Документы



Korxonaning biznes rejasi biznes-rejaning mohiyati va vazifalari icon

Korxonaning biznes rejasi biznes-rejaning mohiyati va vazifalari

НазваниеKorxonaning biznes rejasi biznes-rejaning mohiyati va vazifalari
Дата27.05.2013
Размер111.38 Kb.
ТипДокументы
скачать

KORXONANING BIZNES - REJASI


4.1. Biznes-rejaning mohiyati va vazifalari


Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o’tishi bilan korxonalarda ishlab chiqiluvchi oldingi texnika-sanoat-moliya rejalari, qurilish-moliya rejalari, transport-moliya rejalari tarmoq xususiyatlaridan kelib chiqib o’z o’rnini biznes-rejalarga bo’shatib berdi. Biznes-rejada biznes falsafasi, korxonaning joriy va istiqboldagi strategiyasi aks ettiriladi.

Ko’pchilik, ayniqsa, amaliyotchilar ushbu hujjatni tayyorlashning nafaqat muhim, balki juda murakkab ekanligidan ham xabardorlar. «Bir lahzada tayyorlanuvchi biznes-reja» kitobi mualliflari Gustav Berl va Pol Kirshnerning «biznes-rejaga ega bo’lib, siz professionalga aylanasiz, o’z biznesingizni rivojlantirishingiz mumkin bo’ladi»1 deb aytganligi bejiz emas, albatta. Haqiqatdan ham, biznes-reja bu biznes ummonidagi mayoq, biznesning hozirgi va kelajakdagi holatining suratidir. U yangi paydo bo’layotgan biznesning yuragidir.

Ko’ngildagidek ishlab chiqilgan biznes-reja ishlab chiqarishni faol rivojlantirish va shu bilan bir paytda uning dinamikasini nazorat qilish, investorlar, hamkorlar va kredit resurslarini jalb qilishni amalga oshiradi. Eng asosiysi u yoki bu ishlab chiqarishga pul kiritish joizmi, barcha xarajatlarni qoplaydigan miqdorda daromad olinadimi degan savollarga javob beradi. To’g’ri, biznes-reja faqat shu bilan cheklanib qolmaydi, chunki u funktsional vazifalariga ko’ra ishlab chiqarishni tashkil qilish, texnika va texnologiyalar, korxonaning moliyaviy rejalari bilan bog’liq muhim masalalarni hal qilishga qaratiladi. Bu haqda biz keyinroq batafsil to’xtalib o’tamiz.

Aytish kerakki, biznes-reja xo’jalik boshqaruvi vositasi sifatida mamlakatimizdagi korxonalar ish amaliyotiga ko’ngildagidek tez kirishib ketgani yo’q. Masalan, oz fursat davomida turli yondashuv va nuqtai nazarlarning mavjudligi biznes-rejalarning ahamiyati va mohiyatiga ham, ularni ishlab chiqish usullariga ham aniqlik kiritmagan. Ayniqsa, iqtisodiy islohotlarning dastlabki yillarida zarur ilmiy-uslubiy adabiyotlarning etishmasligi o’z ta’sirini ko’rsatdi. Shu va boshqa sabablarga ko’ra ko’plab korxonalarning biznes-rejalari yuqorida darajada asoslanganlik bilan ajralib turmadi va ko’p hollarda bank muassasalari tomonidan ularni moliyalashtirishda inkor qilindi.

Biznesni rejalashtirish bo’yicha xorijiy adabiyotlar oqimining o’sishi ushbu sohaga ma’lum bir aniqlik kiritib, uning ilmiy-uslubiy asoslarini boyitdi. Ayrim mualliflar fikr va mulohazalarini keltirib o’tishga harakat qilamiz.

Masalan, yuqorida aytib o’tilgan «Bir lahzada tayyorlanuvchi biznes-reja» asarida bu savol asosan yakka tartibda o’z biznesini ochish niyatida bo’lgan shaxslarga yo’naltirilgandir. Unda, xususan, «biznes-reja korxonangiz gullab-yashnashi uchun kerakli yo’lni tanlab olishingizga xizmat qiluvchi hujjatdir. Biznesingiz bilan bog’liq bo’lgan eng ahamiyatli holat bu menejmentdir. Qisqasi bu - siz» degan mulohaza oldinga suriladi.

Edvard Blekvellning «Qanday qilib biznes-reja tuzish» asarida ko’rsatilishicha: «Biznes-reja bank yoki boshqa moliyaviy muassasalardan pul olish kerak bo’lganda, shuningdek, aktsiyalar emissiyasida foydalaniluvchi rejadir».

1998 yilda Gruzinov V.P. muharrirligi ostida nashr qilingan «Korxona iqtisodiyoti» darsligida qayd etilishicha: «biznes-reja biron-bir tijorat loyihasini amalga oshirish yoki yangi korxona yaratish uchun mo’ljallangan asoslangan hatti-harakatlar yig’indisini ifodalovchi hujjatdir»2. 1996 yilda Gorfinkel V. L. va Kupryakova E.M. muharrirligi ostida chiqarilgan xuddi shunday kitobda aytiladiki «tadbirkorlik biznesining asosiy maqsadi foyda olishdir. Ko’zda tutilgan bitimni rejalashtirishda avvalo qanday summa olishga umid qilish va loyiha umuman kutilayotgan miqdorda foyda keltirishga qodirligiga ishonch hosil qilish lozim»3.

Biznes-reja quyida keltirilgan uchta asosiy funktsiyalarni bajarishga bog’liq degan fikr ham mavjud:

  • biznes yuritish kontseptsiyasini ishlab chiqish;

  • korxona faoliyatining amaldagi natijalarini baholash;

  • pul mablag’larini jalb qilish zarurligini asoslab berish.

Yuqorida keltirilgan sharhdan ko’rinib turibdiki, biznes-rejani tuzish zarurati ayrim hollarda o’z biznesini yaratish bilan, ikkinchi holda bank yoki boshqa moliyaviy muassasadan pul olish niyati bilan, uchinchidan esa tijorat loyihasini amalga oshirish, yangi korxona yaratish zarurati bilan asoslanadi.

/arblik iqtisodchi olimlarning o’z mamlakatlari hukumatlari bilan birgalikda jamiyatda tadbirkorlik ruhini yaratishga harakat qilayotganliklarini tushunish mumkin (Amerikaliklar shiorini eslaylik «biznesmen – millatning oltin fondi»). Shu sababli ular o’z tavsiyalarining aksari qismini yangi ish ochish, o’z biznesi bilan shug’ullanish niyatida bo’lgan shaxslarga yo’naltiradilar.

Biroq oddiy, aytaylik, non va non mahsulotlari, lok-bo’yoq materiallari yoki oyoq kiyimi ishlab chiqarish bilan shug’ullanuvchi hamda yangi qurilish yoki yangi loyihani amalga oshirishni hayoliga ham keltirmaydigan korxonalar bilan nima bo’ladi? Bu holda biznes-reja kerak bo’ladimi yoki korxona ishlab chiqarish-xo’jalik va iqtisodiy faoliyat uchun oddiy reja tuzish bilan cheklanib qolaveradimi?

Biznes-rejalarning ahamiyati va zarurligini shubha ostiga qo’ymagan holda aytish joizki, bu hujjatni ishlab chiqish xorijda keng qo’llanishi sababligina urf-odatga aylanib qolmasligi lozim. Shuningdek u boshqa korxonalar ham shunday qilayotganligi uchungina ishlab chiqilmasligi kerak. Biznes-rejani tayyorlash, uning maqsad va vazifalarida aniqlik bo’lishi zarur. Busiz yuqorida eslab o’tilgan V.P. Gruzinovning «Korxona iqtisodiyoti» darsligida ko’rsatilgan holat kelib chiqishi mumkin: «Korxona biznes-rejasi – yangi korxona yaratishni ko’zda tutuvchi hujjatdir»4.

O’zbekiston sharoitlarida korxonalarning katta qismi (80% atrofida) xodimlar soni 10 kishidan 100 kishigacha bo’lgan kichik korxona va mikrofirmalardan iboratligi bilan bog’liq xususiyatni hisobga olish zarur. Aynan ular biznes va tadbirkorlikning tashkiliy shakllari hisoblanadi. Shu munosabat bilan tabiiy savol tug’iladi: bunday korxonalarga zamonaviy darsliklar va g’arb adabiyotlarida taklif qilinayotgan hamdagi va tuzilmaviy mazmunli biznes-rejalar kerakmi? Kichik korxonalar yirik korxonalarning biznes-rejalarnidan nusxa ko’chirib olmaydilarmi?

Bizningcha, biznes-reja ham yirik korxonalarda, ham kichik korxonalarda ishlab chiqilishi lozim. Bunda uni ishlab chiqish korxonani rivojlantirish strategiyasidan tashqari, ularni amalga oshirish uchun ayni paytda korxonadan qo’shimcha moliyaviy resurslar talab qiluvchi yangi loyihalarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni kengaytirish, qayta ta’mirlash va texnik jihozlash, mahsulot diversifikatsiyasi, ichki va tashqi bozorlarga kirib borish bilan bog’liq bo’lishi lozim. Chunki biznes-reja korxonaning kundalik faoliyatidan tashqari, bank muassasalari tomonidan yuqorida ko’rsatilgan va shunga o’xshash tadbirlarni moliyalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Boshqa hollarda esa korxona o’z biznes-rejasini nima deb atashining unchalik ahamiyati bo’lmaydi, bu korxonaning o’z ixtiyorida bo’ladi.

Gap shundaki biznes-reja har qanday muammolardan himoya qiluvchi vosita bo’la olmaydi, u korxonaning o’zi bajarishi lozim bo’lgan vazifalarni o’zidan-o’zi hal qilmaydi. Amaliyotning guvohlik berishicha, reja juda yaxshi ishlab chiqilgan bo’lsada, undan noto’g’ri foydalanishda korxona zarar ko’rishi mumkin. Biroq bu biznes-reja umuman kerak emas degan fikrga olib kelmasligi kerak. Masalan, banklar, investitsiya firmalari va boshqa muassasalar aniq va to’g’ri tuzilgan biznes-rejani olmaguncha korxonalardan moliyaviy qo’llab-quvvatlash bo’yicha qaror qabul qilmaslikka harakat qiladilar.

Biznes-reja birinchidan, korxonaning barcha bo’lim va xizmatlari majburiyatlari va javobgarligini aniqlashga imkon beradi, ikkinchidan, ularni korxona istiqboli bilan shug’ullanish hamda korxona maqsadlarini va ularga erishish yo’llarini aniqlashga majbur qiladi, uchinchidan, korxona faoliyatining muhim yo’nalishlari bo’yicha ko’rsatkichlarni belgilab beradi, to’rtinchidan esa, korxonaning bozordagi kutilmagan o’zgarishlarga yanada moslashuvchan va tayyor qilib qo’yadi.

Biroq shunday bo’lsada, biznes-rejani bank yoki boshqa muassasalar tomonidan korxonaning iqtisodiy holatini yaxshilash va uning ishlab chiqarish salohiyatidan unumliroq foydalanish tashlangan qutqarish vositasi deb tushunmaslik kerak. Gap shundaki, turli maslahatchilar, bankirlar, huquqshunoslar, moliya xizmatchilari, buxgalterlar va boshqalar rejada biznesni ko’rsatish uchun turli nuqtai nazarga ega bo’ladilar. Aynan shu jihat biznes-rejani korxonaning oddiy rejalaridan farqli qilib qo’yadi. Shu sababli biznes-rejani ishlab chiqish birinchidan, qog’ozda qolib ketmasdan amaliyotda qo’llanishi, ikkinchidan, ekspertiza tomonidan rad qilinmasligi va uchinchidan, foydaning o’sishi va korxonaning umumiy moliyaviy holati yaxshilanishiga xizmat qilishi maqsadida o’ziga alohida e’tibor va chuqur o’ylab chiqilgan yondashuv talab qiladi.


^ 4.2. Biznes-rejani tayyorlash bosqichlari


Mavjud ilmiy va uslubiy adabiyotlar biznes-rejani ishlab chiqish uchun yagona to’g’ri yo’l yo’qligiga alohida e’tibor qaratadi. Biznes-rejaning tarkibi, tuzilmasi, ko’rsatkichlari va boshqa jihatlari odatda korxonaning hajmi (quvvati), yo’nalishi, iqtisodiy va moliyaviy holati, shuningdek, gap o’z ishini endi boshlayotgan tadbirkor yoki faoliyat yuritayotgan korxona haqida borayotganligiga bog’liq bo’ladi. Agar gap barcha tashvishlar o’z ishini boshlash va buning uchun zarur bo’lgan boshlang’ich kapitalni, jumladan, bank kerditlari hisobiga shakllantirish bilan bog’liq bo’lgan tadbirkorlik haqida borsa, biznes-rejaning mazmuni va uni tayyorlash bosqichlari ma’lum bir (umumiy) ko’rinishga ega bo’lishi, yangiliklar kiritish yoki bankrotlik yoqasida turgan korxona haqida boradigan bo’lsa boshqa ko’rinishga ega bo’ladi. Shunday bo’lsada, har qanday biznes-rejada tanlangan biznes kontseptsiyasi ochib beriluvchi, taklif qilinayotgan mahsulot, ish yoki xizmatlarnig o’ziga xosligini tavsiflovchi, shuningdek, istiqbolda olinishi lozim bo’lgan foyda (daromad) va biznesni kengaytirish aks ettiriluvchi bo’limlar mavjud bo’ladi.

Xo’jalik amaliyotining dalolat berishicha, umuman rejalashtirish, va xususan biznesni rejalashtirish ikki bosqichda amalga oshiriladi. ^ Birinchi bosqichda biznes-rejaning loyiha varianti ishlab chiqilib, unda o’tgan yilda erishilgan natijalar tahlili va kelgusi yillar uchun o’z imkoniyatlarini baholash hisobiga dastlabki hisob-kitoblar amalga oshiriladi. Biznes-reja barcha hisob-kitoblarda belgilangan texnologik jarayonlarga, ichki zahiralardan to’liq foydalanishga asoslanishi hamda zarur hollarda tashkiliy va texnik-iqtisodiy tadbirlar bilan mustahkamlanishi lozim.

Ushbu bosqichda chiqariladigan mahsulotga jamiyat ehtiyojlari va bozor talabini aniqlash katta ahamiyatga ega. Gap shundaki, jamiyatning aniqlangan ehtiyojlaridan tashqari, iste’molchilar mahsulotni xarid qilish uchun sarflaydigan va korxona ushbu ehtiyojlarni qondirish uchun mahsulot ishlab chiqarishga sarflovchi resurslarning cheklanganligi ham mavjud. Shuning uchun «ehtiyoj - resurslar» bog’liqligi biznes-rejaning asosiy bo’g’ini hisoblanadi. Ehtiyojlarni aniqlash korxonani iste’molchilik talabiga ega bo’lmagan mahsulot chiqarish uchun xarajatlar sarflashining oldini oladi, talab qilinuvchi resurslar hisob-kitobi esa xato va kamchiliklarga yo’l qo’ymaydi.

^ Ikkinchi bosqich bu biznes-rejani yakuniy ishlab chiqish va uni korxonaning rasmiy hujjati sifatida tasdiqlashdir. Aynan shu sifatda biznes-reja huquqiy kuchga ega bo’lib, turli idora va muassasalarga, xususan, banklardan moliyaviy resurslar olish uchun taqdim etilishi mumkin. Agar uni ishlab chiqish o’z navbatida korxonaning ishlab chiqarish va iqtisodiy (moliyaviy) strategiyasini ishlab chiqishga imkon beruvchi marketing tadqiqotlari va bozor tahliliga asoslansa to’g’ri bo’lur edi.

Ayrim mutaxassislar bitta biznes-rejaning ikki xil ko’rinishga ega bo’lishini – hamkorlar, investorlar, aktsiyadorlarga taqdim etiluvchi rasmiy biznes-reja va korxona rahbariyati va uning komandasi uchun tuzilgan ishchi biznes-rejani tavsiya qiladilar.

Ishchi biznes-reja xuddi rasmiy biznes-reja kabi tartibda va xuddi shu bo’lim va nomlardan iborat bo’lib, tavsiya qiluvchilarning fikricha, quyidagi vazifalarni bajarishga xizmat qilishi lozim:

  1. Rasmiy biznes-rejaning muhimligini tushunish.

  2. Yangi tadbirkorlik ishini boshlashdan ancha avval bajariluvchi hatti-harakatlar dasturini aniqlash.

  3. Yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolar variantlarini detalli ko’rib chiqish.

  4. Ichki va tashqi tavakkalchiliklarni baholash.

  5. Bozor muhitidagi doimiy o’zgarishlarni hisobga olgan holda ish holati nazoratini amalga oshirish.

Bugungi kunda korxonalar turli xil hisobot, reja, statistika, normativ va boshqa materiallardan foydalanadilar. Agar «bitta hujjat kam, bitta hujjat ko’p» tamoyiliga rioya qilinadigan bo’lsa berilayotgan tavsiya e’tiroz uyg’otmasligi mumkin. Biroq ma’lumki, gap sonda emas, balki biznes-rejalarning amalga oshishi, ularning real voqelikka mos kelishidadir. Korxona ikkita (rasmiy va ishchi) biznes-rejaga ega bo’lsada, biroq muvaffaqiyatga erishmasligi ham mumkin. Bitta, lekin korxona faoliyatining kuchli va zaif tomonlarini hisobga oluvchi, mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan eng samarali foydalanish va kutilayotgan miqdorda foyda (daromad) olishga yo’naltirilgan real biznes-reja ko’proq muvaffqaiyatga erishishi mumkin.

Har qanday istiqbolli hujjat kabi, biznes-reja ham iste’mol bozorida va umuman iqtisodiyotda ro’y berayotgan o’zgarishlarni hisobga olgan holda vaziyatga ko’ra qayta ko’rib chiqilishi, zarur hollarda o’zgartirishlar kiritilishi mumkin. Eng asosiysi u korxonaning bozordagi ulushini saqlab qolishga ko’maklashishi, kelgusida ishlab chiqarish va sotish biznes-rejaning asosiy qismidan o’rin egallovchi mahsulotning hayotiylik davrini uzaytirishga xizmat qilishi lozim. Biznes-rejani ishlab chiqishning dastlabki bosqichi ham, yakuniy bosqichi ham «bir gap bo’lar» qabilida bajarilishi mumkin emas. Bozor ishlab chiqarishni tashkil etish va rejalashtirishda xatolarni, o’ylanmay qilingan hatti-harakatlarni kechirmaydi.

Yakuniy maqsadning bittaligiga qaramay, biznes-rejani ishlab chiqishning har bir bosqichi bajarishi lozim bo’lgan belgilangan vazifalar doirasi mavjud. Birinchi bosqichda asosan korxonaning iste’molchilarga taklif qilishi mo’ljallanayotgan tovar va xizmatlar tarkibini tanlash (yangi mahsulot, modifikatsiyalangan yoki an’anaviy mahsulot), ishlab chiqarish dasturini bajaruvchi bo’yicha taqsimlash, talab qilinadigan xom-ashyo, material va boshqa zarur vositalar hajmini, shuningdek, tayyor mahsulotni sotish kanallarini aniqlash, mahsulot tannarxi, kutilayotgan foyda va hokazolarni hisob-kitob qilish vazifalari bajarilsa, ikkinchi bosqichda barcha dastlabki hisob-kitoblar birlashtiriladi va korxona biznes-rejasini shakllantirish yakunlanadi.

Biznes-rejani ishlab chiqishning birinchi bosqichidagi hisob-kitoblar qanchalik aniq va bexato bajarilgan bo’lsa, uning boshqaruv hujjati va xo’jalik yuritish vositasi sifatidagi ishonchliligi shunchalik yuqori bo’ladi. Biznes-reja bosqichlarini ishlab chiqish o’rtasida uzoq tanaffus bo’lmasligi va ortiqcha axborot bilan to’ldirib tashlanmasligi lozim. Amaliyotning ko’rsatishicha, katta hajmdi tuzilgan biznes-reja hali to’liqlik va yuqori sifatlilikni anglatmaydi. Masalan, bank xizmatchisi korxona ikki yuz yoki besh yuz ming so’m kredit olish uchun yuz varaqdan ortiq biznes-reja olib kelgan taqdirda uni o’qib ham o’tirmaydi. Unga yuz million so’m kredit olish uchun tayyorlangan biznes-reja bir necha varaqdan iborat bo’lib, asosiy mazmun bir nechta gap bilan ifodalangan bo’lishi ham katta ta’sir ko’rsatmaydi.

To’liq biznes-rejaning kompyuterda terilgan matni ellik varaqdan oshmasligi lozim. Biroq so’nggi yillarda, xususan, raqobat kuchli bo’lgan soha va tarmoqlarda qisqartirilgan biznes-rejalar keng qo’llanayotgan bo’lib, ularning hajmi 10-15 varaqdan ortmayapti. Shunday bo’lsada, biznes-reja har qanday variantida korxona missiyasini bajarish va uning pirovard maqsadlariga erishishni ta’minlashga xizmat qilishi lozim.

Yuqoridagi fikr va mulohazalardan kelib chiqqan holda bevosita biznes-rejani ishlab chiqish va rasmiylashtirish bosqichlariga mufassal to’xtalib o’tamiz.

Biznes rejani shakllantirishni yangi korxonani tashkil etish yoki korxona faoliyatiga muhim o’zgartirish kiritish g’oyasi bir necha bosqichlarda amalga oshiriladi5. Ularni turli darajada yiriklashtirish yoki detallashtirish mumkin (4.1-rasm):


Missiyani bеlgilash

(firma falsafasi)

Loyiha maqsad va vazifalarni ifodalash

Biznеs-rеjani umumiy tuzilmasini bеlgilash




Zaruriy axborotlarni to`plash mе'yorlarini ishlab chiqish

Biznеs-rеjani tuzish

(rеjalashtirish jarayoni)





4.1-rasm. Biznes-rejani ishlab chiqish bosqichlari.

Biznes-rejani tayyorlashning birinchi bosqichida korxona missiyasi (korxona falsafasi) – xo’jalik subyektining qisqacha ta’rifi, uning maqsadlari, burchi, faoliyat sohalari, harajat me’yorlari va mintaqa, jamiyatning ijtimoiy vazifalarini xal etishdagi o’rni aniqlanadi.

Ko’pincha korxonalir o’z missiyasi maksimum foyda olish, deb xato qiladilar. Iste’molchilar uchun korxonaning qancha foyda olishi qiziqarli emasdir. Foyda olish korxonaning ichki muammosi bo’lib, uni hammaga e’lon qilish, ta’sis xujjatlariga kiritib qo’yishni ma’lum ma’noda o’rinsiz deb hisoblash mumkin. Har qanday korxona ochiq tizim bo’lib, uning muvaffaqiyati tashqi muxitdagi iste’molchilarning ma’lum bir talablarini qondirish bilan bog’liqdir. Agar korxona shunday missiyani amalga oshirishga imkoniyat topa olmasa, bir vaqtning o’zida kam foyda oladi. Shuning uchun faqatgina tashqi muxitdan korxonaning maqsadi va missiyaning topish mumkin. Foyda maqsad emas, balki maqsadga erishish vositasidir.

Mos keluvchi missiyani tanlab olish uchun kamida ikkita savolga javob topish kerak: ''korxona mijozlari, iste’molchilari kim?'', Korxona qanday talablarni qondirishi mumkin?''. Masalan, foydaning ahamiyatini yaxshi bilgan Genri Ford o’z kompaniyasi missiyasini quyidagcha ta’riflagan: ''Biz odamlarga arzon mashinalarni xavola etamiz '' Shu bilan birga u doimo ushbu ishni kim amalga oshirsa, uni foyda chetlab o’tmaydi deb ta’kidlab kelgan.

Missiya korxonaning o’zi uchun belgilab olinadi, lekin doimo xaridorga, jamiyatga yo’naltirilgan bo’ladi. Mashhur ''Soni'' firmasining missiyasi quyidagicha ta’riflanadi: ''Taraqqiyotni amalga oshirish orqali jamiyatga xizmat qilish''. Shu kabi quyidagi misollarni keltirish mumkin:

  • Xalqaro savdo orqali tinchlik sari.

  • Mamlakat uchun nima yaxshi bo’lsa, firma uchun ham yaxshidir.

  • Bizning mahsulotlar dunyoni hayot uchun yanada qulay qiladi.

  • Iste’molchilar tashkilotimiz xayotiy kuchining manbai.

Korxona missiyasining fundamental asoslari bo’lib uning tamoyillari va etikasi hisoblanadi. Ular firma xodimlari xatti-harakatlariga qo’yiladigan universal ijtimoiy talablar majmuini ifodalovchi faoliyatning asosiy qoidalari sifatida yuzaga chiqadi.

Korxona tamoyillari o’z ichiga oladigan talablar quyidagilar:

  • mahsulot (ish, xizmatlar) va bozorga talablar;

  • boshqaruvga talablar - motivatsiya tizimi, qarorlar qabul qilish, nazorat, yutuqlarni baholash va x.k.;

  • xodimlarga talablar - ijodiy fikrlash, mas’uliyatni o’z zimmasiga olish, motivlar, unumdorlikni baholash va x.k.;

  • tashqi muhitga talablar - xaridorlar, ta’minotchilar, investorlar, raqobatchilar, jamiyat, davlat.

Tamoyillarni shunday ta’riflash kerakki, bir tomondan, raqobatchilar korxonaning xo’jalik yuritishdagi niyatlaridan foydalana olmasliklari uchun imkon qadar umumlashgan xolda, ikkinchi tomondan, xaridorlar va xamkorlar hamda boshqa ishtirokchilar ularni yaxshi tushunishi uchun etarlicha aniq bo’lishi lozim.

^ Korxona etikasi (yoki o’zaro aloqalarning ma’naviy jixatlari) biznesmenning vijdoni yordamida tadbirkorlik faoliyati jarayonida firma xodimlari xatti-harakatlariga (hulqiga) bo’lgan eng yuqori talablarga amal qilishga imkon yaratadi. Korxonaning bozordagi hamkorlariga nisbatan amal qilishi lozim bo’lgan ma’naviy qadriyatlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: aldashdan voz kechish, halollik, hamkorlikdagi ishda ishonch, innovatsion g’oyalar sohibining tadbirkorlik manfatiga hurmat.

Missiyani belglashda korxona tanlab olgan qadriyatlar yo’nalishi ham ahamiyatga ega bo’lib, ular rahbarlar va barcha xodimlarning strategik xatti-harakatlariga jiddiy ta’sir o’tkazadi. Nazariya va amaliyotda qadriyatlar yo’nalishining oltita turini ajratib ko’rsatish mumkin (4.1-jadval)6.

4.1-jadval.

^ Qadriyatlar yo’nalishlari va ularning maqsadlar bilan aloqasi.

Yo’nalish turi

Qadriyatlar kategoriyasi

Korxona ko’zlayotgan maqsadlar toifalari (tiplari)

Nazariy

  • Haqiqat

  • Bilim

  • Oqilona fikrlash

Uzoq muddatli tadqiqotlar va ishlanmalar

Iqtisodiy

  • Qulaylik

  • Foydalilik

  • Boylik jamg’arish

  • O’sish

  • Foyda olish

  • Natijalar

Siyosiy

  • Xokimiyat

  • Hurmat qozonish

  • Kapital va sotishning umumiy xajmi, ishlovchilar soni

Ijtimoiy

  • Yaxshi munosabatlar

  • Sadoqat

  • Nizolarning bo’lmasligi

  • Foydalilikdan ijtimoiy mas’uliyatning yuqori turishi

  • Bilvosita raqobat

  • Tashkilotdagi yaxshi muxit

Estetik

  • Badiiy muvofiqlik

  • Shakl va o’lchamlar mosligi

  • Tarkib

  • Mahsulot dizayni

  • Sifat

  • Foydani kamayishi hisobiga bo’lsa ham ko’rkamlikni ta’minlash.

Diniy

Borliq bilan muvofiqlik, kelishuv.

  • Etika

  • Ma’naviy muammolar

Korxona missiyasi uning madaniyati - korxona ob’ro’sini (marka, imidj) shakllantiruvchi korxona qadriyatlari, me’yor va g’oyalari majmuasi bilan chambarchas bog’liqdir. U hayotda quyidagilarda o’z aksini topadi:

  • korxonaning xatti-harakatlarida - barcha xodimlar uchun yagona bo’lgan tamoyillarda;

  • firma kommunikatsiyalarida - axborotni uzatish usullarida;

  • korxonani ko’rgazmali taqdim etish vositalarida - firma belgisi, mahsulotni bezalishi, marosimlar, tashqi ko’rinishi va x.k.

Korxona imidji firmaning iste’molchilar, hamkorlar, jamiyat oldidagi mas’uliyatini bildiradi. Bunday holatda missiya korxonaning tashqi muxitda kerakli taassurot uyg’otishga intilishini aks ettiradi.

Ikkinchi bosqich – biznes-reja maqsadlarini ishlab chiqish. Maqsad- bu korxonaning kelgusidagi ko’zda tutilgan, istalgan xolati.

Biznes tizimida maqsad beshta funktsiyani bajaradi.

  • tashabbus - firmaning xozirgi va ko’zda tutilgan, istalgan xolatini, harakatlar motivlarini taqqoslash, solishtirish.

  • qarorlar qabul qilish mezonlari - axborotlar va muqobillarni tanlash, biznesdagi ustivor yo’nalishlarni baholash;

  • boshqarish vositalari - harakatlarni boshqaruvchi talablar, biznes yo’nalishlarini aniqlash;

  • muvofiqlashtirish - qarorlar qabul qiluvchi shaxslar o’rtasida nizosiz munosabatlarni ta’minlash, maxsuslashtirilgan bo’linmalar ishlarini moslashtirish, muvofiqlashtirish.

Nazorat - bu xo’jalik faoliyatining joriy holati ko’rsatkichlarini maqsadlar bilan taqqoslash, solishtirish.

Missiyadan farqli ravishda maqsadlar korxona faoliyatining bir muncha aniq yo’nalishlarini aks ettiradi (4.2-jadval).

4.2-jadval

Korxona missiyasi va maqsadlari orasidagi farqlanish.

Ko’rsatkichlar

Missiya

Maqsadlar

1. Vaqt mezoni

Kelajakda intilish mavjud, lekin vaqt bo’yicha cheklanishlar yo’q va joriy holatga bog’liq emas.

Doimo amalga oshirish muddatlarini ko’zda tutadi.

2.Axborotni yo’naltirilganligi

Korxonaning tashqi muxitga - iste’molchilar, jamiyat, mintaqa, manfaatlari qadriyatlari va ustuvorliklariga yo’naltirilgan.

Ko’pincha firmaning ichki muxitiga yo’naltirilgan va resurslar, zahiralardan foydalanishni yaxshilashga yo’naltirilgan bo’ladi.

3.Ta’riflanish xususiyatlari

Umumiy atamalarda ifodalanadi va korxona obrazini, uning markasini, ish usullarini yoritib beradi.

Ko’pincha faoliyat natijalarining aniq natijalarini aks ettiradi.

4.O’lchovliligi

Sifat jixatidan tasniflanadi, natijalarni nisbiy aks ettirish ustun turadi

Asosan miqdoriy o’lchovga ega bo’ladi, birlikda va ko’plikda ifodalanishi mumkin.

Har qanday korxona murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizim sifatida ko’p maqsadli xarakterga ega.

Korxonani faoliyati davomida strategik maqsadlarni amalga oshirish bilan bir vaqtda ko’plab taktik va tezkor maqsadlarni ham hal etadi. Sof iqtisodiy maqsadlar bilan ijtimoiy, texnikaviy va tashkiliy vazifalar chambarchas bog’liqdir. Maqsadlarni tuzilmalarga ajratish turli xil jixatlar bo’yicha amalga oshirish mumkin (4.3-jadval).

4.3-jadval.

^ Korxona maqsadlarining taxminiy tasnifi.



Tasniflash belgilari

Maqsadlar guruhlari

1

Mazmuni (predmeti)

Iqtisodiy

Tashkiliy

Siyosiy

Ishlab chiqarish

Ijtimoiy

Texnologik

Ilmiy

Estetik

Psixologik

2

O’lchami

Maksimum

Ko’p emas

Minimum

Kam emas

3

Rejalashtirish miqyoslari

Uzoq muddatli (strategik)

O’rta muddatli (taktik)

Qisqa muddatli (tezkor)

4

Harakatlar sohasi

Global

Regional

Oliy

Oraliq

Milliy

Lokal (mahalliy)

Yo’ldosh(qo’shimcha)

Quyi

5

Ierarxiya darajasi

Korxona

Tuzilmaviy bo’linma

6

O’zaro munosabatlar

Komplementar

Indeferent

Raqobatli

7

O’lchamlilik

Miqdoriy

Sifat jixatdan (o’lchovsiz)

8

Yo’naltirilganlilik

Tijorat

Notijorat (ijtimoiy)

9

Muxit

Ichki

Tashqi

10

Subyekt

Individual (shaxsga yo’naltirilgan)

Guruhga (kollektivga) yo’naltirilgan

Maqsadlar aniq tushunarli bir ma’noda tushuniladigan bo’lishi va korxonaning kelajakdagi xolatini aks ettiruvchi atamalar orqali ta’riflanishi kerak. Shuning uchun maqsadlarni ishlab chiqarishda uning mazmuni va shakliga qo’yiladigan talablarni e’tiborga olish lozim (4.3-rasm).


^ Hisobga olgan xolda belgilanadi

-ish xajmini;

-ishlar muddatini;

-mavjud va kutilayotgan imkoniyatlarni;

-kutilayotgan natijalarni;

-xodimlar bo’yicha taqsimlanishni;

-moslashuvchanlik va to’g’rilashlar kiritish imkoniyatlarini;

-boshqaruvning barcha darajalarida taqqoslash, solishtirish, imkoniyatlarini;

-ishlovchilar malakasining oshishini;





Bo’lishi kerak

-haqiqatga yaqin (real) va amalga oshirish imkoniyati;

-
Mazmuni va aks ettirish shakli
qonunlarga zid kelmasligi;

-bajaruvchilarga tushunarli;

-o’lchov imkoniyati;

-
Xoxish iroda va kеlishuv
tuzilmaviy bo’linmalar va funktsional xizmatlar bo’yicha taqsimlangan;

-barcha ishlovchilar va tsexlar kuchlarini birlashtirish;

^ 4.3-rasm. Maqsadlarning mazmuni va shakliga qo’yiladigan talablar


Ma’lumki maqsadlar doimo ma’lum bir cheklanishlar asosida amalga oshiriladi. Ular korxona ichidagi va tashqaridan qo’yiladigan cheklanishlar (chegaralanishlar) bo’lishi mumkin. Tashqi cheklanishlar qatoriga qonun me’yorlari, inflyatsiya, raqobatchilar, iqtisodiy ustuvorlikni o’zgarishi, aholi daromadlarini o’zgarishi, qarzdorlarning moliyaviy holati va boshqalar kiritilishi mumkin. Ichki cheklanishlarga esa firma tamoyillari, xarajatlar darajasi, ishlab chiqarish quvvatlari, marketing va boshqaruvning holati, turli darajadagi nomuvofiqliklar va boshqalar kiradi. Shuning uchun korxona missiyasi, maqsadi va vazifalarini ishlab chiqish jarayonida uning faoliyatiga ta’sir qiluvchi ko’p sonli omillarni baholash zaruriyati tug’iladi.

Biznes-rejani ishlab chiqishning uchinchi bosqichida biznes-rejaning tuzilmasi belgilab olinadi.

^ To’rtinchi bosqichda biznes-rejaning har bir bo’limini ishlab chiqish uchun zaruriy axborotlarni to’plash amalga oshiriladi. Bu rejalashtirishning eng muhim sermehnat qismi hisoblanadi. Axborotlar manbai sifatida tarmoqning maxsus axborotnomalaridan, loyiha tashkilotlari me’yorlaridan, tahlil bilan shug’ullanuvchi maxsus firma xizmatlaridan, statistika idoralari materiallaridan, maxsus tadqiqotlar va kuzatishlardan, yuqori malakali iqtisodchilardan, maslahatchilardan hamda korxonaning ichki muhiti va o’z ishini yaxshi biladigan korxona xodimlaridan foydalanish mumkin.

Rejalashtirishning beshinchi bosqichi - bevosita biznes-reja bo’limlarini ishlab chiqish va uni yagona xujjat sifatida rasmiylashtirish.


^ 4.3. Biznes-reja tuzilmasi


Bundan oldingi materiallar shundan dalolat beradiki, biznes-reja bu oddiy bir hujjat emas. U korxonaning konstitutsion asosini tashkil etib, uning ishlab chiqarish faoliyatini, kelgusidagi rivojlanish strategiyasini belgilab beradi. Korxona strategiyasi esa, ma’lumki, turli xil bo’ladi: kimdir mahsuldor, ya’ni ishlab chiqarish strategiyasini afzal ko’rsa, boshqalarga moliyaviy strategiya ko’proq to’g’ri keladi. Bozorga yangi mahsuldor g’oya bilan kirishga harakat qilayotgan yangi korxona va firmalar odatda moliyaviy strategiyaga katta e’tibor qaratadilar. Bozorda ma’lum ma’noda barqaror o’ringa ega bo’lgan boshqa korxonalar esa asosiy e’tiborni ishlab chiqarish strategiyasiga qaratadilar.

Hamma korxonalar bir xil emasligi sababli ularning har biri uchun biznes-rejani ishlab chiqish bo’yicha detalli tavsiya berishning imkoni yo’q. Shunday bo’lsada, zamonaviy iqtisodiyot fanida biznes-rejaning taxminiy tuzilmasi ishlab chiqilgan bo’lib, quyida uning ayrim variantlari keltirilgan (4.4-jadval).


4-jadval

^ Biznes-rejaning taxminiy tuzilmasi

I variant

II variant

III variant

IV variant

V variant

  1. Bo’lajak biznesni qisqacha ta’riflash.

  2. Bozor.

  3. Xodimlar malakasi va tajribasi, mavjud moliyaviy vositalar.

  4. Taklif qilinayotgan mahsulotning ustunliklari.

  5. Bo’lajak biznesni tashkil qilish.

  6. Kelajakka nazar.

  7. Moliyaviy vazifalar.

  8. Pul mablag’laridan foydalanish.

  9. Ilova.

10. Biznes tarixi.

  1. Biznes-rejaga kirish.

  2. Biznesni identifikatsiya-lash.

  3. Maqsad.

  4. Biznesni ta’riflash.

  5. Bozor.

  6. Raqobat.

  7. Menejment.

  8. Xodimlar.

  9. Joylashuv.

  10. Moliyaviy ma’lumotlar.

  11. Hisobot .

  12. Qisqacha mazmun (rezyume).




  1. Tanlangan biznes kontseptsiyasi.

  2. Ayni paytdagi vaziyat.

  3. Yaratilayotgan korxona tavsifnomasi.

  4. Boshqaruv.

  5. Bozor tahlili va tadqiqotlari.

  6. Marketing harakatlari rejasi.

  7. Ishlab chiqarish rejasi.

  8. Tavakkalchi

likni baholash.

  1. Moliyaviy reja.

  1. Kirish.

  2. Korxonani ta’riflash.

  3. Mahsulotni ta’riflash.

  4. Marketing rejasi.

  5. Ishlab chiqarish rejasi.

  6. Tashkiliy reja va menejment.

  7. Moliyaviy reja.

  8. Loyiha samaradorligi.

  9. Ilova.

  1. Firma imkoniyatlari (rezyume).

  2. Tovar (xizmat) turlari.

  3. Tovar (xizmat) sotuv bozori.

  4. Sotuv bozorida raqobat.

  5. Marketing rejasi.

  6. Ishlab chiqarish rejasi.

  7. Tashkiliy reja.

  8. Firma faoliyatining huquqiy ta’minoti.

  9. Tavakkalchilikni baholash va sug’urtalash.

  10. Moliyaviy reja.

  11. Moliyalash

tirish strategiyasi.


Keltirilgan variantlardan ko’rinib turibdiki, biznes-rejaning qat’iy tartibga solingan tuzilmasi mavjud emas. Biroq biznes-rejalarning har bir turi uchun xarakterli bo’limlar mavjud bo’lib, ularda tanlangan biznes (ishlab chiqarish) kontseptsiyasi, taklif qilinayotgan mahsulot yoki xizmatning o’ziga xosliklari, marketing va menejment, tavakkalchilikni baholash, moliyaviy ta’minot va natijalar aks ettiriladi. Qabul qilingan har bir biznes-reja tuzilmasi quyidagi savollarga javob berishi lozim: ishlab chiqarishni nimadan yoki qanday boshlash kerak, ishlab chiqarishni qay tarzda samarali tashkil qilish mumkin, ilk daromad (foyda) qachon olinadi, investorlar va kreditorlar bilan qanchalik tez hisob-kitob qilish mumkin, tavakkalchilik darajasi va uni kamaytirish imkoniyatlari qanday.

Biznes-rejaning har bir bo’limi o’z mazmuniga, ko’rsatkichlar tizimi va ularni hisob-kitob qilish usullariga ega bo’ladi. Biroq, bu biznes-rejaning yaxlit va to’liqligiga putur etkazmaydi. Barcha bo’limlar o’zaro bog’liq bo’lishi hamda korxonaning potentsial ishlab chiqarish imkoniyatlarini amalga oshirishga xizmat qilishi lozim. Biznes-rejaning bo’limlarini mazkur qo’llanmaning mos keluvchi boblarida alohida ko’rib chiqamiz. Bozor munosabatlari sharoitlarida biznes-reja qonun maqomiga ega bo’lmasligi hamda bozordagi vaziyatga bog’liq bo’lgan holda turli o’zgarishlarga uchrashi, iste’molchilarning hali qondirilmagan ehtiyojlariga moslashtirilishi lozim. Biroq bunday tarzda qayta ko’rib chiqish har bir holatda jiddiy ravishda etarlicha asoslab berilishi zarur.


^ Qisqa xulosalar


Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o’tishi bilan avvalgi texnik, sanoat, moliyaviy rejalar o’rniga biznes-rejalar vujudga kelgan bo’lib, korxona faoliyatining joriy va istiqboldagi strategiyalari belgilab beriluvchi asosiy hujjat hisoblanadi.

Biznes-reja uchta asosiy funktsiyani bajarishga imkon beradi: birinchidan, biznes kontseptsisini ishlab chiqish, ikkinchidan, biznes-rejani amalga oshirish uchun zarur bo’lgan pul mablag’lari miqdorini aniqlash va uchinchidan, korxonaning joriy faoliyatini boshqarish vositasi hisoblanadi.

Biznes-reja bir nechta bo’lim va ko’rsatkichlardan iborat bo’lib, ularning soni korxonaning hajmi, o’ziga xosliklari va boshqa xususiyatlariga bog’liq bo’ladi. Ilmiy adabiyotlarda 8 - 12 bo’limdan iborat bo’lgan biznes-rejalar tavsiya qilinadi.

Biznes-reja amaliyotda asosan ikki bosqichda tayyorlanib,bu bosqichlarning har birida mos keluvchi vazifalar bajariladi. Biznes-rejaning hayotiyligi ko’p jihatdan uni tayyorlovchilar, birinchi navbatda iqtisodchilarning malakasi va tajribasiga bog’liq bo’ladi.


Muhokama va nazorat savollari


  1. Biznes-rejaning mazmuni va mohiyati nimada?

  2. Korxona missiyasi nma va u qanday ishlab chiqiladi?

  3. Maqsadlar qanday aniqlanadi va uning missiyadan farqi nimada?

  4. Biznes-reja qanday ma’lumotlardan iborat bo’ladi?

  5. Biznes-rejani tuzish uchun ma’lumotlarni qaysi ketma-ketlikda tayyorlash kerak?

  6. Biznes-rejani tuzish bosqichlari va ularning farqi nimada?

  7. Ishchi biznes-reja qanday vazifalarni bajarishga qaratilgan?

  8. Biznes-rejaning asosiy bo’limlarini sanab bering?

  9. Biznes-reja qanday talablarga javob berishi lozim?

  10. Biznes-rejani ishlab chiqish uchun javobgarlik kimning mas’uliyatida bo’ladi?




1 Густав Берл, Пол Киршнер. Мгновенный бизнес-план.- М.: ИНФРА –М, 2001

2 Экономика предприятия. Под ред. проф. Грузинова В.П.- М.: «ЮНИТИ», 1998

3 Экономика предприятия. Под ред. проф. Горфинкеля В.Я., Купрякова Е.М. –М.: «ЮНИТИ», 1996

4 Экономика предприятия. Под ред. проф. Грузинова В.П.- М.: «ЮНИТИ», 1998



5 Qarang, Горемыкин В.А., Нестерова Н.В. Энциклопедия бизнес – планов: Методика разработки. 75 реальных образцов бизнес – планов. - М.: «Ось-89», 2003. –18 bet.

6 Горемыкин В.А., Нестерова Н.В. Энциклопедия бизнес – планов: Методика разработки. 75 реальных образцов бизнес – планов. - М.: «Ось-89», 2003. – 20 bet



Похожие:

Korxonaning biznes rejasi biznes-rejaning mohiyati va vazifalari iconДокументы
1. /BIZNES - REJANING ASOSLANGANLIGI.doc
2. /BIZNES-REJANING...

Korxonaning biznes rejasi biznes-rejaning mohiyati va vazifalari iconДокументы
1. /BIZNES - REJANING ASOSLANGANLIGI.doc
2. /BIZNES-REJANING...

Korxonaning biznes rejasi biznes-rejaning mohiyati va vazifalari iconДокументы
1. /BIZNES - REJANING ASOSLANGANLIGI.doc
2. /BIZNES-REJANING...

Korxonaning biznes rejasi biznes-rejaning mohiyati va vazifalari iconBiznes-rejaning samaradorligini baholash 12 Vaqt bo’yicha pul qiymatini hisobga olish

Korxonaning biznes rejasi biznes-rejaning mohiyati va vazifalari iconKichik biznes korxonalari uchun biznes reja ishlab chiqish

Korxonaning biznes rejasi biznes-rejaning mohiyati va vazifalari iconKichik biznes subyektlarining tashqi iqtiisodiy faoliyati 16 Kichik biznes korxonalari samaradorligini oshirishda tashqi iktsodiy faoliyatni o‘rni

Korxonaning biznes rejasi biznes-rejaning mohiyati va vazifalari iconKichik biznes korxonalari boshqaruvining tashkiliy tuzilishi kichik biznes korxonalari boshqaruvi strukturasi

Korxonaning biznes rejasi biznes-rejaning mohiyati va vazifalari iconKorxona faoliyatida biznes rejalashtirish
«tadbirkorlar Rossiyani qutqaradilar» shiori garchi nafaqat Rossiya, balki barcha sobiq ittifoq mamlakatlarining barchasida ham biznes...
Korxonaning biznes rejasi biznes-rejaning mohiyati va vazifalari iconBozor iqtisodiyoti va biznes

Korxonaning biznes rejasi biznes-rejaning mohiyati va vazifalari iconMoliyaviy reja 11 Moliyaviy rejaning mohiyati va asosiy bo’limlari

Загрузка...
Разместите кнопку на своём сайте:
Документы


База данных защищена авторским правом ©uz.denemetr.com 2000-2015
При копировании материала укажите ссылку.
обратиться к администрации