Документы



Kichik biznes faoliyatini rejalashtirish kichik biznesfaoliyatini strategik rejalashtirish icon

Kichik biznes faoliyatini rejalashtirish kichik biznesfaoliyatini strategik rejalashtirish

НазваниеKichik biznes faoliyatini rejalashtirish kichik biznesfaoliyatini strategik rejalashtirish
Дата24.06.2013
Размер38.04 Kb.
ТипДокументы
скачать

KICHIK BIZNES FAOLIYATINI REJALASHTIRISH


6.1. Kichik biznesfaoliyatini strategik rejalashtirish.


Bozor iqtisodi qonunlari amal qilgan sharoitda faoliyat korsatuvchi kichik biznеs sub'еktlari ozining joriy va istiqboldagi strategiyasi aniq tasavvur etishi kеrak, chunki bozor ishlab chiqarishni tashkil etish va rejalashtirishda xatolarni, o’ylanmay qilingan hatti-harakatlarni kechirmaydi.

Har qanday ongli kishi uzoq safarga chiqmoqchi bo‘lsa, albatta oldindan reja tuzib oladi – qayerga borish, qaysi yo‘l bilan yetib borish haqida o‘ylab ko‘radi. afar qay darajada uzoq davom etsa, reja shuncha puxta tuzilishi lozim.

Xuddi shu kabi, kichik biznes boshqaruvchisi biron bir faoliyatni boshlashdan avval albatta uni qanday boshlash kerak, bu biznes faoliyati natijasida nimaga erishadi, uni qaysi yo‘l bilan amalga oshirish mumkinligi haqida o‘ylaydi. Biznesni qanchalik barqaror bo‘lishini xohlasalar, shunchalik uzoq muddatga mo‘ljallangan dasturul-amalga ega bo‘lishlari lozim.

Masalan, Massachuses shtati (AQSH)da joylashgan “Kids at large” firmasi tashkil topganda, strategik rejasining asosiy maqsadi - bozorda “o‘z iste’molchisini” topish edi. Ular AQSHdagi har 4 boladan biri og‘ir vaznli (semiz) ligini hisobga olgan holda, 4-14 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun kiyim –kechak chiqarishni oldilariga maqsad qilib qo‘ydilar. Reklama yaxshi natijalarni ko‘rsatdi, chunki og‘ir vaznli (semiz) bolarning ota-onalari kiyim topishga qiynalar edilar. “Kids at large” firmasini strategiyasi - an’anaviy ulgurji va chakana korxona tarmoqlaridan foydalanmay, pochta buyurtmalari dasturi orqali butun shtatda savdo qilishdan iborat edi. Yaxshi ishlab chiqilgan biznes strategiyasi natijasida ushbu kompaniya ma’lum vaqtda pochta orqali 130000 ta buyurtma olishga erishdi.1

^ Strategik rejalashtirish konsepsiyasining mohiyati kelajakka mo‘ljallanganligidadir, iqtisodiyot rivojidagi yuqori darajali noaniqlikni hisobga oladi, ulkan sifatli maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan, boshqaruvga yondoshishning variantlari ko‘p bo‘lishini talab etadi. Oldiga qo‘yilgan maqsadlar va erishilgan natijalar o‘rtasidagi uzilishni oldindan nazarda tutadi.

Strategik rejalashtirishning uzoq muddatli rejadan asosiy farqi shundaki, strategik rivojlantirishda o‘tmishda belgilangan rivojlanish tendensiyalaridan foydalanishning imkoni yo‘q. Bu yerda barcha marketing xavf-xatarlari va imkoniyatlarini taxlil qilish hamda baholashga alohida o‘rin ajratiladi. Kichik biznesda strategik rejalashtirishda iqtisodiy –matematik usullar modellar keng ishlatiladi.

Firmaning strategiyasi-umumiy harakatlar rejasi, uning yordamida firma o‘z maqsadlariga erishishga intiladi (maqsadlarga yetishish algaritmi).

Kichik biznes strategiyasi-firma strategiyasining asosiy qismini detallashtirish, bozordagi faoliyatining miqdor va sifat ko‘rsatkichlari hamda yo‘nalishlarining yig‘indisidan va firma strategiyasini to‘liqroq amalga oshirish mumkin bo‘lgan marketingning alohida chora-tadbirlariga yo‘naltiruvchi prinsipial qarorlardan iboratdir.

Strategik reja-operatsiyalar yig‘indisi bo‘lib, firma rahbarining nuqtai nazaridan qaraganda ularni bajarish uning strategiyasini amalga oshirishga olib keladi.

Taktika qisqa muddatli davrga (masalan: yil, chorak, oy) ishlab chiqiladi va zarur bo‘lganda, biznesning strategik vazifalarini hal qilish maqsadida to‘g‘rilab chiqiladi. Samarali strategik rejani tuzish quyidagilarni bosqichma bosqich amalga oshirishni talab qiladi: firma maqsadini aniq belgilab olish; bozordagi raqobot holatini, distribyutor va maxsulot yetkazib beruvchilar, ularning moliyaviy xolatini o‘z ichiga oluvchi biznes olib borish shart –sharoitlarini tahlil qilish; biznes faoliyatini va uni ishlab chiqarishga qo‘shilib ketishi jarayonini aniq ko‘z oldiga keltirish ; tashqi xavf va ustunliklarni, ichki imkoniyat va nozik jihatlarni, raqobot ustinliklarni ko‘rib chiqish. Xavf va ustunliklarni, ichki imkoniyat va nozik jihatlarni tekshirish SWOT tahlil deb ataladi va undan kichik/katta biznesni rejalashtirishda foydalaniladi.

Kichik biznes korxonasi faoliyatini maqsadi, vazifalari, strategiyasi, uni qanday amalga oshirish va nazorat qilinishi ushbu biznesdan keladigan foyda miqdorini belgilaydi. Buni oldindan ko‘rib chiqish va rejalashtirish lozim.(6.1 rasm)

Maqsad va vazifa


stratеgiya





foyda


Amalga oshirish



nazorat







6.1. rasm. Kichik biznes korxonasi maqsadi, vazifalari, strategiyasi va nazoratni foyda miqdori bilan bog‘liqligi.2


Rejalashtirishda maqsadni aniq belgilab olish – kichik biznes muvaffaqiyatining garovi xisoblanadi.

Ma’lumki maqsadlar doimo ma’lum bir cheklanishlar asosida amalga oshiriladi. Ular kichik biznes korxonasi ichidagi va tashqaridan qo’yiladigan cheklanishlar bo’lishi mumkin. Tashqi cheklanishlar qatoriga qonun me’yorlari, inflyatsiya, raqobatchilar, iqtisodiy ustuvorlikni o’zgarishi, aholi daromadlarini o’zgarishi, qarzdorlarning moliyaviy holati va boshqalar kiritilishi mumkin. Ichki cheklanishlarga esa kichik biznes korxonasi xarajatlar darajasi, ishlab chiqarish quvvatlari, marketing va boshqaruvning holati, turli darajadagi nomuvofiqliklar va boshqalar kiradi. Shuning uchun kichik biznes korxonasi missiyasi, maqsadi va vazifalarini ishlab chiqish jarayonida uning faoliyatiga ta’sir qiluvchi ko’p sonli omillarni baholash zaruriyati tug’iladi.


^ 6.2. Biznes g‘oyalarining shakllanishi va biznes loyihalarini texnik-iqtisodiy asoslash


Tadbirkorlik g‘oyasi - har qanday biznes tashabbusining asosidir. U doimo shakllanib borishi uchun tadbirkorlik qobiliyati, u yoki bu mahsulotni ishlab chiqarish haqida kerakli bilim, savdo, moliya, vositachilik va innovatsion faoliyat haqida tushuncha bo‘lishi kerak.

Tadbirkorlik g‘oyasi samarali bo‘lishi uchun xo‘jalik faoliyatining rejasini, amalga oshirish zarur bo‘lgan muhim manbalarning birinchi o‘rinda turuvchi muammolar belgilagan asosiy dasturni ishlab chiqish kerak.

Tadbirkorlik g‘oyalarining yashovchanligini ta’minlovchi tashkil etuvchi elementlarga quyidagilar kiradi:3 kichik biznesning xo‘jalikdagi ahamiyatini aniqlash; raqobatbardoshlik, ya’ni boshqa tadbirkorlik tizimlariga nisbatan iste’molchilar extiyoj va talabini qondirishda qo‘li baland kelishiga ishonch xosil qilish; ma’lum sharoitda g‘oyalarni amalga oshirish; mahsulot- ishlab chiqish strategiyasi, sotuvga tayyorlangan tovarlar yoki haridor extiyojlaridan kelib chiqadigan xizmatlar tahlilini;bozorlar -mahsulotni qayerda, qanday qilib, kimga va qanday narxda sotishni belgilab olish va shu bilan birga haridorning maqsadi qanday ekanligani aniqlab olish lozim: manbalar- joriy harajat va investitsiya. Korxonadagi strukturaviy (tizimiy) o‘zgarishlar-filiallar va tarmoqlangan korxonalarni tashkil etish; rivojlanish dasturi- xo‘jalik faoliyati va tovarlar sotiladigan bozor yo‘nalishlarini ta’riflaydi, ishbilarmon faolligini oshiradi, korxonaning, tadbirkorlikning tashqi bozor muhitiga moslashuviga asoslanib, xo‘jalik faoliyatini takomillashtiradi. Kichik korxona moslashuvini ta’minlash uchun xo‘jalik faoliyatining umumiy rejasini ishlab chiqish, harajat tizimini, mahsulot yoki ko‘rsatilayotgan xizmat ro‘yxatini aniqlash kerak.

^ Biznes loyihalarini texnik-iqtisodiy asoslash

Kichik biznes korxonasi boshqaruvchisi xo‘jalik faoliyatini boshqarayotib, o‘z rejasini amalga oshirishning muqobil yo‘llari va imkoniyatlari haqida ma’lumot olishi va ulardan eng yaxshisini tanlashi kerak.

Xususan, eng oqilona tadbirkorlik loyixasi shuki, u jalb qilingan va naqd kapitalni samarali, to‘g‘ri va to‘liq rejalashtirilgan natijaga erishishga yo‘naltirishi, asoslangan maqsadga muvofiq usullar bilan xo‘jalik masalalarini amalga oshirishi lozim. Loyixaning yashash qobiliyati iqtisodiy-texnik ko‘rsatkichlar bilan, shuningdek eng afzal xulosalarning tanlashga asoslangan va maqsadga muvofiq xatti-harakatlarga to‘g‘ri baho berish bilan ta’riflanadi.

^ Boshlang‘ich tijoratchilik takliflarini asoslash. Savdo-sotiqga oid takliflar samaradorligining tahlili uning dastlabki bosqichida bo‘lajak tadbirkorlik bitimlari haqida umumiy, xomcho‘t va faraz qilish asosida taxminan o‘tkaziladi. Ular quyidagi taxminiy tartibda tanlanadi: mahsulotlar va xizmat turlarining ayrim to‘pining sifatli o‘lchamlari baholanadi; mahsulot yetkazib berish vaqti va vositalar aniqlanadi; bitimni amalga oshirish davriga harajat va baholar oldindan aytiladi; mahsulot yetkazib berish yoki ko‘rsatilgan xizmatlardan olinadigan tushum yoki tadbirkorlik daromadi hisoblanadi; imkoniyatli daromad hajmi aniqlanadi. Bunda tadbirkorlik bitimlarini amalga oshirish uchun ko‘proq kapital mablag‘lari talab qilinganda, kutilayotgan daromadning o‘sishi bilan ularning solishtirish va rentabellikni hisoblash va bu mablag‘larning qoplay olishi muddatini bilish kerak.

^ Kichik biznesda maslahatchi xizmatidan foydalanish

Kichik biznesga tadbirkorlik loyihalarining taqrizchilarni jalb etish, ayniqsa, muhimdir. Agarda yirik korxonalar konstruktorlar byurolar, tajriba xonalari, marketing bo‘linmalari ega bo‘lsa va kerakli tadqiqotlarni o‘tkazsa, kichik biznesning tadbirkorlik tizimlari esa ko‘p hollarda vositachilar xizmatidan foydalanadilar.

Ayniqsa, unchalik katta bo‘lmagan korxona tadbirkor-menejeri maslahatchilar xizmatidan foydalanish juda muhimdir. Maslaxatchilar tadbirkorlik g‘oyasiga yondashish yoki bu xo‘jalik qarorlarini amalga oshirishga munosabati, boy tajribasi va ko‘p qirrali malakalari yutug‘ va muvaffaqiyatsizlik sabablarini aniqlashga yordam beradi. Bu maslaxatchilar g‘oyalarini to‘g‘ri baholashga va biznesmenning obro‘sini ko‘tarishga yordam beradi. Xavf-xatarni kamaytirish uchun tadbirkorlik faoliyatida va ayniqsa, xo‘jalik xatari katta bo‘lgan joyda o‘z ishining mutaxassisi bo‘lgan maslahatchilarni tashqaridan taklif qilish foydali.


^ 6.3 Moliya ta’minoti manbalarini izlash


Tadbirkorlik faoliyatida mablag‘ manbalarini izlashda ikkita asosiy model bor4. Keng tarqalgani, mumtoz (klassik) shakllaridan biri tadbirkorlik tuzilmalarining bor moliya zaxiralaridan eng ko‘p foyda olish uchun yo‘naltirishdan iborat. Bunda korxona tadbirkori yoki menejerining ish uslubi shundan iborat: naqd pul mablag‘larini hisoblash, tadbirkorlik g‘oyalarini amalga oshirishda erishiladigan maqsadni o‘rganish va yuqori foyda olishni ko‘zlab qilingan boshqa xatti-harakatlar.O‘z faoliyatini boshlayotganda eng qulay pul topish yo‘llari quyidagilardan iborat:savdo-vosita xizmatidan tushgan pul jamg‘armasi yoki tovar olib-sotish, uzoq yaqin xorij mamlakatlariga borib xalq iste’mollarini oldi-sotdi qilib foyda ko‘rish, xizmatning barcha turlari, aksiyaning dividendi, obligatsiyaning foizi, merosdan pul va mulk olish, bankdagi omonatdan foyda ko‘rish, ijaraga berilgan ko‘chmas mulkdan foyda olish, xayr-saxovat va xomiylikdan tushgan mablag‘.

Ikkinchi model “Innovatsiya”. U ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun, xattoki o‘zining imkoniyatlari yetmagan taqdirda ham, har qanday imkoniyatdan foydalanishga qaratilgan. “Innovatsiya” modeli o‘zining mablag‘idan tashqari quyidagi moliya manbalarini ishlatishni taqozo qiladi: jalb qilingan mablag‘, davlat subsidiyasi, mahalliy budjet moliyasidan, bank kreditlari, kimmatbaho qog‘ozlar emissiyasi, investitsiya foizlari, chet el investitsiyasi.

2005 yilda qabul qilingan Prezident qarorlari va farmonlarida kichik biznesni davlat tomonidan qo‘llab -quvvatlashga katta ahamiyat berilmoqda. Hozirgi kunda bu qarorlarni amaliyotga tadbiq qilish dolbzarb masaladir. Chunki, ta’mirlash va eskirib qolgan asbob-uskunalarni almashtirish uchun investitsiyani bir necha barobarga oshirish lozimdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining .“Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish soxasidagi ustuvor yo‘nalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”5 14 iyun 2005 farmonida qayd etib o‘tilganidek, amaldagi qonun va nor­mativ xujjatlarining iqtisodiyotni isloh qilish va erkinlashti­rish bo‘yicha kutilgan vazifalarga muvofiqligi tanqidiy tahlil qilindi.


^ Qisqacha xulosalar


Rejalashtirish - boshqaruv jarayonining dastlabki bosqichlaridan biri bo‘lib, u maqsadni amalga oshirish, rivojlantirishda yo‘nalishni belgilash demakdir. Har qanday firma o‘z faoliyatini puxta va yaxshi rejalashtirishi kerak chunki, firmaning omon qolishi va foyda ko‘rishi shunga bog‘liq bo‘ladi.Rejlashtirishda maqsadni aniq belgilash,biznes loyihalarini texnik-iqtisodiy asoslash, maslahatchilar xizmatidan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. Kichik biznesga tadbirkorlik loyihalarining taqrizchilarni jalb etish, ayniqsa, muhimdir.


Nazorat va muloxaza uchun savollar.


1. Kichik biznеs xojalik sub'еktlarini faoliyatini rеjalashtirish darkormi?

2. Strategik rejalashtirish konsepsiyasining mohiyati nima?

3.Kichik biznesda strategik rejalashtirish mazmunini tushuntiring.

4.Tadbirkorlik g‘oyasini samarali bo‘lishi uchun nimalarni amalga oshirish zarur?

5.Tadbirkorlik g‘oyalarining yashovchanligini taminlovchi qanday elementlarni bilasiz?

6.Tadbirkorlik loyihalarini texnik-iqtisodiy asoslash qay tartibda olib boriladi?

7.Dastlabki tijoratchilik takliflarini asoslash nima uchun kerak?

8. Maslaxatchilarni jalb etish nima uchun kerak?

9. Tadbirkorlik faoliyatida mablag‘ manbalarini izlashdagi ikkita asosiy modeli haqida so‘zlab bering.

10. Tadbirkorlik g‘oyalarini amalga oshirishda yuqori foyda olishni ko‘zlab qilingan boshqa xatti-harakatlar rеjalashtirish qanday orin tutadi?
^

Asosiy adabiyotlar





  1. Ғуломов С.С. “Тадбиркорлик ва кичик бизнес: Ўқув қўлланма/ - Т.: Шарқ, 2002.– 102 б..

  2. Джон Беоджерс.Ден Штайнхофф, Основы управления малым бизнесом. Перевод с англ. - М.: БИНОМ, 1997.- 496с

  3. Кичик бизнесни бошқариш: Ўқув қўлланма /М.С. Қосимова , Б.Ю.Ходиев, А.Н.Самадов, У.С.Мухитддинова. - Т.: Ўқитувчи, 2003.–240 б.

  4. Кичик тадбиркорлик фаолияти асослари 1-қисм:Ўқув- амалий қўл-ланма/Б.Ю.Ходиев, Г.А.Самадов,М.С. Юсупов ва бошқалар. Т.: ЕҲ ТЕМПУС дастури “Матодор-2000” лойиҳаси, 2004.–144бет

  5. http://www.itaiep.doc.gov/bisnis/bisnis/html




1 Манба:Gayle Sato Stodder, “On the Small Side”Entrepreneuer. Июнь ,1991.- .209-210p.

2 Джон Беоджерс.Дэн Штайнхофф, Основы управления малым бизнесом. Перевод с англ. - М.: БИНОМ, 1997 .- 67 с.

3 Гуломов С.С. “Тадбиркорлик ва кичик бизнес: Ўкув кўлланма/ - Т.:Шарк, 2002.– 102 б.

4 Гуломов С.С. “Тадбиркорлик ва кичик бизнес: Ўкув кўлланма/ - Т.:Шарк, 2002.– 102 б.

5 Бозор ислохотларини чукурлаштириш ва иктисодиётни янада эркинлаштириш сохдсидаги устувор йуналишлар амалга оширилишини жадаллаштириш чора-тадбирлари тўгрисида. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 14 июн 2005й. фармони .:Халк сузи 15 июн 2005 й.



Похожие:

Kichik biznes faoliyatini rejalashtirish kichik biznesfaoliyatini strategik rejalashtirish iconKichik biznes subyektlarining tashqi iqtiisodiy faoliyati 16 Kichik biznes korxonalari samaradorligini oshirishda tashqi iktsodiy faoliyatni o‘rni

Kichik biznes faoliyatini rejalashtirish kichik biznesfaoliyatini strategik rejalashtirish iconKichik biznes korxonalari boshqaruvining tashkiliy tuzilishi kichik biznes korxonalari boshqaruvi strukturasi

Kichik biznes faoliyatini rejalashtirish kichik biznesfaoliyatini strategik rejalashtirish iconKichik biznes korxonalarini rivojlantirishda lizingdan foydalanish 17. 1 Kichik biznesda lizingdan foydalanishning ahamiyati

Kichik biznes faoliyatini rejalashtirish kichik biznesfaoliyatini strategik rejalashtirish iconKichik biznesda marketing faoliyatini tashkil etish 21 Kichik biznesda marketing maqsad va vazifalari

Kichik biznes faoliyatini rejalashtirish kichik biznesfaoliyatini strategik rejalashtirish iconKichik biznes korxonalari uchun biznes reja ishlab chiqish

Kichik biznes faoliyatini rejalashtirish kichik biznesfaoliyatini strategik rejalashtirish iconДокументы
1. /Biznes - rejalashtirish. O'quv qo'llanma.doc
Kichik biznes faoliyatini rejalashtirish kichik biznesfaoliyatini strategik rejalashtirish iconKorxona faoliyatida biznes rejalashtirish
«tadbirkorlar Rossiyani qutqaradilar» shiori garchi nafaqat Rossiya, balki barcha sobiq ittifoq mamlakatlarining barchasida ham biznes...
Kichik biznes faoliyatini rejalashtirish kichik biznesfaoliyatini strategik rejalashtirish iconBozor iqtisodi sharoitida rejalashtirish va bashorat qilish bozor sharoitlarida rejalashtirish va bashorat qilishning obyektiv zarurati

Kichik biznes faoliyatini rejalashtirish kichik biznesfaoliyatini strategik rejalashtirish iconKichik biznes subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, sertifikatsiyalash tartibi

Kichik biznes faoliyatini rejalashtirish kichik biznesfaoliyatini strategik rejalashtirish iconДокументы
1. /kichik biznes chiqarishga tayyor.doc
Загрузка...
Разместите кнопку на своём сайте:
Документы


База данных защищена авторским правом ©uz.denemetr.com 2000-2015
При копировании материала укажите ссылку.
обратиться к администрации