O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti icon

O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti

Реклама:



Скачать 236.3 Kb.
НазваниеO’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti
страница1/4
Дата11.07.2013
Размер236.3 Kb.
ТипДокументы
источник
  1   2   3   4
1. /1-курс ишчи дастур.docO’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI


NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI





fanidan notarix yo’nalishi uchun


I SH CH I D A S T U R


Navoiy 2008




T a s d i q l a y m a n”

ilmiy-uslubiy kengash raisi

__________prof. X.I.Ibragimov

«____»______________2008 yil


O’ Z B E K D A V L A T Ch I L I G I

T A R I X I

fanidan notarix yo’nalishi uchun


I SH CH I D A S T U R


T a s d i q l a y m a n”

«O’zbekiston tarixi» kafedrasi mudiri

__________dos. M. Yo’ldoshova

«____»______________2008 yil


Navoiy 2008


Ushbu ishchi dastur O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijtimoiy kompleksining maxsus metodologik komissiyasi bayonnomasi va O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi oily o’quv yurtlar ilmiy-uslubiy birlashmalarning faolyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash Prezidiumining 2003 yil 1 iyul majlisi qarori bilan tavsiya etilgan va 2004 yil nashrdan chiqqan “O’zbek davlatchiligi tarixi” fanidan namunaviy dastur (bakalavr yo’nalishi uchun) asosida ishlab chiqildi. Mazkur ishchi dastur O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi Navoiy davlat pedagogika instituti o’quv bo’limi tomonidan. 2008 yilda berilgan o’quv reja asosida 32 soat ma’ruza va 34 soat amaliy mashg’ulot uchun ishlab chiqildi.


Tuzuvchi: t.f.d., prof. t.f.d. M. Oltinov

o`qit. O. Abdimo`minov.


Taqrizchi: t.f.n. M.Yuldosheva

Ushbu ishchi dastur «O’zbekiston tarixi” kafedrasi yig’ilishida muhokama etilib tasdiqlandi. Yig’ilish bayoni №___ «___» 2008 yil

KIRISh


Mamlakatimiz tarixida mustaqil taraqqiyot davri dadil olg`a qadam tashlamoqda, xalqimiz dеmokratik, huquqiy jamiyat qurish yo`lida dastlabki sinovlardan o`tib, islohotlarni chuqurlashtirish ishiga barcha imkoniyatlarini yo`naltirgan. O`zbеkistonning davlat mustaqilligi xalqimizning uzoq yillar davomida ozodlik uchun olib borgan og`ir va mashaqqatli kurashlarining qonuniy natijasidir. Inkor etib bo`lmaydigan ilmiy xulosalarni bayon etish davri mustaqillik tufayli qo`lga kiritildi. Yoshlar ongiga milliy istiqlol g`oyasini singdirish, ularda mafkuraviy immunitеtni shakllantirishda «O`zbеkiston tarixi» fanining o`rni, imkoniyatlari bеqiyosdir. Shu sababli Rеspublika oliy o`quv yurtlarining bakalavriat bosqichida ushbu fanni o`qitish asosiy fanlar qatorida turadi.

O`zbеkiston tarixini o`qitishda Prеzidеntimiz I.A.Karimov 1998 yil 26 iyunida tarixchi olimlar va ziyolilar bilan uchrashib, mustaqillik tufayli tarix fani oldida turgan dolzarb masalalarni davlat va millat manfaatlari nuqtai nazaridan ko`rib chiqishdеk ulkan vazifa qo`ygan edilar1.

Shu munosabat bilan 1998 yil 27 iyulda Vazirlar Mahkamasining «O`zbеkiston Rеspublikasi Fanlar Akadеmiyasi Tarix institutining faoliyatini takomillashtirish to`g`risida»gi qarori e'lon qilindi2. Ushbu qarorda O`zbеkiston tarixini o`rganishda mustaqillik talablari asosida o`tmish tariximizni xolisona yoritish, ularni ilmiy xulosalar bilan boyitish va haqqoniy tariximizni xalqimizga, eng avvalo yosh avlodga еtkazishdеk ulkan, sharafli vazifa tarixchi olimlar zimmasiga yuklatildi.

Mustaqillikdan kеyingi qisqa vaqt mobaynida jamiyatimizda ro`y bеrayotgan o`zgarishlarni, davlatimizning yuritayotgan ichki va tashqi siyosatini chuqurroq anglab еtish uchun avvalo Vatanimizning eng qadimgi davridan boshlab to hozirgacha bo`lgan tarixini chuqur anglash ko`nikmasini yoshlarda shakllantirish «O`zbеkiston tarixi» fanining asosiy vazifasiga aylandi va shunday bo`lib qolishi tabiiydir. «O`zbеkiston tarixi» fani bo`yicha amaliy mashg`ulotlarga tayyorgarlik ko`rish jarayonida talabalar adabiyotlar bilan mustaqil ishlashi, ilmiy, siyosiy adabiyotlar ustida yakka tartibda mustaqil o`qishi, ya'ni olgan bilimlarini boyitishi talab qilinadi.

Uslubiy qo`llanma talabalar O`zbеkiston tarixi fani bo`yicha qanday tasavvurga ega bo`lishi, nimalarga e'tiborni qaratish kеrakligi, qanday ko`nikmalar hosil qilish lozimligini o`z ichiga oladi. Bu esa talabaga qo`yilgan mavzu savollarini o`zlashtirish jarayonini samarali bo`lishi uchun, ularga uslubiy yordam ko`rsatish va adabiyotlar bilan mustaqil ishlashga yo`naltiradi.

Talabalar amaliy mashg`ulotlarga puxta tayyorgarlik ko`rishi uchun mavzu bo`yicha tavsiya etilgan barcha adabiyotlarni o`qib chiqishi va rеjadagi savollarga tayyor bo`lishlari lozim hamda o`ziga ajratilgan qisqa vaqt davomida rеja asosida yozilgan javoblaridan foydalanib mavzuni erkin bayon qilishi lozim, savollarga javob bеrish asnosida hozirgi zamon voqеligi bilan ham uzviy bog`lay olishi, o`zining chuqur bilim va tushunchasini namoyon eta olishi kеrak.

Har bir talabaning amaliy mashg`ulotlar davomida o`zlashtirish darajasi o`qituvchi tomonidan rеyting ko`rsatgichi bo`yicha ball bilan bеlgilab boriladi. Amaliy mashg`ulotning biror mavzusini o`zlashtirmagan talaba qisqa vaqt ichida ushbu mavzu yuzasidan olgan topshiriqni amaliyot o`qituvchiga topshirishi lozim.

Mazkur uslubiy qo`llanma Navoiy Davlat pеdagogika institutining barcha fakultеtlarning bakalavriat yo`nalishi birinchi boskich talabalari uchun joriy etildi. Talabalarning qo`yilgan mavzu savollarini o`zlashtirish jarayonining samarali bo`lishida, ularga uslubiy yordam ko`rsatishda ushbu qo`llanma yaqindan yordam bеradi dеb o`ylaymiz.


FANNING MA’RUZA, AMALIY MASHG’ULOTLARI MAVZULARINING SOATLAR BO’YICHA TAQSIMOTI JADVALI.



Ma’ruzalar nomi

Ma’r.s

Nazorat

1

O’zbekiston tarixi predmeti, nazariy metodologik asoslari







2

O’rta Osiyo insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri.

2




3

O’zbek davlatchiligi poydevori va taraqqiyot bosqichlari. Milliy davlatchilik qurilishi tajribasidan.

2




4

Ilk o`rta asr o`zbek davlatchiligi:ijtimoiy-siyosiy,iqtisodiy va madaniy hayot

2




5

IX-XII asrlarda o’zbek davlatchiligi, siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy hayot.

2




7

O’rta Osiyo xalqlarining hayotida ro’y bergan uyg’onish davri.

2




8

Movarounnahr mo’gullar istilosi va hukmronligi davrida

2




10

Amir Temur va temuriylar davrida o’zbek davlatchiligining yuksalishi. Ijtimoiy, siyosiy-iqtisodiy va madaniy hayot.

2




11

O’rta Osiyoning xonliklarga bo’linib ketishi va uning oqibatlari.

2




12

Chor Rossiyasining Turkistonni bosib olishi. Chorizm istidobiga qarshi Turkiston xalqlarining milliy ozoqlik kurashlari. Jadidchilik.

2




13

Turkistonda mustabid sovet hokimyatining o’rnatilishi

2




14

Sovetlar davrida O’zbekistonning iqtisodiy- ma’naviy qaramligi va qatag’onlik siyosati.

2




15

Ikkinchi jahon urushi yillarida o’zbek xalqining fashizm ustidan qozonilgan g’alabaпф qo’shgan hissasi.

2




16

Sovetlar imperiyasining tanazzulga yuz tutilishi va O’zbekiston (1985-1991yil)

2




17

O’zbekistonda davlat mustaqilligining qo’lga kirilishi. Xuquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyat saoslarining barpo etilishi.

2




18

Mustaqillik yillarida O’zbekistonning iqtisodiy, ma’naviy va madaniy taraqqiyoti

2




19

O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo’shilishi.

2







Jami ma’ruza

32

YN


AMALIY MASHG’ULOT SOATLARINING TAQSIMLANISHI.




MAVZULAR NOMI

soat

Naz

1

“Avesto” kitobi-Vatanimiz tarixini o’rganishda muhim manba

2




2

O’zbek xalqining etnik shakllanishi, rivojlanishi va unng bosqichlari

2




3

Buyuk ipak yo’lining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va hozirgi zamon.

2




4

O’rta Osiyo xalqlarining IX-XII asrlar madaniyati.

2




7

Amir Temur va temuriylar davri madaniyati.

2




8

Buxoro xonligi (XVI-XIX asr)

2




9

Qo’qon va Xiva xonliklari

2




10

Chor Rossiyasining Turkistonda yuritgan mustamlakachilik siyosati.

2




11

Turkistonda jadidchilik harakati.

2




12

Sovet hokimyatiga qarshi qurolli harakatlar.

2




13

Sovet tuzimining O’zbekistonda yuritgan qatag’onlik siyosati va uning oqibatlari.

2




14

Sovetlar davridagi iqtisodiy va ma’naviy qaramlikning oqibatlari.

2




15

O’zbekiston mustaqil davlat.

2




16

Huquqiy demokratik davlat qurish.

2




17

O’zbekistonda bozor munosabatlarining shakllantirilishi.

2




18

O’zbekistonning milliy istiqlol g’oyasi, uning mohiyati, tarixiy ildizlari va ahamiyati

2




19

O’zbekiston va jahon hamjamjyati.

2







JAMI

34 soat





O’ZBEKISTON TARIXI” FANIDAN MUSTAQIL ISH MAVZULARI.





Mustaqil ish mavzulari

soat

JN

1

I.A.Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” asari.

6




2

Turkiy xalqlarni kelib chiqishi, tarqalishi va hozirgi zamon.

4




3

Eftaliylar, Turk hoqonligi, arablar istilosi va hukmronligi davrida O’rta Osiyo.

4




4

Jaloliddin Manguberdi – vatanparvarvar siymo.

4




5

Temur tuzuklari.

6




6

Turkiston xalqlarining chorizm mustamlakachilik zulmiga qarshi milliy ozodlik harakati.

6

JN

7

Ikkinchi jahon urushi yillarida o’zbek xalining fashizm ustidan qozonilgan g’alabaga qo’shgan hissasi

6




8

O’zbekistonda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi.

6




9

O’zbekistonning milliy istiqlol g’oyasi.

4

JN




Jami

50






MA’RUZA MASHG’ULOTLARI MAZMUNI.


1-mavzu: Kirish. “O’zbekiston tarixi” faning predmeti, nazariy

metodologik asoslari.


“O’zbekiston tarixi”fani predmeti vazifalari-talabalar ongida siyosiy, nazariy, ilmiy dunyoqarashni shakllantirishi, voqea va hodisalarga tarixiy nuqtai nazardan yondoshadigan yetuk, barkamol insonni tarbiyalashi; mustaqil O’zbekiston yoshlari ajdodlarning taraqqiyot yo’lini, tarixiy tajribalarini o’qib o’rganishlari ularda istiqlol tafakkuri, hozirgi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy-ma’rifiy hayotini o’tmish bilan qiyoslash va kelajakka teran nazar solish tuyg’ularni shakllantirishi; yoshlarimizni ona Vatanga mehr sadoqat hamda harbiy vatanparvarlik an’analari ruhida tarbiyalashi; jahon hamjamiyatining ajralmas tarkibiy qismi sifatida o’zbek xalqi jahon taraqqiyoti va sivilizatsiyasiga qo’shgan va qo’shayotgan hissasi bilan faxrlanishi milliy qadriyatlar va ahloqiy fazilatlar ruhida tarbiyalash, Vatan va xalq oldida burchga sadoqatni qaror toptirishi darkor. O’zbekiston tarixini va uning davrlarini o’rganish jarayonida, eng qadimgi davrni arxeologik ashyolar yordamida; qadimgi davrni “Avesto”, Behistun yozuvlari; yunon, rim tarixchilarining asarlari asosida, ilk o’rta asrlar davrini yunon, rim, sug’d, xorazm, fors yozma yodgorliklari asosida; o’rta asrlartarixini turk, arab, fors tili yozma manbalar asosida, keyingi davr tarixi esa forsiy, turkiy, rus va chet el ilmiy asarlari yordamida, mustaqillik davri Vatanimiz va xorijda chop etilgan O’zbekiston tarixiga oid asarlar yordamida yoritiladi. Tarixni chuqur va atroflicha o’rganishdagi tarixiy manbalar ahamiyati, tarixshunoslik masalalari, muammolari, tarix fani oldida turgan muammolar bayon etiladi. Mustaqillik davri haqida O’zbekistonning keyingi 14 yildagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy yutuqlari va halqaro aloqalari asosida ochib beriladi.


2-mavzu: O’rta Osiyo insoniyat sivilizasiyasining qadimiy

o’choqlaridan biri.


Mavzuni yoritishda bosh maqsad-talabalrga mintaqamiz dunyoning qadim-qadimdan kishilik jamiyati madaniyati va sivilizasiyasining markazlaridan va rivojlangan makonlaridan biri bo’lganligini tushuntirish.

Vatanimiz hududida odamzod hayoti qariyib million yillik tarixiy davrni o’z ichiga olganligi; bu mavzuga oid tarixning umumiy masalalari, davrlashtirish muammolari va manbalari bilan ishlash kabi jihatlarni yoritishdan iborat.

Insoniyatning dastlabki ajdodlari, ularning makonlari. Odamzod paydo bo’lishi masalasining fanda o’rganilishi. Vatanimiz odamzod ilk bor paydo bo’lgan mintaqalardan biri ekanligi. Eng qadimgi odamlarning turmush tarsi, mashg’ulotlari. Ibtidoiy jamiyatning davrlari. Paleolit davri. Ilk paleolit davri odamlari, ularning makonlari: Seleng’ur, Qoratog’, Ko’lbuloq. O’rta paleolit odamlari va ularning makonlari: Teshiktosh, Omonqo’ton, Obirahmat, O’qtirbuloq. Muzlanish davrlarida O’rta Osiyoda olovdan foydalanishning o’zlashtirilishi v abuning ahamiyati. So’nggi paleolit odamlari yashagan makonlari Samarqand, Xo’ja Go’r, Shuqnov, Qorakaram ibtidoiy manzillari. Hozirgi ko’rinishdagi aql-idrok odamlarning shakllanishi. Mehnat qurollarining takomillashuvi. Urug’chilik jamoasi – ona urug’ jamoasining shakllanishi va uning taraqqiyoti. Mezoli davri. Tabiiy iqlimning o’zgarishi. Bu davr odamlarning makonlari: Machay, qo’shilish, Obishir, Markaziy Farg’ona yodgorliklari. O’q – yoyning ixtiro qilinishi va uning ahamiyati. Odamlar tomonidan hayvonlarni q’olga o’rgatish, boshoqli o’simliklar o’stirish malakalarining o’zlashtira boshlanishi. Diniy tasavvurlarning paydo bo’lishi. Tasviriy san’at, Zarautsoy, Sarmishsoy, Takatosh, Teraklisoy, Nurota.

Neolit davri. Joytun ilk dehqonchilik madaniyati makoni. O’rta Osiyodagi dastlabki dehqonchilik qishloqlari. Kaltaminor madaniyati va uning bosqichlari. Chorvachilik va dehqonchilikning shakllanishi.

Mehnatning dastlabki yirik taqsimoti. Neolit “inqilobi”tushunchasi. Ishlab chiqarishining vujudga kelishi.

Eneolit davri. Sarazm va Zamonbobo madaniyati. Sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik mdadniyati markazlarining paydo bo’lishi.

Bronza davrining xususiyatlari va asosiy yodgorliklari: Sopolitepa, Tozaboybog’yob, Amirobod, Chust, Dalvarzintepa madaniyatlari. Dastlabki shaharsozlik madaniyatining vujudga kelishi. Ixtisoslashgan hunarmandchilik va ko’chmanchi chorvachilik. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish natijasida patriarxal ota urug’I munosabatlarining yuzaga kelishi.

3-mavzu: O’zbek davlatchiligi, uning taraqqiyot bosqichlari.

Milliy davlatchilik qurish tajribasi.


Davlatchilik tushunchasi. Bu sohada antropolog, arxeolog, etnograf olimlarning ilmiy izlanishlari;

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” asari va olimlarimiz oldidagi qo’yilgan vazifalar; istiqlolgacha bo’lgan davrda olimlarning bu sohada tadqiqotlari, natija va xulosalari; turk qavmlarining kelib chiqishi, O’zbek xalqi etnik shakllanish tarixixining turli davrlarda turli olimlar tomonidan o’rganilishi, tadqiqotlar. Jahonda ilk davlatlar paydo bo’lishining asosioy omillari. Avesto kitobida qadimiy davlatchilik tariximizga oid ma’lumotlar.

O’zbekiston hududida dastlabki ishlab chiqarish jamoalarining tashkil topishi. Xususiy mulk va turli ijtimoiy tabaqalarning vujudga kelishi. Qadimgi Baqtriya. Uning O’zbek davlatchiligi shakllanishidagi o’rni. Baqtriya davlatining hududiy chegaralari. Bag’tro, qiziltepa va boshqalar. Ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot. Qadimgi Xorazm. Qadimgi Xorazm haqidagi yozma va arxeologik yodgorliklar. Mil.av. I ming yillik boshlarida Xorazmdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayot. Ahamoniylarning O’rta Osiyoni bosib olishi. Soliq tartibi. Iqtisodiy hayot. Pul muomalasi. Xorazmning mustaqillikning kengaishi. Xitoy manbalarida uning Qanqa deb atalishi ahamoniylar davlatining inqirozi. Yunon-makedon qo’shinlariining Iskandar Zulqarnayn boshchiligida O’rta Osiyoga yurishi. Xalq qarshiligi. Aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli. O’lkamiz xalqlarining madaniyati. Diniy e’tiqodlar. “Avesto” – zardushtiylik dinining muqaddas kitobi. Navro’z bayrami. Iskandar imperiyasining parchalanishi. So’g’diyona va Baqtriya salavkiylar sulolasi hukmronligi ostida. Salavkiylar sulolasining inqirozi va uning sabablari. Farg’ona vodiysida ilk davlat tuzilmasining shakllanishi. Uning ijtimoi-iqtisodiy hayoti. Ichki va tashqi siyosati. Kushonlar sulolasi mamlakatimiz davlatchiligi tarixida yangi davr ekanligi. Sug’orma dehqonchilikning rivojlanishi. Madaniy hayot. Tanga pullarning zarb etilishi. Yozuv tizimining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari.


4-mavzu: Ilk o`rta asr o`zbek davlatchiligi: ijtimoiy-siyosiy iqtisodiy va madaniy hayot.


Ko’chmanchi Kidariylar va Xioniylar haqidagi ma’lumotlar. Ularning O’rta Osiyo yerlariga yurishlari va sosoniylar bilan munosabatlari, Eftaliylar, ularning etnik tarkibi. Eftaliylar davlatining shakllanishi, uning hududiy o’rni. Eftaliylar va Eron sosoniylari. Sharqiy Eron va Shimoliy Hindistonning Eftaliylar davlatiga qo’shib olinishi. Efatliylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot. Tijorat. Hunarmandchilik. Chorvachilik. Yerga egalik munosabatlari. Tabaqalanishning kuchayishi. Dehqonlar, kashovarzlar va kadivarlarning turmushi va jamiyatda tutgan o’rni.

Mazdak harakatining paydo bo’lishi va uning asosiy g’oyasi hamda yo’nalishi. Eftaliylar davrida madaniyat, diniy e’tiqodlar. Navro’z marosimi. Turkey qabilalar konsolidatsiyasining kuchayishi. “Turk” atamasining kelib chiqishi. Turkiy xoqonlikning vujudga kelishi. No’min xoqon. Xoqonlik aholisining etnik tarkibi va tili. Muqan xoqon hukmronligi davri. Xoqonlikning eftaliylar davlati bilan to’qnashuvi. Eftaliylarning mag’lubiyati. Turkey xoqonlik tomonidan O’rta Osiyo va Uraloldi dashtlarining zabt etilishi. Turk xoqonligi davrida mamlakatni idora etish usuli. Xoqon davlat boshlig’I. yabg’u unvoni, zodagonlar kengashi. Mulklar tizimi, mansablar pog’onalari. Vorislik tartibi. Ijtimoiy tabaqalanishining kuchayishi. Abruy qo’zg’oloni. Turkey xoqonlikning ikki qismga bo’linib ketishi. G’arbiy Turkiy xoqonlikdagi tarqoqlik. Samarqand, Kesh, Buxoro Sug’d konfederatsiyasi, Choch, Farg’ona hokimliklarining nisbiy mustaqilligi. Xorazmda afrig’iylar davlati o’zbek davlatchiligi tarixi tizimida. Arab xalifaligining paydo bo’lishi, xalifalikning bosqinchilik yurishlari. Arablashtirish, soliq siyosati. Xalq g’alayonlari. Muqanna qo’zg’oloni. Arab xalifaligining zaiflashuvi.

5-mavzu: IX-XII asrlarda o’zbek davlatchiligi, ijtimoiy-siyoisiy,

iqtisodiy hayot


IX asr boshlarida Movarounnahning siyosiy ahvoli. Tohiriylar davlati. Safforiylar davlati Somoniylar davlatining tashkil topishi.Ismoil Somoniyning islohotlari.davlatning boshqarish tartibi.

Soliq siyosati. Yer suv munosabatlari. Iqto va iqtodorlar. Hunarmandchilik. Konchilik. Qoraxoniylar davlatining tashkil topishi. Mulkchilik shakllari. Ijtimoiy-iqtisodiy hayot. Qoraxoniylar davrida shaharlar ularning ijtimoiy-iqtisodiy madaniy hayotdgai o’rni.

G’aznaviylar davlatining tashkil topishi. Uning hududi va aholisi. Dandanakon jangi. G’aznaviylar davlatining inqirozi. Saljuqiylar davlati. Ijtimoiy-iqtisodiy ahvol. Qoraxitoylarning Movarounnahrga hujumi.

Xorazmda Sulton Otsiz tomonidan Xorazmshoh-Anushteginlar sulolasining o’rnatilishi. Elarslon va Takash. Muhammad Xorazmshoh davrida davlatning yuksalishi. Shahar hayoti va hunarmandchilik.


6-mavzu: O’rta Osiyo xalqlarining hayotida ro’y bergan uyg’onish davri.


Moddiy va ma’naviy madaniyatining yuksalishi (renessans)ni ta’min etgan tarixiy shart-sharoitlar. IX-XII asrlarda Movarounnahr va Xuroson madaniy hayotida uyg’onish davrining o’ziga xosligi. Bu davrning vujudga kelishidagi shart-sharoitlar. O’rta Osiyolik mutaffakirlarning jahon sivilizasiyaga qo’shgan hissasi, Muhammad al-Xorazmiy, Farg’oniy, Beruniy, Ibn-Sino, Farobiy, at-Termiziy Narshaxiy, Zamaxshariy, Burhoniddin Marg’iloniy, al-Buxoriy, at-Termizi faoliyatlari. Baadiy (turkey va forsiy) adabiyot rivoji. Hadisshunoslik va tasavvuf ta’limoti. Islom madaniyati va uning jahon madaniyati va ilm-fan taraqqiyotidagi ulushi. IX-XII asrlarda turkiy va forsiy adabiyot. Binokorlik va me’morlik. Maqbaralar, minoralar, jom’e masjidlar, madrasalar, maktablar qurilishi. Ajdodlarimiz qoldirgan ilmiy va madaniy merosining jahon fani va mafkura ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati.


7-mavzu: Movarounnahr mo’gullar istilosi davrida.


Xorazmshohlar saltanatida ichki nizolarning kuchayishi va oqibatlari. Chingizxon tomonidan harbiy siyosiy ko’chmanchi uyushmasiga asos solinish. 1218 yilgi o’tror voqeasi. Chingizxon va Sulton Muhammadning savdo-sotiq sohasidagi munosabatlari. 1220 yildan boshlab Buxoro, Samarqand, Urganch, Termiz shaharlarining Chingizxon tomonidan bosib olinish. Temur Malik harakatlari. Jaloliddin Manguberdi jasoratlari. Chingiziylar hukmronligi davrida iqtisod, siyosat, madaniyat sohalarida tushkunlik. Saltanati ulushlarga bo’lib boshqarish siyosati. Movarounnahrda Chig’atoy hukmronligining o’rnatilishi. Ijtimoiy-iqtisodiy va harbiy islohotlar. Madaniy hayot. Pahlavon Mahmud, Jaloliddin Rumiy, Burhonddin Rabg’uziy, Bahovuddin Naqshbandiy.


8-mavzu: Amir Temur. O’zbek davlatchiligining tiklanishi va yuksalishi. Siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayot.


XIV asr o’rtalarida Movarounnahrdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat. Amir Temurning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi.

Sarbadorlar harakatining mo’gul istilochilariga bergan zarbasi. Amir Temurning hokimyat uchun harakatlari. Amir Husayn bilan munosabati. Amir Temurning Movarounnahrda hokimyatni qo’lga olishi va Temur boshchiligidagi saltanatning tashkil topishi. Bu davlatda ma’muriy va harbiy islohotlar-Mustahkam davlatchilik asoslarining yaratilishi. Temur davlati diplomatiyasi. G’arbiy Yevropa mamlakatlari bilan aloqalari. Amir Temurning jahon tarixida tutgan o’rni va roli. Temuriylar davrida Movarounnahr va Xuroson. Ulug’bek, Shohrux hukmronligi. Husayn Boyqaro, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo. Temuriylar saltanatining inqirozi sabablari va oqibatlari. Temuriylar davlatining o’zbek davlatchiligi tarixida tutgan o’rniga xulosa.


9-mavzu: O’rta Osiyoning xonliklarga bo’linib ketishi va uning oqibatlari.


Shayboniylar davlatining tashkil topishi davrida siyosiy vaziyat. Movarounnahrning bir necha mustaqil mulklarga bo’linishi, temuriylar o’rtasidagi nizolar, parokandalikning kuchayishi. Bobur va Shayboniyxonning movarounnahr va Xurosonni egallashi. Bobur va Ismoilshox. Xalqining ularga salbiy munosabati. Shayboniylar davrida ichki va tashqi siyosat. Ubaydullaxon va Abdullaxon davri. Buxoro xonligining tashkil topishi. Shayboniylar hukmronligining so’ngi davri. Joniylar (Ashtarxoniylar) hukmronligi. O’zaro zadogonlar urushlarining oqibatlari. Buxoro xonligida ijtimoiy-siyosiy vaziyat. Subxong’ulxon, Ubaydullaxon hukmronligi. Xiva xonligining vujudga kelishi. Elbarsxonning hokimyatga kelishi. Abdullaxon yurishi. Abulg’ozixon, Muhammad Raximxon hukmronligi. Qo’ng’irotlar sulolasining davlat tepasiga kelishi. Qo’qon xonligida siyosiy vaziyat. Umarxon, Muhammad Alixon, Sheralibek, Xiva va Qo’qon xonliklaridagi madaniy hayot. San’at me’morchilik. Iqtisodiy va texnika jihatdan orqada qolishi, uning sabablari. Xonliklardagi siyosiy parokandalik, o’zaro nizo va besamar urushlarning pirovard natijada ularning Chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishiga olib kelishi.

10-mavzu: Chor Rossiyasining Turkistonni bosib olishi.

Chorizm istibdodiga qarshi Turkiston xalqlarining milliy ozodlik kurashlari. Jadidchilik.


O’rta Osiyoni bosib olishda rus-ingliz raqobati. Rossiya imperiyasining harbiy-siyosiy rejalari. Qo’qon xonligiga bostirib kelishi. Toshkentning egallanishi. Rossiya-Buxoro munosabatlarining keskinlashuvi. Jizzaxga hujum. Shaharning egallanishi. Turkiston general-gubernatorligining tashkil topishi. Zirabuloq jangi. Samarqand, Shahrisabz, Qarshi va Kitobdagi qo’zg’olonlar. Buxoroning Rossiyaga tobeligi. Xiva xonligiga rus qo’shinlarining hujumi. Xivaning egallanishi. Po’latxon qo’zg’oloni va uning ahamiyati. Qo’qon xonligining tugatilishi. Turkiston general-gubernatorligining mustamlakachilik ma’muriy boshqaruv tizimi. Rossiyaning Turkistondagi agrar siyosati. Politsiya, sudlov. Aholi ko’chirish siyosati. O’rta Osiyo temir yo’lining qurilishi. Iqtisodiy va harbiy maqsadlar.


11-mavzu: Turkistonda mustabid sovet hokimyatining o’rnatilishi.


Turkistonda mustabid sho’rolar hokimyatining o’rnatilishi arafasida tarixiy vaziyat 1917 yilgi fevral burjua demokratik inqilobi. O’lkada tuli siyosiy harakatlarining shakllanishi: Sho’roi-Islom, Ulamo, Ittifoqi muslimin. Turkiston milliy muxtoriyati tuzishga harakatlar. Toshkentda oktyabr to’ntarilishi va bolsheviklarning qurolli harakatlari. Bolsheviklarning mustamlakachilik tuzimi. Milliy hukumat – Turkiston muxtoriyatining tuzilish. Qo’qon fojeasi. Turkistonda boshlangan siyosiy inqiroz. Turkistonda ijtimoiy siyosiy beqarorlikning kuchayishi. Sovet hokimiyatining iqtisodiy islohotlar o’tkazishi, yer haqidagi dekretni amalga oshirishdagi talablar. Farg’ona vodiysida qarshilik harakatining boshlanishi. Xiva xonligining ag’darilishi. “Xorazm Xalq Sovet Respublikasining” tuzilishi. Buxoro amirligida ijtimoiy siyosiy ahvol. Sovet hokimiyatining Buxoro amirligi ichki ishlariga aralashuvi. Frunze qo’mondonligidagi Qizil armiyaning Buxoroga hujumi va Buxoro shahrining vayron bo’lishi. Amirlik boyligining Markazga jo’natilishi. “Buxoro Xalq Sovet Respublikasi” ning tashkil topishi.

12-mavzu: Sovetlar davrida O’zbekistonning iqtisodiy,

ma’naviy qaramligi. Qatag’onchilik siyosati.


O’rta Osiyoda milliy-davlat chegaralarshning o’tkazilishi. O’zbekiston SSRning tashkil topishi. O’zbekiston SSR ning SSSR tarkibiga kiritilishi. Sho’ro hokimyatining 20-30 yillarda yuritilgan mustamlakachilik siyosati. Turkistonda ocharchilik Jamoatlshtirish, yer-suv islohoti. Suv inshoatlarining qurilishi. Farg’ona kanali. Chorvachilik, pillachilik, meva sabzavot yetishtirish sohasidagi ishlar. Qatag’onchilik siyosatining boshlanishi, ommaviy surgunlar. Sinfiylik g’oyasi. Stalin shaxsiga siginish davri qatag’onlari. O’zbekistonda sanoatlashtirish siyosati. Malakali ishchilar, muhandislar va texnik xodimlar tayyorlash masalasi. Sanoat taraqqiyotidagi yutuqlar va nuqsonlar. Sanoat va elektro-energetika.


13-mavzu: Ikkinchi jahon urushi yillarida o’zbek xalqining fashizm ustidan qozonilgan g’alabaga qo’shgan hissasi.


Ikkinchi jahon urushining boshlanishi. O’zbekistonning urush girdobiga tortilishi. O’zbekiston moddiy va ma’naviy kuchlarining fashizmga qarshi urushga safarbar etilishi. Umumiy harbiy safarbarlik.

Respublikada xo’jalik va ijtimoiy hayotning harbiy izga solinishi.

Mehnat safarbarligi. Frontga umuxalq yordami. SSSRning g’arbiy viloyatlaridan sanoat korxonalari, o’quv va ilm maskanlari, madaniyat muassalarining ko’chirib keltirilishi, joylashtirishi va ishga tushirilishi. Yuz minglab qochoq kishilar, bolalarning keltirilishi, ularni qabul qilish va joylashtirish ishlari. O’zbek oilalarining yetim bolalarni farzandlikka olsh harakati.O`zbekistonliklarning urush jangohlaridagi jasorati.

14-mavzu: Sovetlar imperiyasining tanazzulga yuz tutishi va O’zbekiston (1985-1991 y.)


80-yillarning o’rtalarida SSSRning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy hayotida inqirozli vaziyatning yanada keskinlashuvi. “Qayta qurish” konsepsiyasining cheklanganligi. Qayta qurish yillarida O’zbekistonda ijtimoiy-siyosiy hayotni demokratlashtirish, oshkoralik, fikrlar xilma-xilligi uchun imkoniyatlarining vujudga kelishi. “Qayta qurish” yillarida O’zbekistonda ijtimoiy-siyosiy hayot. “Kadrlar to’dasi” va uning salbiy oqibatlari. I.A.Karimovning O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy qo’mitasiga birinchi kotibi etib saylanishi. “Paxta ishi”ning qayta ko’rilishi va tarixiy adolatning tiklanishi. O’zbekiston Respublikasining davlat tili haqidagi qonunning qabul qilinishi. 1990 yil fevralda OPliy Kengashga o’tkazilgan saylovlar. O’zbekistonda prezidentlik lavozimining ta’sis etilishi. Mustaqillik Dekloratsiyasining qabul qilinishi.


15-mavzu: O’zbekistonda davlat mustaqilligining qo’lga kiritishi. Huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining barpo etilishi.

Davlat to’ntarilishiga urinish (1991 yil avgust voqealari). O’zbekiston rahbariyatining unga munosabati. 1991 yil 31 avgust O’zbekiston Oliy Kengashi sessiyasi. Davlat mustaqilligi to’g’risidagi qonunning qabul qilinishi. Mustaqillikning umumxalq tomonidan ma’qullanishi. Davlat ramzlarining qabul qilinishi. Mustaqil O’zbekistonning birinchi prezidenti saylovi. Umumxalq referendumi va mustaqillikning mustahkamlanishi. O’ziga xos taraqqiyot yo’lining tanlanishi. Taraqqiyotning o’zbek modeli.

O’zbekiston Konstitutsiyasining qabul qilinishi va uning ahamiyati.

Huquqiy davlat sari. Oliy Kengash. Oliy majlisning shakllanishi, qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish tamoyillari. Inson huquqlarini kafolotlovchi qonunlar. Siyosiy partiyalar. Iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotning qonuniy asoslari. milliy davlat boshqaruv tizmining barpo etilishi va islohotlari. Mahalliy hokimyat tizimi, o’z-o’zini boshqarish organlari. O’zbekistonning demokratik jamiyat qurish yo’li. Fuqarolik jamiyati asoslari. inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlash, inson huqulari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi. Demokratik saylov tizimi. Siyosiy partiyalar faoliyati. Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati.

16-mavzu: Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan siyosiy, madaniy va iqtisodiy islohotlar.


Bozor iqtisodiga o’tish sari. Islohotlarning besh tamoyili. Iqtisodiy islohot asoslari. Bozor iqtisodining huquqiy negizlari. Davlat mulkini iqtisodining shakllanishi. bozor infrastrukturasi. Pul-kredit siyosati. So’mning muomalaga kiritilishi. Narxlarning erkinlashuvi. Soliq siyosati. Agrar islohotlar. Milliy avtomobilsozlik rivoji. Ijtimoiy kafolatlarining ta’minlanishi. Mustaqillik yillarida ma’naviy merosimizning tiklanishi. Ma’naviy yangilanish jarayoni. Milliy merosni tiklash va ma’naviy hayotdagi o’zgarishlar. Ma’naviyat va ma’rifat markazining tashkil etilishi. Davlat tili-ma’naviy tiklanishining poydevori. Lotin yozuviga asoslangan O’zbek alifbosining joriy etilishi. Milliy urf-odatlar, qadriyatlar, bayramlarining tiklanishi. Ta’lim sohasidagi islohotlar. Madaniyat hayotidagi o’zgarishlar. Teatr, san’at, kino, musiqa, Estrada, adabiyot va sport rivoji.

17-mavzu: O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo’shiilishi.


Mustaqil O’zbekiston dunyo xaritasida yangi davlat. O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo’shilishi. XXI asr bo’sag’sida dunyo. O’zbekistonning geografik-siyosiy imkoniyatlari.Tashqi siyosatning asosiy tamoyillari. O’zbekistonning BMTga a’zo bo’lishi. YUNESKO bilan aloqalari. YeXXT, NATO, EKO, EI tashkilotlari bilan hamkorligi. Jahonning qator xalqaro tashkilotlariga a’zo bo’linishi.

O’zbekistonning MDH,GUAM tashkiloti bilan munosabati. O’zbekiston va Yevropa mamlakatlari, O’zbekiston va Tinch okeani mintaqasidagi davlatlar bilan munosabatlar. Turkiston umumiy uyimiz.

Mintaqaviy mojarolar hamda halqaro terrorizmga qarshi kurashda O’zbekistonning ishtiroki. O’zbekiston tashqi siyosatida iqtisodiy omillarning muhim o’rni. Horijiy sarmoyalar, texnologiyalarning O’zbekistonda kirib kelishi. qo’shma korxonalarning tashkil topishi va ularning faoliyati.


AMALIY MASHG’ULOTLAR




1-mavzu. «Avesto» kitobi – Vatanimiz tarixini

o’rganishda muhim manba.

REJA:

1. Qadimgi Xorazm - «Avesto»ning vatani.

2. «Avesto»da zardushtiylik diniy tamoyillari va qonun-qoidalarining asoslab berilganligi.

3. «Avesto»da qadimgi ajdodlarimiz boshqaruv tizim, ijtimoiy turmushi va madaniy hayotga oid ma’lumotlar.

4. «Avesto»ning Markaziy Osiyo va boshqa hududlar bo’ylab tarqalishi va uning qadimgi xalqlar ma’naviy hayotiga ta’siri.

ADABIYOTLAR:

1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T. «O’zbekiston» 1998.

2. Sulaymonov R.X. Ishoqov M.M. Zardushtning vatani va yashagan davriga oid mulohazalar. «O’zbekiston tarixi» jurnali №1 1999 i. «O’zRFA», «Fan», 45-53 betlar

3. M.Isxokov. «Ezgu o’y, ezgu so’z, ezgu amal kitobi» T., 2001.

4. Jo’rayev U. Saidjonov I. «Dunyo dinlari tarixi». T., «SHarq» 1998, 65-67 betlar.

5. Sa’dullayev A. «Qadimgi o’zbek ilk yozma manbalarda» T., «O’qituvchi». 1996.

6. Vatan tuyg’usi T., «O’zbekiston», 1996.

7. Asqarov A. O’zbekiston tarixi. (Eng qadimgi davrlardan eramizning V asrigacha). T., «O’qituvchi» 1994 yil, 103-115 betlar

8. Tolstov S.P. Po sledam drevnoxorezmskiy sivilizatsii. M., 1948

9. «Avesto» - kitobi tariximiz va ma’naviyatimizning ilk yozma manbai mavzudagi ilmiy-amaliy seminar materiallari. T. 2000 y

2-Mavzu. O’zbek xalqining etnik shakllanishi, rivojlanishi va uning bosqichlari

REJA:

  1. O’zbek xalqining xalqining etnik asosini tashkil etgan qadimgi urug’ va qabilalar.Ularning ijtimoiy va madaniy hayoti.

  2. IX-XII asrlar o’zbek xalqining etnik shakllanishida muhim bosqich.

  3. XVI asr o’zbek xalqining etnik shakllanishida yakunlovchi bosqich. «O’zbek» atamasining kelib chiqishi
  1   2   3   4

Добавить документ в свой блог или на сайт


Реклама:

Похожие:

O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti iconO’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti
Е s m u r g I ya. Bog’lamlar haqida tushuncha. Bosh va bo'yin sohasiga bog’lam qo’yish

O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti iconO’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti
...

O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti iconO`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy viloyati xalq ta’limi boshqarmasi navoiy shahar xalq ta`limi muassasalari

O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti iconO`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi
«pedagogika, psixologiya, maktabgacha va boshlang`ich ta’lim» kafedra o’qituvchisi

O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti iconO’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi farg’ona viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti

O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti iconO’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi farg’ona viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti

O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti iconO’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi
Аndijоn vilоyati pedаgоg kadrlаrini qаytа tаyyorlаsh vа mаlаkаsini оshirish instituti

O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti iconO’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi farg’ona viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti
«Geоmetriya» bo’limi bo’yicha 8-sinflar uchun «Simmetriya o’qiga ega bo’lgan shakllar» mavzusini o’rganish

O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti iconO’zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi namangan viloyati Xalq ta'limi boshqarmasi

O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti iconO’zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi Namangan viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Namangan shahar xalq ta’limi bo’limiga qarashli
«A» sinfda jami 34 nafar o`quvchi bo`lib, shulardan 20 nafari qiz, bugungi 34 nafar o`quvchilarning hammasi kеlgan

O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti iconO’zbekiston Respublikasi Xalq Ta'limi Vazirligi Buxoro viloyat hokimligi xalq ta'limi boshqarmasi
Га. Sog'lorn odamda 1200 у Ca bo'lib shundan 99 toizi snyaklarda, qolgan miqdori qonda, suyak

Разместите кнопку на своём сайте:
Документы


База данных защищена авторским правом ©uz.denemetr.com 2000-2013
При копировании материала укажите ссылку.
обратиться к администрации
Документы