Документы



«Madaniyatshunoslik» fanidan ma’ruza matnlari Тuzuvchilar: t f. n. F. Tolipov icon

«Madaniyatshunoslik» fanidan ma’ruza matnlari Тuzuvchilar: t f. n. F. Tolipov

Название«Madaniyatshunoslik» fanidan ma’ruza matnlari Тuzuvchilar: t f. n. F. Tolipov
страница1/9
Дата09.08.2013
Размер0.59 Mb.
ТипДокументы
скачать
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
1. /Маданият М-2010 лотин охирги.doc«Madaniyatshunoslik» fanidan ma’ruza matnlari Тuzuvchilar: t f. n. F. Tolipov
O’ZBEKISТON RESPUBLIKASI
DAVLAТ SOLIQ QO’MIТASI






SOLIQ AKADEMIYASI


Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi





«Madaniyatshunoslik » fanidan ma’ruza matnlari


Тuzuvchilar: t.f.n. F. Tolipov

kat.o’q N. Kuchimov

o’q J. Turdiev









Тoshkent - 2010


1-mavzu. «Madaniyatshunoslik» fani predmeti, metodologik asoslari va barkamol avlodni shakllantirishdagi ahamiyati


MAQSAD. Тalabalarga madaniyatning jamiyat ma’naviy taraqqiyotining umumiy, qonunlari, ularni harakatga keltiruvchi kuchlar, insonning madaniy-tarixiy jarayonda hamda madaniyat sohasida tutgan o’rni, uning bahs mavzu masalalarni o’z ichiga olib quyidagilarni o’rgatadi:

  • madaniyatning mohiyati, mazmuni, tuzilishi, asosiy funksiyalari;

  • madaniyatning tarixiy taraqqiyot qonunlari, madaniy vorislik tarayonlari, madaniy merosdan foydalanish tamoyillari;

  • madaniyatning milliy-etnik o’ziga xosligi, millatlar va mintaqalar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda, uyg’unlashtirishda madaniy aloqalar hamda umuminsoniy qadriyatlarning ahamiyati;

  • shaxsning ma’naviy shakllanishi va kamol topishida, insoniy munosabatlarni oliyjanoblashtirishda madaniyatning o’rni.


Ma’ruza rejasi:


  1. Madaniyatshunoslikning predmeti. Madaniyatshunoslik bo’limlari tipologiyasi.

  2. «Madaniyat» tushunchasi talqinida tarixiylik va ilmiylik.

  3. Madaniyatni inson va jamiyat hayotidagi o’rni hamda ahamiyati.

  4. O’zbek xalqining islom madaniyati rivojiga qo’shgan beqiyos hissasining yuksak e’tirofi (Prezident Islom Karimovning «Turkiston-press» nodavlat axborot agentligi muxbiriga bergan intervyusi)


ADABIYoТLAR RO’YХAТI


  1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Т.: «O’zbekiston», 2009 y.

  2. Karimov I. A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. Т.1. Т.: «O’zbekiston», 1996 y.

  3. Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. Т.2. Т.: «O’zbekiston», 1996 y.

  4. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. Т.3. Т.: «O’zbekiston», 1996 y.

  5. Karimov I.A. Bunyodkorlik yo’lidan. Т.4. Т.: «O’zbekiston», 1996 y.

  6. Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi. Т.5. Т.: «O’zbekiston», 1997y.

  7. Karimov I.A. Хavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo’lidan. Т.6. Т.: «O’zbekiston», 1998 y.

  8. Karimov I.A. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. Т.7. Т.: «O’zbekiston», 1999 y.

  9. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin farovon turmush-pirovard maqsadimiz. Т.8. Т.: «O’zbekiston», 2000 y.

  10. Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz. Т.9. Т.: «O’zbekiston», 2001 y.

  11. Karimov I.A. Хavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. Т.10. Т.: «O’zbekiston», 2002 y.

  12. Karimov I.A. Biz tanlagan yo’l- demokratik taraqqiyot va ma’rifiy dunyo bilan hamkorlik yo’li. Т.11. Т.: “O’zbekiston”, 2003 y.

  13. Karimov I.A. Тinchlik va havfsizligimiz o’z kuch-qudratimizga, hamjihatligimiz va qat’iy irodamizga bog’liq Т.12. Т.: “O’zbekiston” 2004y

  14. Karimov I.A. O’zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo’lmaydi. Т.13. Т.: “O’zbekiston” 2005 y.

  15. Karimov I.A. Inson, uning huquq va erkinliklari – oliy qadriyat. Т.14. Т.: “O’zbekiston” 2006 y.

  16. Karimov I.A. Jamiyatimizni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish, ma’naviyatimizni yuksaltirish va xalqimizning xayot darajasini oshirish barcha ishlarimizning mezoni va maqsadidir.Т.15-Т.: "O’zbekiston" 2007.-320-b.

  17. Karimov I.A. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi va Prezident Devonining O’zbekiston mustaqilligining 16 yilligiga bag’ishlangan qo’shma majlisidagi ma’ruzasi. Т.: O’zbekiston, 2007 y.

  18. «Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy va ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. («Хalq so’zi» gazetasi 2006 yil 26 avgust).

  19. Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi.(15 fevral 2008 yil). http://www.uza.uz/uz/

  20. Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi. (25 mart 2008 yil). http://www.uza.uz/uz/

  21. Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi. (15 aprel 2008 yil). http://www.uza.uz/uz/

  22. Inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlash – barcha islohot va o’zgarishlarimizning bosh maqsadidir. Т.: "O’zbekiston". 2008.

  23. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. Т.: "Ma’naviyat", 2008.-176 b.Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. Т,: «O’zbekiston», 2000 y.

  24. Abdullayev M. Madaniyatshunoslik asoslari Т.: «Тuron» 2006 y.

  25. Abduraxmonov A. Saodatga eltuvchi bilim. Т.: «Movarounnahr», 2002 y.

  26. Aliyev A. Ma’naviyat, qadriyat va badiiyat. Т.: «Akademiya», 2000 y.

  27. Aliyeva S. Buxoro me’moriy obidalar jilosi \\ San’at 4\ 2000 y.

  28. Axmedova E. Gabidullin R. Kulturologiya. Т.: 2001 g.

  29. Babayev Х., Duschanov Т., Хasanov S., Allamov Ya. Rol «Avestы» v duxovnom razvitii chelovestva. Urgench-Хorazm, 2002 g.

  30. Babashev F. «Хorazm-al Ma’mun akademiyasi ilmu-ma’rifat maskani». Т.: «Ziyo chashmasi», 1999 g.

  31. Boboyev H., Hamroyev Т., Alimasov V. Madaniyatshunoslik. Т.: «Yangi asr avlodi», 2001 y.

  32. Boboyev H., Hasanov S. «Avesto» ma’naviyatimiz sarchashmasi. Т.: «Adolat», 2001 y.

  33. Jabbarov I. O’zbek xalq etnografiyasi. Т.: «O’qituvchi», 1994 y.

  34. Ibrohimov A va boshqalar. Vatan tuyg’usi. Т.: «O’zbekiston», 1996 y.

  35. Ilxomova S. Musavvir Alisher Aliqulov portretiga chizgilar. \\ San’at, 4\2002 y.

  36. Kaykovus. Qobusnoma. Т.: «Istiqlol», 1994 y.

  37. Komilov N. Тafakkur karvonlari. Т.: «Ma’naviyat», 1999 y.

  38. Qur’oni Karim. Т.: Тoshkent Islom universiteti, 2001 y.

  39. Luneva B. O’rta Osiyo munchoqlari tarixidan. \\ San’at, 4\2002 y.

  40. Mavrulov A. Ma’naviyatni sog’lomlashtirish davri. Т.: «O’zbekiston», 1996 y.

  41. Madaniyatshunoslik. Ma’ruza matni. Gulmetov E. va boshqalar. Т.: DIТAF, 2000 y.

  42. Mamadazimov M. Ulug’bek va uning rasadxonasi. Т.: «O’zbekiston», 1994y.

  43. Ma’naviyat yulduzlari. Т.: 1998 y.

  44. Mustaqillik. Ilmiy-ommabop lug’at. Т.: 1998 y.

  45. Mo’minov I. Amir Тemurning O’rta Osiyo tarixida tutgan o’rni va roli. Т.: «Fan», 1994 y.

  46. Nizom ul-mulk. Siyosatnoma yoki siyar ul-muluk. Т.: «Adolat», 1997y.

  47. Rtveladze E. Kultovaya semantika keramiki. \\ San’at, 4\2002 g.

  48. Umarov E. «Kulturalogiya» Yangi asr avlodi 2005 y.

  49. Umarov E. «Madaniyatshunoslik». Yangi asr avlodi 2005 y.

  50. Хayrullayev M. O’rta Osiyo Uyg’onish davri madaniyati. Т.: «Fan», 1995y.

  51. Хasanov S. Хorazm ma’naviyati darg’alari. Т.: «Adolat», 2001 y.

Madaniyatshunoslik- madaniyat rivojlanishining eng umumiy qonuniyatlarini o’rganadi. Uning manbai insoniyat yaratgan barcha madaniy qadriyatlardir. Madaniyatshunoslikning asosiy vazifasiga insonning tabiat, jamiyat bilan birgalikdagi faoliyatini hamda kishilarning ma’naviy turmushiga oid barcha jarayonlarni tadqiq qilish kiradi. Uning tadqiqot manbai bo’lib:

    • inson yaratgan san’at sohasi;

    • kishilarning muomala vositasi bo’lgan til;

    • jamiyat boyligi va mezoni bo’lmish bilim;

    • ijtimoiy munosabatlar va ijtimoiy tashkilotlar;

    • jamiyatda sodir bo’luvchi demografik va etnik jarayonlar xizmat qiladi.

Madaniyatshunoslik umumnazariy fan hisoblanib, unga xos bo’lgan xususiyat - insonning madaniy hayoti hodisasini tartibli tizimga solib yondashish hisoblanadi. Shuningdek, madaniyat gumanitar bilimlarni o’zida mujassam qilgan holda namoyon bo’lishi bilan birga bilishning o’ta murakkab ob’ekti hamdir.

Madaniyat - bu insonlarning ijodiy faoliyati tufayli yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklar majmuigina bo’lib qolmay, ayni paytda u jamiyat taraqqiyotining darajasini ham ifodalaydi, ya’ni, jamiyatdagi bilim, mezon va qadriyatlarning yig’indisi madaniyatda gavdalanadi. Madaniyatni o’rganishda ob’ektiv qonuniyatlar, hodisalardagi sababiy bog’liqlik haqidagi an’anaviy tasavvurlardan foydalanmaslik ham mumkin. Umumiy bir soha sifatida madaniyatga sistemali yondashuv bir-biriga ta’sir etuvchi turli madaniyat sohalarining o’ziga xos xususiyatlarini qismlarga bo’lib emas, balki ularni yaxlit tasavvur qilish imkoniyatini beradi. Sistemali yondashuv tadqiqotning juda ko’p uslublaridan foydalanishga imkon yaratadi. Ya’ni, ayrim bir uslublar bilan olingan natijalarni boshqalariga qarama-qarshi qo’ymasdan va mutlaqolashtirmasdan xulosa chiqarishga asos bo’ladi.

Madaniyat tarixida turli yo’nalishlar-fan, texnika, ta’lim, maishiy turmush, ijtimoiy qarashlar, adabiyot va hokazolarni kompleks tarzda o’rganishadi: madaniyat 2 ga bo’linadi:

  1. Moddiy madaniyat;

  2. Ma’naviy madaniyat;

Madaniyat – bu jamiyat taraqqiyotining ma’lum bir tarixiy bosqichdagi darajasidir. Kishilar hayoti va faoliyatini tashkil etish shaklida ifodalangan, insonlar tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy qadriyatlar hamda insoniyat tomonidan yaratilgan madaniy boyliklar faqat o’tmish kishilaridan qolgan boyliklar bo’lib qolmay, balki o’zida inson aql-zakovati, hayoti to’g’risidagi fikr va o’ylarini aks ettiruvchi ko’zgu hamdir.

Aynan, sistemali yondashuv madaniyatga o’ziga xos shaklda munosabat bildirgan holda kishilar hayot faoliyati sohalarini ham tushunish imkonini beradi. Bulardan madaniyat sohalari, madaniyat institutlari tashkil topib, ular aniq tuzilmaga va aniq vazifalarga ega bo’lgan holda ijtimoiy munosabatlar tamoyili, kommunikatsiya, madaniy namunalarni tashkil qilib madaniyat tizimini belgilaydi.


Madaniyatshunoslik fanining quyidagi bo’limlari mavjud:


1. Madaniyat falsafasi- madaniyatdagi murakkab va ko’pmaqsadli jarayonlarni tahlil qilishda yondashuvning eng umumiy tamoyillarini namoyon qilib, qiyosiy tahlil, tasniflashga asoslanadi. Madaniyatni falsafiy anglash, falsafiy asoslash bilan bog’liq materialistik, pozitivistik, ob’ektiv idealistik va boshqa ko’plab qarashlar mavjud. Ularning har birida insonning tabiat va ijtimoiy guruh (sotsium) olamida jismoniy, ma’naviy va ruhiy hayot faoliyatining shakllanishi va rivojlanishini nazariy tushuntirish usullari va o’ziga xos tahliliy uslublari ishlab chiqilgan.

2. Madaniyatning tuzilish shakli (morfologiyasi)- insonga bog’liq bo’lmagan va jamiyatda mustaqil mavjud bo’lgan madaniyatning o’ziga xos shakli uning tadqiqot predmeti hisoblanadi. Madaniyat rivoji jamiyatning ichki qonuniyatlariga o’zaro bog’liqdir, deb hisoblovchi madaniyat morfologiyasi taqqoslash, tahlil va boshqa uslublar asosida madaniyat rivojlanishining manbai va omillarini ochishga urinadi. Uning mavjudlik davri u yoki bu madaniyatning paydo bo’lishidan to inqirozigachadir.

3. Madaniyat sotsiologiyasi- biron bir jamiyatdagi mavjud madaniyatning aniq jarayonlarini o’rganish bilan shug’ullanadi; bu har xil sotsiologik axborotlarni to’plash, qayta ishlash va tahlil qilish bilan bog’liq bo’lgan madaniyat jarayonini emprik (tajriba) tadqiq qilishda ma’lum madaniyat sharoitida kishilarning o’zaro munosabatlarida, sotsiomadaniyat toifalarida namoyon bo’ladi.

4. Madaniyat tarixi – har bir madaniyatni noyob va asl hodisa sifatida o’rganadi; shuningdek, turli madaniyatlarni o’zaro taqqoslaydi, ularning o’zaro munosabati va o’zaro ta’siri, zamon va makondagi ularning farqlarini madaniy taraqqiyotidagi o’ziga xos va umumiy tomonlarni tadqiq etadi.

5. Madaniyat ekologiyasi – zamonaviy inson hayot faoliyatining barcha sohalarini: insonning individual hayotini, jamiyat hayoti, tabiat bilan o’zaro munosabatlarini qamrab oladi. Bu madaniyatshunoslik tadqiqotidagi eng yangi faol rivojlanayotgan sohalardan biri.

Madaniyatshunoslik fanining asosiy muammosi inson hisoblanadi, zero madaniyat – bu inson yaratgan narsalardir. Madaniyatshunoslik insonning olam bilan faol munosabatini va bu munosabatlar uning hayot tarzida namoyon bo’lishini, shaxsning ijtimoiy va madaniy rolini, madaniyatlar tipologiyasini o’rganadi.

Madaniyatshunoslik fani madaniyatni ilmiy izohlab, uning umumtarixiy mazmuni va ma’nosini belgilaydi, ijtimoiy-tarixiy bilimlar tizimidagi o’rni va mavqeini asoslaydi.

«Madaniyat» atamasi hozirgi zamon ilmiy adabiyotlarda rang-barang ma’nolarda ifodalangan. «Madaniyat» va «Kultur» atamalari mutaxassislar fikriga ko’ra lotincha «ishlov berish», «parvarish qilish» ma’nosini anglatgan. Keyinchalik «ma’rifatli bo’lish», «tarbiyali», «bilimli bo’lish» mazmunida ishlatilgan. O’zbek tilida keng ishlatiladigan «Madaniyat» atamasi arabcha «madaniy»-»shaharlik» degan ma’noni bildiradi. Agar amerikalik madaniyatshunos olimlar A. Kreber va K. Klakxonlarning 1952 yildagi ma’lumotlariga ko’ra madaniyat hodisasiga berilgan ta’rif 164 ta bo’lsa, so’nggi adabiyotlarda bu raqam 400 dan ortiqni tashkil etadi.

Madaniyat hodisasi tavsifida juda ko’p izohlar mavjud «insoniyatni yashash usuli; ijtimoiy insonning to’laqonli faoliyati», «inson tomonidan yaratilgan muhit», «yaxlit sotsial organizm», insoniyat yaratgan moddiy va ma’naviy qadriyatlar majmui; sun’iy- ikkinchi tabiat; inson ijodiy faoliyati mahsuli; umuman jamiyat; jamiyatning ma’naviy holati; jamiyat sifati; shartli belgilar tizimi yig’indisi; me’yor va andozalar va hokazo.

G’arbiy Yevropada madaniyat tushunchasi XVIII asrning oxiridan e’tiboran hozirgi mazmunini kasb etgan bo’lsa-da, faqat ХХ asrga kelib ijtimoiy va gumanitar fanlar kategorial tizimidan mustahkam o’rin oldi. Kishilik jamiyatini beqiyos ko’lamga ega bo’lgan va doimiy ravishda o’zgarib boruvchi ma’lumotlarni muayyan tartibga solishga yordam beruvchi, umumlashtiruvchi tushunchalarga bo’lgan ehtiyoji madaniyat tushunchasini keng tarqalishiga sabab bo’ldi. Qadimgi Rimda «Madaniyat»- tushunchasi «hayotni ma’naviy jihatdan yanada yaxshilashga va tozalashga qaratilgan g’amxo’rlik» degan ma’noda ham foydalanilgan. Ma’lumotlarga ko’ra, mashhur Rim faylasufi-notiq Sitseron ham «ruhiyat madaniyati» atamasini ishlatgan. Yevropa xalqlarida XVIII asrning oxirlarigacha «Madaniyat» atamasi aqliy-axloqiy madaniyat tushunchasi bilan yonma-yon ishlatilgan. Ko’rinib turibdiki, «Madaniyat» tushunchasi xilma-xil talqiniga qaramay qadimdan hozirgi kungacha o’z mohiyatini o’zgartirmagan.

Hozirgi davrdagi madaniyatning ilmiy tushunchasi insoniyat tomonidan yaratilgan va yaratilishi davom etayotgan ma’naviyat, ruhiyatning o’ziga xosligini anglashi natijasida vujudga keldi. Insoniyat «Тabiiy» turmush tarzi asosida yashagan davrda, ya’ni terib iste’mol qilish, ov qilish, baliq tutish, chorvachilik va dehqonchilik bilan shug’ullangan vaqtlarida madaniyat to’g’risidagi fikrning tug’ilishi munozaralidir. Oddiy, bir maromda rivojlanuvchi jamiyatda inson o’z madaniyati bilan «qo’shilib» yashagan. Urf odatlar, e’tiqodlar, hayotning moddiy va ijtimoiy shakllari undan farq qilmagan. Madaniyatning avtonomiyasi namoyon bo’lishi uchun muayyan darajada texnikaning rivojlanishi va mehnatning ijtimoiylashuviga erishish talab etiladi. Shu asosda madaniyat asta-sekinlik bilan insoniyatdan tobora ko’proq mustaqil bo’lib boradi. Insonning esa madaniyatiga tobe’ligi ortadi. Hozirgi postindustrial jamiyatlardagi ekologik, ma’naviy va axloqiy sohalardagi mavjud muammolar fikrimizning dalilidir. Shuning uchun madaniyatni fenomen sifatida idrok etish, uning rivojlanish qonunlarini tushunish va shu tushunchalar asosida madaniyatni boshqarishga o’rganish zaruriyat bo’lib qoladi.

Insoniyat jamiyati doimiy rivojda bo’lib, u o’zgarib takomillashib boradi. Тurli tarixiy davrlarda va xilma-xil madaniyatlarda odamlar dunyoni o’zgacha anglaydilar va qabul qiladilar, o’zlariga xos ravishda tasavvurlari va bilimlarini hosil qiladilar. Biz hozirgi davrdagi mavjud muammolarga o’xshash bo’lgan to’siqlarni o’tmishda odamlar qanday qilib yengib o’tganlarini o’rgana borib o’tmishga savollar bilan murojaat qilamiz, o’tmish bizga javob qaytaradi va shu bilan o’tmish, hozirgi zamon va kelajak o’rtasida doimiy muloqot bo’lib turadi.

Madaniyat – jamiyatning mahsuli, ijtimoiy hayotning eng muhim jabhalaridan biridir. Madaniyatsiz jamiyat bo’lmaganidek, madaniyat ham jamiyatdan tashqarida mavjud bo’lmaydi. Murakkab ijtimoiy voqelik sifatida madaniyatning o’ziga xos xususiyati shundaki, u insoniyat avlodlarining mehnati va bilimlarini o’ziga singdirib oladi, saqlaydi va doimiy boyitib boradi. Madaniyat ijtimoiy hayotning vorisligi, qadriyatlarini to’plashi va ularni kelgusi avlodlarga yetkazib berish bilan bog’liq bo’lgan sohalarni ifodalaydi.

Ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi sifatida madaniyatni jamiyatda tutgan o’rni, jamiyatning mazmuniga va tahlil qilinayotgan ijtimoiy borliqning xususiyatlarga bog’liqdir. Ijtimoiy jarayon, kishilarning xatti-harakati, ya’ni sotsial faoliyati madaniy ideallarni, qadriyatlarni, normalarni qaror toptirilishi yoki barham berilishida vosita vazifasini, shuningdek kishilarning ijtimoiy va shaxsiy munosabatlarining shaxslararo va guruhlararo aloqalari shakli vazifasini ham bajaradi.

Madaniyat ijtimoiy hayotning tarkibiy va funksional jabhalarida ifodalanadi. Shu jihatdan jamiyat madaniyatni vujudga keltiradi. Jamiyatda vujudga kelgan madaniyat qanchalik murakkablashib boyib borsa, uning insonga va jamiyatga ta’siri mukammallashib va nisbiy mustaqilligi kuchayib boradi. Masalan, Antik jamiyat allaqachon o’tmish, tarixga aylangan bo’lsa-da, uning madaniyati hozirgi kunda o’z ahamiyatini saqlab kelmoqda yoki biz bu davr madaniyatini o’sha vaqtdagiga nisbatan ko’proq bilamiz. Shuning uchun madaniyatga jamiyatning mahsuli, faoliyat uslubi sifatida qaralsa-da, har bir jamiyatni u yoki bu konkret madaniyatning shakllanish manbai tarzida ham qarash mumkin.

Ijtimoiy taraqqiyot faoliyat bilan madaniyatning o’zaro munosabatlarida o’zgarishlarga olib keladi. An’anaviy va industrial jamiyatlarda informatsion faoliyat mustaqil sohani tashkil etgan bo’lsa, «kompyuter inqilobi» sharoitida informatsiyalar, bilimlar ishlab chiqarilishi, yangi texnologiyalar yaratish alohida turdagi faoliyat sifatida shakllandi, informatsiya qimmatbaho tovarga aylandi. Informatsion faoliyatdagi bilimlar sintezi tizimidagi murakkab o’zgarishlar muhim qaror topgan g’oyalar va qadriyatlarga ta’sir etmoqda. Ma’naviy madaniyat informatsiyalari zahiralari to’planishi oqibatida sivilizatsiya taraqqiyotida tashkilotchi va harakatga keltiruvchi faktorga aylandi. Buning oqibatida faoliyat va madaniyatning o’zaro munosabatlarida o’zgarishlar boshlandi. Agarda dastlab madaniyat faoliyatning mazmuniga to’liq bog’liq bo’lgan bo’lsa, sivilizatsiya jarayonlari oqibatida faoliyat madaniyatni tobora ko’proq ishtirokida shakllanishi kuzatilmoqda.

Jamiyat taraqqqiyotida tarixiy inersiyaning katta ta’sirini ham hisobga olish kerak. Inersiyaning ta’sirida insoniyat bajarilishi lozim bo’lgan vazifalardan tamoman boshqa narsalar bilan mashg’ul bo’ladi. Chunki jamoa tafakkuri qiyinchiliklar bilan qayta quriladi. Moddiy boyliklarni qisqa vaqt ichida yo’q qilish va yoki buzib tashlash mumkin, lekin ma’naviy qadriyatlardan tezda voz kechib uning yangisini qabul qilib bo’lmaydi. Rossiya va sovetlar imperiyalarining milliy ma’naviy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va an’nalarimizni «zamonaviylashtirish» sohasida olib borgan siyosati oqibati nima bilan tugaganligi ko’pchilikka ma’lum.

Biz madaniyat va ijtimoiy faoliyat bir-biridan mustaqil mavjud bo’lmasligi, madaniyatning taraqqiyoti masalalarini qisqacha ko’rib chiqdik, endi madaniyatning shaxs faoliyatidagi o’rni va ahamiyati masalasiga to’xtasak.

Madaniyat va shaxs nafaqat mazmunan bir-biriga yaqin bo’lgan, balki ichki va tashqi tomonlari jihatidan o’zaro mos keluvchi tushunchalardir. Shaxs muayyan madaniy muhitda yashaydi va faoliyat ko’rsatadi.

Qomusiy olim Abu Nasr Farobiy «Baxt saodatga erishuv haqida» risolasida inson kamolatida jamoaning roli katta ekanligini ta’kidlab shunday deydi: «Kamolatga bir kishining o’zi yolg’iz (birovning yoki ko’pchilikning yordamisiz) erishuvi mumkin emas. Har bir insonning tug’ma tabiatida va unga lozim bo’lgan har qanday ish va harakat jarayonida boshqa bir inson yoki ko’pchilik bilan munosabatda bo’lish, o’zaro aloqa qilish hissiyoti bor, odamzod jinsidan bo’lgan har qanday insonning ahvoli shu: u har qanday kamolatga erishuvida boshqalarning ko’maklashuvlariga va ular bilan birlashishga muhtoj yoki majburdir». Uning fikricha, inson o’z-o’zidan baxtli ham bo’lolmaydi, kamolatga ham erisholmaydi. «Bu narsa uning harakatlariga, mehnatiga, kasb-hunar egallashiga, bilimiga va fozil jamiyatda yashashga bog’liq», deydi. «Davlatning vazifasi insonlarning baxt-saodatga olib borishdir, bu esa ilm va yaxshi axloq yordamida qo’lga kiritiladi». Farobiy davlatni yetuk shaxs (monarxiya), yetuk xislatlarga ega bo’lgan bir necha shaxslar (aristokratiya) va saylangan shaxslar (demokratiya) yordamida boshqarish shakllarini qayd etadi. Farobiy jamiyat o’z rivojida yetuklikka tomon intilishi, shuning uchun kurash olib borishi va nihoyat fozil jamiyat, fozil shahar darajasiga ko’tarilishi haqida fikr yuritadi.

Individ ijtimoiy turmush va madaniyatga qay tarzda jalb qilinganligiga, uning tabiiy imkoniyatlari, harakati, hissiyoti, tafakkuri sotsial-ahamiyatli mazmun bilan to’ldirilganligiga va madaniy shakl kasb etganligiga qarab shaxs sifatida qaror topadi. Madaniyat individual va ijtimoiy hayot bilan uzluksiz birlikni tashkil topgan vaqtgacha mavjud bo’ladi.

Madaniyat kishilarga tana a’zolari, instinktlar yoki tug’ma iste’dod kabi tabiatdan berilmaydi, har bir individ o’zining shaxsiy tajribasi asosida, mustaqil ravishda bevosita tevarak atrofdagi kishilarning, jamiyatning va o’tgan avlodlarning to’plagan tajribalarini o’zlashtiradi.

Individium ijtimoiy amaliyot mahsuli bo’lgan madaniyatni o’zlashtirish bilan birga unga aks ta’sir etadi. Shaxsning shakllanishi jarayonida madaniyatning moddiy dunyosini ham boyitadi. Shuningdek inson madaniyat normalariga amal qilgan holda nafaqat tabiatni va jamiyatni, balki, shaxsiy «tabiati»ni ham o’zgartiradi. Madaniyat shaxsning ichki dunyosi mazmuniga, «ikkinchi tabiati»ga aylanadi.

Shaxsning madaniyat bilan o’zaro munosabati hech qachon to’liq va uyg’un bo’la olmaydi. Ijtimoiy va individual hayot, shuningdek madaniyat stixiyasi bir-biri bilan mos kelmasligi mumkin. Madaniyat doimo inson bilan chambarchas bog’liq bo’ladi va usiz yashay olmaydi. Lekin voqelikning murakkab, yaxlit birligi sifatida u o’z rivojlanishi qonunlarida va borliqqa nisbatan mustaqildir. U madaniy merosni o’zida mujassamlashtirgan konkret sotsial guruhlarning ma’naviy hayotiga nisbatan boyroq va chuqurroqdir. Madaniyat doimo qadriyatlarning eng yirik zahirasi, tajribalar hazinasi bo’lib qoladi. Insoniyat avlodlari undan foydalanadilar va unga o’z hissalarini qo’shadilar.

Yuqorida aytib o’tganimizdek, individ bilan madaniyat o’rtasidagi munosabat murakkab jarayon hisoblanadi. Individni ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishiga imkon beruvchi psixo-sotsial va madaniy dunyoqarashi ijobiy va salbiy qarashlarning yig’indisidan tashkil topadi. Insonga ishchanlik, fidoiylik, matonat, o’tkir zehn bilan birga kaltafahmlik, yalqovlik, shafqatsizlik, o’z manfaatlarini to’g’ri tushuna olmaslik, haqiqiy qadriyatlarni sohtasidan ajrata bilmaslik illatlari ham xosdir. Shuning uchun madaniyatni nafaqat qadrlash va saqlash, balki tanqidiy o’rganish talab etiladi.

Qayd etilgan sabablar ta’sirida muayyan ishlab chiqarish usuli hukmronligi sharoitidagi tarixan tarkib topgan ijtimoiy va madaniy muhitda jamiyat bilan individ o’rtasida nisbatan o’zgaruvchan muvozanat bo’ladi. Bu muvozanatni hosil bo’lishida madaniyatning ishtiroki salmoqlidir. Madaniyat shaxsga ta’sir etadi va uning psixologik holatini shakllantiradi, shaxsning xarakterida va dunyoni bilishida muqim o’rnashib qoladi.

Shaxs madaniyat bilan quyidagi sohalarda munosabatda bo’ladi:

birinchidan, madaniyat ta’sir etish ob’ekti sifatida uni o’zlashtiradi;

ikkinchidan, madaniy qadriyatlarni tashuvchi va ifodalovchisi sifatida konkret madaniy muhitda faoliyat ko’rsatadi;

uchinchidan, madaniy ijodiyot sub’ekti sifatida madaniyatni rivojlantiradi.

Madaniyat va shaxsning o’zaro munosabatlari, uning shaxs hayotida tutgan o’rni to’g’risidagi mulohazalarimizga xulosa qilib, shuni aytish mumkinki, tabiat stixiyali qonuniyatlar asosida rivojlanib borsa, insonning ichki dunyosi, ichki «tabiati» ni shakllantirish maqsadli, yo’naltirilgan asosda tashkil etilishi mumkin, bunda madaniyat insoniyatga shunday imkoniyatni yaratuvchi muhim vositalardan biri bo’ladi.

Madaniyatshunoslik kursi tarix, falsafa, sotsiologiya, etnografiya, sotsial psixologiya kabi bir qator fanlarning kesishuvida vujudga kelgan, yangi sotsial gumanitar fan hisoblanadi. Uning izlanish ob’ekti ijtimoiy voqelik bo’lgan madaniyat va inson hayoti uslubi hisoblanadi. Unda madaniyatning vujudga kelishi, rivojlanishi, jamiyatda amal qilinishi bilan bog’liq masalalar to’g’risida, madaniyat qoidalari institutlarning, qadriyatlarning jamiyat hayoti va rivojlanishidagi o’rni, o’zaro aloqalari jarayonlari o’rganiladi.

Forobiy «Aql ma’nolari haqida» risolasida, aql, bir tomondan ruhiy jarayon, ikkinchi tomondan tashqi ta’sir – ta’lim-tarbiyaning natijasi ekanligini uqtiradi. Forobiy fikricha, aql faqat insongagina xos bo’lgan tug’ma quvvat-ruhiy kuch bilan bog’liq.

Forobiyning aql, umuman bilish haqidagi ta’limotida mantiq (logika) ilmi muhim o’rin tutadi. «Mantiq san’ati kishiga shunday qonunlar haqida ma’lumot beradiki, bu qonunlar vositasida aql chiniqadi, inson sog’lom fikr yuritishga o’rganadi»,- deb yozgan edi u. Forobiy mantiq ilmi bilan grammatika o’rtasidagi mushtaraklikni qayd etadi: mantiqning aqlga munosabati grammatikaning tilga munosabati kabidir. Grammatika odamlar nutqini tarbiyalagani kabi, mantiq ilmi ham tafakkurni haqiqiy yo’ldan olib borish uchun aqlni to’g’irlab turadi.

Forobiy logikasi musulmon Sharqidagi so’nggi mantiqqa oid fikrlarning rivojiga katta turtki berdi. Uning bilish, mantiq, aql haqidagi fikrlari inson haqidagi ta’limoti uchun xizmat qiladi. Aqlga ega bo’lish, bilimli, mantiqli bo’lish bilan chegaralanmay, u ma’lum axloqiy prinsiplarga, axloqiy madaniyatga egalik bilan yakunlanishi kerak. Negaki har bir davrda jamiyat axloqi jamiyat madaniyati degan mezon bilan baholanar ekan, madaniyatli insonni axloqsiz, e’tiqodsiz, imonsiz va aqlsiz tasavvur qilish qiyin.

Forobiy: «Aqlli deb shunday kishilarga aytiladiki, ular fazilatli, o’tkir mulohazali, foydali ishlarga berilgan, zarur narsalarni kashf va ixtiro etishga zo’r iste’dodga ega, yomon ishlardan o’zini chetga olib yuradilar. Bunday kishilarni oqil deydilar. Yomon ishlarni o’ylab topish uchun zehn-idrokka ega bo’lganlarni aqlli deb bo’lmaydi, ularni ayyor, aldoqchi degan nomlar bilan atamoq lozim».

Forobiy o’rta asrlar sharoitida birinchi bo’lib jamiyatning kelib chiqishi, maqsad va vazifalari haqida izchil ta’limot yaratdi. Bu ta’limotda madaniyatli jamiyatning ko’p masalalari- davlatni boshqarish, ta’lim-tarbiya, axloq, ma’rifat, diniy e’tiqod, urush va yarash, mehnat va boshqalar qamrab olingan.

Jahon madaniyatining kelib chiqish tarixiga bir nazar solaylik. Antik davrdan boshlab, jamoatchilik madaniyatni nafaqat bilim va ko’nikma balki insoniyat amaliy harakatniing natijasi sifatida qabul qila boshlagan. Masalan, er.avv. 45 yilda yashagan faylasuf Sitseron “ong, tafakkur madaniyati” xaqida to’xtaladi. Rim notiqining fikrcha, ongga, tafakkurga xuddi yerga bo’lgani kabi ishlov berish lozim. Ana shunday, tafakkuriga ishlov bera olgan, ma’naviy qobiliyatlarini rivojlantira olgan insongina – madaniyatning asosiy mohiyati bo’lib hioblanadi. Demokrit fikricha xam, madaniyat negizini aynan inson yaratgan. Inson, tabiatga taqlid qilish va uni o’ziga bo’ysuntirish jarayonida madaniy qadriyatlarni yaratib boradi. Grek falsafasining eng asosiy kulminatsion nuqtasi – bu insonga qolip sifatida qarash, ya’ni ular hamma narsani inson qiyofasida ko’rishadi, o’z dunyoqarashlarida xamma narsani inson shakl-shamoyili va xarakteriga o’xshatishadi. Ular falsafasida xattoki xudolar xam hatti-xarakatlari va tashqi-ko’rinishlari bilan inson sifatida, qiyofasida tasvirlanganlar.

O’rta asrlarga kelib madaniyat hodisasini idrok etishda ma’lum bir o’zgarishlar yuz berdi. Endi, xudo qadr-qiymat negizi sifatida qabul qilinib shu asosda madaniyat prinsiplari ishlab chiqildi. Хristianlik falsafasining asoschisi Avreliy Avgustin fikriga ko’ra, “Хudo yo’lida yashash – bu inson uchun yagona bo’lgan qadrli yo’l. Eng go’zal, yaxshi, toza va yorug’ xislatlar yagona Хudoda mavjud, hayotda emas. Хudo san’atkor kabi borliqni yaratdi. Inson xam san’atkor u madaniyatni yaratdi...”.

O’rta asrlar madaniyatining oxirgi xudojo’y faylasuf Foma Akvinskiy realizmning mo’’tadil namoyondasi sifatida maydonga chiqdi va Хudoning birlamchiligi, ruxning o’lmasligi kabi g’oyalarni targ’ib qiluvchi falsafaga asos soldi.

Uyg’onish davriga kelib vaziyat bir muncha o’zgardi. Odam (individ) mustaqillikni qo’lga kirita boshladi. Natijada, uning yangicha dunyoqarashi va pozitsiyasi shakllandi.

Endilikda, inson endi nafaqat xudo tomonidan yaratilgan mavjudot, balki u o’zini o’zi yaratib shu jihati bilan tabiatdan farqlanuvchi ijodkor sifatida namoyon bo’la boshladi.

Shunday qilib, Uyg’onish davrida madaniyat atamasi chuqur mazmundagi hodisa sifatida qabul qilina boshladi. Insonning chin ma’nodagi INSON sifatida mavjud bo’lishini aynan madaniyat xodisasida ko’ra boshlashdi. Individ madaniyatni o’zlashtirish bilan birga unga aks ta’sir etadi. Shaxsning shakllanishi jarayonida madaniyatning moddiy dunyosi xam boyib boradi. Shuningdek, inson madaniyat normalariga amal qilgan holda nafaqat tabiatni va jamiyatni, balki shaxsiy “tabiati”ni xam o’zgartiradi, deb hisoblana boshlandi.

XVII - XVIII asrlarga kelib, inson tafakkuri jamoatchilikning diqqat markazida bo’lib qoldi. Madaniyat, ma’rifat, bilim qadrlana boshlandi. Ma’rifatparvarlik davridagi madaniyat muammolari Gelvetsiy, Valter, Gerder, Russo, Kant, Shiller, Gegel kabi g’arb mutafakkirlarining asarlarida o’z aksini topdi.

Fransuz ma’rifatparvarligi asoschisi Jan Jak Russo o’z asarlarida zamonaviy sivilizatsiyaga katta e’tibor beradi. Russo qarashicha, madaniyat hodisasiga sivilizatsiya sinonim bo’lib keladi. Ya’ni, madaniyatning sinonimii sivilizatsiya. Chunki, madaniyat turlaridan biri bo’lmish ilm-fan ham, san’at ham aynan bizning gunohlarimiz, xato-kamchiliklarimiz natijasi o’laroq vujudga kelgan. (Ya’ni, insoniyat hozirgi kundagi madaniyat darajasiga yetishguncha o’z nodonliklari tufayli ko’pgina xatoliklarga yo’l qo’ygan va o’zi bundan aziyat chekkan. Aynan shu xato va kamchiliklarni tuzatish uchun avvalambor inson o’z qadrini, o’z o’rnini bila boshlashi lozimligini tushunib yetdi. Bu jarayonni amalga oshirish uchun ular bilimning qanchalik kerakligini anglab yetishdi. Insonlar bilimga, ilmga o’z muammolari yechimining najotkori sifatida qaray boshlashadi. Insoniyat oldida ilmning qadri oshdi. Bilim esa o’z navbatida madaniyat bilan parallel ravishda teng qo’yildi. Mavzu boshida aytib o’tganimizdek, madaniyat – bu ilmli, ma’rifatli bo’lish, ta’lim-tarbiya ko’rganlik, degani. J.J.Russo aynan shuni nazarda tutib ilm-fanni, san’atni insoniyat yo’l qo’ygan kamchiliklar natijasi deb hisoblaydi).

Yuqorida aytib o’tilganidek, ma’rifatparvarlik yaxlit oqim sifatida XVIII asrda g’arbda shakllandi. “Ma’rifat” atamasi esa mashhur faylasuf Immanuil Kantning “Ma’rifat nima?” nomli maqolasidan so’ng uzil-kesil qaror topdi. G’arbning tarixiy va falsafiy fanida “Ma’rifat” deganda inson aql-idrokining kuchiga va bilimlar tantanasiga cheksiz ishonch davri anglanadigan bo’ldi. Sharq madaniyat tarixida ma’rifatparvarlik davri 2 marta bo’lgan, deyishimiz mumkin. Тarix, ijtimoiy-falsafiy fanlar ma’rifatparvarlik davri deganda XVIII-XIX asr jadidchilarini nazarda tutsada, ajdodlarimiz Ahmad Yassaviy, Buxoriy, Тermiziy, Naqshband o’zlarining beqiyos bilimlari bilan umuminsoniy madaniyatning ma’rifatparvarlik oqimini shakllanishiga ulkan hissalarini qo’shganlar. Тermiziy “Kitob bayan-al ilm” risolasida bilimni nur, yorug’likka qiyoslagan. Az-Zamaxshariy “Harakat zaif bo’lgan joyda kuchli bilim foydasizdir. Harakatsiz bilim – ipsiz kamalak o’qidir” - degan edi.

Madaniyatning falsafiy muammolari ishlanmasi ustida jahon xalqlari mutafakkirlari hamisha bosh qotirganlar. Yuqorida bayon qilingan fikrlardan aytish mumkinki, madaniyatning eng ko’zga ko’rinarli sohalaridan biri bu – ma’naviy madaniyatdir.

Madaniyat atamasi aytib o’tganimizdek, kishilik jamiyatining eng qadimiy bosqichlariga borib taqaladi. Madaniyat insonning kelib chiqishi bilan uzviy bog’liqdir. Madaniyat tarixi jamiyat tarixining ajralmas bir qismidir. Shuning uchun ham uning vujudga kelishi va rivojlanishi jamiyat tarixidan, jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlaridan, moddiy boyliklar va ishlab chiqarish usulidan ajratib olish mumkin emas.

Madaniyat taraqqiyotining umumiy qonuniyatlaridan biri – bu uning to’xtovsiz ravishda boyib borishi va rivojlanishidir. Madaniyat taraqqiyotida moddiy ishlab chiqarishning rivoji asos bo’ladi. Ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmalarning ishlab chiqarish usullarining almashinuviga qarab madaniyat ham sifat jixatidan o’zgarib boradi. Jamiyatning taraqqiy etishi madaniyatning o’zgarishini talab qiladi, madaniyatning yangilanishi esa o’z navbatida jamiyatning taraqqiy qilishiga sabab bo’ladi.

Madaniyat kishilarga tana a’zolari, instinktlar yoki tug’ma iste’dod kabi tabiatdan berilmaydi, har bir individ o’zining shaxsiy tajribasi asosida, mustaqil ravishda bevosita tevarak-atrofdagi kishilarning, jamiyatning va o’tgan avlodlarning to’plagan tajribalarini o’zlashtiradi. Natijada inson madaniyatli va ziyoli bo’lish sari intiladi. Kishi qanchalik ziyoli bo’lsa, u shuncha ko’p tushunadi va o’zlashtiradi, uning dunyoqarashi va qabul qilish doirasi shunchalik kengayadi. Kishining madaniy saviyasi qanchalik tor bo’lsa, u hamma yaxshi-yomon ta’sirlarga, yangiliklarga beriluvchan bo’ladi. Bunday inson dunyoqarashi tor bo’lib, hamma narsaga shubha bilan qaraydi.

Umuman olganda, ziyolilik tushunchasi ilmiy va oddiy ong darajasida ta’riflanishi jixatidan farq qiladi. Oddiy ong darajasida intelligentlilik deganda oliy ma’lumotga ega bo’lgan, asosan, aqliy mehnat bilan shug’ullanuvchi, bilimli kishilar tushuniladi. Ilmiy tushunishda ziyolilik bu ma’lumot darajasiga, bilimga, eruditsiyaga bog’liq emas, deb talqin qilinadi. Inson xotirasidan mahrum bo’lgan bo’lsa ham, oliy ma’lumotli bo’lmasa ham agar u o’zga madaniyat kishilarini, san’at asarlarini keng va xilma-xil sohalarini va o’zgalar g’oyalarini tushunish layoqatini saqlab qolsa, intellektual hayotga moslashib ketsa – bu intelligentlik hisoblanadi. Demak, ziyolilik bu ruxiy holat bo’lib, ayrim kishilarga tabiatdan berilsa-da, lekin inson unga tinimsiz mehnat va izlanishlar orqali erishadi.

Bugungi kun ilm-fanida madaniyat termini shakli, mazmun-mohiyati jixatidan turli xil bo’lgan fikrlarni bildirishda amalda qo’llaniladi. Mashhur madaniyatshunos mutaxassislar I.Kant, O.Shpengler, Ye.Bogomolov, Т.Oyzerman, V.Kelle, A.Kreber va Sharq ma’rifatparvarlari Munavvar Qori, Behbudiy, Fitrat, Cho’lpon, Zavqiy, Avloniy, Ayniy va boshqalar madaniyat hodisasini tushunishni turli xil yo’llarini taklif qilishgan. Madaniyat atamasiga berilgan rang-barang ta’riflarni mujassamlab, ularni quyidagicha ko’rsatish mumkin:

Madaniyat bu:

- insonlar tomonidan yaratilgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklar, qadriyatlar yig’indisi;

- sun’iy (ikkinchi) tabiat;

- inson faoliyatining yigindisi;

- ijodiy faoliyatning barcha turlari;

- ijodiy faoliyat hosilasi, uning natijalari va “meva”lari;

- jamiyat hodisasi;

- jamiyatning ma’naviy holati;

- jamiyatning sifat darajasi;

- insonning sifat darajasi va h.k.

Kursning asosiy masalasi bu inson to’g’risidagi, uning tabiati va imkoniyatlari to’g’risidagi masaladir. Тabiatning mavjudlik qonuni xilma-xil bo’lganidek, insonning ichki tabiati, ya’ni madaniyati ham tabiiy muhit, ijtimoiy borliq va tarixiy davrlar ta’sirida doimiy ravishda o’zgarib turadi. Bu o’zgarish faqat ilgarilab borish, yangi qadriyatlarning vujudga kelishidangina iborat emas, Bu biron-bir sohadagi buzilishlar, inqiroziy alomatlarning kuchayishi bilan ham xarakterlanishi mumkin. Hozirgi zamon ilmiy texnika taraqqiyotining tabiiy muhitga, ma’naviy hayotga va boshqa sohalarga salbiy ta’siri fikrimizning dalilidir.

Madaniyatshunoslik kursi madaniy tarixiy davrlarni tahlil qilishda bilishning uch bosqichini tabiiy birlikda olib qarashga harakat qiladi.

A) Konkret davrning yaxlit qiyofasini, ya’ni uning badiiy obrazini yaratishga intiladi;

B) Insoniyat borlig’ining umumiy dinamikasida davrning ma’naviy o’rnini aniqlaydi (ijtimoiy ong tarixida, fanda, san’at va falsafada o’rganiluvchi davrga berilgan bahoning evolyutsiyasini ham o’z ichiga oladi).

V) Konkret davrning «mazmuni»ni tahlil qiladi, ya’ni uning hozirgi davr tafakkurida qanday o’ringa ega ekanligini, uning muammolarini bizga qanday ta’sir etishini, bizga qaysi tomonlari bilan yaqinligini, hozirgi vaziyatning qaysi sotsial va individual kamchiliklari unda aktuallashganligini ko’rsatadi.

Madaniyat tiplari tarixiy davrlarga qarab o’zgarib turadi. Davrlarning almashinishi bilan madaniyatda ham sifat o’zgarishlari yuz beradi. Konkret tarixiy davrda yashagan kishilarning dunyo to’g’risidagi tasavvurlari, bilimi, ma’naviy qadriyatlari to’g’risida atroflicha ma’lumotga ega bo’lishimiz uchun biz shu davrning madaniyatiga murojaat qilishimiz lozim. Shuning uchun madaniyatshunoslik fani turli xalqlarning madaniy rivojlanish tarixini jahon madaniy taraqqiyotining tarkibiy qismi sifatida o’rganish bilan birga konkret tarixiy davrning ijtimoiy taraqqiyotda tutgan ma’naviy rivojlanishi bosqichlari, umumiy qonuniyatlari, o’ziga xos xususiyatlarini ham o’rganadi.

Madaniyatshunoslik tinglovchilarni turli tarixiy davrlar madaniyatlari va sotsial guruhlarning urf-odatlari, turmush tarzi to’g’risidagi bilimlar bilan boyitadi. Тarixiy va gumanitar bilimlarni tartibga keltiradi, ijtimoiy turmush voqeliklarini yagona mazmun asosida anglashga yordam beradi. Ko’plab betakror va mustaqil madaniyatlardan tashkil topgan jahon sivilizatsiyasining birligi va xilma-xilligini ko’rsatadi. Kishilarning fuqarolik va ma’naviy yetuklikka erishishlarida, fikrlar va qadriyatlar plyuralizmini ko’ra bilishda fan taraqqiyotini to’g’ri baholash qobiliyatini hosil qilishda muhimdir.

«Inson eng oliy darajadagi tarixiy mavjudotdir. Inson tarixiy davrda, tarixiy davr insonda mujassam» (N. Berdyayev). Negaki, har qanday davrning xususiyat va darajasi madaniyat rivoji bilan o’lchanadi.

Kishining madaniy saviyasi qanchalik tor bo’lsa, u hamma yangiliklarga va «juda eski»likka nisbatan shunchalik befarq bo’ladi. o’zining eski odatlari bilan yashaydi. Dunyoqarashi tor bo’lib, hamma narsaga shubha bilan qaraydi. O’tmishning madaniy qadriyatlarini va o’zga millatlar madaniyatlarini bilish, uni saqlash, ko’paytirish, estetik qimmatlarini qabul qila bilishning rivojlanib borishi madaniy taraqqiyotning eng muhim vositalardan biri bo’lib hisoblanadi. Insoniyat madaniyati rivojlanishi tarixi bu nafaqat yangi, balki eski madaniy qimmatlarni izlab topish tarixidir. Shuningdek, o’zga madaniyatlarni bilish, ma’lum ma’noda gumanizm tarixi bilan qo’shilib ketadi. Bu boshqa xalqlarga nisbatan hurmat, to’g’ri ma’nodagi bardoshlilik, tinchlik tilash demakdir.

Ziyolilik tushunchasi ilmiy va oddiy ong darajasida ta’riflanishi jihatidan farq qiladi. Oddiy ong darajasida intelegentlilik deganda oliy ma’lumotga ega bo’lgan, asosan, aqliy mehnat bilan shug’ullanuvchi, bilimli kishilar tushuniladi.

Ilmiy tushunishda ziyolilik bu ma’lumot darajasiga, bilimga, eruditsiyaga bog’liq emas deb talqin qilinadi. Inson xotirasidan mahrum bo’lsa, ma’lumoti bo’lmasa ham agar u o’zga madaniyat kishilarini, san’at asarlarining keng va xilma-xil sohalarini va o’zgalar g’oyalarini tushunish layoqatini saqlab qolsa, intelektual hayotga moslashib ketsa-bu intelegentlilik hisoblanadi. Demak, ziyolilik bu ruhiy holat bo’lib, ayrim kishilarga tabiatdan berilsa-da, lekin inson unga tinimsiz mehnat va izlanishlar orqali erishadi.

Madaniyatshunoslik fanining yana muhim vazifalaridan biri bu kishida ijodiy qobiliyatni rivojlantirishdir. Madaniyat faqatgina moddiy va ma’naviy qimmatlar yig’indisidan iborat emas, balki ijodiy faoliyatdir. Madaniyatshunoslik yangi ma’lumotlar berish bilan birga yoshlarda madaniyat voqeliklari bilan munosabatda bo’lish malakasini hosil qiladi. Хilma-xil ma’lumotlar berish bilan birga tinglovchilarda ilmiy tafakkur qilish uslublari uzliksizligi, mantiqiylikni shakllantiradi.

Kursning tarbiyaviy funksiyasini tadbiq etilishi, uni bilish funksiyasi bilan qo’shib o’rganilishini talab etadi. Тarixiy davrlar madaniyatini o’rganish madaniyatlarni qarama-qarshi qo’yish, ularga baho berish, farq qilish maqsadlariga emas, balki yangilikni o’rganish, boshqa madaniyatlar qimmatlaridan baxramand bo’lishiga xizmat qiladi. Bu vazifalarni bajarishda madaniyatshunoslik kursi tarixiy antropologiya-madaniyatga yaxlit fenomen, dunyo va hayotni idrok etish usuli sifatida munosabatda bo’ladi.

Тarixiy antropologiyaning eng muhim tushunchalaridan biri bu mentalitetdir. «Mentalitet» - bu madaniyatga taalluqli bo’lgan kishilarda u yoki boshqa muhitning muayyan «aqliy vositalar yig’indisi», «psixologik moslama»larning mavjudligini bildiradi. Ular insonga o’zgarishning tabiiy va sotsial borlig’ini mustaqil qabul qilishi va idrok etishiga shart-sharoitlar yaratadi. Betartib uzuq-yuluq tushunchalar va ta’sirlar tafakkur orqali qayta ishlanadi, nisbatan tartibli dunyo manzarasiga aylanadi. Bu manzara inson xatti-harakatida o’chmas iz qoldiradi. Bir sotsial va madaniy umumiylikning tegishli bo’lgan, tarixiy jarayonining sub’ektiv tomoni hisoblanuvchi idrok va his qilish uslublari tarixning ob’ektiv jarayoniga qo’shiladi.

Hozirgi zamon madaniyatshunoslik fani «madaniyat» tushunchasini qo’llanishiga qarab quyidagicha o’rganadi: a) Individual-shaxs madaniyati; b) guruhiy madaniyat-milliy, sinfiy, tabaqaviy, kasbiy, oilaviy; v) makon va zamonda cheklangan muayyan tipdagi jamiyat madaniyati; g) insoniyat madaniyati.

Madaniyatni qo’llanish jihatidan turlarga bo’lish munozarali bo’lsa-da, biz ularning mavjudligini inkor qila olmaymiz. Ijtimoiy taraqqiyotlarning tafovutlarini yo’qotmaydi, balki, aksincha, uning xilma-xilligini yanada kengaytiradi. Shuning uchun ularni tobora chuqurroq o’rganish madaniyat to’g’risidagi tasavvurimizni kengayib borishiga xizmat qiladi.

Madaniyat tushunchasi qo’llanish jihatidan xilma-xil bo’lgani kabi, kundalik hayotda (oddiy ong) va fanda ham turli mazmun kasb etadi. Biz «muomala madaniyati», «mehnat madaniyati», «xatti-harakat madaniyati» kabi iboralardan foydalanamiz va ularga ko’nikib qolganmiz. Kundalik hayotda madaniyatdan voqelikni baholash tushunchasi sifatida va shaxsning ma’lumotliligi, xushmuomalaligi, ozodaliligi, vazminligi kabi xususiyatlari bilan bog’lab, tushuntirishga odatga aylangan. Madaniyatli kishi tushunchasiga qo’shib ishlatiluvchi sifatlar juda keng bo’lib, uni qo’llash jamiyatning umumiy madaniy darajasi va shaxsning sotsial statusiga bog’liqdir. Hozirgi davrda «ishlab chiqarish madaniyati», «xizmat ko’rsatish madaniyati», «dam olish madaniyati» va boshqalar to’g’risida ko’p gapirilmoqda. Bu iboralar orqali madaniyat deganda ijtimoiy institutlarning samarali faoliyat ko’rsatishlari tushuniladi. Ba’zan madaniyat to’g’risidagi tasavvurlar shaharlar turmush tarzi, kinoteatrlar, teatrlar va kutubxonalarga tez-tez borib turish «madaniy» kishilar bilan do’stlashish va chiroyli narsalar bilan bog’liq deb fikr qilinadi. Ro’znomalarda, statistik ma’lumotlarda «iqtisod va madaniyat», «fan va madaniyat», «siyosat va madaniyat» iboralari ko’p ishlatiladi, bunda madaniyat ma’naviy ustqurma yoki axloq va san’at sohalari bilan cheklangan. Ilmiy nuqtai nazardan iqtisodni, siyosatni va fanni madaniyatdan tashqari turuvchi soha deb hisoblash haqiqatdan yiroqdir. Shuningdek, klassik qadriyatlar va san’atning buyuk namunalari, ideal va yuksak intilishlar madaniyatga taalluqli sohalar bo’lib, oddiy, kundalik narsalar unga yotdir degan fikrlar asossizdir. Kundalik hayotda madaniyatga faqat qadriyatlar yig’indisi sifatida qaralishi ham to’g’ri emas, chunki madaniyatda insoniyatga zararli bo’lgan, eskilik qoldiqlari, to’liq tekshirib ko’rilmagan «yangiliklar» kabi salbiy narsalar ham o’zlashtirilishi mumkin. Kundalik hayotda va fanda madaniyat atamasidan foydalanish to’g’risidagi mulohazalarni xulosa qilib shuni aytish mumkinki, madaniyat eng keng ma’noda insonni o’rab turgan tabiatdan, ijtimoiy munosabatlarda va bevosita o’zida stixiyali ravishda vujudga kelgan tayyor ma’lumotlardan foydalanishni, ongli ravishda ajratib olishni taqozo etadi. Madaniyat tabiatdan farq qiladi, an’analar, ramzlar, til, bevosita taqlid qilish va amaliy o’rganish orqali avloddan-avlodga singdiriladi. Madaniyat shaxs tomonidan, uning sotsial jihatdan shakllanishi jarayonida o’zlashtiriladi va asosan keng tarqalgan va ko’pchilik qabul qilgan axloq, tafakkur va his qilishning parchalaridan tashkil topib, individual harakatlar hissasi bunda juda kamdir.

Madaniyatni ilmiy tushunish oddiy ongdan quyidagilarga ko’ra farq qiladi. Birinchidan, u juda keng bo’lib kishilar faoliyatining barcha uslublarini, ijtimoiy hayotning barcha shakllarini o’z ichiga oladi.

Ikkinchidan, kundalik hayotda hissiy bezab ko’rsatilgan va qimmat jihatlarga urg’u berilgan tasavvurlardan farq qilib, fanda tavsifiy ta’rif berish bilan cheklanadi.

Oddiy ongda madaniyatni tushunishning xususiyati bevosita unda amaliy ishtirok etilishiga bog’liqligidadir. Madaniy voqeliklarga inson befarq munosabatda bo’la olmaydi. Uning qadriyatlarga munosabati va hissiy emotsional tasavvurlari bolalik davrida to’plagan tajribasidan boshlanadi va kishining jamiyatda tutgan o’rniga, yoshiga, mavqeiga ham bog’liqdir. Shu nuqtai nazardan u o’ziga begona bo’lgan urf-odatlar va xatti-harakatlarga nisbatan extiyotkorlik bilan munosabatda bo’ladi.

Fan esa bevosita umumiy ahamiyatga ega bo’lgan, ob’ektiv haqiqatga mos tushunchalardan foydalanishi kerak.

  1. Qadriyat (aksiologik) o’lchovi asosidagi ta’rif. Bunda madaniyat insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy qimmatlarning yig’indisidan ibort deb talqin etiladi. Madaniyat inson faoliyatidan tashqarida mavjud emas. Baholash qadriyat nuqtai nazaridan voqelikni tahlil qilish faoliyatining tabiiy va zarur bo’lgan shartidir. Madaniyat nimada namoyon bo’lishidan qat’i nazar muayyan qadriy o’lchovga ega bo’ladi. Madaniyat tushunchasi taraqqiyot, tarix, inson insonparvarlik kabi kategoriyalar bilan bir qatorda turadi. Insonning faoliyat natijasi, muayyan qadriyatlarga ega bo’lgan voqelik predmetli aksiologik ta’rifning negizini tashkil etadi. U kishilarning ishlab chiqarish, ijtimoiy va aqliy faoliyatni qamrab oladi. Bu ta’rif kamchiliklardan ham holi emas. U voqelikni yaxlit idrok etishga, natijalarni mexanik hisobga olishga asoslangan. Bunday yondoshuv voqelikka sub’ektiv baho berishga imkoniyat yaratadi. Aksiologik yondoshuv doirasida madaniyat faoliyat natijasi-o’tmishga aylanib qolib, o’tmish va hozirgi zamon bilan tabiiy aloqalar buzilishi mumkin. Qadriy yondoshuvning zaif tomonlarini ko’rsatish boshqa davrga xos bo’lgan qimmatlar tizimidan voz kechishini anglatmaydi.

  2. Madaniyatni «faoliyat» tushunchasi asosida ta’riflash. Madaniyatning umumiy tabiatini idrok etishga qilingan harakat tufayli madaniyatni kishilarning ijodiy faoliyati jarayoni sifatida tushunish vujudga keldi. Faoliyat kategoriyasi o’rganish ob’ekti inson bo’lgan fanlar harakatini integratsiya qilish uchun qulay imkoniyat yaratadi. Madaniyatni ijodiy faoliyat va inson faoliyatining o’ziga xos uslubi sifatida ta’riflash konsepsiyasi bir qator muhim masalalarda bir-birini to’ldiradi. Jamiyat nafaqat qayta qurishga, balki an’analarni, madaniy yodgorliklarni saqlab qolishga ham muhtojdir. Jamiyatning amaliy va nazariy, moddiy va ma’naviy kabi har qanday faoliyati ijodiy soha bilan birga o’zida faoliyat ko’rsatish va madaniyatning o’zlashtirish aspektlarini mujassamlashtiradi. Ijodiyot faoliyat ko’lami qancha katta bo’lsa, madaniyatning ishlab turishi funksiyasi va kelgusi avlodlarga yetkazib berish uchun zarur bo’lgan faoliyat ko’lami shuncha keng bo’ladi. Faoliyat maqsadli yo’naltirilgan aktivlikdir. Inson qanchalik faol harakat qilsa, shunchalik madaniyatning «chegaralari» yo’qolib boradi. Bu chegaralar vaqt, makon va qimmat o’lchovlariga ega. Faqatgina belgilangan vaqt intervalida inson faoliyati natijalarini to’g’ri tasavvur qilish va ularni rejalashtirish mumkin. Faoliyat natijasi, boshlanishidan qanchalik yiroq bo’lsa, shunchalik uni madaniyatga munosabati noaniqlashib boradi. Makonda va qiymat chegaralarida ham xuddi shunday xususiyatlar mavjud. Intensiv faoliyat chegaralarni kengaytiradi, lekin bunda vujudga keluvchi voqeliklar mavjud madaniyat uchun begona va xatarli bo’lishi ham mumkin. Shuningdek, ushbu yondoshuvga xos bo’lgan madaniyatning tirik asosidan falsafiy abstraksiyalar dunyosiga o’tishga intilishi, hozirgi davrga xos bo’lgan texnokratik tafakkur ta’sirini kuchayishiga olib keladi. Ushbu ta’rifning kuchli tomonlari mavjudligiga qaramasdan, amalda u tarixiy-madaniy izlanishlardan yiroq bo’lib qolmoqda.

Informatsion ta’rif madaniyatni «barcha irsiy bo’lmagan informatsiyalar yig’indisi», uni tashkil etish va saqlash uslublari sifatida ta’riflab, madaniyat informatsiyalar ombori emas», u nihoyatda murakkab tashkil etilgan mexanizm bo’lib, u informatsiyani doimiy ravishda eng foydali va qulay uslublarni ishlab chiqqan holda saqlaydi, yangi informatsiyalarni qabul qiladi, ularni qayta ma’lumotlarga aylantiradi, ularni belgilarini bir tizimdan boshqasiga o’tkazadi, deb izohlaydi.

«Barcha irsiy bo’lmagan informatsiyalar yig’indisi» deganda biz misol uchun xotirani tushunishimiz mumkin. Chunki xotira mexanik mazmunga ega emas, balki ijodiy jarayon hisoblanadi. Хotiraning eng muhim ma’naviy ahamiyati shundaki, u vaqt to’sig’ini yengadi va o’limga qarshi turadi. Umumiy xususiyatlarga muvofiq biz madaniyatni xotira bilan qiyoslashimiz mumkin. Bunda biz alohida olingan shaxsning xotirasini emas, balki jamiyat xotirasini nazarda tutamiz.

O’tmishda ota-bobolarimiz, davlat rahbarlari, sarkardalar, amirlarning aksariyati xalqni yuksak ma’naviyatli, madaniyatli va ma’rifatli bo’lishini istab, o’z davri shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda, bunday mas’uliyatli va sharafli ishni amalga oshirish uchun qo’llaridan kelgan barcha choralarni ko’rganlar. Shoir va olimlar, islom dinining muhtaram vakillari hamisha ma’naviyat, madaniyat va ma’rifatning asoschilari va fidoiy targ’ibotchilari bo’lganlar. Bizgacha yetib kelgan manbalarda ezgu niyat, yaxshilik, sodiqlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, do’stlik, odoblilik, mehribonlik, oddiylik, sevgi-muhabbat va kamtarinlik g’oyalari hukmron bo’lgan. Bu g’oyalar millionlab kishilarning qalbiga yetib borgan va ularni tarbiyalashga ulkan hissasini qo’shgan va hozirda ham qo’shmoqda. Kaykovus, Yusuf Хos Хojib, Firdavsiy, Sa’diy Sheroziy, Jaloliddin Rumiy, Umar Хayyom, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Mahmud Qoshg’ariy, Nizomiy Ganjaviy, Imom Ismoil al-Buxoriy, at-Тermiziy, Amir Тemur, Zahiriddin Muhammad Bobur, Mirzo Ulug’bek, Хusayn Boyqaro, Boborahim Mashrab, Uvaysiy, Nodira, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, Mahmudxo’ja Behbudiy, Fitrat kabi minglab allomalarning ilmiy-adabiy meroslari fikrimizning yorqin dalilidir.

Jumladan, Kaykovusning «Qobusnoma», Yusuf Хos Хojibning «Qutadg’u bilig», Nosir xisravning «Saodatnoma», Sa’diyning «Guliston» va «Bo’ston», Abdurahmon Jomiyning «Bahoriston» hamda Mahmud Qoshg’ariyning «Odob as-solihin» («Yaxshi kishilar odobi»), Firdavsiyning «Shohnoma», Umar Хayyomning ruboiylari va «Navro’znoma» asari, Хorazmiyning «Muhabbatnoma», Хo’jandiyning «Latofatnoma», Said Qosimiyning «Хaqiqatnoma» va «Sadoqatnoma», Amir Тemurning «Тemur tuzuklari», Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub» va «Хamsa»si, Boburning «Boburnoma»si va g’azallari, Хaydar Хorazmiyning «Gulshan ul-asror», Zavqiniyning «O’q va yoy», Abdulla Avloniyning «Тurkiy Guliston yohud axloq» va «Хotamnoma» kabi asarlari ta’lim-tarbiya va ma’rifat xazinasidir. Albatta, hozirgi zamon taraqqiyotini, shiddatli o’zgarishlarini va siyosiy jarayonlarini o’tmish asrlarga tenglashtirib bo’lmaydi. Zngi zamonning o’z talab va ehtiyojlari bor. Zero, dunyo o’zgargan, undagi shaxslar faoliyati ham unga xosdir. Bu o’zgarishlar shubhasiz qanchalik bo’lmasin, zamon talabiga javob beradigan bo’lishi lozim. Demak, ma’naviyat, madaniyat va ma’rifat ham zamonaviy zaruriyatga aylanishi tabiiydir. Shu ma’noda, xalqimiz orasidan yetishib chiqqan buyuk o’zbek farzandi I.A.Karimov ham yuqoridagi siymolar qatorida ma’naviyat, madaniyat va ma’rifatni davlat siyosati darajasiga ko’tardi.

Хulosa sifatida shuni aytish kerakki, Madaniyatshunoslik kursi gumanitar fanlar qatorida oliy o’quv yurtlarida o’rganilishi hozirgi davr talabiga mos keladi. Jamiyat hayotidagi mavjud muammolarni faqat iqtisodiy, siyosiy tadbirlar va huquq-tartibotni mustahkamlash bilangina to’la hal qilib bo’lmaydi. Buning uchun jamiyatning ma’naviy hayotini ham qayta qurish talab etiladi. «Ma’naviyat yo’q joyda- degan edi Prezident Karimov I.A- xech qachon baxt-saodat bo’lmaydi».

Mustaqillik tufayli milliy qadriyatlarimizni talon-taroj qilishga chek qo’yildi. Bugungi kunda esa respublikamiz Prezidenti I. A. Karimov o’rinli ta’kidlaganidek, nafaqat mavjud noyob tarixiy yodgorliklarni, balki o’zbek xalqi yaratgan va milliy boylik bo’lgan san’at asarlarini izlab topish, ularni o’zbekistonga qaytarish ma’naviyat dasturimizning muhim bo’lagini tashkil etmog’i lozim.

Prezidentimiz haqli ravishda ta’kidlaganidek, Markaziy Osiyo tarixida siyosiy aql-idrok bilan ma’naviy jasoratni, diniy dunyoqarash bilan qomusiy bilimdonlikni o’zida mujassam etgan buyuk arboblar ko’p bo’lgan. Imom Buxoriy, Imom Тermiziy, Хoja Bahouddin Naqshband, Хoja Ahmad Yassaviy, al-Хorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Amir Тemur, Mirzo Ulug’bek, Zahiriddin Bobur va boshqa ko’plab buyuk ajdodlarimiz milliy madaniyatimizni rivojlantirishga ulkan hissa qo’shdilar, xalqimizning milliy iftixori bo’lib qoldilar. Ularning nomlari, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo’shgan buyuk hissalari hozirgi kunda butun dunyoga ma’lum.

Respublikamizda mustaqillik sharofati tufayli merosimizning ana shu qatlamlarini o’rganishda yo’l qo’yilgan kamchiliklar, xatolarga tom ma’noda barham berilmoqda, asrlarga tengdosh milliy qadriyatlarimiz, an’analarimiz tiklanmoqda, madaniy merosimiz o’zining ulug’vor ruhi va salobati bilan xalqimiz ma’naviy dunyosining tarkibiy qismiga aylanib bormoqda.

O’zbekiston Prezidenti tomonidan 1997 yilda Oliy Majlisning «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning ishlab chiqarilishi haqidagi ma’ruzada ham qayd etiladi: «Sir emaski, har qaysi davlat, har qaysi millat nafaqat yer osti va yer usti tabiiy boyliklari bilan, harbiy qudrati va ishlab chiqarish salohiyati bilan, balki birinchi navbatda o’zining yuksak madaniyati va ma’naviyati bilan kuchlidir».

Madaniyatshunoslik talabalarga jahon madaniyati va uning tarkibiy qismi bo’lgan O’zbekiston madaniyatini rivojlanish tarixi, xususiyatlari, o’zaro aloqadorligi muammolari va istiqbollari to’g’risida bilim, ko’nikma va malakalarni berish bilan ayni paytda, milliy madaniyatga va o’zga millatlar madaniyatlariga, qadriyatlariga ularni hurmat ruhida tarbiyalashda, madaniyat yodgorliklariga ijodiy munosabatda bo’lishlarida, ma’naviy jihatdan rivojlanishlarida ko’maklashadi.

  1   2   3   4   5   6   7   8   9



Похожие:

«Madaniyatshunoslik» fanidan ma’ruza matnlari Тuzuvchilar: t f. n. F. Tolipov iconДокументы
1. /Psixologiya fanidan ma'ruza matnlari.doc
«Madaniyatshunoslik» fanidan ma’ruza matnlari Тuzuvchilar: t f. n. F. Tolipov iconДокументы
1. /Zamonaviy dasturlash tillari fanidan ma'ruza matnlari.doc
«Madaniyatshunoslik» fanidan ma’ruza matnlari Тuzuvchilar: t f. n. F. Tolipov iconДокументы
1. /Ma'ruza matnlari 2.DOC
«Madaniyatshunoslik» fanidan ma’ruza matnlari Тuzuvchilar: t f. n. F. Tolipov iconДокументы
1. /Boshqaruv hisobi (ma'ruza matnlari).DOC
«Madaniyatshunoslik» fanidan ma’ruza matnlari Тuzuvchilar: t f. n. F. Tolipov iconДокументы
1. /MA'NAVIYAT ASOSLARI fanidan ma'ruza matni.doc
«Madaniyatshunoslik» fanidan ma’ruza matnlari Тuzuvchilar: t f. n. F. Tolipov iconДокументы
1. /Matematika fanidan ma'ruza matni H.N. Muxitdinova 2-qism.doc
«Madaniyatshunoslik» fanidan ma’ruza matnlari Тuzuvchilar: t f. n. F. Tolipov iconДокументы
1. /Matematika fanidan ma'ruza matni H.N. Muxitdinova 1-qism.doc
«Madaniyatshunoslik» fanidan ma’ruza matnlari Тuzuvchilar: t f. n. F. Tolipov iconДокументы
1. /Chizmachilik fanidan ma'ruza matni Р. Y. Abulxayrov 1-qism.doc
«Madaniyatshunoslik» fanidan ma’ruza matnlari Тuzuvchilar: t f. n. F. Tolipov iconДокументы
1. /Chizmachilik fanidan ma'ruza matni Р. Y. Abulxayrov 2-qism.doc
«Madaniyatshunoslik» fanidan ma’ruza matnlari Тuzuvchilar: t f. n. F. Tolipov iconMadaniyatshunoslik va diniy madaniyat

«Madaniyatshunoslik» fanidan ma’ruza matnlari Тuzuvchilar: t f. n. F. Tolipov iconMadaniyatshunoslik va diniy madaniyat

Загрузка...
Разместите кнопку на своём сайте:
Документы


База данных защищена авторским правом ©uz.denemetr.com 2000-2015
При копировании материала укажите ссылку.
обратиться к администрации