Документы



Kimyo fanidan umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quv dasturi icon

Kimyo fanidan umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quv dasturi

НазваниеKimyo fanidan umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quv dasturi
страница2/2
Дата08.09.2013
Размер199.94 Kb.
ТипДокументы
скачать
1   2
1. /Kimyo fanidan umumiy o'rta ta'limning o'quv dasturi.docKimyo fanidan umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quv dasturi

9- sinf

(68 soat, haftasiga 2 soatdan)

1. Kimyo kursining eng muhim mavzularini takrorlash (5 soat)

Elementlar davriy sistemasi va davriy qonun.

Atom tuzilishi nuqtai nazaridan kimyoviy elementlar davriy sistemasi

va davriy qonuni. Davr va guruhlarda elementlar xossalarining o‘zgarishi.

Kimyoviy bog‘lanishning turlari: kovalent (qutbsiz va qutbli), ionli,

metal, vodorod bog‘lanishlar. Elementlar valent imkoniyatlari va ularning

oksidlanish darajasi.

Elektrolitik dissotsiyalanish nazariyasi. Metalmaslarga umumiy

xarakteristika.

Mavzu bo‘yicha test savollarini yechish.

2. Uglerod guruhi (8 soat)

Uglerod guruhidagi elementlarning umumiy tavsifi.

Uglerodning elementlar davriy sistemasida joylashgan o‘rni, atom

tuzilishi uglerod allotropiyasi. Uning tabiatda tarqalishi va biologik

ahamiyati. Uglerodning fizik va kimyoviy xossalari. Uning eng muhim

vodorodli va kislorodli birikmalari. Uglerod (II)-oksid va uglerod (IV)-

oksidlari, fizik va kimyoviy xossalari, olinishi va ishlatilishi.

Karbonat kislota va uning xossalari. Eng muhim karbonatlar va ularning

amaliy ahamiyati. Karbonat ioni.

3. Kremniy (4 soat)

Kremniyning elementlar davriy sistemasida joylashgan o‘rni, atom

tuzilishi. Kremniyning tabiatda tarqalishi, olinishi, ishlatilishi va biologik

ahamiyati. Kremniyning fizikaviy, kimyoviy xossalari. Uning eng muhim

birikmalari. Kremniy (IV)-oksid, silikat kislotasi, silikatlar.

Shisha va tsement ishlab chiqarish. Beton va temir-beton haqida

tushuncha.

Hisoblashga doir masalalar. 1. Tarkibida ma’lum miqdorda

aralashmalar bo‘lgan boshlangich moddaning massasi yoki hajmi ma’lum

bo‘lganda reaksiya mahsulotining massasini yoki hajmini hisoblab topish.

Ko‘rsatiladigan tajribalar. 1. Tabiiy ko‘mir, grafit va pista ko‘mir

namunalarini ko‘rsatish. 2. Yog‘ochni quruq haydash yo‘li bilan ko‘mir

olish. 3. Eritmadagi rangli moddalar va gazlarning ko‘mirga yutilishi. 4.

Mis (II)-oksiddan misni ko‘mir yordamida qaytarish. 5. Xuddi shu

tajribani ko‘mir o‘rnida uglerod (II)-oksiddan foydalanib o‘tkazish. 6.

Uglerod (IV)-oksidini olish, uning yonishga yordam bermasligi, suv

ishqor eritmasi bilan o‘zaro ta’siri. 7. O‘t o‘chirish asbobining nusxasi

bilan tanishish va undan yong‘inga qarshi kurashda qanday foydalanish

lozimligini ko‘rsatish. 8.Silikat va chinnisozlik sanoatlari mahsulotlari

namunalarini ko‘rsatish.

Laboratoriya tajribalari. 1.Karbonatlar va gidrokarbonatlarning birbiriga

aylanishi hamda xossalari bilan tanishish. Karbonat anionini bilib

olish. 2.Tabiiy silikatlarning namunalari bilan tanishish. 3.Shishaning

turlari va ularning tarkibi bilan tanishish. «Shisha va undan yasalgan

mahsulotlar» to‘plami bilan tanishish, ishlash.

Amaliy mashg‘ulot. 1. Tuproqda karbonat kislota tuzlari borligini sifat

jihatdan aniqlash (1 soat ).

Mavzu buyicha test savollarini yechish.

Jihozlar va o‘quv ko‘rgazmali qurollar: O‘qituvchi ko‘rsatadigan

tajribalar, laboratoriya ishlari uchun buyumlar va laboratoriya idishlari

to‘plami, kimyoviy moddalar to‘plami, kimyoviy universal shtativ,

kimyoviy idishlarni quritish uchun moslama, kimyoviy moddalar

uchun metall shkaf, shishaga yozish uchun qalam, magnitli

aralashtirgich, kimyo xonasi uchun elektr jihozlar to‘plami, laboratoriya

elektron tarozisi, polipropilenli kimyoviy laboratoriya idishlari to‘plami,

o‘quvchilarning laboratoriya ishlari uchun buyumlar va laboratoriya

idishlari to‘plami, shisha asboblar to‘plami, «Shisha va uni ishlab

chiqarish uchun xomashyo» to‘plami, quruq yoqilg‘i, rezina naylar

to‘plami.

4. Metallar (29 soat)

4.1. Metallarning umumiy tavsifi (6 soat).

Metallar va metalmaslarga xos umumiylik va tafovutlar.

Metallarning elementlar davriy sistemasida joylashgan o‘rni va atom

tuzilishi.

Metallarning tabiatda tarqalishi, olinishi va ishlatilishi. Oraliq metallar

(xrom, marganes) va ularning birikmalari.

Metallarning fizikaviy va kimyoviy xossalari. Metal bog‘lanish.

Metallarning elektrokimyoviy kuchlanish qatori.

Elektroliz va uning amaliy ahamiyati.

Ko‘rsatiladigan tajribalar. 1. Metallarning namunalari bilan tanishish,

ularning fizik xossalari (yaltiroqligi, qattiq-yumshoqligi, og‘ir-yengilligi,

yassilanuvchanligi, elektr o‘tkazuvchanligi) ni solishtirish. 2.Metallarning

fazoviy panjara nusxalari bilan tanishish. 3. Metallarning metalmaslar,

suv va kislotalar bilan o‘zaro ta’sirini ko‘rsatuvchi tajribalar. 4. Mis (II)-

xlorid va kaliy yodid eritmalarning elektrolizi.

Laboratoriya tajribalari. 12. Metallarning namunalarini ko‘zdan

kechirish. 13. Tuzlar eritmalari bilan metallarning o‘zaro ta’siri. 14. Mis

(II)-xlorid va kaliy yodid eritmalarining elektrolizi. Qotishmalarning

namunalari bilan tanishish («Metallar va qotishmalar» to‘plami).

Mavzu bo‘yicha test savollarini yechish.

Jihozlar va o‘quv ko‘rgazmali qurollar: O‘qituvchi ko‘rsatadigan

tajribalar, laboratoriya ishlari uchun buyumlar va laboratoriya idishlari

to‘plami, kimyoviy moddalar to‘plami, kimyoviy universal shtativ

kimyoviy idishlarni quritish uchun moslama, universal indikator

qog‘ozi, kimyoviy moddalar uchun metall shkaf, magnitli aralashtirgich,

kimyo xonasi uchun elektr jihozlar to‘plami, laboratoriya elektron

tarozisi, poli propilenli kimyoviy laboratoriya idishlari to‘plami,

o‘quvchilarning laboratoriya ishlari uchun buyumlar va laboratoriya

idishlari to‘plami, o‘quvchilarning laboratoriya ishlari uchun shisha

asboblar va buyumlar to‘plami, o‘zi yopishadigan yorliqlar to‘plami,

«Metallar», «Qotishmalar» namunalari to‘plamlari elektr toki bilan

tajribalar o‘tkazish asbobi, metallar aktivligi qatori, magniy kristall

panjarasi, keramik plita, quruq yoqilg‘i, rezina naylar to‘plami.

4.2 Ishqoriy metallar (6 soat)

Ishqoriy metallarning davriy sistemada joylashgan o‘rni. Ularga atom

tuzilishi asosida tavsif.

Ishqoriy metallarning biologik ahamiyati va ishlatilishi.

Ishqoriy metallarning tabiatda uchrashi, ularning fizikaviy va kimyoviy

xossalari: eng muhim birikmalari. Soda ishlab chiqarish.

4.3. Ishqoriy yer metallari (7 soat)

Ishqoriy yer metallarning davriy sistemada joylashgan o‘rni, atom

tuzilishi. I A, II A guruh ishqoriy yer metallar va ularning birikmalari.

Ularning tabiatda tarqalishi, olinishi, xossalari, ishlatilishi va biologik

ahamiyati.

Suvning qattiqligi va uni yumshatish usullari

Ko‘rsatiladigan tajribalar.

Kalsiy va natriy yonganda alanga rangining bo‘yalishi.

Natriy va kalsiyning suv bilan o‘zaro ta’sirini namoyish qilish.

Kalsiy oksidining suv bilan o‘zaro ta’siri.

Kalsiy va bariy ionlarining eritmada borligini aniqlash.

Suvning muvaqqat va doimiy qattiqligini yo‘qotish.

Laboratoriya tajribalari. 15.Natriy, kaliy, kalsiy, rux, berilliy,

kadmiy va magniyning eng muhim tuzlari namunalari bilan tanishish.

Amaliy mashg‘ulot. 3. «Ishqoriy metallar» va «Metallar» mavzulari

bo‘yicha tajribaviy masalalar yechish (1 soat ).

Mavzu buyicha test savollarini yechish.

4.4. Alyuminiy (3 soat)

Alyuminiyning elementlar davriy sistemasida joylashgan o‘rni, atom

tuzilishi.

Alyuminiyning tabiatda tarqalishi, olinishi, xossalari va ishlatilishi.

Alyuminiy oksidi va gidroksidi, amfoterlik xossasi.

Ko‘rsatiladigan tajribalar: 1. Alyuminiy sirtidagi oksid pardaning

mustahkamligini namoyish qilish. 2. Alyuminiyning kontsentrlangan

nitrat kislota bilan ta’sirlashmasligini tajribada ko‘rsatish. 3. Amalgamalangan

alyuminiy plastinkasining oksidlanishi. 4.Temir va uning oksididan

alyuminiy yordamida qaytarish.

Laboratoriya tajribalari. 16. Alyuminiyning kislota va asos eritmalari

bilan o‘zaro ta’siri. 17. Alyuminiy va uning qotishmalari, namunalari

bilan tanishish. 18. Alyuminiy gidroksidini olish, uning kislota va ishqorlar

bilan o‘zaro ta’sirlashuvini o‘rganish. 19. Alyuminiy tuzlari eritmalarining

indikatorlarga ta’sirini o‘rganish.

Mavzu bo‘yicha test savollari yechish.

Jihozlar va o‘quv ko‘rgazmali qurollar: O‘qituvchi ko‘rsatadigan

tajribalar, laboratoriya ishlari uchun buyumlar va laboratoriya idishlari

to‘plami, kimyoviy reaktivlar to‘plami, kimyoviy universal shtativ,

kimyoviy idishlarni quritish uchun moslama, universal indikator

qog‘ozi, kimyoviy moddalar uchun metal shkaf, shishaga yozish uchun

qalam, magnitli aralashtirgich, kimyo xonasi uchun elektr jihozlar

to‘plami, laboratoriya elektron tarozisi, poli propilenlt kimyoviy

laboratoriya idishlari to‘plami, o‘quvchilarning laboratoriya ishlari uchun

buyumlar va laboratoriya idishlari to‘plami, shisha asboblar va buyumlar

to‘plami, o‘zi yopishadigan yorliqlar to‘plami, «Metallar»,

«Qotishmalar» to‘plamlari, metallar aktivligi qatori keramik plita,

quruq yoqilg‘i, rezina naylar to‘plami.

4.5. Temir (4 soat)

Temirning elementlar davriy sistemasida joylashgan o‘rni, atom

tuzilishi.

Temirning tabiatda tarqalishi, olinishi, xossalari va ishlatilishi. Temir

oksidi va gidroksidi xossalari.

Qotishmalar va ularning ishlatilishi.

Metallarning korroziyasi (kimyoviy va elektrokimyoviy yemirilishi)

va undan saqlash yo‘llari.

Yonaki guruh metallari (mis, kumush, rux, qalay, xrom,

qo‘rg‘oshin).

Hisoblashga doir masalalar.

Ko‘rsatiladigan tajribalar. 1. Metallar yemirilishiga sabab bo‘luvchi

omillarni ko‘rsatuvchi tajribalar. 6. Metallarni yemirilishdan saqlashga

imkon beradigan omillar.

Laboratoriya tajribalari. 1.Qotishmalarning namunalari bilan

tanishish («Metallar va qotishmalar» to‘plami). 2. Ikki va uch valentli

temir tuzlarini bilib olish. 3. Cho‘yan va po‘lat namunalari bilan tanishish.

Mavzu bo‘yicha test savollarini yechish.

Jihozlar va o‘quv ko‘rgazmali qurollar: O‘qituvchi ko‘rsatadigan

tajribalar, laboratoriya ishlari uchun buyumlar va laboratoriya idishlari

to‘plami, kimyoviy moddalar to‘plami, kimyoviy universal shtativ

kimyoviy idishlarni quritish uchun moslama, universal indikator

qog‘ozi, kimyoviy moddalar uchun metall shkaf, magnitli aralashtirgich,

kimyo xonasi uchun elektr jihozlar to‘plami, laboratoriya elektron

tarozisi, poli propilenli kimyoviy laboratoriya idishlari to‘plami,

o‘quvchilarning laboratoriya ishlari uchun buyumlar va laboratoriya

idishlari to‘plami, o‘quvchilarning laboratoriya ishlari uchun shisha

asboblar va buyumlar to‘plami, o‘zi yopishadigan yorliqlar to‘plami,

«Metallar», «Qotishmalar» namunalari to‘plamlari elektr toki bilan

tajribalar o‘tkazish asbobi, metallar aktivligi qatori, keramik plita,

quruq yoqilg‘i, rezina naylar to‘plami.

5. Organik kimyo (16 soat)

A.M.Butlerovning organik moddalarning tuzilish nazariyasi. Izomeriya.

To‘yingan uglevodorodlarning molekulyar, elektron va tuzilish

formulasi, xossalari.

To‘yingan uglevodorodlarning eng muhim birikmalarining ishlatilish

sohalari.

To‘yingan uglevodorodlarning izomeriya hodisasi, nomlanishi.

To‘yinmagan uglevodorodlar. Ularning tuzilishi, ishlatish sohalari

va ahamiyati. Uglevodorodlarning tabiiy manbalari.

Yuqori molekulali birikmalar haqida tushuncha.

Aromatik uglevodorodlarning tuzilishi, ishlatilishi.

Spirtlar, aldegidlar, karbon kislotalar, efirlarning tuzilish formulasi

va ishlatilishi.

Uglevodlarning tuzilishi, ishlatilishi va ularning biologik ahamiyati.

Aminlar va aminokislotalarning tuzilishi va ishlatilishi.

Oqsillarning tuzilishi va ishlatishi.

Hisoblashga doir masalalar: Tarkibida ma’lum miqdorda aralashmalar

bo‘lgan boshlang‘ich moddaning massasi yoki hajmi ma’lum bo‘lganda

reaksiya mahsulotining massasini yoki hajmini hisoblash. Gaz holidagi

moddalarning molekulyar formulasini topish.

Ko‘rsatiladigan tajribalar: 1. Metanni yonishi.

Laboratoriya tajribalari: 1.Neftni qayta ishlash mahsulotlari va

toshko‘mir mahsulotlari bilan tinishish. 2.Etilen olish va uning xossalari

bilan tanishtirish.

Jihozlar va o‘quv ko‘rgazmali qurollar: O‘qituvchi ko‘rsatadigan

tajribalar laboratoriya ishlari uchun buyumlar laboratoriya idishlari

to‘plami, organik moddalar to‘plami, kimyoviy universal shtativ,

kimyoviy idishlarni quritish uchun moslama, universal indikator

qog‘ozi, kimyoviy moddalar uchun metall shkaf, shishaga yozish uchun

qalam, kimyo xonasi uchun elektr jihozlar to‘plami.

6. Kimyo va ilmiy-texnik taraqqiyot (1 soat)

Kimyoviy ishlab chiqarish va atrof-muhit muhofazasi. Atmosfera va

gidrosferani ifloslanishdan saqlash.

Zaharli moddalarning tirik organizmga ta’siri va ularning me’yoriy

kontsentratsiyalari.

Chiqindisiz texnologiya muammolari.

7. Noorganik va organik kimyodan olgan bilimlarni umumlashtirish

(5 soat)

Davriy qonun va kimyoviy elementlar davriy sistemasi. Elementlar

va ularning birikmalari xossalari haqidagi bilimlarni izohlab beruvchi

ilmiy asos ekanligi.

Noorganik moddalarning xossalari va ularning tarkibi hamda tuzilishiga

bog‘liq ekanligi haqidagi bilimlarni tahlil qilish. Noorganik moddalar

orasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniq misollar orqali yoritish.

Noorganik moddalarning ishlatilishi, ularning xossalariga bog‘liq

ekanligini o‘rganilgan bilimlar asosida umumlashtirish.

Organik moddalarning tabiatda tarqalishi va ishlatilishi haqidagi

bilimlar asosida umumlashtirish.

Kimyoviy reaksiyalarning qonuniyatlari haqidagi bilimlarni

umumlashtirish orqali kimyoviy ishlab chiqarishning umumiy ilmiy

asoslari yuzasidan olgan bilimlarni sistemaga solish.

O‘zbekistonning tabiiy boyliklari. Respublika xalq xo‘jaligini

kimyolashtirishning asosiy yo‘nalishlari. Xalq xo‘jaligini kimyolashtirishda

fan bilan amaliyotning bog‘liqligini aniq misollar orqali taxlil qilish.

O‘zbekistonda kimyo fani va kimyo sanoatini rivojlantirish, birinchi

navbatda mamlakat aholisining turmush ehtiyojlarini qondirishda

respublika hududidagi tabiiy xom ashyolardan unumli va maqsadga muvofiq

foydalanishga qaratilganligi, uning tevarak atrofdagi tabiiy muhitni toza

holda saqlashni hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozimligi.

Mavzu bo‘yicha test savollarini yechish.

Maqsadga muvofiq rivojlantirishga imkon beradigan xossalarga ega

bo‘lgan mahsulotlarni olish kimyoviy izlanishlarning asosiy ma’nosini

tashkil etishni tushunib yetish.

Mustaqil davlatlar o‘rtasida ilmiy va amaliy hamkorliksiz xalq

xo‘jaligini rivojlantirib bo‘lmasligi, tabiiy boyliklardan tejab foydalanish,

atrof-muhitni birgalikda muhofaza qilish ishlari ham muhim ekanligini

tushunib yetish.

Kimyo fanidan ko‘rgazmali va ko‘rsatmali materiallar:

1. Kimyo fanidan 7-9-sinflar bo‘yicha mavzular kesimida 110 ta

slaydlar to‘plami.

2. «Kimyogar olimlar» haqidagi plakatlar to‘plami 15 ta.

3. 7-8-9-sinflar bo‘yicha elektron darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar.

4. 7-8-9-sinflar bo‘yicha elektron o‘quv filmlar.

5. Kimyo fanidan o‘quv laboratoriya va amaliy ishlarni bajarish

to‘g‘risidagi (laboratoriya va amaliy ishlarni bajarish uchun 46 nomdagi

moddalar, jihozlar, asbob-uskunalar) o‘quv uslubiy qo‘llanma.
1   2



Похожие:

Kimyo fanidan umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quv dasturi iconДокументы
1. /Geografiya fanidan umumiy o'rta ta'limning o'quv dasturi.doc
Kimyo fanidan umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quv dasturi iconДокументы
1. /Matematika fanidan umumiy o'rta ta'limning o'quv dasturi.doc
Kimyo fanidan umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quv dasturi iconXonqa tumanidagi 34-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabining ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi Soolayeva Bekposhshaning 8-sinfda Adabiyot fanidan 1 soatlik

Kimyo fanidan umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quv dasturi iconДокументы
1. /Musiqa madaniyati fanidan umumiy o'rta ta'limning o'quv dasturi O.doc
Kimyo fanidan umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quv dasturi iconДокументы
1. /Tasviriy san'at fanidan umumiy o'rta ta'limning o'quv dasturi.doc
Kimyo fanidan umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quv dasturi iconДокументы
1. /Rus adabiyoti fanidan umumiy o'rta ta'limning o'quv dasturi.pdf
Kimyo fanidan umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quv dasturi iconДокументы
1. /Jismoniy tarbiya fanidan umumiy o'rta ta'limning o'quv dasturi.pdf
Kimyo fanidan umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quv dasturi iconSamarqand tuman Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limi 16 – umumiy o’rta ta’lim maktabining matematika o’qituvchisi Umarova Mavludaning algebra fanidan 1 – soatlik ochiq

Kimyo fanidan umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quv dasturi iconXonqa tumanidagi 34-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabining ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi Soolayeva Bekposhshaning 9-sinfda ona tili fanidan 1 soatlik

Kimyo fanidan umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quv dasturi iconXonqa tumanidagi 34-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabining ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi Soolayeva Bekposhshaning 9-sinfda ona tili fanidan 1 soatlik

Загрузка...
Разместите кнопку на своём сайте:
Документы


База данных защищена авторским правом ©uz.denemetr.com 2000-2015
При копировании материала укажите ссылку.
обратиться к администрации