Документы



Shohi Zinda icon

Shohi Zinda

НазваниеShohi Zinda
Дата20.09.2013
Размер83.74 Kb.
ТипДокументы
источник
1. /Samarqand Shoxi Zinda.docShohi Zinda

.                   

Shohi Zinda Ko’hna Samarqandning shimoliy qismida , Afrosiyob tepaliklarining chekkasida yoyilgan qadimgi qabristonning orasida qator tarixiy qabrlar joylashgan. Bu qabrlarning orasida ayniqsa  biri nihoyatda ma’lum  va mashhur bo’lib,u Abbos o’g’li Qussamga , payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom amakilarining o’g’liga tegishlidir.

Arab ma’lumotlarida aytilishicha , Qussam Samarqandga 676 yili kelgan. U haqda turli rivoyatlar yuradi. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda u o’ldirilgan, ba’zilarida esa o’z ajali bilan o’lgan, deyiladi. Xalq orasida Qussam “Shohi Zinda” , ya’ni “Tirik shoh” nomi bilan mashhurdir. “Qandiya “ kitobida keltirilgan  rivoyatlarning birida aytilishicha , shaharning Namozgoh masjidida Iydi Qurbon namozini o’qiyotgan Qussam ibn Abbos va boshqa musulmonlar ustiga g’ayridinlar qo’qqisdan bostirib kiradilar va ularni birma-bir o’ldira boshlaydilar.Qussam ibn Abbos namozni o’qib bo’liboq Namozgoh masjidining mehrobiga bir ishorat qiladilar. Shunda mehrob devori yoriladi va yerda paydo bo’lgan chuqur quduq Qussam ibn Abbosni o’z bag’riga oladi. Boshqa rivoyatda esa ul zot g’ayridinlar kesgan boshlarini olib , quduqqa tushib ketadilar va qiyomatga qadar g’oyib bo’ladilar . Shu boisdan Shohi Zinda- “Tirik shoh “ laqabini oladi.

Qussam qabrining tepasida shunday yozuv bor:”Olloh yo’lida o’ldirilganlarni marhum sanamanglar; yo’q, ular tirikdirlar.” Bu satrlar rostdan ham Qussamga “Tirik shoh “ laqabi bejiz berilmaganligini isbotlaydi. Chunki , ba’zi ma’lumotlarga qaraganda Qussam din uchun bo’lgan jangda halok bo’lgan.

Shohi Zinda ziyoratgohi turli obidalar majmuidan iborat bo’lib, u deyarli to’qqiz asr – XI-XIX asrlar davomida shakllangan. Bugungi kunda u turli davrlarda tiklangan 20 dan ziyod inshoatlarni o’z ichiga oladi. Qussam ibn Abbos maqbarasi qadimda o’tgan podshoh sulolalari tomonidan boshlab , hozirga qadar qurilib , ta’mirlanib kelinmoqda.

Mavzoleydagi bizgacha yetib kelgan eng qadimiy imorat qoldig’i bu –Afrosiyob qo’rg’onining devori, Sulton Sanjar qurdirgan minora hamda Qoraxoniylar davridan qolgan maqbaraning ba’zi devorlaridir .

Muhandis –olim Xoja Ahmad maqbarasi yo’lakning shimoliy qismida joylashgan. O’ng tomonda uni 1361 yilda qurilgan maqbaralar sharqdan chegaralab turadi.  Chapdan, ya’ni g’arbiy tomondan Amir Temurning xotini Tuman Oqo maqbarasi barpo etilgan . Mazkur kompleks uch binoni : maqbara, masjid va hujrani o’z ichiga oladi. Yuqori qism , o’ng tomonidagi maqbara 1361 yilda qurilgan bo’lib, u Amir Temurning xotini Qutlug’ Okoga tegishlidir. Undan Shohi Zinda-Qussam ibn Abbos ziyoratgohiga o’tiladi. Ziyoratgoh – qabrxona, ziyoratxona, masjid, yer osti chillahonasi va minora qoldiqlaridan iborat.

Sohibqiron Amir Temur o’z davrida ushbu qadimiy ziyoratgoh atrofida majmuaviy guldasta qurdiradi. U mo’g’ullar bosqinida vayronaga aylangan maqbarani qaytadan zeb berib tiklatadi, yog’ochdan yasalgan qabrni eng qimmatbaho naqshinkor toshlar bilan o’zgartiradi. Amir Temurning oila a’zolari, saroy a’yonlari  hazrati Qussam ibn Abbos maqbarasi yaqinida ko’milishni sharaf bilishib , o’zlariga naqshinkor maqbaralar qurdirishgan. Bu obidalarni mahalliy me’morlar Erondan , Hindistondan , Shomdan kelgan ustalar hamkorligida barpo etishgan. Amir Temurdan so’ng uning islarini nabirasi Mirzo Ulug’bek davom ettiradi. 

Quyi qismdagi kiraverish  darvozaxonasi arkini Ulug’bek Mirzo o’zining kenja o’g’li Abdulaziz Mirzo nomidan 1434-1435 yillarda qurdiradi. Va yana o’sha quyi qismida Ulug’bek Mirzoning o’z ustozi Mavlono Qozizoda Rumiy qabri ustida qurilgan qo’sh gumbazi maqbarasi qad ko’tarib turadi.

Registon ansambli.                        

Registon ansambli – Samarqandning Registon maydonida uch madrasa ( Ulug’bek madrasasi , Tillakori madrasa, Sherdor madrasa) dan iborat me’moriy majmua. Dastlab Ulug’bek madrasasi bunyod etilib(1417-1420), keyinchalik qarshisiga -maydon sharqiga  Ulug’bek xonaqohi (1424) , shimoliga Mirzoyi  karvonsaroyi, janubiga Alika Ko’kaldosh Juma masjidi(1430) qurdirgan , yonida esa yog’ochdan xotamkori uslubida  masjidi Muqatta va Abusaid madrasasi qurilgan . XV asrning 20-40 yillarida Registon hashamatli me’moriy ansamblga aylangan.XVII asrda Samarqand hokimi Yalangto’sh Bahodir vayrona holatdagi Ulug’bek xonaqohi o’rniga Sherdor madrasa (1619-1635)ni , Mirzoyi karvonsaroyi o’rniga Tillakori madrasa- masjidi(1646-1659)ni qurdirgan . Registon o’zining rang –barang  koshinkori bezaklari, naqshinkori peshtoqlari, ulkan gumbazlari bilan O’rta Osiyo me’morligining noyob yodgorligi hisoblanadi.

Samarqand.

Samarqand- Samarqand viloyatidagi shahar. Viloyatning ma’muriy, iqtisodiy va madaniy markazi. 1925-30 yillarda Respublika poytaxti bo’lgan.Tarixiy yozma manbalarda Samarqandning yoshi qadimiyligi to’g’risida ma’lumotlar bor.  Antik mualliflarning asarlarida shahar Marokanda deb atalgan . Marokanda- Samarqand  atamasining yunoncha aytilishidir. Samarqand jahonning eng qadimiy shaharlaridan biri- 2700 yildan ortiq tarixga ega. Arxeologik qazishmalardan ma’lum bo’lishicha , yuqori paleolit davrida ham Samarqandda odamlar yashashgan.

XIVasrning oxiri XV asrning  boshlarida Samarqandning  iqtisodiy-siyosiy, madaniy hayoti  ancha yuksaldi. Amir Temur saltanati poytaxti sifatida Samarqand jahonga mashhur bo’ldi. Amir Temur vafotidan so’ng (1405) Samarqand  taxtini uning o’g’li Ulug’bek egalladi. Ulug’bek davrida Samarqandda qurilishlar avj oldi. Ulug’bek rasadxonasi qurildi. Qo’shni davlatlar bilan aloqalar kuchaydi.   XV asr oxirida Samarqandni Zahiriddin Muhammad Bobir egalladi. /p>

Samarqandni arxeologik jihatdan o’rganish ishlari XIX asrning oxirlaridan boshlangan. 1908 yildaVyatkin  Samarqand chekkasida joylashgan Ulug’bek rasadxonasining  o’rnini aniqladi va qazish islarini o’tkazdi. Natijada rasadxona xarobasi hamda uning er ostidagi butun qolgan qismi qazib ochildi. an>

1970 yilda Samarqandda O’zbekiston F.A ning mustaqil Arxeologiya instituti tashkil etildi. Qazishmalar natijasida shahardan juda ko’plab qo’lda yasab rangli naqsh berilgan sopol b qo’lda yasab rangli naqsh berilgan sopol idishlarning parchalari , guvaladan tiklangan 7 m. Qalinlikdagi mudofaa devorlari qoldiqlari topilgan.an>

Shaharning Buyuk Ipak Yo’li chorrahasida joylashganligi uchun, bu yerda qadimdan hunarmanchilikning shoyi to’qish, mashhur Samarqand qog’ozi ishlab chiqarish , kulolchilik , temirchilik, novvoylik, qandolatchilik, savdo- sotiq ishlari rivojlangan. an>

Mustaqillk yillarida Samarqand qadimiy tarixi va me’moriy yodgorliklari tufayli butun dunyo tan olgan haqiqiy muzey shahriga aylandi. Uning me’moriy- tarixiy yodgorliklari 2001yild YUNESKOning Finlyandiyada o’tkazilgan 25- sessiyasida Jahon merosi ro’yxatiga kiritildi. an>

Samarqandda 73 ta yirik tarixiy-me’moriy yodgorlik: Registon ansambli, Shohi Zinda ansambli, Amir Temur  maqbarasi, Ulug’bek rasadxonasi, Bibixonim jome masjidi, Ruhobod maqbarasi, Xoja Ahror masjidi va boshqalar saqlangan.  

Samarqand shahri hozirgi kunda eng rivojlangan shaharlardan biridir. U yerda xalqaro miqyosdagi anjumanlar o’tkazilmoqda. /p>

Samarqand zaminida mashhur donishmandlar , allomalar voyaga etgan, jumladan, Ulug’bek Samarqandda munajjimlar maktabiga asos soldi, madrasa va rasadxonalar qurdi. Uning    atrifida butun bir ilmiy maskan – Ulug’bek akademiyasi tarkib topdi. Bu akademiyada G’iyosiddin Jamshid Koshiy, Qozizoda Rumiy ,Ali Qushchi kabi mashhur olimlar etishib chiqdi.an>

 

Imom al- Buxoriy yodgorlik majmui. 

Imom al- Buxoriy (asli ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al- Buxoriy) (810-870y. Samarqand yaqinidagi Xartang qishlog’i) – islom olamining yirik mutafakkiri, buyuk muhandis.Muhandislar imomi, hadis ilmining sultoni deb han yuritiladi.U 5-6 yoshidan boshlab islomiy ilmlarni,Muhammad (sav) ning hadislarini o’rganishga va yodlashga kirishadi. O’z davrining taniqli muhandislaridan saboq oladi.Buxoriy 16 yoshga yetguncha, o’z yurtidagi mashoyixlardan hadis eshitib, yozib olib xalifalikning turli viloyatlari tomon yo’l oladi.825 yil Buxoriy onasi va akasi Ahmad bilan Makkaga kelib,haj ibodatini ado etadi. Onasi va akasini Buxoroga  qaytarib,o’zi Makkada qoladi. Bu yerda u mashoyixlarning ilmiy yig’inida qatnashadi.

Bu vaqtda Muhammad (as)ning hadislarini to’plash turli shahar va mamlakatlarga borishni taqozo qilar edi. U 6 yil davomida juda ko’plab xorijiy mamlakatlarda bo’lgan. Buxoroga qaytgach esa hadis ilmini targ’ib etishga kirishadi. Uning ishlari Buxoroda bu vaqtda hukmdorlik qilgan Ahmad az- Zuhliyga xush  kelmaydi. Shu sababli Buxoriy Buxoroni tark etib, Poykendga, keyin esa Samarqand yaqinidagi Xartang qishlig’iga kelib yashashga majbur bo’ladi va shu yerda vafot etadi.an>

Buxoriy 20 dan ortiq kitob tasnif etgan. Ulardan ayrimlari bizgacha yetib kelgan, ba’zilari jahonning turli mamlakatlari kutubxonalarida saqlanayotganliklari haqida  ma’lumotlar bor. ;

Istiqlol sharofati bilan Buxoriyning o’lmas merosi el-yurti bag’riga qaytdi. 1998 yil alloma abadiy qo’nim topgan Chelak tumanidagi Xartang qishlog’ida ulkan yodgorlik majmui ochildi. Bu qabriston musulmon  ahlining eng tabarruk  va aziz ziyoratgohlaridan biridir.

Bu majmua avvalombor, ziyoratgoh , muqaddas qadamjo, so’ng kundalik, juma, hayit namozlari o’qiladigan joy vazifasini o’taydi. Yodgorlikka 3 ta peshtoqli , o’ymakor eshikli darvozaxonalar orqali kiriladi.Old peshtoqning ikki tarafida mohirlik bilan ishlangan koshinlar orasiga arab va lotin alifbolarida yodgorlikning qurilishi haqida ma’lumot beradigan lavha o’rnatilgan.Katta darvozaning o’ng tarafida ma’muriy va yordamchi xonalar joylashgan. Bosh yo’lning o’ng tarafida favvora qurilgan. Undan chapda, masjid tarafda qadimiy chinorlar va hovuz saqlanib qolgan. an>

Majmuaning markazida Imom al-Buxoriyning maqbarasi joylashgan . Maqbara devori zangori, havo rang va oq sirli kesma koshinlar, marmar toshlar bilan qoplangan.Tashqi gumbaz Amir Temur maqbarasi gumbaziga o’xshash – qobirg’lidir.Gumbazning ichi doira shaklida bo’lib, rang- barang serjilo naqshlar bilan bezatilgan.an>

Hovlining chap tomonida masjid joylashgan. Xonaqoh va peshayvonda 1500 ga yaqin kishi namoz o’qishi mumkin .an>

Hovlining o’ng qanotida ham peshtoqli va miyonsaroyli bino bor.Bu binoda  kutubxona , ilmiy xodimlar xonalari mavjud. Kutubxonada  Qur’oni karimning noyob qo’lyozmalari, turli nashlari, Imom al- Buxoriy asarlarining nashlari va boshqa kitoblar bor. Majmua to’rida hadis ilmini o’rganishga mo’ljallangan o’quv markazi- “Dorul hadis” binosi joylashgan. an>

Bibixonim

Bibixonim ( asl ismi Saroymulkxonim) (1341-1408)- Amir Temurning katta xotini,  Qozonxonning qizi.

Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Bibixonim o’z zamonasining yuksak idrokli, farosatli, tadbirkor va yetuk aql-zakovat sohibasi, shuningdek husn-latofat bobida ham benazir edi.

Bibixonim insonparvar, vatanparvar, mamlakatning siyosiy – ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotidan yaxshigina xabardor bo’lgan,saltanat ishlarida dono maslahatlari bilan qatnashib turgan ayol edi.Ayniqsa, ilm-ma’rifatga alohida e’tibor berar, tolibi ilmlarga homiylik qilardi.Sohibqiron Amir Temurning harbiy yurishlarida ko’pincha hamrohlik qilgan.

Bibixonim o’z jamg’armasi hisobidan Samarqandda ulkan madrasa qurdirgan.(h.Bibixonim madrasasi)

Samarqandda Amir Temur Bibixonimga atab qurdirgan Bibixonim jome masjidi mavjud.

Bibixonim jome masjidi- Samarqanddagi me’moriy yodgorlik.(1399-1404) .Masjid hovlisi 4 tomondan ravoq va peshtoqlar bilan o’ralgan. Masjidning bir-biri bilan bog’langan 6 ta me’moriy bo’laklari saqlanib  qolgan. Bular hovlining to’rida mehrobli va baland peshtoqli bino, ikki yonida uning kichik nusxasi,poyida masjidning ikkiga bo’lingan peshtoqi va shimoliy g’arb tomonda minoradir. Masjidning asosiy binosi Amir Temur zamonasining me’moriy uslublari haqida to’liq tasavvur beradi. Masjiddagi ko’p qirrali yulduzlar, 3 qavatli xatlar o’yilgan lavhalar, hoshiyalar oq toshdan yo’nilgan.Tarixnavis Ibn Arabshohning  shahodat berishicha , Jome masjidi mahobatidan hayratga kelgan zamondoshlari “Obidalarimiz avlodlarga bizning kimligimizdan darak beradi”, deb g’urur bilan jar solishgan ekan.

Bibixonim madrasasi –  Saroymulkxonimning o’z onasi sharafiga XIVasr oxirida Samarqandda qurdirgan madrasa. Bu madrasa Bibixonim Jome masjidining kirish peshtog’i qarshisida joylashgan. Lekin Jome masjididan oldin qurilgan.

Bibixonim madrasasi yonida unga qo’sh uslubda Tuman og’o xonaqohi qurilgan.

Burxoniddin Marg’inoniy.

Burxoniddin Marg’inoniy (to’liq ismi Abulhasan Ali ibn Abubakr ibn Abduljalil al-Farg’oniy al- Marg’inoniy) – Samarqandda tug’ilgan, buyuk faqih, imom. U Buxoro, Samarqand , Marg’ilon va Movarounnahrning boshqa shaharlarida islomiy ta’lim olib, shayxulislom bo’lib yetishdi. 1149 yil haj safariga borgan.  Burxoniddin Marg’inoniy Samarqand  shahridagi Chokardiza qabristoniga dafn etilgan.

Burxoniddin Marg’inoniy o’z kitoblarida  o’sha zamonlarda mo’min –musulmonlar duch keladigan dolzarb hayotiy  masalalar, oilaviy va ijtimoiy munosabatlar, mulkchilik, savdo-sotiq, jinoyat va jazo, insonning burch va mas’uliyatlariga taalluqli murakkab muammolarni islomiy huquq    nuqtai nazaridan hal etib berdi. Ko’pgina kitoblari islom sharqida bir necha tillarga tarjima etilib , ma’lum va mashhur bo’lib ketgan.

Burxoniddin Marg’inoniyning ilmiy merosi hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Jahondagi ko’p oliy o’quv yurtlarida musulmon huquqshunosligi fanlari

Burxoniddin Marg’inoniyning ta’limoti asosida o’rganiladi.

1997 yil     Burxoniddin Marg’inoniy vafotining 800 yilligi, 2000 yil tavalludining 910 yilligi keng nishonlandi. Shu munosabat bilan Marg’ilon shahri markazida Burxoniddin Marg’inoniy yodgorlik majmui bunyod etilib, shu yerda uning ramziy maqbarasi o’rnatildi.

Oqsaroy.

Oqsaroy- Samarqanddagi me’moriy yodgorlik. (XVa) . Temuriylarning so’nggi dahmasi. Oqsaroy   qo’shimcha dahma sifatida Abu Said va Sulton Ahmad Mirzo hukmronligi davrida qurilgan. Maqbara pishiq g’ishtdan terilgan. Oqsaroy katta xona va qarama-qarshi joylashtirilgan xonalardan iborat. O’rtadagi miyonsaroy tagida sardoba joylashgan. Qurilmalar ganj bezaklari bilan pardozlandan. Binoning tashqi me’morligi nihoyasiga etkazilmagan. Katta xona tashqi gumbazi, 8qirrali poygumbazi tugallanmagan.

Oqsaroy temuriylar davri me’morligining noyob na’munasi hisoblanadi.

          Toshkent      

Toshkent- O’zbekiston Respublikasi poytaxti, Toshkent viloyati markazi.Markaziy  Osiyoning yirik shaharlaridan biri . Shaharda 11 tuman va 1 ta shaharcha (Ulug’bek) bor.

Yozma manbalarda keltirilishicha , Toshkentning qadimgi nomi Choch bo’lgan. Toshkent arablar tasarrufiga o’tgach , arab alifbosida “ch” harfining yo’qligi bois arabiy asarlarda Shosh deb yuritilgan. Beruniy o’zining “Hindiston “ asarida Toshkent nomining kelib chiqishi to’g’risida so’z yuritib, “tosh” so’zi asli turkcha bo’lib, Shosh ko’rinishini olgan. “Toshkand- toshli qishloq demakdir” –deb izohlaydi.          

13-14 asrning 1- yarmida Toshkent viloyati Chig’atoy ulusi tarkibida, 14 asrning  2- yarmi va 15 asrning 80 yillarigacha Toshkent Amir Temur va Temuriylar tarkibida bo’ldi. 1404 yilda Ulug’bek ixtiyoriga mulk tarzida  berildi. Bu davrda shahar voha bilan dasht chegarasidagi kuchli qal’aga aylandi, uning xududi kengaydi, ishlab chiqarish, savdo , madaniyat rivojlandi. Registon, Shayxontohur  ansamblidagi maqbaralar , Jome masjidi va boshqalar qurildi.

16 asrda Toshkent yanada obodonlashdi. Shahar yangi devor bilan o’raldi. Me’morlik obidalari qad ko’tardi,ularning ayrimlari : Shayx Xovandi Tohur maqbarasi ,Ko’kaldosh madrasasi , Baroqxon madrasasi bizning davrimizgacha yetib kelgan

Hozir Toshkent O’zbekiston Respublikasining siyosiy markazi hamdir. Bu yerda Respublikamiz Prezidentining Qarorgohi , O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi, shuningdek , ijtimoiy harakat va partiyalarning va boshqa jamoat tashkilotlarining markazlari , chet el elchixonalari , BMT ga qarashli tashkilotlar  vakolatxonalari joylashgan.

1991 yildan boshlab Toshkentdagi Markaziy maydon Mustaqillik maydoni deb atala boshladi. Shahar markazidagi eng katta xiyobon Amir Temur nomi bilan atalib, Sohibqironga haykal o’rnatildi va temuriylar davri tarixi davlat muzeyi qurildi. Shaharning olimlar yashaydigan dahasidagi maydonlardan biriga Mirzo Ulug’bekka haykal qurildi.

Toshkent O’zbekistonning madaniy markazidir . Bu yerda juda ko’plab universitetlar, institutlar, maktab va bog’chalar , teatrlar, istirohat bog’lari, sirk va boshqalar bor.

Toshkent O’rta Osiyodagi eng yirik transport chorrahasi, aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Shaharda temir yo’l vokzali, 2 aeroport, avtovokzal , avtostansiyalar ishlab turibdi.

Toshkendagi ziyoratgoh joylardan  Shayx Zayniddin , Cho’ponota, Kaffol Shoshiy , Xo’ja Alambardor maqbaralari mavjud.

Toshkenda ko’plab kasalxonalar, sport inshoatlari mavjud. Toshkentning asosiy televizion minorasi Yunusobod tumani xududida joylashgan.

Toshkent metropoliteni hozirgi kunda 3 ta yo’nalishda marshrutlar olib bormoqda.  Toshkenda juda ko’p gazeta va jurnallar chor etiladi.

Bizning majmuamiz Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashgan. Sergeli tumani 1967 yilda tashkil etilgan. Sergeli tumanida 1101 korxona bo’lib, shulardan 167 tasi yirik , 252 tasi kichikdir. Tuman xududida Choshtepa  va No’g’ayqurbon arxeologik yodgorliklari bor.

2006 yil avgust oyida   Sergeli tumanida yangi ko’prik ishga tushirildi.

Tumanda 27 ta umumiy ta’lim maktablari, 5ta maktabdan tashqari ta’lim markazlari , 6 kasb-hunar kolleji, 2 ta bolalar sport maktabi bor. 

Toshkent metropoliteni.

Toshkent metropoliteni- Toshkent shahar yo’lovchilar uyushmasi tarkibiga kiradi. Uning qurilishi 1973 yilda  boshlangan.Birinchi liniyasining 9 stansiyadan iborat birinchi navbati 1977 y. 6 noyabrda, ikkinchi navbati 1980yil 18 avgustda foydalanishga topshirildi. Bekatlar soni 12 ta: Sobir Rahimov, Chilonzor, Mirzo Ulug’bek, Hamza, Milliy bog’, Xalqlar do’stligi, Paxtakor, Mustaqillik maydoni, Amir Temur, Hamid Olimjon, Pushkin, Buyuk Ipak yo’li.217;li.

Ikkinchi liniyasining birinchi navbati 1984 y. noyabrda, ikkinchi navbati 1987 y. noyabrda ishga tushgan. Shu liniyaning uchinchi navbati 1989 y noyabrda, to’rtinchi navbati 1991 y 30 aprelda ishga tushdi. Stansiyalar soni 11ta: Alisher Navoiy, O’zbekiston, Kosmonavtlar, Oybek, Toshkent, Mashinasozlar, Chkalov, G’afur G’ulom , Chorsu, Tinchlik va Beruniy bekatlari.

Toshkent metrosining shahar markazini Yunusobod turar joy massivi bilan bog’laydigan uchinchi liniyasining birinchi navbati 2001 y 26 oktyabrda ishga tushdi. Bekatlar soni 6 ta: Ming o’rik, Yunus Rajabiy, Abdulla Qodiriy, Minor, Bodomzor, Habib Abdullayev.

Toshkent metropoliteni 9 ballik zilzilaga bardosh bera oladi.Metro qurilishi va navbatdagi yo’l hamda bekatlarni loyihalash ishlari davom etmoqda.an>

O’N  IKKI  DARVOZA

O’rta asrlardagi barcha mashhur shaharlar kabi Toshkent atrofi baland devorlar bilan o’ralgan.Olimlarning fikriga qaraganda,qalin paxsa devorning balandligi 8 metr ,aylanasi uzunligi 10 kilometr bo’lgan.

“Shahar bedarvoza emas” degan xalq maqoli o’sha qadim zamonlardan qolgan bo’lsa kerak. Baland qal’adek devorlarning har tarafidan shaharga kirib – chiqiladigan o’n ikkita darvoza qurilgan. Ular qaysi ulus, qabila va urug’ qo’shinlari tomonidan qo’riqlangan bo’lsa, o’shalarning nomlari bilan atalgan.

                  Muhammad Solihxo’janing “Toshkentning yangi tarixi” asarida shahar darvozalarining nomlari shunday izohlangan:

1.Qiyot darvozasi. Qiyot qabilasi nomidan olingan. Qadimda Parkent darvozasi, keyinchalik Qo’qon darvozasi deb atalgan.

2. Turklar  darvozasi. Turk qabilasi nomidan olingan.

3. O’zbek  darvozasi. O’zbek qabilasi nomidan olingan. Labzak darvozasi deb ham atalgan.

4. Taxtapul darvozasi.

5. Qorasaroy darvozasi. Qorasaroy qabilasi nomidan olingan.

6. Chig’atoy darvozasi. Chingizxon avlodidan bo’lmish Chig’atoy ulusi nomidan olingan.       

7. Su’boniyon ( Sag’bon )darvozasi. Akademik A. Muhammadjonovning fikricha, “Sag’bon” nomi “Suqbon”, ya’ni “bozor qorovuli” degan ma’noni bildiradi.

8. Ko’kcha darvozasi. Bu ham qabila nomidandir.

9. Kamondaron ( Kamolon ) darvozasi. Kamondo-ronlar buzuq qabilasining bir toifasiga mansub.

10. Qang’li darvozasi.Bir qabilaning nomidandir.

11. Beshyog’och darvozasi. Bu ham qabila nomidan.

12. Qatag’on darvozasi. Ilgari bu darvozaning nomi Qo’ymaskenagas bo’lgan ekan.

TO’RT     DAHA.

“Daha” so’zi qadimda shaharning o’n mahallasini o’z ichiga olgan ma’muriy xududni          anglatgan. Keyinchalik shahar rivojlanib, “daha”lardagi mahallalar soni o’ntadan oshib ketgan   bo’lsa ham “daha” atamasi ma’muriy birlik, tuman ma’nosini anglatadi.

BESHYOG’OCH – Toshkentning “daha”laridan biri. Nomi besh og’och – besh daraxt so’zidan olingan. Qadimda turkiy xalqlarda “besh”muqaddas son sanalgan. . . Shuning uchun Beshterak, Beshkent, Beshqayrag’och, Beshkapa nomli qishloq va mahalla nomlari ko’p uchraydi.

Beshyog’och dahasi shaharning janubiy qismida joylashgan. Yozma asarlarda Zangiota dahasi deb ham atalgan.

Muhammad Solihxo’ja domla Rahim Qoraxo’ja o’g’lining “Tarixi jadidayi Toshkand” – “Toshkentning yangi tarixi” asarida “Beshyog’och” dahasi shunday nom bilan atalgan.

Buning sababi – Zangiota o’sha dahada dafn etilgan. Shayx Oyxo’ja ibn Toshxo’ja – Zangiota nomi bilan mashhur bo’lgan.  

SEBZOR – Daha nomi forsiy “seb”- olma so’zidan kelib chiqqan bo’lib, “Sebzor”, “Olmazor” degan ma’noni bildiradi. Shaharning eng kichik dahasi. Shimoliy hududda joylashgan.

Hazrat Imom Qaffoli Shoshiy maqbarasi shu yerda. Xalq bu qadamjoning nomini qisqartirib Xastimom deb talaffuz qiladi. Abu Bakr Qaffoli Shoshiy 903-976-yillarda yashagan.

U kishi dunyoda mashhur shayx bo’lgan. Kaykovus nomi bilan atalgan katta bog’ bo'lib, u yerda shoiru allomalar go’zal mushoiralar o’tkazishgan.

Mashhur Baroqxon madrasasi ham shu dahada.

SHAYXONTOHUR – bu daha shaharning sharqida edi. Nomi shayx Umar Bog’istoniyning o’g’li shayx Xovandi Tohur sharafiga qo’yilgan. U kishi 1359- yilda vafot etgan.

Yunusxo’ja hukmronligi davrida ( XVII asrning 80-yillari) daha yangi mudofaa o’rda devorlari bilan o’ralgan. O’rda qurilgan.

Bosqinchilar hujumlarinatijasida o’rda va devorlar vayron etilavergan. Xalq mehnat qilib,qaytadan quravergan.

Shayx Xovandi Tohur maqbarasi katta ziyoratgoh joy bo’lgan.      

KO’KCHA – Bu dahaning nomi kohak, qohcha so’zidan olingan bo’lib, o’zbek tilida qal’acha degan ma’noni anglatadi, shaharning g’arbiy qismida joylashgan, Imom Shayx Zayniddin ( taxminan XIII asrda yashagan ) mozori shu dahada ekanligi uchun “Shayx Zayniddin dahasi” deb ham ataladi. Aholisi ko’nchilik, kosibchilik va to’qimachilik bilan mashg’ul bo’lgan.

Oqsaroy.

Oqsaroy- Toshkendagi zamonaviy me’moriy inshoat. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorgohi.Binoning me’mori To’xtayev. Qabulxonada mehmonlar qabul qilinib, o’zaro muzokaralar olib boriladi. Majlislar zali, dam olish va xizmatchilar xonalari va qo’shimcha xonalar mavjud.Xonalar turlicha loyihalashtirilganligiga qaramay, ixcham va bir-biri bilan hamohangdir. Oddiy geometrik shakllardan tashkil topgan bino tarzi juda xashamatli ko’rinadi. Oppoq ko’rkam va mahobatli ko’rinishga ega. Sathi katta o’lchamdagi tosh bo’laklari bilan qoplangan. Atrofi manzarali daraxt, gulzor va favvoralar bilan bezatilib, ko’kat chimlar yotqizilgan, shamchiroqlar o’rnatilgan..

Buxoro amirligiga oid materiallar. 

Buxoro amirligida XIX asrda 2 million  kishi yashardi. Unga Zarafshon,Qashqadaryo vodiylari,Surxondaryo viloyati,hozirgi Tojikistondagi ayrim  joylar,Turkmaniston territoriyasining bir qismi kirardi. Aholisining katta qismi o’zbeklar,qolganlari  qozoqlar,tojiklar,qirg’izlar,oz miqdorda hindlar,lo’lilar, arablar bo’lgan.Buxoro aholisining ko’p qismi asosan tojik tilida gapirishardi.Buxoroda ashtarxoniy hukmdorlar davrida o’zbek mang’itlar urug’i oldinga chiqdi.

Buxoro amirlaridan biri Abdulfayzning vaziri bo’lgan Muhammad Raxim xon o’z hukmdori va uning o’g’lini o’ldirib,mang’itlar orasidan chiqqan birinchi hukmdor bo’ldi.

Buxoroda 60 ta madrasa bo’lib  bu yerda o’qish 30 yilcha davom etardi. Butun programma  arabcha savod va yozuvni , Qur’on hamda diniy rivoyatlar sharhini , kichik adliya kursini o’rganishdan iborat edi.Maxsus maktablarda o’quvchilar Qur’onni yodlar va qori unvonini olar edilar.

Buxoro butun O’rta Osiyoning  ma’rifat markazi hisoblanib ,bu yerga Xeva ,Qo’qon , Hisor, Samarqand va  boshqa ko’p tatar viloyatlaridan   talabalar kelib turardi.

Buxoro amirligining qurolli kuchlarini muntazam armiya deb bo’lmasdi.Sipohlikka 15 yoshdan 70 yoshgacha bo’lgan erkaklar olinardi. Armiya davlat jamg’armasiga og’ir yuk bo’lib tushgan edi. 60-70 armiya shaxsiy sostavida 10 000 dan 11 000 gacha kishi bo’lib, uni saqlashga davlat byudjetining yarmi sarf  bo’lardi.

Saroyda 300ga yaqin katta shtatli amaldorlar xizmat qilardi.Saroy  xizmatini bajaradigan amaldorlardan boshqalari maosh olmas va mahalliy aholini rahmsizlik bilan talash hisobiga yashardi.

Buxoro amirligi taraqqiyot dushmani edi. Bu yerda amir shaxsiga sig’inish rasm bo’lgandi.Amir qonunlar ,vijdon azobi,shavqat nimaligini bilmasdi.U yoqtirgan hamma narsani olar,yomon ko’rgan kishilarini qatl ettirar,istagiga qarshi borganlarni zindonga tashlardi.

Aholi har qanday huquqlardan mahrum edi. Ular savodsiz va bilimsiz bo’lganliklari tufayli o’z huquqlari bo’lishi mumkinligini tasavvur ham qilolmasdi.Buxoroda  har xil millat vakillari yashashar edi,lekin faqat o’zbeklar imtiyozli mavqeda edilar. Oliy ma’muriyat qariyb tamoman mant’itlardan iborat bo’lib, ular hukmron qabila edi.Tojjiklarga nisbatan noxush munosabat shakllantirilardi.Tojiklar shialar,o’zbeklar esa sunniylar bo’lganligidan ular do’stlashaolmaydilar,hamkorlik ham qila olmaydilar,ularning bir-biri bilan nikohga kirishi ham mumkin emas,degan bahona bilan begonalik targ’ib qilinardi.Tojiklar tog’li qishloqlarga surib chiqarildi.Arablar o’z tilini tamoman unutib,o’zbek tilida so’zlashardilar.Turkmanlar amirlikning tashqi chegaralarida joylashtirildi. Ular bunda chegara xizmatini o’tashlari kerak edi.Ular shu tariqa o’troqlashib, dehqonlar va chorvadorlarga aylandilar.

Buxoro amirligida mang’itlar sulolasi o’z hokimiyatini qovushtirishga urinar, hukmron millatni shakllantirar,boshqa xalqlarning milliy qadr-qimmatini bostirar edi.Buxoro amirligi ahli zo’ravonlik ,o’zboshimchalik,g’ayriqonuniy yig’imlar  va eng oddiy insoniy hislatlar toptalishidan azob chekardi. Ular ko’p marta qo’zg’olon ko’targanlar.

Aholi asosan dehqonchilik bilan shug’ullangan. Tog’lardan butun Osiyoda shuhrat topgan pista yig’ib  olinardi.Chorvachilik ham rivojlangan edi.Asosan qorako’l qo’ychiligi rivojlangan edi.

Tog’larda oltingugurt , qizil mineral,simob,marmar , neft,tog’ billuri,yoqut kabi boyliklarga to’la konlar ochilgan bo’lsada,lekin ularni qazib olish bilan hech kim shug’ullanmasdi.

Buxoroning iqtisodiy hayotida  Rossiya bilan savdo-sotiq qilish katta rol o’ynagan .

Rossiya Buxorodan paxta , qorako’l terisi, quruq meva,arqon va gilam kabi narsalarni  sotib olardi va o’zi Buxoroga  qozon, Ural ko’zalari,chit , doka,qand, samovar, chinni choynak –piyolalar va boshqa narsalarni sotardi.                                    

Buxoro. 

Buxoro shahri– Buxoro viloyatining markazi. Buxoro – Sharqning mashhur qadimiy shaharlaridan biri.Arxeologik ma’lumotlarga ko’ra , Buxoroga miloddan avvalgi 1- ming yillik o’rtalarida asos solingan. Uning nomi ilk o’rta asr Xitoy manbalarida turlicha ( An, Ansi, Buxo, Buku, Buxe, Buxaer, Buxala va b.) atalgan. “Buxoro” atamasi sanskritcha “vixora”so’zining turk-mo’g’ulcha shakli “buxor”- ibodatxonadan kelib chiqqan deb taxmin qilingan. Buxoroni arxeologik jihatdan o’rganish 1970-1780 yillarga to’g’ri keladi.

Shahar o’zagi 3 qism – “Oltin irmoq”ning  o’ng qirg’og’ida joylashgan ask , so’l  qirg’oqlaridagi qishloqlaridan iborat bo’lgan. Bu yerdan topilgan ko’plab ashyoviy dalillar ,  xususan sopol idish va buyumlar Buxoro tarixining turli davrlariga oid bo’lib , ulardan ikkitasi miloddan avvalgi 5 asrga taalluqli ekanligi aniqlandi.

Buxoroning Buyuk Ipak yo’li chorrahasida joylashganligi ilk davrlardan boshlab hunarmandchilik, kulolchilik,temirchilik , misgarlik, zardo’zlik , zargarlik va savdo- sotiq ishlarining rivojlanishiga turtki  bo’ldi.

Hozirgi kunda Buxoroda 30 dan ortiq yirik sanoat korxonasi mavjud. Xalqaro va mahalliy turizm yo’lga qo’yilgan. Xalqaro aeroport Buxoroni Toshkent orqali respublika  viloyatlari va 20 dan ortiq xorijiy davlatlar bilan o’zaro aloqalar o’rnatishda xizmat qiladi .

Buxoroda 100 dan ortiq tarixiy- me’moriy yodgorliklar: Buxoro arki, Samoniylar maqbarasi, Chashmai Ayyub maqbarasi, Poyi kalon ansambli, Minorai kalon, Masjidi kalon, Mir Arab madrasasi, Ulug’bek madrasasi, Bolahovuz masjidi va b. saqlangan.

Buxoro zaminida mashhur, donishmand allomalar voyaga etgan: Abu Hafsi Kabir Buxoriy, Imom al- Buxoriy, Ibn Sino , Narshaxiy, Daqiqiy,Rudakiy, G’ijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Nosir Buxoriy, Ahmad Donish, Fitrat, Sadriddin Ayniy shular jumlasidandir.

Buxoro namozgohi. 

Buxoro namozgohi – Buxorodagi me’moriy yodgorlik. Shaharning janubiy chekkasida , qoraxoniylar sulolasining yozgi qarorgohi o’rnida barpo etilgan. (1119)

Masjid pishiq g’ishdan oddiy qilib qurilgan. Atrofi baland devor bilan o’ralgan. XVI asrdagi ta’mir davrida masjid binosiga tutashtirib 3 toqili va ustunli peshayvon qurilgan.Tarhi to’g’ri to’rtburchak bo’lib, 3 asosiy xonadan iborat.O’rtadagi murabba tarhli xona yassi gumbaz bilan, yonlaridagi xonalar balxi gumbaz bilan yopilgan.Asosiy xonaga peshtoq, yonidagi xonalarga dalon-yo’lakdan kirilgan. Peshtoqqa Qur’ondan ko’chirilgan oyatlar bitilgan.

Buxoro namozgohi me’morligida  mehrob va uning atrofiga ishlangan koshinkori bezaklar alohida ajralib turadi. Unda Buxoro me’morligi va bezak san’atining an’analari o’z ifodasini topgan. 

Toqi zargaron. 

Toqi zargaron( fors – zargarlar toqi) – Buxorodagi me’moriy yodgorlik. (XVIa) Zargarlik buyumlari sotish uchun mo’ljallangan savdo markazi. Gumbazi arablar bosqiniga qadar qurilgan deb taxmin qilinadi. Ulkan gumbaz 8 ta toqiga o’rnatilgan. Undagi 16 ta darcha orqali bino ichiga yorug’lik tushib turadi. O’tmishda uning dalonlarida 36 ta zargarlik ustaxonasi  va do’konlar bo’lgan.Atrofiga savdo rastalari , ombor , karvonsaroylar qurilgan. Toqi zargaron Buxorodagi toqilarning eng yirigi va mujassamoti jihatdan murakkabi hisoblanadi.

Vobkent minorasi.

Vobkent minorasi- Buxoro viloyati,Vobkent shahridagi me’moriy yodgorlik.(XII asr) . 12 qirrali supa asosga o’rnatilgan  g’o’la shaklida rangdor , pishiq g’ishtlardan qurilgan. Yuqoriga aylanma zinapoya orqali chiqilgan.Har bir qismi bir-biriga o’xshamaydigan qilib g’isht terib naqshlangan. Quyisidagi naqshlar orasida qurilgan yili va qurdirgan shaxs(Sadr Burxoniddin AbdulazizII) ning nomi yozilgan. Minoraning uchi kengaytirilib qafasa ishlangan.Tepasida 10 ta darcha bor. Minoraning umumiy balandligi 40,3 metrni tashkil qiladi.

Xiva xonligi.

Xiva xonligi XVI asrda Xorazm vohasida bu yerga yarim ko’chmanchi o’zbek qabilalari ko’chib kelishi bilan paydo bo’ldi .Bu yerda o’zbek aholisi ko’pchilikni tashkil etar edi, qolganlari turkmanlar,qozoqlar va qoraqalpoqlarni tashkil etar edi.

Xiva Xorazmning qadimgi shaharlaridan biri bo’lib,O’rta Osiyoning eng boy savdo markazlaridan biri edi.U Polvon kanalda bo’lganligidan suv bilan yaxshi ta’minlangan edi.

Xiva O’rta Osiy shaharsozligi durdonalaridan biriga aylandi.Uning madrasalari , masjidlari ,saroylari,jamoat inshoatlari oradan yuz yillar o’tgan bo’lsa-da ,o’z ulug’vorligi,chiziqlarining nafisligi  va go’zalligi, ranglarining yorqinligi bilan hatto hozir ham kishini hayratga soladi. Imoratlarning bir tekis minoralari,ko’kka intilgan sarv qomat ustunlari,nafis tusli minoralarning sirlangan rangdot g’ishtlari ,peshtoqlariga pardoz berilgan va yashil havo rang qubbali ulug’vor maqbaralari,moviy asosga oq bezak berib ishlangan naqshning betakror go’zalligi sharq ertaklari sahifalaridan chiqib kelgan ajoyib shahar taassurotini hosil qilardi.

Xiva butun XIX asr va XX asrning  boshlari ichida qurildi, uning go’zallikda noyob bo’lgan inshoatlarida ularga o’z iste’dodi va nozik didini jo etgan O’rta Osiyo me’morlari, binokorlari va rassomlarining ko’p asrlik tajribasi o’z aksini topdi.Shaharsozlik Muhammad Rahimxon hukmronligi zamonida boshlanib (1806-1826) , uning o’g’li Olloqulixon(1826-1845) davrida davom ettirildi hamda Muhammad Aminxon davrida katta ko’lam kasb etti. O’shanda uning nomi bilan atalgan madrasa va minoralar qurildi. XIX  asr  XX asr boshlarida bir qancha go’zal inshoatlar qurildiki ,ular orasida Pahlavon Maxmud maqbarasi (1810), Qutlug’ Inoq madrasasi (1812), Toshhovli saroyi(1838) , Amirto’ra (1870), Otajonboy(1884), Qozi- kalon  Salim Oxun (1905) madrasalari,Muhammad Aminxon madrasa va minorasi(1853) ajralib turadi. Ular O’rta Osiyo me’morchiligi – mashhur yodgorliklaridir. Xiva hozir davlat muzeyi deb e’lon qilingan,bu yerga har yili jahonning hamma tomonlaridan minglab sayyohlar kelib turadi. Xiva xoni Muhammad Rahimxon eng boy kutubxonalardan birini yaratgan.

Bu ajoyib inshoatlarni  barpo etishda Xivadagi ko’pdan-ko’p qullar asosiy ish kuchi edi. Xonlikning Xiva,Urganch,Xazorasp, Xo’jayli , Toshovuz ,Gurlan va Xonqa shaharlarida turli hunarmandchiliklar rivoj topgan edi. Bu yerda ipak etishtirish va to’qimachilik,ustki kiyim –kechak,jun ,qalpoq va yarim jun matolar tayyorlash keng yo’lga qo’yilgan edi.Yirik savdo markazlari bo’lib qolgan shaharlarda turkmanlar,qozoqlar va qoraqalpoqlar bilan qizg’in savdo-sotiq olib borilar edi.

Rossiya bilan bo’lgan savdo-sotiq Xiva xonligining iqtisodiy hayotida katta ahamiyatga ega edi. Xiva Rossiyaga paxta,jun ,ipak chiqarardi. Rossiyadan esa ip, gazlama,qand-shakar va metall buyumlar, temir , mis va cho’yan keltirar edi.                                            

                              Dunyoni mahliyo aylagan diyor.

Sharq me’morchiligining yorqin ko’zgusi , qadimiy shahar Xiva necha-necha asrlardan buyon betakror tarixiy yodgorlik va obidalari bilan dunyo ahlini lol qoldirib kelmoqda. Asrlar silsilasini o’zida mujassam etgan , har bir g’ishtida , o’ymakor naqshida beqiyos mahorat va go’zallik yashiringan bu ko’hna  shahar nafaqat Markaziy Osiyoning, balki dunyo madaniyatining noyob durdonalaridan biri.

Biz shunday olamga mashhur shaharlarimiz bilan faxrlanamiz.

Xiva – bu o’zi bir dunyo !

Samarqand - o’zi bir dunyo !

Buxoro ham o’zi bir dunyo shahar!

Bularni bir-biriga qiyoslab ham bo’lmaydi. Ular Vatanimizning bebaho merosi,tengsiz boyligi,porloq kelajagini belgilovchi omil. Yurtboshimiz “Al-Xorazmiy ,Ulug’bek, Beruniy, Navoiy, Bobir va boshqa o’nlab ,yuzlab daholarimiz ham to’satdan , yaydoq bir joyda paydo bo’lgani yo’q.Ular mana shu zaminda yuzaga kelgan muhitning hosili sifatida paydo bo’lgan”, deganida butunlay haq edilar.

Agar by ko’hna zaminda Xivaday go’zal shaharlar barpo etilmaganda , madaniyat va ma’rifat tamoyillari chuqur ildiz otmaganida olamga mashhur Kubraviya tariqatining asoschisi Najmiddin Kubro , mumtoz she’riyatimizning daholaridan biri , mahoratli tarjimon Muhammad Rizo Ogohiy , shoh va shoir , iste’dodli bastakor Muhammad Rahimxon Soniy-Feruz, Pahlavon Maxmud, Munis Xorazmiy , Maxtumquli, Ajiniyoz singari buyuk allomalar aqlu zakovatiga dunyo tan berarmidi!

Xorazm hukmdorlarining ko’pchiligi olim-mutafakkir, shoir va musiqani jon- dilidan sevgan kishilar bo’lishgan. Xiva xoni saroyida mehmon bo’lgan sharqshunos olim A.Vamberi ana shunday hukmdorlardan biri Abulg’ozi Bahodirxon xizmatlarini yuksak baholab,”Uning “Shajarai Turk  “ tarixiy asari uchun dunyo undan minnatdor”, degan so’zlari har birimiz uchun faxrdir.

Muhammad Rizo Ogahiy ona shahrini ardoqlab, o’z she’rlarida”bu saroylar jilvasi,go’zallikda ko’kdagi Oy va Quyosh bilan bellashadi,devorlarga  solingan naqshgullar qalbingizni va ko’zingizni quvnatadi” , deb yozgan edi.

Ko’hna shaharlardagi ulkan me’moriy obidalarning har biri tavsif-tahsinga loyiq.Ichon va Dishon qal’alar, Qo’shadarvoza, Qo’hna Ark,Toshhovli, Ollaqulixon madrasasi,Islomxo’ja minorasi, Kaltaminor, Sherg’ozixon madrasasi, Oq masjid va boshqa o’nlab tarixiy yodgorliklarni bunyod etib, Xorazm dovrug’ini olamga taratgan qo’li gul ustalarga ofarin aytamiz.Xorazmliklar Shahrisabzning mashhur Oqsaroyini barpo etishda qatnashgan ustalari bilan hozir ham faxrlanishadi.

Qadimiy binolar xalqimizning, mustaqil O’zbekistonimizning bebaho mulki bo’lgan. Ular jahon madaniyatining madaniy xazinasi sifatid YUNESKO tomonidan  asralmoqda.

Mashhur arab sayyohi Ibn Batuta XIV asrning 30-yillarida O’rta Osiyoda bo’lgan vaqtida Xorazmning urf – odatlari to’g’risida o’z xotiralarida shunday deb yozgan: “Butun yer yuzini kezib , musofirlarga bu qadar mehmondo’stlik ko’rsatgan xorazmliklardek oliyhimmat kishilarni uchratmadim”.

Xiva XIX asr oxiri XX asr boshlarida Markaziy Osiyodagi eng ilg’or madaniyat  o’choqlaridan biri bo’lgan. Birinchi toshbosma orqali yuzlab kitoblar ham Xivada chop etilgan . Sankt- Peterburgga borib suratga olishni va kinoga tushurishni o’rganib qaytgan  xivalik Xudoyberdi  Devonov O’rta Osiyoda ilk bor noyob hujjatli filmlar yaratgan. O’tgan asr boshida dastlabki zamonaviy kasalxona, elektr stansiyasi  Xivada ishga tushurilgan.  

Ko’hna Xiva- mustaqillik sharofati tufayli tobora yosharayotgan shaharlardan biri. Hozirgi kunda shaharga borsangiz , qadimiy obidalarga mahliyo bo’lib , hayratlanib yurgan yuzlab sayyohlarni uchratasiz.

Xiva o’zining serhasham darvozalari bilan ham dong taratgan . Arxeolog olimlar qadimgi shaharning ikkita darvozasi bo’lganligini ta’kidlashgan.Darvozalarning biri janub,yana biri esa shimol tomonga qaratilib barpo etilgan. Keyinchalik Ichon qal’a va Dishon qal’a yuzaga kelgandan so’ng darvozalar ham ko’paygan. Ichon qal’ada 4 ta darvoza , Dishon qal’ada esa 10 darvoza bo’lgan deyishadi.

Abu Rayhon Beruniy , Abu Ali ibn Sino ,  Abu Nasr ibn Iroq al-Ja’diy, Abdulxayr ibn Xammor , Abu Sahl al-Masixiy al-Jurjoniy , Abu Bakr al-Xorazmiy singari olamga mashhur juda ko’p olimlarni o’zida kamol toptirgan olamga mashhur Xorazm Ma’mun akademiyasi ham Xivada joylashgan.

Moviy osmon ostida ochiq muzey deb tan olingan Xivaday tarixiy obidalarga boy,milliy qadriyatlarni o’zida mujassam etgan, xalq amaliy san’ati ba madaniyati beqiyos darahada mukammal shaharlarni asrab-avaylab,kelajak avlodlarga yetkazish-hammamizning burchimizdir.       

Jabbor Razzoqov.

Xiva  

Xiva – O’zbekistonning qadimiy shaharlaridan biri. Arxeoligik ma’lumotlarga ko’ra shahar miloddan avvalgi V asrda barpo etilgan. Uning nomi shaharning qadimiy qismida joylashgan Xivaq (Xeyvoq) nomi bilan bog’liq. Ba’zi tadqiqotchilar shahar nomini xorazmiy tiliga yaqin bo’lgan qadimgi osetin tilidagi “Xiauv”- qal’a so’zidan, boshqalari bu atamani antik davrdan Xiva xududidan oqib o’tgan Xeyqaniq (hozirgi Polvonyop) kanalining o’zgartirilgan (Xeyqaniq-Xeyvaniq- Xeyvaq- Xeva –Xiva) nomidan kelib chiqqan deydilar.Xorazmlik tarixchi- solnomachi Xudoyberdi Qo’shmuhammad o’zining 1831 yilda yozgan “Dili G’aroyib “ asarida  Xorazmning qadimiy shaharlarini nomma- nom sanar ekan , “Bu mamlakatning yana bir qal’asi – Qal’ai Ramldir. Bu qal’aga Som ibn Nuh asos solgan bo’lib , u hozirgi Xivaq nomi ila mashhurdir.” Deydi.

Xalq rivoyatlarida ham shaharning bunyod etilishi Nuh zamonlariga borib taqaladi. Bunda Nuhning o’g’li Som bo’lajak shahar yoniga kelib quduq qazdirgan  va shu bilan Xivaga asos solgan. Haqiqatan ham Xivaning Ichon qal’asida qadimgi Xeyvaq (Xivaq) qudug’i saqlanib qolgan.

XVII asrda yashab o’tgan Mahmud ibn Valiy bu shahar to’g’risida shunday yozadi: Xiva keng va bahavo shahar. U shayx Najmiddin Kubroning vatanidir”.

Xiva o’zining tarixiy o’tmishi , me’moriy tuzilishi , obidalarining yaxlit saqlanganligi jihatidan mazkur qadimiy shaharlar orasida alohida o’rin tutadi. Er kurrasida mashhur bo’lgan Afina, Rim , Qohira shaharlariga tengdosh bo’lgan bu shaharning  Ichan qal’a qismi (1990) Jahon merosi ro’yxatiga kiritilgan 100 – shahar bo’lib , dunyoga Al-Xorazmiy,Najmiddin Kubro , Shihabiddin Xivaqiy, Pahlavon Mahmud, Muhammad Rahimxon (Feruz) , Munis, Ogohiy kabi buyuk zotlarni etkazib bergan azim zamin hisoblanadi.

Xivani arxeologik jihatdan o’rganish XX asr o’rtalarigacha olib borilgan. Shahar Xorazmshohlar davrida (XII-XIII) ravnaq topib xududi kengaydi. XVI asrning 2-yarmidan Xorazmning poytaxtiga aylangach , har tomonlama  rivojlandi. Me’moriy qiyofasi ham o’zgara bordi. Shahardan o’zaro ko’ndalang kesishgan 2 ta katta ko’cha va 4 darvoza (Otadarvoza, Polvondarvoza, Bog’chadarvoza va Toshdarvoza) orqali Dishon qal’aga chiqiladi. Ichan qal’a devorining uzunligi 2200m, balandligi 6-8 metr  tag zaminining qalinligi 5-6 m ..Qal’a to’g’ri to’rtburchak shaklida qurilgan bo’lib , uzunligi   650m. , eni 400m , jami 26 ga maydonga ega.

Xivaning rabod qismi Dishon qal’a 1842 yil Olloqulixon davrida (1825-1842) baland devor bilan o’rab olingan.

Me’moriy ansamblining yaxlitligi jihatidan Xiva  O’rta Osiyoda yagona hisoblanadi. 1967 yilda O’rta Osiyoda ilk bor Xivaning Ichan qal’a (shahriston)  qismi tarixiy- me’moriy  yodgorliklari qo’riqxonasi deb e’lon qilindi.

Shaharda “Xiva-Karpet “ qo’shma korxonasi, sopol buyumlar, paxta tozalash , g’isht zavodlari , tikuvchilik ,”Xiva gilami” aksiyadorlik jamiyati va boshqa ko’plab savdo va maishiy xizmat ko’rsatish korxonalari mavjud. Urganch universitetining agromenejment fakulteti , O’zbekiston  Fanlar Akademiyasining Xorazm Ma’mun akademiyasi bo’limi , ko’plab kollejlar, maktablar, bolalar bog’chalari , viloyat qo’g’irchoq teatri, san’at maktabi va istirohat bog’lari mavjud.

Pahlavon Mahmud  maqbarasi  haqida. 

Pahlavon Mahmud(Puryoyvaliy, Qitoli 1247-1326) – shoir va mutafakkir.U fors tilida ijod qilgan .Po’stindo’zlik , telpakdo’zlik bilan shug’ullangan.Hindiston va Eronda polvonlikda dong taratgan. Shunga  ko’ra Pahlavon Mahmud deb atalgan. Fors va turkiy xalqlar adabiyotida Umar Hayyomdan so’ng faqat ruboiy yozgan shoir Pahlavon Mahmuddir.

U o’z ruboiylarida mardlik , marhamat va shavqat, sahovat va olijanoblik haqida yozgan.Ko’p asarlari hali topilmagan. Xorazmda yozilgan qo’lyozma manoqibda shoir hayoti haqida ma’lumotlar bor. Uning vasiyatiga ko’ra jasadi o’zining po’stindo’zlik ustaxonasiga dafn etilgan. Vaqt o’tishi bilan maqbara atrofida Pahlavon Mahmul majmuasi vujudga kelgan.

Polvon ota maqbarasi- Xivadagi me’moriy yodgorlik. (1810-1913). Maqbara majmuasining umumiy hajmi 50x30 m.bo’lib,dastlab uning qabri ustiga 1664 yilda mo’jaz sinchkori imorat qurilgan.Darvozaxona eshigidagi yozuvga ko’ra , majmuaning qurilish sanasi 1701 yilda Shohniyozxon qurdirgan vaqtdan hisoblanadi. 1825-35 yillarda uning o’rnida g’ishtin toqu ravoqli serhasham maqgara, ziyoratxona, xonaqoh qad ko’targan. Keyinroq Xiva xonlari Abdulg’ozixon , Shohniyozxon , Muhammad Rahimxon, Temurg’ozixon ham shu yerga dafn etilgan. 1913 yilda usta Qurbonniyoz boshchiligida hovlining g’arb tomoniga ikki oshyonli qorixona , qarshisiga o’ymakori ustunli ayvon qurilgan.

Majmuaga janubiy tomondagi darvozaxona orqali kiriladi. Chetida quduq, kichik hovli qarshisida peshtoqli xonaqoh – maqbara, o’ngda ayvon , so’lda supa va qorixona joylashgan.Gumbazning naqshin bezaklari , asosan, moviy rang sirli sopollardan terilgan.Bino ichkarisi nafis bezatilgan.Bezaklar orasidagi kitobaga Pahlavon Mahmud ruboiylari bitilgan. Xonaqohning  g’arbiy  eshigi orqali ziyoratxonaga o’tiladi. Unda Pahlavon Mahmudning sirkor sag’anasi joylashgan.

Toshhovli. 

Toshhovli , Olloqulixon saroyi- Xivadagi me’moriy yodgorlik. Olloqulixon qurdirgan (1830-38) . Toshhovli 3 hovli  va 111 ta xonadan iborat. Arz hovli- darvozasi g’arbga, ishrat hovli- janubga, xaram- g’arbga qaragan. Atrofi baland devor bilan o’ralgan. Devor tepasi kungurali, darvoza yonlari guldastali. Dastlab xaram bunyod etilgan.Unda 5 ta alohida ayvon bor.

Har bir hovlida alohida xizmatchilar xonasi , xo’jalik xonalari, otxona bo’lgan. Hovlilarda ayvonlar o’ziga xos uslubda joylashgan. Hovli markazidagi doira shakldagi supaga chodir o’rnatilib, mehmonlar kutilgan. Toshhovlining tashqi tarzi bezaksiz, yaxlit devorli. Hovli atrofidagi ayvon va xonalar milliy me’morlik an’analari asosida pardozlangan. Ayvon devorlari ustidagi naqshlar orasidagi doira shakllarda Ogohiyning Xiva xonlari tarixiga oid sh’erlari bitilgan.

Toshhovlida Xiva “Ichan qal’a” davlat tarixiy-me’moriy muzey qo’riqxonasining hunarmandchilik muzeyi ekspozityasi joylashgan.

Muhammad Aminxon madrasasi.

Muhammad Aminxon madrasasi- Xivadagi me’moriy yodgorlik.

(1852-55) Xiva xoni Muhammad Aminxon qurdirgan. Ichan qal’aning g’arbiy qismida joylashgan. Madrasa ikki qavatli. Birinchi qavatdagilar dahlizli , ikkinchi qavatidagilar ayvonli. Bu uslub Xiva madrasalari me’morligida ilk bor shu binoda qo’llanilgan. Hujralar tomi balxi gumbaz bilan berkitilgan. Masjidning baland gumbazi peshtoqidan ancha yuqori ko’rinib turadi.

Yog’och o’ymakorligida ishlangan eshik va panjaralar noyob san’at asari hisoblanadi.

Hozirgi kunda madrasa ta’mirlanib, mehmonxona uchun moslashtirilgan, o’tmishda yirik o’quv dargohi va shahar devonxonasi bo’lgan.

Muhammad Rahimxon madrasasi.

Muhammad Rahimxon madrasasi- Xivadagi me’moriy yodgorlik.(1871)

Muhammad Rahim II (Feruz)  qurdirgan. Ko’hna arkning sharqiy darvozasi qarshisida joylashgan.

Muhammad Rahimxon madrasasi masjid , ayvon, darsxona, kutubxona va hujralardan iborat. Madrasaning old tomoni ikki qavatli, qolgan tomonlari bir qavatli. Burchaklariga guldastalar ishlangan. Juda chiroyli naqshlar bilan bezatilgan. Bosh tarzidagi miyonsaroy 9 ta gumbazli xonadan iborat. Masjid va darsxona hujralar bilan o’zaro bog’langan. Hovlining uch tomoni 76 ta hujra bilan o’ralgan. Keyinroq, madrasaning old tomoniga bir qavatli savdo rastalari qatoridan iborat hovli qurilgan.

Nurillaboy saroyi.

Nurillaboy saroyi- Xivadagi me’moriy yodgorlik. Asfandiyorxonning sobiq rasmiy qabulxonasi. Bu saroy- bog’ni Xiva xoni Muhammad Rahimxon II Feruz o’g’li Asfandiyorxon uchun qurdirgan(Nurillaboy degan shaxsning bog’i o’rniga qurilganligi uchun Nurillaboy deb ataladi) 

Nurillaboy saroyi 9 ta katta-kichik xonalar , darvozaxona , saroy , qabulxona, arzxona, madrasa, xizmarchilar uchun turar joy, bog’ , gulzorli hovlilardan iborat.

Darvozaxonaning dalonida bir necha xonalar bor. Qabulxona evropacha uslubda qurilgan. 7ta xonadan iborat.

Nurillaboy saroyining  ganjkor devorlari oltin va kumush bilan hallangan. Zalning oltin shifti nihoyatda go’zal. Undagi murakkab girih naqshlar o’ziga xos , ichki va tashqi darvozalari , eshiklari , ayvon ustunlaridagi naqshlar Xorazm yog’och o’ymakorligining yuksak na’munasidir. Qabulxonadagi baland eshiklar, katta rangdor oynalar, parket pollar va koshinkor pechlar evropa me’morligi bilan uyg’unlashgan. Tashqi tomoni silliq g’ishtlar  va feruza rang koshinlar bilan shaxmat taxtasi shaklida bezatilgan.


 


Toshkent-2006







Разместите кнопку на своём сайте:
Документы


База данных защищена авторским правом ©uz.denemetr.com 2000-2014
При копировании материала укажите ссылку.
обратиться к администрации