Документы



Kichik biznes korxonalari uchun biznes reja ishlab chiqish icon

Kichik biznes korxonalari uchun biznes reja ishlab chiqish

НазваниеKichik biznes korxonalari uchun biznes reja ishlab chiqish
Дата24.06.2013
Размер77.55 Kb.
ТипДокументы
скачать

KICHIK BIZNES KORXONALARI UCHUN BIZNES REJA ISHLAB CHIQISH



    1. Biznes rejaning mohiyati va ahamiyati


Biznes-reja - bu aniq vaziyatda biznesning mohiyati, uni amalga oshirish, kengaytirilishi aks etadigan xujjat. Kichik biznesining asosiy maqsadi foyda olishdir. Rejalashtirilayotgan bitimni amalga oshirish oldidan katta mablag‘ ishlatishni va shu mablag‘ qancha foyda keltirishini hisob-kitob qilib chiqish lozim. Biznes-reja u yoki bu ishlab chiqarishga pul kiritish joizmi, barcha xarajatlarni qoplaydigan miqdorda daromad olinadimi degan savollarga javob beradi. Shu bilan birga u funktsional vazifalariga ko’ra ishlab chiqarishni tashkil qilish, texnika va texnologiyalar, korxonaning moliyaviy rejalari bilan bog’liq muhim masalalarni hal qilishga qaratiladi

Kichik biznеs boshqaruvchilari uchun biznes-reja xo’jalik boshqaruvi vositasi sifatida namoyon bolishi lozim.

Aniq va togri ishlab chiqilgan biznes-reja ishlab chiqarishni faol rivojlantirish va shu bilan bir paytda uning dinamikasini nazorat qilish, investorlar, hamkorlar va kredit resurslarini jalb qilishni amalga oshiradi.

Biznes-reja quyida keltirilgan uchta asosiy funktsiyalarni bajarishga bog’liq degan fikr ham mavjud:1

  • biznes yuritish kontseptsiyasini ishlab chiqish;

  • korxona faoliyatining amaldagi natijalarini baholash;

  • pul mablag’larini jalb qilish zarurligini asoslab berish.

Yuqorida keltirilgan sharhdan ko’rinib turibdiki, biznes-rejani tuzish zarurati ayrim hollarda o’z biznesini yaratish bilan, ikkinchi holda bank yoki boshqa moliyaviy muassasadan pul olish niyati bilan, uchinchidan esa tijorat loyihasini amalga oshirish, yangi korxona yaratish zarurati bilan asoslanadi.

Biznes-reja birinchidan, korxonaning barcha bo’lim va xizmatlari majburiyatlari va javobgarligini aniqlashga imkon beradi, ikkinchidan, ularni korxona istiqboli bilan shug’ullanish hamda korxona maqsadlarini va ularga erishish yo’llarini aniqlashga majbur qiladi, uchinchidan, korxona faoliyatining muhim yo’nalishlari bo’yicha ko’rsatkichlarni belgilab beradi, to’rtinchidan esa, korxonaning bozordagi kutilmagan o’zgarishlarga yanada moslashuvchan va tayyor qilib qo’yadi.

Biz­nes-reja tuzishda vaqt omilini doimo hisobga olish kerak. Boshqacha qilib aytganda, keladigan foyda vaqtga qarab qanday taqsimlanadi va inflatsiyaga nisbatan uning samarador­ligi qanday bo‘lishligini, omonat bankka qo‘yilgan shu miqdordagi mablag‘ keltiradigan foizdan ko‘p bo‘lishini ta’minlashini hisob-kitob qilib chiqish lozim. Biznes rejada ilg‘or texnologiya va bozor tadqiqotlarining natijalari, yangi ish tashkil qilish va tadbirkorlik rejalarini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan tashkiliy-boshqaruv va moliya muammolarini hal qilishi kerak. Biznes-reja kichik biznes boshqaruvchisi tomonidan ishlab chiqiladi, agarda boshqa muammolar bo‘yicha maslaxatlar kerak bo‘lsa, bu ishga boshqa soha mutaxassislari jalb kilinishi mumkin. Odatda bunday rejalar 3-5 yil mudadtga tuziladi. Tadbirkorlik tomonidan birinchi yildagi olinadigan samara oylar sayin batafsil, keyingi yili - taqvimlar bo‘yicha, keyinchalik yil bo‘yicha hisoblanadi. Biznes-reja kerakli tashkilotlar(omonatchilar) tasdig‘idan o‘tgan taqdirda (xissadorlik jamiyati bo‘lsa), birinchi yilga alohida ish vazifalarini ishlab chiqishga asos bo‘ladi.

Shunday qilib, kichik biznes korxonasi faoliyatining kuchli va zaif tomonlarini hisobga oluvchi, mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan eng samarali foydalanish va kutilayotgan miqdorda foyda (daromad) olishga yo’naltirilgan real biznes-reja ko’proq muvaffqaiyatga erishishi mumkin.


^ 7.2. Biznes-reja ishlab chiqish jarayoni

Biznes-rejaning tarkibi, tuzilmasi, ko’rsatkichlari va boshqa jihatlari odatda korxonaning hajmi (quvvati), yo’nalishi, iqtisodiy va moliyaviy holati bogliqdir.

Endi ish boshlayotgan tadbirkor yoki faoliyat yuritayotgan kihcik korxona Agar o’z ishini boshlash va buning uchun zarur bo’lgan boshlang’ich kapitalni, jumladan, bank kerditlari hisobiga shakllantirishi lozim. Bu bilan bog’liq bo’lgan tadbirkorlik uchun biznes-rejaning mazmuni va uni tayyorlash bosqichlari ma’lum bir (umumiy) ko’rinishga ega bo’ladi. Yangiliklar kiritish yoki bankrotlik yoqasida turgan korxona uchun biznes-reja boshqa ko’rinishga ega bo’ladi. Shunday bo’lsada, har qanday biznes-rejada tanlangan biznes kontseptsiyasi ochib beriluvchi, taklif qilinayotgan mahsulot, ish yoki xizmatlarnig o’ziga xosligini tavsiflovchi, shuningdek, istiqbolda olinishi lozim bo’lgan foyda (daromad) va biznesni kengaytirish aks ettiriluvchi bo’limlar mavjud bo’ladi.

Biznesni rejalashtirish ikki bosqichda amalga oshiriladi.2 ^ Birinchi bosqichda biznes-rejaning loyiha varianti ishlab chiqilib, unda o’tgan yilda erishilgan natijalar tahlili va kelgusi yillar uchun o’z imkoniyatlarini baholash hisobiga dastlabki hisob-kitoblar amalga oshiriladi. Biznes-reja barcha hisob-kitoblarda belgilangan texnologik jarayonlarga, ichki zahiralardan to’liq foydalanishga asoslanishi hamda zarur hollarda tashkiliy va texnik-iqtisodiy tadbirlar bilan mustahkamlanishi lozim.

Ushbu bosqichda chiqariladigan mahsulotga jamiyat ehtiyojlari va bozor talabini aniqlash katta ahamiyatga ega. Gap shundaki, jamiyatning aniqlangan ehtiyojlaridan tashqari, iste’molchilar mahsulotni xarid qilish uchun sarflaydigan va korxona ushbu ehtiyojlarni qondirish uchun mahsulot ishlab chiqarishga sarflovchi resurslarning cheklanganligi ham mavjud. Shuning uchun “ehtiyoj - resurslar” bog’liqligi biznes-rejaning asosiy bo’g’ini hisoblanadi. Ehtiyojlarni aniqlash korxonani iste’molchilik talabiga ega bo’lmagan mahsulot chiqarish uchun xarajatlar sarflashining oldini oladi, talab qilinuvchi resurslar hisob-kitobi esa xato va kamchiliklarga yo’l qo’ymaydi.

^ Ikkinchi bosqich bu biznes-rejani yakuniy ishlab chiqish va uni korxonaning rasmiy hujjati sifatida tasdiqlashdir. Aynan shu sifatda biznes-reja huquqiy kuchga ega bo’lib, turli idora va muassasalarga, xususan, banklardan moliyaviy resurslar olish uchun taqdim etilishi mumkin.

Har qanday istiqbolli hujjat kabi, biznes-reja ham iste’mol bozorida va umuman iqtisodiyotda ro’y berayotgan o’zgarishlarni hisobga olgan holda vaziyatga ko’ra qayta ko’rib chiqilishi, zarur hollarda o’zgartirishlar kiritilishi mumkin. Eng asosiysi u korxonaning bozordagi ulushini saqlab qolishga ko’maklashishi, kelgusida ishlab chiqarish va sotish biznes-rejaning asosiy qismidan o’rin egallovchi mahsulotning hayotiylik davrini uzaytirishga xizmat qilishi lozim. Yakuniy maqsadning bittaligiga qaramay, biznes-rejani ishlab chiqishning har bir bosqichi bajarishi lozim bo’lgan belgilangan vazifalar doirasi mavjud. Birinchi bosqichda asosan korxonaning iste’molchilarga taklif qilishi mo’ljallanayotgan tovar va xizmatlar tarkibini tanlash (yangi mahsulot, modifikatsiyalangan yoki an’anaviy mahsulot), ishlab chiqarish dasturini bajaruvchi bo’yicha taqsimlash, talab qilinadigan xom-ashyo, material va boshqa zarur vositalar hajmini, shuningdek, tayyor mahsulotni sotish kanallarini aniqlash, mahsulot tannarxi, kutilayotgan foyda va hokazolarni hisob-kitob qilish vazifalari bajarilsa, ikkinchi bosqichda barcha dastlabki hisob-kitoblar birlashtiriladi va korxona biznes-rejasini shakllantirish yakunlanadi.

Biznes-rejani ishlab chiqishning birinchi bosqichidagi hisob-kitoblar qanchalik aniq va bexato bajarilgan bo’lsa, uning boshqaruv hujjati va xo’jalik yuritish vositasi sifatidagi ishonchliligi shunchalik yuqori bo’ladi. Biznes-reja bosqichlarini ishlab chiqish o’rtasida uzoq tanaffus bo’lmasligi va ortiqcha axborot bilan to’ldirib tashlanmasligi lozim. To’liq biznes-rejaning matni ellik varaqdan oshmasligi lozim. Biroq so’nggi yillarda, xususan, raqobat kuchli bo’lgan soha va tarmoqlarda qisqartirilgan biznes-rejalar keng qo’llanayotgan bo’lib, ularning hajmi 10-15 varaqdan ortmayapti. Shunday bo’lsada, biznes-reja har qanday variantida korxona missiyasini bajarish va uning pirovard maqsadlariga erishishni ta’minlashga xizmat qilishi lozim.

Biznes rejani shakllantirishni yangi korxonani tashkil etish yoki korxona faoliyatiga muhim o’zgartirish kiritish g’oyasi bir necha bosqichlarda amalga oshiriladi3. (7.1-rasm):







7
Missiyani bеlgilash

(firma falsafasi) Missiyani bеlgilash

(firma falsafasi)
.1-rasm. Biznes-rejani ishlab chiqish bosqichlari.

Biznes-rejani tayyorlashning birinchi bosqichida korxona missiyasi (korxona falsafasi) – xo’jalik subyektining qisqacha ta’rifi, uning maqsadlari, burchi, faoliyat sohalari, harajat me’yorlari va mintaqa, jamiyatning ijtimoiy vazifalarini xal etishdagi o’rni aniqlanadi.

^ Ikkinchi bosqich – biznes-reja maqsadlarini ishlab chiqish. Maqsad- bu korxonaning kelgusidagi ko’zda tutilgan, istalgan xolati.

Biznes tizimida maqsad beshta funktsiyani bajaradi.

  • tashabbus - firmaning xozirgi va ko’zda tutilgan, istalgan xolatini, harakatlar motivlarini taqqoslash, solishtirish.

  • qarorlar qabul qilish mezonlari - axborotlar va muqobillarni tanlash, biznesdagi ustivor yo’nalishlarni baholash;

  • boshqarish vositalari - harakatlarni boshqaruvchi talablar, biznes yo’nalishlarini aniqlash;

  • muvofiqlashtirish - qarorlar qabul qiluvchi shaxslar o’rtasida nizosiz munosabatlarni ta’minlash, maxsuslashtirilgan bo’linmalar ishlarini moslashtirish, muvofiqlashtirish.

Har qanday korxona murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizim sifatida ko’p maqsadli xarakterga ega.

Korxonani faoliyati davomida strategik maqsadlarni amalga oshirish bilan bir vaqtda ko’plab taktik va tezkor maqsadlarni ham hal etadi. Sof iqtisodiy maqsadlar bilan ijtimoiy, texnikaviy va tashkiliy vazifalar chambarchas bog’liqdir. Maqsadlarni tuzilmalarga ajratish turli xil jixatlar bo’yicha amalga oshirish mumkin (7.1-jadval).4

7.1-jadval.

^ Korxona maqsadlarining taxminiy tasnifi.




Tasniflash belgilari

Maqsadlar guruhlari

1

Mazmuni (predmeti)

Iqtisodiy

Tashkiliy

Siyosiy

Ishlab chiqarish

Ijtimoiy

Texnologik

Ilmiy

Estetik

Psixologik

2

O’lchami

Maksimum

Ko’p emas

Minimum

Kam emas

3

Rejalashtirish miqyoslari

Uzoq muddatli (strategik)

O’rta muddatli (taktik)

Qisqa muddatli (tezkor)

4

Harakatlar sohasi

Global

Regional

Oliy

Oraliq

Milliy

Lokal (mahalliy)

Yo’ldosh(qo’shimcha)

Quyi

5

Ierarxiya darajasi

Korxona

Tuzilmaviy bo’linma

6

O’zaro munosabatlar

Komplementar

Indeferent

Raqobatli

7

O’lchamlilik

Miqdoriy

Sifat jixatdan (o’lchovsiz)

8

Yo’naltirilganlilik

Tijorat

Notijorat (ijtimoiy)

9

Muxit

Ichki

Tashqi

10

Subyekt

Individual (shaxsga yo’naltirilgan)

Guruhga (kollektivga) yo’naltirilgan


Maqsadlar aniq tushunarli bir ma’noda tushuniladigan bo’lishi va korxonaning kelajakdagi xolatini aks ettiruvchi atamalar orqali ta’riflanishi kerak.

Biznes-rejani ishlab chiqishning uchinchi bosqichida biznes-rejaning tuzilmasi belgilab olinadi.

^ To’rtinchi bosqichda biznes-rejaning har bir bo’limini ishlab chiqish uchun zaruriy axborotlarni to’plash amalga oshiriladi. Bu rejalashtirishning eng muhim sermehnat qismi hisoblanadi. Axborotlar manbai sifatida tarmoqning maxsus axborotnomalaridan, loyiha tashkilotlari me’yorlaridan, tahlil bilan shug’ullanuvchi maxsus firma xizmatlaridan, statistika idoralari materiallaridan, maxsus tadqiqotlar va kuzatishlardan, yuqori malakali iqtisodchilardan, maslahatchilardan hamda korxonaning ichki muhiti va o’z ishini yaxshi biladigan korxona xodimlaridan foydalanish mumkin.

Rejalashtirishning beshinchi bosqichi - bevosita biznes-reja bo’limlarini ishlab chiqish va uni yagona xujjat sifatida rasmiylashtirish


^ 7.3. Biznes rejaning asosiy bo‘limlari


Faoliyat korsatayotgan kichik biznes korxonalari faoliyat turi, yo‘nalishi, maqsadi, faoliyat hajmi bir xil emasligi sababli ularning har biri uchun biznes-rejani ishlab chiqish bo’yicha detalli tavsiya berishning imkoni yo’q. Shunday bo’lsada, zamonaviy iqtisodiyot fanida biznes-rejaning taxminiy tuzilmasi ishlab chiqilgan bo’lib, quyida uning ayrim variantlari keltirilgan 5(7.2-jadval).

Keltirilgan variantlardan ko’rinib turibdiki, biznes-rejaning qat’iy tartibga solingan tuzilmasi mavjud emas. Biroq biznes-rejalarning har bir turi uchun xarakterli bo’limlar mavjud bo’lib, ularda tanlangan biznes (ishlab chiqarish) kontseptsiyasi, taklif qilinayotgan mahsulot yoki xizmatning o’ziga xosliklari, marketing va menejment, tavakkalchilikni baholash, moliyaviy ta’minot va natijalar aks ettiriladi. Qabul qilingan har bir biznes-reja tuzilmasi quyidagi savollarga javob berishi lozim: ishlab chiqarishni nimadan yoki qanday boshlash kerak, ishlab chiqarishni qay tarzda samarali tashkil qilish mumkin, ilk daromad (foyda) qachon olinadi, investorlar va kreditorlar bilan qanchalik tez hisob-kitob qilish mumkin, tavakkalchilik darajasi va uni kamaytirish imkoniyatlari qanday.

Biznes-rejaning har bir bo’limi o’z mazmuniga, ko’rsatkichlar tizimi va ularni hisob-kitob qilish usullariga ega bo’ladi. Biroq, bu biznes-rejaning yaxlit va to’liqligiga putur etkazmaydi. Barcha bo’limlar o’zaro bog’liq bo’lishi hamda korxonaning potentsial ishlab chiqarish imkoniyatlarini amalga oshirishga xizmat qilishi lozim. Biznes-rejaning ayrim bo’limlarini alohida ko’rib chiqamiz.

Potensial biznes hamkor biznes-rejaning berilishi bilan qisqacha tanishishi kerak, chunki u turli xil ishbilarmonlik tuzilmalari bilan hamkorlik qiladi. Biznes-rejaning kirish qismida qisqacha tushuntiruv yozuvi bo‘lishi kerak.


7.2-jadval

^ Biznes-rejaning taxminiy tuzilmasi



I variant

II variant

III variant

IV variant

V variant

Bo’lajak biznesni qisqacha ta’riflash.

Bozor.

Xodimlar malakasi va tajribasi, mavjud moliyaviy vositalar.

Taklif qilinayotgan mahsulotning ustunliklari.

Bo’lajak biznesni tashkil qilish.

Kelajakka nazar.

Moliyaviy vazifalar.

Pul mablag’laridan foydalanish.

Ilova.

Biznes tarixi.

Biznes-rejaga kirish.

Biznesni identifikatsiya-lash.

Maqsad.

Biznesni ta’riflash.

Bozor.

Raqobat.

Menejment.

Xodimlar.

Joylashuv.

Moliyaviy ma’lumotlar.

Hisobot .

Qisqacha mazmun (rezyume).


Tanlangan biznes kontseptsiyasi.

Ayni paytdagi vaziyat.

Yaratilayotgan korxona tavsifnomasi.

Boshqaruv.

Bozor tahlili va tadqiqotlari.

Marketing harakatlari rejasi.

Ishlab chiqarish rejasi.

Tavakkalchi

likni baholash.

Moliyaviy reja.

Kirish.

Korxonani ta’riflash.

Mahsulotni ta’riflash.

Marketing rejasi.

Ishlab chiqarish rejasi.

Tashkiliy reja va menejment.

Moliyaviy reja.

Loyiha samaradorligi.

Ilova.

Firma imkoniyatlari (rezyume).

Tovar (xizmat) turlari.

Tovar (xizmat) sotuv bozori.

Sotuv bozorida raqobat.

Marketing rejasi.

Ishlab chiqarish rejasi.

Tashkiliy reja.

Firma faoliyatining huquqiy ta’minoti.

Tavakkalchilikni baholash va sug’urtalash.

Moliyaviy reja.

Moliyalash

tirish strategiyasi.



Biznes reja bo‘limlarida quyidagilar aks etishi kerak:6 korxona haqida ma’lumot-korxona nomi va uning joylashgan yeri, ishlab chiqariladigan mahsulotlar yoki xizmatlar nomlari va asosiy raqobatchilar,boshqaruv tizimi bayon qilinadi.

^ Ishlab chiqariladigan mahsulot va xizmat turlari. Bu bo‘limda sotishga chiqariladigan hamma mahsulot va xizmatlar ko‘rsatiladi, ulardan foydalanish imkoniyatlari, bunda ularning asosiy va ikkilamchi foydalanish usullari ko‘rsatiladi. Hozirda bozorga chiqarilayotgan tovar bilan korxona taklif qilayotgan tovar o‘rtasidagi farqlar aytib o‘tiladi, yangi mahsulotning ustunligini isbotlalanadi.

^ Bozorga chiqish, ishlab chiqarish va sotish hajmining o‘sish strategiyasi. Marketing rejasida asosiy muvaffaqiyat omillari (masalan, bozor uchun yangi mahsulot, vaqtdan yutish, bozorga chiqishdagi afzallik va boshqalar), narxlarga yondashish, sotish usullari va mahsulot reklamalari ko‘rsatiladi. Biznes strategiyasi quyidagi bozor axborotlariga suyanadi: ishlab chiqarishning o‘lchamlari, jug‘rofiy tavsif va raqobatning mavjudligi, imkoniyatlari.

^ Mahsulot sotish bozorini iqtisodiy baholash. Bu qism biznes-rejada asosiy hisoblanadi. Bunda, ishbilarmon, bozorning butun tuzilishi, tarmoqning rivojlanishini aks ettirishi, egallamoqchi bo‘lgan bozor segmentini ajratish va raqobatchilar faoliyatini tavsiflashi, bozordagi shaxsiy xissasi dinamik o‘sishini isbotlashi kerak. Kichik biznes boshqaruvchisi kim uning mahsuloti haridori bo‘ladi; u qancha tovar sotib olishi mumkin; qanday qilib o‘z tovarini o‘tkazadi (to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa, ekspert, diler, vositachi orqali, birja va broker orqali); mahsulotning kelgusidagi (3-5 yildagi) bozor potensiali; raqobatchilarning mavjudligi va imkoniyatlari, “kurashish” usullari haqida aniq ma’lumotlga ega bo‘lishi kerak.Bo‘limning oxirgi qismida ishbilarmon istiqboldagi 3-5 yilga qisqacha bashorat berishi kerak Uning fikri bo‘yicha qancha hajmda mahsulot sotish mumkin? Bozorda raqobatchilar bilan qanday usullar yordamida kurashish mumkin? Kelajakda mahsulot ishlab chiqarishning qaysi strategiyasini tanlash mumkin? Xuddi shu savollar, tushunarli tarzda, biznes rejaning keyingi bo‘limlarida ko‘rsatiladi.

^ Ishlab chiqarish jarayoni. Kichik biznes boshqaruvchisi ishlab chiqarishni tayyorlashdan tortib, to texnika xavfsizli-gini ta’minlash va ishlab chiqarish madaniyatigacha tushunti-rish matni beriladi.Kichik biznes boshqaruvchisi mahsulot ishlab chiqarish uchun qaysi materiallar kerak bo‘lishi, qanday mashinada mahsulot ishlab chiqilishini oldindan rejalashti-radi. Ishlab chiqarish kuvvati haqida tavsif beriladi, ishga tushishi muddati ko‘rsatiladi. Moddiy texnika ta’minoti masalasi alohida ko‘rib chiqiladi, ya’ni “qayerdan, kimdan, qanday materiallar sotib olinadi? Qanday tashib keltiriladi?” va boshqalar. Yetkazib beruvchilarning mahsulot sifati va yetkazib berish kafolatlari bayon qilinadi.

^ Mahsulotning raqobatbardoshliligini bashorat qilish. Bu bo‘limda tovarlar (xizmatlar) assortimenti, ular-ning ro‘yxati, oylik yoki yillik sotilgan mahsulot soni va hajmi beriladi. Bu bo‘limning maqsadi-kreditorlarni (banklarni), investorlarni yoki yangi foydalanuvchilarni mahsulotdan ko‘p foyda olish mumkinligiga ishontirishdir. Ammo, ishbilarmon har xil vaziyatlarda investorni o‘z mahsulotining raqobatchi tovardan afzalligi borligi bilan ishontira bilishi kerak. Bo‘limning oxirgi qismida ishbilarmon o‘z haridoriga ko‘rsatadigan qo‘shimcha xizmat turlarini taklif qilishi mumkin. (Masalan: uyga transport vositalari yordamida bepul yetkazish, narxni kamaytirish, kafolatlangan ta’mirlash ishlarini bajarish va boshqalar).

^ Marketing sohasining yo‘nalishi. Bu bo‘limda quyidagi savollar ko‘rib chiqiladi: ishbilarmon tanlagan tovarlar va ularni sotish usullari; mahsulotni oluvchi haridorlar; narx siyosati; haridorlarga xizmat ko‘rsatish uslubi va bozorni kengaytirish usullari (ya’ni haridorlarni izlash).O‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib va bozorni o‘rgangandan so‘ng, ishbilarmon, ommaviy tovar strategiyasini yoki ixtisoslashgan strategiyani tanlaydi. Shuningdeq u, mahsulotni qanday usul-lar bilan o‘tkazishni ko‘rib chiqadi: mahsulotni ulgurji, cha-kana sotish, ishchi kuchi va pul harajatlari hisoblanadi.

Bozorni segmentlash kichik firmalar uchun ham maqsadga muvofiqdir. U doimiy va potensial haridor aniqlangach, qanday hajmda mahsulot ishlab chiqarish kerakligi haqidagi savol bo‘yicha ma’lumotlar tahlili asosida hal qilinadi.

^ Boshqarish rejasi. Boshqaruv sohasidagi reja korxonaning boshqaruv tuzilmalari tahlili, ya’ni ishlab chiqarishni boshqarish texnologiyasining to‘zilishini rejalashtirish demakdir. Aslida u katta hajmda bo‘lmaydi (2-3 varaq), lekin bu bo‘lim ham asosiy bo‘limlardan hisoblanadi, chunki biznesdagi, ayniqsa kichik biznesdagi omadsizliklar birinchi galda boshqaruvning to‘g‘ri rejalashtirilmagan oqibatidir.

Bo‘limning boshida ishbilarmonlikning tashkiliy-huquqiy shakli beriladi. Boshqaruvchi organning tarkibi ko‘rib chiqiladi, korxonadagi yordamchi bo‘limlar va xizmatlar hamda ularning vazifalarini taqsimlash ko‘rsatiladi. Eng asosiy masala korxona boshqarish tuzilmasining samaradorligi hisoblanadi. Bo‘limning oxirgi qismida korxonaning tezkor rejasi yoki ish grafigini qisqacha shaklda berish maqsadga muvofiqdir.

^ Yuridik reja. Agar firma katta bo‘lib, u o‘zoq mudadtga mo‘ljallangan ishni rejalashtirayotgan yoki “yangi” ish boshlayotgan bo‘lsa yuridik reja mustaqil bo‘lim bo‘lib tuziladi. Bunda firma to‘g‘risida ma’lumotlar bilan bir qatorda, masalan, firma siyosati, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati, raqobat kurashining halolligi, ishning qonunga muvofiqligi, shartnoma va rejalarning o‘z vaqtida bajarilishi daromad manbalari va boshqalar berilishi mumkin. Bu bo‘limni yozish uchun, odatda, mutaxassis - yurist taklif qilinadi.Ayniqsa huquqiy me’yorlar o‘zgarganda kichik biznes boshqaruvchisi huquqiy sohada yaxshi bilimdon bo‘lishi kerak chunki bunaqa o‘zgarishlarni oldindan ko‘ra bilish yoki ularni o‘z vaqtida payqash va tushunish qonun buzilishining oldini oladi.

^ Moliyaviy reja. Moliyaviy reja yaqin 3-5 yil uchun moliyaviy natijalarni rejalashtiradi, agar korxona bir necha yil ishlayotgan bo‘lsa, o‘tgan davrga moliyaviy xisobot qilina-di.Moliyani rejalash-tirishning asosiy qismlari quyidagi xujjatlarni o‘z ichiga oladi:sotish hajmi bashorati; pul harajatlari va tushumlar balansi; daromad va harajatlar jadvali; korxonaning aktiv va passivlari boshlang‘ich balansi;zarar ko‘rmaslikga erishish grafigi.Bo‘limning oxirgi qismida, odatda korxonaning moliyaviy strategiyasi yoritiladi. Uning umumiy jihatlari tavsiflanadi va rejalashtirilgan 3-5 yil davrga ishlab chiqarishni moliyaviy ta’minlash masalalari ko‘rib chiqiladi. Birinchi navbatda, tadbirkor, olingan va boshlang‘ich ma’lumotlar asosida loyihani amalga oshirish uchun qancha mablag‘ kerak bo‘lishini aniqlaydi. Undan so‘ng u qayerdan mablag‘ olishni, qaysi muddatlarda olingan mablag‘larni qaytarishni, investorlarning korxonaga ko‘yilgan mablag‘larni qachon va qancha foiz bilan qaytarib, olishlarini belgilaydi. Bunday ma’lumotlar bank va kredit beruvchi tashkilotlarga ham zarur bo‘ladi. Bu bo‘limni sinchiklab, mukammal ishlab chiqilishi tadbirkorlikdagi xavf-xatar va tavakkalchilikni kamaytiradi.

^ Tashqi iqtisodiy faoliyat rejasi. Kichik biznes korxonasi yoki tadbirkor tashqi bozorga chiqmoqchi bo‘lsa va u yerda o‘z mavqeini saqlab qolmoqchi bo‘lsa, u holda biznes-rejaning ushbu bo‘limi ishlab chiqiladi. Bu bo‘limdan tovarni qaysi davlatga chiqarilishi, sotish hajmi, bo‘lg‘usi valuta tushumi, mavjud aloqalar haqida axborot beriladi. Rejada tashqi iqtisodiy aloqa shakllar ya’ni tashqi savdo, xalqaro hamkorliq kapital qo‘yish, korxonani qayta jixozlash, takomillashtirish; ilmiy, sanoat yoki ekologik loyihalarni birgalikda ishlab chiqarish; olimlar, mutaxassislar, ishchi kuchi bilan o‘zaro almashish, respublika territoriyasida boshqa davlatlar bilan qo‘shma korxona tuzish)ni tanlashda alohida ahamiyat beriladi. Chet el investitsiyalarini jalb qilishni rejalashtirgan tadbirko-rlik tuzilmalari tashqi iqtisodiy faoliyatning investitsion loyixasini alohida ishlab chiqishlari kerak bo‘ladi.

^ Qisqa xulosalar


Biznes-reja - bu aniq vaziyatda biznesning mohiyati, uni amalga oshirish, kengaytirilishi aks etadigan xujjat. Kichik biznesining asosiy maqsadi foyda olishdir.. Biznes-reja bir nechta bo’lim va ko’rsatkichlardan iborat bo’lib, ularning soni korxonaning hajmi, o’ziga xosliklari va boshqa xususiyatlariga bog’liq bo’ladi. Ilmiy adabiyotlarda 8 - 12 bo’limdan iborat bo’lgan biznes-rejalar tavsiya qilinadi.

Qaysi bo‘limni biznes rejaga kiritilishi kichik biznes faoliyati yo‘nalishiga bog‘liq. Biznes reja bo‘limlarida quyidagilar aks etishi kerak: korxona haqida ma’lumot, faoliyat turlari, kerakli mablag‘ga bo‘lgan extiyojning qisqacha bayoni, rejalashtirilgan foyda va loyixa rentabelligi, Ishlab chiqariladigan mahsulot va xizmat turlari. bozorga chiqish, ishlab chiqarish va sotish hajmining o‘sish strategiyasi- marketing rejasi mahsulot sotish bozorini iqtisodiy baholash, ishlab chiqarish jarayoni, mahsulotning raqobatbardoshliligini bashorat qilish,Marketing sohasining yo‘nalishi, boshqarish rejasi,yuridik reja, moliyaviy reja, tashqi iqtisodiy faoliyat rejasi. Biznes-reja amaliyotda asosan ikki bosqichda tayyorlanib,bu bosqichlarning har birida mos keluvchi vazifalar bajariladi.

Nazorat va muloxaza uchun savollar.


  1. Biznes rejaning mohiyati, maqsadi va ahamiyati nimadan iborat?

  2. Korxona maqsadlarining taxminiy tasnifini variantlarini keltiring

  3. Biznes-rejani ishlab chiqish bosqichlari nimadan iborat?

  4. Biznes-rejaning taxminiy tuzilmasi qanday bolimlarni oz ichiga oladi?

  5. Biznes rejaning asosiy bo‘limlarini mazmunini tushintirib bering.

  6. Kichik biznes korxonalarining tadbirkori, menejeri biznes-rejani ishlab

chiqarishning aniq sxemasi, tarkibi , hajmi tanlashda qanday omillarga e’tibor

beradi?

  1. Marketing sohasini yo‘nalishini belgilash nima uchun zarur?

  2. Yuridik reja qanday vaziyatlarda tuziladi?

  3. Moliyaviy, tashqi iqtisodiy faoliyat reja ahamiyati nimadan iborat?

  4. O‘zingizni korxonangiz biznes rejasini tuzing.

Asosiy adabiyotlar

  1. Махмудов Э.Х., Исоқов М.Ю., Нажимадинов Р.Д. Бизнес - режалаштириш. Маърузалар матни. - Т.: ТДИУ, 2005.

  2. “Ўз ишингизни яратинг ёки тадбиркор нималарни билиши лозим”- Т., ЮНИДО. “Бизнес маслахат маркази” лойиҳаси. 2003. -190 б.

  3. Махмудов Э.Х., Исаков М.Ю. Бизнес планирование. Учебное пособие. – Т.: Издательство Литературного фонда Союза писателей Узбекистана, 2004.

  4. Горемыкин В.А., Нестерова Н.В. Энциклопедия бизнес – планов: Методика разработки. 75 реальных образцов бизнес – планов. - М.: “Ось-89”, 2003.

  5. Ғуломов С.С.Тадбиркорлик ва кичик бизнес: Ўқув қўлланма -Т.: Шарқ, ,2002.-365б.

  6. Бизнес планирование. Подробное руководство по составлению, созданию и внедрению. [Электронный документ]. - (plan-business.ru).

1 Махмудов Э.Х., Исоков М.Ю., Нажимадинов Р.Д. Бизнес - режалаштириш. Маърузалар матни. - Т.: ТДИУ, 2005.

2 Махмудов Э.Х., Исоков М.Ю., Нажимадинов Р.Д. Бизнес - режалаштириш. Маърузалар матни. - Т.: ТДИУ, 2005.

3 Кarang, Горемыкин В.А., Нестерова Н.В. Энциклопедия бизнес – планов: Методика разработки. 75 реальных образцов бизнес – планов. - М.: “Ось-89”, 2003. –18 bet.

4 Махмудов Э.Х., Исоков М.Ю., Нажимадинов Р.Д. Бизнес - режалаштириш. Маърузалар матни. - Т.: ТДИУ, 2005.


5 Махмудов Э.Х., Исоков М.Ю., Нажимадинов Р.Д. Бизнес - режалаштириш. Маърузалар матни. - Т.: ТДИУ, 2005.


6 Гуломов С.С. “Тадбиркорлик ва кичик бизнес: Ўкув кўлланма/ - Т.:Шарк, 2002.– 102 б.



Похожие:

Kichik biznes korxonalari uchun biznes reja ishlab chiqish iconKichik biznes korxonalari boshqaruvining tashkiliy tuzilishi kichik biznes korxonalari boshqaruvi strukturasi

Kichik biznes korxonalari uchun biznes reja ishlab chiqish iconKichik biznes subyektlarining tashqi iqtiisodiy faoliyati 16 Kichik biznes korxonalari samaradorligini oshirishda tashqi iktsodiy faoliyatni o‘rni

Kichik biznes korxonalari uchun biznes reja ishlab chiqish iconKorxonaning biznes rejasi biznes-rejaning mohiyati va vazifalari
«biznes-reja korxonangiz gullab-yashnashi uchun kerakli yo’lni tanlab olishingizga xizmat qiluvchi hujjatdir. Biznesingiz bilan bog’liq...
Kichik biznes korxonalari uchun biznes reja ishlab chiqish iconДокументы
1. /Ishlab chiqarishni tashkil qilish va biznes reja.doc
Kichik biznes korxonalari uchun biznes reja ishlab chiqish iconKichik biznes korxonalarini rivojlantirishda lizingdan foydalanish 17. 1 Kichik biznesda lizingdan foydalanishning ahamiyati

Kichik biznes korxonalari uchun biznes reja ishlab chiqish iconKichik biznes faoliyatini rejalashtirish kichik biznesfaoliyatini strategik rejalashtirish

Kichik biznes korxonalari uchun biznes reja ishlab chiqish iconKichik biznes subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, sertifikatsiyalash tartibi

Kichik biznes korxonalari uchun biznes reja ishlab chiqish iconДокументы
1. /kichik biznes chiqarishga tayyor.doc
Kichik biznes korxonalari uchun biznes reja ishlab chiqish iconДокументы
1. /Biznes reja.doc
Kichik biznes korxonalari uchun biznes reja ishlab chiqish iconДокументы
...
Загрузка...
Разместите кнопку на своём сайте:
Документы


База данных защищена авторским правом ©uz.denemetr.com 2000-2015
При копировании материала укажите ссылку.
обратиться к администрации