O`zbekiston respiblikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti icon

O`zbekiston respiblikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti

Реклама:



НазваниеO`zbekiston respiblikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti
страница3/17
Дата17.09.2013
Размер3.67 Mb.
ТипДокументы
источник
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
1. /JMTA Ziyo-Net.rtfO`zbekiston respiblikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti

Mavzu bo`yicha savollar:

1.Jismoniy madaniyatning tibbiy asoslari fani haqida tushuncha bering.

2.Fanning ahamiyatini ayting.

3.Fanning vazifalari nimalardan iborat?

4.Fan faoliyatini tashkil etilishi haqida nimalarni bilasiz?

5.Maktab o`quvchilariga xos anatomik-fiziologik xususiyatlarini ayting.

6.Maktab o`quvchilarini sport bilan shug`ullanishi qanday tibbiy talabga asoslanadi?

7.O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining inson sog`lig`i, jumladan, yosh avlod sog`lig`i haqida g`amxo`rligi nimalarda namoyon bo`lgan?

8.O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanishini yanada yaxshilashga bag`ishlangan qanday hujjatlarini bilasiz?


2-Mavzu: Sog`liq va kasallik to`g`risida ta`limot.Odam organizmining reaktivligi va rezistentligi.Immunitet.


Reja:


  1. Sog`liq va kasallik to`g`risida tushuncha.

  2. Kasallik sabablari (Etiologiya tushunchasi).

  • kasallikning tashqi sabablari (fizikaviy, kimyoviy, biologik, ijtimoiy, alimentar, gipodinamiya, giperdinamiya, psixogen);

  • kasallikning ichki sabablari (irsiy kasalliklar: xromosoma va genitik kasalliklar).

  1. Odam organizmining reaktivligi va rezistentligi.

  2. Immunitet.


Sog`liq va kasallik to`g`risida tushuncha.

Sog`liq-odam organizmining biologik, jismoniy, ruhiy holatlari, mehnat faoliyatining muvozanatlashgan birligi, baxt-saodatdir. U odam mehnat unumdorligini, mamlakatning iqtisodiy qudratini, xalq farovonligini rivojlantirishning muhim shartidir. Xalq sog`lig`ini muhofaza qilishga qaratilgan barcha chora-tadbirlarda faol ishtirok etish har bir fuqaroning ahloq normasi, yuksak burchi bo`lmog`i lozim.

Kasallik-qandaydir noqulay ta`sirotlar natijasida organizmning biologik, jismoniy, ruhiy holatlari va mehnat faoliyatining buzilishidir.

Kasallikda odam organizmida maxsus (spetsifik) va maxsus bo`lmagan (nospetsifik) o`zgarishlar (belgilar) vujudga keladi. Maxsus (spetsifik) o`zgarishlar kasallikni yuzaga keltirgan sababchisi (faktor)ning ta`sir qilish xususiyatiga bog`liq. Masalan, tashqi muhitdagi mingdan ortiq mikroblar, 250 dan ortiq viruslar, ko`plab zamburug`lar, gijjalarning har qaysi turi odamga yuqqanida, kasallikni vujudga keltirishi bilan birga, mazkur kasallikni o`ziga xos maxsus (spetsifik) belgilarini paydo qiladi, chunonchi, bug`ma (difteriya) kasalligi qo`zg`atuvchisi (Lyoffler mikrobi) yuqqanida, mikrob kirgan joyda (tomoq, hiqildoq, burun, ko`z) da oqimtir-sarg`ich qazg`oq hosil qiladi.Shu qazg`oqda mikrob ko`payib, zaharli modda (toksin) ishlab chiqaradi, u qonga surilib, birinchi navbatda yurak muskulini zararlaydi.Boshqa kasalliklarni qo`zg`atuvchi mikrob, virus va boshqa mikroorganizmlar ham, bo`g`ma mikrobi singari, o`ziga xos maxsus kasallik belgilarini paydo qiladilar. Yoki yuqori harorat ta`sirida terida kuyish vujudga keladi.Kuygan joyda qizarish va ichida tiniq suyuqlik bo`lgan pufakcha hosil bo`ladi.Terining sovuq urgan joyida hosil bo`lgan pufakchada esa loyqa suyqlik bo`ladi.Bundan ko`rinib turibdiki issiq va sovuq haroratlar o`zining ta`sir xususiyatiga ko`ra terining kuygan va sovuq urgan joylarida, o`ziga xos maxsus belgilarni vujudga keltiradi.

Kasallikda yuzaga keladigan maxsus bo`lmagan (nospetsifik) o`zgarishlar (belgilar) ta`sir qiluvchi faktor (mikrob, virus, issiq yoki sovuq harorat va hokazo) larning xususiyatiga bo`gliq bo`lmaydi. Balki, bu o`zgarish (belgilar) noqulay ta`sirotga nisbatan odam organizmining javob reaksiyasiga bog`liq bo`ladi. Masalan, gripp kasalligi jarayonida bir kishida tana harorati 37-37,5 daraja atrofida bo`lib, bemor kasallikni oyoqda yurib o`tkazadi, ikkinchi kishida esa tana harorati 39-40 darajagacha ko`tarilib, bemorning ahvoli og`ir bo`ladi.

Etiologiya tushunchasi. Etiologiya – yunoncha so`z bo`lib, etio-sabab, logos- fan ma`nosini bildiradi. Demak, etiologiya – kasallikni vujudga keltirgan sabablarni o`rganadigan maxsus fan ma`nosini bildiradi.

Kasallikni etiologiyasi, ya`ni vujudga keltiruvchi sabablar 2 guruhga bo`linadi:

1.Kasallikni yuzaga keltiruvchi tashqi (ekzogen) sabablar.Bu sabablar odam organizmining tashqarisidan, ya`ni tashqi muhitdan ta`sir qiladi.

2.Kasallikni yuzaga keltiruvchi ichki (endogen) sabablar.Bu sabablar odam organizmining ichki, ya`ni nasl hususiyatiga bog`liq.

Kasallikning tashqi sabablari. Kasallikning tashqi sabablariga quyidagilar kiradi:

  • fizikaviy;

  • kimyoviy;

  • biologik;

  • alimentar;

  • ijtimoiy;

  • kam harakatlanish (gipodinamiya) tufayli yuzaga keladigan kasalliklar;

  • me`yoridan ortiq xarakatlanish (giperdinamiya) tufayli yuzaga keladigan kasalliklar;

  • psixogen ta`sirlar natijasida yuzaga keladigan kasalliklar.

Kasallikning fizikaviy sabablari o`z navbatida quyidagi turlardan iborat:

  • mexanik ta`sirlar – urilish, kesilish, bosilish, sanchilish;

  • termik ta`sirlar – kuyish, sovuq urish;

  • nurlanish ta`siri-odam organizmida nurlanish kasalligini yuzaga keltiradi;

- elektr toki ta`siri – mahalliy ta`sirida teri kuyadi.Umumiy ta`sirida nafas, yurak to`xtab qolishi mumkin;

- atmosfera bosimining o`zgarishlari tufayli yuzaga keladigan kasalliklar. Atmosfera bosimining yuqori bo`lishi suv ostida kuzatiladi: quloqda og`riq, nafas chiqarishning qiyinlashuvi, qonda kislorod va azot gazini ko`payishi organizmga zaharli ta`sir ko`rsatadi.Suv ostidan yuqoriga tez ko`tarilish tufayli kesson kasalligi vujudga keladi;

- Atmosfera bosimining pasayishi tog` ustida kuzatiladi va chiniqmagan odamlarda tog` kasalligi yuzaga keladi.

Kasallikning kimyoviy sabablari. Kimyoviy moddalar odam organizmiga zahar sifatida ta`sir ko`rsatadi.Bularga kislotalar, ishqorlar, qurg`oshin, simob, margimush, xlor, yod va boshqa moddalar kiradi.

Shuningdek, hashoratlar:ilon, chayon, qoraqurt, zamburug` va hokazolarning zahari.

Zaharli moddalar odam organizmning o`zida ham paydo bo`lib, o`zini-o`zi zaharlashi mumkin.Masalan, buyrak kasalligining og`ir kechishida modda almashinuvida hosil bo`lgan qoldiq azot moddalarini siydik orqali tashqariga ajratilishi qiyinlashadi va ular qonda, to`qimalarda to`planib organizmni zaharlaydi. Natijada hayot uchun xavfli bo`lgan uremiya holati vujudga keladi. Shuningdek, virus qo`zg`atadigan yuqumli gepatit kasalligida jigar hujayralarining yallig`lanishi va ayrimlarini yemirilishi to`fayli ularda ishlab chiqariladigan bilirubin moddasi qonga o`tib bosh miyaning nerv hujayralarini va tananing boshqa to`qima-a`zolarini zaharlaydi.Natijada odam organizmida umumiy intoksikatsiya holatini vujudga keltiradi.

Kasallikning biologik sabablari.Kasallikning biologik sabablariga tashqi muhitdan odamga yuqib kasallikni yuzaga keltiradigan mikroblar, viruslar, zamburug`lar, gijja tuxumlari va boshqalar kiradi.

Kasallikning ijtimoiy sabablari.Odamning yashash, ishlash, o`qish sharoitining noqulay bo`lishi hamda odamning madaniyatini pastligi bilan bog`liq bo`lgan sil, giyohvandlik, OITS, tanosil (zahm, so`zak) kasalliklari kiradi.

Alimentar kasalliklar. Ijtimoiy kasalliklar guruhiga alimentar kasalliklar ham kiradi.Bu odamning ovqatlanish jarayonini buzilishi bilan bog`liq. Ovqat miqdorini yetishmasligi, sifatsizligi, ya`ni ovqat tarkibida oqsil, vitaminlar va boshqa moddalarning yetishmasligi. Buning natijasida odam ozadi, kamqonlik yuzaga keladi, ish qobiliyati pasayadi.

Aksincha, ovqatni ko`p iste`mol qilish, ayniqsa uglevodli va yog`li taomlarni me`yoridan ortiq iste`mol qilish tufayli, semerish, qandli diabet va boshqa kasalliklar vujudga kelishi mumkin.

Harakatlanishning kamligi (gipodinamiya) tufayli semirish, ateroskleroz, gipertoniya, osteoxondroz, artroz, yurakning ishemik kasalliklari yuzaga kelishi mumkin.

Harakatlanishning me`yoridan ortiqligi (giperdinamiya), ya`ni og`ir jismoniy mehnat bilan shug`ullanuvchilarda, sportchilarda zo`riqish holati kuzatiladi. Bunda yurak-qon tomir, muskul, bo`g`im, suyak, psixik-asab kasalliklar vujudga kelishi mumkin.

Psixogen kasalliklar. Me`yoridan ortiq aqliy mehnatdan zo`riqish, g`am-tashvish, qo`rquv, tez-tez hayajonlanish, uyqusizlik kabi holatlar oliy nerv faoliyatini (bosh miya po`stloq qismining nerv hujayralari faoliyatini) zo`riqtirib, bosh miya po`stloq va po`stloq osti nerv markazlari faoliyatini buzilishiga olib keladi. Buning natijasida nevroz, isteriya, psixoz, gipertoniya, terining ekzema, yurakning ishemik, stenokardiya, miokard infarkti, miya insulti va boshqa kasalliklar yuzaga kelishi mumkin.

Kasallikning ichki sabablari.

Kasallikning ichki (endogen) sabablariga nasl kasalliklari kiradi. Nasl kasalliklarini dunyoda birinchi bo`lib 1865 yilda chex olimi Iogan Gregor Mendel aniqlagan.

Odam organizmi barcha hujayra, to`qima a`zolarining tuzilishi, faoliyati va barcha hayotiy jarayonlarning har bir odamga xos xususiyatlari avloddan-avlodga (nasldan-naslga) beriladi.

Nasldan-naslga berilish (o`tish) qonunlarini genetika fani o`rganadi.

Nasldan berilish xususiyatlarining material asosi xromosomalar va genlar hisoblanadi.

Xromosomalar odam organizmining (barcha mavjudotlarning) hujayralar yadrosida joylashgan.

Barcha hayvon, hashorat organizmining har bir turi uchun xromosomalarning o`ziga xos shakli va soni bo`ladi.

Odam organizmning hamma somatik hujayralari yadrosida 46 ta xromosoma bo`ladi. Har xil xromosoma tarkibida ko`plab genlar bo`ladi. Somatik hujayralardan farqli ularoq, erkak va ayol jinsiy hujayralarida 23 tadan xromosomalar bo`ladi. Bularning 22 tasi autosomalar bo`lib, ular ota-ona organizmning nasl belgilarini homilaga (bo`lg`usi bolaga) o`tkazadi. Jinsiy hujayralarning 23-nchi xromosoma yangi bunyod bo`lgan homilaning jinsini belgilaydi.

Ayol jinsiy hujayrasidagi 23- nchi xromosoma XX (iks-iks), erkak jinsiy hujayrasidagi 23- nchi xromosoma XY (iks-igrik) bo`ladi.

Genetika fanining aniqlashiga ko`ra 1500 ga yaqin nasl kasalliklari va to`qima a`zolarning norasoliklari bor.

Nasl kasalliklari ikki guruhga bo`linadi:

1.Genlar orqali beriladigan nasl kasalliklari.

2.Xromosomalar orqali beriladigan nasl kasalliklari.

Genlar orqali beriladigan nasl kasalliklarga quyidagilarni misol sifatida ko`rsatish mumkin:

1.Albinizm – teri, ko`z, sochning rangsizligi (oppoq bo`lishi).

2.Daltonizm –ko`zning rang bilish qobiliyatini buzilishi.

3.Gemofiliya-qonning ivish xususiyatini pasayishi tufayli burundan qon ketish. Ozroq shikastlanganda jarohatdan ko`p qon ketishi.

4.Kar-soqovlik.

5.Shizofreniya – og`ir psixik kasallik.

Xromosomalar orqali beriladigan irsiy kasalliklarga Daun kasalligi misol bo`ladi. Xromosoma kasalligi hujayra yadrosidagi xromosomalar sonining o`zgarishi, ya`ni tabiiyga nisbatan ko`payishi yoki kamayishi natijasida yuzaga keladi.

Ya`ni normadagi 46 ta xromosoma o`rniga 45 ta yoki 47 ta xromosoma bo`ladi. Masalan, Daun kasalligida xromosomalar 47 ta bo`ladi. Daun kasallik bilan tug`ilgan bolaning tashqi qiyofasida quyidagi o`zgarishlar bo`ladi: ko`zlari kichik, burni kichik va orqa tomoni pachoq, tili katta, qo`l-oyoqlari kalta, aqliy qobiliyati rivojlanmaydi.

Daun kasalligida xromosomalar sonining 46 ta o`rniga 47 bo`lib qolishi quyidagi sabab bilan bog`liq. Erkak va ayol jinsiy hujayralari xromosomalari ayol tuxum yo`lida qo`shilishi natijasida yangi hujayra (homila) paydo bo`ladi. Ayol va erkak jinsiy hujayrasidagi 23tadan xromosomalar yangi hujayrada (homilada) 46 ta xromosomani hosil qiladi. Ammo, bu hujayra tuxum yo`lida bo`linib, ko`payishi jarayonida, bo`lingan hujayradagi 46 ta xromosomani 2 tomonga, ya`ni ikkita yangi hosil bo`lgan hujayraga noto`g`ri taqsimlanishi bir tomonda 47ta, ikkinchi tomonda 45 ta bo`lishi bo`lg`usi homilada Daun kasalligini yuzaga keltiradi.

Homilada Daun kasalligini vujudga kelishining ikkinchi sababi, ona jinsiy hujayrasidagi 21-nchi xromosomaning homilador bo`lishdan oldingi davrda mutatsiyaga uchraganligidir. Ayolning yoshi qancha katta bo`lsa, uning jinsiy hujayrasi xromosomalari shuncha ko`proq va kuchliroq mutatsiyaga uchraydi va homilaga mutatsiyalangan xromasoma berilib, u Daun yoki boshqa nasl kasalligiga uchraydi.

Homilaning ayrim irsiy kasalliklari, homila paydo bo`lishidan oldin tashqi muhitning noqulay ta`sirlari natijasida ota yoki ona xromosoma va genlarning mutatsiyaga uchrashi tufayli vujudga keladi.

Ba`zi irsiy kasalliklar bolalik davrida sezilmaydi, balki yashash jarayonida tashqi muhitning zararli ta`sirlari tufayli yashirin kechayotgan irsiy kasallikning belgilari bolaning yoshi ulg`ayganda namoyon bo`ladi.Demak, agar bolaning yashash sharoiti yaxshi bo`lsa, uni turli xil zararli kimyoviy moddalar va kasalliklardan saqlansa unda ota-onadan berilgan va yashirin kechayotgan ba`zi nasl kasalliklar bola katta bo`lganida ham namoyon bo`lmasligi mumkin.

Odam organizmning reaktivligi va rezistentligi.

Reaktivlik - biror tashqi ta`sirga, odam organizmning javob qaytarish xususiyatidir. Bu tashqi muhitning va turli xil noqulay ta`sirlariga organizmning moslashish qobiliyatini belgilaydi.

Reaktivlik bosh miya hujayralarining, ya`ni oily nerv markazining qo`zg`aluvchanligi yuqori bo`lganda oshadi, nerv hujayralari qo`zg`atuvchanligi pasayganda reaktivlik ham pasayadi.

Oddiy qilib aytganda, odam kayfiyati ko`tarinlikda bo`lganda reaktivlik oshadi, kayfiyat pasayganda esa reaktivlik ham pasayadi.

Jismoniy mashg`ulotlar to`g`ri reja bilan uslubiy jihatdan to`g`ri va yaxshi moslashgan sharoitda bajarilganda sportchi organizmining reaktivligi oshadi, mashg`ulot unumdorligi yuqori darajada bo`ladi.

Aksincha, mashg`ulot noto`g`ri reja, noqulay uslub va moslashmagan sharoitda o`tkazilganda, sportchilar organizmining reaktivligi pasayadi, ish qobiliyati ham pasayadi.Natijada sportchida charchash, o`ta charchash, zo`riqish holatlari, hatto shikastlanish yuzaga kelishi kuzatiladi.

Rezistentlik – kasallik qo`zg`atuvchi faktor ta`siriga odam organizmining chidamligini oshishidir.

Reaktivlik va rezistentlik bir-birini to`ldirgan holda odam organizmini tashqi muhitning noqulay ta`sirlariga qarshilik ko`rsatish, o`zini himoya qilish qobiliyati (xususiyatini) belgilaydi.

4.Immunitet. Odam organizmining yuqumli kasallikka berilmaslik xususiyati, ya`ni organizm o`z-o`zini yuqumli kasallikdan himoyalash xususiyatidir.

Immunetit xususiyati hamma odamlarda bir xil bo`lmaydi.Sog`lom, jismoniy chiniqqan, bolalik davrida jadval bo`yicha hamma emlashlarni qabul qilgan odamlarda immutet kuchli, mustahkam bo`ladi.Aksincha, jismoniy chiniqmagan, zaif, hamma emlashlarni qabul qilmagan odamda, immutet kuchsiz bo`ladi.

Ayrim odamlarda, ya`ni tez-tez kasallanadigan, uzoq muddat davomida xastalikda bo`lib zaiflashgan, o`ta charchagan, ovqatlanish sifati yaxshi bo`lmaganlarda immunitet umuman bo`lmasligi yoki avval bo`lgan immunitet organizm zaiflashganligi tufayli yo`qolishi mumkin.Bunday odamlar yuqumli kasalliklarga o`ta beriluvchan bo`ladilar (OITS/VICH bilan kasallangan odamda immutet mutloq yuqoladi).

Immunitet turlari.

Immunitet 2 turga bo`linadi:

1.Tug`ma immunitet-onadan bolaga beriladi.Lekin bu immunitet bolaning birinchi yoshidayoq, hatto birinchi oylardayoq, o`z kuchini yo`qotadi.

2.Odam hayoti davomida orttirilgan immunitet. Bu immunitet o`z navbatida 2 turga bo`linadi:

a) Orttirilgan tabiiy faol immunitet.Odam biron bir yuqumli kasallik bilan xastalanib, tuzalgandan keyin uning organizmida ana shu yuqumli kasallikni qo`zg`atadigan mikrob (virus) ga qarshi hosil bo`ladi.Buning natijasida bu odam butun umri davomida mazkur yuqumli kasallik bilan hech qachon takror kasallanmaydi. Masalan: qizamiq, qora chechak, tepki, bo`g`ma, ko`k yo`tal kabilar. Lekin, ta`kidlash lozimki, hamma yuqumli kasalliklarning mikroblariga qarshi immunitet hosil bo`lavermaydi.Masalan, gripp, ichburug`, sarg`ayma va boshqa kasalliklar bilan kasallanib tuzalgan odamda virusi va mikrobiga qarshi immunitet hosil bo`lmaydi, u mazkur kassalik bilan qayta-qayta kasallanishi mumkin.

b) Orttirilgan sun`iy faol immunitet.Sog`lom odamni (asosan bolalarni) maxsus tayyorlangan vaksinalar bilan emlash natijasida sun`iy usul bilan immunitet hosil qilinadi.

O`zbekiston Respublikasida hozirgi vaqtda chaqaloq tug`ilganining birinchi kunidan boshlab, 46 yoshgacha bo`lgan odamlarga 9 xil yuqumli kasalliklarga qarshi vaksinalar bilan maxsus jadval bo`yicha emlash o`tkaziladi.

Bu kasalliklar quyidagilar: 1.Virusli gepatitning B turiga qarshi. 2.Sil. 3.Polimiyelit. 4.Difteriya. 5.Qoqshol. 6 Ko`kyo`tal. 7.Qizamiq. 8.Epidemik paratit. 9.Nizomiq.

Passiv immunitet. Odam og`ir kechadigan yuqumlik kasallik bilan kasallanganda uni davolash maqsadida maxsus zardob yoki gammaglobulin yuborish natijasida hosil qilinadi.

Zardob yoki gammaglobulin tarkibida yuqumlik kasallikning mikrobi (virusi) ga qarshi tayyor immunitet (antitela va antitoksin) bo`ladi.

Gammaglobulin davolash maqsadida qo`llanishidan tashqari, aholi orasida biror yuqumlik kasallik tarqalganida, uning oldini olish uchun profilaktika maqsadida, asosan yosh bolalarga qo`llanadi.

Zardob, gammaglobulin yuborish yo`li bilan hosil qilingan passiv immunitet odam organizmida qisqa muddat saqlanadi (ko`pi bilan 1-2 oy).


Mavzu bo`yicha savollar:

1.Sog`liqni ta`riflang.

2.Kasallikni ta`riflang.

3.Kasallikning spetsifik va nospetsifik belgilarini ayting.

4.Kasallikning tashqi sabablarini ayting.

5.Gipodinamiya va giperdinamiya tufayli yuzaga keladigan kasalliklarni tushuntiring.

6.Ijtimoiy kasalliklarga misol keltiring.

7.Alimentar kasalliklarning sababini ayting.

8.Kasallikning ichki sabablari (xromosoma, genlar)ga tushuncha bering.

9.Odam organizmining reaktivligi va rezustengligi to`g`risida tushunchangiz.

10.Immunitet va uning turlarini ayting.


3-Mavzu: Jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanuvchilarni

tibbiy nazoratdan o`tkazish. Jismoniy rivojlanishni baholash.


Reja:


1.Tibbiy nazoratning 3 bosqichda o`tkazilishi va ularda hal etiladigan masalalar:

- birlamchi tibbiy nazorat va unda hal etiladigan masalalar;

- takror tibbiy nazorat va unda hal etiladigan masalalar;

- qo`shimcha tibbiy nazorat va unda hal etiladigan masalalar;

2. Tibbiy nazoratda jismoniy rivojlanish, tayanch-harakat tizimini tekshirish usullari va olingan ko`rsatgichlarni baholash:

Antropometrik tekshirish usullari.Bular 3 turdan iborat:

- somatometrik tekshiruv usuli va ko`rsatgichlari;

- fiziometrik tekshiruv usuli va ko`rsatgichlari;

- somatoskopik tekshiruv usuli va ko`rsatgichlari.

3.Qad-qomatni somatoskopik tekshiruv usuli yordamida aniqlash va baholash;

- normal qad-qomat;

- qad-qomatning buzilishlari: egilgan, lordoz, kifoz, skolioz, kekkaygan qad-qomat;

- yassioyoqlik;

- “O”-simon, “X”-simon oyoq shakli.

4.Sportchilarni tibbiy nazorat ko`rsatgichlari va ularni baholash.

5.Jismoniy tarbiya darsida o`quvchi-talabalarni sog`liq guruhlariga bo`lish.

6.Bolalarni tana tuzilishiga qarab sport turlarini tavsiya etish.

7.Bolalarni yoshiga qarab sport turlarini tavsiya etish.


Tibbiy nazorat bosqichlari. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchilarni tibbiy nazoratdan o`tkazish 3 bosqichda amalda oshiriladi: birlamchi, takror, qo`shimcha tibbiy nazorat.

Birlamchi tibbiy nazorat va unda hal etiladigan masalalar. Bu jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishning boshlanish davrida o’tkaziladi.

Bunda quyidagi masalalar hal etiladi:

1.Nazoratdan o`tayotgan shaxsning hozirgi paytda sog’liq holatini aniqlanadi va baholanadi.

2.Uning jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlari: tana vazni, bo`y uzunligi, tana vazni, ko’krak qafasi aylanasi, qo`l va bel muskullari kuchi, o`pka tiriklik sig`imi va boshqa ko’rsatkichlari aniqlanadi va baholanadi.

3.Mazkur shaxs organizmining jismoniy mashqlarga moslashish funksional imkoniyatlari aniqlanadi va baholanadi.

4.Ushbu tibbiy nazorat natijasida o’quvchi va talabalar jismoniy tarbiya fani darsiga qatnashish bo`yicha 3 ta sog`liq guruhlariga bo`linadilar.

5.Mutloq sog`lom, jismoniy rivojlanishi yaxshi, organizmining funksional imkoniyati yuqori darajada bo`lgan o`quvchi-talabalarning tana tuzilishi konstitutsional xususiyatlarini hamda hohishini e`tiborga olgan holda sport vrachi va jismoniy tarbiya o’qituvchisi (trener) ning hamkorligida sport turlari tanlanib, sport seksiyalarida mashg`ulot o`tkazish tavsiya etiladi.

Shuningdek, sport seksiyasida mashg`ulot o`tkazish tavsiya etilgan shaxslarga, ularning jismoniy-funksional holatini e`tiborga olgan holda, sport vrachi va trener birgalikda, mashq hajmi va tezligi bo`yicha mashg`ulorlar rejasini belgilaydilar.

Takror tibbiy nazorat va unda hal etiladigan masalalar.

Takror tibbiy nazorat birlmachi tibbiy nazoratdan o’tgandan keyin 3 oy, 6 oy, eng uzog`i bilan 9-12 oy oralig`ida o`tkaziladi.

Takror tibbiy nazorat birlmachi tibbiy nazoratda belgilangan jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari shug’ullanuvchining sog’lig`iga, jismoniy rivojlanishiga, organizmining funksional holatiga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko’rsatgani aniqlanadi va baholanadi.

Qo`shimcha tibbiy nazorat va unda hal etiladigan masalalar.

Qo`shimcha tibbiy nazorat quyidagi masalalarni hal etish maqsadida o`tkaziladi:

1.O`quvchi-talaba biror og`ir kasallik bilan xastalanib, ma`lum vaqt davolanib, o`qishga qaytganidan keyin, uning jismoniy tarbiya darsiga qatnashishi masalasi hal etiladi.

2.Sportchi qandaydir kasallik yoki shikastlanish sababli ma`lum vaqt davolanishda bo`lib, sog`ayib qaytgandan keyin, uning trenirovka mashg`ulotlari bilan shug`ullanishi mumkin yoki mumkin emasligi masalasi hal etiladi.

Agar sportchiga kasallik-shikastlanishdan keyin trenirovka mashg`ulotlari bilan shug`ullanish ruxsat etilsa, uning beriladigan mashq hajmi va tezligi belgilanib, trenerovka rejasi tuziladi.

3.Sportchining musobaqa qatnashishi oldidan, u qo`shimcha tibbiy nazoratdan o`tkaziladi.Bunda sport-vrachi xulosasiga ko`ra sportchining musobaqaga qatnashishi mumkin yoki mumkin emasligi masalasi hal etiladi.

Tibbiy nazoratda sportchilar jismoniy rivojlanishi ko`rsatgichlarini aniqlash va baholash.

Jismoniy rivojlanish ko`rsatgichlarini aniqlash usullari.

Jismoniy rivojlanish ko`rsatgichlari antropometrik tekshirish usuli yordamida aniqlanadi va baholanadi.

Bu o`z navbatida 3 guruh tekshiruv usullaridan iborat:

1.Somatometrik tekshiruv usuli va ko`rsatgichlari. Bo`y uzunligi: tik turgan va o`tirgan vaziyatda, tana vazni (ichki kiyimda, poyafzalsiz), ko`krak qafasi aylanasi: tinch holatda, chuqur nafas olganda, chuqur nafas chiqarganda va ikkalasini farqi (ko`krak qafasi ekskursiyasi) aniqlanadi va baholanadi.

2.Fiziometrik tekshiruv usuli va ko`rsatgichlari. O`pkaning tiriklik sig`imi (ml), qo`l va bel muskullarining kuchi (kg).

3.Somatoskopik tekshiruv usuli va ko`rsatgichlari. Kiyimsiz (yoki ichki kiyimda), terining tozaligi (toshma va yaralar bor-yo`qligi), ranggi va tarangligi, teri osti yog` qavatini qalinligi (qorin old devori, biqin, kuraklar osti sohasida), muskullar rivoji (qo`l-oyoq, yelka, ko`krak muskullari).Qad-qomatning shakllanishi (normal yoki uning buzilishlari).Oyoqlar shakli.Tovon-kaft shakli.

Jismoniy rivojlanishning somatometrik tekshiruv usullari va ko`rsatgichlari.

Bo`y uzunligi rostomer (antropometr) asbobi yordamida aniqlanadi.

Tekshiriluvchi poyafzalsiz, orqasi bilan antropometrga tiralib tik turadi. Uning kuraklari oralig`i, dumbasi, tovonlari antropometrga tegib turishi kerak.

Antropometrni o`tirg`ichi bo`lib, tekshiriluvchining o`tirgan vaziyatdagi bo`y uzunligi aniqlanadi.

Qizlarda bo`y o`sishi 18 yoshda, yigitlarda 20 yoshda deyarli to`xtaydi. Ayrim hollarda qizlar bo`yini o`sishi 21-23 yoshgacha, yigitlar bo`yini o`sishi 23-25 yoshgacha, juda sekin davom etishi mumkin.

Normada erkaklar o`rtacha bo`y uzunligi, o`sish to`xtagandan (20 yoshdan) keyin 170 sm deb qabul qilingan.

Tana vazni tibbiy tarozida aniqlanadi.

Tekshiriluvchi poyafzalsiz, ichki kiyimida tarozi o`rtasida qimirlamay tik turishi kerak.

Normada erkaklarning o`rtacha tana vazni, bo`y o`sishi to`xtagandan (20 yoshdan) keyin 70 kg deb qabul qilingan.

Ko`krak qafasi aylanasi.

Tekshiriluvchi tik turgan vaziyatida aniqlanadi. Lentaning yuqori qirrasi oldindan o`g`il bolalar va erkaklarda ko`krak bezi ustidan, o`smir qiz va ayollarda ko`krak bezi ostidan o`rnatiladi.Orqadan lentaning yuqori qirrasi kuraklarning pastki uchi ostidan to`g`ri o`tishi kerak.

Ko`krak qafasi aylanasi odam jismoniy rivojlanishining muhim ko`rsatgichi hisoblanadi.Chunki, ko`krak qafasi aylanasi qanchalik yaxshi rivojlangan bo`lsa, uning bo`shlig`ida joylashgan o`pkalar, yurak va yirik qon tomirlarining funksiyasi shunchalik yaxshi bo`ladi.

Normada 15 yoshdagi o`smirda ko`krak qafasi aylanasi tinch turgan paytda 75-78 sm bo`ladi.

Chuqur nafas olganda ko`krak qafasi aylanasining ko`rsatgichi oshadi, chuqur nafas chiqarganda kamayadi.

Ko`krak qafasi aylanasining chuqur nafas olgan va chuqur nafas chiqargandagi ko`rsatgichlarining bir-biridan farqi ko`krak qafasi ekskursiyasi (razmax) deyiladi.Bu ko`rsatgich qancha ko`p bo`lsa, nafas olish a`zolari funksiyasi shuncha yaxshi rivojlangan hisoblanadi.

Tekshiruvda ikkinchi toifali yosh sportchida ko`krak qafasi ekskursiyasi 8-10 sm bo`lgani qayd etiladi.

Jismoniy rivojlanishning fiziometrik-tekshiruv usuli va ko`rsatgichlari.

O`pkaning tiriklik sig`imi - spirometr asbobi yordamida aniqlanadi. Spirometr suvli va havoli bo`ladi.

Jismoniy rivojlanish qanchalik yuqori darajada bo`lsa, huddi ko`krak qafasi ekskursiyasi singari, o`pkaning tiriklik sig`imi shuncha ko`p bo`ladi.

Tekshiruvda o`pkaning tiriklik sig`imi sog`lom, jismoniy mashg`ulotlar bilan shug`ullanadigan 15 yoshdagi o`smir (yigitda) 3000 ml, 17 yoshdagi o`smir (yigitda)-3500 ml bo`lgan.

Qo`l muskullari kuchi. Qo`l dinamometri asbobi yordamida aniqlanadi va kg hisobida baholanadi.Dinamometrni qo`l kaftida ushlab, bor kuch bilan qisiladi. Uning soatga o`xshash strelkasi qo`l kuchini kilogramm hisobida ko`rsatadi.

Tekshiruvda 17 yoshdagi o`smir yigitlarning o`ng qo`li kuchi o`rtacha - 47 kg, chap qo`li kuchi o`rtacha-40,6 kg bo`lgan.Shu yoshdagi o`smir qizlarning o`ng qo`li kuchi o`rtacha-29 kg, chap qo`li kuchi o`rtacha-26 kg bo`lgan.

Bel muskullari kuchi - tik turib o`lchaydigan dinamometr (stanavoy dinamometr) yordamida aniqlanadi va kilogramm hisobida baholanadi.

Rossiyada o`tkazilgan tekshiruvlarda olingan natijalarga ko`ra gimnastika bilan shug`ullanadigan o`smir yigitlarni bel muskullarining o`rtacha kuchi - 176,2 kg, basketbolchilarda-174,8 kg, voleybolchilarda-177,5 kg bo`lgan.

Yuqoridagi sport turlari bilan shug`ullanadigan qizlarda bel muskullarining o`rtacha kuchi - 110,6, 109,6, 115,6 kg.

Jismoniy rivojlanishning somatoskopik tekshiruv usuli va ko`rsatgichlari.

Tekshiriluvchi tanasini yechingan holatida tekshirish.

Teri ko`satgichlari: normada teri silliq, tarangligi yaxshi deb baholanadi (yoki terida toshmalar, yiringli yaralar, jarohat qoldiqlari, yamoqlar, g`adir-budurliklar, tarangligi boshashgan-salqi, quruq, nam deb baholanishi mumkin).

Teri osti yog` qavati. Aniqlash uchun tekshiruvchi ikki barmog`i yordamida tekshiriluvchining qorin, biqin, kuraklari osti sohasida terisini buklaganida necha santimetr qalinlikda ekanligini qayd etadi.Normada shu burma 2-3 sm bo`lishi kerak. Bundan kam bo`lsa tekshiriluvchi ozg`in, ko`p bo`lsa-semiz hisoblanadi.

Muskullar rivoji: Asosan ko`krak, yelka-bilak, son-boldir muskullarining rivojlangani ko`zga tashlanib turadi.Agar muskullar qalin, yo`g`on, tarang, har qaysisi bir-biridan bo`rtib, ajralib tursa, muskullar yaxshi rivojlangan deb baholanadi. Agar muskullar hajmi kichik, bo`shashgan, ular bir-biridan bo`rtib ajralib turmasa, muskullar rivojlanishi kuchsiz deb baholanadi.

Qad-qomatni somatoskopik tekshiruv usulida aniqlash va baholash.

Ko`krak qafasi shakli. Normada ko`krak qafasi silindri shaklida bo`ladi. Yoshlikda suyaklar rivojining buzilishi tufayli ko`krak qafasi shakli quyidagicha o`zgargan bo`lishi mumkin: voronkasimon, tovuqsimon, yopishgan-yapaloq ko`krak qafasi shakllari.

Yelka-orqa shakli. Normal holda umurtqa pog`onasi bo`yin va bel qismida biroz oldinga, ko`krak va dumg`aza qismida biroz orqaga egilgan bo`ladi. Umurtqa pog`onasining bu tabiiy egilishlari odam qad-qomatini normal shakllanishida muhim ahamiyatga ega.

Qad-qomatning shakllanishida ko`krak qafasi suyaklari, umurtqa pog'onasi, qo`l va oyoq suyaklari hamda tana muskullarining normal rivojlanishi muhim ahamiyatga ega.

Qad-qomati normal shakllangan odam tik turganda uning boshi ko'tarilgan, yelkalari yozilgan, ikkala yelkasi, kuraklari bir tekislikda, qorni biroz ichiga tortilgan, oyoqlari tik va to'g'ri bo'ladi.Sonlari, tizzalari, tovonlari bir-biriga tegib turadi, faqat boldirlar orasida ozroqqina bo`shliq bo`ladi.

Qad-qomatning noto'g'ri shakllanishi bir necha xil bo'ladi: egilgan, lordoz, kifoz, kekkaygan, skolioz qad-qomat.

Egilgan qad-qomatli odam tik turganda boshi oldinga egilgan, yelka­lari osilgan, ko'krak qafasi botiq bo'ladi. Bunday qad-qomat umurtqa pog'onasining bo'yin qismidagi oldinga egilishining normaga nisbatan ko'payishi, bel qismidagi egilishining esa kamayishi hamda yelka, ko`krak, qorin devori muskullarining yaxshi rivojlanmasligi tufayli yuzaga keladi.

Lordoz qad-qomatli odam tik tirganida ko'krak va qorin oldinga bo`rtib chiqadi, orqasi yassilashadi.

Kifoz qad-qomatli odam tik tirganida boshi oldinga egilgan, yelkalari oldinga osilgan, orqasining yuqori qismi do'ppaygan va yumaloqlashgan, ko'krak qafasi ichiga botgan, qornining pastki qismi bo'rtgan bo'ladi. Bunday qad-qomat umurtqa pog'onasini bo'yin va bel qismidagi oldinga egilishlarini normaga nisbatan kam, ko'krak qismidagi orqaga egilishining esa ko'p bo'lishi tufayli yuzaga keladi.

Kekkaygan qad-qomatli odam tik turganida orqasi to'g'ri va tekis, qorni ichiga tortilgan bo'ladi. Bunday qad-qomat umurtqa pog'onasi­ning hamma tabiiy egilishlari normaga nisbatan kam bo'lishi natijasida yuzaga keladi.

Skolioz qad-qomatli odam tik turganida yelkalarining biri baland, biri past, kuraklarini biri baland, biri past bo`ladi. Bunday qad-qomat umurtqa pog'onasining yon tomonga (o`ng yoki chap tomonga) egrilanishi tufayli yuzaga keladi.

Yassioyoqlik. Odam oyog`ining tovon-kaft yuzasi tayanch-harakatlanish tizimining muhim qismi hisoblanadi. U tuzilish xususiyatlariga ko'ra tananing ressori vazifasini bajarishga moslashgan.

To'g'ri rivojlangan oyoq kafti yuzasining yarmidan ko'proq qismi o'yiqroq, yarmidan ozroq qismi gumbaz shaklida bo'ladi. Uning bunday tuzilishi tana massasining oyoqning tovon va kaft qismlariga bara­var taqsimlanishini ta'minlaydi.

Oyoq tovon-kaft yuzasining normal tuzilishga ega bo`lishi, oyoq bo`g`imlari va umurtqalar orasidagi tog`aylar bilan birgalikda amartizator, ressor vazifasini bajarishini ta`minlaydi.Bu yurganda, yugurganda, sakraganda ichki a`zolar, orqa va bosh miyaning chayqalishidan himoya qiladi.

Yassioyoqlikda tovon-kaft yuzasining gumbaz qismi kengayib, o'yiq (chuqur) qismining sathi kamayadi. Ba'zida esa oyoq tovon-kaft yuzasining deyarli hamma sathini gumbaz qism egallaydi va tovon-kaft yuzasi tekis bo'lib qoladi. Natijada tovon-kaftning ressorlik vazifasi buziladi. Yassioyoq odamda quyidagi noqulayliklar yuzaga keladi:

- yassioyoq odam tik turganida uzoq vaqt tanasini to`g`ri tutib tura olmaydi, chunki oyoqlari tez charchaydi, tovon-kaft sohasida, boldir muskullarida og'riq paydo bo'ladi;

- yassioyoq odam oyoqlarini keng tashlab, qo'llarini yon tomonga silkitib, lapanglab yuradi;

- yassioyoq odam ko`proq yurganida boldir muskullari tez charchab, tortishadi, tirishadi, og`riydi;

- yassioyoq odam tez yugura olmaydi, sakraganida oyoqlari tana vaznini ko`tara olmasligi natijasida tana muvozanatini saqlay olmaydi va yiqiladi;

- yassioyoq odam tik turganida, yurganida tana vazni ko`proq tovon-kaftning ichki tomoniga tushadi. Shuning uchun poyafzali ichki tomonga qiyshayib, u tezda yaroqsiz holga kelib qoladi.

Yassioyoqlik sabablari 2 guruhdan iborat:

1.Tug'ma sabablar.

2.Hayotda orttirilgan: bolalik davrida raxit bilan kasallanish tufayli suyaklar rivojlanishidagi buzilishlar, uzoq vaqt poshnasiz poyafzal (shippak, keda, krasovka kabilar) da yurish;

- yassioyoqlik sport bilan shug`ullanishga qiyinchilik tug`diradi.

Oyoqlar shakli.

Oyoqlar shakli normal bo`lgan odam tik turganida sonlarining ichki yuzasi, tizza va boldir-tovon bo`g`imlari bir-biriga tegib turadi.

- odam tik turganida tizza bo`g`imlari bir-biriga tegib tursa-yu, boldir-tovon bo`g`imlari orasida bo`shliq bo`lsa- “X” simon oyoq shakli deyiladi.

- odam tik turganida boldir-tovon bo`g`imlarining ichki yuzasi bir-biriga tegib tursa-yu, tizza bo`g`imlari orasida bo`shliq bo`lsa – “O” simon oyoq shakli deyiladi.

Oyoqlar shaklini bunday buzilishlari oyoq suyaklarining, ayniqsa, boldir suyaklarining egrilanishi natijasida yuzaga keladi.

Oyoqlar shaklining buzilish darajasini aniqlash va baholash uchun oyoqlar orasidagi bo`shliqlar santimetr lenta yoki lineyka yordamida o`lchanadi:

- “X” simon oyoq shaklli odam tirk turgan vaziyatida ikkala oyoqlarning ichki oshiqlari orasidagi bo`shliq kengligi o`lchanadi;

- “O” simon oyoq shaklli odam tirk turgan vaziyatida tizza bo`g`imlari orasidagi bo`shliq kengligi, ya`ni o`ng va chap son suyaklarining pastki bo`rtgan qismlari o`rtasidagi bo`shliq o`lchanadi.

1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17



Реклама:

Похожие:

O`zbekiston respiblikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti iconO’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi

O`zbekiston respiblikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti iconO’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi Namangan Davlat Universiteti
«Milliy istiqlol g’oyasi va huquq ma`naviyat asoslari» yo’nalishi zaruriy mazmuni va bakalavrlarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan...

O`zbekiston respiblikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti iconO’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat chet tillar instituti

O`zbekiston respiblikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti iconO’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat chet tillar instituti

O`zbekiston respiblikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti iconO‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi

O`zbekiston respiblikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti iconO`zbekiston respublikasi oliy va o`rta mahsus ta`lim vaziligi O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti Fransuz filologiyasi va fanologiyasi kafedrasi

O`zbekiston respiblikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti iconO’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim vazirligi

O`zbekiston respiblikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti iconO‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

O`zbekiston respiblikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti iconO’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim vazirligi

O`zbekiston respiblikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti iconO’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti “falsafa” kafеdrasi

O`zbekiston respiblikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti iconO’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Samarqand iqtisodiyot va Servis instituti Z. Niyozov, A. Karimova
«Bank ishi», «Moliya va kredit» yo’nalishlari bo’yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda

Разместите кнопку на своём сайте:
Документы


База данных защищена авторским правом ©uz.denemetr.com 2000-2013
При копировании материала укажите ссылку.
обратиться к администрации
Документы