Документы



Mustaqillik darsi: O’zbekiston – mening Vatanim,baxtu iqbolim makoni icon

Mustaqillik darsi: O’zbekiston – mening Vatanim,baxtu iqbolim makoni

НазваниеMustaqillik darsi: O’zbekiston – mening Vatanim,baxtu iqbolim makoni
Дата14.02.2014
Размер26.52 Kb.
ТипДокументы
скачать
1. /Mustaqillik darsi_2011-2012.docMustaqillik darsi: O’zbekiston – mening Vatanim,baxtu iqbolim makoni

Mustaqillik darsi: O’zbekiston – mening Vatanim,baxtu iqbolim makoni


Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi 43 – DIMI oily toifali matematika va informatika fani o’qituvchisi Fayzullo Buvamatovning dars ishlanmasi


Darsning maqsadi (2 daqiqa)

Ta`limiy: O’quvchilarga Vatan, mustaqillik so’zining mazmun mohiyati va mustaqil yurtimizning yuksalishi va o’zgarishlari, ta’lim sohasidagi o’zgarishlar haqida tushuncha berish.


Tarbiyaviy: Mustaqillik darsi orqali o’quvchilarni o’z yurtiga, tuprog’iga, ona vatanga mehr-muhabbatlarini, xalqini sevishga o’zbek so’zidan faxrlanishga, tarixni asrash, yosh mustaqil diyorimizni asrab avaylashga o’rgatish.


Rivojlantiruvchi: Kelajakda xalqim, yurtim deb yashashga uning taraqqiyotiga o’z hissalarini qo’shishiga undash.


Dars jihozi: Kompyuter, disk, qog’ozlar, markerlar, savollar, yer shari globusi, O’zbekiston bayrog’i.
Dars turi: Aralash


Darsning uslubi: Interfaol usullar, “aqliy hujum”, “guruhlarda ishlash” , “video taqdimot”, “sinkveyn” metodi, “klaster” metodi.


Darsning borishi:


O’quvchilarning ko’ksida O’zbekiston Respublikasi bayrog’i rasmi qadalgan xolda, dars O’zbekiston Respublikasi madhiyasi bilan boshlanadi.(5 daqiqa)

(O’quvchilar guruhlarga bo’linib o’tiradi)

I. O’qituvchi

Vodiylarni yayov kezganda,

Bir ajib his bor edi menda.

Chappar urib gullagan bog’in,

O’par edim Vatan tuprog’in.


Odamlardan tinglab hikoya,

O’sar edi shoirda g’oya.

Daryolardan kuylab o’tardim,
Ertaklarga quloq tutardim.


Hammasini tinglardim ammo,

O’xshashini topmasdim aslo.

O’xshashi yo’q bu go’zal bo’ston,
Dostonlarda bitgan guliston.


O’zbekiston deya atalur,

Uni sevib el tilga olur.


II. Aqliy hujum: Bolalar, siz Vatan deganda nimani tushunasiz?


  • Vatan bu – kindik qonimiz to’kilgan tuproq;

  • Vatan bu – beshigimiz, ko’chayu-mahallamiz, uyimiz, turar joyimiz;

  • Vatan bu – muqaddas ona tilimiz;

  • Vatan bu – buyuk millatimiz;

  • Vatan bu – ona tabiat in’om etgan barcha boyliklar, nozu- ne’matlar.



“1991 yil 1 sentabr O’zbekiston mustaqil davlat deb e’lon qilingan kun. Endi u o’z bayrog’i, gerbi, milliy valyutasi, Konstitutsiyasi, milliy urf – odatlari, qadriyatlariga ega. O’zbekiston Respublikasini Mustaqil davlat sifatida 120 davlat tan oldi. Mana yigirma yildirki, shu mustaqillikni mustahkamlash uchun barcha sohalarda qizg’in ishlar olib borilmoqda. Istiqlol davrida Vatanimizda juda katta o’zgarishlar ro’y bermoqda.


Bizning erksevar, ko’p millatli , mehnatsevar xalqimiz haqiqiy vatanparvar bo’lib, ona yurt ravnaqi, obro’yi uchun hamisha tinmasdan mehnat qilishga harakat qilmoqda.


Ilm-fan yo’lida, san’atda, sport madaniyatida, sanoat, qurilish, harbiy, xalqaro sohalarda ham o’zining olamshumul yutuqlarini qo’lga kiritmoqda.


Buni birgina Andijon misolida ko’rishimiz mumkin.

Ayniqsa, shahrimizdagi O’zbekiston ko’chasining ochilishi mustaqilligimizning 20 yillik to’yiga ajoyib tuhfa bo’ldi.

Yoshlarimiz jahon arenalarida ko’pdan ko’p yutuqlarni qo’lga kiritmoqdalar. Ularga qarab turib shu aziz Vatanda har bir inson baxtli bo’lsin, baxtimizga hech qachon ko’z tegmasin degimiz keladi.

III. “Zakovat” o’yini

  1. O’zbekiston Respublikasi qachon mustaqillikka erishgan?

  2. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan?

  3. O’zbekiston Respublikasida qaysi til Davlat tili hisoblanadi?

  4. O’zbekiston Respublikasi milliy valyutasi qachon qabul qilingan?

  5. O’zbekiston Respublikasi davlat gerbi nimani anglatadi va qachon tasdiqlangan?

  6. O’zbekiston Respublikasi madhiyasi qachon tasdiqlangan?

  7. O’zbekiston Respublikasi bayrog’i qachon tasdiqlangan va u nimani anglatadi?

  8. O’zbekiston Respublikasi qanday tabiiy boyliklarga ega?

  9. O’zbekiston Respublikasi mustaqilligini 1-bo’lib qaysi davlat tan olgan?

  10. Qanday unvonlarni bilasiz?


IV. Donishmandlik sahifasi


  1. Bulbul chamanni sevar,Odam Vatanni.

  2. Vatan gadosi – kafan gadosi.

  3. Vataning tinch – sen tinch.

  4. Eli baquvvatning – beli baquvvat.

  5. Vatan taqdiri har bir kishining taqdiridir.

  6. Vatanparvarlik bobolardan qolgan meros.

  7. Ona yurt – oltin beshik.

  8. O’z diyorini gullatganni baxti gullaydi.

  9. Har bir nihol o’ziga xos tuproqda ildiz otadi.

  10. Vatan uchun qurbon bo’lganlarning hoki muqaddasdir.

  11. O’z uyim – o’lan to’shagim


Vatanim


Men dunyoni nima qildim,
O`zing yorug` jahonim,
O`zim xoqon, O`zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim,
Yolg`izim, Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O`zing mening ulug`lardan
Ulug`imsan, Vatanim…


Shodon kunim gul otgan sen,
Chechak otgan izimga,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga.
Singlim deymi, Onam deymi,
Hamdardu hamxonam deymi,
Oftobdan ham o`zing mehri -
Ilig`imsan, Vatanim.

Sen Mashrabsan, Xalqda tumor,
Balxda dorga osilgan,
Navoiysan, shoh yonida
Faqirini duo qilgan.
Yassaviysan, meniki deb,
Ko`ringan da'vo qilgan,
Ming bir yog`i ochilmagan
Qo`rig`imsan, Vatanim.

Sen Ho`jandsan, Chingizlarga
Darvozasin ochmagan,
Temur Malik orqasidan
Sirdaryoga sakragan,
Muqannasan qorachig`i
Olovlarga sachragan,
Shiroqlarni ko`rgan cho`pon

Yoningda qon yig`lagan bir
Shoiringga qarab qo`y,
Gar Qo`qonga yo`ling tushsa,
Detdomlarni so`rab qo`y.
Hech bo`lmasa Usmon hokin
Keltirmoqqa yarab qo`y,
Olislarda qurib qolgan
Qudug`imsan, Vatanim…

Sen - shoxlari osmonlarga
Tegib turgan chinorim,
Ota desam, O`glim deb,
Bosh egib turgan chinorim,
Qo`ynimdagi iftixorim,
Bo`ynimdagi tumorim,
O`zing mening ulug`lardan
Ulug`imsan, VATANIM !

Cho`lig`imsan, Vatanim.


V. “O’zbekiston mustaqilligi 20 yilligi”( www.http//andmak43.zn.uz/)) videofilm namoyish etiladi. (15 daqiqa)

Darhaqiqat, inson tabiatning gultoji sifatida hamisha ozodlik va hurriyatga intilib yashaydi. U qalbida o’zini hamisha har jihatdan erkin his qilishga, tahlikasiz turmush kechirishga ehtiyoj sezadi. Shuning uchun ham kishilik tarixi turli davrlarda yer sharining barcha mintaqalarida ozodlik uchun kurashning, shaklan turlicha, mohiyatan o’xshash bo’lgan hurriyatga intilish hodisalarini ko’p ko’rgan.

Ho`sh, mustaqillikning o’zi nima? Istiqlol nimalarga asoslanadi va uning mazmun mohiyati nimalardan iborat?


“Mustaqillik” - bu tenglik sari qo’yilgan birinchi qadam, chunki tenglik bo’lmagan joyda kimdir, kimgadir tobe` bo’ladi. Mutelik bor joyda hukmronlik , o’zgalar hisobiga yashash kabi illatlar paydo bo’ladi. Natijada biz so’nggi bir yarim asr mobaynida boshimizdan o’tkazgan mustamlakachilik dunyoga keladi.

“Tenglik” - so’zining qudrati shundaki u odamlarning o’zaro munosabatlaridan tortib mamlakatlararo munosabatlargacha hamma narsani me’yor-mezonga soladi turli kamsitishlar va ortiqcha ta`zimlarga chek qo’yadi.


“Istiqlol” - o’zaro hurmat, bir birini tan olish, bir birini qadrlash mamlakat fuqarolari o’zaro munosabatida ham, ana shu umuminsoniy qadryatlarga tayanish, ana shu umumiy mezonlar asosida yashash demakdir.


“Mustaqillik” - jamiyatdan ajralmagan holda dunyo muammolari va o’z taqdiri bilan bog’liq bo’lgan istiqbol haqida o’ylashdir.


IV. Guruhlar bilan ishlash


O’quvchilar guruhlarda ajratiladi va ular o’z guruhlarini nomlaydilar.

“Vatan” guruhi

“Mustaqillik” guruhi

“Istiqlol” guruhi

Guruhlarga oq qog’oz va markerlar tarqatiladi.

(10 daqiqa)

“Vatan” guruhi a’zolari vatan o’z ichiga nimalarni olishini rasmlar, so’zlar va she’riy satrlar orqali tasvirlab beradilar.

“Mustaqillik” guruhi a’zolari “Sinkveyn” sxema metodi orqali mustaqillik so’zi o’z ichiga nimalarni olishini tasvirlaydilar.


“Istiqlol” guruhi a’zolari istiqlol so’zi o’z ichiga nimalarni qamrab olishni tasvirlab beradilar.


Guruh a’zolaridan biri bajargan ishlarini himoya qilib beradilar.


Vatan” guruhi





Mustaqillik” guruhi




Istiqlol” guruhi




VI. Klaster metodi. (5 daqiqa)

Bu metodda o’quvchilar o’tilgan mavzuni ochiq va erkin o’ylash, shaxsiy fikrlarini aytish, o’zaro fikr almashish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Guruhlar o’zaro almashingan holda savollar bilan murojaat qiladi:

Vatan” guruhi


  1. “Vatan” so’zi o’z ichiga nimalarni qamrab oladi?

  2. Iymon nima ?

  3. E`tiqod nima?

  4. Vijdon deganda nimani tushunasiz?

  5. Vatan haqida buyuk allomalar nimalar degan?

Mustaqillik” guruhi


1.Mustaqillik so’zi o’z ichiga nimalarni qamrab oladi?

2.Fidoyilik nima?

3.Bu kunlarga yetganlar bor …….davom ettiring?

4.Orzu nima?

  1. 5.Siz hayotingizda tashabbus bilan chiqqanmisiz?


“Istiqlol” guruhi


1.”Istiqlol” so’zi o’zida nimalarni mujassam qiladi?

2.Qadrlash so’zining ma’nosi nima?

3.Jahon davlatlari o’rtasidagi aloqa deganda nimani tushunasiz?

4.O’zbekiston Respublikasi istiqlolga erishganini qaysi davlatlar tan olgan?

5.Istiqlol bizga nima berdi?


VII .Vatanni, istiqlolimizni asrashimiz uchun qanday yoshlar bo’lishimiz kerak?


  1. Qo’lga kiritgan istiqlolimizni asrab-avaylashimiz, kelajak avlodga ozod, obod yurtimizni gard yuqtirmay topshirishimiz kerak. Buning uchun vatanga chinakam vatanparvarlik kerak.

  2. Shu qisqa vaqt ichida O’zbekistonni jaxon tan oldi. Yirik davlatlar qatoridan o’rin oldi. Xalqimizning o’z taraqqiyot yo’liga, erishajak buyuk kelajagiga ishonchi mustahkam. Shu ishonchni oqlaydigan zukko yoshlar kerak.



VIII.“Shu aziz Vatan Barchamizniki” nomli qo’shiq yangraydi. (5 daqiqa)


IX. Uyga vazifa

“Mustaqil O’zbekiston – mening Vatanim” mavzusida mufassal reja tuzib insho yozish.



Похожие:

Mustaqillik darsi: O’zbekiston – mening Vatanim,baxtu iqbolim makoni iconДокументы
1. /O'zbekiston- Vatanim manim.doc
Mustaqillik darsi: O’zbekiston – mening Vatanim,baxtu iqbolim makoni iconSharq uyg`onish davri madaniyati
«Mustaqillik va Uyg`onish, Mustaqillik va yuksalish uzviy bog`liqdir, u bizdan aql-idrokni, bilimni, istedodu qobiliyatni, faollikni,...
Mustaqillik darsi: O’zbekiston – mening Vatanim,baxtu iqbolim makoni icon1. Yangi bilimlarni bayon etish darsi

Mustaqillik darsi: O’zbekiston – mening Vatanim,baxtu iqbolim makoni iconДокументы
1. /16_Omonquton gor makoni (Djuraqulov M) Maxsus mavzu.doc
Mustaqillik darsi: O’zbekiston – mening Vatanim,baxtu iqbolim makoni iconOppog’oy va yetti gnom
«Agar mening jajji qizalog'im bo'lganida qanchalar baxtli bo'lar edim!» U mudrab barmog'iga igna sanchib olibdi va uch tomchi qoni...
Mustaqillik darsi: O’zbekiston – mening Vatanim,baxtu iqbolim makoni iconBirinchi qo’ng’iroq Mustaqillik bayrami

Mustaqillik darsi: O’zbekiston – mening Vatanim,baxtu iqbolim makoni iconMustaqillik eng oliy ne'mat. Reja: Kirish

Mustaqillik darsi: O’zbekiston – mening Vatanim,baxtu iqbolim makoni iconMening ismim Nigora Onamning o`ng qo`liman

Mustaqillik darsi: O’zbekiston – mening Vatanim,baxtu iqbolim makoni iconBarkamol avlod tarbiyasida Mustaqillik darslari ahamiyati Nodir Saliyev

Mustaqillik darsi: O’zbekiston – mening Vatanim,baxtu iqbolim makoni iconДокументы
1. /mustaqillik va inson falsafasi.doc
Загрузка...
Разместите кнопку на своём сайте:
Документы


База данных защищена авторским правом ©uz.denemetr.com 2000-2015
При копировании материала укажите ссылку.
обратиться к администрации