimoiy, demografik va boshqa turlari ajratib ko’rsatiladi. Ko’pincha kompleks bashorat – ilmiy-texnik, ijtimoiy-siyosiy, texnik-iqtisodiy va hokazolardan foydalaniladi. Bashorat har qanday holatda ham obyektiv jarayonlar talablariga maksimal darajada mos kelishi kerak.

Rejalashtirish tizimining dastlabki bo’g’ini sifatida bashorat qilish korxonaning ichki faoliyatidan tashqari keng masalalar doirasini qamrab olishi zarur. Masalan, unga hal qilib bo’lingan, biroq amaliyotda qo’llanilmagan texnik, iqtisodiy, investitsion muammolar; istiqbolda yangi mahsulot ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan materiallar, texnologik jarayonlar, asbob-uskuna va qurilmalar; ishlab chiqarish modernizatsiyasi tufayli kadrlarga bo’lgan ehtiyojni aniqlashni kiritish mumkin. Bashorat qilishda shuningdek, kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolar, o’tkazilayotgan tadqiqotlarni baholash ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Korxonaning kelajakda t - yildan so’nggi holatini bir maqsadli bashorat qilishni uning faoliyati o’zgaruvchi ko’rsatkichlarida yo’l qo’yish mumkin bo’lgan qiymatlar modelini navbatma-navbat ifodalash sifatida aks ettirish mumkin (V):


B = [F x(t), y(t), z(t), t],

Bunda:

x – bashorat qilinayotgan ko’rsatkich o’zgaruvchilari (investitsiyalar, korxona personali, taqsimlanmagan foyda va hokazo);

y – shart-sharoitlar sifatida ko’rib chiqiluvchi o’zgaruvchan ko’rsatkichlar (bozor holati, soliqlar, tabiiy-iqlim sharoitlari va hokazo);

z –asos qilib olingan korxona faoliyatining bashorat qilinayotgan ko’rsatkichlari boshlang’ich qiymati.

Korxonaning asosiy va aylanma kapital, ayrim mahsulot turlarini chiqarish va ularning tannarxi, foyda, mehnat mahsuldorligi kabi muhim ko’rsatkichlarini navbatma-navbat ifodalash natijasida bashorat qilinayotgan t - yildan so’ng yuzaga kelishi mumkin bo’lgan korxona holatining to’liq bashoratini olish mumkin.

Bashoratning ishonchliligini ko’p jihatdan korxonalar ma’lumotlar to’plamida saqlashi va sistemalashtirishi lozim bo’lgan axborotlarning to’liq va ishonchlilik darajasi belgilab beradi. noaniq yoki noto’g’ri axborot bashorat qilishda xatoliklarga olib kelishi mumkin.

^ 2.3. Rejalashtirish va bashorat qilishning normativ asoslari


Erkin iqtisodiy faoliyat va tijorat rivojlanib borayotgan, biz avvalgi zavod va fabrikalarga qaraganda ko’proq zamonaviy biznes va tadbirkorlik haqida gapirayotgan bir sharoitlarda matematika tili bilan aytganda norma va normativlar (normativ asoslar) «bozor» tushunchasi bilan bog’lanishi qiyin bo’ladi. Bugungi kunda ularning roli va maqomi biroz susaygan, chunki ular tadbirkorlar fikriga ko’ra bozorga qaraganda ko’proq rejali iqtisodiyot tomon yaqinroq turganday bo’ladi.

Aslida esa bunday emas, albatta. Norma va normativlar doimo rejalashtirish va xo’jalik boshqaruvining muhim elementi bo’lib kelgan. Har bir biznesmen va tadbirkor, aytaylik, do’kon, restoran, mehmonxona yoki mebel ishlab chiqaruvchi tsex qurmoqchi bo’lsa, albatta qurilish xarajatlari va talab qilinuvchi resurslarni hisob-kitob qiladi. Ya’ni u rejalashtirish bilan, to’g’rirog’i xarajatlar va resurslar talabini ularning har bir turi bo’yicha normalashtirish bilan shug’ullanadi. Biznesmen ham, davlat korxonasi direktori ham xarajatlar minimal bo’lgan holda ko’proq foyda va daromad olishga intilishi tabiiy.

Xo’jalik amaliyotida normalashtirish bu mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonlarining normal kechishi uchun zarur bo’lgan ishlab chiqarish va boshqa resurslar zahiralari va sarflanishining eng yuqori va eng quyi normalarini ishlab chiqish va belgilash usulidir. Normalashtirish elementlari sifatida norma va normativlarni ko’rsatib o’tish mumkin.

Norma bu – belgilangan sifatli (masalan, standartli bir buxanka non chiqarish uchun sarflanuvchi un normasi, belgilangan hajmli metall konstruktsiyasini kavsharlash uchun sarflanuvchi elektrodlar soni va hokazolar) mahsulot (ish, xizmat) birligini tayorlash uchun xom-ashyo, material, yoqilg’i, energiya va hokazolarning mutlaq (absolyut) sarflash mumkin bo’lgan maksimal kattaligidir.

Shu tariqa natural, qiymat va mehnat o’lchamlari bilan belgilangan norma yordamida mahsulot, bizning holatda palto ishlab chiqarish bilan bog’liq barcha xarajatlar tartibga solib boriladi. Agar mahsulot birligiga to’g’ri keluvchi xarajatlarni jami chiqarilgan mahsulotlar soniga ko’paytirsak, korxonaning mazkur turdagi mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq umumiy xarajatlarini aniqlashimiz mumkin bo’ladi.

Normativ bu nisbiy ko’rsatkich bo’lib, mutlaq (absolyut) kattalikni emas, balki ishlab chiqarish resurslaridan foydalanishning belgilangan o’lchamini, mahsulot tavsifnomasi yoki tashkiliy-iqtisodiy hatti-harakatlarni aks ettiradi.

Normativlar odatda foiz yoki koeffitsientlarda belgilanadi va aks ettiriladi (masalan, asbob-uskunalarni yuklash koeffitsienti, avtomobil shinasi bosib o’tgan yo’l koeffitsienti, sutning yog’lilik foizi va hokazo). Normativlar shuningdek, zarur xom-ashyo va materiallar, aylanma mablag’lar hajmi, talab qilinuvchi xodimlar sonini aniqlashda ham qo’llanadi.

Xo’jalik boshqaruvi mexanizmida normativlarning o’rni va roli quyidagicha aks ettirilishi mumkin (2.2-rasm):





2.2-rasm. Xo’jalik boshqaruvi mexanizmida normativlarning o’rni va roli

Norma va normativlar o’lchash va limitlash funktsiyalaridan (xarajatlarning yuqori yoki quyi chegarasi, qo’llash, iste’mol) tashqari hisobga olish, nazorat qilish va rag’batlantirish funktsiyalarini ham bajaradi. Ular ishlab chiqarishni rejalashtirish va tartibga solish, xarajatlarni erishilgan natijalar bilan solishtirish, dastlabki mas’uliyat chegaralarini belgilash va uni faoliyat natijalar bo’yicha o’zgartirish, erishilgan natijalarni obyektiv baholash uchun asos hisoblanadi.

Norma va normativlar amaliyotda quyidagi asosiy guruhlar bo’yicha ishlab chiqiladi:

  • mehnat sarfi normasi;

  • moddiy xarajatlar normasi;

  • vaqt normasi (asosiy, qo’shimcha va hokazo);

  • mashina, asbob-uskuna va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish normasi;

  • ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish normativlari;

  • atrof-muhitni muhofaza qilish normativlari;

  • kapital qo’yilmalar (investitsiyalar) samaradorligi normasi;

  • loyihadagi quvvatlarni o’zlashtirish normasi;

  • aylanma vositalar (mablag’lar), ishlab chiqarish zahiralar normasi va hokazolar.

Norma va normativlar asosida odatda rejadagi davr uchun faoliyatning texnik-iqtisodiy va tashkiliy sharoitlari yotadi. Vaqt o’tishi yoki sharoitlarning o’zgarishi bilan, shuningdek, fan-texnika taraqiyoti ta’siri ostida mavjud norma va normativlar qayta ko’rib chiqilishi mumkin. Ularni qayta ko’rib chiqishda ilg’or ishlab chiqarish tajribalari va yutuqlar hisobga olinishi lozim.

Norma va normativlar qo’llanish miqyosi va normalashtirish obyektlariga ko’ra farqlanadi. Normativ asoslari qo’llanish miqyosiga ko’ra quyidagilarga taqsimlanadi:

  • davlat va tarmoq standartlari va talablari asosida belgilangan normativlar;

  • umumkorxona normativlari, ya’ni korxonaning o’zida ishlab chiqilgan va qo’llanuvchi normativlar;

  • tsex normativlari;

  • predmetli, detalli va operatsion normativlar.

Normalashtirish obyektlariga ko’ra normativ asoslari mehnat, moddiy, texnik va moliyaviy resurslarga taqsimlanadi.

Normativ asoslari ishlab chiqarishni rejalashtirish va bashorat qilish uchun boshlang’ich nuqta bo’lib xizmat qiladi. U ishlab chiqarish xarajatlarini va chiqarilayotgan har bir mahsulot tannarxini aniq va bexato belgilashga imkon beradi.

Umuman olganda norma va normativlar birinchidan, resurslarning ortiqcha sarflanishi oldini olish, ikkinchidan, korxonaning belgilangan ish tartibini ta’minlash, uchinchidan chiqarilayotgan mahsulotning belgilangan tavsifnomalardan chetga chiqishining oldini olish, to’rtinchidan atrof-muhitni muhofaza qilish va normal mehnat sharoitlariga rioya qilish, beshinchidan esa korxona faoliyatini rejalashtirish va bashorat qilish uchun ma’lumotlar to’plamini yaratish maqsadida ishlab chiqiladi va belgilanadi.

Normativ asoslarini yaratish bo’yicha ishlar uni ishlab chiqish joyi va qaysi idora yoki bo’lim tomonidan ishlab chiqilishidan qat’iy nazar, ishlab chiqarish iqtisodiyoti, texnika va texnologiyalaridan yaxshi xabardor bo’lgan mutaxassislar, professional (malakali) normativ guruhlari zimmasiga yuklatilishi lozim. Malakali va asoslangan tarzda ishlab chiqilgan norma va normativlar hayot davri uzoq bo’lib, ular o’zgarishlarga kamdan-kam uchraydi. Shunday bo’lsada, yuqorida aytib o’tilganidek, eng yaxshi norma va normativlar ham vaqt o’tishi bilan fan-texnika taraqqiyoti va ilg’or ishlab chiqarish tajribalari ta’siri ostida qayta ko’rib chiqiladi.

^

Qisqa xulosalar



Bozor iqtisodiyoti rejalashtirishni ham, bashorat qilishni ham inkor etmaydi va ulardan avvalgi buyruqbozlikni chiqarib tashlagan holda foydalanishni tavsiya qiladi. Rejalashtirish va bashorat qilish menejmentning funktsiyalari bo’lib, u yoki bu vaqt oralig’ida biznes strategiyasini aniqlashga yo’naltiriladi. Bashorat qilish rejalashtirishga nisbatan ko’proq ehtimoliy xarakterga ega bo’ladi.

Rejalashtirish va bashorat qilish doimo kelajakka yo’naltirilgan bo’ladi. Ular rivojlanish istiqbollarini belgilashda bir-birini to’ldirib turadi. Bashorat rejalashtirishning dastlabki bosqichidir.

Rejalashtirish korxonaga quyidagi vazifalarni bajarish imkonini beradi: birinchidan, nimani, qaerda va qancha miqdorda ishlab chiqarish kerak, ikkinchidan, ishlab chiqarish uchun qanday va qancha resurs va quvvatlar kerak bo’ladi, uchinchidan xarajatlar qay darajada qoplanadi va foyda (daromad) hajmi qanday bo’ladi. Rejalashtirishda xato va kamchiliklar qanchalik kam bo’lsa, ishlab chiqilayotgan reja va bashoratlarning ishonchli va hayotiyligi shunchalik yuqori bo’ladi.

Norma va normativlar rejalashtirishning muhim elementlari bo’lib, ular ishlab chiqarishning u yoki bu maqsadlariga sarflanuvchi resurslarning maksimal yoki minmial chegarasini belgilab beradi. Norma va normativlar progressiv bo’lishi va vaqti-vaqti bilan qonunchilikda belgilangan tartibda qayta ko’rib chiqilishi lozim.


Muhokama va nazorat savollari


  1. Bozor sharoitlarida rejalashtirish va bashorat qilishning mohiyati nimada?

  2. Bozor sharoitlaridagi rejalashtirish avvalgi ma’muriy-buyruqbozlik tizimidagi rejalashtirishdan nimasi bilan farq qiladi?

  3. Xo’jalik yuritishning bozor sharoitlarida rejalashtirishning asosiy tamoyillarini sanab bering.

  4. Rejalashtirishdagi iqtisodiy tahlilning ahamiyati nimada?

  5. Rejalashtirish va erkin tadbirkorlik qay tarzda uyg’unlashadi?

  6. Korxonaning rejalashtirish sohasidagi vakolatlari qanday?

  7. Rejalashtirishning normativ asoslari deganda nimani tushunish kerak?

  8. Norma bilan normativ o’rtasida qanday farq bor?

  9. Rejalashtirishning normativ asoslarini tasniflab bering.

  10. Normativ asoslari qo’llanish miqyosiga ko’ra qanday taqsimlanadi



Похожие:

Bozor iqtisodi sharoitida rejalashtirish va bashorat qilish bozor sharoitlarida rejalashtirish va bashorat qilishning obyektiv zarurati iconKichik biznes faoliyatini rejalashtirish kichik biznesfaoliyatini strategik rejalashtirish

Bozor iqtisodi sharoitida rejalashtirish va bashorat qilish bozor sharoitlarida rejalashtirish va bashorat qilishning obyektiv zarurati iconKichik biznesni rivojlantirishda bozor infratuzilmasining o‘rni. 22 Kichik biznesni bozor infratuzilmasi

Bozor iqtisodi sharoitida rejalashtirish va bashorat qilish bozor sharoitlarida rejalashtirish va bashorat qilishning obyektiv zarurati iconDemografik bashorat

Bozor iqtisodi sharoitida rejalashtirish va bashorat qilish bozor sharoitlarida rejalashtirish va bashorat qilishning obyektiv zarurati iconIshlab chiqarish kuchlarini jоylashtirishni bashоrat qilish va mintaqaviy dasturlash
«planli va prоpоrtsiоnal jоylashtirish va rivоjlantirish» nazarda tutilardi. Darhaqiqat, avvalgi qta markazlashgan mahmuriy –o‘ukmbоzlik...
Bozor iqtisodi sharoitida rejalashtirish va bashorat qilish bozor sharoitlarida rejalashtirish va bashorat qilishning obyektiv zarurati iconDarsni rejalashtirish

Bozor iqtisodi sharoitida rejalashtirish va bashorat qilish bozor sharoitlarida rejalashtirish va bashorat qilishning obyektiv zarurati iconBozor iqtisodiyoti va biznes

Bozor iqtisodi sharoitida rejalashtirish va bashorat qilish bozor sharoitlarida rejalashtirish va bashorat qilishning obyektiv zarurati icon"O’qish" I chorak uchun mavzuiy rejalashtirish

Bozor iqtisodi sharoitida rejalashtirish va bashorat qilish bozor sharoitlarida rejalashtirish va bashorat qilishning obyektiv zarurati iconMatematika fanidan I-IV choraklar uchun mavzuiy rejalashtirish

Bozor iqtisodi sharoitida rejalashtirish va bashorat qilish bozor sharoitlarida rejalashtirish va bashorat qilishning obyektiv zarurati icon"Tasviriy san’at" I chorak uchun mavzuiy rejalashtirish

Bozor iqtisodi sharoitida rejalashtirish va bashorat qilish bozor sharoitlarida rejalashtirish va bashorat qilishning obyektiv zarurati iconViii sinf uchun kimyo fanidan rejalashtirish

Загрузка...
Разместите кнопку на своём сайте:
Документы


База данных защищена авторским правом ©uz.denemetr.com 2000-2015
При копировании материала укажите ссылку.
обратиться к администрации