Документы



Kompyuter viruslaridan saqlanish. Mavzu: Kompyuter viruslari va ularni davolash. Kompyuter icon

Kompyuter viruslaridan saqlanish. Mavzu: Kompyuter viruslari va ularni davolash. Kompyuter

НазваниеKompyuter viruslaridan saqlanish. Mavzu: Kompyuter viruslari va ularni davolash. Kompyuter
Дата19.09.2013
Размер32.67 Kb.
ТипДокументы
источник
1. /Kompyuter viruslari va ularni davolash. Kompyuter.docKompyuter viruslaridan saqlanish. Mavzu: Kompyuter viruslari va ularni davolash. Kompyuter

Kompyuter viruslaridan saqlanish.


Mavzu:Kompyuter viruslari va ularni davolash. Kompyuter

viruslaridan saqlanishning ehtiyotkorlik tadbirlari.


Reja

  1. Kompyuter virusi, uning turlari va virus yuqqanlik belgilari

  2. Kompyuter viruslaridan saqlanishning ehtiyotkorlik tadbirlari

  3. Kompyuter viruslarini davolash


Tayanch iboralar: virus, virusni aniqlash, virus turlari,virus faoliyati, antiviruslar.


Kompyuter virusi o’lchami bo’yicha katta bo’lmagan,maxsus yozilgan dasturdan iborat bo’lib, u o’zini boshqa dasturlarga «yozib qo’yishi», shuningdek, kompyutyerda turli noxush amallarni bajara olishi mumkin.Bunday dastur ishlashni boshlaganda dastlab boshqaruvni virus oladi.Virus boshqa dasturlarni topadi va unga «yuqadi»,shuningdek, qandaydir zararli amallarni (masalan, diskdagi fayl yoki fayllarning joylashish jadvalini buzadi, tezkor xotirani «ifloslaydi»)bajaradi.

Virus joylashgan dastur odatdagidek ishini davom ettiradi. Tashqaridan dasturning kasallanganligi bilinmaydi. Ko’p turdagi viruslar shunday tuzilganki, kasallangan dasturni ishga tushirganda virus kompyuter xotirasida doimiy qoladi va vaqti-vaqti bilan dasturlarni kasallaydi va kompyutyerda zararli amallarni bajaradi.

Mavjud bo’lgan viruslarning ko’pchiligi yadro sistemali fayllarni afzal ko’radilar,chunki ko’p zamonaviy kompyuterlarda fayllar sistemasi bir xil yuklanadi, masalan, viruslar aksariyat hollarda Command.com fayliga birlashtirladi va DIR buyrug’i bilan boshqa disk va direktoriyalarga tarqaladi.Ko’p hollarda sistemaning zararlanishi kiritish va chiqarish jarayoniga murojaat qilganda ro’y beradi

Aslini olganda, viruslar sistemalarga birikib ketish uchun har qanday yo’llarni ishlatishadi, shuning uchun ham zararlanmaydigan sitemalar yo’qdir.

Kompyuterlarga viruslarning kirib ketishining asosiy yo’li bo’lib zararlangan disketalar xizmat qiladi.Viruslar borgan sayin beshavqat va hech narsadan qo’rqmaydigan bo’lib bormoqda, hatto eng yetuk viruslarga qarshi dasturlar ham ular bilan kurashishga ojizlik qilmoqdalar. Shunday viruslar mavjudki, ular energiyaga bog’liq bo’lmagan xotiraga yashirinib olib,sistemani tozalashda juda katta qiyinchiliklar tug’diradilar. Hatto haqiqiy firma belgisiga ega bo’lgan, siqilgan dastur ham virusdan holi ekanligiga hech kim kafillik bera olmaydi.Viruslarni CD-ROM disklarning shtampovka jarayonida ham o’rnashganlik hollari mavjuddir.

Virus faoliyati asosan 4 ta fazaga ega;

- uxlash fazasi;

- ko’payish fazasi;

- ishga kirishish fazasi;

- vayron qilish fazasi.

Virus ixtirochisi asta-sekinlik bilan foydalanuvchining ishonchini qozonish maqsadida, uxlash fazasini ishlatishi mumkin, chunki bunda virus ko’paymaydi va ma’lumotlarni buzmaydi.

Hozirgi kunda 20000 dan ortiq kompyuter viruslari mavjud bo’lib, ular kompyutyerda ma’lumotlarni ishonchli saqlanishiga havf soladi va kompyuter ishlash jarayonida turli muammolar kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Shu bois kompyuter viruslari, ularning turlari, yetkazadigan zararlari hamda ulardan himoyalanish uchun ko’riladigan choralar bilan tanish bo’lish muhim.

Virus bilan quyidagi turdagi fayllar zararlanishi mumkin:

- Bajariluvchi fayllar: *.com va *.exe ko’rinishidagi fayllar. Bu fayllarni zararlaydigan viruslar fayl viruslari deyiladi. Bajariluvchi fayllardagi viruslar shu faylga tegishli bo’lgan dastur ishlaganda o’z faoliyatini boshlaydi.

- Operatsion sistemaning yuklovchisi va qattiq diskning asosiy yuklovchi yozuvlardan iborat fayllar. Bu sohalarni zararlaydigan viruslar yuklovchi yoki but viruslar deyiladi. Bunday viruslar kompyuter yuklanishi bilan ishlay boshlaydi va u rezidentlik holatiga o’tadi, ya’ni doim kompyuter xotirasida saqlanadi. Tarqalish mexanzmi- kompyuterga qo’yiladigan disketlarni yuklovchi yozuvlarini zararlanishi. Bularda joylashgan viruslar shu qurilmalar, qurilmalar drayverlari, ya’ni har xil qurilmalar ishini ta’minlovchi dasturlarga murojat qila boshlaganda ishga to’shadi. Diskdagi fayl sistemani o’zgartiradigan viruslar.

Odatda bunday viruslar DIR deb ataladi. Bu viruslar diskning biror bir sohasida fayllarning oxiri sifatida yashirinadilar. Ular ko’rsatkichlar boshini yozuv oxiriga olib o’tib qo’yadi va NDD (Norton Disk Doktor) bilan tekshirganda diskning buzulganligi ma’lum bo’ladi.

Ko’rinmas va o’zi differensiallanuvchi viruslar.

Ko’p viruslar o’zini sezdirmaslik uchun sistemada DOS ga murojaat qila boshlaganda fayllarni huddi oldingi holatidek ishlanishini ta’minlaydilar. Ko’rinmas viruslar shunday tarzda harakat qiladi. O’zi differensiallanuvchi viruslar esa o’z shaklini takomillashtiradi. Ko’p viruslar boshqalar uning ishlash mexanzmini sezib qolmasliklari uchun o’zining katta qismini kodlangan holda saqlaydi. Bu albatta bunday viruslarini topishda qiyinchiliklar tug’diradi.

BOOT-viruslar.

Ba’zida disketdan hech narsa ko’chirmasdan ham, undan qandaydir dasturni yuklamay turib virus bilan zararlanish mumkun. Masalan STONE yoki MARS kabi viruslar mavjudki, ular kompyuterni yoqishingiz bilan yoki qayta yuklaganingizda, ichida disket qolib ketgan bo’lsa, zarar yetkazishi aniq. Bunday viruslar BOOT-viruslar deyiladi. BOOT Sector-.yuklanuvchi soha degan so’zdan kelib chiqqan. Kompyuter yoqilishi bilan disket orqali yuklanishga harakat qiladi,agar kompyutyerda yuklanish disketi bo’lmasa,buning uddasidan chiqa olmaydi.Lekin disket qanday bo’lishidan qat’iy nazar, BOOT-viruslar kompyuterni bemalol zararlaydi, shuning uchun ehtiyotkorlik talab qilinadi.

Kompyuter zararlanganda birqancha g’aroyib hodisalar yuz beradi:

-Ba’zi bir dasturlar ishlamaydi yoki yomon ishlay boshlaydi;

-Ekranga boshqa habarlar yoki simvollar chiqa boshlaydi;

-Kompyuter ishlash sekinlashadi;

-Ba’zi bir fayllar buziladi yoki ularning hajmi ortiqcha har xil yozuvlarni qo’shish hisobiga o’zgaradi, kattalashadi;

-Operativ xotiraning bo’sh joyi qisqaradi; sistemali disketdan dasturlarni yuklash qiyinlashadi, yoki umuman yuklanmaydi va h.k.

Kompyuter viruslaridan himoyalashning eng yaxshi himoya turi-viruslarni qay tarzda ta’sir etishini bilishdir. Viruslar oddiy dasturlar bo’lib, biron g’aroib kuchga ega emaslar.

Kompyuter viruslar bilan zararlanishi uchun undagi biron-bir zararlangan dastur ishlashi talab qilinadi. Shuning uchun kompyuterning birlamchi zararlanishi quyidagi hollarda ro’y beradi:

-Kompyutyerdagi virus bilan zararlangan dasturlar yuklanishi (*.com, *.bat yoki *.exe fayllar) yoki modulli zararlangan dasturni ishlatilishi;

-Kompyuterga virusli disketning yuklanishi;

-Kompyuterga zararlangan OS yoki qurilmalarning zararlangan drayverlarning o’rnatilishi;

Viruslardan quyidagi usullar bilan himoyalanishi mumkin:

-Disketdan o’qilayotganda albatta virus borligini antiviruslar yordamida tekshirish;

-Axborot nusxalarini ko’chirish shuningdek disklar va axborotni saqlash uchun ishlatiladigan umumiy qoidalardan foydalanish, disklarni jismoniy zararlanishidan, dasturlarni esa buzilishidan saqlash;

-Axborotdan noqonuniy foydalanishni cheklash, xususan dastur va ma’lumotlarni viruslar ta’siridan o’zgarishidan, noto’g’ri ishlatilgan dasturlar va foydalaniluvchilarning noto’g’ri harakatlaridan himoya qilish;

-Viruslar bilan zararlanish ehtimolini kamaytiruvchi chora-tadbirlar;

-Viruslar bilan kurashuvchi maxsus dasturlardan (antiviruslar) foydalanish.

Virusdan ko’riladigan zararlarga quyidagilarni misol qilib ko’rsatish mumkin:

  • Kompyuter qattiq diski yoki tezkor xotirasining ifloslanishi-virus dastur ko’payishi jarayonida butun qattiq diskni o’zining nuqtalari yoki boshqa belgilari bilan to’ldirishi mumkin;

  • Bularni u tezkor xotiraga ham yozishi va shu bilan uning hajmini kamaytirishi mumkin;

  • Fayllar joylashish jadvalining buzilishi. U buzilsa, diskdan kerakli fayl va katologni o’qish mumkin bo’lmaydi;

  • Yuklanish sektoridagi ma’lumotlarning buzilishi. Yuklanish sektori diskdagi maxsus dastur bo’lib, uning buzilishi disk ishini to’xtatib qo’yadi;

  • Diskni qayta formatlash-diskdagi barcha axborot butunlay yo’qoladi;

  • Diskka biron xabar chiqarishi yoki biror kuyni ijro etishi mumkin. Ko’p hollarda bu xabar tushunarsiz bo’ladi;

  • Kompyuterning o’z-o’zidan qayta yuklanishi;

  • Tugmachalar majmui ishni to’xtatib qo’yishi;

  • Dasturli va ma’lumotli fayllar mazmunining o’zgarishi.

Virus ma’lumotlarini ixtiyoriy ravishda aralashtirib qo’yadi.

Oddiy virusdan zararlanishni virusga qarshi dasturlar yordamida oson aniqlash mumkin,(murakkab tuzilishga ega) viruslarni bu usul bilan aniqlash qiyin, chunki ular o’z-o’zini nusxalashda ko’rinishini o’zgartiradi. Makroslar bilan ishlaydigan ilovalar makroviruslar bilan zararlanishi mumkin. Makroviruslar-ma’lumot bilan birga o’rgatiladigan buyruqlardir. Bunday ilovalarga misol qilib, Word, Excel va POSTSRIPTER interproektorlarini ko’rsatishi mumkin.

Ular ma’lumotlar faylini ochayotganida makrovirus bilan zararlanadi.

Ilgari faqat disklar virus bilan zararlanar edi. Chunki viruslar disklar orqali kompyutyerdan kompyuterga o’tar edi. Yangi VVS viruslari esa modem orqali tarqaladigan bo’ldi. Internetning paydo bo’lishi viruslarga qarshi ko’rashning an’anaviy usullari foyda bermaydigan yana bitta kanalni hosil bo’lishiga olib keldi.

Viruslar bilan zararlanish ehtimoli kompyutyerda yangi fayllar va ilovalarning paydo bo’lish chastotasiga mos ravishda ortadi. Kompyutyerdagi ma’lumotlarning ahamiyati qanchalik zarur bo’lsa, virusga qarshi xavfsizlik choralari shunchalik yuqori bo’lishi kerak.

Bu narsalarga befarq bo’lish nafaqat katta moddiy zarar ko’rish, balki tashkilot yoki firmaning bundan keyingi faoliyati masalasini ham o’rtaga qo’yish mumkin.

Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, viruslar, odatda foydalanuvchining biror amali (masalan ilovalarni o’rnatish, tarmoqdan fayllarni o’qish, elektron aloqani o’rnatish va h.k) natijasida paydo bo’ladi. Shuning uchun ma’lumotlar kirish joyiga maxsus filtrlar o’rnatilishi zarur. Bunday qurilmalardan biri Symantic korporatsiyasi mahsulidir. Symantic bitta mashina o’rniga butun korporativ tarmoqni kompleks himoyalash g’oyasini ilgari suradi. Virusning korporativ tarmoqqa kirish nuqtasi istalgan nuqtada brauzerdan to ishchi stansiyagacha bo’lishi mumkin.

Shuning uchun nazorat barcha bosqichlarda amalga oshiriladi. Virusga qarshi Symantic dasturiy ta’minoti Dynamic Document Revion korporatsiyasi texnologiyasida bajarilgan va E-mail viruslariga ham qarshi kurash olib boradi.

Symantic dasturining ko’rinishi qiyidagicha:





Virusga qarshi dasturli ta’minot ishining alohida xususiyatlari shundaki, virusga qarshi dasturlar omborini o’z vaqtida yangilab turish kerak. Bundan tashqari boshqa turdagi viruslar ham mavjud. Viruslardan himoya qilishda axborotni himoya qilishning umumiy vositalaridan foydalanish kifoya qilmaydi. Buning uchun maxsus dasturlardan foydalanish zarur bo’ladi. Bu dasturlarni bir necha kursga ajratish mumkin bo’ladi: detektorlar, vaksinalar (immunizatorlar), doktorlar, revizorlar (fayl va disklarning tizimini sohalaridagi o’zgarishlarni nazorat qiluvchi dasturlar). Doktor-revizorlar va filtrlar (virusdan himoyalanish uchun mo’ljallangan rezident dasturlar).

Revizor dasturlar-dastlab dastur va tizimli sohasi haqidagi ma’lumotlarni xotiraga oladi, so’ngra ularni dastlabkisi bilan solishtiradi. Mos kelmagan hollar haqida foydalanuvchiga ma’lum qiladi. Masalan, CRSLIST va CRCTEST dasturlar.

Filtr dasturlar va rezident dasturlar kompyuterning tezkor xotirasida rezidentday joylashadi va viruslar tomonidan zararni ko’paytirish va ziyon yetkazish maqsadida operatsion tizimga qilinadigan murojaatlarni ushlab qolib, ular haqida foydalanuvchiga ma’lum qiladi. Virusga qarshi dasturlar quvvatiga qarab, bir necha turga bo’linadi.

  1. AIDSTEST- viruslarni aniqlash va yo’qotish uchun mo’ljallangan virusga qarshi ko’p qirrali dastur (har haftada yangilanib turadi).

  2. Doctor WEB (Dr.Web) –yangidan yaratilgan, ma’lum va noma’lum viruslarni aniqlash va yo’qotish uchun ishlatiladigan virusga qarshi dastur. U arxivlangan va vaksinalangan fayllarda ham viruslarni aniqlay oladi. (har oyda o’rtacha 2 marta yangilanadi).

  3. ADINF- diskdagi barcha o’zgarishlarni nazorat qiluvchi, disklarning virusga qarshi revizor dasturi (bir yilda bir necha marta yangilanadi. Diskdagi barcha dasturlarning fizik kamchiliklarini nazorat qiladi. Diskning tizimli sohasini va fayllar holatini eslab qoladi va qayta yuklashda diskdagi o’zgarishlarni aniqlaydi, agar biror havfli o’zgarishlar aniqlansa, foydalanuvchiga bu haqida xabar beradi.

  4. SHERIF - qattiq diskdagi operatsion tizim dasturlar va ma’lumotlar faylini 100% kafolat bilan himoyalovchi rezident dastur. Bu dasturlar asosan MS DOS muhitida ishlatiladi(ularni Windows muhitiga moslash ham mumkun). Amalda yuqoridagilardan bittasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Biror dasturni o’rnatib uni doimiy ravishda yangilab borilsa, foydaliroq bo’ladi.

Kompyuterga virus yuqqanda (yoki yuqqanlik haqida gumon bo’lsa) quyidagi qoidalarni esda tutish va qo’llash lozim.

  1. Dastlabki, qarshi kurash qarorlarini qabul qilishga shoshilmaslik kerak. O’ylamasdan qilingan harakatlar tiklash mumkin bo’lgan fayllarning bir qismini yo’qotishgina emas, balki kompyuterni yana qayta kasallantirishga olib kelish mumkin.

  2. Virus o’zining buzg’unchiligini davom etirmasligi uchun kompyuterni o’chirish lozim.

  3. Kompyuter kasallanishi va davolanishi ko’rinishni aniqlashga mo’ljallangan barcha amallarni yozishdan himoyalangan operatsion tizimli disk bilan kompyuterni ishga tushirish orqaligina bajarish mumkin.

Dr.Web dasturidan foydalanish bilan tanishib chiqamiz. Bu dastur 32 bitli Windows turkumidagi operatsion sistemalar uchun mo’ljallangan bo’lib qisqacha Dr.Web 32 W deb ataladi. U keng tarqalgan antivirus dasturlaridan biridir. Doctor Web har doim yangilanishda bo’ladi. Doctor Web da ishni boshlash uchun joylashgan katologdan Dr.Web. exe dasturi kompyuterga yuklanadi. Natijada ekranda quyidagi holat paydo bo’ladi. Bunda ekranning eng yuqori qismida Dr.Web. Anti virus dasturining menyusi paydo bo’ladi. Uning yordamida vaqtincha Dr.Web dan chiqib turish (“Временный выход”), dasturdan chiqish (“Выход”) va dastur haqida (“О программе”) buyruqlarini bajarishi mumkin.

Menyuning test bo’limidagi xotirani tekshirish (“Тест памяти”), tekshirish (“Тестирование”), davolash (“Лечение”), statistika (“Статистика”), fayl hisoboti (“Отчёт файла”) mavjud. Muloqot oynasida Путь для лечения davolash yo’li ko’rsatiladi.

“Временный выход” (vaqtincha chiqish) buyrug’i yordamida Dr.Web dan vaqtincha chiqib turiladi.

“Настройка” yordamida Dr.Web dasturining parametirlari sozlanadi.

Menyudan foydalanib, qanday fayllarni tekshirish bilan bog’liq bo’lgan barcha parametrlar o’rnatiladi. So’ngra «Тест» dagi «Лечение» ko’rsatmasini tanlash va Ctrl va F5 tugmalarini birgalikda bosish orqali viruslardan davolash jarayonini boshlab yuboriladi. Dastur xotiraning ko’rsatilgan qismini tekshirib, mavjud viruslarni davolashga harakat qiladi va ish oxirida mos hisobotni chiqaradi.

Dr.Web 32 ning yana bir yangiliklaridan biri uning test qilinadigan ob’yektlarni ixtiyoriy diskdagi katologlar ro’yxatidan (xatto fayllarni ham) tanlash imkoniyatining mavjudligidir.

Dr.Web 32 antivirus dasturini ishga tushirilganda (Windowsning) ish stolidan, Пуск menyusining Программы bo’limidan, Microsoft Office menyusidan, Пуск menyusining Выполнить bo’limidan, monitor ekranida Dr.Web. for Win 32 oynasi ochiladi.

Vpdate Dr.Web throught Internet (Dr. Web. omborsini Internet orqali to’ldirish) tugmasi bosilganda muloqot oynasi chiqadi. Server aniqlanmaganda manzil hato ko’rsatilganda yoki Internetga ulanmaganda bu haqida xabar beriladi.

Bu dasturining ko’rinishi quyidagicha:





Похожие:

Kompyuter viruslaridan saqlanish. Mavzu: Kompyuter viruslari va ularni davolash. Kompyuter iconДокументы
1. /KOMPYUTER VIRUSLARIDAN SAQLANISH.doc
Kompyuter viruslaridan saqlanish. Mavzu: Kompyuter viruslari va ularni davolash. Kompyuter iconMavzu: "Kompyuter shou" inteliktual bellashuv

Kompyuter viruslaridan saqlanish. Mavzu: Kompyuter viruslari va ularni davolash. Kompyuter iconMavzu: kompyuter texnikasi vositasi. Ta’limiy maqsad

Kompyuter viruslaridan saqlanish. Mavzu: Kompyuter viruslari va ularni davolash. Kompyuter iconInternet va dan foydalanish
«o‘zaro aloqa tarmog‘i» ma’nosini bildiradi. U jahon global kompyuter tarmog‘i bo‘lganidan boshqacha, «Jahon aloqa tarmog‘i» deb...
Kompyuter viruslaridan saqlanish. Mavzu: Kompyuter viruslari va ularni davolash. Kompyuter iconKompyuter operatsion sistemalari

Kompyuter viruslaridan saqlanish. Mavzu: Kompyuter viruslari va ularni davolash. Kompyuter iconKompyuter-olamiga-sayohat-1-qism

Kompyuter viruslaridan saqlanish. Mavzu: Kompyuter viruslari va ularni davolash. Kompyuter iconWeb texnologiyalarfaniga kirish. Kompyuter tarmoqlari

Kompyuter viruslaridan saqlanish. Mavzu: Kompyuter viruslari va ularni davolash. Kompyuter icon6 sinf informatika I variant Kompyuter xonasida mumkin emas

Kompyuter viruslaridan saqlanish. Mavzu: Kompyuter viruslari va ularni davolash. Kompyuter iconДокументы
1. /kompyuter grafikasi.doc
Kompyuter viruslaridan saqlanish. Mavzu: Kompyuter viruslari va ularni davolash. Kompyuter iconДокументы
1. /KOMPYUTER TARMOQLARI 1.doc
Разместите кнопку на своём сайте:
Документы


База данных защищена авторским правом ©uz.denemetr.com 2000-2014
При копировании материала укажите ссылку.
обратиться к администрации