Документы



Tibbiyot institutlari talabalari uchun o‘quv adabiyoti o. S. Maxmudov bolalarning yuqmli icon

Tibbiyot institutlari talabalari uchun o‘quv adabiyoti o. S. Maxmudov bolalarning yuqmli

НазваниеTibbiyot institutlari talabalari uchun o‘quv adabiyoti o. S. Maxmudov bolalarning yuqmli
страница3/22
Дата16.08.2013
Размер1.26 Mb.
ТипДокументы
источник
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
1. /болалар юкум. лот.docTibbiyot institutlari talabalari uchun o‘quv adabiyoti o. S. Maxmudov bolalarning yuqmli

VIRUSLI JIGAR KASALLIKLARI (HEPATITIS VIROSA)


Turli viruslar keltirib chiqaradigan umumiy kasallik bo‘lib, uning yuqish yo‘llari xilma-xildir. Bu kasallik o‘tkir va surunkasiga kechadi. Hozirgi vaqtda virusli gepatitning A va V, shuningdek G va D turlari ma’lum.

Kasallik qo‘zg‘atuvchi omil. (Virusli jigar xastaligining A shakli). Bu kasallikni qo‘zg‘atuvchi virus tarkibida RNK (ribonuklein kislota) bo‘lib, o‘z xossasiga ko‘ra enteroviruslar guruxiga mansubdir. Viruslar 100°S haroratda 5 minut mobaynida halok bo‘ladi. Gepatit V ni qo‘zg‘atuvchi virus tarkibida DNK bo‘lib, u murakkab antigen tuzilishiga ega bo‘ladi (yuza qobiqli markazlashgan). Viruslar tashqi muhitga chidamli bo‘lib, 30 minut qaynatilganda nobud bo‘ladi.

Epidemiologiyasi. Virusli gepatitning A shakli juda yuqumli bo‘lib, (infeksion gepatit, Botkin kasalligi) u og‘iz, ichak va hazm yo‘llari orqali yuqadi.

Virusli gepatit V bilan kasallanganlarning 70— 80 foizida kasallik manbai bemor bo‘lib, kasallik yashirin davrining oxirida, sariqlik davri boshlangan va kasallik o‘tkir davrining dastlabki 12—15 kunidagi bemorlarning yuqumliligi eng yuqori hisoblanadi.

Gepatitning A shakli bilan asosan 3—14 yashar bolalar kasallanadilar. Kasallikning ma’lum sikl bo‘yicha rivojlanishi qayd qilingan. Infeksiya ko‘pincha bolalar muassasalarida tarqaladi. Bu kasallikni boshidan kechirgan odamlar organizmida turg‘un immunitet paydo bo‘ladi.

Virusli gepatit V. Virusli gepatit V da kasallikning o‘tkir va surunkali turi bilan og‘rigan bemorlar, shuningdek, gepatit V virusining yuza antigenini tashuvchi sog‘lom odamlar kasallik manbai bo‘lib hisoblanadi. Gepatit V virusi bemor qonida uzoq vaqtgacha saqlanib turadi. Gepatit V parenteral yo‘l bilan, virus teriga va shilliq qavatga tushganda yuqishi mumkin. V virusining yuza antigeni so‘lak, axlat va organizmning boshqa suyukliklari bilan ajralib chiqadi. Kasallik, ko‘pincha gepatit V virusi tashuvchilarining qonini va plazmasini bilmasdan sog‘lom odamga quyish orqali ham tarqaladi.

Virusli gepatit V bilan og‘rigan homilador ayollarda bu kasallik homilaga ham o‘tishi mumkin. Gepatit V bilan asosan bir yoshgacha bo‘lgan bolalar og‘riydi. Chaqaloklarga kasallik (tug‘ruq paytida) tarkibida V virusli bachadon suyuqligini yoki qonni yutib yuborganda ham yuqishi mumkin.

Bemorlar sog‘ayib ketgandan so‘ng, ularda turg‘un immunitet rivojlanadi. A va V gepatitlari serologik aloqasi bo‘lmagan agentlar orqali yuzaga keladi. Hozirgi kuzatishlar gepatit A va V ga sabab bo‘ladigan maxsus agentlar borligidan dalolat bermoqda. Gepatit A va V hamma yerda tarqalishi mumkin bo‘lsa-da, lekin bu kasalliklar posttransfuzion gepatitlar. orasida bir muncha ko‘proq uchraydi. Kasallik asosan kondan yoki uni o‘rnini bosadigan dorilardan o‘tadi, shuningdek, infeksiya tabiiy yo‘l bilan ham o‘tadi, degan taxminlar ham bor.

Gepatit A va V uchun kasallikning hamma yerda bir xil tarqalmasligi xos bo‘lib, bu kasallik suv ta’minoti yaxshi bo‘lmagan joylarda ko‘plab tarqaladi, katta yoshli kishilarga kasallik kamroq yuqadi, kasallik o‘chog‘i bo‘lgan hollar kam uchraydi.

Patogenezi. Gepatit A virusi organizmga me’da-ichak yo‘lining shilliq pardalari orqali o‘tadi. U ingichka ichak shilliq qavatlarida va mezenterial limfa tugunlarida ko‘payadi. Keyin virus qonda yig‘iladi va kasallik yashirin davrining ikkinchi yarmida, klinik manzarasi yuz berguncha birlamchi virusemiya (viruslarning ko‘payishi) rivojlanadi. Virus qon bilan butun organizmga tarqalsa-da, ammo jigar infeksiya ko‘payishi uchun eng qulay joy hisoblanadi. Bu davrda umumiy zaharlanish belgilari paydo bo‘ladi, jigar va taloq kattalashadi.

Gepatit V virusi terining zararlangan joyi orqali organizmga tushganda regionar limfadenit yuzaga keladi. Gepatit V virusi bilan zararlangan qon quyilganda esa virusemiya (ya’ni viruslar qon tomirlarida aylanib yuradi) paydo bo‘ladi, bu kasallik patogenezining keyingi bosqichlari xuddi virusli gepatit A dagi singari. Virusli gepatit V da sitoliz hodisasi jigar hujayralarida immunologik jarayonlarning kechishi bilan izohlanadi. Virusly gepatit V bilan og‘rigan bir qancha bemorlarda T- limfotsitlar kamayishi va funksional faoliyatning pasayishi sababli, T- sistemali immunitet faoliyati yo‘kolib ketadi. Virus ta’sirida kasallik yashirin davrining oxiriga borib, hujayra membranalarining o‘tkazuvchanligi oshib boradi va qon zardobidagi fermentlar faolligining oshishiga sabab bo‘ladi.

Kasallik avj olgan davrda gepatotsitlar sitolizi, xolestaz va mezenximaning yallig‘lanish reaksiyalari tufayli jigar zararlanadi. Sitolizda jigar to‘qimalarining parchalanishi natijasida oqsilning sintez qilinishi pasayib ketadi, gipoproteinekilya rivojlanadi, albuminlar darajasi pasayib, globulinlar miqdori ko‘payib ketadi.

Kasallikning og‘ir turlarida qon ivishi sistemasi buziladi, qonning tomir ichidagi ivish sindromi rivojlanishi mumkin. Vitaminlar yaxshi o‘zlashtirilmaydi, hujayra va hujayradan tashqaridagi suyuqliklar nisbati, pigment almashinuvi ancha buziladi. Jigar distrofiyasi rivojlanishida (to‘qimalarning parchalanishida) hujayra membranalari, lizosomalar o‘tkazuvchanligi va ulardagi proteolitik fermentlar faolligi oshishining ham axamiyati katta. Bular jigar hujayralarining tez yemirilishiga yordam beradi, bu jigar funksiyasini susaytiradi. Jigar distrofiyasida markaziy nerv sistemasi faoliyati buziladi va h. k.

Jigarning o‘tkir distrofiyasida markaziy nerv sistemasi faoliyatining buzilishi, jigarning qarshilik ko‘rsatish faoliyatining susayib ketishi bilan bog‘langan. Bunday hollarda qonda ammiak, fenollar, ba’zi aminokislotalarning to‘planishi ahamiyatlidir. Jigarning parchalangan to‘qimalari ham organizmga zaharli ta’sir qiladi. Gepatit durust kechgan hollarda organizm virusdan batamom xalos bo‘lib, unda immunitet shakllana boshlaydi. Gepatit V bilan og‘rishning ba’zi hollarida organizm virusdan batamom xalos bo‘lmasdan, virus tashuvchanlik shakllanadi. Gepatit V bilan og‘rigan qator bemorlarda kasallik surunkali tus oladi.

Klinikasi. Virusli gepatit A ning inkubaqion davri 7 kundan 50 kungacha, virusli gepatit V da esa 50 kundan 150 kungacha davom etadi.

Bu viruslar og‘iz orqali yuqqanda inkubatsion davr 14 nundan 50 kungacha davom etadi. Kasallikning kechishi uch davrga: sariqlikdan oldingi davr, kasallikning o‘tkir sariqlik davri va sog‘ayish (rekonvalessensiya) davriga bo‘linadi. Sariqlikdan oldingi davr 3—10 kun davom etib, darmonsizlik, tana haroratining ko‘tarilishi, ko‘pincha yallig‘lanish bilan kechadigan dispeptik buzilishlar, ba’zan jigar va taloqning kattalashgashshgi bilan xarakterlanadi. Holsizlik, bosh og‘rishi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, qorinda og‘riq kuzatiladi. Virusli gepatit V da kasallik asta-sekin boshlanadi. Bemorlarning ma’lum qismida artralgiya, bo‘g‘imlarda og‘riq seziladi. Virusli gepatit A va V larga siydikning to‘q sariq rangda bo‘lishi, axlatning esa rangsizlanishi xosdir. Har xil darajali sariqlik asta-sekin rivojlanadn, u avvalo ko‘z skleralarida, tanglayda, teri yuzasida paydo bo‘ladi. Ba’zan teri bir oz qichishadi. Siydik to‘q-sariq rangga kiradi, axlat rangsizlanadi, jigar kattalashib, paypaslaganda og‘riq seziladi. Sariqlik davri 10 kundan 20 kungacha davom etadi, shundan so‘ng sariklikka xos belgilar yo‘qolib ketadi va rekonvalessensiya davri boshlanadi. Bolalarda kasallik ko‘pincha o‘tkir boshlanadi, ya’ni isitma ko‘tariladi, bola qayt qiladi, jigar sohasida og‘riq seziladi, teri -qoplamlarida va ko‘z sklerasida juda erta sariqlik paydo bo‘ladi. Kasallik turli klinik formalarda — sariqlik yuzaga kelmaydigan va sariqlik juda tez paydo bo‘ladigan formalarda o‘tadi. Virus-li gepatitlarning sariqliksiz yuzaga kelgan turi yengil kechadi. Bemorlar bilan muloqatda bo‘lganda bu kasallik ayniqsa yosh bolalarda cho‘zilib ketishi mumkin. Jigar va taloqning kattalashishi, paypaslaganda og‘riq sezilishi kasallikning bu turiga xosdir. Kasallikning bu turi klinik-epidemiologik asosda laboratoriya usulida tekshirib aniqlanadi. Surunkali gepatitlar qaytalanib turadigan va faol turda kechishy mumkin. Surunkali gepatit bilan og‘rigan bolalarda jigar va taloqning kattalashganligi, sariqlik, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, ishtahaning pasayishi, anoreksiya, ozib ketish, terida tomirlarning ko‘karib qolgan joylari, kaftlar va tirnoqlarning o‘ziga xos o‘zgarishi, gipertenziya, ichak faoliyatining buzilishi, kamqonlik hollari qayd qilinadi.

Tashxisi. Gepatitning sariqlik rosmana ifodalangan turida, kasallikni aniqlashda unchalik qiyinchiliklar bo‘lmaydi. Kasallik sariqlikdan oldin va sariqliksiz kechadigan hollarda tashxis qo‘yish mushkullik tug‘diradi. Kasallik sariq kasalligi bor bemorlardan yuqqanda uning birinchi belgilari 7 kundan 50 kungacha, organizmga dori igna orqali yuborilganda yuqqanda esa 50—150 kungacha bo‘lgan muddatda bilinadi. Tashxis uchun umumiy darmonsizlik, haroratning subfebrtl bo‘lishi, ishtaha yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, kekirish, qabziyat, o‘ng biqinda og‘riq, jigarning kattalashishi, siydik, ayniqsa ko‘pigi to‘q rangda bo‘lishi, najasning rangsizlanishi muhim belgilardan hisoblanadi. Bolalar muassasalarida bu kasallikni erta aniqlash muxim ahamiyatga ega. Chunki bu kasallik kechikib aniqlanganda ko‘pchilikka yuqib qolishi mumkin. Kasallikni aniqlashda qonda bilirubin borligini kuzatish, siydikni esa sariqlik pigmentlari urobilinga va boshqa sinamalarga tekshirish zarur.

Fermentlar, transaminazalar (ALT miqdori 0,68 ni mmol/l bo‘lishi kerak) faolligini aniqlash ham tashxis qo‘yishda katta ahamiyatga ega. Virusli gepatitlar gripp va boshqa shamollash kasalliklari, mexanik sariqlik, oziq-ovqatdan zaharlanish, sariq leptospiroz, ko‘richak, yuqumli mononukleoz, leyshmaniozlarning visseral turi, angioxoletsistit, toksinli gepatit, o‘t yo‘li atreziyasi, karatinli sariqlik bilan differensial tashxis qiinadi.

Oqibati. Kasallik ba’zan yengil turda kechadi. Ulim hollari kamdan-kam ro‘y beradi. Bu hol asosan virusli gepatit V ning fulminant turi bo‘lishi mumkin. Kasallik sirroz bilan tugaydigan surunkali turiga aylanishi mumkin.

Davosi. Bemor butun kasallik davomida ko‘rpa-to‘shak qilib yotishi, parhezga rioya qilishi, berilayotgan ovqati tarkibida tuz, yog‘, ziravorlar kam bo‘lishi kerak. Bemorga tvorog, sabzavotlar, ho‘l mevalar, yoshiga qarab vitaminlar (askorbin kislota, nikotin kislota, V guruhi vitaminlari va boshqalar) berilishi kerak. Magneziyaning oltingugurtli birikmasi ham foydali (25% li eritmasidan choy, osh qoshiqdan kuniga 3—4 mahal beriladi). Mineral suvlar (17-son Yessentuki borjomi, Toshkent, Slavyan mineral suvlari) ovqatdan oldin 1/4—1/3 stakan miqdorda ilitib beriladi.

Kasallikning og‘ir turida intoksikatsiyaga qarshi tadbirlar ko‘rish, ozish uchun parhez tutish, tozalik huqnasi, glukozaning 20% li eritmasidan 20—40 ml yuborib turish, plazma (20—50 ml) quyish, V guruh vitaminlari (ayniqsa V6 vitamini) yuborish, gormonal davo o‘tkazish lozim.

Kasallikning oldini olish. Virusli gepatit V ning oldini olishda virusning me’da-ichak yo‘li orqali o‘tishining oldini olish lozim. Aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari va suv bilan ta’minlash, pashshalarga qarshi kurashish, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish shular jumlasiga kiradi.

Gepatit A bilan og‘rigan bemorlarni darhol ajratib qo‘yish zarur. Noqulay sharoitlarda yashaydigan (kommunal turar joylarda, yotoqxonalarda) bemorlarni kasalxonaga yotqizish kerak. Yashash sharoiti durust bo‘lgan, shaxsiy xonadonlarda turadigan bemorlar uylarining o‘zida alohida xonaga yotqiziladi. Uylar albatta dezinfeksiya qilinishi shart.

Bemor bilan aloqada bo‘lgan yosh bolalar orasida (bemor bilan oxirgi kontaktdan boshlab 50 kungacha) tibbny nazorat o‘rnatiladi. Immunoprofilaktika tadbirlari bu kasallik bilan ko‘proq zararlangan aholi o‘rtasida o‘tkaziladi. Immunoglobulin yoshga qarab quyidagi miqdorlarda: 1—6 yoshdagilarga -0,75 ml; 7—10 yoshdagilarga—1,5 ml va katta yoshli bola vazniga qarab 3 ml gacha yuboriladi.

A va V virusli gepatit qo‘zg‘atuvchilarining og‘izdan tashqari yo‘l bilan o‘tishi, gepatit virusi tarqalishining oldini olishda ko‘riladigan chora-tadbirlar kasallikning tabiiy va sun’iy tarqalish yo‘llarini bartaraf etishdan iborat. Bemorga qon va uning o‘rnini bosuvchilarni quyish uchun bir marta qo‘llanadigan vositalardan foydalanish kerak. Gepatit V yuqishining oldini olish uchun donorlarni yaxshilab tekshirish, barcha davolash va muhofaza muassasalarida gemotransfuziyani cheklash, iloji boricha, bir marta ishlatiladigan tibbiy va tahlilxona uskunalaridan foydalanish, teri qoplamlari va shilliq qavatlar shikastlanganda ishlatiladigan muolaja jihozlari va uskunalarni sterilizatsiyadan oldin tozalash, sterilizatsiya qilish qoidalariga qat’iy amal qilgan holda dezinfeksiya o‘tkazish zarur bo‘ladi.

Virusli gepatit V ga qarshi maxsus profnlaktika tadbirlarini o‘tkazish maqsadida 1990 yildan boshlab gepatit V antigenining yuqori virus tashuvchanligini hisobga olib, chaqaloqlar, 1—2 yoshli bolalar va tibbiy xizmatchilar orasida profilaktik emlash choralari o‘tkazilmoqda. Bu infeksiyaga qarshi emlashning to‘la kursi «gepatit V ga qarshi emlanishi lozim bo‘lgan bolalarni emlash tartibiga» muvofiq 4 marta amalga oshiriladi.


VIRUSLI GEPATIT BILAN OG‘RIB O‘TGAN BOLALARNI DISPANSERIZATSIYA QILISH


Virusli gepatitni boshdan kechirgan barcha bolalar kasallikning surunkali tus olishi va xunuk oqibatlarini bartaraf etish maqsadida doim vrach nazoratida bo‘lishlari lozim.

Birinchi tekshiruvda klinik-laboratoriya ko‘rsatkichlari yaxshi chiqqan bolalarni poliklinikada infeksionist yoki gastroenterolog (ular yo‘q bo‘lganda uchastka pediatri) har 3—6 oyda tekshirnb turadi. Klinik-laboratoriya ko‘rsatkichlarn yaxshi bo‘lgan bemorlar 6 oydan keyin dispanser hisobidan chnqarib tashlanadi.

Gepatit V, delta-infeksiya bilan og‘rib o‘tganlar, A va V gepatitlari virusli gepatit bilan differensiallanmagan bemorlar kuzatuv mobaynida kasalxonada davolanish bilan birga ambulatoriya tekshiruvidan o‘tadilar. Birinchi marotaba tekshirilganda klinik-laboratoriya ko‘rsatkichlari yaxshi chiqqan bolalar 3, 6, 9 va 12 oylardan keyin qayta tekshiriladi. Hamma klinik laboratoriya ko‘rsatkichlari yaxshi bo‘lgan bemorlar kasalxonadan chiqqanlaridan 12 oy o‘tgach xisobdan chiqarilib yuboriladi.


GEMORRAGIK ISITMALAR

Bular tabiiy o‘choqli viruslar quzg‘atadigan o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, zaharlanish, isitma va gemorragik sindromlar bilan xarakterlanadi. Bu guruhga 10 dan ortiq kasallik turlari kirib, ulardan gemorragik isitma (buyrak sindromlari bilan) yoki uzoq sharq gemorragik isitmasi, Qrim isitmasi (uning turlaridan biri Markaziy Osiyo xili) va Omsk isitmasi uchraydi.


GEMORRAGIK ISITMA (BOSHLANG‘ICH SINDROM BILAN)


Etiologiyasi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi arboviruslar guruhiga mansubdir. Virus tashqi muhitga uncha chidamli bo‘lmaydi.

Epidemiologiyasi. Xozirgi vaqtda yovvoyi sichqonsimon kemiruvchilar (ondatralar va boshqalar) ni kasallik tarkatuvchilar deb hisoblash rasm bo‘lgai. Kasallik kemiruvchilar bilan bevosita aloqada bo‘lganda qanday yuqsa, bilvosita aloqada bo‘lganda ham shunday yuqadi. Qo‘zg‘atuvchilar transmissiv (qon so‘ruvchi bo‘g‘im oyoqlilar), alimentar, aspiratsion yo‘l va bevosita kemiruvchilar orqali yuqadi.

Gemorragik isitma bilan barcha yoshdagi kishilar kasallanadi. 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar va 50 yoshdan oshgan qariyalar kamdan-kam og‘riydi. Kasallikdan so‘ng mustahkam immunitet hosil bo‘ladi.

Patogenezi. Virus teri yoki shilliq pardalar orqali organizmga tushib, retikuloendotelial hujayralarda ko‘payadi, so‘ngra qonga o‘tib, virusemiya — umumiy zaharlanishni keltirib chiqaradi.

Viruslarning vazotrop xususiyatlari shunda namoyon bo‘ladiki, ya’ni bunda qon tomiri devorlarining o‘tkazuvchanligi oshib ketadi, bu kasallik uchun patologik hisoblangan to‘qimadagi plazmorreyaning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Natijada perivaskulyar shish, ko‘plab qon quyilishi va nekrobioz o‘choqlarining paydo bo‘lishi kuzatiladi.

Kasallikning patogenezi kapillarotoksikoz, gemorragik toshmalar, ko‘plab qon quyilishi, ichki a’zo to‘qimalari va markaziy nerv sistemasining zararlanishi, shish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Kasallik avj olganda ko‘pincha gipotalamogipofizar, buyrak usti bezi yetishmovchiligi va infeksion toksinli shok xolat yuzaga keladi.

Kapillarlar va mayda qon tomirlari devorlarining zararlanishi bilan kechadigan virusemiya kasallik boshlang‘ich davrining (1—3 kun) belgilarini keltirib chiqaradi. Buyrakning siydik ajratish qobiliyatining o‘tkir buzilishi viruslarning buyrak tomirlarga bevosita ta’siri bilan bog‘langan.

Oliguriya, og‘ir hollarda esa anuriyaning kelib chiqishi buyrak yetishmovchiligining belgilari bo‘lib, bu elektrolit va azot almashinuvnning buzilishiga ham olib keladi.

Poliuriya davrida buyrak patologiyasini keltirib chikaruvchi funksional buzilishlar asosida kanalchalar epiteliysining siydikni reabsorbsiya qilish qobiliyatining pasayishi va buyrak tugunlarida filtrlanishning kamayishi va aftidan endokrin bezlar ish faoliyatining buzilishi yotadi.

Klinikasi. Kasallikning yashirin davri o‘rta hisobda 15 kunni tashkil etib, 10 kundan 25 kungacha o‘zgarib turishi mumkin. Kasallik odatda o‘tkir boshlanadi. Kasallik boshlanishining old davri 2—4 kun davom etib, bemorni ko‘ngil aynishi, behol bo‘lish, tez charchab qolish, boshning peshona, chakka kismida va ko‘z kosalarida og‘riq bezovta qiladi, ishtaha pasayib, oyoq-qo‘llarda va butun tanada og‘riq paydo bo‘ladi, uyqu buzilib, tomoq qichishadi.

Kasallikning boshlang‘ich davrida birdaniga harorat. 38—40—41°S ga ko‘tarilib, yuz, bo‘yin, ko‘krakning yuqori qismi ko‘karib ketadi, sklera — ko‘z oqiga qon kuyiladi.

Kasallikning 2—4- kunida oliguriya davri kuzatilib, u buyrak va gemorragik belgilar bilan o‘tadi. Harorat tushgandan so‘ng MNS va buyrak zararlanishi natijasida bemorning umumiy ahvoli yaxshilanmaydi. Uzoq Sharq mintaqasi uchun terida petexial yoki mayda nuqtasimon toshmalarning paydo bo‘lishi xos bo‘lib, bu narsa og‘ir gemorragik asoratlarning kelib chiqishidan darak beradi. Bunday asoratlardan eng og‘iri buyrakdan qon ketishidir. U goho makrogematuriya, ba’zan esa mikrogematuriya ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.

Nafas olish a’zolari kamdan-kam hollarda zararlanadi. Me’da-ichak yo‘lining zararlanishi, ko‘ngil aynishi va qayt qilish, chiriyotgan qon hidining kelishi, qorinda meteorizm va og‘riqning paydo bo‘lishi, og‘riq asosan qorinning o‘ng qismida, o‘ng qovurg‘alar ostida va kindik atrofida kuzatiladi. Abdominal belgilarga yaxshi e’tibor bermaslik, me’da yarasining teshilishi — peritonit, appenditsit kabi kasalliklarga taxmin qilib, noto‘g‘ri tashxis qo‘yish natijasida keraksiz operatsiyalarni o‘tkazishga ham ba’zan sababchi bo‘ladi.

Gemorragik isitmaning asosiy belgilaridan biri chanqoqlik bo‘lib, poliuriya davrining oxiriga borib chanqash juda kuchayadi.

Ko‘rishning buzilishi, ko‘zning qichishi, ko‘rish o‘tkirligining pasayishi va ko‘zning xiralashishi — kasallikning odatiy belgilaridan hisoblanadi. Oq qon tanachalarida sezilarli o‘zgarishlar yuz berib, dastlabki kunlar bir oz leykopeniya yoki normotsitoz aniqlanadi. Trombotsitlar soni kamayib ketadi. Bundan tashqari, qonda gipokoagulyatsiya va giperkoagulyatsiya kuzatiladi.

Sog‘ayish davri 3—12 oy. Kasallik yengil, o‘rtacha og‘irlikda va og‘ir kechadi. Kasallikning og‘ir turi buyrakning siydik hosil qilish va siydik ajratish funksiyasining buzilishi bilan xarakterlanib, uremiya belgilari, azot qoldiqlarining ko‘rsatkichlari (65,2 dan 142,8 mmol/l gacha, anuriya yoki oliguriya, sutkalik diurez 200—300 ml dan kam bo‘ladi), kuchli gemorragik belgilari va MNS zararlanishi bilan kechadi. Ba’zan o‘tkir tomir yetishmovchiligi va me’da-ichak yo‘llarining kuchli zararlanishi bilan kechadigan xillari ham kuzatilishi mumkin.

Bir oz uremiya belgilarining paydo bo‘lishi kasallikning o‘rtacha og‘irlikda kechadigan turiga xosdir.

Kasallik yengil kechganda azot qoldig‘ining miqdori normada bo‘lib, uremiyaning klinik belgilari kuzatilmaydi, sutkalik diurez miqdori normada bo‘ladi yoki ozgina kamayishi mumkin.

Asoratlari. Azotemik uremiya, buyrak po‘stloq qismining yorilib ketishi, zotiljam, parotitlar, otitlar va boshqalar.

Tashxisi va qiyosiy tashxisi. Klinik belgilarga asoslanib kasallikka xos tashxis qo‘yiladi (buyrak, yetishmovchiligi belgilari bilan isitma chiqishi, og‘ir hollarda gemorragik holatlarning kuzatilishi). Siydikda yuz beradigan o‘zgarishlarni ham hisobga olish kerak. Oqsil, eritrotsitlar paydo bo‘lganda ba’zan kanalchalarning degenerativ hujayralariii va fibrinli silindrlarni ko‘rish mumkin. Kasallikni differensial tashxis qilishda gripp, toshmali tif, sariqsiz leptospiroz, o‘tkir nefrit, o‘tkir qorin og‘rig‘i, toshmali terlama, Ku-isitmasi, sepsis, kapillarlar toksikozi kabi kasalliklarni hisobga olish kerak. Kasallikning 19-kunidan boshlab poliuriya boshlanadi, sutkalik diurez miqdori 3—5 litrga yetadi. Nerv sistemasi zararlanishining belgilari miyaning infeksion-toksik shishishiga bog‘liqdir.

Davosi. Davo laboratoriya, «Sun’iy buyrak» bilan jihozlangan maxsus bo‘limlarda olib borilishi zarur. Og‘ir hollarda 3—4 hafta davomida bemor ko‘rpa-to‘shak qilib yotishi lozim. Kasallik og‘ir kechganda 2— 3 hafta sutli va o‘simlik mahsulotlaridan tayyorlangan parhez taomlar yeyish, ko‘p-ko‘p suyuqlik ichish zarur. Isitmalash davrida katta miqdorlarda askorbin kislota, V1 812, R, RR vitaminlari yoki mushak ichiga natriy nikotinat (oxirgisi gemorragik belgilar rivojlangan vaqtda) tavsiya etiladi.

Etiotrop dori-darmonlarning yo‘qligi sababli asosiy o‘rinni patogenetik terapiya egallaydi, u buyrak yetishmovchiligini davolash va profilaktika qilishga, suv va tuz almashinuvini sozlashga, yurak-tomir faoliyatini quvvatlab turishga, tomirlar devori rezistentligini saqlashga, asoratlarning oldini olishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.

Antigistamin preparatlari (dimedrol, pipolfen) ni qo‘llash ham maqsadga muvofiqdir, bular kapillarlar o‘tkazuvchanligini pasaytirishi natijasida buyrak oraliq to‘qimalari jadalligini kamaytiradi. Natriy xloridning izotonik eritmasi, glukoza, gemodez tavsiya etiladi. Tomirlar yetishmovchiligi rivojlangan vaqtda 5% li albumin plazmasi, reopoliglyukin quyiladi. Infeksion-toksik shok holatining kelib chiqishi xavfi tug‘ilgan vaqtda prednizolon, gidrokortizon buyuriladi. Yurak yetishmovchiligi yuz berganda venaga korglikon yoki strofantinni bo‘lib-bo‘lib yuboriladi, og‘riqqa qarshi analgin, promedoldan ukol qilinadi. Ikkilamchi infeksiya qo‘shilgan vaqtda antibiotiklar tayinlanadi.

Kasallikning oldini olish. Profilaktik chora-tadbirlar odamlarni kemiruvchilar bilan kontaktda bo‘lishining oldini olishga qaratilgan.

1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22



Похожие:

Tibbiyot institutlari talabalari uchun o‘quv adabiyoti o. S. Maxmudov bolalarning yuqmli iconДокументы
1. /Matematika. BTM yo`nalishi talabalari uchun o`quv uslubiy tavsiyalar (II kurs talabalari...
Tibbiyot institutlari talabalari uchun o‘quv adabiyoti o. S. Maxmudov bolalarning yuqmli icon1,2-bosqich talabalari uchun

Tibbiyot institutlari talabalari uchun o‘quv adabiyoti o. S. Maxmudov bolalarning yuqmli iconДокументы
1. /O'z Mumtoz adabiyoti/O'z Mumtoz adabiyoti.doc
Tibbiyot institutlari talabalari uchun o‘quv adabiyoti o. S. Maxmudov bolalarning yuqmli iconOta –ona hamda voyaga yetmagan bolalarning shaxsiy huquq va majburiyatlari

Tibbiyot institutlari talabalari uchun o‘quv adabiyoti o. S. Maxmudov bolalarning yuqmli iconXalq ta’limi pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlari tinglovсhilarining malaka oshirganlik to’g‘risidagi diplom va sertifikatlarini ro‘yxatga olish tizimidan foydalanish bo‘yicha

Tibbiyot institutlari talabalari uchun o‘quv adabiyoti o. S. Maxmudov bolalarning yuqmli iconДокументы
...
Tibbiyot institutlari talabalari uchun o‘quv adabiyoti o. S. Maxmudov bolalarning yuqmli iconДокументы
1. /Texnika yo`nalishi bo`yicha ta'lim olayotgan I-kurs talabalari.doc
Tibbiyot institutlari talabalari uchun o‘quv adabiyoti o. S. Maxmudov bolalarning yuqmli icon8- sinf ona tili va adabiyoti

Tibbiyot institutlari talabalari uchun o‘quv adabiyoti o. S. Maxmudov bolalarning yuqmli iconTibbiyot kolleji sonli

Tibbiyot institutlari talabalari uchun o‘quv adabiyoti o. S. Maxmudov bolalarning yuqmli iconBiologik kimyodan 2013-2014 O`quv yili uchun ma`ruzalar kalendar rejasi pediatriya, tibbiy pedagogika va davolash ishi fakul’tetlari uchun (III-IV cemestr)

Tibbiyot institutlari talabalari uchun o‘quv adabiyoti o. S. Maxmudov bolalarning yuqmli iconДокументы
1. /Jahon adabiyoti.doc
Разместите кнопку на своём сайте:
Документы


База данных защищена авторским правом ©uz.denemetr.com 2000-2014
При копировании материала укажите ссылку.
обратиться к администрации