Документы



Temuriylar davrida mamlakatning utimoiy-siyosiy, iqtisodiyva madaniy hayoti amir temur vorislari o`rtasida taxt uchun kurash va uning oqibatlari icon

Temuriylar davrida mamlakatning utimoiy-siyosiy, iqtisodiyva madaniy hayoti amir temur vorislari o`rtasida taxt uchun kurash va uning oqibatlari

НазваниеTemuriylar davrida mamlakatning utimoiy-siyosiy, iqtisodiyva madaniy hayoti amir temur vorislari o`rtasida taxt uchun kurash va uning oqibatlari
Дата20.05.2013
Размер76.19 Kb.
ТипДокументы
скачать
1. /Amir Temur/AMIR TEMUR SALTANATI.doc
2. /Amir Temur/TEMURIYLAR DAVRIDA MAMLAKATNING UTIMOIY.doc
3. /Amir Temur/АМИР ТЕМУР.doc
4. /Amir Temur/Амир Темур Ва Ибн Халдун Сиёсий-?у?у?ий ?арашларида Вазирлик Институтининг Ёритилиши.doc
Amir temur saltanati amir temurning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi
Temuriylar davrida mamlakatning utimoiy-siyosiy, iqtisodiyva madaniy hayoti amir temur vorislari o`rtasida taxt uchun kurash va uning oqibatlari
Амир темур
Амир Темур Ва Ибн Халдун Сиёсий-Ҳуқуқий Қарашларида Вазирлик Институтининг Ёритилиши

TEMURIYLAR DAVRIDA MAMLAKATNING UTIMOIY-SIYOSIY, IQTISODIYVA MADANIY HAYOTI

AMIR TEMUR VORISLARI O`RTASIDA TAXT UCHUN KURASH VA UNING OQIBATLARI

Taxt uchun kurash


Amir Temur vafot etgach, uning bir necha o`n yillar davomidagi sa'y-harakatlari natijasida barpo etilgan yirik saitanat parchalana boshladi. Buning asosiy sababi saitanat tasarrufiga olingan yurtlar va ellar shu qadar xilma-xil, uzoq masofalarga cho`zilgan bo`lib, ularni yagona bir markazdan turib boshqarish murakkab edi. Buning ustiga ulardagi muxolifatchi kuchlar ajralib chiqish uchun qulay payt kutardilar.

Saltanatning parchalanishida Amir Temur vorislari o`rtasidagi toj- taxt ilinjida' uzoq yillar davom etgan o`zaro ziddiyat va urushlar sabab bo`ldi.

Amir Temur vafoti oldidan taxt vorisi etib nabirasi Pirmuhammadni (Kobul, Qandahor va Hindiston viloyatlarining hukmdori) tayinlagan edi. Pirmuhammadni taxtga o`tqizish tarafdorlari kuchli bo`lsa-da, biroq Mironshohning o`g`li Xalil Sulton Mirzo o`zboshimchalik bilan 1405-yilning 18-mart kuni Samarqandni egallab, o`zini Movarounnahrning oliy hukmdori deb e'lon qiladi. Pirmuhammadning yo`lini to`sib, uning rejalarini buzib yuborish niyatida hatto u Amudaryoning o`ng tomonidagi yerlarni o`z hokimiyatiga qo`shib ham oladi.

Xalil Sulton garchi bobosidan qolgan xazinalar vositasida Sohibqironning nufuzli a'yon va kiborlaridan ma'lum qismini o`z tarafiga og`dirib Movarounnahr taxtini egallab olgan bo`lsa-da, ammo ko`p vaqt o`tmay u Amir Temurning sadoqatli amirlari, viloyat noiblari va shahzodalarning kuchli noroziligi va isyoniga duch keladi. Birinchi bo`lib Turkiston hamda Farg`onaning hokimi amir Xudoydod bilan Shayx Nuriddin Xalil Sultonga qarshi isyon ko`taradilar. Hatto Xalil Sultonning o`z ukasi Sulton Husayn Mirzo Amudaryoning chap sohili viloyatlarida o`z hokimiyatini o`raatmoq niyatida akasiga qarshi bosh ko`taradi. O`z navbatida Amir Temur taxtining qonuniy valiahdi Pirmuhammad Amudaryodan kechib o`tib, Xalil Sultonga qarshi Nasafga tomon askar tortadi. Movarounnahrda boshlangan o`zaro va sulola kurashlari shu tariqa avj olib ketadi.

Oqibatda bu davrda Xurosonda Shohrux, Balx, G`azna va Kandahorda Pirmuhammad, G`arbiy Eron va Ozarbayjonda Mironshohning o`g`illari Umarshayx Mirzo bilan Abu Bakr Mirzolar hokimi mutlaq bo`lib oladilar. Sirdaryodan shimolda joylashgan viloyatlar: Turkiston, Sabron, O`tror, Sayram amir Berdibekning tasarrufida qoladi. O`ratepa bilan Farg`onani amir Xudoydod Husayniy egallab oladi. Xorazmni esa Oltin O`rdaning nufuzli amirlaridan Idiku bosib oladi. Pirmuhammad 1407-yil 22-fevralda vaziri Pir Ali Toz boshliq fitnachilar qo`lida shahid bo`ladi. 1408-yil 22-aprel kuni Qoraqo`yunli turkmanlarning qabila boshlig`i Qora Yusuf bilan bo`lgan jangda Mironshoh halok bo`ladi. Ozarbayjon va Iroq viloyatlari temuriylar qo`lidan ketadi.

1409-yil bahorida Movarounnahrda vaziyat yanada keskinlashadi. Amir Xudoydod O`ratepa va Shohruxiya shaharlarini osongina qo`lga kiritib, Samarqand tomonga askar tortadi. Sheroz yaqinida Zarafshon daryosi bo`yida sodir bo`lgan jangda Xalil Sulton qo`shini mag`lubiyatga uchraydi, o`zi esa asirga olinadi.

Shohrux hokimiyatining qaror topishi


Shu davrda Xurosondagi amirlar isyonini bostirishga ulgurgan endilikda butun e'tiborini Movarounnahrga qaratadi. Chunki u ota yurtidagi hodisalarga loqayd qaray olmasdi. 1409-yil 25-aprelda u Amudaryodan o`tib, Shohrux Samarqand sari yurish qiladi. Qariyb besh yil davom etgan o`zaro kurash va isyonlar xalqning jiddiy noroziligiga sabab bo`lgan edi. Shuning uchun ham temuriyzodalar va amirlar o`rtasidagi kurashga xotima berish maqsadida Shohrux boshlagan harakat mamlakat fuqarolarining ko`pgina tabaqalari tomonidan quvvatlanadi. Shu bois Movarounnahrdagi beboshliklarga chek qo`yib, Movarounnahr va Xurosonda o`z hukmronligini o`rnatadi hamda mamlakatda tinchlik va osoyishtalik o`rnatishga muvaffaq bo`ladi.

Shohruxning uzoq hukmronligi davrida Amir Temur saltanatining asosiy qismi uning qoii ostida saqlanib qolsa-da, ammo bu ulkan mamlakat ikki davlatga bo`lingan edi. Ulardan biri Amudaryodan janubda joylashgan Shohrux boshchiligidagi davlat bo`lib, uning markazi Hirot shahri edi. Ikkinchisi esa Amudaryodan shimolda Movarounnahr va Turkistonda vujudga kelgan Ulug`bek boshchiligidagi davlat bo`lib, Samarqand uning poytaxti edi.

  • Valiahd - toj-u taxt vorisi. Hukmdor tirikligi davrida har ehtimolga qarshi voris tayinlab qo`yardi.

  • Muxolifat - mavjud . hokimiyat siyosatiga qarshi kuchlar.

ULUG`BEK - MA'RIFATPARVAR DAVLAT ARBOBI

Ulug`bek - Movarounnahr hukmdori


1409-yilda Shohrux Samarqanddan Hirotga qaytish oldida Mirzo Ulug`bekni Movarounnahr va Turkistonga hokim qilib tayinlaydi.

Ulug`bek garchi Movarounnahr bilan Turkistonning hokimi deb e'lon qilinsa-da, aslida uning hokimiyati dastavval faqat Samarqand, Buxoro va Nasaf viloyatlari bilangina cheklanardi, Chunki Shohrux tomonidan avval boshdan Farg`onani to O`zgangacha Amirak Ahmadga, Hisori Shodmonni Muhammad Jahongirga in'om qilgan edi. Turkiston Shayx Nuriddinning tasarrufida edi. O`sha vaqtda u na Ulug`bek va na Shohruxni tan olardi. Shuning uchun ham hali mamlakat notinch edi.

Shayx Nuriddin Turkiston bilan qanoatlanmaydi. 1410-yilda u Muhammad Jahongir, Yangi va Sayram viloyatlarining hokimi Amir Abdulholiq hamda oq o`rdalik xonzodalardan Chingiz o`g`lonlar bilan ittifoq tuzib, temuriylarga qarshi isyon ko`taradi. 1410-yil 20-aprelda Samarqand yaqinida Qizilravot mavzeyida isyonkor ittifoqchilar bilan Mirzo Ulug`bek qo`shinlari o`rtasida jang bo`ladi. Jangda Ulug`bek mag`lubiyatga uchrab, Kalifga tomon chekinadi. Shohrux Samarqandga yetib kelib, Shayx Nuriddin isyonini bostiradi.

Movarounnahr va Turkistonni boshqarish to`liq 18 yashar Ulug`bek qo`liga o`tadi.

Harbiy yurishlar


Ulug`bek 1414-yilda Farg`ona va Koshg`arai egallaydi.

1413-yilda Shohrux tomonidan Xorazm Oltin O`rda xonlari tasarrufidan qaytarib olingach, Ulug`bek davlatining g`arbiy va janubiy chegaralarining xavfsizligi muqimlashgan bo`lsa-da, ammo uning shimoli-g`arbiy va shimoli-sharqiy tomonlari hali xavotirli edi. Shu sababli Ulug`bek Dashti Qipchoqda boshlangan o`zaro nizoga hamda Mo`g`ulistonda avj olgan ichki kurashlarga jiddiy e'tibor berishga va aralashishga majbur bo`ladi.

Ulug`bek otasining rizosi bilan 1425-yilning erta bahorida Mo`g`uliston ustiga yurish boshlaydi. Issiqko`l yaqinida sodir bo`lgan to`qnashuvda Ulug`bek mo`g`ullar ustidan g`alaba qozonadi va mahalliy muxolifatchi kuchlarni bartaraf etib, mamlakat sharqiy chegaralarini mustahkamlaydi. Qo`lga kiritilgan o`ljalar orasida ikki bo`lak nefrit toshi ham bor edi. Keyinchalik bu nefritdan Amir Temur maqbarasi uchun qabr toshi yasattiriladi.

Mo`g`ulistonda bo`lgan bu urushda Ulug`bek qozongan g`alabaning nishoni tarzida Jizzax yaqinida Uono`tti darasi ichida hijriy 828 (1428)- yilda Ulug`bek tomonidan qoya toshga yozdirilgan o`ziga xos "zafarnoma" hozirgi kungacha saqlangan.

Dashti Qipchoqqa qarshi qilingan yurishda esa Ulug`bekning omadi kelmaydi. Otasi Shohruxning katta qo`shin bilan yetib kelishigina Ulug`bekni halokatdan saqlab qolgan.

Taxt uchun kurash


Shohrux 1447-yil 12-mart kuni nevarasi Sulton Muhammad isyonini bostirish vaqtida Ray viloyatida o`rniga voris belgilashga ulgurmay olamdan o`tadi. Shohrux vafot etishi bilanoq Xuroson va Movarounnahrda temuriy shahzodalar o`rtasida toj-taxt uchun kurash yana avjga minib, mamlakat beqarorlik va chuqur ijtimoiy-siyosiy larzalarga duchor bo`ldi. Odatga ko`ra taxtga Shohruxning to`ng`ich o`g`li Ulug`bek o`tirishi kerak edi. Ammo taxtni Boysung`uming o`g`li Alouddavla egallaydi. Toj-u taxt uchun yana kurash boshlanadi.

O`zboshimcha shahzodalar Ulug`bekka qarshi harakat boshlaydi va 1447-yilning bahorida Alouddavla Ulug`bekning katta o`g`li Abdullatifning qo`shinini tor-mor qilib, uni asirga oladi. Bunday sharoitda Ulug`bek Alouddavla bilan sulh tuzishga majbur bo`ladi. Unga ko`ra Abdullatif ozod qilinadi, Ulug`bek esa Hirot va Xurosonga bo`lgan da'vosidan voz kechadi. Biroq ko`p o`tmay sulh buziladi. 1448-yilning bahorida Ulug`bek va Abdullatifning 90 ming kishilik birlashgan qo`shini Hirotga yurish qiladi. Tarnob yaqinida bo`lgan jangda Alouddavla qo`shini tor-mor keltirilib, Hirot qo`lga kiritiladi. Ulug`bek Xurosonda Abdullatifni qoldirib, o`zi Samarqandga qaytadi. Negaki Movarounnahrda Ulug`bekka qarshi isyon boshlangan edi.

Abdullatif, garchi bobosi Shohruxning Hirotdagi taxtiga o`tirishga muyassar bo`lsa-da, ammo unda otasiga nisbatan adovat paydo bo`ladi. G`alaba to`g`risida tevarak-atrofga yuborilgan fathnomalarda Abdullatifning nomi inisi Abdulazizdan keyin tilga olingani, Ixtiyoriddin qal'asidagi xazina Ulug`bek tomonidan olib qo`yilgani o`ta shuhratparast hamda mol-dunyoga o`ch Abdullatif uchun bahona bo`ladi. U otasining dushmanlari bilan yashirin tarzda til biriktirib, zimdan Ulug`bekka qarshi harakat boshlaydi. Abdullatif Hirotda bor- yo`g`i o`n besh kun hokimlik qiladi. Abulqosim Bobur qo`shinining shaharga yaqinlashib kelayotganidan xabar topib poytaxtni jangsiz bo`shatib, Movarounnahr tomon qochadi. Ulug`bek farmoni bilan Balxga noib qilib tayinlangach, viloyatda "tamg`a" solig`ini bekor qilib, savdogarlarni o`z tarafiga og`dirib oladi. Otasidan norozi bo`lgan amirlarni atrofiga to`playdi. Hatto Abulqosim Bobur bilan bog`lanib, uni birlashib Ulug`bekka qarshi kurashga undaydi. Shunday qilib, Abdullatif o`z otasiga qarshi ochiqdan ochiq dushmanlik yo`liga o`tadi.

Ulug`bek fojiasi


Mashhur olim va hukmdor Mirzo Ulug`bek 1449-yil 27-oktabrda 55 yoshida Samarqand yaqinida fojiaii suratda halok bo`lgan.

Davlatning yaxlitligini saqlab qolmoq uchun Ulug`bekda o`zining isyonkor va makkor o`g`liga qarshi yurish qilishdan boshqa iloj qolmaydi. Ammo ayni zamonda mamlakatda siyosiy vaziyat keskinlashib, Ulug`bekning ahvolini yanada mushkullashtiradi.

Hirotdan Samarqandga qaytar ekan, Ulug`bek old tomondan Dashti Qipchoq ko`chmanchilarining hujumiga duchor bo`ladi. Abulxayrxon boshchiligidagi ko`chmanchilar o`shanda Toshkent, Shohruxiya, Samarqand va Buxoro tevaragidagi qishloqlarni talab, podshoh va yirik mansabdorlarning shahar atrofidagi chorbog`lari va ko`shklarini vayron qiladilar. Ikki tarafdan kelgan dushmanlar bilan bo`lgan to`qnashuvlar oqibatida Ulug`bek qo`shini qattiq shikast topib, zaiflashib qoladi. Shu vaqtda Samarqandda vaqtinchalik noib qilib qoldirilgan Ulug`bekning kichik o`g`li Abdulazizga qarshi Samarqand amirlarining noroziligi kuchayib, Ulug`bek uni bartaraf qilishga majbur bo`ladi.

Otasining qiyin ahvolda qolganini kuzatib turgan Abdullatif qulay fursatdan foydalanib, bosh ko`taradi va Amudaryodan kechib o`tib, Termiz, Shahrisabz va Xuzorni osongina zabt etadi. So`ngra Samarqandga qarab yo`l oladi. 1449-yil oktabrda Damashq qishlog`i yaqinida qattiq jang bo`ladi va bu jangda Ulug`bek yengiladi, Samarqand amiri Mironshoh Qavchin shahar darvozalarini berkittirib Ulug`bekni ichkariga kirishga qo`ymaydi. U Shohruxiyaga ham kirolmaydi va Abdullatifga taslim bo`lishga majbur bo`ladi. Shahar qozisi Shamsiddin Muhammad Miskinning qarshiligiga qaramasdan, Abdullatif jaholatparast ulamolarning yashirin fatvosini chiqartirib, otasining o`ldirilishini uyushtiradi.

Shunday qilib, Ulug`bek Movarounnahrni qirq yil idora qildi. Bu davrda mamlakatning siyosiy hayotida keskin kurash davom etganligiga qaramay, davlatni mustahkamlashga, mamlakat birligini saqlab qolishga va madaniy hayotni ko`tarishga, rivojlantirishga harakat qildi, bu yo`lda o`zi bosh bo`ldi.

  • Siyosat - davlat hokimiyatini boshqarish.

  • Dashti Qipchoq - Sirdaryoning yuqori oqimi va Tyanshanning g`arbiy yonbag`ridan to Dnepr daryosining quyi oqimigacha bo`lgan hudud.

TEMURIYLAR SALTANATINING INQIROZGA YUZ TUTISHI

Siyosiy beqarorlik


Ulug`bek qatl etilib, oradan bir necha kun o`tgach, Abdullatif taxt da'vogaridan qutulish maqsadida o`z inisi Abdulazizni hamda otasiga sodiq bo`lgan amirlarni o`ldirtirib, temuriylarning Movarounnahrdagi toj-u taxtini batamom egallab oldi. Mamlakat fuqarolari tomonidan "padarkush" ("ota qotili") deb la'natlangan Abdullatif va uning tarafdorlari taxtda uzoq vaqt o`tirolmadi. Oradan olti yarim oy o`tar-o`tmas Abdullatifga qarshi saroyda fitna uyushtirilib, u o`ldirildi. Uning kallasi tanasidan judo qilinib, Registon maydonida Ulug`bek madrasasining peshtoqiga osib qo`yildi.

Muxolifatchi kuchlar Samarqandda Shohruxning nabirasi Mirzo Abdulloni, Buxoroda Mironshohning nabirasi Abu Saidni hukmdor qilib ko`tarishadi. Oqibatda ular o`rtasida hokimiyat uchun yana kurash boshlanadi.

Movarounnahr va Xurosonda muttasil davom etib turgan o`zaro kurashlar Dashti Qipchoqdagi hukmdorlar uchun juda qo`l keladi. 1451-yilda Abulxayrxon katta qo`shin bilan Abu Said yordami va ishtirokida Toshkent, Chinos va Jizzax orqali Samarqandga Mirzo Abdulloga qarshi yurish qiladi. Sheroz qishlog`i yaqinida Bulung`ur anhori yoqasida jang bo`ladi. Muhorabada Mirzo Abdullo yengiladi va jangda halok bo`ladi. Shunday qilib, Abulxayrxonning yordamida Abu Said Samarqandni egallab, Movarounnahrga hokim bo`lib oladi.

Xuroson bu davrda Shohruxning nabirasi Abulqosim Bobur tasarrufida edi. Xurosonda siyosiy tarqoqlik juda avj olib ketadi. Temuriylar davri muarrixlarining yozishicha, bu davrda Xuroson o`n bir bo`lakka ajralib ketadi. Ular o`rtasida urush-talashlar to`xtovsiz davom etardi. 1457-yilda Abulqosim Bobur vafot qilgach, vaziyat yana mushkullashadi. Xurosonda ham, Hirotda ham hokimiyatni da'vo qiluvchilar ko`p bo`lsa-da, lekin ularning birortasi ham davlatni idora qila oladigan kuchga ega emas edi. Bunday qulay vaziyatdan foydalangan Abu Said 1457-yilda Hirot taxtini egallaydi va saltanatning har ikki qismini birlashtirishga muvaffaq bo`ladi. Biroq viloyat hokimlarining mustaqil hukmronlikka intilishlariga, tarqoqlikka barham bera olmaydi. Ayniqsa uni Abulqosim Bobur vafotidan keyin Xorazmni egallab olgan Umarshayx Mirzo avlodi Sulton Husaynning isyonlari hammadan ko`proq tashvishlantiradi.

1469-yilning erta bahorida Abu Said Ozarbayjon, G`arbiy Eron va Iroqqacha bo`lgan viloyatlarni egallab turgan turkmanlarga qarshi jangda halok bo`ladi. Otasi o`limidan so`ng Abu Saidning vorislari Sulton Husayn bilan to`qnashishga jur'at eta olmay, Movarounnahrga qaytadilar. 1469-yil 24-martda Sulton Husayn Xurosonning hokimi sifatida tantana bilan Hirotga kirib boradi. Natijada Temuriylar saltanati yana ikki mustaqil qismga: Sulton Husayn hukmronligidagi Xuroson va Abu Said o`g`li Sulton Ahmad hukmronligidagi Movarounnahrga bo`linib ketadi.

Parokandalik


Movarounnahrda Abu Saidning o`g`illari: avval Sulton Ahmad (1469-1494-y.), keyin Sulton Mahmud (1494-1495) va keyinchalik Mahmudning o`g`li Sulton Ali (1498-1501) mustaqil hokimlik qiladi. Biroq Movarounnahrda tarqoqlik yanada avj oladi. Bu vaqtda Movarounnahr o`zaro nizolashayotgan temuriy shahzodalar boshchilik qilib turgan ko`pdan ko`p viloyatlarga bo`linib ketgan edi. Mamlakat, el-yurt boshiga katta tashvishlar tushgan paytlarda sufiylik tariqatining namoyandalaridan biri Xoja Ubaydulloh Ahror musibatlarni daf qilish yo`lida bir necha bor jonbozlik ko`rsatgan edi. 1454-yilda Hirot hokimi Abulqosim Bobur Movarounnahrga bostirib kirib, Samarqandni qamalga olganida Xoja Ubaydulloh Ahror mojaroga qat'iyan aralashib, raqiblarni yarashishga majbur etadi. Uning el-yurt tinchligi yo`lida ko`rsatgan vatanparvarligi va jonbozligi shubhasiz hukmron tabaqalarning maqsad va manfaatlari bilan chambarchas birikkan bo`lsa-da, ammo u o`z obro`yi bilan o`zaro urushning oldini olib, mamlakatni navbatdagi vayronagarchilikdan xalos etgan edi.

Sulton Husayn va Alisher Navoiy


Sulton Husayn Boyqaro Amudaryoning janubidagi yerlarga hukmron bo`lib, u o`z tasarrufida Xuroson, Xorazm hamda Sharqiy va Shimoliy Eron viloyatlarini birlashtirgan edi. U qariyb 40 yil hukm surgan temuriylaming so`nggi yirik hukmdori bo`lib, uning davrida shahzoda va amirlarning boshboshdoqligiga qaramay, mamlakatning xo`jalik va madaniy hayoti yuksaldi. Xurosonning obod etilishida, ravnaq topishida zamonasining tadbirkor va dono hukmdori Sulton Husayn bilan bir qatorda buyuk adib va davlat arbobi Alisher Navoiyning ham xizmati nihoyatda katta bo`ldi.

Alisher Navoiy 1441-yilda Hirotda dunyoga kelgan. Uning ota- bobosi temuriylar saroyida xizmat qilgan. Sulton Husayn bilan Alisher bir maktabda o`qiganlar. Ular bolalik chog`laridayoq Xuroson hukmdori Abulqosim Bobur xizmatida bo`lganlar. Uning vafotidan so`ng 12 yil davomida boshqa-boshqa shaharlarda yashaganlar. Husayn bu davrda avval Xorazmda, so`ngra Xurosonning Hirot, Obivard, Niso, Mashhad va boshqa viloyatlarida darbadarlikda yurib, kuch to`plab Abu Saidga qarshi isyonlar ko`taradi. Alisher Navoiy bu yillarda Mashhad va Hirotda o`qiydi. O`sha paytlardayoq u shoirlik iste'dodi tufayli katta shuhrat qozongan edi. Yoshlikdan Sulton Husayn bilan yaqin bo`lgan Alisher o`ziga nisbatan Abu Saidda adovat kayfiyatini sezib qolgach, Samarqandga ko`chib borib, ma'lum vaqt u yerda yashashga majbur bo`ladi. Samarqandda u ilm-fan va she'riyat bilan mashg`ul bo`ladi. Bu yerda u mashhur olim, falsafa, mantiq, huquq, arab tili, adabiyot va she'riyatning o`tkir bilimdoni Fazlulloh Abullays Samarqandiydan saboqlar oladi. 1469-yilda Sulton Husayn Hirotni egallagach, Navoiyni o`z huzuriga taklif etadi. Alisherni u dastlab muhrdorlik lavozimiga, keyinroq esa vazir qilib tayin etadi.

Sulton Husayn hukmronligi davrida Alisher Navoiy mamlakatda mustahkam markazlashgan saltanat vujudga kelishi, viloyatlar sug`orilib obod etilishi, qishloqlarda dehqonchilik, shaharlarda hunarmandchilik va savdoning kengayib taraqqiy qilishi yo`lida xizmat ko`rsatdi. Alisher Navoiy adabiyot, san'at va ilm-ma'rifatning ravnaqi, aholining tinch va osoyishta istiqomat qilishi tarafdori edi. Lekin Sulton Husayn davlati Alisher kutganicha bo`lib chiqmaydi. Suyurg`ol tartibiga asoslangan bu davlatda, bir tomondan, viloyat hukmdorlari, hatto toj- u taxt valiahdlari Badiuzzamon va Muzaffar Husayn Mirzo isyonlari yuz beradi. Ikkinchi tomondan, zulm oqibatida Hirot va uning viloyatlarida xalq qo`zg`olonlari ko`tariladi. Uchinchidan, o`z manfaatlarini ko`zlagan ochko`z saroy ma'murlari fitna va fasodni avj oldirib, uning botqog`iga Sulton Husaynni ham botiradilar. Bunday ahvol, shubhasiz, bosh vazirlik vazifasida turgan dono Navoiyning saroydan, hatto poytaxtdan uzoqlashishiga olib keladi.

Shunday qilib, XV asrning ikkinchi yarmidagi beqaror siyosiy vaziyat tufayli Temuriylar saltanati inqirozga yuz tutdi.

DEHQONCHILIK, YER EGALIGI MUNOSABATLARI

Dehqonchilik va chorvachilik


Mamlakatda tez-tez sodir bo`lib turadigan o`zaro ichki urushlarga qaramasdan, XV asrda ham Movarounnahr va Xuroson qishloqlarida birmuncha obodonchilik ishlari amalga oshiriladi. Xususiy sohibkorlarning dashtliklardan yangi yerlarni ochish, korizlar qazib, bog` ko`kartirish va qarovsiz qolgan tashlandiq yerlarni sug`orib, obod etish uchun amalga oshirgan har qanday faoliyati temuriylar tomonidan qo`llab-quvvatlanadi. Hatto bunday sohibkorlar bir-ikki yil davomida hamma soliq va to`lovlardan ozod etiladi.

Yirik sug`orish inshootlari barpo etilib, dehqonchilik viloyatlarining suv ta'minoti tubdan yaxshilanadi. Eng yirik sug`orish ishlaridan biri Samarqand vohasida Zarafshon daryosidan bosh olgan, Darg`om anhoridan chiqarilgan qadiragi Angor kanalining qayta tiklanishi bo`ldi. Bu kanal orqali kam suvli Qashqadaryo vohasiga qo`shimcha suv chiqariladi.

Ulug`bek hukmronlik qilgan davrda Buxoro vohasining janubi- sharqiy chegarasiga yondoshgan Somonjuq dashtiga suv chiqarilib yangi yerlar o`zlashtiriladi.

Murg`ob daryosining bosh to`g`oni - Sultonbandning Shohrux tomonidan tiklanishi va sug`orish tarmoqlarining loyqadan tozalanishi tufayli Marv shahri va Murg`ob vohasining suv ta'minoti tubdan yaxshilanadi. Sulton Husayn Mirzo hukmronlik qilgan davrda esa uning tashabbusi bilan Marviruddan yangi kanal chiqarilib, kattagina yer maydoni sug`orilib obod etiladi.

Alisher Navoiyning tashabbusi bilan Tus viloyatining yuqori qismida Turuqband suv ombori qurdiriladi. O`n farsax (70-80 km) uzunlikda maxsus kanal qazdirilib, Turuqband suv omborida jamg`arilgan suv Mashhadga olib kelinadi. Natijada Mashhad suv bilan ta'min etilib, shahar atrofidagi yerlarga suv chiqariladi va obod etiladi.

Bu davrda qishloq xo`jaligida, xususan g`allakorlik, sabzavotchilik va polizkorlikda ziroatlarning deyarli hamma navlari yetishtirilgan. Bog`dorchilikka zo`r ahamiyat berilgan. Mevali daraxtlarning ko`pdan- ko`p xillari ko`kartirilib, mamlakat aholisi yozda ho`l meva, qish va bahor mavsumlarida esa quruq mevalar bilan ta'minlangan.

Xo`jalikning iqtisodiy hayotida ayniqsa yaylov chorvachiligi: yilqichilik, tuyachilik hamda podachilik muhim o`rin tutgan.

Yer egaligi


Butun XV asr davomida Movarounnahr va Xurosonda avvalgidek yer va mulkchilikning asosan to`rt shakldagi "mulki devoniy" - davlat yerlari, "mulk" - xususiy yeriar; mum vaqi - madrasa va masjidlar tasarrufidagi yerlar va nihoyat "jamoa yerlari" bo`lgan. Dehqonchilik yerlarining eng katta qismi davlat mulki hisoblangan. Bu yerlarga avvalgidek mamlakat hukmdori sulton yoki amirlar egalik qilardi.

Temuriylar davrida davlat yerlarini "suyurg`ol" tarzida in'om qilish keng tarqaladi. Odatda shahar yoki viloyatlardan tortib to alohida qishloqqacha suyurg`ol shaklida in'om etilgan. Butun bir shahar yoki viloyatlar odatda hukraron sulola namoyandalari yoki yirik harbiy va davlat mansabdorlariga berilgan. Suyurg`ol yer va mulklar ko`pincha avloddan avlodga meros bo`lib qolardi. Suyurg`ol egasiga o`z suyurg`ol doirasida amaldorlar tayinlash, soliqlar va turli to`lovlarni to`plash hamda aybdorlarni jazolash huquqi berilgan. Suyurg`ol egalari tobeligini kuchaytirish maqsadida markaziy hokimiyat ba'zan ular tasarrufidagi yer maydonlarini qisqartirar yoki ularning haq-huquqlarini cheklab qo`yar edi. Suyurg`ol egasi markaziy hukumatga bo`ysunmagan taqdirda suyurg`ol huquqidan mahrum etilar va boshqa shaxsga berilar edi.

Dehqonchilik maydonlarining ikkinchi kattagina qismi ~ mulk xususiy yerlardan iborat edi. Shubhasiz yirik mulkdorlarning katta yer maydonlari ham, mehnatkash ziroatchilarga tegishli mayda paykallar ham xususiy mulk yerlari qatoriga kirgan.

Bu davrda bosh hukmdor tomonidan yirik mulk egalariga biron xizmati uchun tarxonlik yorlig`i berish keng tarqaladi. Tarxonlik yorlig`ini olgan mulkdorlar barcha soliq, to`lov va majburiyatlardan ozod qilingan. Tarxonlik yorlig`i odatda amirlar, beklar, saroy amaldorlari, saidlar va boshqa yuqori tabaqa vakillariga berilgan. Bunday yorliqni olgan mulkdor ismiga "tarxon" so`zi qo`shib aytilgan.

XV asrda ham avvalgi davrlardagidek juda ko`p yer va suv masjid, madrasa, xonaqoh, maqbara va mozorlarga biriktirilib, bunday yerlar "mulki vaqf' deb atalgan. Odatda yer va suvdan tashqari ko`plab do`kon, korxona, tegirmon, objuvoz, bozor rastalari, karvonsaroylar ham vaqf qilinib, ulardan tushgan daromad masjid, madrasa, shifoxona va xonaqohlarning ta'miri, jihozi, mutavalli, mudarris, tabib va talabalarga beriladigan nafaqalar hamda langarxona (musofirxona) va shifoxonalarning kundalik xarjlari uchun saif etilgan.

Bu davrda dehqonchilik yerlarining ma'lum kichikroq bir qismi qishloq aholisining umumiy tasarrufida bo`lgan. Bunday yerlar qishloq jamoalarining mulki hisoblangan. Bunday shakldagi jamoa yerlari ko`proq suvga tanqis tog`oldi hududlarida birmuncha keng tarqalgan edi.

Davlat yoki vaqf yerlarida, tarxon yoki suyurg`ol egalari kabi yirik mulkdorlarning yerlarida muzoriylar mehnat qilishgan.

Soliq turlari


Sug`orma dehqonchilik yerlaridan olinadigan asosiy soliq "xiroj" deb atalgan. Xiroj mahsulot yoki pul holida to`langan. U hosilga va yerning unumdorligiga qarab belgilangan. Chunonchi, daryo, buloq va koriz suvlari bilan sug`oriladigan obikor yerlardan xiroj hosilning uchdan bir qismi (33 foiz) miqdorida olingan. Lalmikor yerlardan hosilning oltidan bir, ya'ni 16,5% dan to sakkizdan bir, ya'ni 12,5% miqdorida soliq undirilgan.

Mulk yerlarining bir qismidan ushr, ya'ni hosilning o`ndan bir qismi (10%) miqdorida soliq olingan. Bunday yerlar odatda zamonasining ilm-fani, ma'rifati va ma'naviy hayotida muhim nufuzga ega bo`lgan ulamolar va mashoyixlar tasarrufida bo`lgan. Chorva mollaridan qirqdan bir, ya'ni 2,5% miqdorida zakot olingan.

Asosiy soliqlardan tashqari mehnatkash aholi begor ishlarida ham qatnashganlar. Begorda qatnashgan har bir kishi ishlash uchun kerakli asbob- uskuna va yetarli yemaklarni o`zi bilan olib kelishi lozim bo`lgan.

  • Begor - mehnatkash aholiga yuklatilgan saroy, jamoat binolari, mudofaa va sug`orish inshootlarini hamda yo`l qurilish va tuzatish ishlarida tekinga ishlab berish majburiyati.

  • Muzoriy - ekin maydonlarida ishlov beruvchi yollanma ziroatchi.

HUNARMANDCHILIK VA SAVDO ALOQALARI

Hunarmandchilik


Movarounnahrning Samarqand, Buxoro, Toshkent, Shohruxiya, Termiz, Shahrisabz, Qarshi va boshqa ko`pgina shaharlari hunarmandchilik markaziga aylanadi. Hunarmandchilikning rivoj topib, uning turli-tuman tarmoqlar bo`yicha ixtisoslanishining kuchayishi shaharlarni ham o`zgartirib yuboradi. Shaharlarda hunarmandchilik mahallalarining soni ortib, kasb-hunar bilan bog`liq bo`lgan yangi-yangi guzarlar, ko`cha- ko`ylar, bozor rastalari, timlar va toqilar (usti gumbazli bozor) paydo bo`ladi. Ko`pgina shaharlarda zargarlik, miskarlik, ignasozlik, sovutsozlik, toshtarashlovchilar, shishasozlar, ko`nchilik kabi hunarmandchilik mahallalari bo`lgan.

Hunarmandchilik sohasida to`qimachilik, kulolchilik, chilangarlik, temirchilik va binokorlik yetakchi o`rinni egallagan edi. Shaharlarda ip, ipak, jun va kanop tolasidan turli xildagi rangdor guldor hamda nafis va dag`al gazmollar ko`plab to`qib chiqarilar edi. Ipakdan to`qilgan nafis futadan salla, belbog` va aslzoda yoshlar kiyim- kechakWi tikilgan. Mahalliy va chetdan keltirilgan ipakdan turli nav shoyi gazlamalar, duxoba to`qish keng yo`lga qo`yilgan edi.

XV asrda temir buyum, qurol-yarog` va asboblar yasash yuqori darajaga ko`tariladi. Metall buyum yasovchilarining aksariyati uy- ro`zg`or buyumlari, qurol-yarog`lar va asbob-uskunalar yasovchi temirchilardan iborat edi. Ular orasida mix yasovchilar, taqachilar, sim cho`zuvchilar, pichoqchilar kabi turli xil buyumlar yasovchi ustalar bo`lgan.

Shaharlarda, xususan Samarqand va Hirotda zargarlik rivoj topadi. Shahar zargarlari orasida oltin, kumush va jez qotishmalaridan turli xil zeb-ziynatlar va qimmatbaho buyumlar yasaydigan va ularga nozik did bilan nafis badiiy ishlov beruvchi mohir ustalar soni ko`payadi. Odatda naqshinkor badiiy buyumlar boylik hashamlari hisoblanib, ular faqat mulkdor tabaqalargagina mansub edi.

O`rta asr hunarmandchiligida kulolchilik eng rivoj topgan sertarmoq sohaga aylanadi. U kosagarlar, xum va xumchasozlai va tandirsozlar kabi bir nechta tarmoqlarga bo`linadi. Bu davrda tosh yo`nish, unga sayqallar berib, o`ymakor naqshlar va xushxat yozuvlar bitish san'ati kamolotga yetadi. Samarqandda Bibixonim jome masjidida Qur'onni qo`yish uchun o`rnatilgan ulkan tosh lavh, Go`ri Amirdagi nefrit qabr toshi, Shohizinda va boshqa joylardagi sag`analarga jimjimador naqshlar chizilgan, o`ymakor oyatlar, marsiyalar va tarixlar yozilgan.

Binokorlik, yog`och o`ymakorligi


Bu davrda mamlakatning yirik viloyat shaharlari, xususan Samarqand va Hirotda qurilish ishlari keng avj olib, binokorlarning roli oshib ketadi. Binokor ustalar kasblariga ko`ra g`isht terib imorat qaddini bino qiluvchilar "banno" deb, peshtoq-u ravoq hamda toqilarga parchin va girixlar qoplab imoratga pardoz beruvchilar "ustod" deb yuritilgan.

XV asrda shishasozlik ham ancha-muncha taraqqiy qilgan. Samarqandda hatto shishasozlar mahallasi bo`lgan.

Bu davrda yog`ochsozlik ham rivojlangan. Yog`ochsozlar yog`ochdan to`qimachilik dastgohlari, ikki g`ildirakli aravalar, egarlar, g`isht va poyabzal qoliplari, sandiq, quti, beshik, belanchak, qush qafaslari, taroq va hassalar yasashgan. Mohir yog`ochsoz ustalar yog`och o`ymakorligi bilan shug`ullangan. Ular naqshinkor eshiklar, panjaralar, ustunlar, toqi-ravoqlar, xontaxtalar, kursilar va boshqa xil ko`pdan ko`p ashyo va jihozlar yasaganlar. Go`ri Amir va Shohizindaning oyatlar bitilgan naqshinkor eshiklari XV asr xalq ustalarining yog`och o`ymakorligi san'atidagi eng nodir namunalardan hisoblanadi.

Samarqand hunarmandchiligida ayniqsa qog 'oz ishlab chiqarish alohida o`rin tutadi. Samarqand qog`ozi o`rta asr Sharqi xattotligida g`oyat mashhur bo`lib, uning ma'lum bir qismi chet o`lkalarga chiqarilgan.

Bu davrda hunarmandchilikning teri oshlash, charm pishirish mahsido`zlik, po`stindo`zlik, telpakdo`zlik, kovushdo`zlik, etikdo`zlik sohalari ham rivojlangan.

Samarqandning shirmoyi, sedana payvand, noni zargaron, noni osiyoiy kabi mashhur anvoyi nonlari, z/ravorlar, attorlik mollari sotilar edi.

Savdo aloqalari


XV asrda Temuriylar uzoq va yaqin qator qo`shni mamlakatlar: Xitoy, Hindis ton, Tibet, Eron, Rusiya, Volga bo`yi va Sibir bilan muntazam savdo-sotiq qilardi. Aitoydan asosan ipak, shoyi matolar, xususan atlas va parchalar, chinni, la'I, gavhar va mushk; Hindistondan nafis oq rangli ip matolar, nil bo`yoqlar, xushbo`y ziravoriar; Erondan surp, marvarid, durlar; Rusiya, Tatariston va Sibirdan qimmatbaho mo`yna, teri va mum olib kelinar edi. Yevropa mamlakatlaridan Samarqandga olib kelingan mollar orasida farang gazmollari, movuti, cherkas pichog'i bor edi.

Samarqanddan chet mamlakatlarga, xususan Rusiya, Tatariston va Sibirga arzon narxli ip matolar, asosan bo`z, duxoba, shoyi gazlama, qog 'oz, quruq meva, guruch, paxta va kalava (yigirilgan ip)lar chiqarilgan.

Chet davlatlar bilan o`zaro savdo-sotiqni kengaytirishda temuriylarning qo`shni mamlakatlar bilan olib borgan elchilik aloqalari katta rol o`ynaydi. Ulug`bek va Shohrux Xitoy bilan muntazam ravishda elchilar almashib turishgan. Deyarli har ikki- uch yilda Samarqand bilan Hirotga Xitoy elchilari, Xonbaliqqa (Pekinga) esa Movarounnahr va Xuroson elchilari va savdogarlari qatnab turishgan. 1418-yilda Ardasher boshliq Shohrux elchilari Xitoy da bo`ladilar. 1419-yilda bunga javoban Li-Do va Jong-Fu Xitoydan Samarqand va Hirotga elchi bo`lib keladilar. Elchilar Ulug`bek va Shohrux nomiga o`zaro do`stlik munosabatlarini rivojlantirish xususidagi takliflar yozilgan maktub va katta sovg`a- salomlarni topshiradilar. 1420-yilda Shohrux va Ulug`bek 530 nafardan iborat elchilik karvonini Xitoyga jo`natadilar. Temuriylarning elchilari ikki yildan ortiqroq Xitoyda bo`lib, 1422- yilda o`z vatanlariga qaytib keladilar.

Shohrux bilan Ulug`bek zamonida Tibet va Hindiston bilan ham yaxshi qo`shnichilik munosabatlari o`rnatiladi. 1421-yilda Tibetdan Buxoro va Samarqandga elchilar keladi. 1441-1442-yillarda Shohrux Hindistonga Vijayanagar saroyiga tarixchi Abdurazzoq Samarqandiy boshchiligida elchilar yuboradi. U Kermon, Xurmuzd va Fors qo`Itig 'i orqali Hindistonga. qilgan sayohatini yozib qoldiradi.

Pul muomalasi


Iqtisodiy taraqqiyot ma'lum darajada shu davrda o`tkazilgan pul islohoti bilan ham bog`liq edi. Ma'lumki, Ulug`bek 1428- yilda muomaladagi fulusiy pullar islohotini amalga oshirdi. Ulug`bek yengil vaznda zarb etilgan va muomalada yurgan chaqa pullarni man etdi. Eski chaqalarni yangisiga almashtirib, ichki savdoning fulusiy pullarga bo`lgan talabini qondirish uchun bir vaqtning o`zida u Buxoro, Samarqand, Qarshi, Termiz, Toshkent, Shohruxiya va Andijon shaharlarida zarbxonalar tashkil etib, bir xil vazndagi salmoqdor fuluslar zarb ettirdi va muomalaga chiqardi. Faqat Buxoro zarbxonasi saqlab qolinib, boshqa shahardagi zarbxonalar bekildi. Xalq o`rtasida "fulusi adliya", ya'ni "adolatli chaqa" nomi bilan shuhrat topgan Ulug`bekning bu yangi fuluslari Movarounnahrning barcha shahar va qishloqlarida keng muomalaga kirib, davlatning ichki savdosini naqdina (naqd pul) bilan to`la ta'min etadi. Ichki chakana savdodagi pul munosabatlaridagi tanqislikning fulusning vazni va qiymatini oshirish bilan hal etilishi o`rta asrlar zamonasida nodir va favqulodda voqea bo`lib, ichki chakana savdo uchun keng yo`l ochildi. Shu bilan birga Ulug`bek tashqi savdodan davlat xazinasiga tushadigan daromadni ko`paytirish maqsadida tamg`a solig`ini birmuncha oshirdi.

Shunday qilib Ulug`bek zamonida mamlakatda ichki va tashqi savdoning kengayishi hunarmandchilik mahsulotlarining hajmini oshirib, kasb- hunar tarmoqlarining rivojiga asosiy omillardan biriga aylandi.

  • Tamg`a - savdo boji; savdogarlardan olinadigan soliq.

  • Fulus - nnayda mis chaqa puli.

ILM-FAN RAVNAQI

Ilm va fan markazlari


XV asrda Samarqand va Hirotda olimlar-u fuzarolar, shoirlar-u bastakorlarning kattagina guruhi to`plangan edi. Ilm-fan va san'atning taraqqiyotida zamonasining madaniy doiralari muhitida tarbiyalanib, yoshligidayoq mashhur olim sifatida shuhrat qozongan Ulug`bekning roli va hissasi nihoyatda buyukdir. Ulug`bek mamlakatning ravnaqi, ayniqsa uning ma'naviy kamolotida ilm-fanning va san'atning naqadar muhimligini yaxshi tushunardi. Ulug`bek mamlakatni boshqarish bilan bir qatorda, ilmiy ishlar bilan shug`ullanadi, olimlarning munozaralarida faol qatnashadi. Ulug`bek o`tmishdoshlari Ahmad Farg`oniy, Abu Nasr Forobiy, Muhammad Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy va Ibn Sino asarlarini batafsil o`rganadi. Bu buyuk mutafakkirlarning asarlari orqali u qadimgi yunon olimlari Aflotun, Arastu, Gipparx, Ptolemeylarning mumtoz asarlari bilan ham tanishadi. Ulug`bek farmoni bilan 1417-yilda Buxoroda, 1417-1420-yillarda Samarqandda va 1433-yilda G`ijduvonda madrasalar qad ko`taradi. Hatto Buxoro madrasasining darvozasiga "Bilim olish har bir musulmon ayol va erkakning burchidir" degan kalima o`yib yozib qo`yiladi. Movarounnahrning bu uchta qadimiy shaharlarida barpo etilgan ilmgohlar, xususan Samarqand madrasasi zamonasining dorilfununi edi. Ushbu madrasalarda ilohiyat ilmlari: Qur'on, hadis, tafsir, fiqh (din va shariat qonun va qoidalari) bilan bir qatorda riyoziyot, (matematika), handasa (geometriya), ilmi hay'at (astronomiya), tibbiyot (meditsina), tarix, jo`g`rofiya, ilmi aruz (poetika), arab tili va uning morfologiyasi (kofiya) kabi dunyoviy ilmlar ham o`qitilardi.

Ulug`bek madrasasi


1420-yilda ochilgan Samarqand madrasasi ikki qavatli, ellik hujrali bo`lgan. Har bir hujra uch xonaga: qaznoq (omborxona), yotoqxona va darsxonalarga bo`lingan. Madrasada yuzdan ortiq talaba istiqomat qilgan ya ta'lim olgan. Madrasada o`sha zamonning iqtidorli olimlaridan mavlono Shamsiddin Muhammad Havofiy yetakchi mudarris bo`lgan. O`rta asrlarning mashhur olimlari Qozizoda Rumiy, G`iyosiddin Jamshid Koshoniy, Mirzo Ulug`bek va uning shogirdi Alouddin AH Qushchilar turli fanlardan dars berganlar. Madrasa ochilgan kuni birinchi darsni Shamsiddin Muhammad Havofiy o`qigan, darsda tolibi ilmlardan to`qson nafari qatnashgan. Madrasada ilmi hay'at (astronomiya)dan darsni Qozizoda Rumiy bergan. Madrasada kamida 15-16 yil tahsil ko`rib, uning dasturi bo`yicha fanlarni to`la o`zlashtirgan va imtihonli saboqlarda o`z bilimini namoyish qila olgan tolibi ilmlarga sanad yozib berilgan.

O`RTA OSIYO XV ASRDA


Ulug`bek rasadxonasi


Samarqandda o`z atrofida to`plangan taniqli olimlarning bevosita ishtiroki va ularning yordamida Mirzo Ulug`bek 1424- 1428-yillarda shahar yaqinidagi Obirahmat anhori bo`yida rasadxona qurdirdi. Hanuzgacha olimlarning qiziqishini uyg`otib kelayotgan bu ulkan imoratning balandligi 31 metr edi.

Binoning ichki sahni sekstant va koridorlar bilan uch qismga ajratilgan. Rasadxona joylashgan bu mavze mahalliy aholi o`rtasida "Naqshi jahon" degan nom bilan shuhrat qozongan.

G`iyosiddin Jamshid boshchiligida rasadxonaning asosiy o`lchov asbob- uskunasi - ulkan sekstant o`rnatilgan. Samarqand sekstanti o`sha davrda Sharqda ma'lum bo`lgan sekstantlarning eng kattasi hisoblangan. Ulug`bek rasadxona qoshida zamonasining boy kutubxonasini ham tashkil etadi. Bu kutubxonada fanning deyarli hamma sohalariga tegishli qariyb o`n besh ming jild kitob saqlangan. Rasadxona tevaragida olimlar va xizmatchilar uchun katta- kichik hujralar quriladi. Uning etagida esa ikkita chorbog` barpo etiladi. Ulardan biri Bog`i May don, ikkinchisi esa Chinnixona nomi bilan shuhrat topadi.

Ulug`bekning faol ishtiroki bilan Ulug`bek rasadxonasi o`sha zamon sharoitiga mukammal astronomik asbob va uskunalar bilan jihozlangan oliy darajadagi ilmgohga aylanadi. Rasadxonada Ulug`bek bilan birga mashhur matematik va astronomlardan Aflotuni zamon deb nom olgan Qozizoda Rumiy, G`iyosiddin Jamshid Koshoniy, "o`z davrining Ptolemeyi" nomi bilan shuhrat qozongan Ali Qushchi va ko`pgina boshqa olimlar ilmiy kuzatishlar va tadqiqotlar olib boradilar. Xullas, Ulug`bek Samarqandda butun bir astronomiya maktabini yaratdi.

Rasadxonada olib borilgan kuzatish va tadqiqotlar tufayli 1018 qo`zg`almas yulduzlarning o`rni va holati aniqlanib, ularning astronomik jadvali tiiziladi. Rasadxonada olib borilgan tadqiqotlarning natijalari asosida matematika va astronomiyaga oid qator nodir asarlar yaratildi.

O`z ustida muntazam ishlash va bilimlarini tinmay chuqurlashtirish natijasida Ulug`bek o`zining ko`pgina zamondoshlaridan ham o`zib ketdi.

Ulug`bekning shoh asari "Ziji jadidi Ko`ragoniy" (Ko`ragoniyning yangi astronomik jadvali) nomli kitobidir. "Ziji jadidi Ko`ragoniy" asosan ikki qismdan: keng muqaddima va 1018 qo`zg`almas yulduzlarning o`rni va holati aniqlab berilgan jadvallardan iborat. Ulug`bekning astronomik jadvali o`sha zamondagi shunga o`xshash jadvallar orasida yuksak darajada aniqligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, Ulug`bekning yil hisobini hozirgi hisob-kitoblarga solishtirgudek bo`lsak, u bor-yo`g`i bir minut-u ikki sekundga farq qiladi. Bu XV asr uchun g`oyat yuksak aniqlik bo`lib, hozirgi zamon o`lchovlariga juda yaqindir. Ulug`bek "Tarixi arba' ulus" (To`rt ulus tarixi) nomli tarixiy asar hamda musiqa ilmiga bag`ishlangan beshta risola ham yozgan. Ulug`bekning astronomiya maktabi o`z davrining o`ziga xos akademiyasi edi. "Samarqand akademiya"si bundan 225 yil muqaddam mashhur fransuz faylasufi, yozuvchi va tarixchi olim Volter (1694-1778) tomonidan e'tirof etilgan. "Ulug`bek Samarqandda bo`lib akademiyaga asos soldi. Yer sharini o`Ichashga buyurdi va astronomiya jadvallarni tuzishda ishtirok etdi" deb yozgan edi Volter.

"Samarqand akademiyasi" 1004-yilda Xorazmning qadimiy poytaxti Gurganjda tashkil etilgan "Donishmandlar uy/"dan (Ma'mun akademiyasi) keyingi ikkinchi "Dor ul-ilm" edi.

  • Akademiya - oliy ilmiy tashkilot.

  • Rasadxona (observatoriya) - osmon jismlari tadqiqoti uchun maxsus jihozlangan ilmiy muassasa va shu muassasa joylashgan bino.

  • Sanad - shahodatnoma

  • Sekstant - osmon yoritqichlarining balandligini belgilash uchun mo`ljallangan ko`zgu-qaytargichli asbob.

MADANIY HAYOT

Kitob san'ati


XV asrda kitobat san'ati, ya'ni qo`lyozma asarlarni ko`chirib yozish va u bilan bog`liq bo`lgan xattotlik, musavvirlik, lavvohlik va sahhoflik san'ati ham nihoyatda yaxshi taraqqiy etadi. Bu davr nafis kitob va xattotlik san'ati taraqqiyotida yangi bir bosqich bo`lib, mohir san'atkorlarni yaratdi. Bosmaxona va kitob nashr etish hali vujudga kelmagan zamonda kitob yaratish va uning nusxalarini ko`paytirish og`ir mehnat va ko`p vaqt sarf etiladigan nihoyatda mushkul ish bo`lgan. Har bir kitob qog`ozidan tortib muqovasigacha, siyohidan tortib to bo`yoqlari-yu zarhaligacha ma'lum qoida asosida tayyorlanar edi. Xattot bo`lish uchun uzoq vaqt sabr-matonat va ishtiyoq bilan mashq qilish, mukammal savodli, badiiy didi baland, ijodkor kishi bo`lishi lozim edi. Mohir xattotlar o`z usuli va uslubini shogirdlariga o`rgatardi. Shu tariqa xattotlik an'analari davom ettirilar va rivojlantirilar edi.

Bir necha kasb-hunar sohibining uzoq va mashaqqatli mehnati bilan bunyod etilgan nafis kitob oz nusxada bo`lib, bahosi qimmat bo`lar edi. Mashhur xattot Mirali Tabriziy (1330-1404) nasta'liq deb nomlangan yangi uslubdagi xatni kashf qiladi. Xushnavis xattotlardan biri Sultonali Mashhadiy (1432-1520) edi. U Nizomiy, Attor, Hofiz, Sa'diy, Xisrav Dehlaviy, Jomiy, Navoiy, Husayn Boyqaro va boshqa shoirlaming asarlarini ko`chiradi. Sultonali tomonidan ko`chirilgan 50 dan ziyod kitob va ko`pgina qit'alar hozirgi vaqtgacha yetib kelgan. Sultonali o`ymakorlik san'atida ham mohir bo`lgan. Husayn Boyqaroning "Bog`i Jahonoro" bog`idagi saroy devorlaridagi bitiklar, Husayn Boyqaro qabr toshidagi lavha Sultonali tomonidan o`yib bitilgan. U xattotlik san'ati turlari haqida maxsus asar ham yozgan. Sultonali Mashhadiy "Qiblat ul-quttob" (Kotiblar qiblasi) va "Sulton ul-xattotin" (Xattotlar sultoni) nomlari bilan shuhrat topadi.

Samarqand va Hirotda maxsus saroy kitobxonalari, tashkil etilgandi. Kitobxona ishlariga kitobxona dorug`asi yoki kitobdor boshchilik qilgan, Uning qo`l ostida xattotlar, naqqoshlar-u musavvirlar, mohir lavvohlar-u sahhoflar buyurtmalarni bajarganlar. Masalan, Hirotda Ulug`bekning ukasi Boysung`ur kitobxonasida qirqta xattot va bir qancha naqqoshlar qo`lyozma asarlardan nusxalar ko`chirish va ularni bezash bilan band bo`lgan. 1429-yilda bu kitobxonada Abulqosim Firdavsiyning mashhur "Shohnoma " dostoni ko`chirtirilib, u 20 ta turli mazmun va manzarali rangdor miniatyralar bilan bezatilgan.

Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy saroy kutubxonasini nodir asarlar bilan boyitishga g`amxo`rlik qiladilar.

Tasviriy san'at


Kamoliddin Behzod zamondoshlari tomonidan Moniyi Soniy (Ikkinchi Moniy) deb ulug`langan.

XV asrda Behzod asos solgan Hirot musavvirlik maktabi ulkan yutuqlarga erishdi. Bu davr tasviriy san'ati obidalari portretlar, hayotiy lavhalar, tabiat manzara- lari, bino va badiiy asarlarga ishlangan tasvirlardan iborat bo`lgan. Siymolar qiyofasi tasvirlari orasida Jomiy, Navoiy, Abdullo Xotifiy, Behzod, Husayn Boyqaro, Bobur va boshqalarning tasvirlari bizgacha saqlanib qolgan. Musavvirlar bu tarixiy shaxslarning tashqi qiyofasini aniqroq va mukammalroq tasvirlashga, ayrim hollarda hatto ularning ma'naviy dunyosini ochishga intilganlar. Masalan, mashhur rassom Mahmud Muzahhib tomonidan chizilgan Navoiy tasvirida shoir hassaga tayangan, uning qomati birmuncha bukchaygan, qarashlarida ham horg`inlik alomatlari, ham ulug`vorlik va olijanoblik ko`zga yaqqol tashlanib turadi.

Kamoliddin Behzod XV asr tasviriy san'atining ulug` namoyandasidir.

U musavvirlikda "Hirot maktabi" deb nomlangan yangi bir ijodiy uslubning asoschisi bo`ldi. Behzod ustoz san'atkor sifatida O`rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon va boshqa o`lkalar tasviriy san'atining taraqqiyotiga samarali ta'sir etdi. Behzodning ijodi xilma-xil mazmunga ega bo`lib, u tarixiy siymolar (Husayn Boyqaro, Shayboniyxon, Alisher Navoiy) portretlaridan tortib to serjilo hukmdor saroylaridagi qabul marosimlari va jang maydoni manzaralarigacha haqqoniy va ta'sirli qilib bera olgan. Ayniqsa, Dehlaviyning "Layli va Majnun" dostoniga bag`ishlangan uning lirik manzaralari yoki Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" asari uchun chizilgan jang maydonidagi shiddatli jang tasvir etilgan miniatyuralari nihoyatda jozibador va ta'sirchandir. Xullas, tasviriy san'at asarlari bilan badiiy adabiyotning o`zaro uzviy aloqada ravnaq topganligi, biri ikkinchisiga samarali ta'sir etganini ko`rsatadi.

Musiqa


XTV-XV asrlarda yangi kuy va qo`shiqlar, cholg`u asboblari va musiqa nazariyasiga doir nodir asarlar yaratildi. Juda ko`p mahoratli sozandalar, mashshoqlar bastakorlar va holizlar yetishdi. Abduqodir Nayiy, Qulmuhammad Shayxiy, Husayn Udiy, Shohquli G`ijjakiy, Qosim Rabboniy va boshqalar shular jumlasidandir. Omilkor musiqachilar bilan bir qatorda Ulug`bek, Navoiy, Jomiy, Binoiy kabi mutafakkir va shoirlar ham musiqa san'ati bilan shug`ullanib, uning rivojiga ma'lum hissa qo`shadilar. Masalan, Ulug`bek "Bulujiy", "Shodiyona", "Axloqiy", "Tabriziy", "Usuli ravon" va "Usuli otlig`", Navoiy "Isfahoniy" kuylarini ijod qiladi. Jomiy va Binoiylar musiqa nazariyasiga doir asar yaratadilar.

Musiqa san'ati san'atning boshqa turlari va poeziya bilan uzviy aloqada yangi taraqqiyot pog`onasiga ko`tariladi.

Adabiyot


O`rta Osiyo xalqlari adabiyoti badiiy uslub jihatidan takomillashdi, yangi pog`onaga ko`tarildi. Nasrda ham, nazmda ham ko`plab nodir badiiy va link asarlar yaratildi. O`rta Osiyo xalqlari, xususan o`zbek hamda tojik adabiyoti o`rtasida o`zaro aloqa va hamkorlik kengaydi va mustahkamlandi. O`zbek tarjima adabiyoti vujudga keldi. Badiiy adabiyotning o`sishi bilan uzviy bog`langan holda adabiyotshunoslik ham taraqqiy etdi, qimmatli ilmiy asarlar yaratildi.

Bu davrda zamonasining iste'dodli shoirlari va adiblari Qutb Xorazmiy, Sayfi Saroyi, Haydar Xorazmiy, Durbek, Amiriy, Yaqiniy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy, Bobur, Muhammad Solih va boshqalar yashab ijod qiladilar. Durbek tomonidan qayta ishlangan "Yusufva Zulayho" dostoni, toshkentlik shoir Atoiyning devoni shu davr badiiy adabiyotining durdonalaridir. Bu davr o`zbek shoirlari ichida Lutfiy (1366-1465) alohida o`rin tutadi. Navoiyga qadar o`zbek she'riyatida Lutfiy darajasiga yetadigan shoir bo`lmagan. U birgina o`zbek tilida asarlar yaratib qolmadi, balki tojik tilida ham qasidalar yozdi. Lutfiy ijodida haqiqat va adolatni sevish, shafqat va muruvvatli bo`lishni targ`ib qilish, ilm va san'atni sevish kabi fikrlar katta joy olgan.

XV asr badiiy adabiyoti ravnaqida buyuk davlat arbobi, ulug` shoir, olim, mutafakkir

Alisher Navoiy va buyuk tojik shoiri Abdurahmon Jomiyning hissalari g`oyat buyukdir. Navoiy butun faoliyati va ijodiyotini insonning baxt- saodati uchun kurashga, xalqning osoyishtaligiga, o`zaro urushlarning oldini olishga, obodonchilik ishlariga, ilm-fan, san'at va adabiyot taraqqiyotiga bag`ishladi. U o`zbek adabiy tili, o`zbek mumtoz adabiyotini yangi pog`onaga ko`tardi. Navoiy o`ttizdan ortiq yirik badiiy asar yozdi. "Xamsa", "Xazoyin ul-maoniy", "Mahbub ul-qulub", "Lison ut-tayr" shular jumlasidandir.

Navoiy tarixni bilishning ahamiyati katta ekanini ta'riflab, odamlarni tarixni o`rganishga da'vat etadi. Uning fikricha, tarix fani shohlar, hukmdorlarning tarjimai holini emas, balki mamlakat tarixini o`rganishi kerak. Navoiy mamlakatni nimalar tanazzulga va nimalar farovonlikka olib kelishini, qanday ishlar tufayli mamlakat obod bo`lishini, xalqqa farog`at va baxt keltirishini tarix ko`rsatib berishi lozim deb hisoblaydi.

Navoiy adolat yordamida mamlakatni obod qilish mumkinligini, har bir kishi o`zining xulqi va odobi bilan odamlarni xursand qilishi lozimligini uqtirib o`tadi.

Xullas, o`zbek xalqining ulug` shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy o`zining faoliyati va ijodiyoti hamda bebaho asarlarida ko`targan o`ta insonparvar g`oyalari bilan jahon adabiyotining buyuk san'atkorlari qatoridan munosib o`rnini egalladi. Abdurahmon Jomiy Alisher Navoiyning zamondoshi, ustozi va do`sti edi. Ularning do`stligi va hamkorligi o`zbek va tojik xalqlari do`stligi va hamkorligining yorqin timsolidir.

  • Mutafakkir - chuqur tafakkur iste'dodi egasi.

  • Lavvoh - lavha yasovchi usta.

  • Nasta'liq xati - arab mumtoz xati uslublaridan biri bo`lib, unda yozilgan yozuvlarning 5/6 qismi egri, 1/6 qismi esa to`g`ri chiziqlar asosida yoziladi.

  • Sahhoflik - muqovasozlik.



Похожие:

Temuriylar davrida mamlakatning utimoiy-siyosiy, iqtisodiyva madaniy hayoti amir temur vorislari o`rtasida taxt uchun kurash va uning oqibatlari iconДокументы
1. /Amir Temur/AMIR TEMUR SALTANATI.doc
2. /Amir...

Temuriylar davrida mamlakatning utimoiy-siyosiy, iqtisodiyva madaniy hayoti amir temur vorislari o`rtasida taxt uchun kurash va uning oqibatlari iconДокументы
1. /Buxoro amirligida islohotlar uchun kurash. ajnabiy tajovuzkorlik. amir hokimiyatining...
Temuriylar davrida mamlakatning utimoiy-siyosiy, iqtisodiyva madaniy hayoti amir temur vorislari o`rtasida taxt uchun kurash va uning oqibatlari iconДокументы
1. /XVIII asrning birinchi yarmida Buxoro xonligida siyosiy tarqoqlikning kuchayishi va uning...
Temuriylar davrida mamlakatning utimoiy-siyosiy, iqtisodiyva madaniy hayoti amir temur vorislari o`rtasida taxt uchun kurash va uning oqibatlari icon1441-yil 9-fevralda Amir Temurning o'gli Shohruh Mirzo shohligi davrida Hirotda tug'ildi. Zamondoshlari uning haqida ko'pincha "Nizomiddin Mir Alisher" deb yozadilar

Temuriylar davrida mamlakatning utimoiy-siyosiy, iqtisodiyva madaniy hayoti amir temur vorislari o`rtasida taxt uchun kurash va uning oqibatlari iconAtrof muhit Individium yoki organizmni o'rab turgan hamda uning shakli va yashash tarzini belgilovchi fizikaviy, geografik, biologik, ijtimoiy, madaniy va siyosiy sharoitlar majmui. Axlat/Maishiy chiqindilar

Temuriylar davrida mamlakatning utimoiy-siyosiy, iqtisodiyva madaniy hayoti amir temur vorislari o`rtasida taxt uchun kurash va uning oqibatlari iconДокументы
1. /146_Amir Temur tuzuklari (Muqimov Z)/Amir Temur tuzuklari (Muqimov Z).doc
Temuriylar davrida mamlakatning utimoiy-siyosiy, iqtisodiyva madaniy hayoti amir temur vorislari o`rtasida taxt uchun kurash va uning oqibatlari iconДокументы
...
Temuriylar davrida mamlakatning utimoiy-siyosiy, iqtisodiyva madaniy hayoti amir temur vorislari o`rtasida taxt uchun kurash va uning oqibatlari iconSohibqiron amir temur

Temuriylar davrida mamlakatning utimoiy-siyosiy, iqtisodiyva madaniy hayoti amir temur vorislari o`rtasida taxt uchun kurash va uning oqibatlari iconMavzu: Amir Temur o’gitlaridan

Temuriylar davrida mamlakatning utimoiy-siyosiy, iqtisodiyva madaniy hayoti amir temur vorislari o`rtasida taxt uchun kurash va uning oqibatlari iconAmir Temur Plan: Conquering the whole Central Asia

Разместите кнопку на своём сайте:
Документы


База данных защищена авторским правом ©uz.denemetr.com 2000-2015
При копировании материала укажите ссылку.
обратиться к администрации