Документы



Kirish. Ibtidoiy jamoa tarixi fani va uni o’rganish manbalari. Ajratilgan soat: 6 Mashg’ulot turi icon

Kirish. Ibtidoiy jamoa tarixi fani va uni o’rganish manbalari. Ajratilgan soat: 6 Mashg’ulot turi

НазваниеKirish. Ibtidoiy jamoa tarixi fani va uni o’rganish manbalari. Ajratilgan soat: 6 Mashg’ulot turi
страница1/7
Дата19.08.2013
Размер327.08 Kb.
ТипДокументы
скачать
  1   2   3   4   5   6   7
1. /Ибтидоий лотинча варианти.docKirish. Ibtidoiy jamoa tarixi fani va uni o’rganish manbalari. Ajratilgan soat: 6 Mashg’ulot turi

Kirish. Ibtidoiy jamoa tarixi fani va uni o’rganish

manbalari.


Ajratilgan soat: 6 Mashg’ulot turi: ma’ruza


Asosiy savollar:


Ibtidoiy jamoa tarixi fani, uning predmeti va vazifalari

Ibtidoiy jamoa tarixi fanining tarixshunosligi va manbalari


Tayanch iboralar:


Ibtidoiy jamoa tarixi fani, ibtidoiy jamoa tuzumi, "ibtidoiy jamoa" tushunchasi, davrlashtirish, oykumena, xronologik chegaralar, tarixiy davrlar, Arxeologik davrlar, inson evolyutsiya qilishi bosqichlari, absolyut yoshi, ibtidoiy jamoa tarixi tarixshunosligi, etnografik, lingvistik, yozma manbalar.


1-asosiy savol:


Ibtidoiy jamoa tarixi fani, uning predmeti va vazifalari


MAQSAD:


Ibtidoiy jamoa tarixi fani predmetini ochib berish, o’rganish ahamiyatini ochib berish,ibtidoiy jamoa tarixi davrlashtirgan olimlar nuqtai nazarlarini sharhlab berish, Ibtidoiy jamoa tarixi davrlashtirishni tushuntirish va xronologiyasini ko’rsatish.


IDENTIV O’QUV MAQSADLARI:


Ibtidoiy jamoa tarixi fani predmeti va o’rganish ahamiyatini biladi.

Ibtidoiy jamoa tushunchasini tushunadi.

Ibtidoiy jamoa tarixini davrlashtirgan olimlar nuqtai nazarlarini

qiyoslaydi.

Ibtidoiy jamoa tuzumini davrlashtiradi

Ibtidoiy jamoa rivojlanish bosqichlarining xronologiyasini ko’rsatadi.


1-asosiy savol bayoni:


Ma’lumki, ilgarigi XX asrning 90-yillarigacha bo’lgan ko’plab adabiyotlarda insoniyat tarixi bir-birini birin-ketin almashib o’tgan ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarga bo’linib ko’rsatilardi. Ulardan birinchisi ibtidoiy jamoa tuzumi formatsiyasi bo’lgan. Ibtidoiy jamoa tarixini o’rganish predmetini aynan shu insonning Er yuzida paydo bo’lishidan boshlab to sinfiy jamiyat va davlatlar paydo bo’lishigacha bulgan davrni uz ichiga olgan bosqich tashkil etadi.

Ibtidoiy jamoa tarixi insonning paydo bo’lishi, uning xo’jalik va ijtimoiy faoliyatining kurtaklarini vujudga kelishi va dastlabki rivoj topishi, insonning moddiy va ma’naviy madaniyatining vujudga kelishini o’rganadi. Ibtidoiy jamoa tarixining asosiy va muhim vazifasi bo’lib, ibtidoiy jamoa tuzumining xususiyatlarini, uning shakllanish qonuniyatlarini, gullab-yashnagan davri va parchalanishini, sinfiy jamiyatga o’tishdagi shart-sharoitlarini o’rganish xizmat qiladi. Ibtidoiy jamoa tuzumi uchun ishlab chiqaruvchi kuchlarning juda past rivojlanish darajasi xos bo’lgan. Deyarli butun davr mobaynida ishlab chiqarish va ov qurollarini tayyorlashda asosiy ashyo - tosh bo’lgan. Toshdan faqat eng oddiy mehnat qurollarini katta mashaqqat evaziga tayyorlash mumkin edi. Ibtidoiy odamlarning mehnat ko’nikmalari ham oddiy bo’lgan. Ibtidoiy odam yakka o’zi tabiat oldida himoyasiz bo’lgan. Bu esa albatta ibtidoiy odamlarni to’da-to’da bo’lib yurishga , birgalikda mehnat qilishga va mehnat qurollaridan birgalikda foydalanishga hamda mahsulotlarni birgalikda tanovul qilishlariga sabab bo’lgan. Ibtidoiy jamoa shaxsiy egalikni bilmagan, xalqdan ajralgan hukmron hokimiyatni ham bilmagan.

Ibtidoiy jamoa tarixini o’rganish ahamiyati shundaki, uning yordamida shaxsiy egalikning paydo bo’lishini, ijtimoiy tengsizlik va davlat hokimiyatini vujudga kelishini tushunishga yordam beradi. Ibtidoiy jamoa tarixini bilish xalqlar va elatlar paydo bo’lish jarayonlarini o’rganishga, taraqqiyoti jihatidan orqada qolib ketgan qabilalarni o’rganishda, ibtidoiy jamoa ukladlarini namoyon etuvchi qabilalar hayotini, turmush tarzini o’rganishda yordam beradi. Er yuzida shunday qabila va xalqlar borki, ularda hanuz ham ibtidoiy jamoa qoldiqlari yoki ibtidoiy jamoaning parchalanish bosqichida turgan ko’rinishlari mavjud. Ularni o’rganish, etnografik jihatdan tahlil etish ularni turmush tarzlari va ijtimoiy tuzumlarini tushunish ham ko’pincha ibtidoiy jamoa tarixini bilish bilan bog’liqdir.

"Ibtidoiy jamoa tarixi" tushunchasi tarixchilar o’rtasida bahslarga sabab bo’lmoqda. Bir guruh tarixchilar agarda dastlabki insoniyat hqiqatan ham ibtidoiy bo’lgan bo’lsa', davrning oxiriga kelib u bu holatdan chiqishi kerak. Boshqa bir gurux tarixchilar esa, ibtidoiy tarix o’zining barcha bosqichlarida dastlabki, boshlang’ich, undan keyin kelgan tarixiy davrlarga nisbatan ibtidoiydir demoqda. G’arbiy fanda esa "tarixdan oldin" tushunchasi keng yoyilgan. Bu tushuncha mazkur bo’limni yagona tarixiy fanning boshqa bo’limlaridan ajratib, tarixdan oldingi davrni tarixga qarshi qo’yadi. Biroq, shunday bo’lsada, tarixchilar ikkala termindan ham foydalanishadi.

Ibtidoiy jamoa davri insoniyat tarixida eng uzoq davom etgan davr bo’lgan. Uning eng pastki qirrasi bir yarim million yil avvaldan kam bo’lmagan vaqt bilan o’lchanadi.Ayrim olimlar esa bundan ham ilgari deb o’lchaydi. Bu qirrani aniq topish qiyin va bu datirovka tez- tez o’zgarib turadi. CHunki yangidan yangi suyak qoldiqlari topilishi bilan, mutaxassislarning ko’pchiligi ularni tekshirib va o’rganib chiqib, ularda yo odamdan oldin bo’lgan maxluqlarni, yo odamni ko’radilar. Ibtidoiy jamoa davrining yuqori qirrasi so’nggi 5 ming yil orasida deb belgilanadi. Osiyo va Afrikada birinchi tsivilizatsiyalar miloddan avvalgi 4-3 ming yilliklarda vujudga kelgan bo’lsa, oykumenaning (grekcha: oykumen- er yuzining inson tomonidan o’zlashtirilgan qismi) boshqa hududlarida kechroq, masalan, Evropada - miloddan avvalgi 1 ming yillikda, Amerikada - milodiy 1 ming yillikda paydo bo’ladi.

Ibtidoiy jamoa tarixini davrlashtirish hali oxirigacha o’z echimini topmagan ilmiy muammo bo’lib turmoqda. Bu umumiy (tarixiy) davrlashtirishga ham, maxsus - arxeologik, antropologik va boshqa davrlashtirishlarga ham taalluqlidir.

Ibtidoiy jamoa tarixining umumiy davrlashtirishi dastlab 1870 yilda buyuk amerikalik etnograf Lyuis Genri Morgan tomonidan tuzilgan. XVSH asrda mavjud bo’lgan tarixiy jarayonni yovvoyilik, varvarlik va tsivilizatsiya zamonalariga bo’linishidan foydalangan holda hamda asosan ishlab chiqaruvchi (hayot uchun muhim bo’lgan vositalarning ishlab chiqilishi) kuchlarning taraqqiyot darajasida asoslangan holda, u yovvoyilik va varvarlik zamonalarini pastki, o’rta va yuqori bosqichlarga ajratdi. Evvoyilikning pastki bosqichi odamning paydo bo’lishidan va nutqning paydo bo’lishidan boshlanadi, o’rta bosqich baliqchilikning paydo bo’lishi va olovdan foydalanishdan boshlanadi, yuqori bosqich o’q-yoyning kashf etilishidan boshlanadi. Varvarlikning pastki bosqichiga o’tish kulolchilikning yoyilishi bilan boshlanadi, dehqonchilik va chorvachilikning vujudga kelishi varvarlikning o’rta bosqichida bo’ladi, temirni o’zlashtirish bilan esa varvarlikning yuqori bosqichi boshlanadi. YOzuvning-alfavitning paydo bo’lishi bilanoq tsivilizatsiya zamonasi boshlanadi.

F.Engels ushbu Morgan davrlashtirishiga yuqori baho berib, uni umumlashtirib, yovvoyilik zamonasini - tabiatdan oluvchi, varvarlik zamonasini esa - ishlab chiqaruvchi xo’jalik deb belgilaydi. O’zining "Oila, shaxsiy mulk va davlatning paydo bo’lishi" (Marks K., Engels F. Soch. t.20.-s. 486-499) va boshqa asarlarida Engels ibtidoiy jamoa tarixining dastlabki bosqichini ibtidoiy to’da davri deb belgilaydi.

YAngi davrlashtirish 1940 yillarda Tolstov S.P. tomonidan ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi darajasiga asoslangan holda ishlab chiqilgan. Unda ibtidoiy tarixning uchta asosiy bosqichi: 1) ibtidoiy odamlar to’dasi (ibtidoiy jamiyatning shakllanishi, qurollardan foydalanishdan boshlanadi), 2) ibtidoiy jamoa (ibtidoiy jamiyatning gullab-yashnashi, qurollarni ishlab chiqarish uchun qurollardan foydalanishdan boshlanadi) va 3)harbiy demokratiya (ibtidoiy jamiyatning sinfiy jamiyatga aylanishi, metallni o’zlashtirishdan boshlanadi) ajratib ko’rsatilgan. Biroq, mazkur ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanishi darajasiga asoslangan davrlashtirish ham ayrim nazariy
qiyinchiliklarga duch keldi. Negaki, Mesoamerika tsivilizatsiyalarining tuzuvchilari ham metallardan ishlab chiqarishda foydalanish mumkinligini bilmaganlar, qadimgi germanlar yoki Tropik Afrikaning ayrim qabilalari esa urug’chilik tuzumining parchalanishi davrida turgan bo’lsalar hamki, temirni eritishni o’zlashtirganlar. SHuning uchun davrlashtirishda monistik ( yagona) tamoyildan voz kechmoq kerak edi.

1950-yillarda butun tarixiy jarayonni formatsiyalarga bo’lish asoslarini ibtidoiy tarixni davrlashtirish mezonlari sifatida
olish to’g’ri bo’ladi degan taklif kiritildi. Bunda davrlashtirish
ishlab chiqarish usullari va ishlab chiqarish munosabatlari formalari o’rtasida bo’lgan xilma-xilliklar hisobga olinishi kerak edi (Pershits A.I.). SHu bilan birga ishlab chiqarish vositalariga ibtidoiy mulkchilik formalarining rivojlanishi ham kuzatilib, ibtidoiy odamlar to’dasi bosqichidan tashqari ibtidoiy urug’chilik jamoa va ibtidoiy ko’shnichilik jamoa bosqichlarini ajratadilar. YU.I.Semyonov, N.A.Butinov va boshqa
sovet tarixchilari butun tizim yoki ishlab chiqarish munosabatlarining ba’zi bir tomonlarini nazarga olgan holda davrlashtirgan bo’lsalar, Germaniya olimlari (I.Zelnov va boshqalar) - umuman ishlab chiqarish usullarini nazarga olganlar Biroq mazkur davrlashtirishlar ham tanqid qilinib kelindi.

Faqatgina 1970-yillar o’rtasida ibtidoiy davr iqtisodiyotini chuqur o’rganish natijasida ibtidoiy jamoa rivojlanishining asosiy bosqichlarida taqsimlash va mulkchilik munosabatlaridagi asosiy farqlarni aniqlash mumkin bo’ldi (Semyonov YU.I.). Ilk ibtidoiy jamoa tabiatdan in’omlarni olib xo’jaligini yurituvchi bo’lib, va asosan hayot kechirish uchun zarur bo’lgan mahsulotlarni oluvchi bo’lib, unda teng taqsimlash va umumiy mulkchilik hukmron edi; jamoaning har bir a’zosi topib kelingan mahsulotning bir qismiga, bu mahsulotni topishda qatnashgan-qatnashmaganligidan qat’i nazar, xaqli edi. Kechki ibtidoiy jamoa ishlab chiqaruvchi yoki yuqori spetsializatsiyalashgan oluvchi xo’jalikka o’tgan bo’lib, ortiqcha maxsulotga ega bo’lib qola boshladi. Unda teng taqsimlash bilan birga mahsulotning ma’lum bir qismi jamoaning alohida a’zolari ehtiyojlarini qondirish uchun ajratila boshladi, mehnat taqsimlanishi rivojlana boshladi, va natijada umumiy mulkchilik bilan shaxsiy mulkchilik rivojlana boshladi. Nazariy tahlil asosida ibtidoiy jamoadan oldin bo’lgan hayot tarzini jamoadan oldingi deb, ibtidoiy jamoani almashtirgan formasini - ibtidoiy qo’shnichilik yoki protodehqon jamoasi deb belgilashga asos soldi. Umuman olganda esa, ibtidoiy mulkchilikning kategoriyalardan faqat bittasi oziq-ovqat mahsulotlarini taqsimlash tahlil qilingan edi, xolos. Bundan kelib chiqqan holda jamoadan oldingi (ibtidoiy odamlar to’dasi) - ilk ibtidoiy va kechki ibtidoiy (ilk urug’chilik va kechki urug’chilik) - protodehqon (ibtidoiy qo’shnichilik) jamoalari kabi tipologik qator tuzildi va bu qator ibtidoiy davr tarixining asosiy bosqichlariga tug’ri keladi deb belgilandi. Biroq bosqichlarning soni tarix fanida hanuzgacha muammoli masala bo’lib kelmoqda.

G’arb olimlari orasida egalitar (frants. egalitaige – teng huquqli), ranjirlangan (angl. Rank -rang), stratifikatsiyalashgan (lat. stratum - qatlam) (M.X.Frid va boshqalar) yoki egalitar va stratifikatsiyalashgan (yoki ierarxiya) R.M.Adams, E.R.Servis va boshqalar) kabi jamiyatlar ajratiladi. Egalitar jamiyatlar tabiatdan oluvchi ( o’ziga olib qoluvchi) xo’jalik va faqat
gorizontal taqsimot (ya’ni bir ijtimoiy statusda bo’lgan odamlar
orasida) bilan xarakterlanadi. Ranjirlangan, stratifikatsiyalashgan va ierarxiya jamiyatlari esa - ishlab chiqaruvchi xo’jalik va ham gorizontal, ham vertikal taqsimot ya’ni ijtimoiy statusi teng bo’lmagan odamlar orasida\ bilan xarakterlanadi. Ranjirlangan va stratifikatsiyalashgan jamiyatlarni ajratuvchilar birinchilarda faqat ijtimoiy. ikkinchilarda ijtimoiy bilan birga mulkchilik notenglik mavjud bo’lgan deyishadi.

Maxsus davrlashtirishlardan ayniqsa arxeologik davrlashtirish muhim bo’lib, u mehnat qurollari tayyorlashda qo’llaniladigan ashyo va bu qurollarni tayyorlash texnikasida asoslangan. Bu insoniyat tarixini uch asrga - tosh asri, bronza asri va temir asriga bo’lishdir. Tosh asri qadimgi tosh asri, yoki paleolit (grek. Ra1aios- qadimgi, Litos - tosh) va yangi tosh asri , yoki neolit ( grek.neos- yangi) ga bo’linadi. Paleolit va neolit o’rtasida o’tish davri - mezolit (grek. Mezos- o’rta), ya’ni o’rta tosh asrini ajratadilar. Paleolit o’z navbatida ilk (pastki, qadimgi) paleolit - taxminan 1,5- 1 mln yil ilgari, va kechki (yuqori) paleolit - 40-12 ming yil ilgariga bo’linadi. Ayrim hollarda o’rta paleolitni ham alohida davr sifatida ko’rsatishadi (100-40 ming yil ilgari). Mezolit taxminan mil. avvalgi 12-6 ming yilliklar bilan sanaladi. Turli hududlarda madaniyat taraqqiyotining notekis o’tishi kechki paleolitdan boshlanib, neolit davrida yanada keskinlashadi. Turli qabilalar neolit davrini turli zamonlarda o’tishgan. Evropa va Osiyoning neolit yodgorliklarining katta qismi miloddan avvalgi 8-5 ming yilliklar bilan o’lchanadi. Neolit davrining tugashi, ya’ni misdan yasalgan qurollarning paydo bo’lishiga tug’ri kelib, u eneolit deb ataladi (lat.aeneus- mis). Ilgari olimlar xalkolit degan tushunchani ham qo’llaganlar( grek. sha1kos - mis) Biroq bugungi kunda bu tushuncha deyarli ishlatilmaydi.

Bronza asrining taxminiy xronologik chegaralari - miloddan avvalgi 3 ming yillik oxiri- miloddan avvalgi 1 ming yillik boshlaridir. Miloddan avvalgi 1 ming yillik boshlarida temir asri boshlanadi. YAngi tosh, bronza va temir asrlarining ichki davrlashtirish sxemalari turli qit’a va mintaqalarga nisbatan hamda turli tadqiqotchilarda bir biridan farq qiladi. Arxeologik davrlashtirish texnologik mezonlarda asoslangan bo’lib, umumiy holda ishlab chiqarish taraqqiyoti to’g’risida tasavvur hosil qilmasa ham, uning tuzilishi yirik ilmiy yutuq bo’lgan. Bu davrlashtirish mehnat qurollarining rivojlanishi haqida va ma’lum jihatda ijtimoiy munosabatlarning rivojdlanishi haqida tushuncha hosil qilishga yordam berdi.Arxeologik davrlarni xronologiyasini aniqlash uchun tabiiy fanlarning turli usullari absolyut datirovka o’tqazishda yordam beradi: izotopli kaliy-argon va radiokarbon ( radioaktiv eelementlarning parchalanishi vaqti bo’yicha), geoxronologik ( tuproq qatlamlarining yillik qalinligi bo’yicha) va boshqalar. Nisbiy datirovka o’tqazish uchun madaniy qatlamlarni yoki arxeologik tiplarni solishtirish yuli bilan yoki ularni tabiiy muhitdagi o’zgarishlar bilan solishtirish yo’li bilan aniqlanadi: geologik bosqichlar, paleoontologik davrlar va hk.

Arxeologik davrlarni Er shari tarixining geologik bosqichlari bilan sinxronlashtirish ayniqsa katta ahamiyatga ega. Insonning mavjud bo’lishi vaqtiga chorakcha bosqich to’g’ri keladi. Uni ikkita davrga bo’lishadi: 1) muzlikdan oldingi va muzlik paytidagi pleystotsen deb ataladi; 2) muzlikdan keyingi golotsen deb ataladi. Pleystotsen davomida SHimoliy Evropa, Osiyo va SHimoliy Amerikaning katta qismi muzlash jarayoniga tushgan. Muzlikning hujum qilishi va cheklanishi jihatidan to’rtta muzlik va uchta muzlik orasidagi davrlar ajratiladi. Muzlikning hujum qilishi davrlarini ko’rsatish uchun gyunts, mindel, riss, vyurm kabi terminlarni ishlatishadi. Bu terminlar muzlik va muzlik orasidagi qatlamlar ayniqsa aniq kuzatilgan to’rtta Alpdagi daryo nomlari bilan atalgan. Gyunts va mindel muzliklari quyi pleystotsenga, riss muzligi muzlik orasi va muzlik bo’lib - o’rta pleystotsenga, va vyurm muzlik orasi va muzlik - yuqori pleystotsenga qaratiladi. Arxeologik davrlashtirishda pleystotsen paleolit va mezolit ( qisman yoki to’liq) davrlariga to’g’ri keladi. Neolit esa muzlikdan keyingi davr bo’lgan golotsenga to’g’ri keladi.

SHu bilan birga arxeologik davrlashtirish ham ayrim kamchiliklarga ega. Arxeologik tadqiqot ishlarining natijasida shu narsa aniqlandiki, turli qit’a, hududlarda o’z mintaqaviy davrlashtirishi bo’lishi mumkin. Negaki, tabiiy muhitning turli bo’lgani uchun o’z taraqqiyoti jihatidan bir ko’rinishda bo’lgan jamiyatlar temirdan, bronzadan foydalanishi yoki foydalanmasligi mumkin. SHuning uchun arxeologik davrlashtirishlar muammoli bo’lib qolmoqda. Umuman olganda, arxeologik davrlashtirishlar global davrlashtirishdan mintaqaviy davrlashtirishga aylanib bormokda.

YAna bir davrlashtirish antropologik davrlashtirish bo’lib, u insonning fizik evolyutsiyasi mezonlarida asoslangan. Unda eng qadimgi, qadimgi va qazilma zamonaviy odam, ya’ni arxantrop, paleantrop aql idrokli odam yashagan davrlari ajratiladi.

Gominid (lat. Noto - odam) , ya’ni odamsifat oilasi va gominin , ya’ni unga taalluqli odamlar oilasi, ularning urug’ va ko’rinishlarining sistematizatsiyasi turli tadqiqotchilarda turlichadir. G’arbda ibtidoiy tarix ko’pincha arxeologik jihatdan o’rganiladigan tarixdan oldingi, va ham arxeologik, ham yozma manbalar yordamida o’rganiladigan proto-, para- yoki etnotarixga ( grekcha protos - birinchi, para - oldidagi, etnos - xalq) bo’linadi.YA’ni ularning nuqtai nazaridan ibtidoiy tarixda dastlabki tsivilizatsiyalar paydo bo’lishidan oldin ham Er yuzida jamiyatlar yashab o’tgan hamda bu va so’nggi tsivilizatsiyalar periferiyalarida rivojlangan jamiyatlar ham bo’lgan. Ular bitta formatsiyaga taalluqli bo’lib, bu formatsiyaning ajralishi mezoni bo’lib ishlab chiqarish usuli xizmat qiladi. SHuning uchun bu jamiyatlar apopolitey va sinpolitey deb ataladi ( grekcha rolitea tsivilizatsiya, aro - oldingi, sun- birgalikdagi).SHunday qilib, barcha qarashlarni hisobga olgan holda biz quyidagi davrlashtirishlarni ajratib, asosiy bosqichlarni taxminiy datirovka qilishimiz mumkin: ( jadvalga qarang).

Jamoadan oldingi yoki ibtidoiy odamlar to’dasi davri maqsadli qurol yordamidagi faoliyatning paydo bo’lishi bilan ochiladi, shuning uchun u eng qadimgi odamlar - arxantroplarning paydo bo’lishi bilan tavsiflanib, ular dastlabki, hali juda sust birlashgan ishlab chiqaruvchi jamoatlarni tashkil qila boshlaydi.

Bu davrning asosiy mazmuni shundaki, mehnat faoliyati natijasida odamsifat maymunlar va odamsifat maxluqlar to’dasidan meros qolgan hayvon holati qoldiqlaridan xalos bo’ladi, ijtimoiy aloqalar mustahkamlanadi va odamning biologik rivojlanishi yakuniga etadi. Jamodan oldingi davrning quyi chegarasi va yuqori chegarasi fanda bahsli qolmokda.

Ibtidoiy yoki urug’chilik jamoasi davri birinchi mustahkam bo’lgan ijtimoiy tashkilotlar - urug’ va urug’chilik jamoasining paydo bo’lishi bilan tavsiflanadi. Aynan ushbu davrda ishlab chiqarish va iste’mol qilishda jamoatchilik, umumiy mulkchilik va teng taqsimlash kabi xususiyatlar kuzatiladi.

Ibtidoiy qo’shnichilik yoki protodehqon jamoasi davri toshni metall bilan almashinuvi bilan paydo bo’ladi va har tomonlama xo’jalik faoliyatning rivoj topishi, ortiqcha mahsulotning o’sishi, yig’ilgan boylik uchun bosqinchilik urushlarining yoyilishi bilan tavsiflanadi. Teng taqsimot mehnat taqsimoti bilan almashadi, umumiy mulkchilik o’rniga alohida uy xo’jaliklarining alohida mulkchilik shakli bilan almashinadi, urug’chilik aloqalari uziladi va ular qo’shnichilik aloqalariga o’z o’rnini bo’shatib beradi. Ekspluatatsiya qilishning ilk formalari paydo bo’ladi va shu bilan shaxsiy mulkchilik , foyda keltiruvchi mahsulot paydo bo’ladi, natijada esa sinflar va davlatlar vujudga kela boshlaydi. Ibtidoiy qo’shnichilik jamoaning quyi chegarasi so’nggi neolit(rivojlangan jamiyatlarda) va ayrim hollarda metallar davriga ( kam rivojlangan jamiyatlarda) to’g’ri keladi. Bu davr rivojlangan jamiyatlar tomonidan 5 ming yil ilgari o’tib bo’lingan, rivojlanmagan jamiyatlar tomonidan esa hanuz ham o’tilmagan (masalan Afrikadagi ayrim qabilalar, Polineziya orollaridagi qabilalarda va hk).


NAZORAT TOPSHIRIQLARI:

Ibtidoiy jamoa tarixi predmeti va axamiyatini ochib bering.

Ibtidoiy jamoa tuzumining tarixiy davrlarini ko’rsating.

A) ibtidoiy to’da, ibtidoiy urug’ jamoasi, ibtidoiy qo’shnichilik

jamoasi

V) ilk urug’ jamoasi, so’nggi urug’ jamoasi

S) ibtidoiy to’da matriarxat patriarxat

D) ibtidoiy jamoa, protodehqon jamoasi

E) ibtidoiy to’da, protodehqon jamoasi


3. Arxeologik davrlarni tartibli joylashtiring:

A) Eneolit

V) Paleolit

S) Mezolit

D) Neolit

E) Ilk temir


Javoblar: 1) V, S, D, A, E 2) V, D, A, S,E 3) S, D, E, A, V

DA,V,S

S,A,E,D,V


4. Inson evolyutsiyasi bosqichlarini to’g’ri ko’rsating:

A. Ibtidoiy to’da :

V. Ibtidoiy jamoa:

5. Ibtidoiy jamoa tuzumi tarixiy davrlarining yoshini aniqlang

1) ibtidoiy to’da

A. 1500-1000 ming y. - 100-40 ming y.

V. 1000-500 ming y. - 100-20 ming y.

S. 500-300 ming y.- 50-30 ming y.

2) ibtidoiy jamoa

A. 500-300 ming y.-100-20 ming y.

V. 100-40 ming y.- 10-5 ming y.

S. 50-30 mingy. - 10-5 ming y.


2-asosiy savol:


Ibtidoiy jamoa tarixi tarixshunosligi va uni o’rganish

manbalari.


MAQSAD:


Ibtidoiy davr to’g’risidagi qadimgi va o’rta asrlar tasavvurlarini sharxlab berish, etnografik ma’lumotlarning yig’ilishi haqida tushuncha berish, ibtidoiy jamoa tarixi fanining tashkil topishini yoritish, ibtidoiy jamoa tarixi fanining rivojlanish boskichlarini ochib berish, ibtidoiy jamoa tarixi manbalarini ko’rsatish, manbalarni tavsiflash.


IDENTIV O’QUV MAQSADLARI:

2.1. Ibtidoiy jamoa tarixi tarixshunosligi ma’lumotlariga ega bo’lish.

2.2. Buyuk geografik kashfiyotlar davrida ibtidoiy xalqlar haqida
ma’lumotlarning ortishiga hissa qo’shgan sayyohlarni biladi.

Ibtidoiy jamoa tarixi manbalarini biladi

Ibtidoiy jamoa tarixi manbalarini tavsiflaydi


2-asosiy savol bayoni:


Ibtidoiy jamoa tarixi tarix fanining birmuncha yosh sohasi bo’lib, o’tgan asrning ikkinchi yarmida vujudga keladi. Biroq bundan oldin ham odamlar insoniyatning dastlabki tarixi davrlari haqida tasavvur hosil qilishga intilganlar. O’z o’tmishiga qiziqish odamlarda taraqqiyot bosqichlarining ilk davrlarida paydo bo’lgan. Etnograflar tomonidan o’rganilgan eng qoloq xalqlarda ham ularning uzoq o’tmishi, ajdodlarining ishlari va jasoratlari, urug’ va qabilalarning paydo bo’lishi to’g’risidagi og’zaki rivoyatlar shundan dalolat beradi (genealogik va etnogonik dostonlar). Uzoq qadim zamonlarga borib qo’shnilar hayot tarzini o’rganish, ular qaerdan chiqqanligini bilish , ular o’tmishiga nazar tashlash kabi kuzatuvlar ham tarqaladi.

Keyinchalik odamlarning eng qadimgi ko’rinishi haqidagi ibtidoiy rivoyatlar "yarim hayvon o’tmish" to’g’risida yoki aksincha "oltin asr" tug’risidagi miflarga aylana bordi. Antik grek va rimliklarda paydo bo’lgan ibtidoiy tarix kurtaklari ham butunlay mifologiyadan voz kechmagan holda aks ettirilgan.Aynan grek va rimliklarda dastlabki tarixiy faktlarni sistematik tarzda bayon qilish qo’llaniladi. Antik davr tarixchilari uchun tsivilizatsiya dunyosi O’rta Er dengizi bilan chegaralangan edi, uning ortida esa ular varvarlar deb nomlagan xalqlar yashagan bepoyon hududlar mavjud bo’lgan. Bu xalqlarning ko’pida ibtidoiy tuzum saqlanib kelgan deb uylangan. Varvarlar dunyosi antik mualliflarga yaxshi tanish bo’lmagan, sayyohlar u erlarga qisqa vaqt ichida borib kelib, asosan yuqori kuzatishlar olib borib, ko’p narsalarni qo’shib, vahima qilib gapirib berardilar. Biroq, shunday bo’lsada, aynan antik davrda ibtidoiy xalqlar haqida dastlabki yozma ma’lumotlar paydo bo’ladi, qimmatli kuzatuvlar qilinadi va ular keyinchalik ibtidoiy davr to’g’risidagi tasavvurlarni umumlashtirishga yordam beradi. SHu tariqa, Gerodotning( mil.avv. 484-425 yy) skiflar, pigmeylar va boshqa ko’plab xalq va qabilalar haqida ma’lumotlari, Ksenofontning (mil. avv. 430-350 yy.) Kichik Osiyo xalqlari haqidagi ma’lumotlari, Strabonning (mil.av. taxm. 63 y.- milodiy 20 y) Evropa va Osiyo xalqlari to’g’risidagi ma’lumotlari, TSezarning (mil.avv. 100-44 yy) germanlar haqidagi, Tatsitning (milodiy 55-120 yy) germanlar haqida ma’lumotlari va boshqalar qimmatlidir. Gerodot va Strabonning aytishlaricha, ayrim varvar xalqlarda umumiy (jamoa) mulkchilik mavjud. Gerodotning yozishicha, likiyaliklar sulolani ona urug’idan olib boradilar, ularda ayollar o’zlari uchun o’zlari er tanlab oladi, sarmat ayollari esa jasur bo’lib, dushmanni o’ldirgandan so’nggina turmush quradilar.Antik davr faylasuflari ibtidoiy davrni umumiy tasvirini tasavvur qilish niyatida ayrim hollarda buyuk gipotezalar keltirishardi. Masalan Demokrit Er yuzidagi dastlabki odamlar "qo’pol va hayvonsifat hayot kechirib, o’tloqqa chiqardilar va ko’chib yurib, tabiatning boy in’omlarini va daraxtlarning mevalarini iste’mol kilardilar " deb hisoblagan. Uning ta’kidlashicha, o’zlariga oziq-ovqat topish, yomg’ir va qordan pana topish, yovvoyi hayvonlardan himoya qilish zarurati odamilarni tabiat bilan kurash usullarini izlab topishga harakat qildirardi. "Tirikchilik uchun kurash odamlarni hamma narsaga o’rgatdi" deydi u. Demokritning izdoshi Qadimgi Rim faylasufi va shoiri Lukretsiy Kar esa o’zining "Narsalar tabiati haqida" degan dostonida eng qadimgi insoniyatni yovvoyi holatdan to olov, kiyim, boshpana kashf qilishigacha bo’lgan taraqqiyotini tasvirlab bergan. U tarixni uch davrga, mehnat qurollari tayyorlash uchun ishlatiladigan ashyoga qarab, bo’lishni taklif qilgan: tosh, mis (bronza) va temir asri. O’zining bu kashfiyoti bilan u 19 asr oldinroq Hozirgi arxeologiya dalillarini aytib bo’lgan edi. Qadimgi Xitoy faylasuflari ham tosh, bronza va temir asrlarini ajratishgan.

O’rta asrlarda cherkov va sxalastika ilmni bug’a boshlagan. Bu zamonda turli xil ertaklardagi maxluqlar odamlarning ajdodlari bo’lgan degan tasavvurlar yoyilgan. Biroq bu og’ir zamonlarda ham Er va unda yashovchi xalqlar to’g’risidagi bilimlar kengaya borgan. Arab geograflari SHarkiy Evropa va Osiyo mamlakatlarida yashovchi xalqlar haqida ma’lumotlar yozishgan. O’rta Osiyo xalqlari to’g’risida ayniqsa qimmatli ma’lumotlar Xitoy geografi CHan-CHun sayyohati bayonida saqlangan. Plano Karpini, Vilgelm Rubruk, Marko Polo kabi sayyohlar savdo aloqalarini o’rnatish uchun SHarqqa borib, evropaliklarni sharqiy xaqlar bilan tanitganlar. Bu asarlar orasida Tverdan chiqqan savdogar Afanasiy Nikitinning "Uch dengiz osha sayohat" asarini qayd qilib o’tish kerak.

XV asr oxirlaridan boshlab, ya’ni buyuk geografik kashfiyotlar davridan boshlab Evropada etnografik bilimlarni yig’ish sohasida ko’p ishlar qilinadi. Xristofor Kolumbning 1492 yildagi Amerika sohillariga sayohati, 1497 yildagi Vasko de Gamaning Evropadan Hindistonga dengiz yo’lini kashf etishi, 1519-1521 yillarda Magellanning er yuzi osha dengiz sayohati va boshqa ko’plab istilochilar, savdogarlar va missionerlar sayohatlari Evropaga turli xalqlar to’g’risidagi xilma-xil ma’lumotlar kirib kelishini ta’minladi. YAngi erlarni kashf qilishlar XVIII asrga qadar davom etdi. Ayrim sayohatchilar (Laperuz, Mopertyui, Bugenvil va boshqalar) o’z kashfiyotlarining juda qiziqarli qilib bayon qilib qoldirganlar. Djeyms Kukning buyuk sayohatlari evropaliklar uchun Okeaniya xalqlarini ochib berdi. XVIII asr boshidan boshlab SHarqiy Evropa va SHimoliy Osiyo hududlari etnografik jihatdan o’rganiladi. Bunda rus olimlari katta rol o’ynaydi. Grigoriy Novitskiy, V.Tatshtsev, G.Miller, I.Gmelin, S.Krasheninnikov, G.Steller va boshqalarning kuzatuvlari xalqlarning turmush tarzi, an’ana va urf odatlari haqida va boshqa ma’lumotlar bergan. Rossiya Fanlar Akademiyasi tomonidan Birinchi Akademik ekspeditsiyaga kirgan bu olimlar Sibir va Kamchatka xalqlari haqida qimmatli ma’lumotlar yig’ishgan. Ikkinchi Akademik, yoki Fizik ekspeditsiyaga P.Pallas,V-Zuev, I.Lepexin, I.Georgi kabi olimlar kirib, Sibir xalqlari to’g’risida ma’lumotlardan tashqari, I.Georgining 4 tomlik " Rossiya davlatida yashovchi barcha xalqlar haqida" asari 1776-1780 yillarda nashr qilindi.Rus sayyohi va tadqiqotchilari YAngi va Eng yangi dunyoni o’rganishga ham katta hissa qo’shganlar. Rus er shari buylab sayohatlarida Amerikadagi rus koloniyalari bilan aloqalarni o’rnatish uchun 1803-1849 yillarda jo’natilgan I.F.Kruzenshtern, YU.F.Lisyanskiy, O.E.Kotsebu, F.P.Litke, A.P.Lazarev va boshqalar Okeaniya va SHimoliy Amerika g’arbiy kirg’og’ida yashovchi ko’plab xalqlar hayoti haqida qiziqarli ma’lumotlar yozib qoldirishgan.Ayniqsa N.Mikluxo-Maklayning YAngi Gvineya papuaslari to’g’rsidagi ma’lumotlari katta ahamiyatga egadir.

Buyuk geografik kashfiyotlar davrida hamda keyingi davrlarda etnografik materiallarning ko’payib ketishi ibtidoiy jamoa va uning taraqqiyoti haqida turli nazariyalarning kelib chiqishiga sabab bo’ldi. YAngi Dunyo xalqlarining hayoti butun insoniyatning ibtidoiy o’tmishi haqidagi fikrlarga olib keldi. Frantsuz missioneri Jozef Fransua Lafito 1724yilda "Amerikalik yovvoyilarning urf-odatlari ibtidoiy davr urf-odatlari bilan solishtirganda" degan asarida yangi solishtirish-tarixiy usuldan foydalanib, ibtidoiy davr tug’risidagi fanga katta hissa qo’shdi. Fandagi boshqa katta qadam insoniyat tarixiy taraqqiyotining umumiy sxemasini tuzishga intilish bo’ldi. XVSH asrda buyuk allomalar Russo va Didro ibtidoiy davrni insoniyatning oltin asri deb, insoniyatning baxtli bolaligi deganlar, "yaxshi ishlar qiluvchi yovvoyi" obrazini yaratib, uning urf-odatlari tabiatning tabiiy qonunlariga asoslangan, tsivilizatsiya taraqqiyoti esa bu qonunlarning buzilishi bilan tavsiflanadi deganlar. Jan Antuan Kondorse o’zining 1794 yilda chiqqan "Inson aqli taraqqiyotining tarixiy kartinasi tasviri" degan asarida tarixda madaniyat va aqlning uzilmas taraqqiyotini qurgan. Bu taraqqiyot xo’jalikning ketma-ket rivojlanib borgan pog’onalari ko’rinishida borgan: ovchilik va balikchilikdan hayvonlarni uy hayvonlariga aylantirishgacha, undan esa dehqonchilikka qadar borgan degan. Bu xo’jalik bosqichlarining har biriga alohida jamiyat tuzilmasi mos bo’lgan. Masalan, ikkinchi davrda "cho’pon xalqlar" paydo bo’lganida, asirlarni qullarga aylantira boshladilar, zodagon oilalar ajralib chiqdi, qonunchilik yaratildi, mulkchilik huquqi mustahkamlandi va hk.

SHotlandiyalik faylasuf Adam Fergyusson "Fuqarolik jamiyat tarixi tajribasi" degan asarida ( 1768) tarixni uch davrga: yovvoyilik, varvarlik va tsivilizatsiyaga bo’ladi. YOvvoyilik va varvarlik o’rtasidagi qirra deb u ovchilik va baliqchilikdan dehqonchilik hamda chorvachilikka o’tish hamda xususiy mulkchilikni kiritish deb hisoblagan. TSivilizatsiyani esa u xususiy mulkchilikning qonuniy mustahkamlanib qolgan vaqtidan boshlagan deydi.

Bunga o’xshash qarashlarni nemis olimlari Iogann va Georg Forsterlar ham aytib o’tgan : bolalik yoki yovvoyilik holat, yoshlik yoki varvarlik holati, va madaniy holati. XIX asrning 1 yarmida ibtidoiy tarix faniga qiziqish ancha pasayib qoladi. Insoniyat qadimgi o’tmishidagi dalillar ibtidoiy arxeologiyaning rivojlanishiga asos soldi. XIX asrga kelib Evropa muzeylarida qazish ishlari natijasida topilgan ko’plab mehnat qurollari, ro’zg’or anjomlari topilmalari saqlana boshlandi. Ularni tadqiq etish ob’ekti bo’lishi uchun klassifikatsiya qilish kerak edi. Dastlab klassifikatsiyani Daniya arxeologi K.YU.Tomsen o’tqazishga intiladi. U ibtidoiy davr yodgorliklarini ular tayyorlangan ashyolarga qarab uchta guruhga ajratdi: tosh, bronza va temir asrlariga. Ushbu katta arxeologik material asosida Tomsen Lukretsiy Kar davridan mavjud bo’lgan uch asr nazariyasi tug’ri ekanligini ilmiy jihatdan tasdiqlab berdi. Biroq u hech qanday xronologik sanalarni ko’rsatmadi. Undan so’ng Daniya arxeologi I.YA.Vorso va SHved olimi Sven Nilson o’z klassifikatsiyalarini bilan chiqdilar. Biroq yig’ilgan tosh qurollarining barchasi neolit davriga to’g’ri kelar edi. Frantsuz arxeologi J.Bushe de Pert qo’pol ishlangan tosh qurollarini yig’ib olib aynan shu qurollar qadimgi mamont, karkidon bilan bir vaqtda yashagan ibtidoiy odamning mehnat qurollari bo’lgan deb tasdiqlay boshladi. Bushe de Pert kashfiyoti inson paydo bo’lishini juda uzoq mingyilliklarga olib bordiki, Bibliyadagi xronologiya noto’g’ri bo’lib chikdi. Diniy olimlar Bushe de Pert kashfiyotiga qarshi chikdilar. Biroq Dj.Prestvich, D.Evans, CH.Layel va boshqa taniqli arxeologlar va geologlar Bushe de Pert kashfiyotini to’g’ri ekanligini tasdiqladi.

XIX asr 1 yarmiga o’lgan hayvon suyaklari bilan birga odamning suyak qoldiqlari ham topiladi. SHunday topilmalar Mak Ineri tomonidan Angliyada, SHmerling tomonidan Belgiya g’orlarida topilgan bo’lib, ibtidoiy odam mavjudligini tasdiqladi. Bu esa insonning paydo bo’lishi - antropogenez muammosining quyilishiga olib keldi.

Keyinchalik tadqiqotlarda odam etnogenezi muammolari ko’rib chiqilib va har tomonlama tadqiq qilinib, odamning paydo bo’lishi haqida yangicha qarashlar ilgari suriladi. Bunday qarashlar din bilan bog’lanmasdan, odamning fiziologik-anatomik tuzilishini tadqiq etgan holda ko’rib chikiladi. Bunda ayniqsa J.-B.Lamark, CH.Darvin, E.Taylor, YU.Lippert, Dj.Mak-Lennan kabi olimlarning evolyutsiya to’g’risidagi ta’limotlari ahamiyatga molikdir. Tabiiy-ilmiy evolyutsionizm arxeologiya fanining rivojiga ham ta’sir etdi. O’zining insoniyatning taraqqiy rivojlanishining bir xilligi g’oyasi bilan evolyutsionizm ibtidoiy tarixning asosiy bosqichlari sxemasini yaratishga imkon berdi.

Ibtidoiy jamiyatni tadqiq qilishda amerikalik olim Lyuis Genri Morganning ("Qadimgi jamiyat" va b. asarlar) hissasi beqiyosdir. Engelsning asarlari ham ilmiy olamda katta shov-shuvga sabab bo’lgan (" Oila, xususiy mulk va davlatning paydo bo’lishi", "Tabiat dialektikasi" va "Maymunning odamga aylanishida mehnatning roli" asarlari).

Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda yangi sotsiologik-etnografik nazariyalar paydo bo’ladi.

Ibtidoiy jamoa tarixining asosiy manbalari arxeologik ma’lumotlar, etnografik ma’lumotlar, lingvistik ma’lumotlar hamda ayrim yozma manbalardagi ma’lumotlardir. Keyingi yillarda antropologiya va boshqa tabiiy fanlar ma’lumotlari katta ahamiyat kasb etmokda (masalan, primatologiya, paleozoologiya, geologiya va b.)

  1   2   3   4   5   6   7



Похожие:

Kirish. Ibtidoiy jamoa tarixi fani va uni o’rganish manbalari. Ajratilgan soat: 6 Mashg’ulot turi iconO`zbekiston respublikasi
«Chaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash» fani bo’yicha o’g’il bolalar uchun o’quv-dala mashg’ulotlari o’quv yili yakunlanishi oldidan...
Kirish. Ibtidoiy jamoa tarixi fani va uni o’rganish manbalari. Ajratilgan soat: 6 Mashg’ulot turi iconMashg’ulot ishlanmasi. Mavzu: Fudbol to’pini qabul qilish texnikasini bajarish. Mashg’ulot maqsadi

Kirish. Ibtidoiy jamoa tarixi fani va uni o’rganish manbalari. Ajratilgan soat: 6 Mashg’ulot turi iconMashg’ulot ishlanmasi. Mavzu: Yugurib kelib uzunlikka sakrash. Mashg’ulot maqsadi

Kirish. Ibtidoiy jamoa tarixi fani va uni o’rganish manbalari. Ajratilgan soat: 6 Mashg’ulot turi iconIbtidoiy jamoa tizimi davrida jismoniy tarbiya

Kirish. Ibtidoiy jamoa tarixi fani va uni o’rganish manbalari. Ajratilgan soat: 6 Mashg’ulot turi iconДокументы
1. /Anatomiya fani, uning fazifalari, o'rganish usullari, rivojlanish tarixi.doc
Kirish. Ibtidoiy jamoa tarixi fani va uni o’rganish manbalari. Ajratilgan soat: 6 Mashg’ulot turi iconTrening mashg’ulotlari har bir mashg’ulot 4 bosqichdan iborat

Kirish. Ibtidoiy jamoa tarixi fani va uni o’rganish manbalari. Ajratilgan soat: 6 Mashg’ulot turi iconAholini tadqiq etish tushunchalari. Demografiya asoslari. Demografik jarayonlar va ularni o’rganish
«demos» xalq, aholi, «grafiya»-tasvirlash, yozish, o’rganish ya’ni, «xalq haqida yozmoq», yoki «aholini sharxlash» ma’nosini anglatadi....
Kirish. Ibtidoiy jamoa tarixi fani va uni o’rganish manbalari. Ajratilgan soat: 6 Mashg’ulot turi iconДокументы
1. /Tovush manbalari va uni qabul qilgichlar.doc
Kirish. Ibtidoiy jamoa tarixi fani va uni o’rganish manbalari. Ajratilgan soat: 6 Mashg’ulot turi icon8-sinf Informatika va hisoblash texnikasi asoslari fani dasturi (34 soat)

Kirish. Ibtidoiy jamoa tarixi fani va uni o’rganish manbalari. Ajratilgan soat: 6 Mashg’ulot turi iconДокументы
1. /amalny mashg'ulot.doc
Kirish. Ibtidoiy jamoa tarixi fani va uni o’rganish manbalari. Ajratilgan soat: 6 Mashg’ulot turi iconДокументы
1. /MTM amaliy mashg'ulot.doc
Загрузка...
Разместите кнопку на своём сайте:
Документы


База данных защищена авторским правом ©uz.denemetr.com 2000-2015
При копировании материала укажите ссылку.
обратиться к администрации