Документы



Moliyaviy va boshqaruv hisobi” icon

Moliyaviy va boshqaruv hisobi”

НазваниеMoliyaviy va boshqaruv hisobi”
Дата24.06.2013
Размер25.13 Kb.
ТипДокументы
скачать



Moliyaviy va boshqaruv hisobi”

fanidan


O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi o’quv-metodik birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash tomonidan iqtisodiy ta’lim yo’nalishlari talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan


Kirish


Bugungi kunning eng dolzarb muammosi — bu 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy inqirozi, uning ta’siri va salbiy oqibatlari, yuzaga kelayotgan vaziyatdan chiqish yo‘llarini izlashdan iborat.

Jahon bozorida talabning pasayib borishi oqibatida O‘zbekiston eksport qiladigan qimmatbaho va rangli metallar, paxta, uran, neft mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar va boshqa mahsulotlarning narxi tushib bormoqda. Bu esa, o‘z navbatida, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar va investorlarning eksportdan oladigan tushumlari kamayishiga olib keladi. Ularning foyda ko‘rishiga va ishlab chiqarish rentabelligiga, oxir-oqibatda esa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarimizning o‘sish sur’atlari va iqtisodiyotimizning boshqa tomonlariga salbiy ta’sir etadi.

Shubha yo‘q, jahon moliyaviy inqirozining ta’sirini kamaytirish va uning oqibatlarini bartaraf etish uchun bizda barcha zarur shart-sharoitlar mavjud.1 Avvalambor keyingi davr mobaynida mamlakatimizning iqtisodiy va moliyaviy salohiyatining puxta poydevorini, moliya-bank tizimining ishonchli boshqaruv mexanizmlarini o‘z vaqtida shakllantirib va mustahkamlab olganimiz bunga kafolat va asos bo‘lib xizmat qilishi muqarrar.

Shu munosabat xo’jalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobning to’g’ri yo’lga qo’yilishi va uning ustidan nazoratning samarali mexanizmini ishlab chiqish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.

Хususan, buxgalteriya hisobining ahamiyati sifatida xo’jalik yurituvchi subyektlarda hisob tizimining naqadar to’g’ri yuritilishi, xo’jalikning iqtisodiy-moliyaviy faoliyatini o’rganish va uning holatiga xolisona baho berish, shuningdek iqtisodiy ko’rsatkichlarning samaradorligini aniqlash hamda nazoratini o’rganish bugungi kunda talaba yoshlarga muhim dastur vazifasini o’taydi.

Iqtisodiyotni chuqurlashtirish jarayonida xo’jalik yurituvchi sub’eklarning iqtisodiy faoliyati makro va mikro darajada tahlil qilib, kelgusida ishlab chiqarish (ish va xizmat) ning hajmini bashoratlash, shuningdek, samaradorlikka erishish uchun muhim bo’lgan qarorlar qabul qilish iqtisodiy tahlil fanining metodikasini yanada takomillashtirib borishni taqozo etadi. Тahlil natijasida olingan muhim qarorlar bevosita xo’jalikning boshqaruv tizimini yaxshilash bo’lsa, ikkinchidan ushbu ma’lumotlar tashqi foydalanuvchilarning xo’jalik faoliyatiga bo’lgan qiziqishiga hamda qo’shimcha investitsiyaning kirib kelishiga zamin yaratadi.

Shu jihatdan “Moliyaviy va boshqaruv hisobi” fanini o’zlashtirish jarayonida talabalar bozor iqtisodiyotining o’ziga xos xususiyatlari hamda qonuniyatlarini hisobga olgan holda bu fanning mohiyati va ahamiyatini har tomonlama mukammal o’rganish zaruriyatini belgilab berdi.

“Moliyaviy va boshqaruv hisobi” fanining maqsadi - talabalarga buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit bo’yicha ilmiy-nazariy bilimlarni chuqurlashtirish, shuningdek ushbu bilimlarni amaliyotga tatbiq etish asosida foydalanuvchilar uchun zaruriy ma’lumotlarni shakllantirish, boshqaruv tizimi uchun zarur bo’lgan qarorlarni qabul qilish, korxonaning iqtisodiy-moliyaviy holatini tahlil etish, amalga oshirilayotgan iqtisodiy jarayonlarning nazoratini yuritish borasidagi ko’nikmalarni shakllantirishdan iboratdir.

Jahon talablariga javob beradigan, xalqaro tamoyillar va qoidalarga mos keladigan, O’zbekistonda buxgalteriya hisobini rivojlanishini huquqiy asoslarini ta’minlovchi qonun zarur edi.2 Qonun buxgalteriya hisobini tashkil etish, buxgalteriya hujjatlari va registrlari, aktiv va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish va baholashning asosiy printsiplari va qoidalari, o’z va qarzga olingan kapitalni hisobi, moliyaviy hisobotlar oldiga qo’yilgan negiz vazifalar, maqsad va talablarni belgilab berishini talab etadi.

O’zbekiston Respublikasi hududida amal qilayotgan qonuniy va me’yoriy hujjatlar barcha xo’jalik yurituvchi subyektlar uchun hisob siyosati me’yorlarini huquqiy ta’minlovchi asosiy hujjat bo’lib hisoblanadi.3

Shu boisdan, ushbu hujjatlar va bozor munosabatlari talablaridan kelib chiqib, buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit ixtisosligi bo’yicha malakali kadrlar tayyorlash hamda ularni o’qitishni talab qiladi. Shu jihatdan, «Moliyaviy va boshqaruv hisobi » fanining ushbu nashri iqtisodiy sohada ta’lim olayotgan talabalar, buxgalterlarning kasb malakasi va bilim darajasini oshirish muammolarini yechishga qaratilganligidir.

Mazkur darslikni tayyorlash jarayonida “Buxgalteriya hisobi», «Moliyaviy hisob», «Boshqaruv hisobi» fani bo’yicha tayyorlangan o’quv adabiyotlari tahlil qilindi. Bular jumlasiga, «Moliyaviy hisob» (О.Бобожонов ва К.Жуманиёзов. Дарслик, 2002й), «Бухгалтерский управленческий учет» (М.А.Вахрушина. Учебник, 2000г), «Бухгалтерия щисоби» (Каримов А, Ф.Исломов. А.Авлоқулов. Дарслик, 2004й), «Замонавий бухгалтерия ҳисоби» (А.Сотиволдиев. Дарслик, 3-том, 2004й), Бухгалтерский учет (Н.Г.Кондраков. Учебник, 2004г), Бошқа тармоқларда бухгалтерия ҳисобининг хусусиятлари (С.Вохидов. Ўқув қўлланма, 2004й), Молиявий ҳисоб (И.Очилов. Ўқув қўлланма, 2004й) kabi o’quv adabiyotlari yaratilgan. Ushbu adabiyotlarning Хorijda chop etilganlari bizda amal qilinayotgan buxgalteriya hisobi schyotlar rejasiga ko’ra va ular namunaviy o’quv dasturimizdan ham farq qiladi. Respublikamizda chop etilganlari esa, dastur asosida yozilgan bo’lib, «Buxgalteriya hisobi va audit» yo’nalishlariga mo’ljallanganligidir. Biroq, namunaviy o’quv rejasiga binoan, boshqa iqtisodiyot yo’nalishlarida ta’lim olayotgan talabalarga «Moliyaviy va boshqaruv hisobi» fani sifatida o’qitilishi, ushbu fan bo’yicha darslik tayyorlashni taqozo qilmoqda. Shu boisdan, yuqorida keltirilgan adabiyotlar mazkur Fan bo’yicha tuzilgan namunaviy o’quv rejasiga mos kelmasligidir. Albatta yuqorida sanab o’tilgan darslik va o’quv qo’llanmalar yuqori saviyada yozilgan o’quv adabiyotlari hisoblanadi hamda ular nazariy-amaliy ahamiyatga egadir. Biroq, 2004 yildan boshlab xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga 21-sonli BHMSni tadbiq etilishi, ushbu adabiyotlarni ham qayta ishlashni taqozo qilmoqda. Bu standartga muvofiq, barcha subyektlarda xo’jalik jarayonlarini Yangi schyotlar rejasiga binoan, hisobga olishning o’ziga xos xususiyatlari yaratildi. Shu boisdan, “Moliyaviy va boshqaruv hisobi” fanidan darslikni yaratishga ehtiyoj sezilganligi bois, mualliflar tomonidan o’quv rejasiga ko’ra, namunaviy dastur asosida mazkur darslik tayyorlandi.

Shunday qilib, mazkur darslik o’quv rejasiga ko’ra, iqtisodiyot yo’nalishlarida ta’lim olayotgan talabalarga mo’ljallangan bo’lib, “Buxgalteriya hisobi nazariyasi”, “Moliyaviy hisob” va “Boshqaruv hisobi”, “Boshqaruv tahlili” va “Moliyaviy tahlil”, “Moliya va kredit”, “Soliqlar va soliqqa tortish”, “Menejment”, “Marketing”, “Statistika” kabi fanlar bilan uzviy bog’liqlikda o’rganiladi.

Kitob oliy o’quv yurtlarining talabalari uchun darslik sifatida tavsiya qilinadi. Shuningdek, darslikdan buxgalterlar, auditorlar, tadbirkorlar, menejerlar, iqtisodchilar va kasb-hunar kollejlari o’qituvchilari hamda talabalari ham qo’llanma sifatida foydalanishlari mumkin.


1 И.Каримов. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари.-Т.: Ўзбекистон.2009.

2 Ўзбекистон Республикасининг «Бухгалтерия ҳисоби тўғрисида»ги Қонуни, 1996 йил 30 август.

3 ЎзР ВМнинг «Маҳсулот (ишлар, хизматлар)ни ишлаб чиқариш ва сотиш харажатларининг таркиби ҳамда молиявий натижаларни шакллантириш тартиби тўғрисидаги Низом». 1999й 5-февралдаги 54-сонли қарори; Ўзбекистон Республикасининг 0-23-сонли «Бухгалтерия ҳисобининг миллий андазалари». 1998-2005 йиллар.



Похожие:

Moliyaviy va boshqaruv hisobi” iconДокументы
1. /moliyaviy va boshqaruv hisobi.doc
Moliyaviy va boshqaruv hisobi” iconДокументы
1. /info.txt
2. /moliyaviy va boshqaruv...

Moliyaviy va boshqaruv hisobi” iconДокументы
1. /UUB_Moliyaviy va boshqaruv hisobi.doc
Moliyaviy va boshqaruv hisobi” iconДокументы
1. /Boshqaruv hisobi (ma'ruza matnlari).DOC
Moliyaviy va boshqaruv hisobi” iconДокументы
1. /Uzoq muddatli moliyaviy investisiyalar hisobi.doc
Moliyaviy va boshqaruv hisobi” iconДокументы
1. /Boshqaruv hisobi (O'qitishning yangi pedagogik texnologiyasi).DOC
Moliyaviy va boshqaruv hisobi” iconKichik biznesni moliyalash va kredit bilan ta’minlash 13 Moliyaviy resurslar va moliyaviy kapitalning mohiyati

Moliyaviy va boshqaruv hisobi” iconMoliyaviy reja 11 Moliyaviy rejaning mohiyati va asosiy bo’limlari

Moliyaviy va boshqaruv hisobi” icon12-bob. Moliyaviy hisobot 12 Moliyaviy hisobotning mazmuni, mohiyati va tarkibi
«Debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g’risida ma’lumot» ham topshiriladi. 2 Shuningdek, hisobot shakllariga izohlar, hisob – kitoblar...
Moliyaviy va boshqaruv hisobi” iconMaktabgacha ta'limni rеjalashtirish va moliyaviy ta'minlash

Загрузка...
Разместите кнопку на своём сайте:
Документы


База данных защищена авторским правом ©uz.denemetr.com 2000-2015
При копировании материала укажите ссылку.
обратиться к администрации