Документы



Ichki kasalliklar bo‘yicha tibbiy masalalar icon

Ichki kasalliklar bo‘yicha tibbiy masalalar

НазваниеIchki kasalliklar bo‘yicha tibbiy masalalar
страница1/26
Дата16.09.2013
Размер0.63 Mb.
ТипДокументы
источник
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
1. /ички касалликлар буйича тиббий масалалар.лотин.docIchki kasalliklar bo‘yicha tibbiy masalalar

M. A. XUJAMBERDIYEV,

A.A. MIXAILOV,

N. S. MAMASOLIYEV


ICHKI

KASALLIKLAR BO‘YICHA

TIBBIY MASALALAR


O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta

maxsus ta’lim vazirligi tibbiyot

institutlari talabalari uchun o‘quv

qo‘llanmasi sifatida tasdiqlagan


Toshkent

Ibn Sino nomidagi

nashriyot-matbaa birlashmasi

1994

54.1


Xo‘jamberdiyev M.A. va boshq.

Ichki kasalliklar bo‘yicha tibbiy masalalar: Tibbiyot institutlari talabalari uchun o‘quv qo‘llanma. M. A. Xo‘jamberdiyev, A. A. Mixaylov, N. S. Mamasoliyev.— T.: Ibn Sino nomidagi nashriyotmatbaa birlashmasi, 1994.— 143 b.

I. 1,2 Avtordosh.


O‘quv dasturiga muvofiq tuzilgan ushbu qo‘llanmada 80 ga yakin mavzu va unga doir masalalar bayon qilingan. Talabalar ana shu masalalarni yecha olishlari uchun avvalo bayon qilingan mavzuni tushuna bilishlari zarur. Mualliflar tibbiy masalalarni to‘g‘ri ishlata bilishga oid ishonarli materiallar keltirishgan.

Tibbiyot institutlari talabalari uchun mo‘ljallanadi.


54.1YA.72


4S08040000—020

M354(04) — 94


ISBN 5-638-01073-4 © Ibn Sino nomidagi nashriyot-matbaa birlashmasi, 1994.

KIRISH



Tibbiy muassasalarda talabalarning mustaqil ish faoliyatini faollashtiradigan omillardan eng asosiysi ularni bemorlar va o‘quv adabiyotlari bilan ishlashini to‘g‘ri tashkil qilishdir. Talabalarning bemor­lar bilan ishlashga tayyorgarlik darajasini aniqlab beradigan usullardan biri amaliy mashg‘ulotlarda tib­biy masalalardan keng foydalanishdir.

Tavsiya etilayotgan qo‘llanmada 80 ta mavzu va unga oid masalalar bayon etilgan. Ichki kasalliklarga oid masalalar III, IV, V va VI kurs talabalariga mo‘ljallangan. Metodik qo‘llanma davolash fakultetlari (III, IV, V va VI kurs). talabalariga moslab tuzilgan, ish dasturiga to‘la muvofiq keladi va uni aks ettiradi.

Talabalar masalalarni yecha olishlari uchun avvalo bayon etilgan mavzuni tushuna bilishlari kerak. Har bir masalaga oid 2—3 savoldan loaqal bittasiga to‘g‘ri javob topishlari shart.

Ushbu tibbiy masalalar to‘plami ilgari chiqarilgan qo‘llanmalardan quyidagilar bilan tafovut qiladi:

1. Qo‘llanma ichki kasalliklarning barcha tartibotlarini (III, IV, V, VI kurs dasturiga mos ravishda) qamrab olgan.

2. Masalalar turli-tuman tasBirlar orqali ham bayon etilgan va shunga qarab ularning to‘g‘ri yechimi talab qilingan.

3. Talabalarning javoblari asoslangan bo‘lishi talab qilinadi.

Ichki kasalliklar fanining o‘ziga xos tomonlaridan biri shuki, bu fan biror xastalikni aniqlash va uni davolash uchun bir necha xil tekshirish usuli va davolash choralari qo‘llashni o‘rgatadi.

Shuning uchun ham bayonnomada ko‘zda tutilgan javoblar albatta ko‘shimcha izohlar bilan boyitiladi. Masalan, ma’lum sharoitda zarur va maqbul bo‘lmagan javoblar ham qo‘llanmada keltirilgan. Tibbiy masalalar to‘plamini tuzishda ularni aniq va tushunarln bo‘lishiga axamiyat berilgan.

Keltirilgan tibbiy masalalar avvalo talabalar uchun muljallangan, lekin ularning ayrim chuqurroq mazmunda berilgan shakllari vrachlarga internalarni o‘qitishda qo‘l keladi. Amaliy tibbiyot sohasida ishlovchi vrachlarning malakasini oshirishda soddaroq, tibbiyotga oid topishmoqlardan va turli-tuman kiyin masalalardan foydalanish mumkin.

SO‘Z BOSHI


Qo‘llanmada bayon etilgan masalalar to‘plami tib­biyot institutlarining III, IV, V va VI kurs talabalariga mo‘ljallangan. Qo‘llanma talabalar bilimini tekshirish va o‘z-o‘zini nazorat qilish kabilarni ko‘zda tutgan holda tuzilgan. Unda ichki kasalliklarni aniqlash va davolash usullari mujassamlashgan.

Masalalar vrachlik mahorati va faoliyatini aks ettiradi, u amaliyotdan olingan bo‘lib, iloji boricha talabalarning vrachlik kasbini egallashlariga yordam beradi.

Ko‘pgina tibbiy masalalar nafaqat ichki kasallik­larni, balki asab kasalliklari, sil, o‘sma kasalliklarini uz ichiga oladi. Bu bo‘lajak terapevt vrachlar­ning fikrlash doirasini kengaytiradi.

Mualliflar tibbiy masalalarni iloji boricha qisqa bayon qilishga uringanlar, ikki xil izohga muhtoj masalalar qo‘llanmaga kiritilmagan va aniq savollarga faqat bir ma’noli aniq javoblar so‘ralgan.

Savollar turli javoblar talab qiladigan qilib tuzilgan va uning besh xil javobi ham keltirilgan. Beshta javobdan bittasi to‘g‘ri, kolganlari esa javobga yaqin bo‘lsada, to‘g‘ri xisoblanmaydi. Bular tashxis qo‘yish va davolash mahoratini oshirishda yordamchi usul hisoblanadi.

Tibbiy masalalar to‘plami hozirgi kundagi mavjud o‘quv adabiyotlaridan farqli o‘laroq batafsil javoblarning etalonini ham o‘z ichiga oladi va maqsadga mos holda o‘quvchiga amaliy yordam beradi. Javobli etalonlardagi izohlar hozirgi zamon adabiyotini keng yoritgan holda talqin kilinadi va bayon etiladi.

I B U L I M


NAFAS A’ZOLARI SISTEMASI BO‘YICHA

TIBBIY MASALALAR


O‘TKIR PNEVMONIYALAR


1-masala. Ko‘p ichkilik iste’mol kiluvchi 42 yoshli bemor B. quyidagilardan shikoyat qilgan: kasallik to‘satdan bezgak tutish bilan boshlanib, tana harorati 39,6° gacha ko‘tarilgan, avval quruq shilimshiq balg‘am aralash yo‘tal tutgan, so‘ngra yo‘tal davomli bo‘lib zangsimon balg‘am ajrala boshlagan. Bevosita tekshirish natijasida quyidagi ma’lumotlar aniqlangan. Bemorning umumiy ahvoli og‘ir, nafas olish 28 ta gacha (1 daqiqada) ortgan. Bronxial nafas va o‘ng kurak osti sohasida mayda pufakchali ho‘l xirillash eshitilgan. Kasalxonada penitsillin bilan (sutkasiga 3 000 000 TB miqdorida) jadal davolashga karamasdan bemorning ahvoli o‘zgarishsiz qolgan, hansirash va umumiy zaharlanish belgilari yo‘qolmagan. Balg‘am tarkibidan ko‘plab tillasimon stafilokokklar topilgan.

O‘pka rentgenoskopiyasi natijalari: ikkala o‘pkada ko‘plab mayda (infiltrat) to‘kima soyalari ko‘ringan. O‘pkaning uchida va pastki qismida yemirilish tufayli hosil bo‘lgan bo‘shliqlar aniklangan. Bemorda sil kasalligi bor deb taxmin kilinib, davolash choralari buyurilgan.

1. Qanday tashxis ko‘yilsa to‘g‘ri bo‘ladi?

2. Quyida keltirilgan davolash usullaridan qaysi birini tanlash kerak?

a) penitsillin mikdorini ko‘paytirish kerak;

b) kanamitsin berish kerak;

v) kanamitsin va ftivazid bilan davolash kerak;

g) ampitsillin bilan davolash kerak;

d) sefalosporin turkumiga kiruvchi (kefzol) antibiotiklar qo‘llash kerak.

2-masala. Bemor S, 76 yoshda, uzok yillardan beri surunkali piyelonefrit xastaligidan azob chekib keladi. So‘nggi yillarda kuchsiz ifodalangan buyrak yetishmovchiligi alomatlari (kreatininning qondagi miqdori — 0,25 mmol/l) xam ko‘shilgan. Hozir bemorning son suyagi (o‘rta qismidan) sinib, kasalxonaning travmatologiya bo‘limida davolanayapti. Davolash choralari olib borilayotgan paytda, kasallikning 40-kuni bemorda yo‘tal paydo bo‘lgan, yo‘tal paytida qiyinlik bilan balg‘am ajralgan va tana harorati 38,6° gacha ko‘tarilgan. Rentgenda tekshirilganda unda o‘choqli pnevmoniya borligi aniqlangan.

Bemorga sutkasiga 5 000 000 TB dan 5 kun davomida penitsillin, korglikon va prednizolonni to‘xtovsiz qo‘llanilishiga qaramasdan isitmasi hamon yuqoriligicha qolavergan. Umumiy zaharlanish belgilari saqlanib turibdi.

Kreatininning qondagi mitsdori — 0,29 mmol/l.

1. Bemorni parvarish silishda va davolash choralari ko‘rishda kanday kamchilikka yo‘l qo‘yilgan?

2. Kasallik boshlangan kundan boshlab kanday davo­lash usullarini qo‘llash kerak edi?

a) penitsillinni yukori dozada berish;

b) sefalosporin qo‘llash;

v) sefalosporin va gentamitsinni bir vaqtda be­rish;

g) fakat gentamitsin bilan davolash;

d) oletetrin (tetraolean) bilan davolash kerak edi.

3-masala. Bemor G. 50 yoshda. Ilgari hech kasal bo‘lmagan. Hozirgi kasalligining boshlanishida tana harorati 39° gacha ko‘tarilgan, chap ko‘krak kafasi sohasida og‘rik paydo bo‘lgan. Bemor kasalxonaga yotkizilgan va kasalxonada unga chap o‘pkaning quyi kismi pnevmoniyasi deb tashhis qo‘yilgan. Penitsillin bilan davolashning ikkinchi kuni bemorning xarorati pasaygan. Isitma normaga tushgandan so‘ng ham 5 kungacha penitsillin bilan davolash davom ettirilgan. Kasallikning 6-kuni indometatsin (sutkasiga 75 mg dan) bilan davolashga o‘tilgan. Fizioterapiya usullari ham qo‘llanilgan. Ammo shunga qaramasdan ho‘l xirillash saqlanib qolgan. O‘pka rentgenoskopiyasida ko‘plab infiltratlar aniqlangan. ECHT 35 mm/soatga teng va barkaror. Shularni hisobga olib, bemorga sefamizin (sutkasiga 2 g dan) ila boshlandi. Sefamizin bilan davolash boshlangandan 3 kun o‘tgach, bo‘limda dori yetarli bo‘lmaganligi bli bemorning xohishi bilan ambulatoriya sharoitida davolanishga ruxsat berilgan.

Bemorni davolash jarayonida qanday xatolikka yo‘l qo‘yilgan?

a) davolash maksadida penitsillin tayinlanib notug‘ri yo‘l tutilgan;

b) penitsillin bilan davolash erta to‘xtatib qo‘yilgan;

v) sefamizin bilan davolash kerak edi;

g) fizioterapiya muolajalari erta boshlangan;

d) indometatsin buyurilmasligi kerak edi.

II. Ambulatoriyada bemorga kanday davolash usullarini tavsiya qilish lozim?

4-masala. 52 yoshli S. ismli ayol tez yordam mashinasida shifoxonaga olib kelindi. Bemor qand kasalligi borligi sababli davolanib turadi. Un yildan beri muttasil insulin olib turadi. Bemor tez-tez isitma ko‘tarilib turishi (38°S va undan yuqori), xansirash, ko‘krak qafasnning o‘ng tomonidagi og‘riqdan shikoyat qilgan. Ikki hafta burun bemorning isitmasi 38—39° ga ko‘tarilgan, isitmaga yo‘tal qo‘shilgan. Bemor yutalganda shillik-yiringli balg‘am ajralgan, xansirash kuchaygan. Penitsillin bilan davolashning foydasi bulmagan.

Bemor ko‘zdan kechirilganda lablari ko‘kargan, bir minutlik nafas olish soni 30 martaga teng. Perkussiya qilinganda o‘pkaning o‘ng tomoni yuqorisida timpanik tovush, pastki kismida esa bo‘g‘iq tovush eshitilgan. Auskultatsnyada nafas shovqini keskin susaygan. Qon analizi: NB — 90 g/l; L — 18,8x10/l, miyelotsitlar — 2, P—12, S — 73, limfotsitlar — 8, monotsitlar — 5, ECHT — 57/mm soatga teng, neytrofillarning zaxarli donachalari bor.

1. Klinik va rentgenologik ma’lumotlar hamda patogeneziga asoslanib to‘g‘ri tashhis qo‘ying:

a) o‘tkir abssessga aylanuvchi pnevmoniya:

b) o‘tkir abssess natijasida plevra bo‘shlig‘iga yiring yirilgan;

v) o‘tkir pnevmoniya asorat berganligi sababli plevrit paydo bo‘lgan;

g) plevropnevmoniya asorat berib, plevra bo‘shlig‘iga yiring yig‘ilgan;

d) plevropnevmoniya asorat berib, plevra bo‘shlig‘iga havo yig‘ilgan;

2) Bu kasallikda qanday davolash usullari foydali hisoblanadi?

5-masala. Bemor N. 42 yoshda, 2 hafta ilgari penitsillinga sezuvchanligi bor pnevmoniya tashxisi bilan narkologiya bo‘limidan ichki kasalliklar bo‘limiga o‘tkazilgan. Narkologiya bo‘limida surunkali alkogolizm tashxisi bilan 2 oy davolangan, o‘pkasi rentgenda tekshirilganda o‘zgarish aniklanmagan. Ichki kasalliklar, bo‘limiga keltirilganda tana harorati 39°S gacha ko‘tarilgan, titraydi, qo‘lansa xidli yiringli balg‘am ajratadi, balg‘amida qon bor. Nafas olganda ko‘krak kafasida og‘riq sezadi. Qon analizi: Nb — 98 g/l, L— 20x109/l, miyelotsitlar — 1, metamiyelotsitlar — 3, P— 13; S—58, limfotsitlar—13, monotsitlar — 12, ECHT— 500 mm/soatga teng.

1. Qanday tashxis qo‘yasiz?

a) infiltratli o‘pka sili;

b) abssessli pnevmoniya;

v) yiringlagan o‘pka kistasi;

g) chirigan periferik O‘pka o‘smasi (raki);

d) disseminatsiyalangan o‘pka sili.

SURUNKALI PNEVMONIYA VA O‘PKANING

YIRINGLI KASALLIKLARI


6-masala. 30 yoshli B. nnng bir kecha yil davomida kuniga 100—150 ml gacha shilimshik-yiringli balg‘am ajratib yurishi, vaqti-vakti bilan kasallik qaytalanib, tana harorati ko‘tarilib turishi, bekuvvatligi va ko‘p terlashi aniqlangan.

Shifoxonaga kelganda bemor qiyiklik bilan yi­ringli balg‘am ajratishi, harakat qilganda hansirab qolishi va nafas qisishi huruj qilib turishidan shi­koyat qilgan. Obyektiv tekshirilganda nafas olishi minutiga 24 marotaba, isitmasi 38,8°S ga ko‘tarilganligi aniqlangan. Perkussiya qilinganda o‘pkaning ikkala tomonida quticha tovushiga o‘xshash tovush aniqlangan, auskultatsiyada nafas olish kuchaygan va tarkoq hushtaksimon quruq va nam xirillashlar eshitilgan. Rentgenda tekshirilganda o‘pka tiniqligi ortgan va shakli o‘zgargan, pastki qismida esa katta bo‘shlikli kekgaygan joylar ko‘ringan. Tashqi nafas funksiyasi tekshirilganda I darajali restriktiv nafas yetishmovchiligi aniqlangan.

1. Klinik tashxis qo‘ying.

2. Quyida ko‘rsatilgan qaysi davolash usulini to‘g‘ri deb xisoblaysiz?

a) yukori dozada penitsillin berish kerak;

b) ta’sir doirasi keng antibiotiklar berish zarur;

v) jarroxlik usuli bilan davolash kerak;

g) bronxoskop yordamnda bronxlarini yuvish zarur.

d) bronxolitiklar berish kerak.

7-masala. 60 yoshli I. ismli bemor tez yordam mashinasida miya qon tomirlarida qon aylanishining buzilishi tashxisi bilan kasalxonaga keltirildi. Ko‘p yillar davomida bronxoektazli bronxit kasalligi borligi sababli davolanib yurgan. Obyektiv tekshirilganda tana harorati 39,5°S ga ko‘tarilgan, atrofga befarq. Asab sistemasi tekshirilganda o‘choqli o‘zgarish belgilari, o‘ng miya yarim sharlarida zararlangan joy borligi aniqlangan. Rentgen tekshirishlarida o‘pkaning ikkala tomonida o‘pka rasmi kuchaygan, shakli o‘zgargan va o‘pka taniqligi ortganligi aniqlangan. Yurak qisqarishlari soni minutiga 110 marotaba, arterial qov bosimi 150/80 mm ga teng. Jigarning pastki chegarasi qovurg‘a yoyidan 3 sm pastda. Qon analizi: Nb—100 g/l, leykotsitlar — 27X109/l, miyelotsitlar—1, metamiyelotsitlar—3, P—12, S—62, L—15, M—7, ECHT—55 m/soat, zaharlangan donachali neytrbfillar bor.

1. Qanday tashxis qo‘yasiz?

2. Qanday tekshirish usullarini qo‘llash kerak?

a) O‘pkani tomografiya qilish kerak;

b) bronxografiya qilish zarur;

v) suyak ko‘migini punksiya qilib tekshirish lozim.

g) orqa miyani punksiya qilish kerak;

d) exoensefalografiya qilish zarur.

8-masala. 45 yoshli L. ismli bemor «o‘tkir pnevmoniya» va «surunkali pnevmoniya» ning qaytalanishi tashxislari bilan ikki marta kasalxonada davolangan. Shundan beri oz miqdorda shilliqli balg‘am ajratib, yo‘talib yuradi, vaqti-vaqti bilan isitmasi 37,3—37,5°S gacha ko‘tariladi, lohas bo‘ladi. Keyingi vaqtlarda ozroq jismoniy zo‘riqqanda ham hansirash paydo bo‘lgan. O‘pkasi tekshirilganda o‘ng kurak ostida bronxial nafas, quruq va nam xirillashlar eshitiladi. Rentgenda tekshirilganda o‘n o‘pkaning 4—5-segmentlari, bronxlari atrofida infiltratlar borligi aniqlangan, ECHT — 24 mm/soat, tashqi nafas olish funksiyasi restriktiv turda buzilgan.

1. Qanday tashxis qo‘yish kerak?

a) surunkali yiringli-obstruktiv bronxit;

b) qaytalangan surunkali pnevmoniya

v) diffuz surunkali bronxit va surunkali pnevmoniyaning qaytalangan davri;

g) surunkali obstruktiv bronxit, o‘pka emfizemasi, diffuz pnevmoskleroz.

P. Surunkali bronxit va surunkali pnevmoniya mezonini (kriteriyalari) aytib bering?

  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26



Похожие:

Ichki kasalliklar bo‘yicha tibbiy masalalar iconДокументы
1. /Ichki kasalliklar ma'r.doc
Ichki kasalliklar bo‘yicha tibbiy masalalar iconO‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent pediatriya tibbiyot instituti
«Tibbiy va biologik fizika, informatika va informatsion texnologiyalar» kafedrasi
Ichki kasalliklar bo‘yicha tibbiy masalalar iconQO’llanmasi (kategoriyalarga qarab)
А-4 formatida. Ko’rgazma taxtasi sotuv markazining ichki devorlariga, mijozlarga yaxshi ko’rinadigan joyga o’rnatilishi kerak. Uning...
Ichki kasalliklar bo‘yicha tibbiy masalalar iconFarg’ona politexnika institutda 2013/2014 o’quv yilida bakalavrlar tayyorlash bo’yicha qabul ko’rsatkichlarining ta’lim yo’nalishlari va o’qitish tillari bo’yicha

Ichki kasalliklar bo‘yicha tibbiy masalalar iconДокументы
1. /Lec uzb - Qon-tomir kasalliklar.doc
Ichki kasalliklar bo‘yicha tibbiy masalalar iconДокументы
1. /Yuqimli kasalliklar tarixi.doc
Ichki kasalliklar bo‘yicha tibbiy masalalar iconДокументы
1. /88_Mat analizdan misol va masalalar (Gaziyev A Israilov I Yaxshiboyev M) PDF/1.PDF
Ichki kasalliklar bo‘yicha tibbiy masalalar iconEkologiya huquqlari asoslari
«O`zbekiston Respublikasida atrof-muhit gigienasi bo`yicha milliy harakatlar dasturi»da, «Biologik rang-baranglikni saqlash bo`yicha...
Ichki kasalliklar bo‘yicha tibbiy masalalar iconДокументы
1. /92_Mat stat masalalar yechishga doir usl kursatmalar I-q (Husainov Lalilov Muzropov)/92_Mat...
Ichki kasalliklar bo‘yicha tibbiy masalalar iconO’zbkiston respublikasi so’G’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’lim rivojlantirish maqsadi

Ichki kasalliklar bo‘yicha tibbiy masalalar iconBеrilganlarning kompyutеr xotirasidagi ichki ko’rinishi

Разместите кнопку на своём сайте:
Документы


База данных защищена авторским правом ©uz.denemetr.com 2000-2014
При копировании материала укажите ссылку.
обратиться к администрации