Документы



Kichik biznes subyektlarining tashqi iqtiisodiy faoliyati 16 Kichik biznes korxonalari samaradorligini oshirishda tashqi iktsodiy faoliyatni o‘rni icon

Kichik biznes subyektlarining tashqi iqtiisodiy faoliyati 16 Kichik biznes korxonalari samaradorligini oshirishda tashqi iktsodiy faoliyatni o‘rni

НазваниеKichik biznes subyektlarining tashqi iqtiisodiy faoliyati 16 Kichik biznes korxonalari samaradorligini oshirishda tashqi iktsodiy faoliyatni o‘rni
Дата27.05.2013
Размер45.86 Kb.
ТипДокументы
скачать

KICHIK BIZNES SUBYEKTLARINING TASHQI IQTIISODIY FAOLIYATI


16.1.Kichik biznes korxonalari samaradorligini oshirishda tashqi iktsodiy faoliyatni o‘rni


O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy iqtisodiy islohotlarda tashqi iqtisodiy munosabatlar va omillar g‘oyat muhim o‘rin to‘tadi. Kichik biznes korxonalari samaradorligini oshirishda tashqi iqtsodiy faoliyatni o‘rnini ham juda kattadir.

Hozirgi sharoitda tashqi iqtisodiy munosabatlar iqtisodiy va ilmiy texnikaviy rivojlanishining qudratli jadallashtiruvchisi bo‘lib qoldi. Hozirgi kunda jahon amaliyotining eng yangi yutuqlarini egallash, xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etish mamlakatni asosiy iqtisodiy vazifalarini hal etishda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Eng avvalo, tashqi aloqalarda ishlab chiqarishning eng samarali tarmoqlarini jamlash, ayni chog‘da xorijdan keltirish foydaliroq bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqaruvchi quvvatlarni kengaytirishdan voz kechish imkonini beradi. Ana shu asosda butun iqtisodiyotning, uning ayrim tarmoqlarining yoki ayrim firma va korxonalarning tuzilishini tashkil etish va takomillashtirish uchun imkoniyat paydo bo‘ladi.

Shuni aytib o‘tish muhimki, tashqi iqtisodiy faoliyat birgalikdagi tadqiqotlar va yechimlarni tashkil etish yoli bilan ham, butun tarmoqlar va ishlab chiqarishni zamonaviy texnika bilan juda tez qayta jihozlash yo‘li bilan ham va nihoyat jahon tajribasida sinovdan o‘tgan va samarali qo‘llanilayotgan o‘rta va kichik biznes korxonalarida ishlab chiqarishni boshqarish hamda uni tashkil etishni o‘rganish va tadbiq etish bilan ham milliy iqtisodiyot taraqqiyotini tezlashtirish imkonini beradi. Shuningdek o‘rta va kichik biznes korxonalarining tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlintirish ijtimoiy vazifalarni ham yanada muvaffaqiyatliroq hal etishga zamin yaratadi.

O‘zbekistonda hozirgi kunda bevosita kichik ishlab chiqarishni va xizmat ko‘rsatishni - kichik biznes korxonalarini tashqi iqtisodiy munosabatlarga jalb qilish, ya’ni eksport uchun mahsulot ishlab chiqaruvchilarning tashqi bozorga mustaqil ravishda chiqishlarini ta’minlash, jahon amaliyoti tajribalarining eng yangi shakl va uslublarini joriy etishni jadallashtirish, iqtisodiy manfatdorlikni vujudga keltirish hamda tashqi iqtisodiy aloqalar samaradorligini oshirish tashqi iqtisodiy jabhadagi tub o‘zgarishlarning asosiy maqsadlaridan biridir.

2004 yil davomida kichik tadbirkorlik subyektlarining tashqi savdo ko‘rsatkichlari o‘sishi bilan tavsiflanadi.

Tashqi savdo aylanmasining umumiy hajmida kichik biznеs sub'еktlarining ulushi jami eksportning 5 foizidan va jami importning 26 foizidan koproq qismini tashkil qiladi. Import ulushining bu qadar yuqori bo‘lishiga sabab- asosan kichik korxonalar-ning yangi asbob-uskunalar, zamonaviy tеxnologiyalar va boshqa ishlab chiqarish vositalari bilan jihozlanganligidir. Quyida diogrammalarda O‘zbеkiston Rеspublikasi KBXT korxonalarining eksport va importdagi ulushlari bеrilgan.(16.1, 16.2-rasmlar)




16.1.Rasm O‘zbеkiston KBXT korxonalarining eksportdagi ulushi (% hisobida)

Manba: Ўзбекистон Республикаси Давлат Статистика Қўмитаси материаллари



16.2.- Rasm. O‘zbеkiston KBXT korxonalarining importdagi ulushi(% hisobida)

Manba: Ўзбекистон Республикаси Давлат Статистика Қўмитаси материаллари


2004 yilda 2003 yilga nisbatan kichik tadbirkorlik subyektlarining eksportning umumiy hajmidagi ulushi 0.4 foiz darajada o‘sib, importning umumiy hajmidagi ulushi 0,3 foiz daraja kamayibi, 32,7%ni tashkil etdi. Bunda kichik korxonalar ulushiga 13,5% va mikrofirmalar ulushiga 14,7% to‘g‘ri kelmoqda (15.1-jadval).

15.1-jadval

Tashki iktisodiy faoliyatda kichik biznes subektlarining ulushi.(%)

Kursatgichlar

2003

2004

Eksport







Kichik tadbirkorlikning eksportdagi ulushi

6,9

7,3

Kichik korxonalar

3,6

4,6

Mikrofirmalar

1,6

1,2

Yakka tartibdagi tadbirkorlik

1,7

1,5

Import







Kichik tadbirkorlikni importdagi ulushi







Kichik korxonalar

14,9

13,5

Yakka tartibdagi tadbirkorlar

4,8

4,5

Tashki iktisodiy faoliyatda ishtirok etayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari

3246

3778



Manba: Uzbekiston Respublikasi Davlat statistika qumitasi.

Import qilingan mahsulotlarning katta ulushi mashina va qurilmalar 44,5% (3,8 foiz daraja o‘sish), kimyo maxulotlari 16,9% (2,5 daraja o‘sish), rangli va .ora metallar 80,4% (0,2 foiz daraja o‘sish) xissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Ushbu tarkibiy o‘zgarishlarga ayirboshlash kursini unifikatsiyalash va milliy valutani konvertatsiya qilish muammosini hal qilish hisobiga erishildi. Oziq-ovqat tovarlarini import qilish 9,4%ni tashkil etib, 2003 yilga nisbatan 8,4 foiz daraja pasayishi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda mahalliy kichik tadbirkorlik korxonalarining ulushi ortayotganligini ko‘rsatadi. Energiya va yoqilg‘i import qilish darajasining qisqarishi qayd etildi.

Tashqi bozorlar uchun kurashdagi muvaffaqiyatlar ko‘p jixatdan tashqi iqtisodiy faoliyatning qay darajada tashkil qilinganligi va uni boshqarish sifatiga bog‘liq bo‘ladi.

^ 16.2. Kichik biznes korxonalariga tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish muommolari.


Kichik biznes korxonasi tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarishning tashkiliy tuzilmasi avvalo shu faoliyatning xarakteri, xajmi xamda ishlab chiqariladigan maxsulot xususiyatlari, korxonaning moliyaviy imkoniyatlari va ko‘pgina boshqa omillarga bog‘liqdir. Tashqi bozorlarni o‘zlashtirishgda eksportchi korxona tomonidan agentlik kompaniyasi shaklidagi strategik bo‘linmani tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Bunday ishlar xalqaro amaliyotda keng tarqalgan. Bu yerda agent deganda eksport operatsialarini masalalarini hal qilishga safarbar qilingan rezident nazarda tutilib, u bir tomondan tashqi bozorning holati, mavjud o‘zaro hamkorlik mexanizmlari, turli eksport bozorlarining milliy xususiyatlari, harakatlarini qaratish lozim bo‘lgan potensial nuqtalar hakida qushimcha malumot oladi. Ikkinchi tomonidan esa, bu yerda kompaniyaning global strategik miqyosda xatoga yo‘l qo‘yish ehtimoli juda kichikdir, chunki tashqi bozorga kirib borish darajasi va tarmoqni rivojlantirishga sarflangan xarajatlar ko‘lami hali u darajada yuqori emas. Agent deyarli eksport maxsulot ishlab chiqaruvchi kompaniyalaring bo‘linmasi kabi ish tutadi, ammo uning daromadi sotilgan maxsulot uchun komission mukofotdan yoki tovarni o‘z hisobiga sotib olib, o‘z nomidan sotganda qo‘shiladigan ustamadan iborat bo‘ladi.

O‘zbekiston respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi kichik biznes korxonalariga tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda, eng avvalo eksport faoliyatida, shuningdek investitsiyalarni jalb etishda va boshqa faoliyatda ko‘maklashadi. Kichik biznes korxonalarini, shuningdek tashqi iqtisodiy faoliyat boshqa subyektlarni huquq, narh volyuta, moliya, kredit masalalari bo‘yicha tashqi bozorning eksportga yetkazib berilayotgan mahsulotlar sifatiga, texnik tavsifnomalarga talablar bo‘yicha metodik axborot va konsultativ taminlashni amalga oshiradi. Korxonalarga tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirishda keng huquqlar berilgan bo‘lib, bu butun ijtimoiy iqtisodiy xayotni demokratiyalash jarayonining ko‘rinishlaridan biridir. Hukumatimiz tomonidan shu narsa belgilab qo‘yildiki, mamlakat eksport bazasini rivojlantirish,tashqi bozorda raqobatga muqobil bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish, xalqaro iqtisodiy integratsiyani rivojlantirish, shu jumladan ilg‘or mamlakatlarning texnologiya taraqqiyoti natijalarini o‘rganish va tadbiq etish hamda sherikchilik korxonalarining faoliyatini ta’minlash borasida masalalarini hal etish yuzasidan tadbirlar izchil hamda o‘z vaqtida olib borilmog‘i shart .

Kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi korxonalar o‘z maxsulotlari bilan tashqi bozorga chiqish faoliyatlari bo‘yicha qator muammolarga duch kеlyaptilar.

Taxlillar va o‘tkazilgan so‘rovlardan ma'lum bo‘ldiki - kichik va xususiy korxonalar ishlab chiqargan mahsulotlar asosan – ichki bozorga mo‘ljallangan. Tashqi bozorga bop, raqobatbardosh mahsulotlar turi va hajmi juda kam miqdorda ishlab chiqiladi. Mahsulotini eksportga chiqarayotgan kichik biznеs sub'еktlari – eksport protsеduralarini o‘tkazish murakkabligi, bojxona talablariga javob bеrish qiyinchiliklari, tashqi bozorlar b‘yicha ahborotlar va ma'lumotlar kamligi va turli xil ma'muriy to‘siqlar mavjudligini ta'kidlashgan.

Shuni ta'kidlash lozimki tashqi savdo faoliyatini tartibga solish bo‘yicha bir qancha yangi qonunlar va mе'yoriy xujjatlar qabul qilindi. Eksport kontraktlarni amalga oshirishning bosqichlari bu xujjatlarda aniq bеlgilab olingan edi. Davlat organlari tarafidan qo‘llabquvvatlanayotgan kichik biznеs sub'еktlari talaygina imtiyozlarga egalar. Lеkin baribir bеlgilangan 10dan ortiq protsеduralardan o‘tish barcha xo‘jalik sub'еktlarini qiyin ahvolga tushishiga sabab bo‘lyapti.

Jumladan, valyuta opеratsiyalarida konvеrtatsiyalarni o‘tkazish kichik biznеs va tadbirkorlik sub'еktlarining masalasi xanuzgacha to‘liq еchimini topmaganligi tashqi iqtisodiy faoliyatining rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda.

Shunga qaramasdan tashqi savdo opеratsiyalarida qatnashish ishtiyoqini bildirgan kichik korxonalar soni yildan yilga o‘sib boryapti va umumiy eksport kўrsatkichlariga kichik biznеs sub'еktlari munosib hissa qo‘shib kеlmoqdalar.

Agar kichik korxonalarning rivojlanishi yuqori davlat idoralari tomonidan rag‘batlantirib, tartibga solib turilsada ma’lum darajadagi shart-sharoitlar yaratilmasa ijobiy tasir etuvchi mexanizmlar, ishlashni amalga oshirish mahalliy xududiy boshqaruv idoralari tomonidan qo‘llab – quvvatlanmasa, ko‘zlangan maqsadga erishish qiyin kechadi. Chunki o‘z iqtisodiy tabiyatiga ko‘ra kichik biznes asosan mahalliy iqtisodiyotni o‘zviy qismi bo‘lib, ana shu xududdagi muayyan shart-sharoitlar zamirida faoliyat ko‘rsatishga moslashgan bo‘ladi .

Respublikada kichik biznesning takomillanishi va rivojlanishida tashqi, ichki omil va sharoitlar, ya’ni chet el mamlakatlari bilan iqtisodiy integratsiyaning yuqori saviyasi, chet el kreditlarini, chet el investitsiyalarini, zayomlarini jalb qilish, bozor munosabatlari rivojlanish darajasi infrastruktura ahvoli, tashkil qilingan iqtisodiy ishlab chiqarish imkoniyatlaridan foy-dalanish saviyasi, mehnat va tabiiy manbalar muhim ahamiyatga ega.

Yaqin orada eksport va importni birdaniga boshqa yo‘nalishga burish mumkin emas. Yangi bozorlarda mahsulot va xom-ashyo sotib olish uchun valuta kerak U esa hozir yetarli darajada emas. Shuning uchun Respublika MDX va Rossiya bozorlarida o‘z mahsulotlarini sotishni rivojlantirishi va kengaytirishi kerak. 2006 yildan boshlab O‘zbekiston Rossiya bilan xalqaro iqtisodiy aloqalarni kengaytirib bormoqda. Jumladan, 2005 yilning dekaabrida Respublikada Rossiya Savdo Uyi ochildi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Rossiyaga doimiy ravishda yetkazib beruvchi tuzilmalarni vujudga keltirish ko‘zda tutilmoqda. Bularning ham-masi respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes korxona-larining tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar yaratmoqda. Kelajakda iqtisodiy tizimni qayta qurish munosabati bilan Markaziy va g‘arbiy Yevropa mamlakatlari bilan asta-sekin integratsiya bo‘lishi uchun obyektiv asoslar tug‘iladi.

Kichik biznes shakllarini tashkil etishda ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish, eksport imkoniyatlarini kengaytirish uchun valutaga sarf qilingan harajatlarni qoplay olish negizida, shuningdek bevosita chet el investitsiya negizida chet el kredit, zayomlarini jalb qilish muhim ahamiyatga ega. Respublika shunday vaziyatda qolganki, u mablag‘ bilan ta’minlashning noan’anaviy usullarini jalb etmay turib, iqtisodiy vaziyatga ta’sir ko‘rsata olmaydi.

Respublikaning xalqaro tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash fondlari, xalqaro valuta fondi, Yevropa tiklanish va rivojlanish Banki, Jahon Banki va uning filiali bo‘lgan xalqaro moliyaviy korporatsiya, investitsiya va kafolat xalqaro agentligi bilan hamkorligi ijtimoiy iqtisodiy dasturni amalga oshirish uchun imtiyozli ravishda kredit olish imkoniyatini tug‘diradi.

Biroq respublikaning yaqin va o‘zoq xorijiy mamlakatlar bilan turli aloqasi qanchalik yaxshi bo‘lmasin, kichik biznes rivojlanishida ichki sharoit va omillar hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Bu omillar ichida eng muhimi - bozor aloqalarining rivojlanish darajasini o‘ta pastligi. Buning sababi bir tomondan bu islohotlarni amalga oshirish boshlangandan beri qisqa vaqt o‘tganligida bo‘lsa, asosiysi - mutanosib kuchlarning islohotlarga qarshiligi, kerakli bozor infrastruktura tuzilishining yo‘qligi, boshqaruv huquqlari va uning normalarini amalga oshirish mexanizmining takomillashmaganligidir.

Respublikaning iqtisodiy ishlab chiqarish imkoniyatlaridan (sobiq SSSR davrida respublikada 1990 yilda xududning bir foiz, aholining 3,7 foizini tashkil qilishiga qaramay, umumiy mahsulot va milliy daromad 4,3 foiz, sanoat mahsulotlari 4,5 foizdan oshiq, qishloq xo‘jalik mahsulotlari 5,6 foiz ishlab chiqarilar edi) to‘liq foydalanilmayapti. MDH va jahon bozorlari axvolini hisobga olgan holda, mavjud mahalliy manbalar, xalq xo‘jaligi va aholi extiyojlarini hisobga olgan holda iste’molchilar komissiyasi, ilmiy va eksport va ishlab chiqarish tarmoqlarining rivojlanishi yordamida iqtisodiy ishlab chiqarish imkoniyatlarining tizimlarini qayta qurishni amalga oshirish lozim.


^ 16.3. Kichik biznes korxonalari tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari


Kichik biznes korxonalarining tashqi bozorga chiqishida bir qancha muammolar mavjud. Xususan, eksport shartnomalarini tashqi iqtisodiy aloqalar agentligida ro‘yxatdan o‘tkazish va bojxona organlarida hisobga olish jarayonlarining murakkabligidir. Shuningdek, kichik biznes subyektlariga ishlab chiqarishni rejalashtirish hamda tovarlar va xizmatlarni chet elga sotishda yordam ko‘rsatish borasida samarali tizim ishlab chiqilmagan. Agar rivojlangan davlatlar tajribasiga nazar solsak, buyuk tadbirkorlarning hammasi tovar ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan

Kichik biznes rivojlanishini tezlashtirishda va uning samaradorligini oshirishda asosiy yo‘nalishlar bo‘lib quyidagilar xizmat qiladi:

soliqlar, valuta va tashqi savdoni boshqarish borasida chet el investitsiyalari uchun mustaxkam rejim o‘rnatish, chet el kapitali yordamida xususiylashtirish uchun kerakli sharoitlar yaratish, investitsion loyihalar haqida ma’lumotlar tizimini tashkil etish;

moliyaviy-kredit muomalasi tarmog‘ida — kichik biznes uchun kredit muassasalari (masalan, kredit omonat muassasalar) tashkil etishga kerakli sharoitlar yaratish va kreditlar olish imkoniyatlarini kengaytirish;

chuqur qayta ishlangan mahsulot eksporti bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlar uchun valuta tushumini sotishni majburiy normalarini yaxshilash, banklararo hisoblash tizimini rivojlantirish, kichik korxonalar uchun asosiy fondlarning amortizatsiyasi;

markazlashgan resurslar manbaalari, axborot ma’lumotlar bazasiga kirishni ta’minlash, tadbirkorlar va haridorlar ijtimoiy himoya kafolatini, ta’minlash;

mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari tomonidan qo‘llabquvvatlashni aktivlashtirish, shu jumladan mahalliy miqyosda soliq imtiyozlari ishlab chiqish;

kichik korxonalar mahsulotlariga extiyojni va talab konyunkturasini o‘rganish uchun respublika axborot tizimini tashkil etish;

kichik venchur korxonalarga mablag‘ sarflayotgan xususiy investorlarning davlat sug‘urtasi;

lizing xizmatlarini rivojlantirish.


^ Qisqa xulosalar


Respublikada kichik biznesni takomillanishi va rivojlanishida chet el bozorlarini har tomonlama o‘rganish, yaxshi ko‘zatish va xulosa chiqarib, to‘g‘ri qarorga kelish va xususiy tadbirkorlar tomonidan eksport faoliyatini tashkil etish lozim. Kichik biznes shakllarini tashkil etishda ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish, eksport imkoniyatlarini kengaytirish uchun valutaga sarf qilingan harajatlarni qoplay olish negizida, shuningdek bevosita chet el investitsiya negizida chet el kredit, zayomlarini jalb qilish muhim ahamiyatga ega.


Nazorat va muloxaza uchun savollar


1. Tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish respublika iqtisodi ucyun ahamiyati qanday?

2.Kichik biznes korxonalari samaradorligini oshirishda tashqi

iktsodiy faoliyatni ahamiyat qanday?

3.Kichik biznesni tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish omillarini keltiring.

4.Kichik biznes samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari qanday?

5.Nima uchun kichik biznes korxonalari tashqi iqtsodiy faoliyati samaradorligi past?

6. Markaziy va g‘arbiy Yevropa mamlakatlari bilan integratsiya bo‘lishi uchun respublikada qanday tadbirlar amalga oshirilmoqda?

7. Tashqi iqtsodiy faoliyat bilan shugullanuvch qanday kichik biznes korxonalarini bilasiz?

8. Tashqi iktisodiy faoliyatda kichik tadbirkorlik subektlarining ulushi qanday?

9. O‘zbеkiston KBXT korxonalarining eksportdagi ulushi qanday?

10. O‘zbеkiston KBXT korxonalarining importdagi ulushi qanday?


Asosiy adabiyotlar


  1. А.Бекмурадов, Б.Гоипназаров, М.Аманов, М.Тошхуджаев. Ўзбекистон иқтисодиётини либераллаштириш йилларида. 1-қисм. Макроиқтисобиёт ва иқтисодий ислохатлар, савдо ва инвестициялар оқимлари. Т.: ТДИУ, 2005й., 59 б.

  2. А.Бекмурадов, Б.Гоипназаров, М.Аманов, М.Тошхуджаев. Ўзбекистон иқтисодиётини либераллаштириш йилларида. 1-қисм. Макроиқтисобиёт ва иқтисодий ислохатлар, савдо ва инвестициялар оқимлари. Т.: ТДИУ, 2005й., 59 б.

  3. А.Бекмурадов, Р.Тоиров, Э.Махмудов, М.Исаков, Ж.Тураев. Ўзбекистон иқтисодиётини либераллаштириш йилларида. 5-қисм. Ташқи иқтисодий сиёсат: савдо ва инвестициялар оқимлари. Т.: ТДИУ, 2005, 61 б.

  4. Кичик тадбиркорлик фаолияти асослари 1-қисм: Ўқув амалий қўлланма / Б.Ю.Ходиев, А.Самадов,М.С. Юсупов ва бошқалар – Тошкент.: ЕҲ ТЕМПУС дасури “Матодор-2000” лойиҳаси, 2004. 144 б.

  5. Шодибекова Д.А Халқаро маркетинг.Магисратура талабалари учун ма’рузалар матни. Т.: ТДИУ, 2005. -207 б.



Похожие:

Kichik biznes subyektlarining tashqi iqtiisodiy faoliyati 16 Kichik biznes korxonalari samaradorligini oshirishda tashqi iktsodiy faoliyatni o‘rni iconKichik biznes korxonalari boshqaruvining tashkiliy tuzilishi kichik biznes korxonalari boshqaruvi strukturasi

Kichik biznes subyektlarining tashqi iqtiisodiy faoliyati 16 Kichik biznes korxonalari samaradorligini oshirishda tashqi iktsodiy faoliyatni o‘rni iconKichik biznes korxonalari uchun biznes reja ishlab chiqish

Kichik biznes subyektlarining tashqi iqtiisodiy faoliyati 16 Kichik biznes korxonalari samaradorligini oshirishda tashqi iktsodiy faoliyatni o‘rni iconKichik biznes korxonalarini rivojlantirishda lizingdan foydalanish 17. 1 Kichik biznesda lizingdan foydalanishning ahamiyati

Kichik biznes subyektlarining tashqi iqtiisodiy faoliyati 16 Kichik biznes korxonalari samaradorligini oshirishda tashqi iktsodiy faoliyatni o‘rni iconKichik biznes faoliyatini rejalashtirish kichik biznesfaoliyatini strategik rejalashtirish

Kichik biznes subyektlarining tashqi iqtiisodiy faoliyati 16 Kichik biznes korxonalari samaradorligini oshirishda tashqi iktsodiy faoliyatni o‘rni iconKichik biznes subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, sertifikatsiyalash tartibi

Kichik biznes subyektlarining tashqi iqtiisodiy faoliyati 16 Kichik biznes korxonalari samaradorligini oshirishda tashqi iktsodiy faoliyatni o‘rni iconДокументы
1. /kichik biznes chiqarishga tayyor.doc
Kichik biznes subyektlarining tashqi iqtiisodiy faoliyati 16 Kichik biznes korxonalari samaradorligini oshirishda tashqi iktsodiy faoliyatni o‘rni iconДокументы
...
Kichik biznes subyektlarining tashqi iqtiisodiy faoliyati 16 Kichik biznes korxonalari samaradorligini oshirishda tashqi iktsodiy faoliyatni o‘rni iconKichik biznesni rivojlantirishda bozor infratuzilmasining o‘rni. 22 Kichik biznesni bozor infratuzilmasi

Kichik biznes subyektlarining tashqi iqtiisodiy faoliyati 16 Kichik biznes korxonalari samaradorligini oshirishda tashqi iktsodiy faoliyatni o‘rni iconRivojlangan davlatlar iqtisodiyotida kichik biznesning o‘rni. Xorijiy davlatlar iqtisodiyotida kichik biznesning roli
Деловая среда в Узбекистана глазами представителей малого и среднего бизнеса”. Отчет Международной Финансовой Корпорации по итогам...
Kichik biznes subyektlarining tashqi iqtiisodiy faoliyati 16 Kichik biznes korxonalari samaradorligini oshirishda tashqi iktsodiy faoliyatni o‘rni iconKorxonaning biznes rejasi biznes-rejaning mohiyati va vazifalari
«biznes-reja korxonangiz gullab-yashnashi uchun kerakli yo’lni tanlab olishingizga xizmat qiluvchi hujjatdir. Biznesingiz bilan bog’liq...
Загрузка...
Разместите кнопку на своём сайте:
Документы


База данных защищена авторским правом ©uz.denemetr.com 2000-2015
При копировании материала укажите ссылку.
обратиться к администрации