Документы



Kichik biznes korxonalari boshqaruvining tashkiliy tuzilishi kichik biznes korxonalari boshqaruvi strukturasi icon

Kichik biznes korxonalari boshqaruvining tashkiliy tuzilishi kichik biznes korxonalari boshqaruvi strukturasi

НазваниеKichik biznes korxonalari boshqaruvining tashkiliy tuzilishi kichik biznes korxonalari boshqaruvi strukturasi
Дата24.06.2013
Размер30.5 Kb.
ТипДокументы
скачать

KICHIK BIZNES KORXONALARI BOSHQARUVINING TASHKILIY TUZILISHI


9.1. Kichik biznes korxonalari boshqaruvi strukturasi


Korxonaning gullab-yashnashi, raqobat kurashiga dosh berish, o‘z quvvatini saqlab turish yoki oshirib borishi, uning o‘zgarib borayotgan sharoitlarga moslashishida tashkiliy struktura muhim omil bo‘lib qoladi.

“Struktura” so‘zi lotincha bo‘lib, narsalar tarkibiy qismlarining o‘zaro bog‘liq ravishda joylashishi, tuzilishini bildiradi.Korxonaning boshqarish strukturasi deganda boshqaruv maqsadlarini amalga oshiruvchi va funksiyalarni bajaruvchi bir-biri bilan bog‘langan turli boshqaruv organlari va bo‘g‘inlarining majmui tushuniladi. Hozirgi kunda kompaniyalarning o‘z tashkiliy strukturasini qayta transformatsiya qilib, faoliyati va funksiyalarini iste’molchi talab-istaklariga to‘la moslashtirishga harakat qilmoqdalar.

XX asrning 90-yillarida dunyodagi ko‘pgina kompaniyalarda beqiyos darajada strukturaviy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Bunday o‘zgarishlardan maqsad iste’molchilarga xizmat qilish darajasini oshirish, keraksiz boshqaruv bo‘g‘inlarini yo‘qotish, yangi tovarlar kashf etuvchi va ishlab chiqaruvchi ishchi guruhlar tashkil qilishdan iborat. Ya’ni kompaniyada tashkiliy tizimni o‘zgartirish tadbirlari o‘tkazish orqali tez o‘zgaruvchan muhitga moslashib, keskin raqobat kurashini yengib, korxona samaradorligini oshirishdan iboratdir. Kichik biznes korxonasini bozor talabiga moslashishi uning vertikal tashkiliy strukturasini atroflicha tahlil qilishni talab qiladi. Tahlil asosida qayta tuzilgan struktura biznes faoliyatini yuqori darajada olib boradi, bozorning barcha subyektlari bilan doimiy aloqani ta’minlaydi. Korxona boshqaruvining tashkiliy tuzilma (struktura)si - bu bo‘limlar, ishlovchilar o‘rtasidagi maxsus ishlab chiqilgan aloqalar va munosabatlarning yaxlit tizimini o‘z ichiga oladi va uning doirasida ishlovchi odamlar oldiga qo‘yilgan maqsadga eng samarali yo‘l bilan erishish vazifasini bajaradi. Kichik biznes korxonasini samarali ishlashi uchun unga qaysi ixtisosdagi mutaxassislar qanday malakada, qanday shaxsiy fazilatlarga ega bo‘lgan qancha odamni birlashtirishi kerakligini aniqlab olishi kerak.


^ 9.2. Kichik biznes korxonalari tashkiliy strukturasining o‘zgarishi.


Ko‘pgina biznes korxonalarining tashkiliy strukturalari doimiy ravishda o‘zgarib turadi. Bunday o‘zgarishlar nafaqat vertikal boshqarish tizimini gorizontal boshqarish tizimiga o‘tkazish bilan kifoyalanadi, balki ushbu strukturalar orqali biznes korxonalari bozorning barcha subyektlari bilan aloqa qilib, samarali biznes faoliyati olib borishi lozim. Tashkiliy strukturalar boshqaruv bo‘g‘inlari va boshqaruv bosqichlari shaklida bo‘ladi. Korxona tuzilmasida quyidagi elementlar ajratib ko‘rsatiladi: rahbarlik va aloqa (gorizontal va vertikal) o‘rinlar (bo‘limlar), darajalar (bosqichlar). Bo‘lim bu tashkiliy jihatdan alohida, mustaqil boshqaruv tashkilotidir. Bo‘lim (odamlar guruhi) tomonidan muayyan vazifaning bajarilishi uni shakllantirishning asosiy maqsadi hisoblanadi. Bo‘limlar o‘rtasidagi aloqalar gorizontal tusga ega. Bosqichlar o‘rtasidagi aloqalar bu vertikal bo‘yicha aloqadir. Ular qo‘yi darajalardan boshlab yuqori darajagacha erkin ifodalangan izchil bo‘ysunish tusiga ega.

Har qanday, xatto kichik korxonada ham, yuqorida bayon etilgan tuzilma elementlarning hammasi mavjudligini aniqlash mumkin. Tadbirkor u tashkil etgan korxonaning mulkdori bo‘lib, uning ishiga rahbarlik qiladi. Vertikal bo‘yicha unga uning xodimlari bo‘ysunadi.Vertikal tashkiliy struktura o‘zaro subordinatsiya asosida bog‘langan bir necha boshqarish bosqichlaridan iborat.Boshqarish bosqichi iyerar-xiyaning muayyan darajasida amal qiladigan bo‘g‘inidir. Boshqarish bosqichlari bir boshqarish bo‘g‘inining ikkinchisiga, odatda quyi bo‘g‘inining yuqori bo‘g‘iniga izchillik bilan buysinishini ko‘rsatadi, ya’ni vertikal bo‘yicha bo‘linishidir.Ushbu barcha bo‘g‘in va bosqichlarning tarkibi va ularning o‘zaro bo‘ysinish tartibi, har bir boshqaruv organi va bo‘g‘inining huquq va burchlari, shuningdek, ular o‘rtasidagi munosabatlar tartibi, funksional bo‘limlarini vujudga keltirish, axborot bilan ta’minlash kabi boshqarishning tashkiliy tomonlari vertikal boshqarish tizimini tashkil etadi. Bularni mazmun va muddatlariga ko‘ra kelishib olish ishlab chiqarishning ko‘pgina unsurlarini tutashtirish ishlarini turli xizmatlar bajaradi. Ayrim hollarda funksional xizmatlar o‘rtasidagi bunday gorizontal aloqalar juda cho‘zilib ketadi, bir qancha bahs va nizolar bilan amalga oshiriladi va bu ishni muvofiqlashtirish juda qiyin kechadi.

Ma’lumki, biznes korxonalari tashkiliy bo‘limlari funksional, geografik, tovar, bozor prinsiplari asosida yoki ularning birgalikda (kombinatsiya asosida) qo‘llanilishi orqali tashkil topadi.

Hozirgi vaqtda samarali faoliyat olib borayotgan biznes korxonalari o‘z tashkiliy strukturalarida iloji boricha kamroq boshqarish bo‘g‘inlaridan tashkil topib, o‘z faoliyatlarida buyurtmalarni bajarish, yangi tovarlar kashf etish va ishlab chiqarishni rejalashtirish tovarlarni taqsimlash iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish kabi jarayonlarga katta e’tibor bermoqdalar.

Bu biznes korxonalarida boshqarish bo‘g‘inlarini qisqartirilib bir bosqichli boshqarish tizimini joriy qilinmoqda va boshqaruvchi (menedjer)lar sonini kamaytirmoqdalar.

Korxonaning turli vazifalarini (tashkilotchiliq marketing, buxgalteriya va xokazo) bajarayotgan xodimlari o‘rtasida gorizontal aloqalar o‘rnatiladi. Ular bevosita bo‘ysunish tusida bo‘lmaydi, lekin, ko‘pincha korxona turli ishlab chiqarish (amaliy) operatsiyalarining izchilligi va o‘zaro bog‘liqligini belgilaydi.

Aloqa tizimi barcha boshqaruv organlari o‘z vazifalarini bir-birlari bilan mustaxkam aloqada bajaradilar, degan ma’noni anglatadi. Aloqani yo‘qotish - boshqarishni yo‘qotish, degan ma’noni bildiradi. Aloqalar turli shaklda: chizikli (vertikal), funksional (gorizontal), tarmoqli, mintaqaviy bo‘lishi mumkin.


^ 9.4. Kichik biznes korxonalari tashkiliy tuzilmalarining turlari


Kichik biznes korxonalari boshqaruv tuzilmalarining quyidagi tashkiliy turlari mavjud: chiziqli; chiziqli-funksional; loyihalanadigan va matritsali; venchur va firma ichki innovatsiyali.

Boshqaruvni chiziqli tashkil etish bevosita lavozim vazifalarini shu tarika taqsimlash asosida quriladiki, bunda, har bir xodim firma oldida turgan vazifalarni bajarishga eng ko‘p darajada yo‘naltirilgan bo‘ladi. Barcha vakolatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri (chizikli) belgilanadi. Ular yuqori boshqaruv bo‘ginidan qo‘yi boshqaruv bo‘ginlariga qarab o‘zgaradi.

Boshqaruv tuzilmasini chizikli-funksional tashkil etish o‘z ichida ham chizikli, ham funksional boshqaruv elementlarini mujassamlashtiradi, ya’ni chiziqli boshqaruv maxsus yordamchi xizmatlar bilan mustaxkamlanadi.

Loyixaviy tuzilma maxsus loyixani ishlab chiqish va unga rahbarlik qilishda qo‘llanadi. U dasturiy-maqsadli deb ham nomlanadi. Matritsali yoki katakli tashkiliy tuzilma ana shu tuzilmaning takomili hisoblanadi.

^ Loyixaviy tuzilma - bu aniq vazifani hal etish uchun tashkil etiladigan vaqtinchalik tashkilotdir. U funksional bo‘linma ichida tashkil etiladi.

Matritsali tuzilma loyixaviy tuzilmalarining rivoji (takomili) hisoblanadi. U taqsimlashning ikki turi: vazifalar bo‘yicha va mahsulot bo‘yicha taqsimlashning uyg‘unlashuvidir.

^ Venchur va innovatsiya tuzilmalari loyixaviy (dasturiy-maqsadli) tashkiliy tuzilmalarining zamonaviy ko‘rinishi hisoblanadi. Biznesda tavakkal ish innovatsiyalar, ya’ni yangi texnologiyalar, tovarlar yoki xizmatlarni ishlab chiqarishni tashkil etishda qo‘llaniladi.

Menejment haqidagi respublakamizda chop etilgan dabiyotlarda boshqarish strukturalarining tashkiliy turlari: chiziqli, chiziqli shtabli, funksional, chiziqli funksional, dasturli maqsadli strukturalari haqida batafsil ma’lumotlar berilgan, ularning ijtimoiy va salbiy tomonlari amal qilish yo‘llari keltirilgan (М.Шарифхоўжаев, Ё.Абдуллаев Менежмент.: Дарслик. - Т.: Ўқитувчи, 2001.-702 б., Ғуломов С.С. Тадбиркорлик ва кичик бизнес: Ўқув қўлланма -Т.: Шарқ, 2002.-365б.)

Strukturaga o‘zgartirishlar kiritish va uni almashtirish -bu jahon amaliyotidagi doimiy jarayondir. AQSH firmalarida, G‘arbiy Yevropa va rivojlangan Sharq davlatlarida boshqaruv strukturasi o‘rtacha 3-5 yilda almashtirib turiladi. Masalan, bozorga qadoqlangan tovarlar taklif qiladigan “KRAIT FOODS“ kabi korxonalar odatdagi tovar va uni markasini boshqarishga asoslangan struktura o‘rniga asosiy e’tiborni o‘z iste’molchilariga qaratuvchi kombinatsiyalashtirilgan (aralash) strukturaga o‘tmoqda.1Bunda korxonalar tashkiliy strukturalari asosan 3 ta ishchi guruhidan iborat bo‘lib, birinchi guruh maqsadli segmentlarga iste’molchilarga xizmat ko‘rsatadi. Logistika bo‘limii vazifasini bajaruvchi uchinchi guruh mol yetkazib beruvchilar bilan optimal aloqani tashkil qilish natijasida tovarlarni o‘z vaqtida yetkazib berishni ta’minlaydi. Bundan tashqari, strategik integratsiya guruhi mavjud bo‘lib, bu barcha ishchi guruhlar faoliyatini muvofiqlashtirib, kompaniyaning umumiy strategiyasini ishlab chiqadi, bozor sharoitini o‘rganadi. Ayrim hollarda bunday tashkiliy strukturalarda odatdagi funksional bo‘limlarni saqlab qolgan holda, ayrim bir biznes jarayonning pirovard natijalari uchun javob beruvchi ishchi guruhlar tashkil qilinadi, funksional bo‘limlar ishlarini muvofiqlashtirib, keskin raqobat sharoitida korxonaning yuqori samaradorlik bilan faoliyat ko‘rsatishi ta’minlanadi.Yuqorida ko‘rsatilgan strukturaviy o‘zgarishlarning bosh omili bozor talablariga tezlikda moslashib, biznesning barcha sohalarida raqobatchilardan ko‘ra ustunlikka erishishdiir. Masalan, LIMITED kompaniyasi ishlab chiqarayotgan mahsuloti - ayolar kiyim-kechagini iste’molchilariga bir necha oyda yetkazib beruvchi raqobatdoshlariga qaraganda o‘zi ishlab chiqarib va bir necha hafta ichida iste’molchilarga yetkazib bermoqda. Bu kompaniyaga raqobat kurashida yuqori darajada ustunlikka erishishiga yordam bermoqda.


^ 9.3.Kichik biznesni zamonaviy tashkiliy strukturasi


Jahondagi ko‘pgina biznes korxonalarning tashkiliy strukturasi biznes jarayoniga asoslangan bo‘lib, unda odatdagi funksional va maxsus bo‘limlar (kadrlar bo‘limi, tadqiqot va marketing bo‘limlari) saqlanib qolgandir. Biznes jarayonlar yangi tovarlar ishlab chiqarish qabul qilingan buyurtmalarni har taraflama qayta ishlash va boshqa strategik yo‘nalishlardan iboratdir. Ushbu biznes jarayonlarga asoslangan tashkiliy struktura mustahkamlana borishi bilan ba’zi keraksiz boshqarish bo‘g‘inlari qisqartirila borilib, raqobat kurashiga chidamli, biznes–muhit moslashgan yangi mahsulot ishlab chiqaruvchi ishchi guruhlar tashkil qilinadi. Tashkiliy strukturani transformatsiyasi bozor sharoitida, raqobatchilarning o‘zgarishi bilan doimiy ravishda amalga oshiriladi.

Funksional tashkiliy struktura va biznes jarayonga asoslangan tashkiliy strukturaning quyidagi qiyosiy xarakteristikalarini keltirish mumkin:2

  • Biznes jarayonga asoslangan boshqaruv murakkab masalalarni hal qiluvchi yetarli tajribaga ega bo‘lgan boshqaruvchilarni talab qiladi.

  • Funksional tashkiliy struktura axborotlar yig‘ish va tahlil qilish, tashqi auditoriyaga ta’sir etish mahoratiga ega bo‘lgan xodimlar bo‘lishini talab etadi.

  • Biznes jarayonga asoslangan tashkiliy struktura,tomonlar o‘rtasida o‘azaro munosabatlar o‘rnatish konfliktlarni bartaraf qilish, muzokoralar olib borish, axborot to‘plashni boshqarish, ishchi gruhlarini tashkil qilish, o‘qitishni yuksak mahoratda olib boradi.

  • Bozor talabiga moslashgan kompaniya o‘z e’tiborini tovarga yoki texnologiyaga emas balki iste’molchi xohishiga qaratadi.

  • Funksional tashkiliy struktura xodimlari o‘z sohasini chuqur va puxta biladigan, jarayon va hodisalarni tahlil qilish va baholash qobilyatiga ega bo‘lgan o‘z tavsiyalarni himoya qila oladigan va boshqalarni unga ishontira oladigan xodimlar bo‘lishini talab qiladi.

  • Funksional strukturadagi bo‘limlar ishini pirovard natijalari uchun aniq va mas’ul xodimlar yuqligi, funksional bo‘limlar o‘rtasida ish yuzasidan nizolarni bartaraf etish uchun kombinatsiyalashgan (aralash) boshqaruv strukturasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Yuqorida keltirilganlarning barchasi biznes korxonalarining bozorning holatini bilishda, o‘z iste’molchi va mol yetkazib beruvchilari bilan aloqasini yaxshilashda, bozordagi o‘rnini, obro‘sini ko‘tarishda katta rol o‘ynaydi.

Zamonaviy kichik biznes korxonalari faoliyatida dolzarb muommolarni hal etishda bir necha boshqarish strukturasini tashkiliy turlarini muvofiqlashtirib ishlatishni talab etadi.


^ Qisqa xulosalar


Korxonaning gullab-yashnashi, raqobat kurashiga dosh berish, o‘z quvvatini saqlab turish yoki oshirib borishi, uning o‘zgarib borayotgan sharoitlarga moslashishida tashkiliy struktura muhim omil bo‘lib qoladi. Kichik biznes korxonalari boshqaruv tuzilmalarining chiziqli, chiziqli-funqsional, loyihalanadigan va matritsali, venchur va firma ichki innovatsiyali tashkiliy turlari mavjud. Strukturaviy o‘zgarishlar nafaqat vertikal boshqarish tizimini, gorizontal boshqarish tizimiga o‘tkazish bilan kifoyalanadi, balki ushbu strukturalar orqali samarali biznes faoliyati olib borishi lozim. Zamonaviy kichik biznes korxonalari faoliyatida dolzarb muommolarni hal etishda bir necha boshqarish strukturasini tashkiliy turlarini muvofiqlashtirib ishlatishni talab etadi.


Nazorat va muloxaza uchun savollar


1. Kichik biznes korxonalari tashkiliy tizilmalari qanday qoidalarga rioya etishi zarur?

2. Biznes korxonalarining vertikal tashkiliy strukturasining o‘zgarishi qanday amalga oshiriladi?

  1. Tadbirkorlik firmalari tashkiliy tuzilmalarining turlarini ko‘rsatib bering.

  2. Funksional tashkiliy strukturaning quyidagi qiyosiy xarakteristikalarini keltiring.

5. Biznes jarayonga asoslangan tashkiliy strukturaning quyidagi qiyosiy xarakteristikalarini keltiring.

6.Nima uchun bir necha boshqarish strukturasini tashkiliy turlarini muvofiqlashtirib ishlatishni talab etiladi?

  1. Biznes korxonalarining tashkiliy strukturasini qanday o‘zgartish(takommillashtirish) mumkin?

8. Xalqaro miqyosda mufaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatayotgan biznеs korxonalari qaysi boshqarish strukturasini qo‘llamoqda?

9. Rеspublikamizdagi kichik biznеs korxonalari bosh?arish tizimida qaysi strukturani qollash mumkin?

10. Biror bir korxona misolida uni boshqarish strukturasini tushuntirib bеring.

Asosiy adabiyotlar


1.Ғуломов С.С.Тадбиркорлик ва кичик бизнес: Ўққу қўлланма.-Т.:Шарқ, 2002.-365б.

2.Кревенс, Дэвид, В.. Стратегический маркетинг, 6-е изд. Пер. с англ. М.: Издательский дом “Вильямс”, 2003.- 752с.

2. Джон Беоджерс Дэн Штайнхофф, Основы управления малым бизнесом. Перевод с англ. - М.: БИНОМ, 1997 , 496с

http://www.itaiep.doc.gov/bisnis/bisnis/html

http://www.business-strategy.com/info/about/


1 Кревенс, Дэвид, В.. Стратегический маркетинг, 6-е изд. Пер. с англ. М.: Издательский дом “Вильямс”, 2003.- 752с.

.


2 Манба:Frederik .Wedster,Jr., The FutureRole of Marketing in the Organization.Cambridge, 1997,p 39-66.



Похожие:

Kichik biznes korxonalari boshqaruvining tashkiliy tuzilishi kichik biznes korxonalari boshqaruvi strukturasi iconKichik biznes subyektlarining tashqi iqtiisodiy faoliyati 16 Kichik biznes korxonalari samaradorligini oshirishda tashqi iktsodiy faoliyatni o‘rni

Kichik biznes korxonalari boshqaruvining tashkiliy tuzilishi kichik biznes korxonalari boshqaruvi strukturasi iconKichik biznes korxonalari uchun biznes reja ishlab chiqish

Kichik biznes korxonalari boshqaruvining tashkiliy tuzilishi kichik biznes korxonalari boshqaruvi strukturasi iconKichik biznes korxonalarini rivojlantirishda lizingdan foydalanish 17. 1 Kichik biznesda lizingdan foydalanishning ahamiyati

Kichik biznes korxonalari boshqaruvining tashkiliy tuzilishi kichik biznes korxonalari boshqaruvi strukturasi iconKichik biznes faoliyatini rejalashtirish kichik biznesfaoliyatini strategik rejalashtirish

Kichik biznes korxonalari boshqaruvining tashkiliy tuzilishi kichik biznes korxonalari boshqaruvi strukturasi iconKichik biznes subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, sertifikatsiyalash tartibi

Kichik biznes korxonalari boshqaruvining tashkiliy tuzilishi kichik biznes korxonalari boshqaruvi strukturasi iconДокументы
1. /kichik biznes chiqarishga tayyor.doc
Kichik biznes korxonalari boshqaruvining tashkiliy tuzilishi kichik biznes korxonalari boshqaruvi strukturasi iconДокументы
...
Kichik biznes korxonalari boshqaruvining tashkiliy tuzilishi kichik biznes korxonalari boshqaruvi strukturasi iconKorxonaning biznes rejasi biznes-rejaning mohiyati va vazifalari
«biznes-reja korxonangiz gullab-yashnashi uchun kerakli yo’lni tanlab olishingizga xizmat qiluvchi hujjatdir. Biznesingiz bilan bog’liq...
Kichik biznes korxonalari boshqaruvining tashkiliy tuzilishi kichik biznes korxonalari boshqaruvi strukturasi iconKichik biznesning tashkiliy shakllari. Xususiy tadbirkorlik

Kichik biznes korxonalari boshqaruvining tashkiliy tuzilishi kichik biznes korxonalari boshqaruvi strukturasi iconO‘zbekistonda kichik biznesni shakillanishi 1 Kichik biznesni rivojlanish bosqichlari

Загрузка...
Разместите кнопку на своём сайте:
Документы


База данных защищена авторским правом ©uz.denemetr.com 2000-2015
При копировании материала укажите ссылку.
обратиться к администрации