Документы



O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta\

O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti falsafa kafеdrasi

НазваниеO’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti falsafa kafеdrasi
страница7/8
Дата19.02.2014
Размер0.57 Mb.
ТипДокументы
скачать
1   2   3   4   5   6   7   8
1. /Etika-Estetika (лотин).docO’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti falsafa kafеdrasi

7-ma’ruza: San’at – uning ijtimoiy hayotda tutgan

O’rni va roli. (2 soat)


REJA:


1. San'at - ijtimoiy hodisa sifatida. San'atning vujudga kelishi, vazifalari.

2. San'atning xususiyatlari, moxiyati. San'atda xalqchilik, mazmun va shakl tushunchalari.

3. San'at turlari haqida tushuncha.

4. San'at turlari.

Xulosa.


Adabiyotlar.


San'at - ijtimoiy hodisa sifatida. San'atning vujudga kelishi, vazifalari.

Go’zallik olamda san'at aloxida o’rin tutadi. Shuning uchun aloxida, u borliqqa bo’lgan estetik munosabatlarning asosiy xususiyatlarini o’zida jamlaydi. Insonning estetik qobiliyati xuddi san'atda birmuncha to’la va butunlik namoyon bo’ladi. San'at birinchi navbatda insonning estetik ehtiyojlarini qondirish uning didini shakllantirish va tarbiyalash, uning qobiliyatini go’zallik qonunlarini ijodga tomon rivojlantirishga da'vat etilgan. Agar biz: san'at go’zallik va estetik tarbiya bilan kishilarni boshqaradi desak mubolag’a qilmagan bo’lamiz. San'at bizning ma'naviy o’sishimizga imkon beradi. Ijtimoiy va shaxsiy hayotimizda murakkab masalalarni hal qilishimizda ko’pincha esa dunyodagi o’z o’rnimizni, ijodiy qobiliyatimizni o’stirishda san'atdan to’la darajada foydalanish uchun san'atning nima ekanini tushunish kегаk.

San'at qachon paydo bo’lgan?

San'at, san'at tushunchasi paydo bo’lganidan ancha avval vujudga kelgan edi. Kishilar o’zlari san'at bilan shug’ullanayotganliklarini o’ylab ko’rmasdanoq rasm solganlar va qo’shiq aytganlari, o’z turar joylarini bezaganlar va raqsga tushganlar. Bu so’z hozir nimani anglatgan bo’lsa, qadimgi kishilar mehnat bilan shunchalik bog’liq bo’lganki, ular bu inson faoliyatining maxsus turi ekanligini o’ylamaganliklari, qo’l hunari, maxorat va shu kabi tushunchalar o’rniga asta - sekin badiiy ijod ma'nosidagi san'at tushunchasi shaklga kirgan. U bilan shug’ullangan kishilar esa san'atkor deb ataganlar. San'atkor yoki badiiy ijod o’zining kelib chiqishi bilan o’z xizmat qiladigan maqsadga ko’ra, ijtimoiy hodisadir. Uning ijtimoiyligi shundaki, san'at, ayni paytda ham olamni anglash, ham ijod, ham borliqni, go’zallik qonuniga ko’rа o’zgartirishdir. San'at o’zining - vujudga kelgan vaqtidanoq kishilarga atrof olamni tushunish va uning murakkabliklarini anglab yetishlariga yordam beradi, hayotni haqqoniу aks ettirishga intiladi. lspaniyadagi bir qoyada kiyik ovlanayotgan ibtidoiy odamlaming eramizdan bir necha yil avval, qizil bo’yoq ishlangan tasviri saqlangan. To’rt odam ko’rinishi va ko’rib qochib ketayotgan kiyiklar podasi hozirgi zamon bolalarbop rasmning nimasinidir eslatuvchi bu tasvir atrof olamni, tabiat, odamlarni tasvirlashda kuzatuvchanligi va aniqligi bilan to’la hayotiydir.

Ijtimoiy ong - siyosiy, huquqiy, axloqiy, badiiy,

Diniy, falsafiy, ilmiy va boshqa ijtimoiy qarashlarni o’z ichiga oladi. San'at bu ob'ektiv dunyoni o’ziga xos tarzda aks ettiruvchi bilish formasidir.

Insoniyat taraqqiyoti tarixi ibtidoiy jamoa tuzumi asta sekin yemirilib, tabaqalanish boshlangan, qullarning jismoniy mehnati bilan ozod odamlarning аqliу mehnati farq qilinib, mehnat taqsimoti yuzaga kelgan.

Demak - chinakam san'at va san'atkor ibtidoiy jamiyat emirilib sinfiy jamiyat, ya'ni quldorlik vujudga kelgach paydo bo’lgan. San'at insoniyat jamiyat taraqqiyoning ilk davrlarida paydo bo’lgan. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida badiiy asarlar yaratila boshlandi. Bu asarlarda odamlar o’zlarining his-tuyg’u va orzu umidlarini ifodalanganlar. Biroq ibtidoiy odamlar hali obrazlarni idrok qilish qobiliyatiga erishguncha necha o’n - yuz ming yillar o’tgan. Ilmiy tadqiqot ishlari natijasida shu narsa aniqlandi-ki, san'atning ilk formalari devorlaridagi rasmlar, qadimgi odam akslari va ashulalari, paleolit davri oxirida, necha ming yil ilgari vujudga kelgan.

Dеmak, san'at - mehnat prosessi taraqqiyotining maxsuli bo’lib, mehnat faoliyatining muayyan bosqichida vujudga kelgan.

Primitiv holatdagi ibtidoiy san'at qadimgi odamlarning kumdalik mehnati bilan bevosita chirmashib ketgan. Bu san'atda ibtidoiy odamning nihoyat darajada cheklangan ehtiyoj va manfaatlari o’z ifodasini topgan edi. Masalan, ibtidoiy odamning qo’shiqlari yurakdan emas, qorindan aytilgan qo’shiqlardir, chunki u davrda mehnat faoliyatining asosiy ob'ektini bilish inson uchun zarurroq edi. Ibtidoiy san'atda bilish va tarbiyalash kаbi funksiyalar dastlabki vaqtlardanoq paydo bo’la boshlagan edi. Ibtidoiy odamlar raqs va qo’shiqlar, daraxt va g’or devorlariga solingan turli rasmlar yordamida ob'ektiv vоqеlik to’g’risidagi bo’limlarini chuqurlashtirar, tabiat kuchlariga qarshi kurashda natijalarga erishar edilar. Sinfiy jamiyat vujudga kelishi bilan ijtimoiy taraqqiyotda katta o’zgarishlar yuz berdi. Аqliy mehnat jismoniy mehnatdan ajralib chiqdi. Bu esa fan va san'atning rivojida katta hissa qo’shdi. Professional san'at mana shu davrda vujudga kеlа boshladi. San'at ijtimoiy hayotning barcha sohalariga xizmat qila boshladi. Unda siyosiy kurash, din, kishilar turmushi ifodasini topadi.

San'at keng ma'noli tushunchadir. Masalan, qadimgi yunonlar musiqa, raqs, nazmni san'at deb bilar edilar. O’rta asrlarda san'at tarkibiga, tasviriy san'at, kasallarni davolash va dorixona ishlari ham kiritilgan. Bugungi kunda san'at so’zi - voqelik, badiiy timsollar vositasida ijodiy aks ettirish, ishning ko’zini bilish va maxorat ko’rsatish jarayoni, har qanday ishning o’zi va u talab qiladigan maxorat «darajasi» ma'nolarida qo’IIaniladi. San'at tushunchasini talqin qilish bejiz emas albatta, zero, san'at inson mehnati, аql - idroki bilan vujudga kelgan ijod qilingan narsalardir. San'at inson faoliyatining ijodkorlik turini anglatib, har bir san'at asarida shaxsning o’ziga xos iste'dodi namoyon bo’ladi va nihoyat san'at insonning maxorati bilan chambarchas bog’liqdir. Shunisi qiziqki, san'at keng ma'noda san'at asarlari bilan birga ularni yaratish va iste'mol jarayonlarini ham qamrab oladi. San'at hozirgi davrga qadar insoniyat taraqqiyoti bilan bog’liq holda rivojlanib kelgan. O’zbekiston hududida, Ispaniya, Saxroyi Kabr va boshqa joylarda uchraydigan qoyalarga uyib tushirilgan yovvoyi hayvonlarning tasvirlari hozirgi davr nuqtai nazaridan estetik qiymatga ega. Shuning uchun ham san'atning

1.Keng ma'noda tushunchasi

2.Tor ma’nodagi tushunchalari mavjudligiga diqqat qilishimiz kerak.

•Keng ma’nodagi tushunchasiga - har qanday maxorat, kishilarning ishlab chiqarlsh, tashkiliy va boshqa soxalarda o’z oldiga qo’ygan vazifani ustalik bilan bajarishi kiradi. Masalan: odamlarning ko’mir qazib chiqarganida paxtadan yuqori hosil olishda poyezdlar haydashda, uylar qurishda, futbol o’ynashda, a'lo o’qishda ko’rsatadigan ustalik va mahorati san'atidir.

Tor ma'nodagi tushunchasiga -_ faqat go’zallik qonun-qoidalari asosida qilingan ijodiyot kiradi. M: rassomlar shoirlar, haykaltaroshlar ijodi. Xo’sh san'atning vazifasi nimadan iborat. San'atning vazifasi: hayotning xilma - xil tomonlarini kishini hayajonlantiradigan, uning fikri va qalbiga borib yetadigan darajada chuqur va ravshan ifodalashdan iborat. San'at tarixiy taraqqiyot jarayonida hamisha ijtimoiy hayotning murakkab rango-rang munosabatlari bilan aloqador bo’lib, u mehnatning aloxida turi, ijtimoiy ishlab chiqarishning maxsus soxasi, ijtimoiy ongning bir ongi, o’zga bilim soxasi, ijodiy faoliyatning bir ko’rinishi sifatida anjal amal qiladi. San'at ijtimoiy turmush jarayonlari bilan bog’liq. Buni qadimgi odamlarning moddiy ma'naviy bоуliklаг yaratishda, ya'ni o’zlariga ma'qul va ko’ngillariga xush keladigan narsalar yaratishga bo’lgan ishtiyoqlarida ko’zga tashlanadi. Ijtimoiy turmush san'atning rivojlanishiga ta'sir o’tkaza bordi, keyinchalik falsafiy diniy, siyosiy qarashlar, axloqiy qoidalar, ma'naviy qadriyatlar orqali ham ta'sir o’tkaza boradi.

Shuning uchun ham, san'atning yana bir vazifasi: davrimizga munosib mustaqilligimizning buyuk yutuqlari darajasini namoyon eta oladigan badiiy asarlar yaratishdan iboratdir.

San'at jamiyatning barcha tomonlariga ta'sir o’tkazadi, ijtimoiy ongining barcha shakllari o’zaro aloqadordir. San'at taraqqiyotining nisbiy mustaqilligi shundaki, jamiyat badiiy ravnaqining darajasi hamma vaqt uning iqtisodiy taraqqiyoti darajasiga mos kelavermaydi. San'atning jamiyat hayotida nisbiy mustaqil amal qilish vorsiylik qonuniyatning namoyon bo’lishi bilan ham bog’liq. Vorisiylik ma'naviy hayotning barcha jabxalarida mavjud. San'atning hamma qirralari - mavzu yo’nalishi g’oyaviy, ruxiy qoida va ohanglari ijodiy aqidalari uslubi, turi va shakllarining ifodali vositalari vorisiylikda namoyon bo’ladi.


San'atning xususiyatlari, moxiyati. San'atda xalqchilik mazmun va shakl tushunchalari.


San'atning moxiyati nimada? Hayotni ijtimoiy sosial-estetik ideallarga muvofiq o’zgartirish maqsadi voqelikni estetik o’zlashtirishdan iborat.

San'at qanday xususiyatlarga ega? - U bir qanchа xususiyatlarga ega. San'atning xususiyati va ijtimoiy ongning boshqa formalaridan farq qiladigan tomonlaridan biri shuki, u hayotni:

1. Badiiy obrazlarda aks ettiradi.

2. San’at ijtimoiy ongning boshqa formalaridan afzalligi shuki, u go’zallik yaratadi. San’at kishini ulug’laydi, uni har qanday yaramas, past odatlardan, odamni qadr qiymatini yerga uradigan va kamsitadigan xulqlardan xalos bo’lishga chaqiradi.

3. Uning eng go’zal va mukammal asarlari vaqt o’tishi bilan o’z ahamiyatini yo’qotmaydi. Ular kelajak avlodlar uchun ham o’zining go’zalligi, insonning ichki hissiyot va kechinmalarini maxorat bilan aks ettirishi tufayli zarur va ahamiyatli asarlar bo’lib qolaveradi.


San’atning ijtimoiy mazmuni.


San’atning ijtimoiy mazmuni xalqchilik tushunchasi огqаli namoyon bo’ladi. San’atning xalqchiligi to’g’risidagi masala turli estetik ta’limotlarda turlicha talqin qilinib kelindi.

Xalqning ko’р qirrali ijodiy faoliyati hamda proffesional san'atning xalq taqdiri bilan aloqasi ko’pincha inkor etilar edi.

Xalqchilik- bu voqelikdagi muhim hodisalarni хаlq nuqtai nazaridan baxo berish, uning orzu - istaklari, extiyoji, xarakteri, manfaatlarni ko’rsatishdir. Darhaqiqat A.Navoiy ijodining xalqchiligi yoki X.Olimjon poeziyasining xalqchiligini ko’z oldimizga keltirsak. .


Bizning estetikamiz xalqchillik deganda - asar mazmuni uning ruxi, xalq manfaatlari va intilishlariga xos tushishi, umumxalq ahamiyatiga ega muammolarni qo’yish va to’g’ri hal etishgina emas balki shaklning xalqchil bo’lishini ham nazarda tutadi.

San'at xalqchilligi - bu xalq uchun muxim bo’lgan muammolarni хаlq tushunchasi va mehnatkash xalqning tub manfaatlari ruxida haqqoniy va chuqur tasvirlashdir. Xalqchil asar shu bilan birga yuksak badiiylika, hamda demokratik shaklga ega bo’ladi.

San'atning jjtimoiy mazmuni xalqchillik tushunchasi оrqаli namoyon bo’ladi.

Umuminsoniy va milliy manfaatlar, hamda qadriyatlarga amal qilish san'at xalqchilligini ta'minlaydi.


San’atda хаlqchilik: - uning


1. vorisiylik

2. tarixiylik

3. milliylik

4. umuminsoniylik

tushunchalari bilan nazariy va amaliy jihatdan ajralib ketgan san'atda xalqchillik - deganda xalq tushunchasini o’ziga aloxida to’xtalish zarur. Xalq o’zgaruvchan tarixiy kategoriya bo’lib, xalq tushunchasi miqdor va sifat mezonlariga egadir.

Хаlq- eng avvalo moddiy va ma'naviy boyliklar yaratishda faol qatnashadigan odamlar guruxi bo’lib, u asosiy ishlab chiqaruvchi kuch sifatida ham ta'riflanadi.

Xalq tushunchasi - san'at ravnaqining yo’nalish va tomonlarini tavsiflashga yordam beradi. Bu yo’nalishlardan ilk bor xalq ijodi ajralib сhiqqan. Xalq yaratgan va iste'mol qilinadigan badiiy faoliyat turlari va ko’rinishlarga xalq ijodi deyiladi. Unga:

• Xalq og’izaki ijodi.

• Xalq musiqasi

• Xalq raqslari

• Xalq amaliy san’ati

• Xalq badiiy hunarmandchiligi


San'atda хаlqchilik - ruxi haqqoniylik ruxi bilan hamohangdir. Hаqqoniylik hamma vaqt xalqchilik mazmuniga ega bo’ladi, haqqoniylik xalqning maqsad intilishlariga mos keladi, uning ma'naviy ravnaqi va axloqiy barqarorligiga xizmat qiladi va aksincha yolg’on axloqsizlikning o’zidir.

San'atning xalqchiligi - unda umuminsoniy qadriyatlar qау tarzda аks etishiga ham bog’liq. San'atkor ijodida umuminsoniy qadriyatlarning, insonparvarlik ruxining banqaror bo’lishi, ijodkor xalqchiligini belgilaydigan asosiy mezondir.

San'at xalqchiligining yana bir qirrasi asarning xalq orasida keng tarqalganligi - «ommalashganligi» bilan ham izohlanadi. San'atkor doim ommadan sal oldinroq yurgandagina o’zining уuksak yaratuvchi burchini bajara oladi, m : Ch.Aytmatovning asarlari ana shu xislatlarga ega bo’lgan badiiy, ijodiy timsoldir.

Asarning xalqchiligi estetikaning shunday tushunchasiki, san'at badiiy ijod bilan xalq orasida munosabatlarning barcha tomonlarini ifodalaydi.

San'at haqiqati - go’zallikning shunday atamasidirki, uning vositasi bilan voqeilikni san'at asarida aks xususiyati oshkor etiladi. Yapon xalqi go’zal san'at yaratgan. Qadim zamonlardan kichkina bir davlat bo’lgan va tashqi dunyodan ajralgan Gresiya insoniyatga madaniyatning ajoyib namunalarini qoldirgan. Misr madaniyatini o’zining murakkab va ulug’vorligi bilan kishini hayratga qoldiradi. O’rta Osiyo xalqlari, shu jumladan o’zbek xalqi taraqqiyoti yo’lidan borib o’zlarining bагqагог milliy madaniyatIarini yaratganlar va agressiv iste’lochilar: Eronliklar, Greklar keyinchalik esa Arablarning qayta-qayta qilgan bosqinchilik yurishlariga qaramay o’zlarining ham proffesional, ham amaliy san'atdagi poetik tradesiyalarini saqlab qolganlar.

Xitoy, Hindiston, Italiya madaniyati, Rus xalqi madaniyati o’zining misli yo’q milliy xususiyatlari bilan kishini hayratga qoldiradi.

San'atga mazmun va shakl.


San'atda mazmun va shakl - asarni badiiy idrok etish xususiyatlari, maxorat masalalari kabi badiiy manadaniyat nazariyasi hamda praktikasining asosiy masalalari bilan chambarchas bogliqdir.

San'atda-bir-birini izoxlaydi,

Shakl-muayyan bir mazmunni ifodalasa,

Mazmun-ham muayyan shaklda namoyon bo’ladi.

Har bir narsaning o’zgarishi avvalo mazmun o’zgarishidan boshlanadi.

San'at mavzuyi muayyan asar mazmuniga manba bo’lib xizmat qiladi.

San'at mazmuni yoki badiiy mavzudan farqli ravishda butun voqeani emas, balki aks ettirilgan voqelik bo’lagini anglatadi.

Estetika nazariyasida badiiy asar mazmuni bir qancha tushunchalar оrqаli ifodalanib, ular orasida mavzu va g’oya tushunchalari aloxida ahamiyat kasb etadi.

Mavzu - ko’p ma'noli tushunchadir. Voqea hodisalar majmui iqtisodiy, axloqi, falsafiy, ruxiy muammolar mavzui atamasi bilan izohlanadi.

Mavzu - tushuncha avvalo, voqea hodisalar doirasini belgilash maqsadida qo’llaniladi. Ba'zan mavzu tushunchasi turli muallif ijodiga xos bo’lgan mazmuniy umumiylikni ko’rsatib turadi.

San'atda shakl yaratilishining muxim qismi sifatida vazn, qofiya, so’roq va ohang katta o’rin tutadi.

Mukammal shakl mazmun bilan shu qadar qo’shilib ketganki, uni tomoshabin, o’quvchi, eshituvchi, bevosita payqamaydi, fahmlamaydi. Shaklni mazmundan ajratish mazmunning o’zini barbod qilishga olib keladi, mazmun shaklsiz bayon qilishga urinish ham behudadir.

Shakl mustaqil amal qilmaydi. Shakl badiiy maxorat muammosi bilan chambarchas bog’langan.


San'at turlari.


Endi san'at ichida mavjud bo’lgan turli tumanliklar bilan tanishib сhiqsak. Turlar - san'at mavjudligining tarixan tarkib topgan bаrqагог formalaridir. San'atning ko’p turlari paydo bo’lishiga sabab avvalo voqelikni xilma - xilligidir.

San'atni tavsiflash masalasi qadimda ham, muammoli masala bo’lib kelgan. Masalan: аmerkalik nazariyotchi T.Manro fikricha, san'at turlari: adabiyot, arxitektura, teatr, misiqa, xoreografiyalar bo’lib qolmasdan, shu bilan birga chorvachilik, plastik xirurgiya, kosmetika, kulinariya, vino tayyorlash, gostronomiya, kiyina bilish, pricheska qilish va hokazolar bo’lib, u san'atni 400 ta turini ko’rsatadi. Demak, san'at ko’pр qirralidir.

Mana shu ko’р qirrali san'at turlarining manbai qayerda?

U Kant bu manba sub'ekt qobiliyatida, Gegel esa ob'ektiv g’oyaning ichki differensiyasida, fransuz materialistlari - yozuvchilar, rassomlar, muzikachilar foydalanadigan badiiy vositalar farqida ko’rdi.

San'atning turli xillari bo’lishiga sabab, insonning san'at qondirishi lozim bo’lgan estetik ehtiyojlari har xil ekanligida, tashqi dunyoning ko’р qirraligida, inson idrokining o’ziga xos xususiyatlarga ega ekanligidadir.

San'at turlarining bir-biridan farqi, avvalo ularning moddiy formasida namoyon bo’ladi. San'atning har bir turi o’z materialiga, ya'ni g’oyaviy-estetik, ma'naviy mazmunni o’zida mujassamlashtiruvchi narsaga ega. Har bir san'at turining mazmuni o’ziga xos, ya'ni voqelikka nisbatan « tanlash» xususiyatiga ega.

San'atning turlarga bo’linishi - tarixiy taraqqiyotning maxsulidir. Shunday qilib, san'at turlari - insoniy badiiy faoliyatining asosiy soxasi (oblast) bo’lib, aks ettirish predmeti bilan farq qilib, obrazining xarakteri va tiplari, inson estetik ehtiyojlarining qondirish usuli, material va qonunlar asosida o’ziga xos badiiy obrazlar yaratishdir. O’tmishning ham, hozirgi davrning ham, ayrim san'at nazariyotchilari fikricha san'atning turlicha va rang- barang bo’lishi kishilardagi tuyg’ularning xilma-xil bo’lishi bilan belgilanadi. Kishining hissiy faoliyat tomonlari qancha bo’lsa, deydi ular, ham shuncha bo’ladi.

San'atning turlari bir xildagi ob'ektni аks ettirib, uning har xil tomonlarini tasvirlaydi. Har xil san'at turining o’ziga xos tasvirlash uslubi bor. Masalan: musiqa kishining tashqi qiyofasini tasvirlay olmaydi, rassomlik san'ati esa bu vazifani bemalol uddalaydi.

San'at turlari kishilar badiiy faoliyatining maxsus soxasi bo’lib, bir-biridan hayotning qaysi tomonini aks ettirilishi bilan farq qiladi. Har bir san'at turining o’ziga xos mazmuni va formasi bor.

Badiiy asosi bilan inson faoliyatining barcha turli-tuman tomonlariga singib ketadigan bizning kundalik hayotimiz, san'atsiz bir muncha kambag’allashgan va xira tortgan bo’lar edi, degan fikrga hamma qo’shiladi. Shuningdek san'atning barcha boyliklariga ega bo’lmay turib, insonning olamga estetik munosabati to’la va boy bo’lishi mumkin emas .

Biroq, real amaliyotda barchasining bo’lishi qiyin. Ko’pgina yoshlar san'atning bittagina, masalan kinoga e'tibor berib, musiqa, tasviriy san'at va arxitektura bilan juda kam qiziqadilar. Sababi har xil bo’lishi mumkin: bu yigit va qizlarning koncret san'atga mayli ham, va yoki bu san'atni alohida qiziqish uyg’otadigan badiiy havaskorlikda ishtirok etishi hamdir. Biroq yoshlarning badiiy simpatiya va qiziqishlarining bir tomonligi ko’pgjna san'atning turli-tuman olami bilan yetarli darajada bog’lanmaganligi va muomalada bo’lmasligi, shaxsning ma'naviy o’sishi va estetik rivojlanishi uchun unda mavjud bo’lgan katta imkoniyatlarni bilmasligining oqibatidir.

San'at turlari.


San'atning xilma - xilligi nimani nazarda tutadi va nima uchun ularning har biri inson uchun zarur ?

Mavzuning bu asosiy savoliga javob berib, biz har bir san'at turining xususiyatlarini ko’rib chiqamiz va uning estetik tarbiyadagi o’rni va rolini ko’rsatishga harakat qilamiz.

Har xil konkret san'at uchun san'at turlari tushunchasi qo’llaniladi.


Arxitektura, dekorativ-amaliy san'at, adabiyot, musiqa, rang-tasvir, haykaltaroshlik, grafika teatr, kino, televidenie- bularning barchasi san'at turlari.


San'at turlari bir-birining o’rnini bosolmaydi. Ularning har biri mustaqiI o’zicha nodir va betakror bo’lib, voqelikning bir tomonini bevosita aks ettiradi, o’sha tur u yoki bu insoniy his – tuyg’ularni ifodalashda boshqa turlarga nisbatan ustivor o’rin egallaydi.

San'at turlari tuzilishida badiiy adabiyot muxim o’rin tutib, u boshqa turlar rivojiga ham ta'sir o’tkazadi.

Badiiy adabiyot - teatr va kino san'atining ilk asosini tashkil etadi. Uning musiqa va tasviriy san'atga ham sezirarli ta'siri sezilib turadi. U san'at turlaridan biri bo’lib, sehrli olami, jozibasi, hayotbaxsh zavqi ila bolalik davrimizdanoq ongimizga, shuurimizga ajoyib ertaklari, hikoyalari bilan kirib keladi. Qadimgi Yunon olimi Arastu «Poetika» asarida: «San'at va adabiyot kishilar ruxini «tozalash» xususiyatiga ega» - degan edi.

Badiiy adabiyot bizning ongimizga badiiy obraz – predmetni bevosita mushohada qilish оrqаli emas, balki ma'lum ma'nonini bildiruvchi so’zlar tizimi оrqаli ta'sir etadi.

Haqiqatan ham yaxshi she'r, doston yoki g’azal, masalan


Orazing уорqoch ko’zimdan sochilar har lahza yosh,

Buylakim paydo bo’lu , yulduz nixon bo’lg’och quyosh.»


Bunday misralarda olam - olam ma'no bor. Bunday g’azallar hayot haqidagi tasavvurimizni boyitadi, yomonlik, adoIatsizlikka nisbatan nafrat uyg’otsa, go’zallik, insoniylik, odamiylikka, nisbatan bo’lgan his-tuyg’ularimizni chuqurlashtiradi, estetik va ma'naviy ruximizni boyitadi.

Xo’sh, adabiyot qanday turlarga bo’linadi.


Adabiyot:

Epos

Lirika

Drama

Liro-epik

Satira

Har bir turning o’z janrlari mavjud. Uning janriga:

1   2   3   4   5   6   7   8



Похожие:

O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta\O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti “falsafa” kafеdrasi

O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta\O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti

O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta\O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi

O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta\O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat chet tillar instituti

O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta\O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat chet tillar instituti

O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta\O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi

O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta\O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim vazirligi

O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta\O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim vazirligi

O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta\O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta\O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi Namangan Davlat Universiteti
«Milliy istiqlol g’oyasi va huquq ma`naviyat asoslari» yo’nalishi zaruriy mazmuni va bakalavrlarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan...
O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta\O’zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi rеspublika ta'lim markazi

Загрузка...
Разместите кнопку на своём сайте:
Документы


База данных защищена авторским правом ©uz.denemetr.com 2000-2015
При копировании материала укажите ссылку.
обратиться к администрации