Документы

Mavzu : Kirish. “ Pediatriya va bolalar gigiyenasi ” fanining maqsad va vazifalari icon

Mavzu : Kirish. “ Pediatriya va bolalar gigiyenasi ” fanining maqsad va vazifalari

НазваниеMavzu : Kirish. “ Pediatriya va bolalar gigiyenasi ” fanining maqsad va vazifalari
страница3/6
Дата16.08.2013
Размер346.59 Kb.
ТипДокументы
источник
1   2   3   4   5   6
1. /Pediatriya yangi.docMavzu : Kirish. “ Pediatriya va bolalar gigiyenasi ” fanining maqsad va vazifalari

Reja:

1.Terining tuzulishi va uning organizmdagi vazifasi

2.Chaqaloqlardsa teri va teri osti yog’ qatlamining yosh xususiyatlari

3. Bolalarda uchraydigan teri kasalliklari

4.Teri gigiyenasi

5.Maktabgacha yoshdagi bolalar libosiga qo’yiladigan gigiyenik talablar

Tirik organizm ichki mo’hit barkarorligini saqlash uchun organizmga kirga oziqa moddalar, suv, xavo va boshqa moddalarning almashinish qoldiklarini tashqi muhitta chiqarib turishi shart. Chunki moddalar almashinuvi qoldiqlari siydikni, siydik kislota, kreotinin va shunga uxshash moddalar mikdori qonda ortib ketsa organizm zaxarlanadi.

Organizmga dori sifatida yoki boshqa vaziyatda kiritilgan yot moddalar tashqari, organizm ichki mo’xiti muvozanatini saqlash uchun kerakli moddalari chiqarishi ham shart.

Organizmdan tashqariga ajraluvchi chiqindi moddalarni ekskrentlar ataladi. Ajratuvchi organlarni ekskretor deyiladi. Ekskretor organlarga naf yo’li, teri, ichak yo’li va buyrak kiradi.

O’pka orqali karbonat angidrid, qisman suv, efir, xloroform va eng o’ychuvchi gazlar ajraladi.

Teri orqali qisman suv, tuzlar, mikroelementlar, azot almashini qoldiklari va siydikchil moddalar ajraladi.

Hazm yo’li orqali esa hazm bo’lmagan oziqa moddalar qoldiklari, og’ir met to’zlari, qisman suv, ba’zi dorilarning va organik buyoqlarning qoldiklar ajraladi.

Bo’yrak orqali esa organizmdan ortiqcha suv, to’zlar, mineral moddalar tuqima va hujayralarda modda almashinish qoldiklari, siydik kislota, mochevina, kreotinin va iste’mol qilingan dori qoldiklari ajraladi.

Teri – odam tanasini tashqaridan koplangan a’zo bo’lib, u organizmni himoya qiladi va turli fiziologik faoliyatni bajaradi.

Terinig sthi odamning yoshi, jinsiga qarab 1,5 – 2,0 m2 chamasida, o’rta xisobda 1,73 m2 bo’ladi. Uepidermie, derma va teri osti, yog katlamlaridan iborat. Teri qon, limfa tomirlari va nerv uchlariga boy. Organizmning ba’zi a’zo va tizimlari bilan aloqador. Teri himoya, sezuvchi, nafas, so’rish, tana xaroratini idora etish, almashinish, qonnig kayta taksimlanishi jarayonlarida ishtirok etadi.

Terining himoya faoliyati hilma – hil bo;lib, u mustaxkam biriktiruvchi to’kimadan iborat bo’lib, organizmni mexanik ta’sirlasdan saklaydi. Teri infrakqizil, ultrabinafsha va ma’lum mikdorda radiaktiv nurlarni o’tkazmaydi. Kimyoviy moddalar uchun ham ishonchli tusikdir. Shikastlanmagan teri orqali mikroblar uta olmaydi. Teri yuzasida lizosim, oleyn kislota va boshqa bakterisid moddalar bo’lib, unga tushgan mikroblar 15 – 30 dakikada o’ladi.

Terida organizmni tashki muxit bilan bog’lovchi bir necha hil teri zezgilari bir – biridan farklanadi. Ogrikni sezish reseptorlarini, mexanik, termik, elektrik, kimyoviy ta’sirlanishi natijasiga yuzaga chiqadi. Haroratni sezish issiq va sovikni sezuvchi reseptorlarning kuzgalishiga bog’lik. Odamning terisi orqali bir kechayu kunduzda 7,0 – 9,0 g. CO2 ajratilib, 3,0 – 4,0 g. kislorod o’zlashtiriladi. Bu mikdor gaz almashinuvining 2% teng bo’ladi. Odamning terisi orqali issiq xaroratda, ovqat eyilgandan keyin, jismoniy ish vaqtida va boshqa sharoitlarda jadallashadi. Teri moddalar almashinuvida ancha keng ishtirok etadi. Gazlar almashinuvidan tashkari oksillar, yog’lar, uglevodlar, vitaminlar almashinuvida muhim rol uynadi. Teri boshqa a’zolarga nisbatan ko’p mikdorda suv yitadi va qonga ajratadi, teri orqali yukotiladigan suv nafas bilan chiqariladigan suv mikdoridan ikki barobar ko’p. Tuzlar muvozanztida ham terining axamiyati katta.

Ter bezlari maxsuloti bo’lmish, ter modda almashinuvi qoldiklarini chiqarib tashlashda ma’lum axamiyatga ega. Ter ta’mi shur bo’lgan rantsiz tinik suyuklik. Xona xaroratida katta yoshli odam bir kunda 400 – 600 ml. ter ajratadi. Tarkibida: 99% suv, siydikchil moddalar, siydik kislotasi, amiak va boshqa moddalar bo’ladi.

Terining to’zilishi. Teri asosan 2 qavatdan: ustki yuza qavati epidermi va chukur qavat yoki asl qavat ( chukur qavat ) dan tashqil etadi. Xamma yoshdagi bolalarda teri usti pardasi yoki epidermis katta yoshdagi odamlardagiga karaganda yupkarok bo’ladi, bir – biri bilan bo’shrok bog’langan. Ko’pi bilan 2 – 3 qavahujayrasi bor. Bu hujayralar o’lib, ko’chib, to’shib tu’radi. Ularning u’rniga bir muncha hukurrokda joylashgan qavatlardan, bir muncha bakuvvatrok hujayralar paydo bo’ladi. Teri o’sti pardasining chukur katlamida pigment hujayralari qavati bo’ladi.

Asl teri bi;lan ter o’sti pardasi o’rtasida asosiy membrana joylashgan. Bu membrana bolalarda juda yushmoq va yaxshi rivojlanmagan bo’ladi.

Asl teri bir talay elastik va elim beruvchi tolalardan iborat biriktiruvchi tukimadan tashqil topgan. Unda oziklanish va almashinish jarayonlarining ta’minlab to’radigan qalib qon tomirlar turi bor. Ayniksa bolalar kapilyar turi ayniksa yaxshi rivojlangan, bu terining qon bilan yaxshi ta’minlanishiga, qon tomirlarning qon bilan to’lishib to’rishiga imkon yaratadi va bola terisiga pushti rang berib to’radi.

Asl teri osti kastchatkasi qavatiga ylanadi, teri oasti kastchatkasi biriktiruvchi tukima tolalari dastalaridan iborat bo’lib, ularning orasi yog’li hujayralar bolan to’lib to’radi. Teri osti kletchatkasi organizmning ortikcha issiklik yukotishi va mexanik shikastlardan saklaydi. Yog’ kletchatkasi zapas ozika xom ashyosi xisoblanadi. Shu kletchatkada va kisman asl terida ter bezlari va jun uldizlari joylashgan. Yangi tug’ilgan va emadigan bolaning terisida asosan quyidagi anatomic xususiyatlar bo’ladi. Shoh qatlami yupqa, epidermisi umuman shirador, yumshoq, bazal membranasi yetilmagan, nozik yumshoq bo’ladi. Qon tomirlari odatda rivojlangan va mo’l ko’l bo’ladi. Emadigan sog’lom bolaning terisi nim pushtirangda, baxmalday muloyim, silliq nozik bo’ladi. Ter bezlari yaxshi rivojlanmagan, bu bezlar 3 – 4 oyligida borib ishlaydi.

Chaqaloqlarning teri osti yog’ qatlami mo’l ko’l rivojlangan bo’ladi. Chaqaloq, do’mboq va chov, tirsak boshqa bukimlardagi burmalarning chuqur-chuqur bo’lishi ham shunga bog’liq.

Terining asosiy funksiyasini himoya, bolalarda bu funksiya mukammal rivojlanmagan bo’ladi. Shuning uchun har qanday yorilgan, shilingan joylardan infeksiya kirishi mumkin. Terining yana bir funksiyasini ham yaxshi rivojlanmagan bo’ladi shu sababdan xavo temperasi pasayganda bola badani tez sovqotib qoladi va temperature ko’tarilganda issiqlab ketadi.


Teri kasalliklari. Kutir – teri kasalligi bo’lib, uni kutir kanallari paydo qitadi. Kana teriga qirib o’ziga yul ochadi va badanni xaddan tashqari kattik qicishtiradi, qicinish issik paytda va kechasi kuchayada. Teri qichinish jarayonida tirnalib, usha joylarida ba’zan ekzema, yiringa toshmalar, chiqonlar paydo bo’ladi. Odamga qutir kasalligi hayvonlardan qishilarga yaqin bo’lganda yoki o’sha kishilarning buyumlaridan yuqadi.

Kal va temiratki zamburutlar kuztatadngan kasallik bo’lib, teri va sochlarni, gohida tirnoqlarni shikastlantiradi. Bu kasalliklar juda yuqumli bo’lib, o’zoq vaqtgacha davolanishni talab etadi. Kal va temiratki kasalligini kuzgatuvchilari kasal uy hayvonlari, mushuk, it, quyon va boshqa hayvonlarni junida bo’ladi. Kasallar darhol kasalxonaga yotkiziladi.

Teri va soch kasalliklar oldini olish badan terisi, ichki va tashki kiyimni ozoda saklashga doir gigiena chora – tadbirlariga amal qilinishi talab qilinadi.

Epidermofitiya – kasalligi. Epidermisning shox qavatiga parazitlik qilib yashaydugan va junga ta’sir qilmaydigan xar xil turdagi zamburuglar keltirib chiqaradi. Bu kasallik oyoq gumbozlari, barmokaro burmalar, chov burmalari terisi va boshqa joylar terisi shikastlanadi. Kasallik kichishi bilan davom etadi. Terlash kuchayib shox qavati uvalanib to’radi. Shuning natijasida kasallik kuzgatuvchilarining chukurrok qirishi va qupayishiga kulay sharoit tugiladi.

Badaning qichib turadigan joylarida suv bilan tulib, bir – biriga qushilib ketishga moyil bo’ladigan yaltiroq pufakchalar yuzaga keladi. Ular yorilib, bezillab turadigan katta – katta eroziya qoldiradi

Kasallik surunkasiga davom etadi va davo xamisha ham qor kilavermaydi. Avvaliga qichishish va og’rik bartaraf qilinadi, sungra esa parazit yuqotiladi.

Kasallikni oldini olish shaxsiy gigiena koidalariga rioya qilishdan iboratdir.

Chiniqtirish-bu organizmning atrof-muhitning noqulay omillariga, ayniqsa, sovuqqa bardoshliligini oshirishga yo’naltirilgan tadbirlar kompleksidir. Tana sovuganda dastlab teri tomirlari torayadi, qon ichki organlarga qo’yiladi, teri oqaradi, shu bilan bir vaqtda yurak qisqarishlari tezlashadi va kuchayadi, qonning arterial bosimi ko’tariladi, issiqlik mahsulini kuchaytirishga olib boruvchi titrash paydo bo’ladi (muslullar beixtiyor qisqaradi); bu vaqtda tana temperaturasi ko’tariladi. Shundan keyin teri qizaradi va butun tana bo’ylab issiqlikni sezish holati paydo bo’ladi, chunki issiqlik mahsuli issiqlik yo’qolishini oshira boshlaydi. Keyinchalik soviganda teri qaytadan oqaradi, lablar ko’karadi, tana bo’ylab titroq boshlanadi, bu organizm haddan tashqari soviganligining belgisidir. Sovuqning har kungi ta’siriga organizm o’rganadi va kamroq ta’sirlanadi; sovuq birmuncha uzoq vaqt va intensiv ta’sir etgandagina haddan tashqari sovish belgilari paydo bo’ladi. Shu bilan bir vaqtda organizmning yuqumli kasalliklarga bardoshliligi oshadi.

Organizmni chiniqtirish-o’ta davolovchi vosita bo’lib, talaba sog’ligini mutadil ushlab turish vazifasini bajaradi.

Ilmiy tekshirish tadqiqotlari keyingi payt shuni ko’rsatmoqdaki, organizmni chiniqtirish har xil surunkali xastaliklar bilan chalinishni oldini oladi, uzoq umr kechirish va aqliy hamda jismoniy ish qobiliyatini me’yoridan saqlab turish imkonini oshiradi.

Organizmni chiniqtirishni doimiy olib boruvchilar orasida har xil xastaliklar 24 barobar kam uchrar ekan.

Bundan tashqari, chiniqish organizmning umumiy quvvatini oshirish xususiyatiga ham ega. Organizm tonusini oshiradi, markaziy nerv tizimini mo’tadillashtiradi, qon aylanishi doirasida qon oqish harakatini yaxshilaydi, moddalar almashinuvini jadallashtiradi, organizmni har xil tashqi ta’surotlarga chidamliligini oshiradi.

Chiniqish, bundan tashqari organizm termoregulyatsion apparatiga ijobiy ta’sir etib, har xil meteofaktorlar salbiy ta’sirini oldini oladi. Buning natijasida organizm o’zini mo’tadil ichki holatini bir me’yorda ushlab turadi. Meteofaktorlarni keskin o’zgarishi natijasida ham organizm o’z mo’tadilligini saqlay oladi.

Chiniqish asosan MNTga ta’sir etib, organizmdagi barcha a’zolarni faollashtirish, boshqarish qobiliyatiga ega.

Chiniqish muolajalari ayniqsa, organimni jismoniy hamda aqliy ish faoliyatini, sog’liqni takomillashtirish va kasalga chalinishiga chidamlilikni oshiradi.

Organizmni chiniqrtirish asosan, jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish vaqtida ba’zi bir chiniqtirish muolajalari bilan amalga oshiriladi. Organizmni chiniqtirish turli yoshda ham o’z samarasini beradi, ammo chiniqtirish qancha vaqtli boshlansa, shuncha maqsadga muvofiq bo’ladi. Ammo shuni esda tutmoq kerakki, o’tkir kasalliklarda va surunkali xastaliklarni kuzatish paytida chiniqish muolajalarini qo’llamaslik lozim.

Chiniqtirish usullari .

Cho’milish-chiniqishning eng yaxshi usuli. Havo harorati 24-250 va suv harorati 200 dan past bo’lmasa, cho’milish tavsiya etiladi. Suvda 10-15 minutdan ko’p turmaslik kerak. Cho’milishni yozdan boshlab organizm moslashib olguncha 3-5 minut o’tgach, suvdan chiqilgani ma’qul. Ovqatlangach darhol cho’milish yaramaydi. Ovqatlangandan 1-1,5 soat o’tgach suvga tushish mumkin. Qizib turib suvga tushish yaramaydi.

Havo bilan chiniqtirish (havo vannalarini qabul qilish)=- yoqimli hamda xavfsiz chiniqtirish muolajasi hisoblanadi.

Bu chiniqtirish usulida havoning harorati katta ahamiyatga ega.

Issiqlik sezish qobiliyatiga qarab havo apparati 3 ga bo’linadi:

  1. Issiq(iliq)-bunda havo harorati 20-30%0C bo’ladi.

  2. Sovuqroq-bunda havo harorati 14-200C bo’ladi.

  3. Sovuq-bunda havo harorati 100C dan past bo’ladi.

Havo vannalarini eng yaxshi qabul qilish vaqti bu yozdadir hamda atmosferada havosi toza, musaffo joylardadir. Havo vannalarini asosiy yotgan holatda, o’tirib yoki yurib, harakat qilib qabul qilish mumkin. Sovuqroq yoki sovuq vanna qabul qilayotgan vaqtda albatta jismoniy mashqlarni bajarish lozim. Yomg’ir yog’ayotganda, tumanda yoxud shamol tezligi 3m/s dan oshganda havo vannasini qabul qilish man etiladi.

Havo vannalarini me’yorda qabul qilish ikki xil yo’l bilan amalga oshiriladi, ya’ni havo haroratini sekin pasaytirish bilan hamda havo vannasini harorati bir me’yorda b’olib, muddatini uzaytirish bilan.

Havo vannasini birinchi bor qabul qilayotgan talabalarga 20-30min vaqt mobaynida 15-200C haroratda amalga oshiriladi. Keyinchalik bu ko’rsatkichni uzaytirish mumkin.

Sovuq vannalarni faqatgina yaxshi chiniqqan odamlargina olsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Sovuq vannalarni qabul qilish muddati 5-10min dan oshmasligi lozim.

Havo vannalaridan tashqari ochiq, toza havoda sayr qilish yoki mashqlarni bajarish ham organizmga ijobiy ta’sirini o’tkazadi.

Bolalar kiyimlarini gigiyenik baholash

Kiyimlar odam organizmini tashqi muhitning noqulay ta’sirlaridan himoya qilib, teri yuzaini mehanik zararlanish va ifloslanishdan saqlaydi.

Kiyimlar yordamida tana atrofida tashqi muhit iqlimidan tubdanfarq qiluvchi kiyim osti mikroiqlimi hosil bo’ladi. Uning harorati 28C dan 34Cgacha oraliqda tebranadi, nisbiy namlik 20-24%gacha havoning harakat tezligi judayam sezilarsiz, is gazining miqdori 0,006-0,097% atrofida tebranadi. Kiyim osti mikroiqllimining hosil bo’lib, kiyimlar organizmining issiq, yo’qotish qobiliyatini pasaytiradi, tana haroratini doimiy birligini saqlash xususiyatini taminlaydi, terining termopegulyatsiya faoliyatini yengillashtiradi, teri qoplami orqali gazlar almashinuv jarayonini taminlaydi.

Kiyimning bu xususiyatlari bolalar organizmi uchun keraklidir. Bularga:

--bolalik davrida issiqlikni boshqarish mehanizmito’la shakllanmagan, organizmning isib ketish va sovib ketish salomatlik holatini o’zgarishiga olib kelishi mumkin;

--bolalar yuqori harakat faolligi bilan ajralib turadi va bu o’z o’rnida issiqlik sarflash darajasining 2-4 marta oshishiga olib keladi;

--bolalar terisi nozik va tez jarohatlanuvchan;

--kattalarga nisbatan bolalar terisida teri orqali nafas olish moddalar almashinuvida katta ahamiyat kasb etadi;

Bolalar kiyimi material tuzilishi va fizik-kimyoviy ko’rsatkichlari bo’yicha, organizmning yoshi va anatomo-fiziologik xususiyatlari, faoliyat turi va meteriologik sharoitlarga mos kelishi kerak; bolalarni tez va kiyinib yechinishiga halaqit bermasdan, bolalarning estetik didiga mos kelib, tarbiyalash lozim.

Ichki kiyimlar, oqliqlar teri qoplamiga to’g’ridan-to’g’ri yopishuvchi kiyimlar hisoblanib, ular kiyim ostidan almashinuv mahsulotlarini yo’qotishga qaratilishi kerak(gazlar, bug’lar, yog’lar). Ichki kiyimlar yoki oqliqlar erkin va qulay bo’lishi kerak, shuningdek,teri osti bo’shlig’ining shamollatish xususiyatini hosil qilib, meyoriy darajadagi terining nafas olish vazifasini taminlashi lozim.

Yangi tug’ilgan chaqaloqlar va 3 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun ichki kiyimlar toza tabiiy matolardan, ya’ni(ipak, paxta, lyon va viskozalar)dan tayyorlanishi lozim.

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun ichki kiyimlar paxta-siblonli (70%li paxta va 30%li siblon) materialdan tayyorlashga ruxsat beriladi. Bolalar kiyimlarida qalin va qo’pol choklarga, to’mtoqli kamarbop tugunlar bo’lishiga ruxsat berilmaydi(tursik tasmalari orqada turishi kerak). Bolalar uchun yozda iqlim va meteriologik sharoitlarni inobatga olib, bir va ikki qavatli kiyimlar tavsiya etiladi. Birinchi qavat - oq, ikkinchi qavatqiz bolalar uchun ko’ylak, yupqa kofta, o’g’il bolalar uchun - ko’ylak va kalta ishton bo’lishi kerak.




MAVZU :Sog’lom va kasal organizmlari haqida tushuncha


Reja:

1. Sog`lom organizm haqida tushuncha.

2. Kasal organizm hakida tushuncha.

3. Zmonaviy bolalarniung salomatlik haolatiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar

4. Ksalliklarning turlari ularning tarqalish va oldini olish yo’llari

5. Emlash kalendari.

Sog`lom organizm bu kishi organizmining shunday holatini, ya'ni uning barcha organlari va sistеmalari tashqi muhitining o`zgarishlariga yaxshi moslasha oladigan, o`zida hеch qanday o`zgarish sеzmaydigan, normal aqliy va jismoniy ish bajaradigan, hеch qanday kasallik bеlgilarini sеzmaydigan organizmdir. Sog`lom organizmning haraktеrli bеlgilari shundaki, u tashqi muhit sharoitlarining har qanday murakkab o`zgarishlariga tеz moslashishlari bilan birgalikda, ma'lum jismoniy mеhnat qobiliyatlarini yuqotmaydilar. Shunga qaramasdan barcha bolalarning va o`smirlarning gavda tuzilishi, jismoniy va aqliy rivojlanishi chiniqishi bir xil bo`lavеrmaydi. Bu esa bolalarning irsiy xususiyatlariga, sotsial va ijtimoiy sharoitlarga va boshqa ta'sir etuvchi sabablarga bog`liqdir. Yuqorida ko`rsatilgan sabablar bolalarning yoshi, jinsida qatiy ularning aqliy va jismoniy rivojlanishi darajasiga ta'sir etadi.

Shuning uchun tarbiyachilar, o`qituvchilar har bir bolaning ana shu fiziologik va psixologik xususiyatlariga bilimlariga asoslangan holda, ta'lim va tarbiyaviy ishlarni olib borish maqsadga muvofiqdir.

Biz tarbiyachi pеdagoglar, tibbiyot hodimlari va ota-onalar bolalar salomatligi uchun qanchalik kurashmaylik bari-bir bolalar ayrim kasalliklar bilan kasallanadilar.

Kasal organizm bu kishi organizmning shunday holatiki, u tashqi muhit sharoitining ozgina o`zgarishlariga ham moslasha olmaydi. Natijada, uning aqliy va jismoniy ish qobiliyati pasayadi yoki butunlay yuqoladi. Bе'mor tanasining ma'lum qismida og`riq paydo bo`lishi, yurak o`ynashi, nafas qisishi, ko`ngil ozishi, umumiy quvvatsizlik kabi kasallik bеlgilaridan shikoyat qiladi. Kasallik qo`zgatuvchi sababalar turlicha bo`ladi: fizikaviy, ximiyaviy, mеxanik ta'sirotlar, mikroblar, baktеriyalar viruslar vositasida va boshqalar.

Kasalliklar kеlib chiqish sabablariga ko`ra yuqumsiz va yuqumli kasalliklarga bo`linadi.

Yuqumsiz kasalliklarni qo`zg`atuvchi va tarqatuvchilari bo`lmaydi. Masalan: sinish, chiqish, bosh og`rig`i, xirurgik kasalliklar va boshqalar.

Yuqumli kasalliklarni qo`zg`atuvchilari va tarqatuvchilari bo`ladi. Kasallik tarqatuvchi mikrorganizmlarga: baktеriyalar, zamburug`lar, sodda jonuvorlar, rikkеtsiyalar, viruslar sabab bo`ladi. Yuqorida ko`rsatilgan kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlarning kishi organizmiga kirishi natijasida yuzaga kеladigan kasalliklariga yuqumli kasalliklar dеyiladi.

Baktеriyalar shakli katta kichikligi va xossalari nixoyat xilma-xil bo`ladigan mikroorganizmlardir. Sharsimon xillari-xanklar, tayoqchasimon xillari – baqillalar dеb ataladi. Uzum boshiga o`xshash, to`p – to`p joylashadigan koklar stafilokoklar dеb ataladi. Bular tеrining yiringli kasalliklariga, jaroxatlarning moddalab kеtishiga sabab bo`ladi.

Zamburug`lar – tеri soch, soch va shilliq pardalarida bo`ladigan kasallaiklarni kеltirib chiqaradi va shakli, hamda xossalari jihatidan xilma -xil bo`ladi. M-n: qirma tеmratki, zamburug`i tеri va sochlarni shikastlantirsa, mog`arasimon zamburug`i chaqaloq bola tili, hamda tanlayinining shilliq pardasini shikastlantiradi.

Sodda xayvonlar – bir xujayrali xayvonlardir. M-n: bir xujayrali plazmodiy bеzgakka sabab bo`lsa, ichak amyobasi – qon aralash ich kеtishiga (dizеntеriyaning bir turiga) sabab bo`ladi.

Rikiеtsiyalar – juda mayda qo`zg`aluvchilar bo`lib, bular orasida toshlamli tif qo`zg`atuvchilari odam uchun hammadan xavfli bo`ladi.

Viruslar shu qadar mayda bo`ladiki, xatto elеktron mikroskopda ham hamma vaqt ko`rinavеrmaydi. Ular juda zich filtirlardan ham o`tib kеtadi, shuning uchun ham "tutqich bеrmaydi" va filtirlanuvchi viruslar dеb ataladi.

Qizamiq, gripp, paloimiеlit, qutirish, chin chеchak va suv chеchak qo`zg`aluvchilari filtirlanuvchi viruslar jumlasiga kiradi va xakoza. Ko`pchilik kasalliklarda kasal odam yoki xayvon infеktsiya manbai xisoblanadi. Kasallik qo`zg`atuvchisi shularning organizmidan fiziologik yo`l bilan (nafasdan chiqariladigan xavo, bog`lam, siydik, axlati bilan) yoki patologik yo`l bilan (yutalganda, qayt qilganda, jaroxatlar, yaralar va yallig`langan shilliq pardalardan chiqadigan ajratmalar bilan) tashqariga chiqib turadi. Kasallik avjiga chiqqan davrida yoki kasalliklarni yashirin davrida (qizamiq), ayrim hollarda tuzalish davrida (ich tеrlama, dizеntеriya, diaftеriya) bеmor organizmidan kasallik qo`zg`atuvchilari hammadan ko`p chiqadi. Ko`pincha bola yoki katta odam tuzalib kеtgandan kеyin ham infеktsiya manbai bo`lib qolavеradi. Kasal organizmdan tashqariga chiqqan kasallik qo`zg`atuvchisi qisman

tashqi muhitda bo`ladi yoki boshqa organizmga tushguncha saklanib qoladi. Sog` organizmga tushgan parazitlik qila boshlaydi.

Infеktsion kasalliklar qo`zg`atuvchilarning tarqalish yo`llari to`rt gruppaga ajratiladi: kontakt yo`li, havo tomchi, suv – ovqat va tirik jonuvorlar orqali tarqalish yo`llari.

Kontakt yuli – bеmorga yakin bulganda kasallikning yukib kolishidir. Bеvosita va bilvosita kontakt tafovut kilinadi. Bеvosita kontaktda kasallik kuzgatuvchisi kasal organizmdan soglom organizmga tugridan tugri utadi (upishish vaktida, xayvon tishlaganda, sulagi tushganda va xakoza) bilvosita kontaktda kasallik ruzg`or buyumlari orkali: kitob – daftar kiyim –bosh va oyok kiyim almashtirish va boshka yullar. M-n: Diftеriya, kutirish, sil va boshka kasalliklar bеvosita kontakt yuli bilan yuksa, dizеntеriya, ich tеrlama, diftеriya va boshka kasallilar bilvosita yul bilan utadi. Kasallikning xavo tomchi usulida tarkalishi kasal odam aks urganda va yutalganda, mayda tomchilar orkali kasallik kuzgatuvchilarning yukishidir. Bularga gripp, diftеriya, kuk yutal, kizamik, shuningdеk sil va boshka kasalliklar yukadi.

Kasalliklar davomiyligiga kura utkir va surinkalik kasalliklarga bulnadi. Utkir

kasalliklar birdaniga boshlanadi va bir nеcha kun davom etadi. Surunkali kasalliklar esa, oylab, yillab davom etishi mumkin. Surinkali kasalliklar bеlgilari yukolib (kamayib) sung yana kaytalanib turadi. Kupincha surinkali kasalliklar utkir kasallikni vaktida davolanmaslik oyokda utkazish, dori-darmonlardan foydalanmaslik natijasida kеlib chikadi. Bunday kasalliklarga upka zotiljami, buyrak, jigar kasalliklari. Ba'zi kasalliklar esa boshlanishidan surinkali davom etadi. M-n: Rеvmatizm, tubеrkulyoz kabi kasalliklar.

Kasalliklar yoshga karab turlicha tarkaladi. Bir yoshgacha bulgan bolalarda kuprok tugma kasalliklar, upkaning shamollashi, oshkozon – ichakning funktsional yoki notugri ovkatlanish natijasida kеlib chikadigan kasalliklar kuprok uchrasa, maktabgacha yoshdagi bolalarda kizamik, kukyutal, tеpki, suvchеchak, ichburug, angina, upka va nafas

yullarining shamollashi, gripp kasalliklri kuprok uchraydi. Maktab yoshidagi bolalar va usmirlarda rеvmatizm, tubеrkulyoz, shikastlanish, buyrakni shamollashi, tosh kasalliklari, jigar va gijja kasalliklari bilan kuprok ogriydilar. 'Kasalliklar bolalarning jismoniy usishga katta ta'sir etadi. Ayniksa, surinkali uzok davom etadigan kasalliklar, ya'ni rеvmatizm, oshkozon – ichak, jigar va ut

yullari, buyrak kasalliklari organizm va tukimalarda moddalar almashinuvi

jarayonini buzadi, kamkonlik kasalligini yuzaga kеltiradi, natijada jismoniy rivojlanishi susayadi, bolaning ish kobiliyatiga salbiy ta'sir kursatadi.

Barcha tirik organizmlar (usimliklar, xayvonlar) shu jumladan, insonlar xam uzini –uzi ximoya kilish xossalariga ega. M-n: Kuz yoshi suyukligi, sulak, kon va limfada

lizotsim (tabiatan oksil) moddasi bulsa, odamning toza tеrisi kasallik kuzgatuvchi mikroblarga xalokatli ta'sir kursatadigan lizotsimga uxshash modda ajralib turadi. Nafas yullarining shillik pardasi infеktsiyaga javoban shilimshik ajratib, burtib chikadi va kizaradi. Unda fagotsitoz yuli bilan oziklanadigan lеykatsitlar paydo buladi va boshkalar. Traxеya, bronx va bronxiollalar koplab turadigan xilpillovchi epitеliy esa uz kiprikchalarini tеbratib, tushib kolgan chang zarrachalarini va mikroblarni tashkariga chikarib tashlaydi. Sulak, mе'da, ichak shiralaridagi fеrmеntlar xam mikrob va baktеriyalarni xalok kiladi. Immunitеt – organizmning turli kasalliklardan uz-uzini ximoyalanish uslubidir. Organizmning ximoyalanishi katta rol uynab, tabiiy va sun'iy immunitеt farklanadi. Tabiiy immunitеt tugma, shuningdеk, boshdan kеchirilgan kasallik tufayli turmushda ortirilgan bulishi mumkin.

Sun'iy immunitеt fakat turmushda orttirilgan, shunda xam aktiv yoki passiv buladi. M-n: agar bolaga chеchakka karshi emlangan bulsa yoki poliomilitga karshi vaktsina bеrilgna bulsa, bunday xollarni xammasida organizmga zaiflashtirilgan kuzgatuvchi yuborilgan bulib, organizm kuzgatuvchilarga karshi javoban uzok davom etadigan immunitеt paydo kiladi. Bolaga tayyor ximoya moddalari bulgan zardop (vaktsina) yuborilganda organizm ximoya

moddalari ishlab chikarishda uzi ishtirok etmay, kiska muddat davom etadigan

immunitеt yuzaga kеladi

Sog’liq odamning jismoniy va ma’naviy xususiyatlari yig’indisi, uning uzoq umr ko’rishining va ijodiy rejalarini amalga oshirishning, jamiyatimiz baxt-saodati uchun yuqori mehnat unumdorligi, mustahkam ahil oila yaratish, bolalarning tug’ilishi va tarbiyasini amalga oshirishning zaruriy sharti hisoblanadi.

Sog’liqni mustahkamlovchi omillarga aniq rejim yordam beradi. Ovqatlanish, uyqu, gigiyenik muolajalar va boshqalarni odat bo’lib qolgan muayyan bir vaqtda o’tkazgan ma’qul. Aniq rejim tufayli organizm normal zo’riqishni his etadi, sarflangan kuch tezroq va to’liqroq tiklanadi, organizm kamroq kasallanadi.

Sog’liqni mustahkamlashning yana bir omil aktiv harakatchanlikdir. Hozirgi zamon odamlari kam harakat qilmoqda. Buning asosiy sababi sanoatda va qishloq xo’jaligida mexanizatsiyalashmagan mehnatning ulushi borgan sari qisqarib bormoqda, transport vositalari rivojlanmoqda, televideniya va kompyuter tizimi keng ko’lam bilan rivojlanib bormoqda.

Tabiat, sof havo, suv va quyosh bilan doimiy ravishda muloqotda bo’lish odamga sog’liqni mustahkamlashga va kasalliklarga chidamli bo’lishga yordam beradi.

Sog’liqni zaiflashtiruvchi omillarga- rejimga rioya qilmaslik, kam harakat qilish, shaxsiy gigiyena qoidalarga amal qilmaslik, vaqtida ovqatlanmaslik va chekish hamda spirtli ichimliklarni iste’mol qilish singari zararli odatlar kiradi.

Keyingi 20 yil mobaynida olimlar tomonidan salomatlik holati uchun qanday miqdoriy va sifatli ko’rsatkichlarni asos qilib olish zarurligi, salomatlikka xos bo’lgan hamma jarayonlarni qamrab oladigan ta’rifni shakllantirish, salomatlikni kasallik holatidan farqlanishi, uchinchi yoki “oraliq holat” uchun xos bo’lgan belgilarni ajratish va qanday yo’llar va vositalar yordamida sog’liqni saqlash va tiklash kabi muammolarni hal etish ustida umumiy tadqiqotlar o’tkazildi. (I.I.Brexmen, 1987, G.L.Apanasenko, G.L.Popova,1998, V.A.Anan’yev, D.N.Davedenko va b, 2001 yil, V.P.Petlenko, D.N.Davidenko, 2001, N.N.Moxnach, 2004). Olimlarning fikriga ko’ra, salomatlikning holatiga turli omillarni ta’siri quyidagi miqdoriy ko’rsatkichlar bilan ifodalanadi: irsiyat-20%, tashqi muhit ta’siri-20%, turmush tarzi-50%, tibbiy yordam darajasi-10%. Demak odam salomatligi- bu ijtimoiy, tashqi muhit va biolofgik omillarni o’zaro murakkab munosabatlari natijasidir.

Immunitet- organizmning turli yuqumli va yuqumsiz kasalliklarga chalinmasligi. Bunday hodisani 200 yil muqaddam Angliyada provintiyalik Jenner birinchi bo’lib kuzatgan. U chechak kasalligiga qarshi kurash chorasini topib tonni ismli bolada tajriba o’tkazgan. Jenner har bir kasallik tarqatuvchi mikroblar qonga tushganda shu mikroblarga qarshi qon plazmasida antitelolar hosil bo’lishini aniqlagan.

Immunitet tug’ma va ortirilgan, aktiv, passiv bo’lishi mumkin. Odatda odam yuqumli kasallik bilan og’rib o’tgandan keyin organizmda tabbiy immunitet paydo bo’ladi.

Organizmning ichki muhitini turli mikroblar va begona agentlar ta’siridan himoya qilishga qaratilgan vositalar majmuasi immunited deb ataladi.immunitedni immunoilogiya fani o’rganadi.

Himoya vositalari ta’sir mexanizmi turlicha. Ulardan ba’zilari mikroblarning o’sishi va ko’payishiga mone’lik qilsa, boshqalari mikrob ishlab chiqargan toksin (zaharli moddalarni) neytrallaydi. Immunited shakllanishiga turli to’qima va organlar ishtirok etadi. Hozir qo’llanadigan klasifikatsiya muvofiq immunited 2 xil bo’ladi.1) Tabiiy-tug’ma yoki turga mansub immunited.2)orttirilgan spisefik immunitet.

Ta’sir mexanizmiga ko’ra, mikroblarga qarshi va toksinga qarshi immunitet bo’ladi. Biror tirik mavjudodga xos biologic xususiyatlar bilan bog’liq bo’lgan va evolutsiya protsesida orttirilgan kasalliklar yuqtirmaslik holati tabiiy,ya’ni tug’ma immunited deyiladi. Boshqa morfologik va fiziologik xususiyatlarga o’xshab, bu xususiyat ham nasldan-naslga o’tadi. Ma’lum turdagi organizmlarda kasallik qo’zg’atadigan mikroblarga nisbatan boshqa turdagi organizmlarning turg’unligi, tug’ma immunited bilan bog’liq. Masalan odamga it va qoramol o’lati yuqmaydi. O’z navbatida hayvonlarga meningit, qizamiq, ich terlama yuqmaydi.

Tabiiy immunitet spisifik emas. Vitaminlar yetishmasligi, sovqotish, toliqish ta’sirida u susayadi.

Organizmning individual rivojlanishi bilan birga uning butun hayoti mobaynida shakllanadigan immunited orttirilgan immunited deyiladi. Orttirilgan immunited doim doim spesefik bo’ladi. Masalan bo’g’ma bilan og’rib tuzalgan bemorning qon zardobi faqat bo’g’ma mikrobi toksinlarni netrallaydi, boshqa mikrob toksinlarga ega ta’sir qilmaydi.

Yuqumli kasalliklarni boshdan kechirgandan so’ng hosil bo’ladigan immunited va tabiiy orttirilgan, ya’ni infeksiyadan keyingi immunited deyiladi. Organizmga tirik yoki o’ldirilganmikrob (vaksina)lar yoki ularning mahsulotlarini yuborish yo’li bilan hosil qilinadigan immunited suniy orttirilgan yoki emlashda so’ngi immunited deyiladi. Tabiiy orttirilgan immuniteduzoq muddat, ba’zan o’n yillab, hatto umr bo’yi saqlanishi mumkin. (masalan qizamiq, chin chechakdan so’ng). suniy orttirilgan immunited qisqaroq muddatda saqlanadi.chin chechak va bo’g’maga qarshi emlashdan so’ng 1-2 yilgacha saqlanadi. Suniy ortirilgan immunited o’z navbatida aktiv va passiv bo’lishi mumkin. Organizmga vaksina (anatoksin) yuborib hosil qilinadigan immunited aktiv immunited hisoblanadi. Bunda yuborilgan antigen (vaksina yoki anatoksin) ta’sirida organizmning himoya sistemalarida aktiv o’zgarishlar ro’y berib, antigenga qarshi moddalar – antitelo yoki antitoksinlar hosil bo’ladi natijada ma’lum kasallikka qarshi emlangan odamga shu kasallik yuqmaydi. Agar emlangan odamlarning yoki hayvonlarning qon zardobini olib boshqa odamga yuborilsa unda ham bu kasallikka nisbatan yuqtirmaslik paydo bo’ladi. Bunda odam organizmi tayyor himoya moddalarini oladi. Shu sababli bunday yo’l bilan orttirilgan immunited passiv immunited deyiladi. U qisqa bo’ladi va 3-4 haftaga yetadi. Onadan bolaga o’tadigan immunited ham passiv bo’ladi. Odatda vaksina va antitoksinlar aktiv immunited hosil qilish uchun profelaktika maqsadida emlash uchun qo’llaniladi. Qon zardoblari asosan davolash maqsadida ishlatiladi.

Immunited mexanizmi va omillari turlicha. Ularga quyidagilar:1) teri va shilliq qavatlarning himoya xususiyatlari. 2)organism normal mikroflorasining himoya xususiyatlari 3) yallig’lanish va fagositoz 4) limfa to’qimasining baryer funksiyasi. 5) immunitetning gumoral faktorlari(antitelolar, kompliment, qonning bakterisidlik xususiyati va boshqalar)

6) hujayra va to’qimalarning reaktivligi kiradi.

Yuqoridan aytib o’tilgan faktorlarning o’zaro mutanosib bo’lishi natijasida immunited shakllanadi.

Yuqumli kasalliklarga diagnoz qo’yishda immunitet reaksiyalaridan keyin foydalaniladi. Antigen va antitelolarning spesifikligi va o’zaro ta’sir reaksiyalari hisoblanadi. Immunited reaksiyalarigaasoslanib, yuqumli kasallik protsesida organizmning himoya kuchlari qanday o’zgarib borishni kuzatish munkin. Anglyutinatsiya, presipitasiya, toksin, neytralizasiya , kompliment bog’lash reaksiyasi va boshqalar immunited reaksiya hisoblanadi.

1   2   3   4   5   6



Похожие:

Mavzu : Kirish. “ Pediatriya va bolalar gigiyenasi ” fanining maqsad va vazifalari iconKinetika va kataliz faniga kirish maqsad va vazifalari

Mavzu : Kirish. “ Pediatriya va bolalar gigiyenasi ” fanining maqsad va vazifalari iconMavzu: Sinfdan tashqari o’qish darslarini maqsad va vazifalari

Mavzu : Kirish. “ Pediatriya va bolalar gigiyenasi ” fanining maqsad va vazifalari iconMavzu: Sinfdan tashqari o’qish darslarini maqsad va vazifalari va nutqni o’stirish

Mavzu : Kirish. “ Pediatriya va bolalar gigiyenasi ” fanining maqsad va vazifalari iconMavzu: Tutuq belgisining ishlatilishi Maqsad: 1 ta’limiy maqsad

Mavzu : Kirish. “ Pediatriya va bolalar gigiyenasi ” fanining maqsad va vazifalari iconPedagogikaning predmeti, maqsad va vazifalari

Mavzu : Kirish. “ Pediatriya va bolalar gigiyenasi ” fanining maqsad va vazifalari iconMadaniyatshunoslik fanining predmeti va vazifalari. «Madaniyat» tushunchasi talQini

Mavzu : Kirish. “ Pediatriya va bolalar gigiyenasi ” fanining maqsad va vazifalari iconTabiiy geografik tadqiqot usullari (metodikasi) fanining maqsadi, vazifalari, O‘rganish predmeti

Mavzu : Kirish. “ Pediatriya va bolalar gigiyenasi ” fanining maqsad va vazifalari iconAholi geografiyasi – iqtisodiy geografiyaning muhim va alohida tarmog’I. Fanning maqsad va vazifalari

Mavzu : Kirish. “ Pediatriya va bolalar gigiyenasi ” fanining maqsad va vazifalari iconMavzu: Eng ulug’ maqsad. Dars maqsadi

Mavzu : Kirish. “ Pediatriya va bolalar gigiyenasi ” fanining maqsad va vazifalari iconMavzu: Bayram urfodatlari Talimiy maqsad

Mavzu : Kirish. “ Pediatriya va bolalar gigiyenasi ” fanining maqsad va vazifalari iconMavzu: Ichkilikbozlik, giyohvandlik va kashandalik. Maqsad

Разместите кнопку на своём сайте:
Документы


База данных защищена авторским правом ©uz.denemetr.com 2000-2014
При копировании материала укажите ссылку.
обратиться к администрации